Maviza
—Qoralama34 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
33:48
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbina alamin, vala aqibatu ila mutaqin. Assalomu alaykum assalomu alaykum ala saidina muhammad as sodiq al va'dil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammavot, assalomu alaykom va rahmatullohi va barakatuh. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun yigirma beshinchisi. Bugun yosh bolalarda hasad, uning sababi va uning yechimi haqida dars boshlagan bolamiz.

Avvalgi darslarimizda biz, avvalgi oxirgi ikkita darsimizda biz farzandlarda o'zini o'zi muhsonlik his qilishligi haqida suhbat qildik. Kompleks haqida suhvat qildik. Mana shu o'zini boshqalardan kam deb bilish, o'zini biror bir narsada boshqalardan kamsitilgan yoki bir aybdor deb bilishligi, bu ota onani, shu farzandni qalbiga joylab qo'yadigan bir sifat. Ota onalar aybdor bo'ladi, bolalarni ko'yni yarimta bo'lishligida. O'zini nuqsonli his qilishligidan. Bugun inshaalloh yosh bolalardagi hasadni sabablari, yechimlarini inshaalloh ko'rib chiqqan bo'lamiz. Anasi momolik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

U kishi aytadilar, kunlarni birida rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o'tirar edik. Rasululloh aytdilar, hozir sizlarni oldinglarga ahli jannat bo'lgan bir kishi kiradi dedi. Qarab turuvdik, ansonlardan bo'lgan bir kishi tahorat qilib, tahorat suvlari qo'llaridan, yuzlaridan oqqan holatda kirib keldi. O'tirdi. Ertasi kuni rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana aytdilar, hozir sizlarni oldinglarga jannatinglardan bo'lgan bu kishi kelib o'tiradi dedi. Sahobalar qarab turishdi, kechagi odam keldi. Qo'yingki, uchinchi kuni ham payg'ambarimiz shunday deganida, mana shu odam kirib keldi dedi.

Abdulloh ibn amru ibn ilos. Amru ibn ilosing o'g'li abdulloh bu odamni nima ishi bor ekan uni jannatga qilgan deb bilmoqchi bo'lib, u kishini uyiga bordi da. Salomlashib, kirib o'tirib, otam bilan jinoyat tortishib qoldik, kelisholmay qoldik. Shu bir ikki kun sizni uyida turib tursam.

U kishi rozi bo'ldi. Endi bu kishi unaqa aytilinadigan odam ham emas. Bu Abu Bakr emas, Umar emas yoki Xolid nivalid emas. Oddiy bir musulmon odam. Uch kun haligi kishini uyida Abdulloh ibn Amri milod mehmon bo'ldi. Qarasa, hamma qatori bir xil ish. Namozga chiqadi. Ayrim kechalari tahajjud o'qiydi, ayrim kechalarni uxlaydi. Xullas, ortiqcha biron bir amalni ko'rmadi. Jannatiyligiga sabab bo'ladi degan. So'ngra uchinchi kun ketayotganida Abdulloh ibn Amru mulos, birodar, men otam bilan tortishmagan edim.

Faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam falon falon deganida uch kun siz kirib keldingiz paydar pay. Qanaqa ishi bor ekan, biz bilmaydigan, uyida qiladigan yoki kechasi qiladigan, o'sha amalini ko'ray, men ham shu narsaga bir amal qilay degan ma'noda, sizni yuziga keldim, qarasam, ochiqcha ishingiz yo'q ekan. Hamma qotib olaylik ekansiz, degan edi u kishi aytdi. Siz ko'rganda ochiqcha amalim yo'q hech qanaqa dedi. So'ngra Abdullohimni amri bilan ochib chiqib ketayotganda aytdiki, birodar dedi, to'xtang dedi.

G'oyron neela ajidu fina v sila hadimiyal muslimina g'ishshan vala aqsado ahadan ala xoyrin atohulloh i yahud. Faqat dedi, biron bir musulmonga nisbatan qalbimda bir adovatim yo'q va Alloh unga bergan ne'matga hasad qilmayman dedi. Abdullohi nomir mulos ehtimol shu amal bo'lsa kerak degancha chiqib ketdi. Demak, kishini qalbida hasadni yo'qligi. Musulmon birodarlarga nisbatan qalbini sof bo'lishligi, g'alla g'ashlikda bo'lmasligi, shu tishini jannatiy bo'lishligiga sabab amal qilib ko'rsatildi. Demak, bu katta narsa. Demak, bu kata narsa. Hasad.

Ota o'zini farzandi hasad qilayotgani yoki qilmayotganiga e'tibor bermaydi. Ota onasini mehri, kichik ukasiga o'tib ketayotganligini ko'rgan paytda, yosh bolani qalbida bir tuyg'u paydo bo'ladi. Bu tuyg'u uni qalbini kemiradi. Bu tuyg'du nomi hasad. Hasad nima? Hasad boshqalarda bor bo'lgan ne'matni yo'q bo'lishini xohlashlik.

Alloh taolodan qalbi uzoq kishining qalbida hasad o'rin oladi. Kim hasadgo'y bo'ladi? Allohdan uzoq bo'lgan kishi. Bir birodaringizda ne'matni borligini ko'rsangiz, u davlatmidi, mansabmidi, ilmidi, farzandmidi, nima? Ana shu ne'matni boriligini va uni ziyodalashib borayotganligini ko'rsak, hamda shu ne'matning unda yo'q bo'lmagan holida, sizga ham kelishigini xohlashligingiz havas deyiladi. Ammo unda yo'q bo'lib turib sizga o'tib qolishini xohlashligingiz hasad deyiladi. Demak, hasad bir narsa, havas ikkinchi narsa.

Hasadgo'l odam Alloh Taoloning hukmiga qarshi chiqayotgan odam bo'ladi. Ya'ni Alloh bir bandaga falon falon narsani berishingni xohladi, hukm qildi, berdi. Endi siz uni ko'rib turib, unda yo'q bo'lishini xohlayotgan paytingizda Allohni hukmiga qarshi chiqqan odam bo'lasiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, muttafakkur alayhi bo'lgan hadis Abu Hurayro roziyallohu anhudan. La hasada illa fis natayin. Rojulun atahullohu ma'alan fahvayun fiqhuhu minhu ana layli va ana nahar. Faqat ikkita o'rinda hasad qilish mumkin. Bizni tilda endi havas desak to'g'ri bo'ladi. Faqat ikkita o'rinda ikki kishiga havas qilish mumkin, bir kishiga hasad qilish mumkinki, havas qilish mukinki, Alloh unga mol berdi. Mana shu kishi moli dunyosini Allohning yo'lida kecha kunduz sarf qiladi. Vorajulun atahullohul qur'ana fahva yaqumu bihi ana al layli va ana al nahar. Yana bir kishiga havas, hasad qilsa bo'ladi. U kishi kim? Alloh unga Qur'on bergan. U kecha kunduz Qur'onni tilovat qiladi. Mana shu ikkala odamga hasad qilsa biladi.

Ya'ni nima qilsa bo'iladi? Havas qilsa bo'ladimi? Hasad shunday bir kasalki, hasad qilayotgan odamni o'zigagina zarar bo'ladi. Qarang, bir inson ikkinchi insonga hasad qilayotsa paytda, unga zulm qilyapti, lekin o'zi ham xuddi u mazlumni singari turibdi. Qaytarib aytaman. Zolim o'zi mazlum bo'lishi mumkinmi qilayotgan zulmi sababli? Mumkin. Odatda ursangiz narigi zulmga kiraversa, siz zolimsiz, siz zarar ko'rmaysiz, faqat uryapsiz uni. Molini tortib oldingiz, unga zulm qildingiz, unga zarar bo'ldi, sizga zarar olmadi. Ammo hasad bilan boshqaga zulm qilayotgan paytingizda, ko'proq o'zingizga zarar qilasiz. Hasadgo'yni, hasadi faqat o'zini qalbini kemiradi.

Qaytaramiz. Birodaringizda bor bo'lgan ne'matni ko'rib, unda yo'q bo'lmasdan turib, sizga ham u ne'matdan kelishigini xohlashligingiz havas, ammo undagi ne'matni yo'q bo'lib turib unda, sizga kelib qolishligini xohlashligingiz, bu hasad. Inshaalloh, yosh bolalarda hasadni paydo bo'lish sabablari va ularni yechimini ko'rib chiqamiz.

Yosh bolalardahasadni paydo bolish sabablari. Endi kattalar tushunarli endi. Sizda yo'q narsasi bormi? Hasadingiz kelaveradi. Menda ham bo'lsa edi, unda bo'lmasa edi. Endi yosh bola qanday hasad paydo bo'lib qoladi qalbida? Birinchidan, uyiga kelgan oilaning yangi a'zosi, ukasi mana shu farzanddan ota onani e'tiborini tortib olishidan bo'lgan qo'rquv bolani qalbiga hasadni olib keladi. Birinchi bola edi. Otani ham, onani ham butun diqqat e'tibori shu bolada edi. O'pib erkalatilayotgan shu bola, sovg'a olib kelinayotgan shu bola, boshga qo'yilayotgan sh u bola.

Ya'ni bitta shuniki edi. Endi, ukali bo'ldi. Mehr bo'lindi. Balki kichigiga ko'proq bo'linib ketadi odatda. Mana shunday holatda ota onalar qanday ishga tushishi kerak? Ulamolar aytishadiki, ikkinchi farzand keldimi? Birinchi farzandga bo'lgan e'tibor, mehr, inoyat ikki barobar ko'rsatilishi kerak. Avvalgidan ko'ra ko'proq mehr berish kerak birinchi bolaga, toki sezmasin mehr ukasiga o'tib ketganligini. Toki mana shu narsa uni qalbiga hasadni olib kelmasin. Odatda qanaqa bo'ladi? Kichkina kelgandan keyin katta o'z o'zidan katta bo'lib chekkaga surilib qoladi. Odatda ko'rgan mehridan ajralib qoldi da, ukasi olib qo'yganligini ko'rib turib, ukasiga nisbatan qalbida hasad paydo bo'ladi.

Bolaning qalbida hasabni o'zlari sezmagan holda paydo qilib qo'ymasligi uchun, otalar farzandlariga bir xil e'tibor qaratishlari kerak. Ulamolar aytishdi, kattasiga ko'proq mehr ko'rsatishlik kerak. Odatda kichigi boshga qo'yiladi. Aytdik, bu beqasd bo'ladi. Insonda tabiati shunaqa, kichkinasiga moyil bo'laveradi. Lekin musulmon ota hushyor bo'lishligi kerak bo'ladi. Kattalariga yoki boshqalariga zulm qilib qo'ymasin.

Bittasiga tabassum qildi, ikkinchisiga ham tabassum qiladi. Bittasini quchoqlab bag'riga bosib tashlamasdan o'tdimi, ikkinchisini ham shunday qiladi. Albatta, albatta. Agar beparvo bo'linadigan bo'lsa, bolani ko'ngli cho'kadi. Hozir biz aytayotgan hasad qalbida paydo bo'ladi. Musulmon ota, uni qo'lida risolat bor.

Uni yelkasiga yuklatilgan vazifasi bor. Alloh taolo mana shu musulmon erkakni shu xonadonga o'zini xalifasi qilib tayinladi. Bu ota allohni hukmlarini mana shu xonadonda tatbiq qilishlik kerak. Endi u talabni bajarish uchun bu mas'uliyatni ado qilishlik uchun ota ko'p mehnat qilishi kerak. Doim o'zini kontrol qilib turishlik kerak. Endi o'zi xohlagan muomalasini qilayotgan otaga mashaqqat emas, xohlaganni qiladi, ketaveradi.

Bir bolasi gapirsa, diqqat qilib quloq solinadi, gaplarini muvoq qilib erkalatilinadi, gaplarni yaxshi ko'rib qaytarasiz, qara manaqa deyapti deb. Yana bittasi gapirsa jim tur. Jim tur. Bor, naryoqqa bor deb turib, hasadni biz o'zimizni qo'limiz bilan joylab qo'yamiz, farzandlarimizni qalbiga. Mo'min kishi, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning axloqi bilan axloqlanishligi kerak. Astayidabilla, favarobbi kalanas alam nahum ajma'i na amma kanu ya'nalun. Agar ota bolalarini mana shunday ayraydigan bo'lsa, bu u tomondan juda katta xato. Bu gunoh bu.

Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta ularning barchasidan qilib o'tgan ish amallari haqida so'raymiz. Mana shu ishimizga ham javob beramiz Allohga olinib. Bolalarga bir xil muomala qilmaganligimiz uchun. Fa man ya'mal misqola zarroting xoyron yaroh. Va man ya'mal misquola zarroting sharron yaroh. Kim zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, qiyomat kunida o'shani ko'radi. Kim zarra misqolicha yomonlik qilsa, uni ham qiyomat kunida ko'radi. Tushunarlimi? O'zi chi, akalar, ukalar, uyimizda ish yetarli bizga.

Allohni rozi qilaman degan g'amimiz bo'lsa, Allohni kalimasini oliy qilamiz degan g'amim bo'lsa, uyimizda yetarli o'zi ish. Xotin bilan qilayotgan muomala, aka uka bilan qilayotsa muomala, ota bilan qilayotchak muomala, farzandlar bilan qilaytgan muomalani isloh qilsak chi, shu bilan ovora bo'lsak, boshqa narsaga vaqtimiz qolmaydi bizlar.

Uyimizda o'shancha muammo. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqi bilan birodarlar xulqlanishligimiz kerak. U zot sollallohu alalayhi vasallam odil zot bo'lganlar. Qarang, odilligini Rasululloni. Rasululloh faqatgina farzandlariga bir xil muomala qilmayapti. Butun ummatiga nisbatan bir xil muomila qilyapti. Innama ahlaka bani isroila annahum kanu ida saraqa fihimush sharif tarakuhu. Rasululloh aytadilar, foiz onamizdan rivoyat qilingan hadis muttafakkun alayh.

Albatta dedi rasululloh, banu isroilni haloy qilgan narsa shunday ediki, agar ularni orasida hurmatli, sharafli kishi o'g'irlik qilsa, qo'yib yuborishar edi. Vo ida saraqafiy himudzayev aqomu alayhil hadd. Endi zaif, bechoraroq, sharaf unchalik baland bo'lmagan odam o'g'irli qilsa, jazoni qo'llashar edi. Mana shu narsa vanu isroilni halok qildi. Adolatsizlik bo'lganligi uchun.

Voy mablag' ila anna fotima binti muhammad. Saraqot laqotatu yadaha. Ollohga qasam deyapti rasululloh. Agar Fotima binti Muhammad o'g'irlik qilsa, albatta qo'lini kesgan bo'lardim. Ana adolat. Bu meni qizim, bunga bir boshqacha muomala qilinglar demayapti. Oilasini ham, a'zolarini, ummatini ham teng ko'ryapti. Bu. Hadisni vorid bo'lishiga sabab, ana shu Banu Mahzun urug'idan bo'lgan bir hurmatli xonadonda ayoli o'g'irlik qilib qo'ydi. Qo'lini kesmasligi uchun Zaydumni Xorisani o'rtaga shafoatchi qilib kirgizdi odamlar. Shu qo'lini ketmaylik, qarindoshlari yuzta tuyani info qilishar ekan, deganida Payg'ambarimiz aytgan edi. Demak, Rasululloh adolatli bo'lganlar, biz ham farzandlarimiz o'rtasida adolatni qoyim qilishligimiz kerak bo'ladi.

Kunlarni birida Fotimai Zahro otasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan uy ishlarini qilib yordam beradigan bir xizmatkor talab qildi. Endi jang ijodalar bo'ladi, cho'rilar, asrlar tushadi. Uyiga xizmatkor so'radi. Kimdan? Muhammad alayhi salomdan. Kim? Fotimai Zahrok.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiziga ey qizim, musulmonlarni, faqirlarni qo'yib turib, sizga bunday qilib bera olmayman dedi. Hali musulmonlarda kambag'alchi yetishmovchilik bo'lib turgan paytda, men sizga xizmatga solib bera olmayman uyingizga dedi. Bir fikr qilib ko'ring da, birodar. Rasululloh hamma musulmonlarnini bitta oiladek deb ko'ryapti. Bitta oila deb ko'ryaptik. Modomiki kambag'allar bormi? Xizmatchini so'ramang men dedi. O'zini oila a'zolarini boshqa musulmonlardan afzal deb bilmadi.

Qani musulmonlarni ustida peshvo bo'lib turganlar ham shunday bir muomala qilganida, xalqiga va o'zini farzandlariga. Adolatsizlik fosh bo'lgan joyda barokat bo'lmaydi. Adolat bo'lgan joyida barokat bo'ladimi, rivojlanishli bo'ladi. Demak, yosh bolani qalbida hasadni paydo bo'lishini birinchi sababi nima ekan? Birinchi sababi, ota onani mehridan ajralib qolishdan bo'lgan qo'rquv. Ikkinchisi, ota ona farzandini teng ko'rmasligi. Ota ona farzandingni birini ikkinchisidan ajratishligi ham bolani qalbiga hasadni keltirib chiqaradi. Ukang sendan aqlli.

Ukang sendan chiroyli. Ukang sendan ko'ra tartibli. Akang sendan ko'roq balanddaqa. Dogovorishlik shu akasi yoki ukasiga nisbatan bolani qalbida hasadni uyg'otadi. Bunaqa taqqoslash sindiradi farzandni. Qalbini sindiradi. Bunday qilmaslik kerak. Bu bittasini uzun, bittasini qisqa, bittasini chiroyli, bittasini xunuk deb taqqoslaydigan bo'lsangiz, nima bu o'zi shunaqa bo'lyaptimi?

Uni shunday qilgan Alloh, buni bunday qilgan ham Alloh. Ota ona ayirmasligi kerak. Demak ikkita sababni aytdik. Birinchi sabab. Ota onani mehridan ajralib qolaman degan qo'rquv hasadni keltirib chiqaradi va ota onani farzandlarini bir xil ko'rmasligi hasadni keltirtirib chiqarad. Demak farzandni ota ena orasini ajratmasligi kerak. Chunki farzandlar Alloh Taoloni siz bilan bizga bergan hadiyasi. Hadiya bu sovg'a.

O'zi umuman farzandni sizni yoningizda turishligi bilan faxrlanayotganligingizni farzand sezsin. Ya'ni, bola maktabda eng zo'r o'quvchi. Borganingizda bolangizni deb siz maqtov eshitdingiz. Ko'nglingiz tog'dek bo'ladi va bola biladi buni. Men tufayli dadam deydi, tribunada o'tirdi deydi. Ota onalar emas, tribunaga o'tkazib qo'ydik da. Ota onasi u bilan faxrlanayotganligidan o'zini zo'r his qiladi. Endi ikkichi bola bo'ladi.

Ota ona borib turib, gapni eshitadi. Uyga kelib turib, ota nima qiladi? O'zi ikkichi qilgan sen. Tashlab qo'yding, ikkichi bo'lib ketdi. Nima endi uni malomat qilasan? Loy edi bu. Loyida, sen o'zing qiyshiq qilib qatirib qo'yding, urushim obunani birodar. Bola, siz u bilan faxrlanayotganingizni his qilsin. Yetalab yuring. Yetalab yering ko'chadan. Masjidga olib keling, ilm majlisiga olib boring, solih kishilarda suhbatda o'tirsin, o'rgansin, ta'lim olsin. Agar siz o'rgatmasangiz, hech kim o'rgatmaydi unga.

Tushuntira olyapmanmi nima demoqchi bo'layotganimni? Siz bilan farzandingiz farzandingiz, u bilan siz faxrlanayotganligini ko'rsin. I o'ziga nisbatan ishonchga ortadi. Narigi bolangizni ertalab ketaverasiz. Bunisi qolib ketaveradi. Yur, futbolga olib boraman. Yur, falon joyga olib boraman, chunki bu chiroyliroqda, bu esliroqda bu. Narigi orqada qolaveradi. Endi qanday hasad qilmasin akasiga yoki ukasiga? Kim aybdor ekan hasadga?

Bir farzandki, ota onasi suyavermaydi uni. Otasini ko'nglini ovlashlik uchun chinida suv ko'tarib keladi. Jinnik bir mehr talab, menga ham bir e'tibor qilsin, shu bilan desa, va, suv ichmayman. Va, senga biroz suv olib ketaman, ko'zimga ko'rinma. Narigi bolasini popalashaveradi. Keldingmi, qonning qanaqa, qanaqa bo'ldi?

Yig'lagin keladi turib. Yig'lagin keladida turib. U go'dak bolada nima ayb? Aytyapmiz Allohnin hadiyasi. Inson hozir aytadigan gapim, ehtimol qulog'inglarga g'alati tuyinglar. O'zi shunaqa yu deysizlar. Inson o'zini bolalarini yaxshi ko'rish kerak.

Chunki ular Alloh Taoloning nazdida qadri baland. Kim yaxshi ko'rmaydi o'zini bolasini, domla? Yo hammamiz yaxshi ko'ramiz bolalarimizni. Lekin shariat aytgandaqa yaxshi ko'ryapmizmi? Bu savol. Bu savol. Bunga bir jiddiyroq o'ylanib javob berishlik kerak bo'ladi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kunlarni birida minbarda xutba qilayotganlarida qizil kiyimni kiyib, nabiralari Hasan va Husanni yugurib kelib Payg'ambarimiz oldiga turishib oldi. Minbarni pastiga. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutbasini to'xtatib, pastga tushib ikkala bolasini ko'tarib yoniga olib oldi.

Ko'rganmisizlar biror marta xutba qilayotgan xatib, xutbasini to'tatib, farzandini qo'liga olib olganligini? Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vassalam shunday qildilar. Nima uchun? Farzand Allohnin nazdida qadri baland ekanligini dars olishligimiz uchun. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozida, sajdada turganlarida, mana shu nabiralardan bittasi Rasululloh bo'yniga minib oldi. Masjidda, Rasululloh qavmga iymon bo'lib turgan paytda, farz namozida, sajdada tursa, nabirasi kelib bo'yniga chiqib oldi.

Tasavvur qilinglar da shu manzarani. Rasululloh sajdadan boshini ko'tarmasdan turaverdilar. Shunda orqada turgan sahoba nima bo'ldiki deb kallasini ko'tarib menga qarar ekan. Namoz tugaganidan keyin, yo Rasululloh, nima bir yangilik bo'ldimi namozga? Deganida, nabiram bo'ynimga minib oluvdi, o'zi to'yib xohlab tushib ketgunicha bezovta qilish deydi, xohlamadim dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandga qanaqa muomala qilish kerakligini men hatto ibodatida qanday muomala qilayotganligini ko'rib qo'yinglar. E yayrab yuboradi bolalarimiz agar o'zgarsak chi biz. Bizni qilayotgan muomalarimiz agar hozir sunnatga muvofiq ellik foiz o'zgarib qolsa, yayrab yuboradibolar. Yo domla unaqa qilsangiz chi, boshingizga chiqib oladi bolalar. Hozirgi bolaga nima turish kerak sal?

Sen ko'proq bilasanmi? Rasulullohmi? Bola bo'lgan paytingni esla birodar. Sen ham kimni yaxshi ko'rgansan? Qattiqqo'l bo'lgan amaki tog'animi? Yo yumshoq muomala qilgandimi? Mehr shafqat, muhabbat oilani saodatining siri. Qaysi xonadonda, qaysi oilada mehr shafqat muhabbat muhabbat bor bo'larkan, bu uy jannatni bir parchasiga aylanadi. Uy juda ham hashamatli emasdir. Ichidagi jihozlar ko'p ham zo'r emasdir. Ammo agar musulmon ota mana shu xonadonda, faqir xona xonadonda mehr muhabbatni, kechirimlini paydo qila oladigan bo'lsa, bu uy jannatni bir parchkasiga aylanadi. Muhim emas uyda qanaqaligi, muhim emas jihozda qanaqaligiga. Muhimi, otani, onani xulqi, axloqi.

Kishi o'zini qilgan tasarrufoti bilan, fe'li atvori bilan odamlarni unga yaqin bo'lishiga sabab bo'ladi. Yoki uni qilgan fe'li, tasarrufoti odamlar undan uzoq bo'lishiga sababi bo'ladi. Xuddi shunga o'xshagandek, farzandlaringiz sizni oldingizga yopishib kelib, yaxshi ko'rib yopisha olmayaptimi? Sizni yaxshi emas otaligingizni belgisi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu nabiralarni ko'ngli uchun uyga kirib to'rt oyoqlab yurib berar edi. Ot bo'lib, tuya bo'lib yurib berardi. Bu nabiralarni Payg'ambarimizni o'ng tomonidan, chap tomondan kelib osilib minib olishardi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamni. E birodarlar, issiq jonimizga fikr qilib ko'raylik da. Sayyidul xalq, habibul haq, hotamul ambiyavval mursalim. Muhammad sollallohu alayhi vasallam to'rt oyoqlab nabiralar uchun yurib beryapti uyda.

Ishimiz ko'p, charchab kelganmiz, bandmiz deymiz. Rasulullohni tashvishchalik tashvishimiz bormi bizni? Rasululloh uyga kirganda mukammal ota bo'lgandir. Vaqt, nariyoqqa. Vaqt, chiq. Dam olib olaymi? Ochib. Achchiq bolalaringni. Bu siz bilan bizdan sodir bo'ladigan narsa. Agar Rasulullohni xulqi bilan huquqlansak, oilamiz jannatni bir parchasiga aylanadi. Agar shunday muhitni uyimizda paydo qila olsak, Robbimiz siz bilan bizdan rozi bo'ladi. Endi bu uyda shunday bir chiroyli muhitni bor bo'lishligi, uyning hashamatli bo'lishi yu, jihozlarni mukammal bo'lishiga bog'liq emas. Xulqqa bog'liq. Xulqqo bog'liq. Endi hozirgi kunda odamlarda ko'pchiligini g'ami uyida bir yangi bir remont qilib olsa, oshxona sosa, kafil qilib olsa, brushovkaga yotqizib olsa, shu. Faqat uyining shaklini, tashqi ko'rinishining ziynati edi yu, bu uyning ichidagi ruhiy muhitni, iymoniy muhitni bor yo'qligi bilan ishi bo'lmaydi.

Yosh bolalarda hasad, uni paydo bo'lish sabablari va uni yechish yo'llari haqida suhbat qilyapmiz. Bir ikki dars bo'lsa kerak. Hasan. Imom Buxoriydan keltirilgan hadis, Oisha roziyallohu anhodan. Ja a'robiyyun ilannabiye sollallohu alayhi vasallam mafaqol, a tuqob beluxun as sidi anakum, hamma nuqob beluxun nahmu. Faqoli nabiy sollallohu alayhi vasallam, ava amlikulaka an naza allohu min qalbika rahmat. Bir arabiy keldi sahroilardan, kelsa Payg'ambarimiz nabirasini quchoqlab, peshonasini o'pib, olib o'tiribdi. I, sizlar bolalaringizda o'pasizlarmi? Dedi. Ha, biz bolalarimizni hech qachon o'pmaymiz. Payg'ambar biz aytdilar, Alloh seni qalbingdan rahmatni olib qo'ygan bo'lsa, men senga nima qilib bera olaman? Dedi.

Savol. Oxirgi marta qachon bolalaringizni hammasini o'tkazib, peshonasini o'qib yurdingiz? Yo birinchi marta? O'ylab ko'ring da. O'g'ildir, qizil, kel bolam deb, qo'lidan o'qib, peshonasidan o'qib bag'rizga bosgan paytingizda sizlar endi hammasini qator qo'yib turib. Tinchlikmi?

Bugun borib shunaqa qilsangiz tinchlikmi dada deydi. Nima bo'ldi deydi. Chunki bola. Xo'p. Demak, qalbimizda farzandlarimizga bo'lgan shafqat, mehr, muhabbat Alloh Taoloning bizga bergan rahmati ekan. Faqatgina Allohni rahmatiga mushtaraf bo'lgan otagina, onagina farzandlarini bag'riga bosib, ularga mehr ko'rsatib peshonasini olib qo'yadi. Esla endi qachon shu ishni qilgansiz?

Kel o'g'lim, peshonangni bitta bo'lib qo'ya desangiz, kattaroq bo'lib qo'llagin. Ada, nima qilasiz, qo'ying deydi. Chunki bu ish antiqa da. Agar doim bo'lib kelgan bo'lsa, hech narsa emas edi. Mana hozir farzandlardan so'raylik da. Qachon oxirgi marta otangiznidir, onangiznidir shunday borib keling, boshingizni uqalab qo'yay deb, boshini uqalab qolgansiz. Keling deb turib, oyog'ini uqalab quvgansiz. Farzand sifatida bir o'ylab ko'ringlarda.

Sizdan nima ketadi? Nimaga shunaqa qila olmaysiz, bilasizmi? Sizni o'zingizda ham o'sha mehr ko'rishlik degan narsada muammo bo'lgan, shuning uchun shap qoqizib berib yubora olmaysiz mehrni. Otangizdan hech narsa so'ramasdan shunday kelib oyog'ini qo'llab qo'ygansiz. Bo'lmagan. Agar bugun oyog'ini qolab qolsangiz, otangiz aytadi, bu narsa kerak shekilli bunga deydi. Qarang, ikki tomonlama da. Ota ona mehr ko'rsatsa, boladan ham qaytadi. Shuning uchun birodarlar, daraxtning mevasi shu daraxtni tagiga tushadi. Bola sizga nisbatan mehri zo'r emasmi? Shafqatli mehribonmasmi, parvona bo'lmaydimi ustingizda? Farzand sifatida. Bu sizni qilgan xizmatingizni mukofoti.

Bemehrroq bo'lgan buni bolalari deb qo'yadi ota onasiga. Nimaga shunaqa bo'lgan? Chunki ota onasi mehr bermagan. Sizdan mehr ko'rishlik haqqi edi. Haqqini berganingizda sizni ham haqqingizni berar edi. Nimaga odamlarni bolalarda qilmasdan? Chunki bu seni bolang. Al abun najih, arab tilida.

Ota sifatida muvaffaqiyatga erishgan kishi, ya'ni muvaffaqli ota, u shunday otaki, uyiga kirganda, uni kirishligini oila a'zolari bayram qilib yuboradi. Dadam keldi deb yugurib boradi. Uyiga kelishligi bayram bo'lib ketadi. Hamma xursand bo'lib ketadi, uyda bir chiroq yonib ketadi.

Ota sifatida fashalga uchragan kishi, bu shunaqa kishiki, ko'chadan kirganda hamma tirqirab qaqqa qochib ketadi. Xona xonasi kirib ketadi. Chunki kiradi, baqiradi, so'kadi, tanqid qiladi, malomat qiladi, bezdirib qo'ygan. Ammo buni aksiga o'lib uyinga kirishing, oila a'zolaring uchun musibat bo'lsa, uyga kelishing bilan hamma o'zini xonasiga ursa, uyiga keliblar hammani so'roqqa tutsang, baqirib chaqirsang, uydan chiqib ketganingda deb turib uydagilarga bayram bo'lsa, demak sen ota sifatida hasharga uchrading. Muvaffaqiyatsizlikka uchrading. Demak, seni birodar yaxshi ota ekanligini belgisi nima dey ekan? Farzandlaringga bergan mehringda ko'rinadi.

Darsimiz nihoyasiga yetib qoldi. Bir hadisda o'qib tugatamiz. Inshaalloh. Bu hadis Imom Buxoriyda keltirilgan. Anasimni Molik roziyallohu anhudan. Jod imrotun ila aishat roziyalloh anho fa a totha talata samarotin. Bir ayol, Oysha onamizni oldiga keldi. Oysha onamiz bu ayolga uch dona xurmo berdi. Hadya qilib.

Bu ayolning yonida ikkita bolasi bor edi. Ikkala bolasiga bir donadan xurmog'ni berdi, bittani o'ziga olib qoldi. Haligi ikkala, ikkala farzandi xurmog'ni shunday yeb olishdi da, qorni to'ymadi, och, onasiga qarashdi. O'ziga ol qo'ygan xurmog'ni o'rtasidan shunday bo'ldi da, ikkalasiga yedirdi.

Oysha onamiz bundan hayron bo'lib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga u zot kirganida xabarini berdi. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, o'ma yu ujibulki imin dalik. Ha buni nimasiga hayron bo'lasiz? Alloh Taolo mana shu ikkala bolasiga bo'lgan qalbidagi rahmat tufayli bu ayonni rahmat qildi. Qalbida farzandiga nisbatan rahm shafqat borligi uchun Alloh bu ayonni gunohini kechirdi. Nima sababli? Farzandiga mehribonligi sababli. Demak, ota onani o'zini farzandiga shafqatli bo'lishi, rahmatli bo'lishi. Mehr ko'rsatishligi ulkan amallardan. Ha, otani ehtimol davlati ko'p pastdur. Boy badavlatmasdur. Boshqalarga o'xshab sarf xarajatni zo'r qilib bolalarini erkalata olmagandur. Ammo ularga mehr berishi mumkinmi shu kambag'al oti ham? Mehr ko'rsatishtan, ularga bir muhabbat ko'rsatishlikdan nima to'sadi?

Qachon farzand ota onaga yaxshilik qaytaradi? Qachon farzand, ota onalarga yaxshilik qiladi? Qachon ota onasini berida, xayriyatida turadi? Qachon solih farzand bo'ladi? Qachonki otalar o'zlari shu narsani ularga o'rgatishsa. Bolalarni teng ko'rishsa, mehr ko'rsatsa, o'zi solih ota ona bo'lsin. Chunki daraxtning mevasi shu daraxtning ostiga tushadi. Rohimallohu validan a'na ibn hu ala birrihi.

Farzandi unga yaxshilik qilishiga yordam bergan otani Allohu rahmat qilsin dedi. Inshaalloh, hasad haqidagi darsni keyingi jumladan o'tkazgan bo'lamiz. Aqulu qovli hada va astag'firulloh ali va

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi