Maviza
—Qoralama15 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
14:34
O'zgarishlar tarixi

Allohu a'lam, rahmatulloh, rahmatulloh. Alhamdulilloh, robbilar a'limi. Vassalomu alayhi vas salamu ala sharaful mursalin va ala alixiy va ashabiy ajma'in. Allohumma ilm namoyon, fauna va'nfa'na bi ma'lam tana va zidna ilman. Allohumma arenal haqqa, haqqon va rizqu na tibaa va arenal ba'tiyla ba'tiylan va rizqu na jiddinaba. Vo ja'ana minma yestamiya unal qovli fayetdabiun aqsana, va'da xiyinla bi rahmatika fiy aybadika solihayn ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo barakatuh.

Siz bilan bizning hamshahrimiz sirojiddin ali ibn usmon al o'shiyning badul amoli asarini o'qiyotgan edik. Biz mana shu oxirgi ikkita uchta darsimizda valiylar haqida suhbat qilayotgan edik. Valiylar, Allohning do'stlari. Valiy mo'min, boamal, taqvoliy, parhezgar kishi, qanchalar taqvosda quvvatli bo'larkan, Allohga shunchalar yaqin bo'ladi. Binobarin Alloh Taologa valoyati, do'stligi ham o'rni o'rnida bo'ladi.

Sahobalar Alloh Taoloning valiylari. Payg'ambarimiz aytganlar, innalloha axtaroning vaxta orali asxaviy. Alloh meni tanlab oldi va men uchun sahobalarni ham tanlab berdi. Sahobalarni, Muhammad alayhissalomga sahoba bo'lishligini Alloh xohladi. Allohni ixtiyori, demak kim, sahobalar hammalar Allohni valiilari bo'ladi. Endi mana shu sahobalarni ichida valiilarning eng ulug'i Abu Bakr Siddiq dedik. So'ngra Umar ibn Xattob dedik. So'g'ra Usmonovni Affon dedik. Mana endi ana shu tartib bo'yicha keladigan keyingi Alloh Taoloning valiysi Ali ibn Abit olib roziyallohu anhu.

Avvalgi darsimizda ham aytdik, a bu sahobalarni hayoti tarix bo'lsa, siyrat bo'lsa, badul amoli asari aqida kitobi bo'lsa, nimaga aqida fanida, aqida ilmida bu sahobalar gapirilyapti, degan savol tug'ilsa, aytamizki, bu sahobalar haqida nojoya gapirgan, bularda sha'niga bir tuhmatlar qilgan, tanalar qilgan toifalar bo'lgan. Masalan, shialar.

Shularga raddiya o'laroq, bular garchi tarixiy shaxslar sahobalar bo'lishgan bo'lsa ham, tarix bo'lsa ham lekin aqida matnlarga kiritishlikka majbur bo'lingan. Abu vakir siddiq umariddin xattob, usmoniddin affon roziyallohu anhun majmua, bu valiylarning eng ulug'lari. O'ttiz sakkizinchi paytga kelganmiz.

Havas qilinadigan inson. Valil karroli fathlun ba'da hatha alal aviyari turron la tubaliy. Shundan so'ng, qaytmas botir ali roziyallohun anhuning qolgan jamiyki barchalardan afzalligi bor. Shu so'zni mahkam ushlagin va bundan boshqa so'zlarga e'tibor bermagin.

Nasmiy bayoni, shundan so'ng botirga afzal ko'rilish, qolgan barchalardan tortma hech tashvish. O'sha rahmatulohlik, shundan so'ng deyayotganda ikki xil ma'no bor. Ya'ni, abu bakr siddiq, umar ibn xattob, usmonun nafonlardan keyin eng afzal inson ali ibn abitoriy degan ma'no bor. Ikkinchisi, Usmon roziyallohu anhudan keyingi eng afzal inson Ali ibn Abit olib degan ma'no bor. Mana shu paytda yana raddiya bor bir toifalargaki, bunday toifalar ali roziyalloh hanxuni mana shu uchchala sahobadan ham afzal deganlari bo'lgan.

Abubakr siddiq, umar ibn xattob, usmon ibn avfondan ham ali ibn abit oripni ustun deganlar bor. Ana shularga raddiya berilyapti. Mana shulardan keyin Ali ibn Abiy Tohib bo'ladi. Yana ayrim toifalar Usmon roziyallohu anhudan ham afzal bo'lgan deyishadi. Bularga ham raddiya bor. Endi ikkalalarni bir birlaridan ortiq ko'rmaydigan taraflarga ham raddiya bu. Ali ibn Abiy Tohib karromallohu vajahahu. Bu kishi islomni birinchi bo'lib qabul qilgan yosh bola bo'ladi. U kishining fazilatlari juda ham ko'p. Payg'ambarimizning ko'p hadislari bor. Bu kishini mana hayotini alohida dars qilib o'tdik, birodarlar. Aynan mana shu fitna zamon, fitna davriga to'g'ri kelgan bu kishining xalifa bo'lgan davri, shijoati bilan Ali bilan bitta olib roziyallohu anhu mana juda ko'p odamlardan ajralib turgan. U kishi valiylarning ulug'laridan bo'lgan. Ali roziyalloh anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakivachchasi bo'lgan. Abu Tolibning o'g'li. Olti yuz yoki olti yuz uch melodi yilda Makka shahrida tug'ilgan. Ali ibn Abitolib roziyallohu anhuning nasabi quyidagicha bo'lgan. Ali ibn Abidolib, ibn Abdulmuttalib, ibn Hoshim.

Mana Abdulmuttalibga borganda Payg'ambarimiz bilan nasl nasabi mulodi tutashadi. Ali roziyallohi anhuning oilalari, bu kishi o'nta ayolga nikohlangan. Albatta bu o'nta ayoli bitta nikohda jamlanmagan. Birinchi ayoli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima i Zahro. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallamning xizlari Fotima onamiz vafot etgunga qadar Ali ibn Abitoli boshqa xotin olmaganlar.

Ali roziyallohu anhuning fazli. Hammani havasini keltiradigan ta'riflar berilgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ali ibn Abit olib haqida odamlarni havas keladigan juda ko'plab maqtovlarni aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Madinaga hijrat qilib kelishgan edi Makkadan. Rasululloh Makkaliklardan bitta, Madinalardan bittasini bir biriga birodar tuntirib qo'yganlar. Muhojir va ansorlarni. Ali ibn Abit olibga hech kimni birodari tutunib turmaydi, chunki tugab qoldi. Menchi, kim meni birodarim bo'ladi deganda, sen meni birodariman bo'lasan, dunyo va oxiratda deganlar Rasululloh.

Ali ibn Abit olib roziyallohu anhu karramallohu wajaha deb laqablanadi. Nima degani bu? Karramallohu wajaha degani, Alloh u kishini yuzini mukarram qildi, hurmatli qildi. Nima bilan? Yosh bolaligida, Rasulullohni uyida katta bo'lganligi uchun, bironta butga, bironta bir toshga, sanamga sig'inmagan edi. Shu bilan yuzini mukarram qilgan edi. Bilasizlar, Abu To'lo faqir odam bo'lgan, farzandlari serob bo'lgan. Rasululloh o'zining amakisi Abbosga, ey amaki, borib, akangizga yordam qilaylik. Bittadan farzandlarini olib ketib, tarbiya qilishga yordam beraylik. Deganida Abbos roziyalloh rozi bo'ladi. Bu islomgacha. Abu To'libni oldiga borib, maqsadlarni aytishganida, Abu To'lib aytadiki, katta o'g'lim aqil qolsa, qolganini olaveringlar. Shunda Ja'far ibn Abitolibni Abbos roziyullohni olib ketdi. Ali ibn Abit olibni nabiya sollallohu alayhi vasallam olib ketdilar. Shuning uchun payg'ambarimizning uyida yoshligidan katta bo'lganligi uchun bironta butga sig'inmagan edi. Karramallohu vajiahu, demak Alloh uni yuzini nima qildi? Mukarram qildi.

Rasululloh Ali ibn Abit olim haqida aytganlar, kim aliga aziyat bersa, menga aziyat beribdi. Yana aytadilar, kim Alini yaxshi ko'rsa, meni yaxshi ko'ribdi. Kim meni yaxshi ko'rsa, Allohni yaxshi ko'ribdi. Kim Alini yomon ko'rsa, meni yomon ko'ribdi. Kim meni yomon ko'rsa, Allohni yomon ko'ribdi. Bundan ortiq fazilat, bundan ortiq sharaf bo'ladimi, birodarlar? Ali ibn Abiy Torobni yaxshi ko'rinishlik, Payg'ambar va Allohni yaxshiroq ko'rinishlik belgisi ekan. Ali ibn abiy torobni yomon ko'rinishlik allohni va payg'ambarini yomon ko'rinishinglik belgisi e kan.

Payg'ambarimiz yana aytadilar, Ali Qur'on bilan, Qur'on Ali bilandir. Ikkalalari to havuzga kelgunlaricha bir birlaridan ajramaydilar. Rasululloh aytadilar, Alining musulmonlar zimmasidagi haqqi otaning bolasidagi haqqi kabidir. Farzandlar otasini oldida qanchalar qarzdor, qanchalar hurmat ko'rsatishlikka majbur, musulmonlar Ali ibn Abiturotni mana shunday hurmat qilishlari kerak.

Birinchi bo'lib iymon keltirgan yosh bola, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uyida, u zot bilan birga birinchi namoz o'qigan inson, sahobalarning eng ilmlisi, Rasululloh aytganlar, men ilm hovlisi bo'lsam, Ali uning eshigi. Men ilm hovlisim bo'lsam, ali ana shu hovlining eshigi. Endi mana shu Rasulullohning ilmini ichiga keladigan eshik bo'lgan Ali ibn Abit tolibni xavorijlar sen noto'g'ri ish qilyapsan deb turib, muhokama qilishgan.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana haybar g'azodiga chiqqanlarida bir necha kun bir qal'ani olisha olmaydi. Shunda Rasululloh aytadilar la o'ti yana ro ya taqodan ro julan yufta fa alayyadeh. Ertaga men bir kishini qo'liga bayrog'ini beraman, qo'shinni bayrog'ini. Uni qo'li bilan mana shu qala fath bo'ladi. Yuhibullohu rasuluhu. U kishi Allohni va Payg'ambarini yaxshi ko'radi va yuhibbuullohu va rasuluhu. Alloh ham, Rasuli ham uni yaxshi ko'rar.

Tuni bilan sahobalar uxlashmay bedor bo'lib chiqishdi. Kimga berar ekan? Hamma sahobalar Alloh va Rasulni yaxshi ko'radi. Biz ham yaxshi ko'ramiz. Lekin Alloh va Rasul yaxshi ko'rab degan joyi bor da. Umariddin xattob roziyalloh aniq aytadi, ertalab rasululloh bayrog'ini ushlab turib, isitashni boshladilar deydi, beqarab. Shunda meni izlayotgan bo'lsa, ko'rmay qolmasin deb, qayoqqa Rasululloh bo'yini boshlarini borsa, o'sha tomonga o'tib, oyog'ini ichiga ko'tarilib, ko'rinib qo'yardi. O'zi umaruni xatobda bo'yi baland bo'lgan. Lekin shunda ham nima qilyapti?

Ali qani dedilar Rasululloh. Ali ibn abit olibni qo'liga bayroq beradi va qalafat bo'ladi. Alloh va Rasuli ham uni yaxshi ko'radi. Kimni? Ali rodiyallohu anhuni. Mana shunday insonni boshiga qilich urishgan. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Tabuk ozodiga ketayotganlarida, Ali roziyallohu anhuni Madinada o'zini o'rniga qo'yib ketadilar. Shunda munofiqlar Ali semirib ketganligi uchun qoldirib ketdi, Rasululloh uni degan gapni tarqatishadi. Bu gapni ko'tara olmasdan ali roziyalloh u hukm qo'shni orqasidan chiqib boradi.

Qo'shniga yetib borib, Rasulullohga uchraganida, ha men sizni qoldirib ketmaganmidim? Deganida, yo'q, Rasululloh, odamlar manaqa deyishyapti deydi. Shunda Rasululloh aytdilar, anta minni bi manzilati harunami musa, illa anna hula nabiya badi. Muso alayhissalom Banu Isroil bilan birga Horun alayhissalomni qoldirib o'zi ketgan edi, Tavoratni qabul qilgani. O'zini o'rniga qoldirib ketgan edi. Rasululloh aytyaptilar, siz Musoning oldida Horunni qadri qanday bo'lgan bo'lsa, meni oldimda shunday qadringiz dedi. Horun, Muso alayhissalomning huzurida qanday manzilatda bo'lsa, siz meni huzurimda shunday manzilatdasiz, faqat mendan keyin nabiy bo'lmaydi deb qo'ydilar Rasululloh. Toki odamlar keyin Horun Musoni o'rnida qolgan edi, Payg'ambar edi u. Endi Muhammad alayhissalomni o'rnida Ali qolibdi, u ham Payg'ambar ekan degan xulosaga borib qolmasligi uchun, faqat mendandan keyin nabiy o'lmaydi dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Ali ibn Abit Olim mana shunday bir maqtovga loyiq bo'lgan, ulug' sifatlar egasi bo'lishiga qaramasdan, juda ham kamtar inson bo'lgan. Juda ham kamtarinson bo'lgan! Imom Buxoriydan rivoyat qilinadi. Muhammad unda Hanofiya, Ali ibn Abit Olimning o'g'li, aytadiki, qultuliy abiy ayyun nasih, hayron ba'da rasulillayhi sallallohu alayhi vasallam. Ey otajon, Rasulullohdan keyin insonlarning eng yaxshisi kim? Deb so'radim. Qola, Abu Bakr. Abu Bakr deb javob berdi. Qulti summa man. Keyin kim? Qola, summa Umar. Keyin Umar dedi. Muhammadul Hanafiy aytadiki, keyin Usmon devormasin deb, keyin sizmi? Dedim. Shunda otam, ha men musulmonlardan bittasiman xolos dedilar.

Usmon roziyallohu anhuniy vafotidan so'ng olti yuz ellik oltinchi yilda ellik uch yoshida ko'pchilik musulmonlarning ittifoqi bilan xalifa bo'lib saylandi. Xalifaligining beshinchi yilida melodiy olti yuz oltmish birinchi yil fitnachi Abdurahmon ibn Muljum suiqasdi tufayli masjidda qattiq jarohatlanadi. Ikki kun o'tgandan keyin shamsiy hisob bo'yicha ellik to'qqiz yoshida vafot etadi.

O'ttiz sakkizinchi baytimizni nihoyasiga yetdi. Valil karro rifat min ba'da hada alal a'g'iyari turron la tubali. Shundan so'ng qaytmas botir rodiyallohu anhuning qolgan jamiyki barchalardan afzalligi bor. Shu so'zni mahkam ushlagin va bundan boshqa so'zlarga e'tibor bermagin. Nazmiy bayoni. Shundan soong botirga afzal ko'rilish, qolgan barchalardan tortma hech tashvish.

Valiylarning sultoni abubakir siddiq, so'ngra umariddin xattob, so'ngra usmonovning afson, so'ngra ali ibn abid olim va boshqa sahobalar. Aqlu qovli hada va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati hujusallohu alayhi va alamun abiy. Ya yu halladina amanu sollallohu alayh va sallamu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)