Siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin Aliyevni Usmon Ali o'shining Badl Amoli asarini o'qiyotgan edik. Bugun qirq yettinchi paytga keldik. Beparvolikning ayanchli oqibati haqida. Sirojiddin o'sha aytadi: valadzul kufri min g'oyri ey tiqodin bi tovain ruddi dinin beg'tifalin. Ma'nosi e'tiqod qilmasdan bo'lsa da, o'z ixtiyori bilan kufr so'zini talaffuz qilish, g'aflat bilan dinni rad etishdir. Ishonmaydi, e'tiqod qilibmaydi, lekin kufr kalimasini o'zi xohlab tili bilan aytdi. Shu odam ham dindan chiqib ketadi.
Nazmiy bayoni, e'tiqodsiz ixtiyorlar kufrni aytish, demishlar, g'aflatlar, haq dindan qaytish. Insonning balosi tilidan degan maqol bor. Insonda boshiga keladigan juda ko'p musibatlar, balolar tili sababli bo'ladi. Xalqimizda o'ynab gapirsang ham, o'ylab gapir degan gap bor. Hozir aytdik, insonning balosi tilidan. Ayniqsa birodarlar, dinga tegishlik, iymon e'tiqodga tegishli masalalarda o'ta ehtiyot bo'lib gapirishlik kerak. Hazillashib, gapirib bo'lmaydi, shariat tegishli bo'lgan ayrim ishlarni.
Gohida o'ylamasdan, yengil sanab, o'zini aqli yetmagan, ayrim mavzularga kirishib ketadi bir odam, o'zi sezmagan holda kufrga sabab bo'ladigan gapni aytib qo'yadi da, iymondan chiqib ketadi va buni sezmaydi o'zi. So'fog'ullohir bobomiz mana shu tilga ehtiyot bo'lishlik kerakligi haqida shunday deydi. Yomon til ikki olamda zarardir, gohi isyon, gohi xavfi xatardir. Yomon til shumlig'iki, jong'a urg'ay, gohi jondan o'tib, iymon'ga urg'ay. Ba'zida tilingiz dunyoda bir mol mulkingizni ajrashingizga yoki jasadingizga jarohat etishiga sabab bo'lsa, ba'zida tilingizdan chiqqan so'z iymondan chiqib ketib qolishingiz mumkin. Iymoningizga urib qo'yadi.
O'zi, o'zi, Alloh Taolo Qur'onda aytadi, istaydi billoh, ma asobaku min musibating, fabima kasabat aydikum va ya'fon katir. Nima musibat yetmasin, o'zinglar kasb qilgan ish tufayli yetadi. Yana men ko'pini kechirib turaman gunohlaringlarni. Bandani gunohi ko'payib ketganda, tavba qilmasa, istiqbol etmasa, to'xtamasa, Alloh yaxshi ko'rar ekan bu bandasini, mo'min bandasini. O'nta, yigirmata, o'ttizta bo'lib ketganda, tavva qilmayapti, bitta kichkina gunohiga jazo berib turib, qolganlarini yuvib tashlar ekan. Shuning uchun bizga nima musibat kelayotgan bo'lsa, u molimizgami, sog'ligimizgami, obro'yimizgami, bilingki, o'zimiz tufiyelik, o'zimizni ishimiz tufiyeliy bo'ldi. Ana shu ba'zi aytib qo'ygan so'zlarimiz tufayli ham boshimizga musibat kelib qoladi. Ya'ni yomon til dunyo oxiratida insonga zarar keltiradi. Gohida moliga, joniga zarar yetkazsa, gohida iymoniga zarar yetkaza.
Shariatga tegishlik, aqidaga e'tiqodga tegishli so'zlarni yaxshi bilmasdan gapirish, birodarlar, xatarli ish ekanligini bilishimiz kerak har bittamiz. Qo'rqmasdan, ha, u kofir. U fosiq, u munofiq deb o'rab yuboramiz ku. Voy birodar, tushungin, bu so'zing havoda qolib qolmaydi. Ko'p aytdik. Falonchi kopir, bu munofiq. Buni yegani xoram, buni namozi namoz emas.
Qayoqdan bilasan? Uni kofir deyish seni haqqing emas. Uni kofirda o'kinib chiqarish qozini muftiyni ishi. Sen kimsan unga hukm aytgani? Agar sen aytayotgandayqa bo'lmasa, og'zingdan chiqqan u kofir degan so'zing, agar unda kofirlik sifati bo'lsa, borib yopishadi. Agar u kofir bo'lmasa chi, iymoni bo'lsa chi, mo'min odamni kofir deganing uchun o'zing kofir bo'lasan. Senga kerakmi?
Shuning uchun o'shiy rahmatulloh ali ixtiyoriy ravishda kufr so'zini talaffuz qilish dindan chiqib ketishlik deb aytyapti. E'tiqod qilmaydi, lekin ixtiyori bilan aytdi. Endi bu bahsga aloqasi bor masalalardan bittasi kufr kalimasini majburatgan kishini iymoni to'g'risidagi so'z. Endi majburan kufr kalimasinini aytgan odam haqida turli fikrlar bor. Masalan, hazillashib bular aytdi. Faraz qiling, masalan men xristianman deyapti. Yoki bo'lmasa falon keyinga o'tib ketdik deyapti. Kelinglar o'shalar gapini qaytarib qo'yamiz deb turib, kufr bo'lgan so'zni aytyapti ixtiyori bilan. Nasroniylar Xudoni uchta deydimi, shularni gapini qaytaramiz deydi. Tiyin oladi, qaytib qaytib aytadi yu, cho'qini ekanda aytadigan gapi. Shuni talaffuz qildingiz. Siz birov majbur qilgani yo'q, tilingizdan tortgani yo'q. Xohishingiz bilan aytdingiz. Shu holatda dindan chiqib ketasiz deyapti Sirojiddin Urushiy.
Cho'qintirayotgan aytadi yu, falonchini, falonchini falonchini nomi bilan deydi. Shu so'zni ixtiyoringiz bilan aytsangiz dindan chiqilib ketasiz deyilyapti. Tushunyapsizmi qanchalar xatar? Balog'li inson imenno lisan. Insonning balosi tiladan. Qalbi imonga to'liq bo'lgan holda, ro'parasida turgan aniq o'limdan qutulish uchungina o'zini iymondan qaytib qilib ko'rsatish, qaytgan qilib ko'rsatsh, kufr bo'lmasligi oyat bilan sobit bo'lgan. Ro'parasida aniq o'lim turibdi. O'sha kufr kalimasini aytmasa, aniq o'ladi. Shu paytda kufr kalimasinini aytsa, o'zini iymondan ketgan qilib ko'rsa, bu odam gunohkor bo'lmaydi. Astaydi billa. Man kafaro billa hid min ba'di iymanihi, illa man ukri havoqol buhumut man innum bil iyman. Bu ammorimni yosir haqida tushgan g'oyat deyiladi. Kim Allohga iymon keltirganidan keyin, yana qaytib kofir bo'lsa, holiga voy. Lekin kimning qalbi iymon bilan xotirjam bo'lgan holda, kufr kalimasini aytishga majbur qilinsa, u mustasno.
Valakim man sharofa belkufri sodro, fa alahim g'odobun minallohi valahum adabun adhim. Ammo kim ko'nglini kufrga ochsa, bas, u kabilarga Alloh tomonidan g'azab va ulkan azob bordir. O'lim xavfi turgan paytda kufr kalimasini aytsa, bu odam gunohkor bo'lmaydi. Ya'ni, iymonga kelganidan keyin kufr kalimasin kufrga rozi bo'lib turib, aytsa, ko'ksini mana shu kufrga olsa, bundaylarga jahannam azobi bor. Ammo aytdik hozir, qalbi iymon bilan turibdi. Lekin jonini saqlashligi uchun kufr kalimasini aytsa, bundaylarga azob bo'lmaydi. Bu oyatni bu fasllarimiz Ammoriddin Yosur roziyallohu anhuh haqida nozil bo'lgan deyishadi. Islomning avvalida kurash mushriklari islomga kirgan musulmonlarni zaif bechoralarni qattiq azoblashga kirishdi. Har bitta urug', kattalari o'zini urug'idan bo'lgan muomalalarni azoblashlikni o'z zimmasiga olishdi. Ammorimni Yosir Banu Mahzumning ma'lolaridan edi. Ularni azoblashi ligini Abu Jahl o'zini zimmasiga oldi.
Ammo ro'myosini otasi Yosir, onasi Sumayyani qattiq azobladi. Ular Abu Jahl aytgan so'zni qaytarishmadi. Abu Jahl ikkalasini ham qatl qildi. Islomdagi birinchi shahidlar. Otang, onang yengib ketishdi meni, dedi Abu Jahl, ammo ro'myosirga. Men talab qilgan narsani aytishmadi. Endi seni oson ishga o'ldirmayman. To men aytgan gapni aytasan, ungacha azoblayveraman deb, chidab bo'lmaydigan darajada qattiq azoblarga soldi. Temirni qizilib jasadiga bosaverdi, bosaverdi. Ammoriddin yosur hushidan ketar edi. O'zidan ketib, azobni qattiqligidan, nima deyotganini bilmasdan mana shu Abu Jahl aytgan kufr kalimasini takrorlab qo'ydi. Shundan keyin Abu Jahl qo'yib yubordi. Odamlar ammorimni yosir kofir bo'ldi degan gapni tarqatishdi. Va o'zi ham Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga yig'lab keldi. Haqiqatdan aytdi shu kufr kalimasini. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam, qalbing nima deyapti? Deb so'radilar. U kishi aytdiki, iymon bilan limmo lim. Qalbi faqatgina iymon bilan xotirjamligini aytdi.
Shunda Rasululloh aytdilar, agar ular qaytarishsa, sen ham qaytarib qo'yaver. Yana shunaqa azobni qilib, seni shu kufr kalimasini qaytarda majbur qilsa, sen yana bir marta aytib qo'yaover dedi. Subbo Muhammadan dedi. Muhammadni so'kasan dedi. Boyagi azobni qattiqligidan aytdi. Unga ham ko'nmasdan bu layn yerda yumalab ketayotgan qo'ng'izni ko'rsatib, mana shu qo'ng'uz meni robbim deysan dedi. Buni ham aytdi. Lekin hozir aytayotganimizdek, bu kishi o'lim ro'parasida edi. Azobni qattiqligidan aytdi va Payg'ambarimiz bu kishiga iymonda ekanligini bildirdilar. Va mana shu oyat nozil bo'ldi. Qalbi, iymon bilan xotirjam bo'lgan holda kufr kalimasini aytishga majbur qilinganlar bundan mustasno. Bizga tegishli joyi ukalar, tilimizni ichidan chiqib ketmasin ana shu g'ayri dinlarni, kufr kalimalarni aytishlik. Biz e'tiqod qilmayapmiz, ishonmaymiz. Hazillashib aytyapmiz. Prosta nima qilyapmiz?
Ana shu prosta nima qilib qo'yganingiz, o'ylamasdan oddiy tilingizni ichida aytib qo'yganiz, dindan chiqarib yuboradi sizni. Amoriddin yosin roziyallohu anhuni tarjimai holi. Ammo roziyalloh anhu mana araruston yarim oroldagi texomi nomli joyda hijratdan ellik to'rt yoki ellik yetti yil oldin tug'ilgan. Nasablari ammor ibn yosur, ibn omir, ibn molik, ibn kinoni, ibn qays bo'lgan. Bu kishi islomni avvalida kalima keltirgan, da'vatni avvalida musulmon bo'lgan kishilardan. Bu kishi islomga kirgan odamlardan yettinchi sahm deyilgan rivoyatlar bor. Yettinchi odam bo'lgan islomga kirgan. Bu sahoba Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bilan ko'p g'azolotlarda birga bo'lgan. Uxud, Ag'zob, Haybar, Makkafatih, Xunayn g'azolotlarida. Otasi yosir, asli yamanlik bo'ladi, Makkaga kelib qolib ketadi shu yerda. Shu yerda Banu Mahzun urunning saidlaridan bo'lgan Abu Xo'jayf ibn Mug'irani cho'risi Sumayga uylanadi da, undan Ammo roziyallohu anh tug'iladi. Ammo Orif Yusuf uzun bo'ylik, keng yelkalik odam bo'lgan. Onasi Sumaya bintihoyat islomda birinchi shahid bo'lgan inson. Birinchi shahit bo'lgan insoni mana shu ayol kishi bo'ladi.
Ammorimniy osir dorul arqamda islomni qabul qilgan va islomiga islomga kirganidan keyin otasi onasi ham unga ergashgan. Bu oila mana shu islomni qanbul qilganligi sababli ko'p azoblarga qolgan. Hozir aytib o'tdik. Qurash mushriklari bularni qiynab, qolgan yangi musulmon bo'lmoqchi bo'lganlarni qo'rqitmoqchi bo'lishgan.
Abu Jahl islomdan qaytarish uchun bu oilaga qattiq azoblarni berdi, lekin ular islomda sobit turdi. Yosir bilan Sumaya shahid bo'ldi, islomda birinchi shahidlar. Yosirni o'ldirishmadi. Mana aytib o'tganimizdek, qiynolarga chidamasdan, ana shu o'limni oldida ammorimni yosir kufr kalimasini aytdi, ammo yuqoridagi oyat nozil bo'ldi. Kim Allohga iymon keltirgandan keyin yana qaytib kofir bo'lsa, holiga voy. Lekin kimning qalbi iymon bilan xotirjam bo'lgan holda kufr kalimasini aytingga majbur qilinsa, u mustasnodir. Ammo kimki ko'nglini kufrga ochsa, bas u kabilarga Alloh tomonidan g'azab va ulkan azob bordir. Tushunarli birodarlar, tilimizga yeta olaylik. G'ayri dinlarning kufr kalimalarini hazillashib ham, o'ynab ham tilimiz bilan chiqarmaylik. Chunki bu narsa siz bilan bizni bilmagan holda kufrga olib borib qo'yadigan ishlardan.
Amorimniy osi roziyallohu anhun ikki marta hijrat qilgan. Qibla o'zgartirilishidan avval baytul maxtisga qarab namoz o'qigan sahobalar qatorida bo'lgan. Badr, uxud g'azolotlarida qo'shinni oldingi safida turib jang qilgan. Bayatur rizvonda qatnashgan. Yamomo g'azolotida quloqlari kesilib ketgan. Keyinchalik umariddin xattob o'zi xalifa bo'lgan davrda kofaga bu kishini voli qilib tayinlagan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ammoru niyosir haqida aytgan bir qancha hadislarni o'qib qo'yamiz. Amor didlar rasululloh boshidan oyog'igacha iymon bilan to'ldirilgan. Iymon uning go'shti va qonlariga aralashib ketgan. Yana aytadilar rasululloh jannat uch kishiga mushtoqdir. Aliga, ammorga va salmonga, rohiyallohu men huhmat juma. Yana aytdilar, sumayyaning o'g'li ikki ish o'rtasidan albatta to'g'rirog'ini ixtiyor qiladi. Shuning uchun uni izidan yuringlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidi qurilayotganida, sahobalar g'isht ko'tarishgan. Katta g'ishtlar bo'lgan. Hamma bittadan g'isht ko' tarsa, bu sahoba ikkitadan g'isht yo'targan. Rasululloh u kishini ko'rib turib, voy hammor deydilar. Ha bechor ammor. Uni haddidan oshgan toifalar qatl qiladi deydilar.
Mana bir necha yillardan keyin sifin marakasida ali ibn abit olibni va moyotun nabusofiyonni o'rtasida bo'lgan sifin marakasi da ammor ibn yosur ali ibn abit olib tomonida bo'ladi. Aytilyapti yu, ikkita ishni tollash kerak bo'lganda, ammor eng to'g'risini to'laydi dedilar. Va ammorni haddidan oshgan toifa o'ldiradi dedilar. Qatl qilinganidan keyin, muoviyatun nabu sofiyonni qo'shidagilar tushunadi nima ish qilib qo'yishganini. Rasululloh aytgan, haddidan oshkan toifa biz bo'pmiz deb juda ko'pchiligi to'g'ri yo'lga qaytadi.
Ammo ro'myos roziyallohu anhu mana o'ttiz yettinchi milodiy yilda siffin jangida ali ibn abit tolibni qo'shini safida jangga kirgan va moviy ro'myallohu anhuning qo'shini tomonidan qatl qilingan. To'qson yoshdan oshgan ammo ro'myos ro'myallohuhuni mana shu o'limi ko'plab musulmonlarni xalq qaysi tarafda ekanligini tushunishiga sabab bo'lgan. Chunki payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so'zlari bor edi. Ammorni o'ldiradigan bog'iy guruhning holiga voy. Bu ularni jannatga chaqiradi. Ular esa uni do'zaxga chaqirishadi, deganlar edi.
Ali roziyallohu uzzotni jasadini ko'tarib olib chiqadilar. Ko'pchilik jamoat bilan uni janozasini o'qishadi, kiyimlari bilan dafn qilishadi. Kufrga majburlanish haqida gap ketar ekan, birodarlar. Kufrga majburlanishni ham darajalari bor. Kufr so'zini aytishlikka majburlangan odamni ham darajalori bor.
Fatavoy qoziqxon sohibi majburlangan kishiga ruxsat berilgan va man qilingan ishlar mavzusida majburlangan kishi larning holati haqida batafsil ma'lumot bergan. Majburlangan kishiga ruxsat berilgan va man etilgan ishlar. Ular to'rt qismdir. Birinchisi, majbur qilingan amaldan bosh tortishdan ko'ra, uni bajarish to'g'riroq hisoblanadigan, bosh tortish sababli gunohkorga aylanadigan ishlar. Masalan, o'limtik go'shtini yeyishlik yoki biror bir harom narsani yeyishlikka majbur qilinyapti, yemasa qatl bo'lishi aniq.
Yemasa qatl bo'shiga aniq. Shuning uchun bu qatl bo'lib ketgandan ko'ra mana shu majburlangan ishni qilishlik to'g'riroq bo'ladi. Chunki jonini saqlab qolishligi muhimroq. Ikkinchisi, majbur qilingan amaldan bosh tortish to'g'rirov bo'lgan, qilmaslik tufayli savobga ega bo'ladigan, ammo qilish sababli gunohkor ham bo'lmaydigan ishlar. Masalan, Alloh Taologa kufr keltirishga majbur qilinib, agar kufr keltirmasa, o'ldirilishi yoki biror a'zosiga talofat etilishi bildirilsa, til uchida aytib, halokatdan qutulib qolishga ruxsat borligini bilsa ham, bu ishni o'ziga ep ko'rmasdan bosh tortsa, savobga ega bo'ladi. Shuningdek, o'sha qutulib qolinishi uchun shu o'limdan, til uchida aytsa ham gunohkor bo'lmaydi.
Ammo o'ldirish yo biror a'zosga talofat yetkazishmas, kishanlab qo'yib, qamab qo'yish bildirilganda, garchi qalbi imom bilan limmo lim bo'lib turgan bo'lsa ham, til uchida ham kufr kalimasini aytishi mumkin emas. Qamab qoqadigan bo'lsa, qamab o'tirgan yaxshi, kufr kalimasni aytgandan ko'ra. Faqatgina o'lim xatari tursa, biron a'zosini kesib tashlashlik xatari turgan bo'lisa, shu holatdagina kufr kalimasinini aytishi mumkinda, to'g'rimi, olarmiz.
Uchinchisi. Majbur qilingan amaldan bosh tortish tufayli savobga ega bo'linadigan, uni bajarish sababli gunohkor bo'ladigan ishlar. Masalan, musulmon kishini o'ldirish yo zino qilishga majburlanib, agar bajarmasa, o'ldirilishi bildirilsa, jonini bersa ham bu ishdan hazar qilishi tufayli savabga ega bo'ladi. Ammo jonini qutqarish uchun shu ishni qilib qo'ysa, gunohkor bo'ladi xolos.
To'rtinchisi, majburlangan ishni qilish va qilmaslik barobar bo'lgan ishlar. Masalan, boshqa moliga talofat yetkazishga majburlansa, bunday holatda ikkala taraf ham barobar bo'lib qoladi. Bayon qilinganlarni hammasida majburlanayotgan kishi bildirilayotgan narsani qo'rqitish yoki po'psi uchunmas, ayni qatl qilishi uchun, ayni amalga oshishini aniq ekanligiga ishonsagina, majburlangan hukmida bo'ladi. Aks holda, bu hukmda bo'lmaydi.
Demak, sizni mana shu kufrga sabab bo'ladigan ishni qilishingiz yoki so'zni aytishligingiz, ro'parasida o'lim xatari turgan bo'lsa, biror a'zosini kesib chopib tashlashlik xatari turgan bossagina, qalbi iymon bilan to'lib turgan holda kufr kalimasini aytsa, kofir bo'lmaydi. Undan boshqa holatlarda bu so'zlarni hazillashib ham aytib bo'lmaydi'. Alloh azza va jalla o'zi haqida bardavom bo'lishimizga tavfiq bergan bo'lsin. Aquli qovli ha da. Va astag'firulloh ili varakum. Innallohi va malakati g'u yusalluna ala nabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi va sallamu taslima. Vassalomu alaykum.