Maviza
—Qoralama21 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
20:37
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Indal hamdilillahi nahmaduhu va nastainuhu va nastag'firuh. Va na'udhullahi min surur ya'nfu sinavamin sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudir lala, va man yug'dirilgu falah hadiyala. Va nashxadu alla iloh ila alloh va hidahular sharikala. Va nashqadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Sirojiddin o'shaning badul amoli asarini birodar o'qiyotgan edik. Bu aqida darslarimiz. Ellik uchinchi baytimiz qabr azobini haqligi bayoni. Nimaga endi bu narsa, bu aqida dastlarga kiritildi va nimaga endi qabr azobani haqligi haqida bayon qilishlik kerak? Chunki ana shunday bir aqidada adashgan, ayrim toifalar qabr azobni inkor qilganlari bo'lgan. Shularga bir raddiya javob o'laroq, bu matn shu yerga keltirilgan. Demak, qabr azobining haqligi bayoni. Sirojiddinov o'sha aytadi valil kuffali va fustaqi yuqudo adabul qobriy min su'il fii aliy. Tarjimasi kofirlarga va ba'zi fosiqlarga yomon ishlari tufayli qabr azobi bo'ladi. Nazmiy bayoni kofirlar u ba'zi fosiq kimsalar qilmish uchun qabr azobini ko'rar.

Qabrda imtihondan o'ta olmagan kimsalar xabarlarda kelgani kabi, qiyomat kunigacha azobga geriftor bo'lishadi. Qur'onda Fir'avn ahlini erta yu kech olovga ko'ndalang qilinishi xabari berilgan. Demak, bu qiyomat kunigachcha qabrda bo'lyapti bu ish. Istayr edilar. Va haq bi al fir'avna su'ul adab, an naru yu uraduna alayha g'udu va vashiya, va yavma taqumu sa'atu adhilu al fir'avna ashaddal adab. Mana shu oyat azobi qabr uchun eng kuchli dalil hisoblanadi. Alloh Taolo aytadi va Fir'avn ahlini yomon azob o'rab oldi. U olovdir. Unga erta yu kech ko'ngdalang qilinurlar. Qiyomat soati qoyin bo'lganida esa, fir'avn ahlini eng ashaddiy azobga keretinglar deyulur. Demak, mufassalat mana shu oyatda olovni qabr azobi deb tafsir qilishgan. Chunki bundan keyingi keladigan azob bundan ham kattaroq bo'ladi deb aytilyapti. Qabrdan keyingi azob bu qiyomat kungi azob bo'ladi.

Fir'avn zodagonlarini eng qattiq azobga kiriting deyiladi. Yalmat taqumu sa'atu adixilu ala fir'avna ashaddal adab. Demak, qiyomat qoyim bo'lgunga qadar, fir'avn xonadoni ertalab bir marta azobga, o'tga ro'baro' qilinadi, kechki payt ikkinchi marta. Bu ana shu qabr haqidagi hadislarni o'qiganimizda, bundan xabardor bo'lganmiz. Ular ertalab va kechki payt jahannamni o'tiga ro'baro' bo'lib borib keladigan paytda, ana shu yo'lini ustida qorni uydek, uydek keladigan katta qornli odamlar yotadi. Payg'ambarimiz jabr alayhissalomdan so'ragan bu isro kechasida. Isro va meros kechasida. Kim bular deganida, ribohurlar, sutxo'rlar deb aytganlar. Demak mana shu oyatdan ma'lum bo'lyaptiki, shir avn xonadoni qiyomat kungi azobdan avval qabrlarida azobga o'tga duchor qilinadi. Yana zulm qilgan kofirlar ham oxirat azobidan boshqa azob ularga ro'baro' bo'lishiga qarab xabarlar kelgan. Istaydu billa, vo innallilladina volomu adaban do'na dalik, valakin na aktar oxim la'yi alamun. Albatta zolim, kofir bo'lgan kimsalar uchun bundan ilgari ham azob bordir.

Ya'ni qiyomat azobidan avval ham azob bor deyilyapti. Va bu ham qabrdagi azobga dalolat qiladi. Lekin ularning aksariyati buni bilmaslar. Tushunarli bo'ldimi? Bundan qiyomatdan ilgari ham azobi bor deydi. Demak, qabrda bo'ladigan azob bo'ladi. Endi munofiq odamni kofir odamni ana shu qiyomatgacha azoblanishi haqida hadislar bor. Ana shu hadislardan bittasini ko'rib chiqamiz. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar. Ida qubir al mayyitu, atah u malakani as vadani azroqon. Yuqoruli ahadihima al munkar, val axuru annakir. Rasululloh aytadilar, qachondir o'lik mayit qabrga qo'yilsa, yoki sizlardan birortanglar qabrga qoiilsa, unga ikki qora ko'k farishtalar keladi. Birini ismi Munkar, ikkinchisini ismi Nakir. Fayaqulani ma kunta taqulu fihadar rajul. Boyagi mayitni o'tkazib qo'yishadi ikkala farishta va so'rashadi. Anavi kishi haqida nima der eding? Ya'ni Muhammad alayhissalom haqida. Fayaquluhu Abdullohi va rasuluh ashxadu alla iloh ilalloh va ashxadu anna Muhammad rasululloh.

Bu mayyid aytadi. U, Muhammad alayhissalom, Allohning bandasi va rasuli Allohda o'ziga iloh yo'q deb guvohlik beraman. Muhammad alayhi salom uning bandasi deb guvohlik bermaman deydi. Fayaqulani qodukunna na'lamu annaka taquli hada. Ikkala farishta aytadi, seni shunday deyishingni bilar edik.

Summa yufsa hulaxu fii qobrihi sabau na diro am fii sabaeen. Summa yunavvalu lahhu fii. So'ngra uning qabri yetmishga yetmish ziro qilib kengaytiriladi. So'ngra o'sha joy uning uchun charog'on qilinadi. Summa yuqoluv nam. So'ngra farishtalar unga uxla deyishadi. Endi boyagi mayit nima deydi? Imtihondan o'tib oldi. Murod ali, mana shu imtihonga hammamiz ro'baro' bo'lamiz. Bu bizni e'tiqodimiz, bizni aqidamiz.

Ajoyibda. Bu azobi qabrni yo'q deganga ham farishta keladi, bor deganga ham farishtaga keladi. Bu Alloh Taoloning qonunikan. Tan olasizmi, tan olmaysizmi, ro'baro' bolasiz. Fayaqulu arjiya ila ahli fa uhbi ruhim. Boyagi mayit, mo'min kishi imtihondan o'tib oldi. Alhamdulillah robbil alamin. Aytadiki, ahlimga qaytib ularga xabar beray deydi. Farishtalar aytishadi, fayaqulani nam kanaumel arus alladiy la yuqiduhu illa ahabbu ahlihi ilayhi. Ular sen oilasining eng sevimli kishisi uyg'otadigan yangi uylangan kuyovni uyqusiday uxlagin deydilar.

Rodalar Usmonun nafar roziyallohu anhu qiyomat haqida, do'zax haqida gapirsa yig'lamas ekan. Ammo qabr haqida gapirib yig'lar ekan. Sababini so'rashganda, nimaga qiyomat yoki do'zax haqiida gapirsa yiqlamaysiz? Qabr haqiga yig'laysiz gapirishlar, desa aytarkanki, jahannamda odam atrofida odamlar bo'ladi. Lekin qabrda yolg'iz bo'laman deydi. Undan tashqari Payg'ambarimiz aytganlar, qabr oxirat manzillarining avvalgisi. Kim mana shu birinchi manzilda yutuqqa muvaffaqiyatga erishsa, undan keyingisi oson bo'ladi deganlar.

Hatta, ya bu atallohu fi mazzu ja'ihi va alika. U mana shu boyagi mo'min imtihondan o'tgan mayit. To Alloh uni o'sha yerda yotgan joyidan qayta tirilguncha shunday yotadi. Mana endi bu mo'minni holati. Ha, demak, qabrga kirganda ashxado alla ila iloh iloh, ashxado anna muhammadur rasululloh deb qo'ysam, robbim alloh, dinim islom, kitobim qur'on, payg'ambarimiz muhammad alayhissalom deb qo'ysa, qutilaman ekan, shu so'zlarni qaytarib yurishim kerak ekan. Birodarlar, unaqa emas. U kungi qabrdagi imtihon, agar shu siz aytayotgan so'zlarni taqozosi bilan yashagan bo'lsangiz, inetringizga keladi. U dunyoda u, bilsangiz, bilmasangiz, so'ragan savolni javobini aytib qo'ysangiz, o'tdi emas.

Mana endi, munofiq. Odam qabrga kirganda nima bo'ladi? Rasululloh aytadilar vo inkana munofiqon. Agar u mayit, qabrga qo'yilgan mayit munofiq bo'lsa, boyagi ikkita farishta savol so'rasa, aytadiki, qola samiy tunna sayyaquluna fa qultu mitlaxum la adri.

Odamlar aytayotganlarini men eshitgan edim. Men ham shunga o'xshagan gapni aytganman, bilmayman deydi. Farishtalar aytadi, fayaqulani qotkunna na'lamu anna kattaquludalik. Biz seni shunday deyishingni bilar edik. Fa yuqorul il ardi ilta imi ilta imi alayhi yerga aytilinadi. Uni ustida birlashgin. Fataltaymu alayhi, fataxtalifu adlauhu, falay yazalu fixa muaddaban xatta yaba'tallohu fii mazzayihiy dalika. Yer uni ustida birlashadi. Uni qovurg'alari bir biriga kirishib ketadi. Yer shunday qissadiki, qovurg'alarni bir biriga kirishilib ketadi. U, dedilar rasululloh, to alloh taolo uni o'sha yotgan joyida qayta tiriltirgunicha doim azoblanib turadi, dedilar. Demak, birodarlar, mana sahih hadis qabr azobini borligiga dalolat qiladigan dalil bo'ladigan. Endi, mo'taziliy degan firqalar bo'lgan, jahmiy degan firqalar bugan, bular azobi qabrga bunaqa e'tiqodda bo'lishmagan. Noto'g'ri qarashlari bo'lgan. Mana shularga o'xshaganlarga o'sha rahmatullo alik mana shu masalani alohida keltirib o'tyapti. Mana shu keltirilgan dalillar, birodarlar qabr azobini inkor qiladigan hamma firqalarga keskin raddiya.

Demak, Jahmiya va Mo'tazilaga o'xshagan firqalar qabr azobining yo'q deyishganida, mana Ahli Sunnani unga bergan javoblar ekan. Alauddin Buxoriy Xanafiy risolafil e'tiqod asarida shunday deydi. Kofirlarga va ba'zi osiy mo'minlarga qabr azobi bo'lishi haqdir. Mo'taziliy va Jahmiya firqalari buni inkor qilganlar. Ular aytishganki, ko'ryapmizki, o'lik dunyoni og'rig'ini his qilmaydi. G'oyibda ham shunday bo'ladi. Jahmiylar, Mo'tazilalar shunaqa degan. O'lik og'riqni sezmaydimi? O'lgandan keyin inson. G'aybda ham shunaqa bo'ladi deyishgan. Shuning uchun birodarlar bu firqalar jonsiz narsalarni tasbeh aytishni ham inkor qilishgan. Bu borliqda nimaki bo'lsa Allohga tasbeh aytadi. Oyat bor.

Masalan tosh joni yo'q uni. Narsami tosh? U tasbeh aytadi . Ular joni yo'q narsa tasbeh aytishini ham inkor qilgan. Shuningdek ular qabr azobini inkor qilishar ekan, shunday deyishgan. Mana shu Jahmiy va Mutazililarning so'zlari. Ular aytadi, qabrda azob bo'lishini aql qabul qilmaydi. Chunki agar qabrda o'likka azob bo'lganda edi, yo ruhsiz tananing o'zi yoki unga ruh kirgizilib, keyin azoblangan bo'lar edi. Ruhsiz tananing o'ziga azob bo'lishi botildir. Ruxsiz tana azobni his qilmaydi. Xuddi shunday, unga ruh kirgizilib, keyin azob berilishi ham botildir. Chunki agar unga ruh kirgizilganida, yana qaytadan o'lishiga to'g'ri kelar edi. Bu esa kulli nafsin dayiqatul mavut oyatiga zid.

Har bir jon o'limni totguvchidir. Mana shu oyat, bandalar o'limni bir marta totishlariga dalolat qiladi. Yuqoridagi ikki ehtimol ham botil bo'lgach, o'z o'zidan uchinchi jihat tayin bo'ladi. Uchinchi jihat esa qabrda azob bo'lmasligidir, deydi jahmiylar va mutaziliylar.

Mutaziliylar, birodarlar aqliy dalil keltirishida juda ham kuchli bo'lgan. Ilmli odamlar bo'lgan. Aqliy dalilda zo'r keltirgan. Mana so'zga quloq solsangiz, to'g'riga o'xshaydi. Agar shuni so'zidan boshqa so'zni eshitmasangiz, ularni dalilidan boshqa dalilni eshitmasangiz, haqida ergashib ketaverasiz. Endi ahli sunnavaliy jamoa nima deydi bularni bu so'zlariga?

Ularga javoban aytiladiki, qabr azomini anglashga aql ojizdir. Aql ojiza qoladigan, ammo isbot qilinadigan narsalar bor. Insonda aqli hamma narsani idrok qila olmaydi. Bor, lekin insonda aqli olmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek azobi, qabrni insonda aqli qabul qilmasa ham, bor u. Masalan, insonni ruhi.

Nima u? Qanaqa u? Bir odam tirik edi, o'ldi. A'zolarini hammasi o'rnida turibdi. Bitta kiprigi ham ozayib qolmadi. Bitta tuki ham to'kilmadi. Lekin o'ldi. Bitta narsa chiqib ketdi. Nima u? Chiqib ketdi ruh. Bormi bor? Aqlingiz oladimi? Aqlingiz olmaydi. Demak, azobi qabrni insonda aqli qabul qilmasa, bu yo'q deganga dalil bo'lmaydi. Chunki ko'p narsalar bor, bor u narsa, isbot dalili bilan, lekin aql uni nima qilmaydi? Idrok qila olmaydi.

Umarun xattobdan rivoyat qilinadi. Alloh taoloning yaratgan narsalari to'g'risida tafakkur qilinglar, lekin Allohning zoti to'g'risi tafakkur qilmanglar. Maxluqotlar haqida fikr qilinglar, Xoliq haqida fikr qumanglar. Chunki Xoliqni qanaqa ekanligini sizlarda aqlinglar olmaydi. Ya'ni insonda aqli idrok qilmaydigan narsalar ham bor. Insonda ahli qabul qilmadimi, aqliga to'g'ri kelmadimi, uni yo'q deyishlikka haqqi yo'q. Azobi qabr ana shulardan bittasi. Shunaqa bo'lgandan keyin g'ayb olami, g'ayb haqida kelgan xabarlarni qabul qilamiz, iymon keltiramiz. Mana shu siz bilan bizni mo'minligimizni belgisi.

Mana birodarlar, azobi qabrni haqligiga yana dalillar keltiramiz, Qur'on oyatlaridan. Astaydubillah. Sanu adhibuhim marrota'ini summa yurot duna ila adabin avin. Tavba surasi. Albatta, ularni ikki marta azoblarimiz. Demak, mana shu oyatda azoblarni bittasi qabrda bo'ladi, ikkinchisi qiyomatda bo'ladi. Mana oyat. Yana dalil. Astay deb beringlar. Vala nuziy qonnahum minal adabil adina, dunal adabil akbar la allahum yarjiun.

Albatta, biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni toptiramiz. Shoyad qaytsalar. Demak, buyuk azobdan ortiqgi yaqin, kichikroq azob bu qabrda ekan. Buyuk azob qiyomatda bo'ladi. Vo immen sha in illa yu sab behu behamdihi, va lekin la tafqaxuna tas behaun. Mana insonning aqli hamma narsani idrok qilishlikka ojizligiga dalil. Insonni aqli ojizligiga, qosilligiga dalil. Uning hamdilar tasbeh aytmagan biror narsa yo'q, lekin sizlar bu narsani, ularni tasbehini tushunmaysizlar. Qanaqa qilib tosh tasbeh aytadi? Deb o'ylab ko'ring da. Aqlga sig'maydi. Insonni tasbeh subhanalloh deyishlik. Allohga ibodat qilishni ro'za tutishlik, bu aqlingizni oladi. Endi jon yo'q bo'lgan tosh yoki qimirlamay turgan yer qanaqa qilib tasvibga qaytadi? Aqlingiz olmayaptimi? Olmaydi. Lekin oyatda aytyaptiki, har bir narsa allohga tasvibga qatadi deyapti.

Ba'zi ulamolar shunday deyishadi qabr azobiga aql qabul qiladigan dalil quyidagichadir. Uxlagan insondan ruhi chiqadi. Va unga bog'liq bo'lib turadi. Uxladingiz, ruhingiz chiqdi, lekin bog'liq. Uxlayotgan inson shu holatida og'riqni ham yoki rohatni ham his qiladi. Gohida uxlayotganinson uyqusida gapiradi, chunki uning ruhi tanasiga bog'liq bo'lladi. Uyqu tiriklik bilan o'likni o'rtasidagi, hayot bilan o'limni o'rtasida bo'layotgan holat. Uxlayotgan odamda tirik ham deyolmaysiz. Aql xush idrok o'zini joyida emas, o'ligi ham deya olmaysiz. Chunki nafas olib, nopib turibdi, yurakka urib turibdi. U qanaqa holat? U tiriklik ham emas, o'lik ham emas. Demak, insonni jasadidan ruhi ajragan paytda ham ajragan, ham bog'liq bo'lib turibdi. Ba'zi ulamolar qabr azomini ikki turda bo'lishligini aytishadi. Birinchisi, doimiy azom. Qabrdagi doimiy azom . Bunaqa azob kimlarga yetadi? Kofirlarga, munofiqlarga va ba'zi osiy mu'minlarga. Endi, doimiy bo'lmagan azob qanaqa azob? Ba'zi gunohkor mu'minlardan qabr azobi duo va sadaqa sababli to'xtatiladi.

Shuning uchun ana shu qilingan sadaqa yoki duolar agar bir mu'min qabrda azoblanayotgan bo'lsa, shu duo sadaqa tufayli yengillatiladi. Demak, qabrda bor azobning bittasi doimiy azob, ikkinchisi doimiy bo'lmagan azob. Qabrda azob bo'lishligi, qabrda ne'mat bo'lishligi haq. Bu narsaga iymon keltirishlik birodar lozim. Bu ahli sunna va jamoa ittifoq qilgan masala.

Endi, biz iymon keltiramiz ekan, qabrda azob bor, qabrda rohat bor deb. Endi buni inkor qilgan odamni hukmi nima bo'ladi? Qabr azomini inkor qilishni hukmi haqida ikki xil qavl bor bizda. Birinchisi, qabr azomini kor qilgan kimsa, ma'naviy, mutavotir xabarlarni inkor qilgani uchun kofir bo'ladi.

Ikkinchi qavl, qabr azobini inkor qilgan kimsa ahli sunnaval jamoadan chiqqan bid'atchi bo'ladi. Endi mana shu ko'pchilik ulamolarni nazdida ikkinchi so'z e'tiborli mo'tabar hisoblanadi. Ko'ring da. Kofir degan varianti ham bor ekan. Qabr azobini inkor qilsa, yoki bo'lmasam bid'atchi degan variant ham bor ekan. Endi e'tibor bering da, ahli sunna va jamoa kofir deyishlikka oshiqmayapti. Bu odamni bid'atchi deymiz deyapti. Ana shu ahli sunna va jamoa degan darsimizda muftiyga deyiladi. Bu eski kitoblarimizdagi gap. Ro'parasida turgan odamni kofir bo'lganligiga to'qson to'qqizta dalil sobit turgan bo'lsa, yo'q. Lekin uni muqobilida bitta dalil mo'min ekanligiga dalolat qilib turgan bo'lmasa, nuftiga lozim bo'ladi. Nima?

O'sha bitta dalilni ushlab turib, uni mo'min deb hukm chiqarishlik kerak edi. Mana bu ahli sunnani haqiqiy yo'li. Haqiqiy ahli sunnaning yo'li bu. Valil kufavli, valil fursaqi, yuqudo. Adabul qobriy min su'il fiy ali. Tarjimasi kofirlarga va ba'zi fosiqlarga yomon ishlari tufayli qabr azobi bo'ladi. Nazmiy bayoni kofirlar u ba'zi fosi' kimsalar qilmish uchun qabr azobini ko'rar.

Aquli qovli hali va astag'firullohu livalakum. Innallohu va malikatu yu salun ala nabiy. Ya yu halladigina amanu sollu alayhi va sallimu taslima.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)