Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh va na'udhubillahi min ash g'urur ya'nfusinah va min sayyati amalina. Man yahdihinlar hufala mudiddalalar va man yuddiylik hufala hadiyalar. Mana shadvalloh iloh ilalloh va hidahular sharikalar va nashhad anna muhammadin abduhu va rasuluh. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
Sirojiddin o'shining badul amma olasarini o'qiyapmiz, birodarlar. Ellikinchi baytga keldik. Va g'oyron il mukavvanu la kashayin ma at takviniy xulhu likti haliy. Tarjimasi mukavvan takvin bilan bir narsa emas. Boshqa boshqa narsalardir. Buni, ya'ni ushbu so'zni ko'zga surma qilib olgan. Nazmiy bayonim. Mukavvan boshqadir, boshqadir takvin, buni sen ko'zingga surmadek olgin. Matn sharhi. Takvin lug'atda paydo qilish, vujudga keltirishlik ma'nolarini bildiradi. Istiloqda esa, nomavjudni yo'qlikdan borliqqa chiqarish takvin deb ataladi. Demak, takvin deganda Alloh Taoloning narsalarni yo'qlikdan borliqqa chiqarishi, ya'ni paydo qilishi tushuniladi. Takvim mana shu. Ushbu sifat hayotga taalluqli bo'lish e'tiboridan ixyo, hayotni paydo qilish, o'limga taalluqlik bo'lish e'tirofidan imota, o'limni vujudga keltirish, suratga taalluqlim bo'lish e'tirofidan tasvir va hokazo.
Nimaga taalluqli? Bo'lsa, o'sha narsani paydo qilish sifati deya nomlanadi. Ushbu son sanasi sifatlarini umumiy nomi takvin sifatida nomlanadi. Moturiddiy mazhabiga ko'ra, takvin sifati Alloh Taoloning azaliy sifati hisoblanadi. Bunga ham aqliy, bunga ham aqliy, ham naqliy dalillar bor. Naqliy dalil. Astay deb bila. Innama amruhu ida aroda shay'an. Innama amruhu ido aroda shayan an yaqul ala hukm fayakum. Yozuv surasi. Qachon biror narsani iroda qilsa, uning ishi, ya'ni Allohnin ishi bo'l demoqlikdir. Xolos. Bas, u narsa bo'lur. Bu oyatda kelgan kun Allohnin taklif sifatining bayoni. Ya'ni mana shu kun fe'li, kun buyruq fe'li, kun amri, kof va lun harflarini aytishmas, balki alloh taoloning narsalarni vujudga keltirishining qisqa va lo'nda bayonidir. Aqliy dalil. Alloh butun olamning mukavini, ya'ni yaratuvchisidir. Ushbu mukavin degan ism Alloh Taologa nisbatan qo'llaniladi.
Bu ism aslida takvin masdaridan ishtixon qilib olingan, ismi foin. Ishni qoqilib olingan ismni esa birovga faqat uning maslari unda bo'lsagina qo'llash to'g'ri bo'ladi. Masalan, birovga olim sifatini berish to'g'ri bilishi uchun, unda olim ishni qoqilib bo'lingan ilm maslari bo'lsagina to'g'ri boradi. Ya'ni shu odamda ilm bo'lsa, ilm olim deyishi mumkin. Shu ma'noda Allohga mukavvim nisbatini berishni o'zi unda takvin sifati borligini taqozo qiladi. Takvin sifati haqida Umar Nasafiy rahmatulloh alayh aqoydu Nasafiyada quyidagilarni yozgan. Takvin Allohning azaliy sifatidir. U olamni va uning har bir juzini vujudga keltirish vaqtidagi yaratishidir. U bizning nazdimizda mukavvandan boshqadir. Ya'ni takvin boshqa, mukavon boshqa deyapti.
Ushbu matnlarni Alloma Taftazoniy birma bir batafsil sharhlab chiqqan. Taftazoniy aytadi, takvin azaliy va abadiy boqiy turuvchidir. Mukavon esa vujudga kelishga taalluqli bo'lish e'tiboridan yangidan paydo bo'luvchidir. Takvin sifati ham xuddi ilm, qudrat va bulardan boshqa qadim sifatlar kabidir. Bu sifatlarning qadim bo'lganligi sababli, ularga taalluqli narsalarning ham qadim bo'lishi kelib chiqmagani kabi, taklif sifatiga taalluqli nasalarning hodisligi sababli taklif sifating ham hodis bo'lishi kelb chiqmaydi.
Bu sifatning qadim bo'shgani sababli, ularga taalluqli narsalarning ham qadim bo'lishi kelib chiqmagani kabi, takvim sifatiga taalluqli nasalarning hodisligi sababli, takvim sbatining ham hodis bo'lishi kelilib chiqmaydi. Ushbu'lar bu haqida aytilgan so'zlarning tahqiqidir. Zero, olamning vujudga kelishi alloh taoloning zotiga yoki sifatlaridan bir sifatiga ta'luqli bo'lmagan bo'lsa, mantiqan, yaratuvchining sifatlarini inkor qilish va vujudga keladigan narsalarni vujudga keltiruvchidan behojatda bilish yuzaga kelib qoladi. Bu esa mumkin emas, deydi imomut avtozomi.
Ash'ariya mazhabida takvin hodis deb qaralgan va uning hodisligiga shunday dalil keltirilgan. Takvinni fe'li sifatlarini qadim deyish mukavvan paydo qilinganni ham qadim deyish bo'lib qoladi. Ya'ni takvinni qadim dey ish, mukavvanni ham qadimdey ish bo'lib qolad. Chunki takvin bo'lgan u, lekin mukavvan bo'lmagan deyish, xuddi zarba bo'lgan u lekin mazrob zarba berilgan, bo'lmagan, deyishga o'xshab qoladi. Bu esa muhol narsadir. Shuning uchun takvinni hodisiga e'tiqod qilishimiz kerak deyishgan ash'adilar.
Moturidiylar bu qarashlarga shunday javob berishgan. Agar fe'li sifatlar hodis bo'lganida, Alloh Taoloning zoti azarda bu sifatlardan xoli bo'lib, so'ngra ular bilan sifatlangan bo'lar edi. Bu narsa bo'lsa, u zotda o'zgarish bo'lganiga dalolat qilib qoladi. U zotda o'zgarish bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun takvin qadimdir, uning mukavanga ta'sir o'tkazishi hodisdir, deb e'tiqod qilishimiz kerak degan moturuvdilar.
Mana shu nuqtada moturuvdilar va ash'ariylar orasidagi farq ko'rinadi. Ya'ni, ash'ariylar takvin deganda, qudrat va iroda sifatlarining maxluqotlarga ta'sir o'tqazishini nazarda tutishgan, va ana shu ta'sir o'tkazishni o'zini nazarda tutib, uni hodis deyishgan. Moturudiynilar esa, bu sifatni borligini mukavvanga ta'sir o'tkichdan oldin ham mutlaqo ibtidosiz bor bo'lgani nazarda tutishgan. Xulosa shuki, agar ikkala tarafni qadim yoki hodis deb aytayotgan narsalarida nimani nazarda tutayotganlarini aniqlashtirib olinsa, o'rtadagi ixtiro faqat lafzi ekani ma'lum bo'ladi. Demak, birodarlar, ellikinchi matnni tugatdik. Ellikinchi matnda. G'oyronil mukavvanu la kashagin ma'ad takviini hudhu li tehali. Mukavvan takviin bilan bir narsa emas, boshqa boshqa narsalardir. Buni ko'zga surma qilib olgan. Nazmiy bayoni. Mukavvan boshqadir, boshqadir takviin. Buni sen ko'zingga surmadek olgin. Demak, imomimotirni aqidasida mukavvan boshqa narsa, takvin boshqa nars.
Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.