Maviza
—Qoralama24 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
24:08
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalat vas salamu ala shirofil mursalin va ala alihi voshabi hajmain. Allohumma alin na man yonfa una vam fanu bi ma'lam tanavasi idna ilma. Allohumma aliyni al haqqi, haqqon orzuqun at tibai. Va arina al botila botila orzuqun ajdina va vaja anna min min yestam yavun al qovli fayad tabiuna husana va adhin labiy rahmatiki fii ibodika solihiyin ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alibu barakatuh. Alloh azza va jalla, ushbu saidul ayyom, haj yulmasang kiyin bo'lgan muborak juma kunini barchamizga barakotli qilsin. Duolarimizni ijobat qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomu abu dovud rivoyat qilgan hadisda, ma shaallohu kana va ma lam yasha lam yakun. Alloh nimani xohlagan bo'lsa, bo'ldi. Alloh nimani holamagan bo'lsa? Bo'lmadi. Mana shunga dalolat qiladigan ko'p oyatlar, hadislar borki, ularda Alloh Taoloning iroda qiluvchi Zot ekanligiga dalolat bor. Iroda sifati. Xohlash, qasd qilish. Alloh Taolo bir narsani xohlaydi, Alloh Taolo bir narsani xohlamaydi. Endi, Alloh Azza va Jallaning mana shu iroda sifati haqida Ahli Sunna va Jamoaning e'tiqodi qanday?

Dunyo va oxiratdagi barcha iymon, kufr, toat, mas'iyat, foyda, zarar, oz, ko'p, katta, kichik, hamma hammasi Alloh Taoloning irodasiga ko'ra, hikmatiga muvofiq, qazo va qadar bilan yuzaga kelgan. Alloh Taolo xohlagan narsa bo'lgan, Alloh xohlamagani bo'lmagan, Alloh iroda qilgan narsani rad etuvchi yo'qdir.

Nima bo'lgan bo'lsa, Alloh xohladi. Nima bo'lsin bo'lmagan bo'lsa, buni ham Alloh nima qildi? Shunday bo'lishigina xohladi. Allohning irodasini to'xtatadigan hech narsa yo'q. Biz musulmon sifatida Alloh Taoloning iroda sifati haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'lsak, hayotda bo'ladigan ko'p tushunmovchiliklarni oldini olgan bo'lamiz.

Alloh Taoloning iroda degan sifati, iroda sifat haqida yetarli ilmimiz bo'lsa, juda ko'p mushkulalar, juda ko'plar savollarni oldi olinadi. Qarab turinglar. Savollardan bittasi. Sababiyat qonunlari, nima bu? Nima bu? Hamma mavjudotlar Alloh Taoloning irodasi bilan vujudga kelishiga iymon keltirdik. Endi sababiyat qonunlariga qanday bir muomalada bo'lamiz? Sababiyat qorunlari haqida quyidagicha e'tiqod qilamiz. Mavjudotlarni vujudga kelishingiz, paydo bo'lishingizdagi sabablar ikkita. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Asliy sabob, tayin qilingan sabab. Asliy sabab nima desa? Asliy sabab Allohni xohishi.

Asliy sabob Allohni xohish. Varata pustoy, bir metr, adashmaysan, lekin gol bo'lmadimi? Demak Alloh xohlamagan ekan. Sen hamma sababni qilding, hammani oltirding, varatani ham yiqitding, pustoy vodiyga kelding. Turtib qo'ysang gol bo'lishi kerakmi? Endi mana shu joyda asliy sabab bor. Agar Alloh xohlagan bo'lsa keladi. Bo'lmasa kelmaydi. Asli sabab deganda Alloh Taoloning irodasi tushuniladi. Ya'ni paydo bo'layotgan hamma narsa, bo'layotgan hama narsa Allohning irodasi sababli dunyoga keladi. Asli sabab, tayin qilingan sabab. Tayin qilib o'rnatilgan sabablar deganda esa, narsalarning paydo bo'lishi uchun tayin qilib o'tkazib qo'yilgan sabablar tushuniladi . Yomg'ir ko'katni o'sishiga sabab. Olov qog'ozni kuyib yo'q bo'lib ketishiga sabab. Demak, yomg'ir bilan olov tayin qilingan sabab. Olov kuydirmaydi qog'ozni, agar Alloh xohlamasa. Suv o'stirmaydi ko'katni, agar Allohni xohlamasa. Bo'ladi yu, suvni qo'yasan, hech narsa o'smaydi. Yugurtni chaqasan, yonmaydi.

Chanqagan odam chanqa qolishi uchun sabab bor. U suvni xoplab ichishligi. Sovqotgan odam isinishligi uchun sabab qo'yilgan. Issiqroq xonaga kiradi, yoki o't yoqib turib oldida boradi, shunda isinadi. Lekin shunda ham biz aytmaymiz, suv seni chanqog'ingni qoldiradi demaymiz, o't seni isitadi demaymiz. Seni chanqog'ingni qoldiradigan Alloh qog'ozni kuydiradigan, seni isitadigan Alloh. Seni qilayotgan ishing, suv ichib, o't yoqayotganliging bor yo'g'i nima? Sabab. Farzandni dunyoga kelishi erkak bilan ayolni birga bo'lishiga bog'liq. Ana shu birga bo'lishligi tayin qilingan sabab. Lekin asliy sabab nima?

A bo'lmasam, farzand ko'rmayotgan odam sababini qilmayapti deysizmi? Sababini qilyapti. Demak, farzandni paydo bo'lishligi bu Alloh Taoloning xohishiga bog'liq narsa. Seni boy bo'lishing, kambag'al bo'lishing Allohni xohishi. Sen faqat mehnat qilasan. Agar hamma mehnat qilgan odamlar boyib ketishi kerak bo'lsa, kambag'ali qolmasligi kerak edi. Hamma mehnatni qiladi. Demak, o't kuydirmaydi, Alloh kuydiradi. Suv cho'ktirmaydi, Allohni cho'ktiradi. O't bilan suv nima ekan bor yo'g'i?

Alloh Taoloning xohishi, narsalarni vujudga keltiradi. Mana shu haqiqatni anglash uchun Alloh Taolo gohida boyagi sabablarni bekor qilib qo'yadi. Ibrohim alayhissalomni kuydirishlik uchun qavmi juda ham katta gulxanni yoqdi, o'tga tashlashdi. Ya'ni odamlarni o'lchovi bo'yicha Ibrohim alayhi assalom kuyib kulib bo'lib ketishi kerak. Lekin o't kuydirdimi?

Bandalar o'zlariga tegishli, tayin qilingan sababni qilishdi, lekin asliy sababni xohlamagan edi, o't kuydirmadi. Yana misol. Yunus alayhissalomni suvga irg'itishdi. Insonlar yunus alayhi assalomni o'lishligi uchun bo'lgan sababni qilishi edi. Suvga tashlashdi. Baliq yutib olib kirib ketdi. Dengizda qirq kun yotdi. Havo yo'q, ovqat yo'q, yorug'lik yo'q, harakat yo'q. Bu insonni o'lishiga tayinlangan, tayin qilingan sabablar edi.

Insonlar tayin qilingan sababni qilishdi, lekin asliy sabab xohlamagan edi, Yunus alayhissalom qirq kundan keyin nima bo'ldi? Tirik chiqdi. Tushundingizmi? Sizni xo'jayin haydab yuborganda kambag'al qilib qo'ya olmaydi. O'sha ishdan haydalmasligi uchun nima desa xo'p deydi, demak birodar, unaqa xor qilma o'zingni. Bu koinotda bir narsani vujudga kelishligi uchun ikkita sabab bor ekan. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Asliy sababi Allohning xohishi, tayin qilingani sabab, sabablar, insonlarni qo'lidan keladigan sabablar.

Agar biz, bizga tegishli sababni hammasini zo'r qilsak u, agar Alloh xohlamagan bo'lsa, bu ish bo'lmaydi. Endi Alloh xohlamagansan bo'lmaydi ekan deb o'tirib olish kerakmi? Yo'q, siz tayin qilingan sababni qilasiz. Hech qaysi ish Allohning xohishidan tashqari bo'lmas ekan. Bir banda ma'siyat sodir qildi. Alloh xohlagani uchun sodir qildi . Endi Alloh xohlaganing uchun sodir quldi. Endi shu qilgan gunohi uchun jazolashlik zulm bo'lmaydimi?

Parvardigor shu aroqni yaratmaganingda, shu aroq bo'lmaganda men ichmas edim. Endi sen xohlagan ekansan, ichib qo'ydim. Endi meni nimaga jazolaysan deyishi, to'g'ri bo'ladimi? To'g'ri. To'g'ri, bo'lmaydi. Chunki bu banda, bu banda, Alloh uni ustida nimani xohlaganligini bilarmidi? Aroq ichdi, majbur qilganmidi uni? Yo'q. Banda aroq ichdi. Banda gunohni sodir qildi. Alloh izn bergani uchun qildi. Lekin Alloh buni yaxshi ko'rmadi, bunga nima qilmadi? Rozi bo'lmadi.

Shuning uchun bandaga beriladigan jazo Allohning irodasi amalga oshganligi uchun emas, balki banda Alloh undan talab qilgan ishni qilmaganligi uchun berilyapti. Allohni irodasini bajarganligi uchunga jazo berilmayapti unga. Banda qilishi kerak bo'lmagan ishni qilganligi uchuncha jazo berilyapti. Asliy sabab qanaqaligini bilmaymizda biz.

Biz boy kambag'al bo'lishligimiz, sog' kasal bo'lishimizni Alloh xohlagan xohlamaganiga bilmaymizda. Bizga nima qoladi faqat? Tayin qilingan sabab, u yoq bilan ishimiz yo'q bizni. Biz ma'noni qilamiz. Sababni kim zo'r qilsa, Alloh natijani shunga beravoradi. Bir banda gunoh sodir qildi. Ollohni irodasiga ko'ra. Ya'ni Alloh xohlamaganda qila olmas edi. Endi, Alloh xohlagan, Allohning irodasi bilan qilingan gunoh aslida toat bo'lib qolmaydimi? Nima degani bu? Alloh Taolo shu bandani arag'i ichishini bildi, arag'i ichadi deb yozdi. Endi ishdi. Alloh yozguni uchun ichgan bo'lib qolmadimi? Savob ish qilgan bo'lib qoldimi?

Javob shunday bo'ladiki, agar Alloh Taolo shu gunohni qilma deb, Alloh Taolo buyurmaganida, shu ishni qilsa, unda itoat bo'lardi. Alloh Taolo qilma deganda, o'shaning uchun shu ishni qurib qo'ysa, endi itoat emas, bu gunoh bo'ladi. Keyingi savol. Nima uchun kufr va ma'siyatga o'xshagan, Alloh rozi bo'lmaydigan narsalar ham Allohning irodasi bilan vujudga keldi deyiladi.

Aytdikki, iroda bitta narsa, muhabbat ikkinchi narsa. Xohlash bitta narsa, rozi bo'lish bitta narsa. Iroda degani rozi bo'ldi degani emas. Javob shunday bo'ladi. Iroda sifati rozi bo'lingan narsani ham, rozi bo'linmagan narsani ham o'z ichiga oladi. So'favulloh ayol bobomiz aytadi, Xudo rozi emas isyonimizga rizosidir aning ehsonimizg'a.

Isyon ham, itoat ham, Alloh Taoloni xohishi bilan vujudga keladi. Itoatimizga Alloh rozi bo'ladi, isyonimizga rozi bo'lmaydi. Alloh Taolo o'zi rozi bo'lmaydigan narsalarni ham iroda qilish haqida quyidagicha e'tiqod qilishimiz kerak.

Butun borliq Alloh Taoloning mulki. Mulkida faqat U Zot xohlagan narsalargina vujudga keladi. Shuning uchun, yaxshimi, yomonmi, biror narsa U Zotning irodasi siz nima bo'lmaydi? Hosil bo'lmaydi. Yomon ishlar Allohning irodasiga ko'ra bo'lar ekan. Endi shu yomon ishlarni Alloh o'zi qilib qo'ygan bo'lmaydimi?

Qaytaraman savolni. Yomon ishlar ham Allohning xohishi, irodasi bilan bo'lar ekan. Unda yomon ishlarni Alloh Taolo o'zi qilgan bo'lib qolmaydimi? Javob quyidagicha bo'ladi. Allohning irodasi bilan vujudga kelgan amallarning yomon deb nomlanishi, Alloh Taoloning irodasiga ko'ra sodir bo'lishiga nisbatan emas, balki bandalarning o'sha ishga harakat qilgani hamda ularga zararli bo'lgani nisbatidandir.

Masalan, bir odam odamni o'ldirdi, aroq ishda. Allohga hech qanaqa yomonlik yo'q uni. Allohga hechi qanday zarar yetkaza olmaydi. Shu bandani o'ziga zarab, o'zi uchun yomon, shuning uchun bu ish yomon deyilyapti. Tushundinglarmi? Sen arag'a ishding nima, sen kofe ishding nima? Sen ayoling bilan bo'lding nima, sen zino qilding nima? Alloh uchun bu narsani foydasi ham, zarari ham yo'q. Bu ish yomon deyildi, nima uchun? Senga yomonligi uchun.

Insu jin, avvalgi oxirgi hammasi eng fojir odamni qalbi daqa yomon bo'lib kelsa, ya'ni shaytondaqa yomon boib kelsalar ham, menga buni zarari yo'q deydi Alloh Taolo. Sizlarni avvalgi oxiriylar, insu jinlar, ishinglardagi eng taqvodor odamdaqa bo'lib ketsa qalbi, ya'ni Muhammad alayhissalomdaqa bo'ib ketsanglar ham, menga buni foydasi yo'q. Qilayotgan ishinglarni foydasi ham, zarari ham o'zinglarga. Demak, Allohning irodasi bilan sodir bo'lgan ish yomon deyildi. Nima sababdan yomon deyild? Bizga zarari bo'lganligi uchun yomon deyild. Allohga buni zarari?

Savol. Payg'ambarlar hamma odamlarni mo'min bo'lishini xohlashgan. Iblis esa, shayton esa hammani kofir bo'lishini xohlagan. Endi, Alloh Taoloning kofirlarning iymonga kelmasliklarini iroda qilishi shaytonning xohishiga muvofiq bo'lib qolmaydimi? Kofirlar kufrni xohlashdi. Kofirlar kufrni xohlashdi. Alloh bo'pti kofir bo'laver deb Alloh ham xohladi bo'ladi kofir bo'lishini.

Shaytonni xohishi kofir bo'lishing edi odamlarni. Alloh ham kofirlarga bo'pti kaufir bo'laver dedi. Allohni xohishi shaytonni xohlashiga muvofiq bo'lib qolmaydimi? Javob payg'ambarlar odamlarni muammo bo'lishini xohlashdi. Bu ham Allohni xohish. Shayton odamlarni kofir bo'lishini xohladi. Bu ham Allohning xohishi. Shunga ko'ra, hamma bandalarning xohlagan narsasi ham Allohning irodasi, xohishi bo'ladi.

Xulosa shuki, Alloh Taoloning iroda sifati haqida to'g'ri e'tiqodda bo'lish tufayli, bandada barcha holatlarda robbisiga qullik qilish lazzatini tatish va imkon qadar ibodatga urinish yuzaga keladi. Allohning iroda sifati haqida tushunchangiz to'g'ri bo'lsa, sizga nimalar bor? Birinchisi. Allohning iroda, sifati haqidato'g'ri e'tiqodda bo'lgan kishi qilib qo'ygan gunohini, mas'iyatini robbisining taqdiriga to'ngamaydi.

Endi Alloh xohlagan ekan, ichib qo'ydim deydi. Alloh xohlagan ekanda o'g'irlab qo'ydim, deydi. O'zini qilgan gunohini Allohning taqdiriga to'tamaydi. Balki tavbaga shoshiladi. Chunki u bu banda aniq biladi. Uni qilgan gunohini qil deb buyurmaganligini yaxshi biladi. Ya'ni o'zini ixtiyori bilan gunoh qilganligini yaxshi bildi da, gunoh qilib qo'ysa, tavbaga shoshilladi. Ikkinchisi, Alloh Taoloning iroda sifati haqida to'g'ri e'tiqodda bo'lgan kishi qo'liga davlat kelganida. Quvvat kelganida, mansab kelganida, muvaffaqiyatga erishgan paytda o'zidan ketib qolmaydi. O'ziga bino qo'ymaydi. Balki bu berilgan ne'matlarni Alloh Taoloning ne'mati ekanligini, in'omi ekanligini biladi, shukur qilishlikka shoshiladi. Chunki bu berilgan unga ne'mat, u haqli bo'lganligi uchun berilmadi. Men shunga loyiq edim da, shuning uchun menga berildi demaydi. Men o'zim bunga loyiq emasman. Allohni menga in'omi bo'ldi deydi. Robbisiga hokisor bo'lishlikka, robbisiga shokir bo'lishlikka intiladi. Men bunga loyiqmasman. Alloh shu narsani berishni xohlabdi, alhamdulillah deydi da, yana ham hokisorroq bo'ladi.

Yana ham hokislorroq bo'lsak, bu ne'mat yana nima bo'ladi? Demak, birinchisi, irodani nimaligini tushungan odam, gunodi allohga to'ngamaydi. Tovbaga shoshiladi. Iroda sifatini to'g'ri tushungan odam, unga berilgan ne'matlardan hovliqib ketmaydi. Kibrga berilib ketmaydi. Aksincha, hokisor bo'ladi. Uchinchisi, iroda sifati haqida to'g'ri, tushunchaga, e'tiqodga ega bo'lgan kishi, boshiga bir musibat kelgan paytda, jazavaga tushmaydi. Innalillahi va innalilayhi rojiun deydi. Ma shaallohu ka'na va ma'lam yasha'lam yakun deydi. Allohni mani xohlagan bo'lsa bo'ldi, nimani xohlamagan bo'lsa, bo'lmadi. Allohni taqdiriga taslim bo'ladi. Aytadiki, Parvardigor, bu Sening iroding, xohishing. Bundan ko'ra kattaroq musibatga meni uchratib qo'ymaganingga O'zingga hamdu sano bo'lsin deydi. Biz Senikimiz, Seni huzuringga albatta qaytamiz deydi.

Bila aytamiz. Allohning iroda sifati haqida to'g'ri tasavvurga ega bo'lgan odam, birinchisi, qilgan gunohini taqdiriga to'ng'amaydi. Ikkinchisi, Alloh tomonidan biror in'om berilgan bo'lsa, haddidan oshmaydi. Uchinchisi, boshiga musibat tushsa, yengil ko'taradi. Allohni xohishi deydi. Demak shunday bo'lishini Alloh xohlagan ekan.

Tushunyapsizlarmi birodarlar? Alloh Taoloning iroda sifatini to'g'ri hal qilib olsak, darsimiz boshida aytdik. Juda ko'p savollarni javobini topamiz, juda ko'p mushkulalarni oldini olamiz. Iroda, sifat haqida to'g'ri e'tiqodda bo'lgan kishi biror bir ibodatni bajarsa, bu ish Allohning irodasiga ko'ra amalga oshdi deb, xursand bo'ladi va har bir amalada Robbisiga hamda aytib turadi.

Men masjidda tahorat arafasini qilib qo'ydim. Men polonchoga ko'prik qilib qo'ydim. Haligi mutakallim vohid sig'asida gapiradi. Men qildim deydi. Iblis nima degan edi? Ana xoyrun men men undan yaxshiroqman degan edi. Men degan edi. Allohning iroda sifati haqida to'g'ri tasavvuringiz bo'lsa, bironta bir savobli ishni qilgan bo'lsangiz, Alloh shu narsani bo'lishini xohlagan ekan, shu ishga meni ishlatdi deysiz da, qilib qo'yib turib, yana hokisor bo'lasiz. Qilib qo'yingib turib, qilmagandek turasiz. Shu savobli ishda ado qilib qo'yyib turib, odamlar bilmasligini xohlaysiz.

Idha arodu allohu idh g'orifatli khan alayhika. Xolaqal fadla va nasabaho ilaika. Agar Alloh senga fazlini ko'rsatmoqchi bo'lsa, seni erkalatmoqchi bo'lsa, senga ikrom ko'rsatishni xohlasa, seni bir siylashni xohlasa bir fazilatni yaratadi da, o'zi yaratadi fazilatni. Va shu fazilatni seniki deb qo'yadi. Ya'ni Alloh pulni yaratdi boylik, fazilat. Senga berdi va seni qalbingga saxovatni solib qo'ydi, shu saxovat bilan berding.

Mo'min odam hech qachon kibrga ketmaydi. Agar iroda, sifat haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'lgan bo'lsa. Demak, iroda, sifat haqida to'rt tushunchamiz bo'lsa, birinchisi, qilgan gunohimizni taqdirga to'ngamaymiz, tavbaga shoshilamiz. Ikkinchisi, qo'limizga biror bir yaxshilik berilsa, haddimizdan oshib ketmaymiz, shunga loyiq edim demaymiz. Uchinchisi.

Boshimizga musibat tushsa, bu Allohni taqdiri, bundan katta musibat bermaganiga shukur deymiz. To'rtinchisi. Bironta bir savobli amalda qiladigan bo'lsa, bu Allohning fazli deb qaranglar. Shuning uchun aytaylik, menda birodarlar qanaqa yaxshilik, fazilat ko'rsanglar, bu Alloh'dan. Menda qanaqa nuqson kamchilik ko'rsanglar bu o'zimdan. Endi nimangizga kerilasiz unda? Sizdaqa mehnat qilayotgan odamga pulni bermayapti, sizga bergan pulni.

Sizga berilgan ne'matni sababi nima odam qilyapti, unga berilmayapti. Shuning uchun ilmli odam ilmi bilan faxrlanmaydi. Allohning fazli deydi. Puldor odam puli bilan faxrlamaydi, Allohning fazli diydi. Parvardigorim, mo'minligim sening irodangdir. Imon muhabbatini qalbimga solgan ham, meni kufrdan uzoq qilgan ham, mo'minlik baxtiga sazovor qilgan ham o'zingsan. Parvardigorim, o'qigan namozim sening irodangdir. Namozni menga mahbub qilgan ham, namoz o'qish baxtiga muyassar qilgan ham O'zingsan. Robbim, tutgan ro'zam sening irodang dir. Ro'zaning mashaqqatiga muhabbatli qilgan ham, nafsim ustidan meni g'olib qilgan ham, ro'za tutish baxtiga musharraf qilgan ham O'zingsan. Parvardigorim, bergan zakotim sening irodangdir. Baxillikdan najot bergan ham, zimmamdagi haqni ado etishga tavfiq bergan ham, zakot berish baxtiga muvaffaq qilgan ham O'zingsan. Parvardigorim. Ado etgan hajm sening irodang dir. Bandalaring orasidan haj safariga borishimni xohlagan ham, haj mashaqqatlariga sabrbardoshlik qilgan ham, hajni ado etish baxtiga loyiq ko'rgan ham O'zingsan.

Parvardigorim, ado etgan barcha barcha amallarim sening irodangdir. Shuning uchun qilgan biror amalim evaziga ajru mukofot olishni o'zimning haqqim deb bilmayman. Balki bu amallarni ado etishimni iroda qilganing uchun senga hamdu sanolar aytishni zimmamdagi burchim deb bilaman. Agar ajru mukofot bersang, faqat va faqat lutf va marhamatingdir.

Menda nima yaxshilik bo'lgan bo'lsa, bu sendan. Shuning uchun u qilgan yaxshiligim uchun nima qilmayman? Sendan mukofot so'ramayman. Mana shuncha mana bu tazkiyatun nafs darslarida aytdik. Siz qilgan savobli amalingiz uchun Alloh'dan mukofot talab qilayotganligingiz ixlosingizdagi nuqsonni belgisi deyildi.

Hajga borib keldim parvodga, endi ber endi. Ber endi. Biz amalimizni pesh qilib turib so'ramaylik. Duod oxirida bifof lika va karamika ya arhamar rohimin. Shu so'raganlarimizni qilgan almanimizga mukofot qilib emas, fazli marhamat ko'rsatib ber. Biz loyiq emasmiz o'zi aslida. Aytyapmiz ku, agar Alloh xohlamasa, biz namoz ham o'qiy olmas edik. Ro'za ham tuta olmas edik. Nafsimizni ham jil ololmas edik. Bir so'm sadaqa ham qilolmas edik. Allohni irodasi bo'ldi, qildik. Endi Alloh o'zi yo'l berib qo'ygan narsani qilib turib, endi evazini ber deydigan bo'lsak, qanaqa bo'ladi?

Endi so'ramaslik kerakmi? Yo so'rash kerak. Qilgan amalingizni pesh qilib so'ramang. Robbimiz barchamizni lutfi va marhamatiga muvaffaqiyat qilgan bo'lsin. Alloh aziz va jalla savob ishlarni ham, gunoh ma'siyatlarni ham bo'lishini xohlayveradi. Ammo savob amallarga yaxshi ko'rib, rozi bo'lib xohlaydi. Gunoh ma'siyatlarini yaxshi ko'rmasdan, rozi bo'lmasdan, lekin xohlayveradi . Sodir bo'layotgan savob amallar, gunoh amallar Allohning yaratishidan bo'ladi. Bandalar savobni xohlasa Alloh savob yaratib beradi, gunohni xohlasa nima qilib beradi? Gunohni yaratib beradi. Va bu Alloh Taoloning adolatiga va ertaga mana shu qilgan ishingiz uchun jazolasa, adolatiga xilof bo'lmagan narsa bo'ladi.

Aquli qovli ha da, v astag'firulloh ili valakum.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)