Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas taofuruh. Va narudubillahi min sururiyan fursina, va min sayyi'ati amalina, man yahdihillah hu falah muddillala, va man yudhilil hu falah hadiyala, va nashxadvalloh ilohi illallohu vahdahular sharikala. Va nashxara anna muhammadana abduhu va rasuluh, ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Mana birodarlar, uch jumadan beri tavfiq degan mavzuni suhbat qilayotgan edik. Bugun to'rtinchi darsimiz, davom etamiz. O'tgan darsimizda savol berdik. Sen tavfiqli odammisan?
Tavfiq alloh taoloning ilhomi. Tavfiq alloh taolloning yo'lashi. Tavfiq Allohtao'loning sizni ishingizni o'zini qo'liga olishi. Tavfiq sizni o'zingizni holingizga tashlab qo'ymasligi. Ana shu tavfiqni ta'rifini o'qidik va oxirgi darsimizda shu savolni berdik. Sen, birodar, tavfiqli odammisan? Alloh senga tavfiq berganmi? Ana shu alomatlardan uchtasini suhbat qilgan edik, davom etamiz.
Birinchisi, agar senda iymon bor bo'lsa, bu tavfiqning alomati. Alloh yo'l beribdi, Alloh qo'llabdi, iymon keltiribsan. Tavfiqning ikkinchi alomati ilmga bo'lgan rag'bat, ilmga bo'gan xarislik. Uchinchi alomati savobli amallarga muvaffaq bo'lishliging.
Tavfiqining to'rtinchi alomati da'vatga Alloh Taolo seni burishligi. Dinni, yaxshilikni odamlarni o'rtasida tarqatishga muvofiq bo'lishing tavfiqining to'kinchi alomati. Bu ish odamlarga dinni o'rgatish, odamlarga Allohni tanitishlik eng afzal insonlar, payg'ambarlardan qolgan meros. Chunki odamlarni Allohning diniga da'vat qilishlik payg'ambarlarning ishi bo'lgan. Bilasizmi, eng yaxshi odam kim? Eng yaxshi odamshunday odamki, allohni bandalarga suyuklik qiladi.
Bandalarni Allohga suyuklik quradi. Ya'ni, bandalarga Allohni tanitadi, ilm orqali Robbilarini tanitganidan keyin, bandalar Robbisini tanib, yaxshi ko'rib qolishadi. Endi Robbisini yaxshi ko'rib, Allohga qulchilik qilgandan keyin, Alloh bu bandalarni yaxshi ko'radi. Endi mana shu ikkala tomondan bir biriga bo'lgan muhabbatga sabab bo'lgan da'vat qilayotgan odam, odamlarning eng yaxshisi deyiladi.
Allohni bandalariga mag'lub qilish, bandalarni esa Robbilariga mag'lub qishlik. Astaydu billah, va men ahsanu qavlan minman da ila allohi va amila soliham. Va qola indan imenno muslimiy. Odamlarni Allohning diniga da'vat qilgan va o'zi ham yaxshi amal qilib, shak shubhasiz men musulmonlardandirman degan kishidan ko'ra chiroyliroq so'zlovguvchi kim bor? Alloh Taolo aytyapti, eng chiroyli gapirgan odam kim? Mo'min bo'lib turib, solih amal qilib turib, musulmonman deyotgan odam eng chiroyli. Odam bo'ladi gapirayotgan.
Beshinchisi. O'zingni tez tez hisob kitob qilib turishing. O'zingni nafsingni muhosaba qilib turishing. Ya'ni, niyatni yangilab tuzatib turishing. Amallaringni puxta chiroyli bajarishga harakat qilishing. Xato kamchiliklaringni ko'rishing va ularni tuzatishga harakat qilib ishlashing. Bu ham tavfiqda.
Kamchilik bormi hammamizda? Hammamizda bor. Birov bizga odob bilan, hikmat bilan, yo'li bilan manaqa kamchilik bo'lyapti desa, o'zingchi deysiz u. Voy, senga chi, odob bilan, xikmat bilan, hech kim yo'q edi, o'zingga nasihat qilyapti, qabul qil. O'zingchi deydi. Manaqa qilgan ishing mana bu joy ozgina chol bo'lib qolibdi desa, ha nima bo'ladi da shunchalik a?
Hikmat bilan qilingan tanqidni aybingizga bo'lgan ishorani qabul qilmayotganligingiz betavfiq ekanligingizni belgisi. O'sha tanqidni qabul qilgan odam inay o'sadi. Alkay yesu mandani nafsahu va amila lima ba'd al mav't. Imomahmad va termiziy rivoyati. Payg'ambarimiz aytadilar, haqiqiy hushyor inson kim? Endi Rasulullohning nazarlarida haqiqiy hushyor odam qanaqa bo'ladi? Rasululloh aytyaptilar, o'zini nafsini hisob kitob qilib turgan va o'limdan keyingi narsa uchun ishlayotgan, amal qilayotgan inson haqiqiy hushyor kimsadir.
Tushunarlimi? O'zini hisob kitob deb turadi doim ishlarini va o'limni esdan chiqarmasdan shunga qarab kun kechiradi, shunga qarib amal qiladi. Mana shu odam haqiqiy husyor odam ekan. Umariddin Xattob roziyallohu anhoyim aytadi, hasibi anfusakum qoblan tuhasabu. Vozin u amalakum qoblan tusana alaykum.
Hisob kitob qilinmasligingizdan avval o'zingizda hisob kitob qilib turinglar. Ya'ni farishtalarning oldiga kelganingizda hisob kitob qilingan edi qiyomatda. Shundan avval o'zingiz hisob kitob qilib turinglar o'zingizda. Va amallaringiz tortilishidan avval sizlarning zararingizga o'zingiz amalingizni tortib turinglar. Ya'ni o'zingiz qarab yuring. Bugun necha mahal namozni qoldirdim? Necha marta g'iybat qildim? Qaysi farz amal qolib ketdi? Zikrda aytdimmi, aytmadimmi?
Tavfiqning alomatlari, Alloh sizni muvaffaq qilganligi, Alloh sizga tashlab qo'ymaganligi, Allohsizni qo'llayotganligini birinchi alomati, iymoningizni bo'lishi. Ikkinchisi, shar'iy ilmlarga muhabbatingiz bo'lishi. Uchinchisi, savobli amallarga muvofiq bo'lishingiz. To'rtinchisi, da'vatda hissangiz bo'lishi, beshinchisi, o'zingizni hisob kitob qilib turishingiz.
Oltinchi alomatim. Qalbingni Allohga bog'lanib turishi. Bu ham bir nozik nuqta. Uni qadariga rozi bo'lishing. Uning fazli marhamatiga, ne'matiga shukur qilishing. Farz, vojib amallarni qoldirmasdan qilishing. Allohni haqqini ado qilishga harakat qilishing. Uni o'ziga tavakkur qilishing. Uning o'ziga suyanishing. Qalbingni uni o'ziga topshirishing. Qalbingni odamlarga bog'lanib qolmasligi.
Odamlar bor yo'g'i ojiz banda ekanligini tushunishing. Ana shu bandalarni ustida ham Allohning qadari joriy bo'lishini aniq bilishing. Alloh senga o'zi kifoya qilishiga ishonishing. Uni iznisiz biron narsa sodir bo'lmasligiga, iymoningni komil bo'lishi. Uni hukmini hech kim rad qila olmasligiga, iymoni komil bo'lishiga. Taqdirni hech kim qaytara olmasligiga. Hamma narsa Uni qo'lida ekanligiga aniq ishonayotganliging, qalbingni Allohga bog'langanligi tavfiqning belgisi.
Kim aytgani bo'ladi? Allohni aytgani bo'madi dedi. Qalbingizni Allohga bog'langanligi doimiy suratda bog'lanib turishligi tavfiqining belgisi. Ma sha allohu kana voma lam yasha lam yakun. Alloh nimani xohlagan bo'lsa bo'ldi. Alloh Taolo nimani xohlamagan bo'lsa, shu narsa bo'lmadi.
Alaysallohu bi kafin abda? Alloh Taolo so'rayapti. Axir Alloh Taolo bandasi uchun o'zi kifoya emasmi? Men o'zim kifoya qilmaymanmi senga, bandam, deyapti. Parvardigor o'zing kifoya qilasan. Has biya Alloh va ne'mat vakil deb turib xotirjam bo'ldingizmi? Demak, tavfiq bor sizda.
Ibrohim alayhissalomni o'tga uloqtirishdi. Havoda uchib ketyapti. Ikki sekundda, bir sekundda tushadi. Shu fursatni ichida jabrual alayhissalom kelib, alakaha ja ya ibrohim, menga bir hojatingiz yo'qmi? Qalbni ko'ryapsizmi Alloh bilan ovora bo'lganligi? Sizgami deyapti. Sizga hojatim yo'q.
Robbimga hojatim bor, ammo Robbimga aytishni hojati yo'q deyapti. Nima dedi Alloh Taolo? Ya naru kuniy bardam vasalaman ala Ibrohim. Hech kim o'ylamagan edi bunaqa yechimni. Mushkulani bunday hal bo'lishini birov o'ylamagan edi. Ibrohim alayhissalom o'tga tushdi. Olov ham sovuq, ham salomat bo'ldi.
Qalbingizni doim Allohga bog'lanib turganligi tavfiqning belgisi. Istadvila, voman yattaqillaha yaji allohu maxroja. Kim Allohda taqvo qilsa, Allohda qo'rqsa, unga maxrojini beradi. Har qanaqa muammodan chiqib ketadigan yo'lni beradi. Bo'ldimi? Yo'q, davomi bor. Voya razuqu hu min hayt so'la yaxtasib. Kutmagan joyidan rizqini beradi. Bo'ladimi? Yo'q. Va man ya tavakkal ala allohi fahva hasbuhu. Kim Allohga tavakkul qilsa, Alloh shu bandaga o'zi kifoya qiladi. Nima, Robbingiz o'zi kifoya qilmaydimi sizni muammolaringizga? Kifoya qiladimi? Aniq ishonasizmi? Qalbingizda shubha yo'qmi? Hasbiya Alloh, ne'mat vakil deb xotirjam bo'ldingizmi? Demak sizda tavfiq bor. Alloh sizni o'zingizga tashlab qo'ymabdi.
Yettinchisi. Eng katta g'am tashvishing oxirat bo'lishi. Shu yerda endi muammo bor. Yuribmiz ko'chada deydi. Nima deb? Bola chaqa tirikchilik. Mana shu yerda g'amingiz. Mana shu yerga g'amingiz. Bomdodga chiqish g'am emas.
Zikrda aytish g'am emass. Bir to'rt qator bir narsani o'qish yoki yodlash g'am emass! Allohni diniga bir xizmat qilishlik g'am emass, g'am nima? Bola chaqa tirikchilik. Allohni unutib qo'yib, faqat dunyo deb yashayotgan odamlarni qarasanglar, Alloh Taolo shunday qilganki, bularni mana shu g'amdan boshqa narsaga vaqti yo'q.
Ota onasini kunda borib xabar olgani vaqti yo'g'i. Ishi ko'p. Siylak rahimga vaqti yo'q. Ishi ko'pligi. Bir tabiatni qo'yniga chiqib dam olib kelgani vaqti ko'pligi ishi ko'pligi. Bola chaqasi bilan o'tirib ujin qilgani, vaqti yo'q. Ishi ko'p. Rossiyada yuradi, bir haftada bir marta telefon qilib qo'ygani, vaqt yo'q. Nimasi ko'p? Ishi ko'p! O'sha otangga bir hafta bir marta telefon qib qo'ymasdan onangga. Ishing zo'r bo'lib ketyaptimi?
Tushunarlimi? Faqat dunyo, faqat pul deb yurganlar, Allohni esdan chiqarganlarni Alloh Taolo shunday qilib qo'yganki, shu dunyo ishidan boshqa narsaga umuman vaqti yo'q. O'zini sog'ligiga qaragani ham vaqti yo'q, trenajyorga borgani ham vaqti yo'q, futbol o'ynagani ham vaqt yo'q, o'zi xohlagan ishlariga vaqti yo'q. Nimaga? G'am noto'g'rida.
Tavfiqni yettinchi alomati, eng katta g'am tashvishing, birinchi g'am tashvishing, Alloh Taoloning roziligi oxirat bo'lishi kerak. Bu dunyo hayotini oxiratning ekinzori deb bilayotgan bo'lsang, bu dunyo hayoti mehnat hovlisi ekanligini tushunayotgan bo'lsa, bu dunyo hayotiga aldanmayotgan bo'lsak, bu dunyo hayati oxirat hovlisi uchun tayyorgarlik maydoni ekanligini bilayotgan bo'lsang, mana shunday e'tiqodda bo'lgan bo'lsang sen tavfiqining ichidasan. Alloh Taoloning ulkan tavfiqi seni qo'lingda turibdi ekan. Mana shu narsa bilan qalbingiz keyin xotirjam bo'ladi, o'y fikringiz o'rnida bo'ladi.
Biz o'zi esimizni tanayotganimizda o'sha o'lchov tushunchalarimiz, hayot haqidagi tasavvurlarimiz noto'g'ri bo'lganligi uchun hayotda qilayotgan ishlarimiz ham noto'g'r ekan. Agar qo'limizdagi kompus Allohni roziligini ko'rsatadigan kompus bo'lganda, qilayotgan hamma ishimiz to'g'ri bo'lardi. Lekin birimizni kompusimiz dunyo.
Dunyoni ko'rsatadi, maqsad yur deydi. Birimizni kompusiimiz mansab. Birimizni kombusimiz obro', birimizniki mashhurlik. O'shaning uchun har tomonga yurib, sochilib, chochilib yuribmiz. O'zi avvalambor mana shu ayniqsa mana o'g'il bolalar, xususan, endi oq xonani ajratib, yetti, sakkiz, o'n ga kirganda, mana bu o'lchov tushunchani to'g'ri qilish kerak. Otalar, yosh otalar.
Allohni roziligi birinchi o'rinda turishi kerak, bolam. Birinchi maqsading nima qilsam xudo mendan rozi bo'ladi degan e'tiqod bilan yashagin, qolgan problemeni alloh hal qilib beradi. Domlalarning gapiga qarasang, olma pish, og'zimga tush deb o'tiraveradi. Kim aytdi senga unaqa deb? Zo'r hunar tutonla, zo'r kasb tutonla, ilmni o'qi, zo'r qil. Katta pul topadigan mehnatni, ilmni sababini qil, lekin qalbing alloh bilan bo'lsin.
Mana o'sha biz aytayotgan narsaga payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi dalil bo'ladi. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam aytadilar, man ka'natil axiratu hammahu. Ja'al allohu g'inahuf i qolbihi. Va jamalahu shamlahu. Va atadhu dunya vahiyarohiman. Mana o'lchov tushunchani qaranglar, qanaqa bo'lishi kerak. Rasululloh aytyaptilar, kimning g'ami oxirat bo'lsa, eng katta g'ami, eng birinchi g'ami oxirats, Allohnin roziligi bo'lsa, Alloh uning boyligini qalbiga solib qo'yadi. Qalbi boy bo'ladi, birinchi navbatda. Puli bo'lsa bo'lmasa, qalbida xotirjamlik bo'ladi.
Uning ko'nglini bir joyda qilib qo'yadi. Dunyo uning oldiga o'zi xohlab kelaveradi. Davomini qarang. Va man kanat et dunyo hammahu. Endi kimning eng asosiy g'ami shu dunyo bo'lsa, faqat dunyo g'am bo'lsa, ja alallohu faqirahubayna aynayhi. Bunaqa odamni kambag'alligini mana bu ikkala ko'zini o'rtasiga, peshonasiga yozib qo'yadi. Fafarroq alayhi shamlahu. Uni ishini sochib qo'yadida, ko'nglini notinch qilib qo'yadi, valam ya'ti himina dunya illa man qud beralahu. Dunyo odamni Alloh taqdir qilgandan oshchasi kelmaydi.
Bittasini Alloh Taolo hamma g'am tashvishiga o'zi kifoya qilyapti, bittasini Alloh Taolo sochib qo'yyapti ishini, doim baxtsiz. Farq nimada? Ikkalasi ham mehnat qiladi, ikkalasi ham ilm o'qiydi, ikkalasi ham hunar qiladi. Birinchi odamning g'ami Allohni roziligi. Ikkinchi odamning g'ma dunyo. Mana endi tushunyapsizlarmi nimaga doim yetmaydi?
Nimaga doim shikoyat bor? Nima uchun? Boylar ham doim pulni orqasidan quvaveradi. Chunki o'lchov noto'g'ri. Kompus chataq. Boshqa hadisda aytadilar, man jahl al hukmumah hamman vahidan kafahullohu hamma dunya. Kim ko'p g'amlarni bitta g'am qilib olsa, Alloh u uchun dunyo g'amlariga o'zi kifoya qiladi.
G'am ko'p dunyoda. Sog'liq bor, tinchlik bor, uy bor, kiyim bor, pul bor, bola bor. Mana shu g'amlarni hammasini bitta g'amga almashtirib olsin. Nima qilsam Alloh mendan rozi bo'ladi degan g'am bilan yashasin, shu savolni javobini topish bilan shunga harakat qilib yashasin, qolgan g'amlarga Alloh o'zim kifoyaman deyapti. Kimning aqli va qalbini dunyoning ko'p g'amlari va tashvishlari har tarafga sochib yuborgan bo'lsa, Alloh bunaqa odamni dunyoni qaysi vodiylarida halok bo'lishiga parvo qilmaydi. Shuning uchun akalar, ukalar, xotin kerak. Pul kerak, uy kerak, bular kerak. Bularni hech qasini inkor qilmaymiz. Va mana shu narsalarni qo'lga kiritish uchun nima ish qilish kerak bo'lsa, hammasini qilamiz. Lekin bular g'am bo'lmaydi. G'am Allohni rozi qilish bo'ladi.
Birinchi alomati, iymon. Ikkinchisi, ilm, shar'iy ilmlarga bo'lgan tavfiq. Uchinchisi, savobli amallarni qilishga muvaffaq bo'lay ekaningiz, to'rtinchisi, Allohni diniga da'vat qilishing va ishtirokingiz bo'lishi, beshinchisi, o'zini hisob kitob qilib turishi, oltinchisi, xalqni Allohga bog'lanib turishi, yettinchisi, eng katta g'am oxirat g'ami bo'lishligi. Sakkizinchisi, gunohlardan tezda qaytishlik, tavba qilishlik. Kulubina adamahattoun vahoyrul xattoinat tavo bundagalar Rasululloh. Odam bolasi borki, xato qiladi, gunoh qiladi. Iloji yo'q. Banda, ojiz, bilib qiladi, bilmay qiladi, adashib qiladi, qiladi. Endi Alloh tavfiq bergan banda, mana shunday bir gunohga kirib qolsa, tezda tavba qiladi. Tezda to'xtatadi. Afsus nadomat chekadi. Allohga qaytib, istig'for aytadi.
Va chinakamiga tavba qilgan odam shu gunohni qilmagan odamdaqa bo'ladi. Daftarida bo'lmaydi bu gunoh. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar, atta ibumiina zambiy kamallaa zambala. Gunohdan tavba qilgan kimsa gunoh qilmagan kimsa kabidir. Faqat rosa kam tavba bo'lishi kerak. To'xtatdi.
O'sha tavba nasux, nasux tavba deganda to'rtta sifati bor. To'xtatish kerak, qattiq pushaymon yeyishlik kerak, qaytib qilmayman deb Allohga ahd berish kerak va shu gapida turish kerak. Allohni haqqida gunoh qilgan bo'lsangiz, to'rtta shart. Agar odamni haqqi bo'lsa, beshinchisi qo'shiladi. Nima qilish kerak? Allohni haqida bo'lsa, tavbani sharti to'rtta, bandani haqqi bo'lsin, beshta.
Asta'davillar. Va tu bu ilohi jami an ayyuha'l mu'minuni la'allakum tuflixon. Barchalaringiz allohga tavba qilingiz, ey mo'minlar, shoyadki, shunda najot topsanglar. Boshqa oyatda, albatta alloh tavba qiluvchilarni va o'zlarini mudom pok tutuvchilarni yaxshi ko'radi.
To'qqizinchisi, jamiyatga foydali inson bo'lishing. Puling bilanmi, hunaring bilanmi, ilming bilanmi, maslahating bilanmi, mahallenga, qishlog'inga, shaharingga foydang tegayotgan odam bo'lishliging alloh taoloning senda tavfiqi borligini belgisi. Odamlarni xizmatida bo'lish, odamlarni hojatlarini ravo qilishga chiqish, e bu hamchi, hammaga berilavermaydigan ne'mat.
Jamiyatga foydali bo'lish ham hammaga nasib qiladigan narsa emas ekan. Mansabi bilan, moli bilan, ilmi bilan, hunari bilan, maslahati bilan odamlarga foydali bo'lishlik Alloh Taolo yaxshi ko'rgan sifati bandani. Payg'ambarimizni hadisini o'qiymiz. Ahab bu nas ila lohi an fahmli nas.
Odamlar orasida Alloh uchun suyuklirog'i odamlarga foydalirog'idir. Vahob bul amal ila allohi azza va jalla sururu run tutdihi lug'u ala muslimin. Alloh uchun eng suyukli amal nima? Bir musulmon kishining qalbiga xursandchilik kiritishing.
Bir og'iz gapingiz bilan xursandchilik kirib qo'yishingiz mumkin. Manaqa ekan u, aytmabsiz da, aka, bilgan ekansiz desa, sen so'ramading da, deydi. Rasululloh aytadilar, av tuk shifo anhu kurbatan. Yoki ana shu bir musulmondan bir mashaqqatni ko'tarishing. Avtoq dey anhu daynan, yoki bir qarzini uzib qo'yishing. Avta turda anhu ju'an, yoki undan oshlikni ketkazishing.
Jamiyatga foydali bo'lishlik, Alloh Taolo yaxshi yurgan sifatlardan. Jamiyatga foydangiz tegyaptimi? Demak sizda tavfiq bor. Alloh sizni tashlab qo'ymabdi bir chekkaga. Alloh ishlatyapti ekan sizni shu ishga. Hadisni davom etkazamiz. Valiyan amshiya ma ahil muslim fihajating, ahab bu ilayya meni a takifa, fihad al majidi shahron. Ya'ni fih majidi nima dini? Mana bu masjidimda deyaptilar Rasululloh. Majliddin Nabaviyda. Bir oy e'tikof o'tirganimdan ko'ra, bir musulmon birodarimni hojati uchun yurishligim men uchun suyukliroqdir. Qarang, bir oy e'tikof o'tirsangiz qancha savobga ega bo'lasiz. Lekin rostini aytyaptilar, meni masjidimda e'tikof o'tirgandan ko'ra bir oy, bitta odamni xizmatiga, yordamiga, hojatiga chiqib qo'yishlikni Payg'ambarimiz menga suyukliro'q deyapti.
Boshqa artistlar aytadilar, voman masha ma aqiyhi fi hajating hatta yaqdi halahu sabbatallohu qadamayhi yavma tozulul aqdam. Kim bir birodarining ehtiyojini qondirish uchun u bilan birga yursa, qanaqa mukofot bor bunga? Alloh uning qadamlarini, oyoqlarini, oyo'qlar, qadamlar toyilib ketadigan kunda mustahkam qiladi.
Qiyomat kunida odamlarning oyog'lari toyilib jahannamga tushib ketadi. Ana shu kunda qadamni sovutib turadi. Nimani evaziga berilyapti? Jamiyatga foydali bo'lishligingiz. O'ninchisi. Alloh azza va jalla seni ishingni o'zini qo'liga olishligi. Ya'ni Alloh seni o'zingni holingga tashlab qo'ymasligi.
Xizlan, mahrumlik. Mahrumlik nima? Haqiqiy mahrum odam, u puli yo'q, oilasi yo'q, dunyosi yo'q odam mahrum odam deyilmaydi. Haqiqiy mahrum odam Alloh bu odamni o'zini holiga tashlab qo'ygan. Unga yordam bermaydi, uni qo'llamaydi. Mahrumlik Alloh seni o'z nafsing bilan yolg'iz qoldirib qo'yishi.
Parvardigor, duoni qarang Payg'ambarimizni duosini. Vala takinnilay nafsiy torfata ayn. Parvardigor, ko'z ochib yumgunchalik muddatga ham meni o'zimni holimga tashlab qo'ymagin. Agar Alloh sizni o'zingizni holingizga tashlab qolsa, yarim sekund ko'p halok bo'lib ketishingiz uchun. O'sha yeyotgan oshingizdan bitta guruch o'tib ketadi tomoqqa, havo bilan. Klapanda shunday to'sib qoladi. Pishdingiz.
Rolda ketyapti, ko'zingiz ikki sekundga ketadi. Tushdingiz. Jarga. Duoda qarang go'zalligini. Parvardigor, ko'z ochib yuvingunchalik muddatga ham meni o'zimni holimga nima qilmagin? Tashlab qo'ymagin. Demak, birodarlar, tavfiqning alomatlari. Birinchisi iymon, ikkinchisi shar'iy ilmlar, uchinchisi savobli amallar, to'rtinchisi Allohni diniga da'vat, beshinchisi o'zini hisob kitob qilib turish, oltinchisi, qalbni Allohga bog'lanib turishi, yettinchisi, eng katta g'aming oxirat bo'lishi, sakkizinchisi, gunohlardan tezda tavba qilishing, to'qqizinchisi, jamiyatga foydali bo'lishing va o'ninchisi, Alloh seni ishingni o'zini qo'liga olishi.
Aquli qovli hada va astag'firullohu livalakum. Innallohu va malaka tahushallu va alannabiy, ya yuhalladina amanu, sollallohu alayhi va sallam mutaslima va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.