Maviza
—Qoralama18 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
17:37
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdullayev la ilaha illa hum duh va nas ta'inuh va nas ta'furuh. Va na'udhu billahi min ash sururiyan husina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillah hufala mubillala. Va man yu'dilil hufala hadiyala. Va nashhadu alla iloh ila alloh va hidahul la sharikala. Va nashkadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Aqida darslaridan Sirojiddin O'shining Badul Amoli asarini o'qiyotgan edik. Bugun qirq oltinchi bayt.

Sirojiddin Osha aytadi loman yanvi ertida dan bada dahrin, yasir and diniy haqqin van silali. Kimki biror zamondan so'ng murtad bo'lishni niyat qilsa, shu lahzani o'zidayoq haq dindan pinhona chiqib ketganga aylanadi. Nazmiy bayoni, kimki murtadlikni niyat qasd etar, shu ondayoq pinhona haq dindan ketar. Ya'ni inson dindan chiqishlikni niyat qursa, shu zahoti dindan chiqib ketadi. Mavzuyimiz shu.

Chunki inson o'y xayoliga har xil narsalar keladi. Ba'zida o'y xayolini qaytara oladi, ba'zida o'yl xayolga berilib ketib qoladi. Mana shunday holatda qanday xatar bor mu'min uchun? Agar ana shu murtadlikni, kofirlikni xayolidan o'tkazsa, qaysi darajagacha xayolida u qoladi, kofir bo'lmaydi. Va qaysi chegaradan o'tib ketsa, dindan chiqib ketib qoladi, o'zi bilmaydi bu narsani. Mana shu haqida bahs bahs qiladi bu mavzuyimiz.

Demak, bu matnda birodarlar islom dinidan qaytishni niyat qilgan kimsani murtad bo'lishligi bayon qilinadi. Murtad degani birodarlar shariatimizda dinini o'zgartirgan kishiga aytilinadi. Shariatimizda dinni o'zgartiradigan kishi murtad deyiladi. Bu albatta juda ham katta gunoh. Bu odamlarni hozirgi kunda mana bugungi kunda o'zi musulmon bo'lib turib, xristian bo'lsin, buddizm bo'lsin, yoki krishtianizm bo'lsun, yoki bir boshqa bir dinlar vakillari bo'lsin, shularni ta'siri ostiga kirib qolib, dindan chiqadimi, yoki bir qandaydir moddiy narsalarni umidida o'sha boshqa dinga o'tib ketadimi, bu ishga kirishayotganlar murtad deyiladi.

Murtadni shariatdagi hukmi qatl qilinishlik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, man baddala dinahu faqutuluh. Imom buxoriydan bu hadis. Kim dinini o'zgartirgan bo'lsa, bas uni qatl qilinglar. Bu islom qozisi, islom xalifasi, islom sledovatini, islom jalloti bor bo'lgan, islomiy hukm joriy bo'layotgan joyda mana shu islom qozisi hukm qiladi bunga.

Manaqa hadis bor deb turib, har kim o'z boshimchalik qilib, samosud qilishlikka haqqi yo'q. Qur'oni karimda qasos olishlik aytilgan, zino qilgan odamni toshbo'ron qilish aytilgan, o'g'rini qo'li kesilishiga aytilgan. Bu qur'onning hukmi. Endi bu narsalarni musulmonlar har kim o'zi xohlagancha tatbiq qilishlikka, o'zi ochimchilik qilishga haqqi yo'q. Tushunarlimi?

Demak, ana shu murtad bo'lgan odam islomiy hukm bilan qatl qilinarkan, kofir holda ketadi. Bu qatl bo'lganligi uni bu gunohidan xorij qilmaydi. Masalan, bir odam bir musulmon boshqa bir musulmonni qatl qilib qo'ygan bo'lsa, qasos bor. Islom qozisi shu qasosni amalga oshirib beradi. Shunda qatl qilgan qotil o'zi ham qatl qilinadi. Shu bilan qiyomatga odam o'ldirdi degan gunohdan xorij bo'lib boradi. Ammo dindan qaytgan murtad odam shar'iy hukm bilan qatl qilinadigan bo'lsa, bu gunohdan xoli bo'lmaydi. Endi bu abadul abad jahannamda bo'ladi.

Alloh azza va jalla Qur'onda marhamat qiladi. Astaydivilla. Va man yerta ded ming kun an dinixi, fayamut, va huva kafirun, fa ulaika habitat a'malu hunfid dunya val ahiro, va ulaika ashabun nari hunfihah xolidun. Baqara surasi ikki yuz o'n yettinchi oyat. Sizlardan kim o'z dinidan qaytib, dinsiz holda o'lsa, unday kimsalarning qilgan amallari dunyo yo oxiratda behuda ketur, o'zlari ular do'zax egalaridir va unda abadiy qolajaklar. Demak, birodarlar, murtad bo'lib o'lgan odam jahannamda bo'ladi, abadiy qoladi unda.

Murtad holda o'lgan yoki murtad holda qatl qilingan odam, birodarlar yuvilmaydi, kafanlanmaydi, janoza o'qilmaydi, musulmonlarni qabristoniga qo'yilmaydi. Dindan qaytgan murtad qilgan avvalgi hamma amallari xabada bo'ladi. Namoz o'qigan bo'lsa ham, ro'za tutgan bo'lsa ham , haj qilgan bo'lsa . Jumhur ulamolarning fikriga ko'ra, murtad bo'lgan odamga shu ishini jiddiy o'ylab ko'rishlikka uch kun muhlat beriladi deyiladi. Jumhur ulamolarni fikri shu. Ulamolar uni o'tkazib, olimlar bu ishini oqibati nima bo'lishini, oxiratda unga beriladigan azobni va tavbani eslatib uch kun muhlat berishadi. Agar u kishi mana shu qilgan ertidodidan, murtadligidan qaytib, tavba qilib, yana shahodat kalimasini aytadigan bo'lsa, musulmonlar qatoriga qaytadi.

Albatta, biron kishini murtad deb hukm qilish va murtadga nisbatan ijro qilinadigan hukmni bajarishlik hokim yoki uni noibi bo'lgan shariat qozisin vazifasi. Har kim o'zicha birovga murtad deb hukm qilib, hukmni ijro qilishlikka nimasi yo'q? Haqqi yo'q. O'zi, o'zi oshunchalik bilan hukmni ijo qilishlikka haqqi yo'l. Bu haligi ilmdan uzoq bo'lgan, shijoati qattiq bo'lgan yoshlarda tilidan shart chiqib ketadi. U murtad deydi. U kofir deydi. U yegani harom deydi. U xotinni taloq deydi.

Shu gapni qo'rqmay gapiryaptimi? Bilingki, ilmdan nasibasi yo'q bu odamni. Chunki birovni murtad deyish, birovni kofir deyish, bu katta narsa. Katta narsani da'vo qilyapsan. Shuning uchun birovni murtadi deyish, kofir dey ish, bizni ishimiz emas, bu qozini ishi. Bu masala o'ta ham nozik masala bo'lganligi uchun, matnda kelgan har bitta so'zni atroflicha o'rganib chiqishlik kerak bo'ladi. Murtad bo'lishni niyat qilsa deyildi. Mana o'sha kallamizga keladigan o' ham oltiga bo'linar ekan, birodarlar. Hayolingizga keladi, o'y fikr bo'ladi, o'yfikr kuchayadi, niyat qilasiz, qasd qilasiz, azm qilasiz. Nechta aytdim?

A? Nechta aytdim? Hozir ham hayollarga nimalar kelmayapti a? Agar hayoliga kelgan har bitta narsaga gunohkor bo'laversangiz, sal sem pachog'imiz chiqib ketardi. Koreyaga borganlarga o'sha missendalar kelib aytar ekan. Bizni dinimizga o'ssang, yaxshi ish topib beramiz der ekan. Rosa ish topmasdan siqilib yurgan bola fitnaga kirib qoladi. Yo'q deydi. Ozgina dindan xabari bor odam, yo'q deydi. Endi umuman din diyonatdan xabari bo'lmagan odam bo'lsa chi? O'ylanib ko'radi a?

Ketayotganda. Ha. Nima keldi hayolinglarga? Bularni diniga o'tib turib, pulni olib olib turib, keyin ketayotganda tavba qilib olaman degan, yo'q. O'lib qolsang chi? Shu holatda o'lib qolsing chi? Shuning uchun musulmon odam. Uchun eng aziz narsa bu uni joni emas, moli emas, dunyosi emas. Bu uni iymoni, dini.

Murtad bo'lishni niyat qilsa deyildi. Niyat qalbni ishi. Shuning uchun qalbda niyatgacha bo'lgan bosqichlar ham borligini bilib olishimiz kerak bo'ladi. Demak, niyat qilsak, dindan chiqadi. Demak, niyat qilgunga qadar ham bir qancha bosqichlar bor. Shularni bilib olaylik. Qalbni bir narsaga qanday bog'lanish haqida Ibn Haja rahmatulloh alik Ibn Abijamriddan shunday rivoyatni keltiradi.

Qalbga keladigan narsalar quyidagi tartibda bo'ladi. Birinchisi, alhammatu ko'ngilga kelishi, ikkinchisi, allamatu istek paydo bo'lishi, uchinchisi, al xotoratu, o'y fikr kelishi. To'rtinchisi, an niyatu, niyat qilish. Beshinchisi, al irodatu, qasd qilish. Oltinchisi, al azimatu, azma qaror qilish.

O'shalar diniga o'tib turib, pulni qilib ketib yuborsammikin deyotgan odam, qaysi etapda bo'ladi? Allamatu, istek paydo bo'ldi. Keyin o'ylanib yuradi jiddiyroq. U xatoratu bo'ladi. Mana shu aytilingan oltita bosqichni birodarlar, birinchi uchtasiga inson gunohkor bo'lmaydi. Chunki uni u nazorat qila olmaydi. Ya'ni birinchisi, bir ma'no ko'ngliga keldi. Keyin kuchaydi, keyin u haqida turli o'y fikrlar keladi. Bu sizni ixtiyoringizdan tashqari bo'lganligi uchun bunga gunohkor bo'lsangiz. Ammo keyingi uchtasida niyat, qasd va azmiqaror. Bu sizni ixtiyoringizda bo'lganligi uchun endi bunga gunohkor bo'lasiz.

Demak, muddatli haqida ma'no ko'ngilga keldi. Bu ma'no kuchaydi. O'y fikrlar keldi. Shu yergacha gunohkor bo'lmaydi. Ammo niyat, qasdd, azmiqaror, mana shu to'rtinchisi, niyatdan boshlab gunohkor bo'ladimi? Bo'ldi shu mana shunaqa diniga o'taman dedimi, niyat qildi uje.

Hali chiqqan yo'q dindan. Shu niyat qilishigi bilan dindan chiqib ketadi. Demak, bir ma'no ko'ngliga keldi, ma'no kuchaydi, o'y fikrlar tug'ilib qoldi. Bu uchta bosqichda gunohkor bo'lmaydi, dindan chiqmaydi. Agar muddatli haqida fikr qilsam. To'rtinchisidan niyatdan boshlab gunohkor bo'ladimi?

Demak, qaysidir bo'lmasa, missionerlarda ta'sirga tushibdi, yo bir boshqa bir moddiy sabablar tufaylimi, ma'lum bir muddatdan keyin qisqa vaqt bo'lsin yoki ko'proq vaqt bo'lmasin, o'z ixtiyori bilan dindan chiqishni niyat qilsa, masalan, oyning oxiriga borib turib shularni diniga kiraman dedi. Niyat qildi. Alloh saqlasin. Kelajakda muddat bo'lishlikni niyat qilgan bo'lsa ham, o'zi bilmagan holda dindan chiqib ketgan hisoblanadi.

Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jadidu imanakum, iymoninglarni yangilab turinglar dedilar. Qanday qilib yangilaymiz iymonimizni yo Rasululloh deb sahobalar so'rganida la ilaha illallohni ko'p aytinglar. Shuning uchun siz bilan biz o'zimiz bilgan bilmagan holda, ilmsiz holda shunday bir xatarga kirib qolgan bo'lsak, Alloh saqlasin, boyagi shahodat kalimasini kalimai toibani ko'p takrorlashlik bilan iymonimizni yangilab turamiz. Ma'qulmi?

Chunki Islomni din deb qabul qilib, oxiratga ishongan har bitta mo'min o'zi iymon keltirib ishongan narsada sobit turishligi Alloh tomonidan buyurilgan. Astaydu billah ya ayyuha alladina amanu aminu billahi va rasulihi vol kitabilladiy nazzala ala rasulihiy, vol kitabilladiy anzala minqobil. Ey, iymon keltirganlar, Allohga iymon keltiringlar, Payg'ambarga iymon keltiringlar, Payg'ambarga tushirilgan kitobga iymon keltirdinglar va bu Payg'ambardan avval tushirgan kitoblarga ham iymon keltiringilar. Ya ayyuhannas, ominu demayapti. Ey insonlar, iymon keltiringlarni demayapti. Mo'minlarga aytyapti. Ya ayyuha alladina amanu, aminu. Ey mo'minlar, iymon keltiringlar deyapti.

Qarang, nima degani? Keltirgan iymoninglarda sobit qadamlik bilan bardavom bo'linglar degani bu. Chunki hozir aytayotganimizdek, o'zi bilmagan holda shu muddatlikni niyat qilib qo'ysa, dindan chiqib ketib qolar ekan. Shuning uchun sobit qadam bo'linglar, e'tiqodinglarda deb Alloh Taolo aytyapti. Chunki ishongan narsasiga qat'iy e'tiqodda turishlik iymonni taqozosi bo'ladi. Ikkilanib bo'lmaydi birodarlar. Ikkilanib o'lmaydi.

Agar banda mana shu qat'iy e'tiborga qarshi borishni niyat qilsa, bu niyati qalbidagi tasdiqni yo'qqa chiqaradi. Tasdiqni yoqqa chiqishga rozi bo'lish esa, kufrga ketishga rozi bo'lladi, rozilik bo'ladi. Endi kufrga rozi bo'ldi, bu kufr bo'ladi. Endi bu masalani teskari tomoni bor. Ya'ni kofir odam bir oydan keyin mo'min bo'laman deb niyat qilsa, u mo'min bo'lib qoladimi? Yo'q.

Iymonda buni teskarisi ekan. Bir oydan keyn boshqa dinga o'taman degan narsani niyat qilishiga kofir bo'lib qoladi. Ammo buni teskarisi, kofir odam, bir oydan keyun musulmon bo'laman desa yu, niyat qilib, kalimani aytmasa, u niyat qilishini o'zi uni mo'min qilib qo'ymaydi. Ammo iymoni teskari ekana dindan chiqishda. Chunki voz kechish niyatni o'zi bilan hosil bo'ladi. Ish harakati esa, niyatni o'si bilan hosilbo'lmaydi. Buni misoli muqumlik bilan musofirlikni misoliga o'xshaydi. Musofir odam, musofir muddatida yurar ekan, bo'ldi, shu yerda men qolaman deb turib niyat qilishi bilan muqimga aylanib qoladi. Tushundinglar a? Bishkekka borib turib to'rt kun turaman degandi. Musofir edi. Endi bo'ldi, shunaqa qolaman deyishi bilan muqimga aylanadi u.

Chunki muqimlik safardan voz kechishlik degani. Voz kechishni niyati bilan hosil bo'ladi maqsad. U muqimga aylanadi. Endi, muqim kishi esa safarga chiqaman deb niyat qilishi bilan musofir bo'lib qolmaydi. U ish harakatga kelishi kerak. Bugun safarga chiqman deyishi bilan musofir bo'lib qolmaydi. U shaharini tashlab chiqib ketgandan boshlab, bu nima bo'ladi?

Murtadlik birodarlar sobit bo'lishi va bir odamga kofir bo'ldi, murtad bo'ldi deb hukm qilishlik uchun, unda uchta shart bo'lishi kerak deydi olimlarimiz. Uni murtad deb hukm qilishlikka uchta shart olish kerak. Birinchisi, o'zini ixtiyori bilan dindan qaytgan bo'lishi kerak. Chunki majburlanib, kufr kalimasini aytgan, qatl tahdidi bilan, xavfi bilan dindan quchishlikka majbur qilingan odam, agar qalbi imon bilan xotirjam bo'lib turgan bo'lsa, majbur aytgan bo'lsa, bu odam murtad bo'lmaydi. Ikkinchisi, aql raso bo'lishi kerak. Majnun, esi past odam, norasidalarga ham murtadlik sobit bo'lmaydi, uchinchisi, hushyor holatda bo'lishi kerak. Chunki mast bo'lib, aljirab gapirgan gapi bilan kishini murtad bo'lmaydi deydi. Demak, bir odamni murtad deyish uchun birinchisi, ixtiyori bilan dindan qaytgan bo'lishi kerak. Aql hushi joyida bo'lib dindan qaytgan bo'lishi kerak va hushyor bo'lgan holda mana shu so'zni yoki ishni qilgan bo'lishi kerak, shunda unga murtadlik hukmi beriladi. Alloh azza va jalloh dinda sobit qadam borib borishimizni o'zi tavfiqini bersin. Chunki Alloh Taolo o'zi bir hidoyatga boshlamasa, o'zi saqlamasa, siz bilan biz adashib ketishligimiz qosh bilan kipriydi o'rtasida.

Demak, birodarlar, qirq oltinchi baytimiz nihoyasiga yetdi. Dindan chiqishni niyat qilgan kimsa haqidagi bayon edi. Voman yanviy ertida dan bada dahrin, yasir an diniy haqqing dan silali. Kimki biror zamondan so'ng murtad bo'lishni niyat qilsa, shu lahzaning o'zidayoq haq dindan pinhona chiqib ketganga aylanadi.

Nazmiy bayoni kimki muddatlikni niyat qasd etar, shu ondayoq pinhona haq dindan ketar. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)