Maviza
—Qoralama25 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
25:10
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi narxmatuhu onasidan aynuhu onasidan g'urur. Va na'udhu billahi min shu'rur yan husina. Va min sayyihati amalina man yahdihillahi falah muvillala, va man yug'ili ilahi falaha deyala. Onashg'adval la ilaha illallohu vahdahul ash sharikala, onashg'ad anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va harakatuh. Silojiddin ali ibn usmon al o'shiyning badul amaliy asarini o'qiyapmiz, birodarlar. Bu kitob aqidaga oid kitoblarimizdan.

Bobomiz Silojiddin o'sha aytadi, ellik birinchi bayt, rizq tushunchasi haqidagi e'tiqodimiz. Rizq. Bu odamlarni doim o'ylantirib kelgan, doim boshini qatirib kelgan va hayotini asosiy vaqtini egallagan mavzu. Rizq haqidagi insonni tasavvuri, o'lchovi, tushunchalari to'g'ri bo'lgandan keyin, hayotida osudalik bo'ladi. Rizq haqidagi tasavvuri to'g'ri bog'langandan keyin, keyin inson halolga o'zini uradi, xolamdan taqvo qiladi.

Alloh Taolo rizq degan narsani o'zini zimmasiga olgan. Ibodat degan narsani bandani zimmasiga uylagan. Qaytaraman. Rizq meni zimmamga deyapti Alloh Taolo. Ibodat sening zimmangga deyaptialloh taolo. Endi banda o'zini g'ofilligidan, gumrohligidan, ojiz zaifligidan, Alloh o'zini zimmasiga olgan. Rizqni qabul qilib yuribdi. Alloh o'zini zimmasiga olgan rizqini g'amini qilib yuribdi, lekin o'zini yelkasi yuklatilgan, zimmasi yuklatilgan ibodatni tashlab qo'yib yuribdi.

Insonni hayoti o'zgaradi, o'lchov tushunchasi tuzalganda deymiz, doim. Birinchi navbatda tuzalishi kerak bo'lgani, rizq haqidagi tasavvur. Rizq masalasi ham aqida masalasi, birodarlar, e'tiqod masalasi. Shuning uchun bu haqidagi bizni e'tiqodimiz quyidagicha. Sirojiddin o'sha aytadi va innah so'xta rizqun mirtila hillin va innah yakroh maqolii kulla qolii. Tarjimasi, albatta, harom mol, agarchi so'zini barcha yomon ko'ruvchilar yoqtirmasa ham, halol moldek rizqdir.

Bu yerdagi suhbatni mavzusi, harom narsa ham rizqmi? Yoki faqatgina halol rizqmi? Harom narsa rizq bo'ladimi? Yoki rizq bo'lmaydimi? Degan bahsni muolaja qilamiz. Nazmiy bayoni, harom mol haloldek rizqdir begumon, rad etuvchi so'zimni ko'rsa ham yomon.

Odamlar gapimni yoqtirmasa ham, bu so'zim yoqmasa ham, harom narsa ham, halol narsadaqa rizq deyapti. Silojiddin o'sha. Rizq so'zi, birodarlar, lug'aviy jihatdan kunlik ovqat, ulush, in'om degan ma'nolarni bildiradi. Lug'aviy ma'nosi shu. Istilohiy ma'nosi esa, Alloh Taolo jonzotlarga yetkazgan va ular iste'mol qilgan narsa rizq deb ataladi. Avvalgi darslarimizda aytdik, kasb bilan rizqni o'rtasidagi farqni.

Siz to'plab qo'ygan, seyfga tiqib qo'ygan narsa rizq emas. U kasb. Endi ana shu to'plab qilgan narsangizdan yeb bo'lganingiz, ichib bo'lganing, kiyib bo'lgani, ishlatib bo'lganiz, rizq. To'plab qolgan narsangiz, bu kasbingiz, shundan sarf qilib ishlatib bo'maganingiz, rizqingiz.

Shunda bizni rizqimiz ko'proq bo'lyaptimi, kasbimizmi? Kambag'al odamlarda rizqi ko'p bo'ladi, boylarda kasb ko'p bo'ladimi. Chunki to'plab qo'ygani ko'p da, yerda hech nima qilmadi. Lekin kasbinglarga ham javob berasizlar boylar. Dunyodagi hamma jonzotni rizqini Alloh Subhanahu va Taolo o'zini zimmasiga olgan va belgilab qo'yilgan. Chunki ana shu hadisda aytilganidek, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida innna ahadakum yujmu u xolquhu fiy batni ummihi arba ina yomonnutfatani hadis. Albatta sizlarni, sizlarning har biringiz onasini qornida qirq kun nutfa holda turadi. Yana shuncha qirq kun o'tadi, lahda qonga aylanadi. Yana shuncha qirq kun o'tadi, bir parcha go'shtga aylanadi. So'nggina farishta yuboriladi. To'rtta narsa yozib qo'yiladi taqdiriga. Shuni birinchisi rizqi. Ikkinchisi ajali. Uchinchisi amali, to'rtinchisi baxtli yoki baxtsiz bo'lishi. Birinchi nimasi yozildi? Tamom, rizq yozildi. U ko'paymaydi ham, ozaymaydi ham. Shunga iymonimiz komil bo'lsin.

Bizni rizq haqidagi tasavvurlarimiz, tushunchalarimiz, ilmimiz noto'g'ri bo'lganligi uchun, hamma narsani tashlab qo'yib turib, faqat pul topish bilan yuribmiz. So'foy Allohir bobomiz aytadiki, qidirg'on birla rizqing qattala toshmas, ketar qadring qadrdan hargiz oshmas. Har qancha joningni jabborga berma, o'zingni o'tdan cho'qqa urma, yozilganidan oshcha rizq ololmaysan.

Ketar qadring, qadrdan har giz oshmas. Taqdir qilingan kun bor o'ladigan kuning, o'shandan bir kun ham oshiqcha yashamaysan. Ajalidan besh kun burun o'libdi. Shu gap to'g'ri ekanmi? Ajalidan bir sekund burun ham, bir sekund keyin ham bilmaydi. Fayda ajaluhim la ayasda hirunasa atava la ayasda qidimun deydi Alloh Taolo. Qachonki ularning ajallari kelganda, bir soat oldiga ham, bir soat orqaga ham tushira olmaydilar. Shuning uchun aytyapman u, mana bu rizq haqidagi tasavvurni tuzatib oling da. Xotirjam bo'lib qolasiz. Muhimi ishlayapsiz. Muhimi rizqni sababini qilyapsiz. Muhmi halolsiz. Ibodatni qilyapsizmi? Endi buyog'i yozilgani bo'ladi.

Biz ham odamlardag'a yashamikinmiz? Noto'g'ri savol bu. Sen odamlardag'sa yashamaysan. Sen taqdiringga yozganda qayashaysan. Sen yozilgan rizqni olasan. Faqat u rizqni barakali qilib olasan yoki bebaraka qilib olasan. Shunga qanoat hosil qilib olgin da, shunda seni hech narsa qo'rqitmaydi, hech narsa cho'chitmaydi.

Ibn Ato Alloh Sakan Dary, Hikomil Atovada shunday deydi. Alloh senga kafolat bergan narsa yo'lida bor kuching bilan tirishib, sendan talab qilgan narsa yo'qida hafsalasiz bo'lishing, qalb ko'zing ko'rligiga dalildir. Tushunarlimi? Alloh taqdiringni yozib qo'ygan, rizqing Allohnin zimmasida, Alloh o'zini zimmasiga olib qo'ykan narsani topish uchun bor kuchingni sarflayapsan, endi ibodat seni bo'yningga deb yozib qo'ygan. A bu narsaga beparvo bo'layotganliging qalbingni ko'zini ko'rligi deyapti.

Qalbini ko'zi ochiq odam aytadi. Yozilgan rizq bor. Allohdan rizq mendan sabab deydi. Qarang, Muso alayhissalom va Alayhissalom qizlar Alayhissalom hissasini. Nurab yiqilib ketayotgan devonni ikkala Payg'ambar kelib urib tikka qilib qo'ydi. Keyin sababini aytdi Muso alayhissalomga, Xizr alayhissalom. Nimaga bu devoldek urdik? Egasini topib, xizmatini olmaymizmi haqqini, mehnat qildik deganida, bu devor ikkita yetim bolani devori edi. Tagida xazina bor edi. Agar devor yana nurashda davom etsa, xazina ochilib qoladi da, odamlar talon taroj qilib yuboradi. Lekin, bu oltin ana shu ikkita yetim bola rizqi. Ulardan boshqasi olishi mumkin emas. Alloh yozganmi? Bu bolalar nimani biladi? Bilmayapti ikkita payg'ambar kelib devorini tikka qilib qo'yayotganligini. Nima uchun bunday bo'lyapti? Alloh xohlaganda rizqini olishini shu bolalarni. To balog'atga yetib, shu xazinasini chiqarib olishligi uchun parvardigoring devorni urib qo'ydi da, devorni urdik dedi.

Tushunaylik rizqni nimaligini. Rizq deb o'lib yubormaylik. Bir rez deydi, Rossiyaga borib kelsam bo'lib ketardim deydi. Falonchi bir rez borib kelib bo'lib ketdi deydi. Endi o'sha Rossiyaga bir rez borib bo'lib ketgan odam, bu yoqda boshqa ish qilganda ham bo'lib ketishini yozgan ekan Alloh. Alloh unga bo'lib ketishni yozgan kun kelgan edi, shuning uchun bo'lib ketdi. Agar mana xandon pista sotganda ham, g'isht sotganda ham o'sha bo'lib ketar edi.

Shuni tushuninglar. Yolg'on gapir, rizqimizni ko'paytira olmaymiz. Rost gapirib rizqimizni hissa qilib qo'ya olmaymiz. Qaytaramiz. Alloh senga kafolat berilgan narsa yo'lida, Alloh kafolat bergan narsa yo'qda, bor kuchingni sarflab, tirishib, sendan talab qilingan narsa yo'lidan, ibodat yo'lida, hafsalasiz bo'lishing qalb ko'zingni ko'rligiga dalildir. Tushunalaymi?

Yozgan, keladi. Yozilmagan, kelmaydi. Yozilgan bo'lsa, qayoqqa qochay? Yozilmagan bo'lsa, nimadan qo'rqay? Sportsmenlar, yutqazib qo'ydinglar. Yugurdik, to'qson minut, jonimizni jabborga berdik. Xullas, bor kuchimiz sababdan yutqazdik. Endi nima deyish kerak?

Sen vaqtida oshirishing kerak edi to'pni menga. O'sha paytda sen ozgina zadashchik qilib qo'yding. Yo'q, birodar, bo'bo'ldi. Bo'bo'ldimi? Qoddorallohu ma'da sha'athumma fa'ladi, deydi musulmon. Alloh o'zi xohlagan narsani taqdir qildi va shu narsa amalga oshdi. Ma sha'allohu ka'na va ma lan ya sha lan yakun.

Bundan tashqari birodarlar, rizq masalasida xotirjam bo'lishligimiz kerakki, robbimiz subhanahu va taolo buni bizga xabarini beryapti. Istaydi billa. Va ilayhi yur jaul amru kulluhu fa'buduhu va tavakkal alayh. Hamma ish unga qaytadi. Hamma ish Allohga qaytadi, bas, ibodat qil va unga suyadi.

Bizga mana Alloh Taolo ibodat qilishimizni yelkamizga yuklabdi a? Endi ibodat qilga buyurishdan avval aytyapti, ey, hamma ish meni qo'limda. Hamma ish meni qo'limda, rizq qilgan meni qo'lida. Sen g'am qilma buni. Sen ibodatingni qil, tavakkaligini qil. Chunki robbimiz qalbimizga, qalbimizga taskin berib qo'ygandan keyin ibodat deb yuryapti.

Namoz o'qi, namoz o'qi deyapsan. Ishni kim qiladi? Deydi. Olma pish og'zimga tushdi, bu qora kallaga quloq solsang o'tirib ol. Kim aytdi senga olma pish og'simga tushdi? Deydi qora kalla. Sen sababini qilasan. Natija kimdan? Shuning uchun Alloh azza va jalla mana baqara surasida marhamat qiladi.

Ya yuhannas, kunu minma fil avdiy halalan toyiba. Ey insonlar, biz sizlarga rizq qilib bergan narsani halolini yeylar. Ey insonlar! Sizlarni va sizlardan oldingilarni yaratgan robbingizga ibodat qiling. Demak Alloh Taolo yaratdimi, demak uni rizqi bor. Inson ana shu rizqini kasb qilishlikka, qo'lga kiritishlikka ozgina harakat qiladi, ibodatni qilib qo'yganidan keyin. Shuning uchun birodarlar, qimmat mashina minish, chiroyli mashina minish harom emas.

Chiroyli uy solishlik harom emas. Chiroqli to'kin sochin, boy badavlat hayot kechirishlik harom emass. Chunki Alloh Taolo bandalarga chiqargan bu ne'matlarni. Siz ibodatni hozir o'lib qoladigandaqa qilib turib, imoratda ming yil yashaydiganqa soling. Alloh Taologa ibodatni zo'r qilib qo'yib turib, milliard dollar topaysizmi? Muammo nimada? Bittasini qilyapti da bizning odamlarimiz. Pul topgani, faqatgina pulga kirishib kelib turib ibodatni tashlab qo'yyapti. Ibodat qilayotganini qarasangiz, faqat ibodat qilyapti, dunyoda tashlab qo'yapti. Ikkalasi ham noto'g'ri bo'ladi. Ikkalasini bitta qilishlik kerak bo'ladi.

Inson o'zini zimmasiga o'rgatilgan ibodatni qilsin, Alloh Taolo o'zini zimmasiga olgan rizqni robbisiga tashlasin. Agar inson mana shu ikkala ishni jamlaydigan bo'lsa, ibodatni ham, mehnatni ham, bu ana shu qalbi ko'zi ko'r bo'lmagan odamlardan bo'ladi. Inson ibodatni qilib, halol bilan mehnat qilarkan, ana shu qilgan mehnati gunohlarni kechirilishiga sabab bo'ladigan nimalardan bo'ladi. Taqdir qilingan rizq ko'p yemaydi ham, oz yemaydi ham. Alloh Taolo taqdir qilgan rizq keladi, taqdir qiladigan kundan.

Mana qara, bu rizq masalasi soddaroq misol kerak bo'ladigan bo'lsa, baliq tutgani qarmog'ini ko'tarib daryoga yoki ko'lga boradi yu baliqchi. U bilmaydi da bugun baliq chiqmasligini. Mana shu joy tavakkal. Uni qiladigan ishi o'sha kruchogini ustiga o'tkazadigan narsani bir uch to'rt xilini olib oladi. Ilonchilik oladi, kukuruz oladi, makka oladi, xullas binosalar oladi. Uni ishi o'sha.

Krucho'g'i kiyiladi, bismillah deb tashlaydi, bo'ldi. U yog'i kimdan? Rizq shunga o'xshaydi. Siz do'kondoshga o'tirasiz, buyog'i kimdan? Alloh taolo mana Qur'onda aytadi, istaydi billa. Nax nu qosam na bayinahun ma'i shatahun fil hayati dunya. Va rafa'na ba'dahun favqu ba'din darajat. Biz deydi Alloh Taolo, ularning dunyo hayotidagi tirikchiliklarini ham, ularning o'rtalaridagi narsani ham Biz taqsim qilganmiz. Ularni o'rtalarida Biz taqsim qilyapmiz. Shuning uchun kimi boy, kimi kambag'al bo'lishligi bu Allohni ixtiyori edi. Xuddi kimi erkak, kimi ayol bo'lishi Allohni ixtiyori bo'lganidek. Birodarlar, taqdir bitilgan. Taqdirni bitilishi ikki xil bo'ladi. Taqdir masalasi nozik masala. Hukm bo'lib yozilgan taqdir bor, va'z bo'lib yoziladigan taqdir bor. Hukm bo'lib taq yozilgan taq dir, sizni ixtiyoringizdan tashqarida bo'lgan ishlar.

Erkak ayol bo'lishingiz, bu hukm bo'li yozilgan. Kimni farzandi bo'lishingiz, hukm bo'lu yozilgan, sizni aloqangiz yo'q. Qaysi zamonda yashashingiz, hukmbo'li yozilgan? Qanaqa millat vakili bo'lishligingiz, hukmboli yozilgan? Boy kambag'al bo'lishingiz ham hukm bo'lib yozilgan. Endi vasfi bo'lib yoziladigan narsalar nima? Bu sizni ixtiyoringizdagi ishlar. Musulmon kofir bo'lishingiz ixtiyoringizda. Alloh taolo musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin demagan. Agar bunday desa hukm bo'p qolar edi. Musulmon bo'ladi yoki kofir bo'ladi dedi. Insonni o'zini ixtiyorida. Taqvoliy bo'ladi yokiy fojir bo'ladi. Tushunarlimi? Boy kambag'al bo'lishlik, bu hukm bo'lib yozilgan.

Qarasang taqvoli, halol ibodatdagi odam qo'lida bir narsa to'planmaydi da. Demak Alloh hukm qilgan ekan. Sababini qilyapti. Bo'lmayaptimi, demak hukm ekan, rozi bo'lsin. Endi bu yoqdagi fojir, fosiq, kofirni qarasangiz, har qanaqa haromiyatga o'zini usi ham ishigani ishigan, boyigani boyigan. Demak bu ham nima ekan?

Bu hukm bo'lib yozilgan ekan. Shuning uchun boy kambag'al bo'lishlik, birodarlar. Alloh taoloning taqdiri. Ha, kambag'al buygandan boy bo'lgan yaxshi. Payg'ambarimiz kambag'allikdan panoh tilaganlar. Boy bexoji badavlat bo'lib yashashlik Alloh'dan so'raladi. Xo'p, sababini qilsangiz bermayaptimi? Endi rozi bo'ling.

Inson Alloh taqdir qilgan rizqdan oshishchani ham kamda ham olmaydi dedik. Faqat insonni qo'lida ana shu rizqini halol yoki harom qilib olishlik ixtiyori bor xolos. Bugun ming dollar topilishi yozilgan, bu hukm. Endi uni halol yoki harrom bo'lishligi, barakali barakali bo'lishligi vasf. Tushunarli bo'ldimi? Bugun ming dollar topshingizni yozgan, bugun topasiz, bu hukm, hukm bo'lib yozilgan. Endi uni halol xoram bo'lishligi, barakali, bebaraka bo'lishligi vasf bo'lib yozilgan. Siz tonlaysiz. Xoram yo'l bilan topganingizga javobgar bo'lasiz. U ming dollar siz xoramdan, xoram yo'li bilan olgani uchun xoram bo'ldi. Agar halol yo'l bilan olganingizda, bu halol bo'lar edi. Shuning uchun silojiddin o'sha aytdi da, harom ham, halokabi nima? Rizq.

Alloh Taolo falonchini falonchiga halol yo'l bilan rizq berdi, falonsiga harom bilan rizq berydi deyilmaydi. Bu noto'g'ri. Ikkalasi ham bitta rizq edi. Faqat inson o'zi hal qilib oldi. Qaysi tomondan olishlik bilan. Mo'taziliy filqasi rizq mutlaqo Alloh tarafidan ato qilinadigan narsa, shuning uchun u zot ato qilgan narsani harom deb bo'lmaydi deyishgan. Alloh tomonidan berilgan narsa harom bo'lmaydi. O'shaning uchun harom rizq emas deydi ular.

Endi ahli sunna nima deb javob beradi? Rizq Alloh tomonidan ato etilishiga nisbatan aslan harom deyilmaydi. Balki banda uni man qilingan yo'l orqali iste'mol qilgani va dunyo oxiratida unga zarar keltirgani uchun harom deyiladi. Chunki hamma narsa Allohni mulki bo'lib, u zot o'z mulkida xohlagan narsasiga hukm qiladi. Tushunarlimi? Mo'tazililar aytyapti, xoramdan topilgan rizq rizqmas deyapti. Chunki Alloh bergan narsa xoram bo'lmaydi deyapti. Endi ahl aslida aytyapti, yo'q. Alloh tomonidan kelgan rizq ruzq deyiladi. Banda unga qaysi tomondan yondashganiga qarab turib xoram yoki halol deyiladi. Bandani fe'li uni halol xoram qilyapti.

Alloh taolo aytadi, istedbulla, va menda abbatin fil avdi illa alallohi rizqu ha. Yerda o'rmalaganki narsa bor, uni rizqi Alloh taoloni zimmasidan. Ana shu toshni ostidagi qurt, uni rizqini Alloh yozgan, Alloh beradi rizqini. Siz bilan biz inson toifasi, Alloh Taolo rizqimizni kafillagan. Dengizni tagidagi bir kunda ellik tonna, ellik tonna ovqat yeydigan kit, uni ham rizqini Allohni o'zini zimmasiga olgan. Kim nima rizqi ekan bo'lsa, Alloh bergani uchun yeyapti. Bu Allohni zimmasida.

Alloh Taolo mana shu mahluqotlarni yaratuvchisi o'zimi? Rizqini beruvchisi ham o'zi bo'ladi. Shu o'rinda, a, xoram, rizq ham Alloh tomonidan berilgan rizq ekan. Endi shu xoram rizqni topgan odamga nimaga jazo beriladi degan savol tug'iladi. Javob yuqorida bo'ldi. Banda Alloh Taqdir qilgan rizqini harom yo'l bilan oldi. Bu rizqni o'zi fe'li bilan harom qildi. Mana shu harom yo'lga kirganligi uchun javobgar bo'ladi.

Alloh harom rizq bermaydi. Banda rizqini nima qilib oladi? Harom qilib oladi. Alloh Taolo aytadi: ey odamlar, yerdagi halol, pok narsalardan tanovvul qilingiz. Mana buyruq. Yerda halol narsa ham bor, xoram narsa ham bor. Halolini ye deyapti. Rizqing to'g'ri bo'lib keldi. Haloldan yesang halol bo'ladi, xoramdan yesang xoram bo'ladi.

Demak, inson ana shu halolni ye degan buyruqqa bo'yin so'nmaganligi uchun, bu dunyoda ham, oxiratda ham mana shu ish egilma bo'ladi, javobgar bo'ladi. Aqoyibun nasafiyada rizq haqida shunday deyiladi. Harom ham rizqdir. Hamma o'z rizqini halol bo'lsin, yo harom bo'lsin, to'la to'kis oladi. Inson o'z rizqini yeya olmas qolishi yoki boshqa birov uni rizqini yeb qo'yishi tasavvur ham qilinmaydi.

Rizqini yelib ketdi deydi. Nima deydi? Yonboshiga bitta do'kon ochilsa, siqilib o'lib qoladi. Konkurent deydi. Meni klientim nima qilib qo'yadi? Voy birodar, tushun, seni rizqingni chi, xotining ham, bolang ham yeya olmaydi. Bizni mahallada bir nonushtada shunaqa bir epizod bo'lgan. Mahallani oqsoqoli nonushtaga chiqqan bob dottdan keyin, qani o'tiringlar deb turib, bismillah degan duoni qilgan. Bir tishlandi, shunday tishlaganda, shunday yiqilib o'lib qoldi.

Og'zida tishlagan noni bilan qoldi. Chaynamadi, tishladi yiqildi. Demak, shu non uni nimasi emas, chiqarib olib qo'yishdi. Og'ziga solib yuborgan chiqib ketdi. Chunki nima emas ekan? Shuning uchun hech kimni rizqini hech kim yeya olmaydi. Yonboshiga o'nta do'kon ochilsa ham.

Tushunarlimi? Musulmon odamni rizqiga konkurent bo'lmaydi. Xotirjam bo'laylik. Tagiga suv qo'shishga harakat qilasiz siz nabarot. Unga shikoyat qilasiz, bunga ishga unga pul berasiz, xullas mabodo do'koni yopib ber, yo'q qilasiz deysiz. Aytdik ku boshida, rizq haqidagi nima tuzalsin? Hikm ul atoyida aytiladi. Allohni senga yetarlicha rizq berib, haddingdan oshib ketishingga sabab bo'ladigan narsalarni sendan to'sib qo'yishi, senga ne'matlarni to'liq qilib berganidir.

Senga yetadigan rizqni berdi, oshqichasini bermadi, chunki oshqichasini bersa haddingdan oshib ketishing mumkin edi. Haddingdan oshirib yuboradiganni bermadi, lekin kifoya qiladiganni berdimi? Demak ne'matni Alloh senga to'liq qilib beribdi. Chunki Alloh Taolo aytadi, astag'firulloh, innal insana layat g'o ar ro'a hustag'una.

Albatta inson o'zini boy behojat ko'rgach, tug'yonga ketadi. Haddidan oshadi qachon inson? Puli ko'payib ketganda da. Shuning uchun oz bo'lib kifoya qilgan rizq ko'p bo'lib haddingizdan oshirib yuborgan rizqdan yaxshiroq. Qaytaramiz. Ko'p bo'lib haddingizdan oshirib yuboradigan rizqdan ko'ra, ozgina bo'lib kifoyada bo'lgan rizq afzal.

Shuning uchun Payg'ambarimizning duolari bor, Parvardigor. Kim meni yaxshi ko'rsa, uni rizqini kifoyali qilib bergin deganlar. Kifoyali degani, birovga muhtoj emassiz. Oshicha pul yo'q seyfda. Oshicha bosib qo'ygan narsangiz yo'q, lekin birovga muhtojmiz ham yo'q. Alloh bandiga yetarlicha jismoniy va ruhiy ozuqalarni berib, ba'zi zohiriy va botiniy narsalarni unga ato qilmasligi, aslida unga berilgan to'liq ne'mat deyiladi.

Chunki kirishchilik uchun bir narsa topolmaslik insonni odamlarni oldida xohlanishiga sabab bo'lsa, tug'yonga ketkazadigan narsalarni ato qilishi, uni dunyosini ham, oxiratini ham boy berishiga sabab bo'lad. Shuning uchun kimga tirikchiligiga yetarli narsalar berilgan bo'lsa, tum'yonga ketqizadigan ozgincha narsa bermagan bo'lsa, unga ne'matlar nima qilinibdi? To'liq qilib berilibdi.

Agar shu shablon bilan qarasak, juda ko'pchiligimizga Alloh Taolo ne'mati to'liq bo'lib turibdi. Rizq tushunchasi haqida e'tiqodimiz, va inna suxta rizqu niflu helin, va in yakiroq maqoli kun laqoli. Albatta, harom mol, agarchi so'zimni barcha yomon ko'ruvchilar yoqtirmasa ham, halol moldek rizqdir. Harom mol, haloldek rizqdir begumon. Rad etuvchi so'zimni ko'rsa ham yomon.

Aqol qovli hayri va astag'firullohu livalakum. Innallohi va malakati hushsaluni ala nabiy. Ya ayyuhalladiyna amanu sollu alayhi va sallimu taslima.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)