Maviza
—Qoralama4 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
3:45
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi nahmaduhu anasta a'inuhu anasta g'firuh va na'udhubillahi men shu'ruri ampusina va men sayyi'ati amalina. Men yahdihillahi falamudillala va men yudhirilg'u falaha deyala. Va nashqaduvalla iloh ila allohu vahdahlash sharikala va nashqadu anna muhammadan abduhu rasuluh.

Ammabayt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Sirojiddin o'shining badul amaliy asarini o'qiyotgan edik. Qirq sakkizinchi baytga keldik. Qirq sakkizinchi baytimizni mavzusi, masning gapi e'tiborga olinadimi? Sirojiddin osha aytadi vala tahkum bi kufri hali sukrin bima yahziy va yalg'u bir tijali. Tarjimasi, mastlik holatida aljirashi va bema'ni gaplarni gapirishi sababli kufrga hukm qilib yubormagin. Nazmiy bayoni, mast kimsa kufrga hikm etilmas, o'ylamasdan behuda, aljiragan bas.

Harom qilingan ichimlarni ichgan kishi gunoh kabi raqib ham bo'ladi. Uni mana shu dunyodagi zarralardan bittasi insonni o'zi aytayotgan so'zga parvo qilmaydigan, qilayotgan ishlariga javobgarlikni his qilmaydigan darajaga tushirib qo'yishi. Agar biror kimsa ana shunday ayanchli holatga tushsa, uning aytayotganso'zlari ham boshqalar tarafidan inobatga olinishi darajasidan pastga tushadi. Hamma bunaqa odamni, bunaqa bir holatga tushib qolgan odamni aytayotgan bo'lgan so'zlari e'tiborli emasligini yaxshi biladi. Ammo shunday mast kishi shariatimizda kufr hisoblangan bironta bir so'zni aytsa chi, unda u kofir bo'ladimi? Kufrga hukm qilinadimi? Yo shu holatda ham uni so'zi e'tiborga olinmaydimi? O'sha rahmatullohlik mana shu savolga javob qilib, mast kimsa kufrga hikm etilmas, o'ylamasdan behuda, aljiragan bas deydi. Abdulhamid mahmud tahmos fix xul hanafiy fi thabbi hil jadid kitobida quyidagilarni yozgan. Mas kishi dindan qaytsa, murtadlikka hukm qilinmaydi. Chunki murtadlik kufrga e'tiqod qilish jihatidan yoki din hukmlarini arzimas hisoblash jihatidan yuzaga keladi.

Mas kishida esa to'liq idrok etish bo'lmagani uchun, kufrga ehtiyot qilish ham arzimas hisoblab ham bo'lmaydi. Chunki bular idrok etish bilan bo'ladigan narsalar, ushbu so'z zohiriy jihatdan chiqaradigan hukmdir. Ammo uning qalbida nima o'tayotgani, Alloh Taolo'ga ma'lum. Agar kufr kalimasini ma'nosini bilib turib, qasddan aytgan bo'lsa, kofir bo'ladi. Agar bilmasdan aytib qo'ygan bo'lsa. Kofir bo'lmaydi. Demak, birodarlar, mas odam. O'zini aql hushini yo'qotib, nima deyotganini, nima qilayotganligini idrok qilmasdan, aylamasdan, kufrga sabab bo'ladigan fe'lni qilsa, yoki kufrga sabob bo'ladigan bir so'zni aytadigan bo'lsa, bu odam masligi e'tiboridan kofir deb hukm qilinmaydi. Bu endi u bilan Allohni o'rtasidagi narsa bo'lib qoladi. Fe'lanmas bo'lib aytgan bo'lsa, gap e'tiborga olinmayapti. Agar bilib turayotgan bo'lsa kofir bo'ladi.

Aqol qovli ha da va astag'firullohali va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)