Maviza
—Qoralama9 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
9:20
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inda alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas topiruh. Va na'udhubillahi min shu'ruri yonfusingna va min sayyihati amalingna. Man yahdihillah hu falah mu'g'illala. Va man yuzli hu falah hadiyalala. Va nashqadah la ilah ila alloh va hidahulloh sharikala. Va nashxadah anna muhammadan abduhu rasuluh. Va alayh assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Aqida darslarimizdan siz bilan bizning hamshahrimiz sirojiddin ali ibn usmon al o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan edik. Valiylar haqida. Valiylarning sultoni abubakir siddiq, undan keyin umarul xattob, mana endi o'ttiz yettinchi baytimiz. Farishtalar hayo qilgan inson. Usmon zin nurayn haqida.

Va zin nurayni haqqonkani hayron, minal karro if is sof il qit'ali. Zin nurayn darhaqiqat urush saflaridagi qaytmas botirdan afzalroq bo'lgan. Nazmiy bayoni, albatta zin nurayn a'loroq bo'lgan urush saflarida qaytmas botir'dan. Ya'ni Usmon roziyallohu anhu Ali ibn Abiturotdan ustun bo'lganligi haqida gap ketyapti. Bu aqida darslari bo'lsa, sahobalar bu siyra darslari bo'sa, nimaga sahobalar haqida aqida darsida so'z yurityapmiz degan tabiiy savol tug'iladi.

Bu sahobalarni to'ralasini ismini aytib, hammadan afzal ekanligini aytishlik aqidaviy masalaga aylandi. Chunki mana shu shia degan firqa ajrab chiqqandan keyin, mana shu ulug' sahobalar bilan hamma haqorat qiladiganlar chiqqan. Ahli sunnani, ana shu shialardan farqi, ikkita qaynotani hammadan afzal deb bilishing, ikkita kuyovni yaxshi ko'rishliging va maxsiga maxs tortishni joiz deb bilishing, dedi Imom A'zam, ahli sunna ekanligini belgisi.

Usmon roziyallohu anhu nasabi quyidagicha bo'lgan. Usmon ibn Avfon ibn Abil os, ibn Umayya, ibn Abdushams, ibn Abdumanov. Demak, Abdumanovga borganda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan nasib nasablari tutashadi. Melodiy besh yuz yetmish oltinchi yilda tug'ilgan toifda kun yasa abu abdulloh bo'lgan.

Usmonov nafon payg'ambarimiz muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning ikkita qiziga uylanishlik baxtiga muyassar bo'lgan. Shuning uchun u kishi usmon din nuroy deb laqablanadi. Ya'ni ikkita nur egasi bo'lgan usmon. Usmon din nuroy. Mulla aliquorini rivoyat qilishicha, odam alayhissalomdan boshlab, muhammad alayhissalomgacha bironta bir odam bir payg'ambarning ikkita qiziga nikohlanmagan. Illo usmoniddin affon roziyallohu anhun.

Qizlari ruhoyaga uylanib, ruhoy onamiz mana shu hijri ikkinchi yilda vafot etganida, usmoniddin afson qattiq qayg'uga tushadi. Chunki rasulullohga qarindoshligi uzilib qoldi. Rasululloh bilan bo'lgan qarindoshligiga uzilib qoldim. Shunda ruhoyaning singlisi ummukulsum roziyallohu anhonni rasululloh nikohlab berdilar. Keyin ummukulsum ham vafot etdi. Shunda qattiq qayg'uga botdi. Shunda Rasululloh aytdilar, agar meni qirqta qizim bo'lib, birin ketin, birin ketin vafot etsa, hammasini Usmonga nikohlab berardim deganlar. Yana qanaqa sharaf kerak? Yana qanaqqa sharaf keldi?

Usmon roziyallohu anhuning fazllari. Bu kishi haqida Payg'ambarimiz juda ko'p maqtovli so'zlarni aytganlar. Mana o'sha sahobalar haqida aytgan darslarimizni olib eshitinglar birodarlar. Payg'ambar emas Usmonim nafon haqida aytadigan so'zlari. Ey Allohim, men Usmondan rozi bo'ldim, sen ham undan rozi bo'gin.

Usmon mening jannatdagi o'rtog'imdir. Usmon dunyoda ham, oxiratda ham men bilan birgadir. Usmon ummatimning eng hayolirog'i va eng ikromlirog'idir. Usmon hayoliydir, undan farishtalar ham hayo qiladilar. Bugungi qilgan ishidan keyin Usmonga biror narsa zarar qilmaydi.

Bilasizlarmi? Hayo, hayo. Xulqlarning sayyidi deyiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Tabuk g'azotiga musulmonlarni qurollantirishlikka yordam so'rab musulmonlardan info qilinglar deydilar. Shunda Usmonun nafon roziyallohu anh yetti yuzta yoki mingta odamga yetadigan jihozni beradi. Rasululloh aytadilar man jahaza jayshal usrati falahul janna. Kim musulmon qo'shini jihozlasa, u uchun jannat deydilar. Usmonimdan fon turadida, yo Rasululloh mendan yuz kishi kerak bo'lgan narsa hammasi dedi. Oti, quroli, safar tadoligi, kiyim kechagi, bitta askar uchun nima kerak bo'lsa hammasi mendan deydi. Rasululloh rozi bo'ldilar, o'tirdi. So'ngra Rasululloh yana aytdilar. Man ja hazzajayshal usurati falahul jannat. Kim musulmon qo'shinini jihozlasa uchun jannat. Usmonov nafon turdi, yana yuzta, yana yuz ta. Yetti marta yoki o'n marta turdi.

Shunda aytdilar Rasululloh, ma dorra usmana, ma fa'la ba'dal ya'un. Bugungi qilgan ishidan keyin Usmonga hech narsani zarari tegmaydi dedilar. Undan tashqari Usmonov nafon, Abu Bakr Siddiq, Umariddin Xattob, Ali ibn Abitur va boshqa sahobalarga o'xshab, o'nta sahoba, tirikligida jannatiyligini Rasululloh nazaridan eshitganlar. Rasululloh o'zining so'zlari bilan ularni jannat ekanligini aytgan. Mana Payg'ambarimiz qaysi darajada bu sahobasini qadrlagani va yaxshi ko'rganligini misoli.

Oyishonimiz aytadilar, Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam yonboshlagan holda uyda o'tirardilar. Shu boldiri ochilgan holda yonboshlab turardilar. Yonboshlab turganlarida Abu Bakr Siddiq kirishlikka ruxsat so'radi. Kim ekan? Abu Bakr Siddiq deyishdi. Rasulullohni qaynatasin. Kelaversin. Rasululloh holatini o'zgartirmasdan yonboshlab, boldirni ochib yotibdilar. Abu Bakr Siddiq kelib o'tirdi. Ozgina vaqt o'tdi, yana eshikni taqillatdi. Kim ekan? Umar radiyallohu anhu. Kirsin. Rasululloh yonboshlagan holda boldirni ochib, yotibdilar, yonboshlab. Ozgina vaqt o'tdi, yana eshikni taqillatdi. Kim ekan? Shunda rasululloh usmoni nafon ekanligini eshitib, to'g'rilab oldi, to'g'ri o'tirib oldilar da, so'ngra boldirlanib yopib oldilar. Keyin sahobalar chiqib ketishdi. Shunda Oyshanamiz roziyallohu anha, yo Rasululloh dedi. Otam kiruvdi, yonboshlab yotaverdingiz. Umar kiruvdi, roziyalloh, yonboshlag'ib yotaverdingiz, ikkita qaynota bular.

Endi Usmon kelganda o'zingizni to'g'rilaba oldingiz. Deganida Rasul aytdilar, ala astakh imin rojulin, tasdakh imin xul malayka. Axir farishtalar ham undan hayo qiladigan odamdan men hayo qilmaymi? Dedilar. Farishtalar hayo qiladi. Bu qanaqa hayoda? Usmonun nafon roziyallohu anhu vali bo'lgan. Allohning do'stlaridan. Juda bir farosatli kishi bo'lgan. Bir kuni uzodning huzuriga bir kishi kirdi. Orqasidan bittasi keldi, orqasidan bir qancha odamlar kelib o'tirishganidan keyin, bu kishi aytdiki, sizlardan biringiz ko'zlaridagi zina osari bilan kirib keldi, dedilar. Shunda odamlar, ey abu abdulloh, rasulullohdan keyin vahiy kelyaptimi deganida, yo'q. Lekin bu sodiq farosat, dedilar. Ittaqu farosat al mo'min, fa innah u yon to'g'ri bi nurillah. Mo'minning farosatidan, aqlidan ehtiyot bo'linglar, zero u allohning nuri bilan qaraydi deydi.

Xalifa umar bin xattob vafotidan so'ng musulmonlarning ittifoqlari bilan usmonun naffon olti yuz qirq to'rtinchi yilda oltmish to'qqiz yoshda xalifa bo'lib saylangan. Va fitnachilarning mana shu qilgan fitnasi oqibatida, melodiy olti yuz ellik oltinchi yilda sakson dan o'tgan paytida, sakson dan o'tkan oqsoqolni mana shu fitnachilar qatl qiladi. Qur'on o'qib o'tirgan joyida shahid qilishadi.

O'ttiz yettinchi baytimizning hozir yetti. Va zunnurayni haqqon ka'na hayron, minal karro orif is saf fil qitaliy. Zunnurayn dar haqiqat urush saflaridagi qaytmas botirdan afzalroq bo'lgan. Nazmiy bayoni, albatta zinniroyin a'loroq bo'lgan, urush saflarida qaytmas botir'dan.

Aquli qovli hada, va astag'firulloh ili valakum. Innallohu va malakati hushsalun ala nabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmat.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)