Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalom ala oshir rohim mursaliy va ala alixiy va ashabiyaj ma'in. Allohumma alinama yonfauna va onfaunabiy ma'lam tanavazid na ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon orzuqun ad tibai va arenal ba'tiyla ba'tiyla orzuqun ad shiddinaba. Hoji alloh minman yestam ya'un al qovla fayetdabi una husana, vodixin la bi rahmatika fiya ibadika solihin. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Alloh aziz va jalloh ushbu saidul ayyom kunini barchamizga barakotli qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin, duolarimizni ijobat qilsin.
To'rtinchi matn. Muridul xoyri va shishadil qobihiy va lekin lay sayr dobil muxaliy. Yaxshini ham, qabih yomonni ham iroda qilguvchidir, lekin kufr va ma'siyatlarga rozi emas. Mana sharlaymiz. Nazmiy bayoni, yaxshi yu yomonga irodasi bor, lek yomon ishlarga rozi emassinhor.
Bu darsimizga kirishlikdan avval birodarlar bir savol bilan boshlayman bu darsimni, darsimizni. Alloh gunoh mas'uliyat bo'lishligini xohlaydimi? Xohlamaydi. Savob bo'lishini xohlaydmi? Xohlaydi. Alloh xohlamagan ish bo'ladimi koinotda? Alloh xohlamagan ish bo'ladmi koinotda?
Olloh taolo gunoh mas'ulisiyat bo'lishini xohlaydimi? Bo'lyapti yu. Tushundinglar a? Alloh xohlamagan ish bo'lmaydi koinotda. Gunoh ma'siyat bo'lishini xohlamaydi. Qotillik, zino, o'g'irlik. Ammo alloh xohlamayotgan qotillik,zino, o'gurlik, tarozdan urush bo'lyapti y u. Ha, unda Alloh xohlamagani narsa ham bo'lar ekanda hayotda, degan vahimni shayton kallaylariga olib keladi.
Bo'lmaydi deyapmiz, lekin bo'lyapti. Nimada javob beramiz shunga? Qotillik bo'lmasin deyapti, Alloh xohlamaydi, qotillik bo'mayapti. Tarozidan urush bo'masin, yolg'on bo'masin, Alloh xohlayapti, ammo bo'mayapti bular. Mana shu bayt siz bilan bizga shu narsani tushuntirib beradi. Yaxshi ish ham, yomon ish ham Allohni xohishi bilan, irodasi bilan vujudga keladi. U zot iroda qilmagan biror narsa vujudga kelmaydi. Bu bizni aqidamiz.
Alloh xohlamagan narsa bo'lishi mumkinmi? Yo'q. Alloh gunoh ma'siyatni xohlaydimi? Yo'q. Ammo hayotga qarasangiz, bu narsalarni Alloh xohlamasa ham hayotda bular bo'lyapti. Endi biz aytamiz, iroda, xohish bir narsa, yaxshi ko'rish rozi bo'lish ikkinchi narsa. Xohlash, iroda qilish bir narsa, rozi bo'lib yaxshi ko'rinishlik ikkinchi narsa! Bugungi suhbatimizni mavzusi shu.
Misol uchun, bir inson bir ishni yaxshi ko'rmaydi, ammo qilaveradi. Qiladi, yaxshi ko'lmaydi, rozi bo'lmaydi. Xohlash bitta narsa, rozi bo'lish ikkinchi narsa. Masalan, ofitsiant. Shashlik ko'rini oldiga borishlikni yomon ko'radi. Shashlikni hidini yomon ko'rada. Xohlamaydi. Lekin mijoz zakaz qilsa, ko'ron oldiga boradi.
Shashlikni hidini hidi edi, ko'taradi, olib kelib beradi. Shunda ofitsiant o'zi yaxshi ko'rmagan, xohlamagan ishini qilaveryapti. Lekin uni yaxshi ko'lmayapti, unga rozi bo'lmayapti. Alloh gunoh ma'siyat bo'lishini xohlamaydi, yaxshi ko'rmaydi, lekin bandalar shu ishni qilishsa, Alloh Taolo yo'l berib qo'yaveradi. Tushundinglarmi?
Yaxshi yomon barchasi Alloh Taoloning irodasi bilan vujudga kelgan bo'lsa da, yomon ishlardan rozi bo'linmagan, bandalarning xoshiga muvofiq yaratilgan ishlar hisoblanadi. Ya'ni ofitsiant shashlikni olib kelib berdi, mijozning xohishiga, zakaziga muvofiq. Agar mijoz shashlikni olib keling demaganida, shashlikni olb kelmas edi u.
Sen ana shu harom ish bo'lishiga sabab ishni qilding, Alloh to'g'ri shu ishni yaratib berdi. Sen qotillikka sabab bo'ladigan ishni ixtiyor qilding, Allohni qotillikni yaratib beradi. Yaratib bera oladi mana shu gunoh ishni ham. Lekin alloh buni yaxshi ko'rmasdan, bundan rozi bo'lmasdan yaratib beradi . Sen o'zing xohlading, harakat qilding, Alloh yaratib berdi. Tushunarli bo'ldimi? Xohish bir narsa, iroda xohish bir nsa, rozi bo'lib yaxshi ko'rishlik, ikkinchi narsa.
So'favvalayor bobomiz aytadi, Xudo rozi emas isyonimizga, rizosidur aning ehsonimizga. Isyonimizga Alloh rozi bo'lmaydi, ammo ehsonimizga, yaxshi ishimizga rozi bo'ladi. Kishi rozi desa isyon qilur g'a, a imma hukmidur kofir bo'lur g'a. Agar bir odam Alloh bizni kufiri isyonimizga ham rozi bo'laveradi desa, ahli sunnaning imomlarning hukmi, bu odam kofir bo'lar.
Iroda, xohlash sifati Alloh Taoloning zotiy sifatlaridan biri bo'ladi. Mash'iat, xohish sifati bu sifatning sinonimlari hisoblanadi, ma'nodoshlari hisoblanad. Yaxshi bo'lsin, yomon bo'lsin, bo'layotgan ishlar Allohning xohishi bilan bo'ladi. Agar Alloh xohlamasa, bir savob ish ham bo'lmaydi, gunoh ish ham bo'lamaydi.
Alloh olamagan biror narsa vujudga kelmaydi. Borliqda bo'layotgan hamma narsa Allohning xohishiga deyiladi. Issiq bo'lib ketdimi? Allohni xohishi. Sovuq bo'lib ketdi mi? Allohni xahishi. Rizqimiz tangmi? Allohni xohishi. Rizqimiz kengmi? Allohni hohishi. Bandalar ana shu rizqini tang bo'lishi yoki keng bo'lishiga sababni qildi, bittasi mol ko'lchilikda zakaz qilib oldi, bittasi faqirlikda zakaz qilib olindi.
Ya'ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohni irodasi bilan bo'ladi degani, Alloh xohlamasa, hech qanday ish bo'lmaydi degani bo'ladi. Masalan avariya bo'ldi. Avariyani qilib qo'yib turib, bu yoqdagi yosh bola aytadiki, Alloh xohlabtida deydi. Yo'q, sen sherigingni qisib, yo'lda strechka chiqarib yuboruvding, obgon qilayotgandi, borib urdi. Sen shu avariyani zakaz qilding, fe'ling bilan, harakating bilan, xohishing bilan, Alloh avariyani yaratib berdi. Endi Allohni aybdor qilma. Sen obgonkaga chiqayotganda tormozni bosib o'tkazib yuborganingda, nima bo'lmas edi?
Hech qanday mehnat qilmaydi. Pulini tejab ishlatmaydi. Pulini ko'payishiga sabab ish qilmaydi. Tijoratga, hunarga, kasbniy korga urmaydi da, o'tirib olib, Alloh xohlagan ekan deydi, kambag'al bo'lishimiz deydi. Yo sen mana bu sabablarni hammasini qil, shunda ham qo'lingda bir narsa to'planmasa, endi ayt. Demak Alloh nima qilmagan ekan?
Kufr va ma'siyatlar ham Allohning irodasi bilan yuzaga keladigan bo'lsa, kufrga norozi bo'lgan paytda o'zi xohlagan narsasiga norozi bo'lay ekan bo'lib qolmaydimi? Alloh taolo xohlamasa kufr bilan mas'uliyat ham bo'lmas ekan. Alloh xohlabdi, kufr mas'uliyat bo'libdi. Endi Alloh o'zi xohlagani narsaga o'zi norozi bo'lib qolay ekan bo'lmayaptimi?
Bu savolga ahli sunna ulamolari ha, rozi bo'lmaydi, chunki iroda boshqa narsa, rozilik boshqa narsadeydi. Banda kofir bo'lishni xohlab, kofirlik ishini qildimi, Alloh yaratib beraveradi. Xohladi kofir bo'lishingni. Lekin rozi emas bunga. Mo'taziliy firqasi Alloh taolo faqat yaxshi ishlarni yaratadi, yomon ishlarni esa bandani o'zi yaratadi degan e'tiqodda bo'lgan. Bu noto'g'ri. Banda savob ishni ham Allohni xohishi bilan qiladi, gunoh ishni ham Allohni xohishi bilan qurishadi. Agar Alloh Taolo shu gunohni yaratib bermasa, banda gunoh qila olmaydi. Alloh savob amalda yaratib bermasa, savob qila olmaydi. Faqat Alloh Taolo biriga rozi bo'ladi, biringizga rozi bo'lmaydi.
Iroda sifati haqida, Alloh Taoloning iroda degan sifat haqida, ahli sunna va jamoaning e'tiqodi qanday ekanligini batafsil o'rganib chiqib turib, ko'p mushkulalarga, birodarlar, javob beramiz. Ko'p tushunmovchilarga barham beramiz. Endi Alloh Taoloning iroda, sifati haqidagi e'tiqodimiz qanday? Iroda Allohning sifatlaridan bu xohlash, qasd qilish ma'nolarini bildiradi. Istilohda esa barcha bo'lishi joiz narsalarni, bo'lishi jo iz narsalarni ular uchun mumkin bo'lgan ko'plab narsalardan biriga xoslaydigan Alloh Taoloning azaliy sifati iroda deyiladi.
Ya'ni hayotda, borliqda, vujudda bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar. Masalan, bir odam bir vaqtni o'zida ham tirik, ham o'lik bo'la olmaydi. Billa bo'lishi mumkin emas bu. Bu ikkita bir biriga zid narsa. Non bir vaqtni o'zida ham issiq, ham sovuq bo'la olmaydi, bu bunday bo'lishi mumkin emas.
Bir biriga zid teskari narsalar bu borliqda bunday narsa bo'lishi mumkina emas. Ovqat bir vaqtni o'zida ham issiq, ham sovuq bo'lmaydi. Odam bir vaqtni yozida ham johil, ham olim bo'lmaydi. Shuning uchun biz aytdik, iroda sifati istiloqda barcha bo'lishi joiz narsalar uchun mumkin bo'lgan ko'plab sifatlardan biriga xoslaydigan Allohnin sifati.
Masalan, bunaqa savolni tahlillar beradi yoki bo'lmasam Allohnin o'zi yarata o'zi ko'tara olmaydigan toshni yarata oladimi? Hozir ha desangiz ham noto'g'ri, yo'q desangiz ham notovor. Ha, yarata oladi desangiz, demak ko'tara olmas ekan, Allohnin qo'lidan kelmaydigan ish bor ekanda deysiz. Yo'q, yarata olmaydi desa, demak Allohnin qo'lidan keladigan ish bor ekanday deysiz.
Bunaqa savol berish mantiqqa aqlga to'g'ri kelmaydi. Borliqda bo'lishi, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ishlar deyildi. Iroda sifatining borligiga Qur'oni Karim va Hadis Shariflarda ko'plab dalillar kelgan. Alloh taolo aytadi inna alloha yahkumuman yuriydi. Albatta Alloh nimani iroda etsa, shuni hukm qiladi. Mo'yda surasi. Boshqa oyatda: Astadbillah, yuridullohu bikumul yusro, vala yuridu bikumul usur. Alloh sizlarga yengillik bo'lishini xohlaydi va sizlarga qiyinchilik bo'lishligini xohlamaydi. Demak, siz bilan biz bugun Alloh Taoloning iroda sifati haqida suhbat qildik. Iroda. Alloh azza va jalla yaxshilikni ham, yomonlikni ham sodir bo'lishliginixohlayveradi. Bandalar talabiga ko'ra yaratib beraveradi, lekin toat ibodatdan rozi bo'lib, yaxshi ko'rib yaratib beradi. Gunoh ma'siyatdan norozi bo'lib, buni yaxshi ko'rmasdan yaratib beravoradi. Aquli qovli, ha davos tafirullohli va alaykum assalomu alaykum.