Maviza
—Qoralama19 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
18:34
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas da inuhu onas da ofiru. Va na'udh billahi min sururiyan fursina va min sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mubillala va man yug'ililgu falah hadiyalar. Va nashadual la ilah illallohu vahda hu la sharikala. Va nashadu anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Oxirgi darsimizda birodarlar, tavfiq haqida suhbat qildik va sen tavfiqli odammisan degan savolni javobini topdik. Tavfiq allohning qo'llashi. Tavfiq allohni yo'llashi. Tavfi q alloh sizni adashib ketishdan saqlashi. Tavfiq sizni o'zingizni holingizga tashlab qo'ymasligi. Tavfiq yutuq. Ana shu iymonga, taqvoga, solih amallarga muvofiq bo'lishlikni qanaqa yo'llari bor?

Nima ish qilsak, bizda tavfiq bo'ladi. Demak, mavzuyimiz tavfiqni qo'lga kiritishning qanday yo'llari bor? Voma tavfiqiy illa billah deydi. Shu ayb alayhissalom. Mening tavfiqim faqat Alloh bilan. Bironta yaxshi ishga muvofiq bo'lmaymiz, agar Alloh tavfiq bermasa. Biron gunohdan tiyala olmaymiz, agar Alloh tavfiq bermasa. Tavfiq siz bilan bizga suvdek, havodek zarur narsa. Ana shu tavfiq bo'lsa, ikki dunyo saodatini qo'lga kiritamiz.

Qanday qilsak, taqvoga soliq amallarga muvaffaq bo'lamiz, tavfiq topamiz. Solih amal va taqvoga olib boradigan tavfiqning sabablari. Birinchisi, Allohga muhtojlik. Siz o'zingizni kushingizga, quvvatingizga, tajribangizga, ilmingizga, pulingizga suyanmaysiz, ishonmaysiz. Bu narsalarni hammasini chetga surib qo'yasiz da, qalbingiz Allohga muhtozlik hissi bilan to'ladi. O'zingizni ojizligingizni, zaifligingizni tan olasiz. Mana shunday zaifligingizini his qilgan holda, Allohga irhaqli bilan duo qilasiz.

Mana har kuni namozda Fotiha surasini o'qir ekanmiz. Ehdin as sirotul mustaqim oyatini o'qiymiz. Bizlarni to'g'ri yo'lga hidoyat qil. Allohdan to'g'ri yilni so'rashimiz aytiladi. Gunoh ma'siyati tarqalishlikka Allohni o'zidan ma'da so'rashimiz kerak. Hidoyatni va solih amalni Alloh Taoloni o'zidan so'rashimiz kere. Alloh taolo hadis xuddi sizda aytadi ya'ni badi kullukum do'lmum illa man hadaytuhu. Fastah duniy ahdi kun. Ey bandalarim, sizlar hammanglar adashgansizlar. Hammanglar zalolatdasizlar. Faqatgina men hidoyat qilganlar bundan mustasno. Bas, mendan hidoyat so'ranglar, sizlarni hidoyat qilaman.

Men aniq bu ishga qo'l urmayman. Men aniq o'ttiz kun ro'za tutaman. Deb hech qachon gunohni tark qilishlikka yoki savob ishni qilishlikka o'zingizga suyanib qolmang. Inshaalloh qilib beraman. Inshaalloh boraman. Javob, aka bo'ldi, muammoingiz hal bo'ldi, ketavering deydi. Javob, garantiya deydi. Sen o'zingga garantiya bera olasanmi? Ha, u ishni qo'y hali. Ishni bitkazishni qo'y halar. O'zingni ertalab uyg'onishingga garantiya bera olasanmi? Yo'g'a.

Allohu yajita bi ilayhi man yasha. Voy yahdi ilayhi man yuniyb. Alloh u dinga hidoyat topish uchun o'zi xohlagan kishilarni saylar va unga iltijo qiladigan kishilarni hidoyat qilur. Alloh kimni hidoyat qilar ekan? Kimga tavfiq berar ekan? Unga duo qilib, iltijo qilganlarga. Tavfiq Allohning marhamati. Tavfiqni faqat Alloh Taolo beradi. Tavfiqni faqat Allohdan umid qilamiz.

Demak, sabablarning birinchisi, Allohga muhtojligingizni his qilishingiz. Ikkinchi sababi, o'zingizni ojizligingizni tan olishingiz. Siz o'zingizni hoji zaif ekanligingizni tanolasiz, Allohga muhtoj ekanligingizni e'tirof qilib, bo'yin sinasiz, shunda Alloh Taoloning marhamati bo'lsa, tavfiq bo'ladi. Tavfiq faqat Alloh tomonidan beriladi. Soddaroq qilib aytaymi? Yozuvchilar, shoirlar faoliyatida, ijodida bir to'xtalish bo'lib qoladi.

Ijodiy krizis deb qo'yadi. Ilhom kelmaydi bizni tilda aytganda. Va bir ilhom kelib qoladi, nima bo'ladi? Darrov yozib qoladi haligi. Ana shu tavfiq deyiladi shu. Turibdi usta qarab, qanaqa qilsamikin deydi shu problemani hal qilishga, hech topa olmaydi. Bir hafta o'ylanadi. Keyin Alloh Taolo shu tavfiqni bersa, evrika deydi. Topdim degani. Yo'q o'zi topgani yo'q u.

Alloh nima qildi bunga? Shoy bali assalom aytadi astaydu billa, o'ma tavfiqi illa billa alayhi tavakkaltu va ilayhi uniyb. Men faqat imkonim boricha isloh qilishni istayman, xolos. Va bunga yolg'iz Allohning tavfiqi, yordami bilangina muvaffaq bo'laman. Allohni o'ziga suyandim, o'ziga iltijo qildim. Men sizlarni isloh bo'lishinglarni xohlab, menga bog'liq bo'lgan ishni qilaman, uyog'i kimdan? Uyog'i Alloh'dan, tavfiq Alloh'dan deyapti.

Menda yaxshilik talabida sayo harakat qilish kerak, bo'lganidek, yana Robbini yordamiga suyanishi ham kerak. Va mana shu ishida, mana shu maqsadiga yetishligida unga yordam beradigan faqat Alloh Taolo ekanligini bilishligi ham kerak. Shuning uchun mustor holda Allohni yordamiga muhtoj ekanligini tan olgan holda yalinib yorvorib duo qilishligi kerak bo'ladi. Va Allohni g'azabidan, qahridan qutilishlik faqat Alloh Taolo yordam bersa, shu narsaga muvofiq bo'lishligini ham tushunish kerak.

Allohni roziligi yetishligi ham, savobni ishni qilishi ham, savobli ishni qilish ham Allohni yordami bilan ekanligini bilish kerak. Demak meni qo'limda hech narsa yo'q ekanda. Ha, seni qo'lingda hech narsayo'q, agar alloh bermasa. Shuni tushunsang, inay tavfiq beriladi senga. Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallam bu narsani o'zining duolarida bizga ta'lim berganlar. Marhamat qilib aytganlarki, Allohuma rahmat aka arjuvi. Parvardigor, rahmatingni umid qilaman. Fala takilni ila nafsi tor fata ayn. Ko'z ochib yumgunchalik muddatga ham o'zimni holimga tashlab qo'ymagin.

Ko'zingiz biroz yumdingiz. Qancha vaqt ketadi? Endi Payg'ambarimizni duosini ko'ryapsizmi? Ko'zimni ochib yumgunchali bo'lgan muddatga ham meni tashlab qo'llama. Bir hovuch oshni olamiz, hh deganimizda bitta guch o'tib ketib qolgan a? Ana, o'sha bir sekundni to'rtdan biridan qisqaroq muddat o'tib ketdi. Qo'rq bo'lib qolgansiz.

Ha, Alloh demak sizni o'sha paytda o'zingizni holingizga tashlab qo'ygandi. Ahvolingizni ko'ring. O'sha qo'lingiz surilib ketadi, haligi bu narsani kesayotganingizda. Bo'ldi, qiyshiq kesildi, brak bo'ldi. Ili ko'zingizni yumdingiz, ikki sekundga qatib qoldi. Tushib ketdi jannatga qarab. Siz tavfiqni nimaligini tushunsangiz, qo'rqadigan bo'lib qolasiz har bitta holatda. Parvardigor, bir sekundga ham, uni to'rtdan biricha muddatga ham meni nima qilib qo'ymagin? Holimga tashlab qo'ymagun.

Shunday ko'zi ketdi. Aqulu qovli ha da, astag'firulloh li bilakum deb domla ma'ruzam tugatyapti. Aqulu qoli, ha davo astag'firullohu alaykum. Innalloh. E, e, tugadimi bu mavzu? Ha ana, Alloh Taolo olib qo'ydi ahlingni. Uxlatib qo'ydi. Ko'zi shunday ketadi, qarasa ikki soat o'tgan bo'ladi. I kech qolibsan samolyotdan ketdingiz. Ey birodar, tushuning. Agar Allohni tavfiqi bo'lmasa, tupurgingizni yuta olmaysiz.

Allohni tavfiq bo'lmasa qo'lingizdan hech narsa kelmaydi. Endi tushunyapsizmi tavfiqda nimaligini? Muhammad alayhissalomdek zot aytyaptilar, Parvardigor, meni o'zimni holimga tashlab qo'ymagin. Ko'z ochib yumgunchalik muddatga ham. Undan qisqaroq muddatga ham. Doim tavfiqini berib turgin menga.

Duoni qarang davomini. Vo aslihli sha'ni la ilaha illa anta. Men uchun ishlarimni hammasini isloh qilgin, sendan o'zga iloh yo'q. Meni ishimni qisqa muddatga ham o'zimga tashlab qo'yma. Chunki kimdan Alloh Taolo tavfiqni olib, o'zini holiga tashlab qo'tadigan bo'lsa, bu odam o'zini nafsini ham tutishga qodir bo'lmay qoladi. Toatlar zoyi bo'ladi, ma'siyatlar kirib qoladi. Mo'min odam qalbida mana shu qayg'u, mana shu o'y fikr doim turishi kerak.

Allohni tanigan oriflar aytishadi. Tavfiq Alloh seni o'zingni holingga tashlab qo'ymasligi. Xizlan tavfiqning ziddi. Yordamsiz qo'yishi. Nima degani? Xizlan yordamsiz qolishi, seni nafsingni o'zingga qoldirib qo'yishi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Parvardigor men sendan izzatingni o'rtaga qo'yib so'rayman. Meni adashtirib qo'ymagin. Agar Alloh Taolo o'zingizni holingizga tashlab qo'ysa, holingiz voy.

Tavfiq, Alloh sizni o'zingizni holizga tashlab ko'rmasligi, xizlan, xorlik, Alloh sizni, o'zingizni, xolingizga tashab qo'yishligi. Demak, tavfiqning birinchi sababi, Allohga muhtojligingizni bilishingiz. Ikkinchisi, o'zingiz ojizligingizni tan olishligingiz. Uchinchisi.

O'zingizni aqli zakovatingizga suyanmasligingiz, aldanib qolmasligingiz kerak. Banda har qancha aqlli bo'lmasin, har qancha tajribalik, har qancha mohir usta bo'lmasin aqliga suyanib tavfiqdan behojat bo'la olmaydi. Chunki aqlda o'zigagina suyansangiz, Alloh tavfiq bermasa, adashib ketishingiz aniq. Dalil.

Mana g'arb odamlarini qarasangiz, yer yuzida yashayotgan xalqlar orasida aqlli, xushli odamlar. Ilmli, ma'rifatli, ziyoli. Ammo Hindistonda qarasangiz, o'sha IT texnologiyalar bo'yicha birinchi IT ishlari o'shada bo'lib turib, o'qimishli, ziyoli hokazo, ammo molni tezagina betiga surtib yuribdi.

Jinni deya olmaysiz, aql xushi joyida, lekin tavfiq yo'q. Ana shu sigir ular muqaddasda bo'ladigan sigir yo'lni o'rtasiga yotib olsa, bittasi kelib tur deb o'rnidan jildira olmaydi. Jur'at qilisha olmaydi. O'zlari toshdan yasab olgan haykallarini olib, ibodat qilishadi. Yana qaytarib aytaman, aqlda o'ziga suyansangiz, aql bu nuqsonli narsa. Aqlni chegarasi bor. Aql hamma narsani idrok qila olmaydi, xuddi ko'zda nurini singari.

G'arbni qarang. LGBT, feminizm, yuz dan ortiq jins bor u yurtlarda. Ya'ni o'sha xalqlar tan oladigan yuz dan orti q jinslar bor. Erkak va ayol jinsi bor. Odam alayhissalomdan yigirma birinchi asrgacha jins faqat ikkita bo'lgan. Endi hozirgi kelib turib ana shu g'arb odamlari aqli yegina suyanib, Allohni unutishuvdi, Alloh ularga tavfiq bermovdi, yuz qirqta jins bor bizni yurtimizda deyapti jurnalist.

Nimaga ular mana shu tomonga og'ib ketdi? Ular Allohni unutishuvi, Alloh ham ularni unutdi. Alloh tavfiqini olib qo'ydi. Ularni ahli bor, dunyo ishlarida peshqadam, texnologiyalarda tengsiz, faqat ular aqligagina suyanishdi. Allohni tavfiqini so'rashmadi. Shuning uchun nima bo'ldi? Shayton ularning aqllarini o'ynatdi.

Ilmingizga suyanmaysiz, tajribangizga suyanmysiz, Allohning tavfiqiga suyanasiz. Astaydilillah. Istahvaza aliximush shaytonufa ansa humidik ralloh. Ulaika hizbush shayton. Ala innahiz bash shaytoni hukmul hosiru. Ularni shayton egallab olib, ularga Allohni eslashni unuttirdi. Ana o'shalar shayton hizbi guruhidadirlar. Ogoh bo'lingiz kim? Albatta shayton xizbi bo'lgan kimsalargina ziyon ko'rgushidirlar. Shayton ularga Allohni unutdirdi. Alloh ularni unutdi, ya'ni o'zini holiga tashlab qo'ydi, tavfiqini bermadi, xor bo'lishdi.

Astadibillah. Hamma ag'una'inhum sam'uhum va la abu soruhum va la af'idatuhum min shay' lekin ular Allohning oyat mo'jizalarini inkor etganlari uchun, ularga quloq ko'zlari ham, dillari ham biron foyda bermadi. Ya'ni haq yo'lni ko'rib, idrok qila olishmadi. Va ularni o'zlari masxara qilib kulgan narsalari, ya'ni Allohning azobi o'rab oldi.

Aqlingizga suyanmaysiz? Ilmingizga suyanmaysiz, mahoratingizga, tajribangizga hech qachon suyanmaysiz. Parvardigor, o'zing sharmanda qilib qo'ymagin. Parvardigor, hozir o'zing qo'llagin. Ming marta damlagansiz haligi oshda. Oshpaz bo'lgan bo'lsangiz. Har safar damlayotganda aytasiz, Parvardigor, sharmanda qilib ko'rmagin. Ming marta krasga sepgansiz o'sha mashinaga. Aytasiz,parvardigor, e men ko'zimni yumib turib qo'yaman deydi.

Ko'zingni yumib turib qurasizmi? Demak siz Allohni tanimaysiz ekan. Astaydubillah. La hum qulubun la yafqo hunab beha. Va la hum a'yunun la yubosirun la beha. Va lahum adanun la yasmanun la beha. Ular ikka kal'an'am, bal hum adol du. Ular ikka humul g'ofilun. Biz. Jin va instan ko'blarini jahannam uchun yaratganimiz muhaqqadirki, ularning dillari bor, anglay olmaydilar. Ko'zlari bor u, ko'ra olmaydilar. Quloqlari bor u, eshitmaydilar. Qarang, aqli, ko'zi, qulog'i joyida, lekin Alloh tavfiqni olib qo'ygani uchun u aqllari haqiqatni ko'rsatib bera olmadi. Alloh taolo aytadi, ular chorvalar kabidirlar. Yo'q, ular beaql, befahmlikda chorvalardan ham battardirlar. Ana o'shalar g'aflatda qolgan kimsalardir. Ishonmang, mashinangizni yangiligiga. Ishonmang shopiringizni mohirligiga. O'ttiz yildan beri Rossiyaga qatnaydi deydi. Mashinasi ham yangi, garantiya zo'r olib boradi deydi.

Qayerdan bilasan? Qayoqdan bilasan? U mashinasini yangiligi, shoperni mohirligi sabab xolos. Sen shu sababni zo'rini qilishing kerak xolos. Natija kimni qo'lida? Yoki, deydi Alloh Taolo Furqon surasida, yoki siz ularning ko'plari haq so'zni tinglay oladilar, yo anglay oladilar deb o'ylaysizmi? Undoq emas. Zero ular hech narsa emaslar. Magarchi choravo hayvonlari kabidirlar, yo'q. Ular yanada yo'ldan ozg'inroq kimsalardir.

Imomizahibi aytadi la anallohu zaka bila imanin va rodiyallohu anil baladati ma taqva. Alloh iymonsiz aqlni, iymonsiz zakovatni la'natlasin. Alloh taqvo bilan bo'lgan soddalikdan rozi bo'lsin. Shuning uchun tavfiq Allohni qo'lida. Tavfiqni Allohni o'zidan so'rashlik kerak. Aqlimizga, ilmimizga, tajribamizga suyanmasligimiz kerak.

Alloh azza va jalla tavfiqini siz bilan bizni ustimizdan ko'tarib qo'ymasin. Doimiy suratni o'zini madadi, tavfiqni qo'llashligini ato qilgan bo'lsin. Aquli qovli ha da. Va astag'firullohi livalakum. Innallohi va malakati huddi shaluna alannabi. Ya yuhilladina amanu sollu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)