Maviza
—Qoralama9 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
8:59
O'zgarishlar tarixi

Albatta qarz berishning fazilati katta. Payg'ambarimiz aytadilar, ma min muslimin, yo'qlidu musliman qordan marotayning illa ka'na ka sadoqati ha marotani. Bir musulmon boshqa musulmonga ikki marta qarz bersa, ana shu ikki marta qarzdirgani bitta sadaqa qilgan bilan barobar bo'ladi. Sofiyonis avra aytadi, sadaqa berishimdan ko'ra, sadaqa bilishimdan ko' ra birovga qarz berishim men uchun mahbubroq. Chunki sadaqa muhtoj bo'lmaganlarga ham berilishi mumkin, ammo qarzni faqat muhtojlar oladi.

Nasiya savdo halol. Lekin mana shu nasiya savdoni bahona qilib, bir musulmon ikkinchi musulmonni qarz botqog'iga tiqib tashlayapti. Bir odamni mashinasi bor, naqd pulga sotsa, besh mingga sotadi. Asl narxi besh ming. Qarzga kirib qolgan muhtoj odam keladi da, haligi odamlar shu mashinasini so'raydi, nasiyaga.

Qarz bor, qarzini taqab yotibdi bu yoqda birov, endi berishlikka majbur. Shuning uchun haligi besh ming, besh ming lik mashinasini yetti ming ga o'tkazadi. Bozorga olib chiqib sotsa, besh ga sotadigan mashinasini nasiyaga berayotganligi uchun yettiga beradi. Ikki ming foyda qilyaptimi? Qirq foiz foyda qo'ydi. Endi o'sha bilan ish bitmaydi. U yetti mingga o'tgan mashinasini ustiga bir yilga nasiga berayotganligi uchun ellik foiz foyda qo'yadi yana.

Tanish nazarami? Ellik foiz degani uch ming besh yuz degani. Endi qarang, narxi asli besh minglik bo'lgan mashinasi o'n ming besh yizga o'tyapti. Yuz foizdan ko'proq foyda qilyaptimi? Besh ming lik mashina qarzdorga o'n ming besh yuz ga o'tdi. Bunaqa foyda keltiradigan tijorat qayerda bor hozir?

Bunaqa ishni nasiya savdo deb qilayotganlar, ha, to'g'ri, nasiya savdo. Shunaqa ishni qilayotgan bir musulmonni ko'rib bilib turib qarzga tiqib tashlashmasmi? Yo'q, agar ona bankdan protsentga pul olsa ham chi, bank ham o'n uch, o'n besh protsent beradi. A bularni berayotgan sistemasi bo'yicha yuz foizdan o'tib ketyapti. Bunaqa katta foyda qilayotganini bilganidan keyin boyagi nasiyaga sotayotgan birodar tezda o'tkazib beradi o'zini nomiga, boyagi qarzdorda. Nimaga? Tezroq biroqqa berib yuborsin deydi.

U besh minglik mashinani o'n yarim mingga olib oldi, naryoqda uni taqayotgan haqdorga olib borib turib, qanchaga beradi uni? Uch to'rt ming orqasiga sotadi. Avvalgi qarziga yana yangi qarz ilindi. Qulog'i tinchish uchun shu ishni qildi. Endi mana shunaqa yo'l bilan, mana shunaqa sxema bilan mashina sotayotgan boyagi odamga, e, bu odam to'lolmaydi yu.

Yuz foizdan ham ko'p qo'yib yuboribsan. Undan tashqari bu olgan mashinasini to'lagani uni bir tijorati puli yo'q. Qanaqa qilib bunga berding desa, menga nima deydi? Bu deydi uni problemasi deydi. Rozi bo'lib oldimi? U yog'i meni ishim emas deydi. Bu ko'rib, bilib turib, bir musulmonni musibatga tiqish bo'ladi. Ha, bu mashinani bunaqa yo'l bilan sotgan odam bir qaraganda yaxshi foyda qilganga o'xshayapti. Lekin rostdan foyda qildimikin? Bunaqa yo'li bilan pul topayotgan odam, u pulini qayoqqa sarflarkin?

Boyagi qarzdor besh minglik mashinani o'n ming besh yuz ga oldi a? Musdorligi uchun. Agar mustor bo'lmasa, qarzi bo'lmasa qo'lida pul bo'lsa besh ming ga olar edi. Siz uni mustorligidan, muhtojligidan foydalandingiz. Mustorning savdosi harom. O'zi rozi bo'lib bersa ham, olsa ham. Chunki boshqa iloji yo'q edi da uni.

Shunaqa sxema bilan ishlaydigan bir guruhda aytishdi menga, mana shu uslub bilan qarzdorga mashina berishar ekan. Bittasi beradi, shu sistema bilan yuz foiz dan ko'proq qilib, muddat kelib to'lolmay qolgan payti ikkinchi svorotni mashinani oldida taklif qiladi. Xuddi shu sxema bilan ikkinchisidan oladi. Shunaqa qilib turib, haligi odamga besh o'nta mashinani bergandan keyin, qarzga botirib bo'lgandan keyin uyni sottirib olishar ekan.

Odamni tan qoldiradigan narsa, lol qoldiradigan rosa, qarzni olayotgan ham bu uslub bilan. Shu uslub bilan qarzni berayotgan ham hammasi namozxon. Hammasi birodarlar, hammasini soqoli bor, hammasi namoz o'qiydi. Tuppa tuzgi odamlarni ham mana shu ishlarga aralashib qolganini eshityapmiz. Nima desam, katta foyda turibdi da. Narigi qarzga botgan odam qarzini uzaman deb o'n yarim mingga olgan mashinasini sakkiz mingga o'tkazadi, yana ikki ming qarz erkasi ilinadi.

Bu mustorni savdosi deyiladi. Mustorni savdoshi harom. Besh olti yil o'tib ketdi bu ishga. Bir odam qarziga kirib qolgan, puli bor odamga kelib turib, hoji aka, haftasiga o'n uch foizlik ish bor deydi. Desa o'n ming beradi. Haftani oxirida bir ming uch yuz foydasini olib kelib beryapti. Ribo. Aniq ribo. Rozi bo'lib beradimi, norozi bo'lib beradi, ribo, chunki muddat bor bir hafta va miqdor bor, summa bor. Bir ming uch yuz.

Endi buni o'zini pulini tanidan beryapti bunga. Ishi yo'q bu yoqda. Buni pulini beradigan bo'lmay qolgandan keyin yana bitta odamga borayapti da, shu hiylani ishlatadi. E, bu yerda aytayotgan narsa aniq rivoj. Bir haftada o'n uch foiz. Srok bor, summa bor, yuz ming bersa haftani oxirida o'n uch ming oladi, ikki yuz ming bersa yigirma olti ming oladi. Zo'rda? Ikki tomon ham rozi.

Yana bitta holat yaqinda bo'lgani bu. Pulni qarzga berayotgan odam, biri bor sharti bilan bergan, lekin ikki tomoni rozi bo'lgani uchun halol bo'ladigan fatvo bilan yurgan. Ana shunaqa taqvol ukalaridan bittasini ishini ko'ring. Bu haligi maqsad kerak emas deydiganlardan ekan, keyin bildik. O'zini ilmli deb bilarkan, falon joydan o'qib kelgan ekan.

Xullas shu ilmlik qo'shtirnoq ichidagi odam o'n ming bergan. Oyning oxirida o'n uch ming, bir ming uch yuz foyda beradi. Shu ishni qilib, shiqillatib foydani olavergan. Endi boyagi qarzdor botib ketganidan keyin, o'zini bir yaqini bilan boradi haligi ilmli odamni oldiga. Haligi yaqini aytadiki, uka, sizni bergan pulingiz rivo bo'lib qolibdi yu.

Desa yo'q, rivo emas aka. Men ilmliman, o'qib kelganman men, bilaman. Masalan, zino harom a? Harom. Ko'chadagi bir ayol bilan zino qilsangiz harom. Endi shu harom bo'lgan zinoni o'sha ayolni rozi bo'lib nikohingizga olsangiz, u ham rozi bo'lib nikohingizga o'tsa, halol bo'lib qoladimi? Ha. Bizni ishimiz ham shunaqa, ikkalamiz rozi bo'lib berib olganmiz deyapti. Qiyosni qarang. Bu fiqhdagi yangi usulni qarang, qo'shtirnoq ichidagi usulni. E, ikki tomon rozi bo'lsa, halol bo'lib qolsa, oho, rosa ilmli ekansanmi, a? Qiyosni qarang. Ikki tomon roli bo'lsa, holi bo'lib qolaverar ekan. E, sengaqa ilmliydi.

Ha, qimorvozlar ham o'rtaga pulni tashlab, oshig'ini otayotganda, hamma nima? Roziki bittasini yutib ketishiga. Ilmni qarang, e qaysi mazhabda bor? Qaysi fiqh usulida bor? Bunaqa qo'shtirnoq ichidagi ilmlida bunaqa usuliy qoidasi bilan qo'shtirnaq ichidagi ish yuritiladigan bo'lsa, juda ko'p harom ishlar halol bo'lib ketadi yu.

Ko'ryapsizlarmi bu ilmlilarni qanchalari ilmliligini? O'zini to'qib olgan usuli bilan harom narsani halol qilib turibdi. Qaysi mazhabda bor bu? Qaysi usulda bor? Qiyosni qarang. Zinoni nikohga olib kelib turib, shunga qiyoslab, qilayotgan ishini halollayapti. Mazhab kerak emas deydiganlardan bu odam.

Shuning uchun bironta mazhabni ushamaganlar o'zlariga mana shunday bir qo'shtirnoq ichidagi qoidalarni, formulalarni to'qib olaveradi. Agar bu odam bu qilayotgan ishini haromligini bilmay qilayotgan bo'lsa, faqat gunohkor bo'ladi. Tavba qilsin, to'xtatsin. Agar bilib turib, halol deyotgan bo'lmasa bu odam, haromni halol qilgani uchun dindan chiqib kofir bo'ladi.

Srok bor, summa bor. Bir oyda o'n besh ming dollar. Bir haftada ikki ming dollar. Dedimi? Tamom, bu rubo bo'ladi.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)