Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafuru va na'udhu billahi min ash sururiy onfusinga amin sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falamu zilalalar va man yug'dililgu falaha diyalar. Mana shadval la ilohillallohu vahdahlal sharikalar. Mana shadvo anna muhammadan abduhu va rasuluh. A m m abod assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Aqida darslaridan birodarlar, siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin O'shining Badul Amoli asarini o'qiyotgan edik. Bugun ellik beshinchi baytga keldik.
Ellik beshinchi paytning mavzusi ulug' hisob kitob bo'lishi bayoni. Sirojiddin Osha aytadi, hisabun nasiba dal ba'fi haqqum, fakunu betaharuzi an wabani. Qayta tirilishdan keyin insonlarni hisob berishlari haqdir, shunday ekan, ey insonlar, yomon oqibatdan saqlanishda bo'linglar.
Nazmiy bayoni, qiyomatda hisob bo'lmog'i aniq, yomon oqabatdan saqlan haloyiq. Matn sharhi, bu baytdan biz nimani tushunamiz? Sirojiddin o'sha aytadi, ey odamlar, kelajakda hisob kitob bo'lishiga aniq. Shuning uchun bu o'tkinchi dunyoga aldanib qolmanglar. Zimmanglardagi Alloh Taoloni yuklagan vojiblarni ado qilinglar. Agar hozir ado qilib, amal qilmaydigan bo'lsanglar, qiyomat kunida bu amallarning evazini, badalini to'laysizlar, degan ma'no tushuniladi. Sofolloyor bobomiz bu haqida aytadi. Udur hokim necha kim hukm qildi? Tirildigach hamma olam tirildi. Yig'ar maqshar yerida barchajonni so'rar bandasi edin yaxshi yomonni. Qiyomat qoyim bo'lganida, birodarlar, siz bilan biz qilgan yaxshi bo'lsin, yomon bo'lsin amallarimiz har bittasini hisob kitobi bor. Asta adibillah. Vamayya amal mifqolar zarrotin xoyron yaron, vamayya amal misqolar zarrotina sharron yaron. Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, uni qiyomat kunida ko'radi.
Kimki zarra miqdorda yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'radi. Abdulloh Nabos roziyallohunho aniq aytadi, kaftingizni yerga qo'ying deydi. Shu oyatni tafsirida. Ko'taring. Qo'lingizga har bitta ilashgan narsa zarra deydi. Siz bilan biz e'tibor bermagan gunoh amallar bor. Juda ham mayda. Aytishlikka ham, gapirishlikka ham hojati yo'q. Shuni ham hisob kitobi bor. Va siz bilan bizdan sodir bo'ladigan savobli amallar bor, katta kichik. Maydalari bor. Aytishga arzimaydigan. Lekin buni ham nimasi bor? Ajri bor. Hozir burilib ko'chadan bu yoqqa yursak, ehtimol o'tirganda o'sha ukamiz, o'rtada bir tunikami, kardomi turibdi.
O'tib ketadi, bir tepchakka chiqarib yubordi. Mayda ishmi bu? Akalar, iymonni eng kichkina ko'rinishi, ima ta'tul ada anit toliq, eng oliysi la ilaha illalloh, eng quyiisi, yerda yotgan odamlarga aziyat beradigan narsani chekkaga olib qo'yishlik. Qiyomat, birodarlar, siz bilan bizni e'tiqodimiz. Aman to billahi va malakatihi va kutubihi deb sanaganimizda, iymon keltirdim allohga, malokalarga va qiyomat kuniga.
Qiyomat haq. U kunda tarozi qo'yiladi. Va nazavul mava vi inol qistali yom il qiyama. U kunda deydi Alloh Taolo, biz adolat tarozusini qo'yavermiz deydi. Shuning uchun dunyoda birov birovga zulm qilsa, birovni birovda haqqi qolib kessa, ololmagan bo'lsa, hech ham o'kinmasin. Qiyomat bor. Albatta qiyomatda Alloh azza va jalla haqlarni undirib beradi.
Qiyomat kunida har bir insonni qo'liga kitobi ushlatiladi. U kitob yo oldi tomondan o'ng qo'li bilan oladi, yo orqa tomondan chap qo'li bilani oladi. Bu kitob uning hayotda qilib o'tgan amallari yozilgan kitob bo'ladi. Astayduvilla va kulla insani in al zannahu to i rohu fii unuh i hiy va nuhri jo'laho ya'ni mal qiyamat i kitoban yalqohu man shumron. Biz har bir insonning amalini bo'yniga ilib qo'ygandirmiz. Qiyomat kunida unga ochiq holatda uchratadigan kitobni chiqarib beravermiz. Qo'lida ish kitobi bo'ladi. Iqaro ketayavak kafa binafsika liya malika hasiba. Ana shu kitob qo'liga tutilgandan keyin aytiladi. Kitobingni o'qi. Bugun o'z shaxsing o'zingga qarshi yetarli hisobchidir.
Qo'lingda turadi kitobing. Ana shu kunni esimizdan chiqarib qo'ygan paytimizda, haddimizdan oshib, kibrga berilib, birovga zulm qilamiz. Birovga tuhmat qilamiz, mansab to'lashamiz, bo'xton qilamiz, haq huquqlarini poymol qilamiz. Agar mana shu qiyomat kunini borligi esimizda tursa, ajal sal turib kelib qolishligi mumkinligi esimizda tursa, gunoh emas, niyatdan tegishimiz juda ham oson bo'ladi birodarlar. Demak, u kitobda boyagi insonni qo'liga beriladigan qiyomatgi kundek kitobda yaxshi yomon amallarni hammasi yozilgan bo'ladi.
Ana shu qilingan amallarning ichida savoblariga Alloh Taolo mukofotni ko'paytirib beradi. Va Alloh Taoloning fazli. Endi ana shu kitobga yozilgan gunohlarga Alloh Taolo jazoni shu gunohiga yarasha beradi. Bu adolat. Bitta qilgan savobli amalingizga o'nta, yetti yuzta yoki undan ham ko'paytirib beradi Alloh. Bu Allohning fazli. Endi gunohingizga ham xuddi shunaqa qilib ko'paytirib bermaganda adolat olamiz. Lekin Alloh Taolo bitta gunohga, bitta gunohga berganchalik jazoni berib ko'paytirib demaydi. Man jaabil hasanati falaho ashra amfaliha, va man jaabil sayyati falay yudza illa miflaha va hum la yudlamun. Kim bir hasana qilsa, unga o'n barobar qilib yoziladi. Kimki bir yomon ish qilsa, faqat o'sha gunoh miqdorida jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmaydi. Shuning uchun birodarlar, qiyomatga borganda Alloh Taoloning fazli hammamizni ustimizda haq bo'lsin. Chunki jannatga hech kim qilgan amali bilan kira olmaydi. Jannatga kirishlik Alloh Taoloning fayzli bilan bo'ladi. Ammo do'zaxga kirishlik Allohning adolati bilan bo'lardi. Agar qiyomatda alloh taolo hammaga adolat qilsa, ya'ni shu bandalarni o'zlariga loyiq bo'lgan muomalani qilsa, jannatga he ch kim kira olmaydi.
Inson toifasidan tashqari mana jinlar toifasi bor, birodarlar. Ana shu jinlar toifasi ham qiyomat kunida azobga geriftor qilinishligi aytilgan. Mana Jin surasida Alloh Taolo xabar beradi, astabiilla. Vo ammal qositun nafakanul jahannama xatoba. Ammo yo'ldan ozganlarga esa bas, ular jahannamga o'tin bo'lguvchi kimsalardir. Jin surasi. Birodarlar, mukallab inson va jin. Nima degani bu? Yelkasiga shariat taklifotlari yuklatilgan maxluq ikkita inson va jin toifasi.
Maroikalarda taklifot yo'q, chunki ularda ixtiyor yo'q. Qiyomat kunida taroziga olib kelinadigan inson va jin toufasi bo'ladi. Inson tuproqdan yaralgan, jin orolidan yaralgan, ikkalasini ham ixtiyori bor birodar. Mana endi mo'min bo'lgan jinlar jannatga kiradimi, yo'qmi?
Jinlarni ichida birodarlar musulmoni bor, kofiri bor. Jinlarni ichiga yaxshi xulqilari bor, badxulqlari bor. Mana jin surasini o'qisak, ko'p narsasini xabardor bo'lamiz. Mana aytdik, jinlar ham insonlarga o'xshab shar'iy taklifot erkasi yuklatilgan. Kofirlari do'zaxga ketadi. Endi mo'min jinlar jannatga kiradimi, yo'qmi? Bu dunyoda siz bilan biz jinlarni ko'ra olmaymiz. Ammo ular bizni ko'radi.
Endi mo'min jinlar jannatgka kiradimi, yo yo'qmi degan masala ixtilofli bo'ladi. Bu haqida Badriddin Shibli, hanafiy o'zini okomil marjon, fiyax kamiljon kitobida to'rt xil fikrni keltiradi. Hozir mo'min jinlar jannatga kiradimi, yo'qmi degan masalaga aytilgan to'rt xil fikrni o'qiymiz. Birinchisi, jumhur ulamolar mo'min jinlarni jannatga kiradi deb aytishadi.
Bu qarashni Abu Ya'lo, Abu Yusuf va boshqa ko'pchilik ulamolar aytishadi. Demak, birinchisi, mo'min jinlar jannatga kiradi. Ikkinchi fikr. Jinlar jannatga kirmaydi, balki jannatni atrofida bo'lishadi. Insonlar ularni ko'rishadi, ular esa insonlarni ko'rishmaydi. Endi bu fikr Imom Malik, Imom Shofiy, Imom Ahmad, Imom Abu Yusuf, Imom Muhammadlarning fikrlari. Uchinchisi, jinlar arofda bo'ladi. Arof bu arosat. Jannat ham, do'zax ham bo'lmagan joy. Jannat bilan do'zaxni o'rtasidagi devor deyiladi. To, Alloh o'zi hukm qilmagunicha, iymoni bor, jannatga ham, do'zaqga ham kirishlikka, amallari barobar bo'lib qolgan mo'minlar turadi deyiladi. Alloh hukm qilgisi shu yerda turishadi deydi. Demak, uchinchi qavlda jinlar, mo'min jinlar. A'rofda bo'lishadi, orosabda deyiladi. Qirqinchi fikr. Bu haqida umuman hech narsa gapirmaslik kerak deyiladi. Birinchisida kiradi deyildi. Ikkinchisida atrofida bo'ladi dedi. Uchinchisida aroqda bo'ladi dedi, to'rtinchisida endi bu masalani ko'tarib yoqalashishimiz kerak emas.
Chunki qiyomatda sizni jannatga jinlar kiradimi, kirmaydimi, bilganmisan deb so'ralmaydi. Bu sizdan hisob kitob qilinadigan masala emas. Ma'qulmi? Endi shu o'rinda jinlar bilan shaytonlar orasidagi farqni ham bir xotir aytib o'tsak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Shaytonlar va jinlar orasidagi tarq. Bu haqida birodarlar mana shu jin bilan shaytonni o'rtasidagi farq haqida aqidatul mo'min kitobida shunday deyiladi jinlar ikki turli bo'ladi. Haytonlar, jinlar. Shaytonlar, bularda hech qanaqa yaxshilik bo'lmaydi. Jinlar bularni orasida musulmonlari ham bo'ladi, kofirlari ham bo'ladi. O'zi aslida shayton ham, jin ham bitta narsa. Jin toifasi. Iymondan ketgan, kufrga ketganlari shayton deyiladi, u yoqqa yurmaganlari jin deyiladi. Tushunarlimi? Shayton jindan asli o'zi bitta. Ana shu biz aytayotgan iblis alayhillani, shayton ham o'zi aslinda jin bo'lgan.
Jinlarni orasida ham birodarlar insonlarni orasida bo'lgani kabi, xushfe'lliklari bor, yomon xulqliklari bor, musulmonlari bor, kafillari bor. Aytdik mana shaytonlar aslida jin toifasidan. Alloh taolo aytadi astadibilla va ilhqunna li ilmalay kati zuduliy adama fasajadu illa iblis. Alloh taolo maloyikalarga odamga sajda qilinglar dedi. Shunda malokalar hammasi sajda qilishdi. Faqat iblis sajda qilmadi va alloh aytadi fakana, kana minal jin. U jinlardan edi. Ana shu obama alayhissalomga sajda qilmasdan, kibr qilmagunicha jinlardan edi. Mana endi sajda qilmadik, allohni hukmidan chiqdi. Fafa soqo amri robbiy. Robbisining amriga bo'ynini ushdan bosh tortdi. Va shundan keyin iblis deyildi. Iblis degani Allohning rahmatidan noumid degani. Tushunarlimi? Iblis ham, shayton ham o'zi bitta narsa edi, jinlardan bo'lgan edi.
Shayton mana shu ilohiy rahmatdan quvildi, hamma yaxshiliklardan mahrum bo'ldi. Endi mana shu ishlar uni zurriyotlariga ham meros bo'lib qoldi. Shuning uchun shaytonlarda yaxshilik bo'lmaydi. Ular faqat yomonlik bo'ladi ularda. Endi bu shaytonlarni misolini ilonda misoliga o'xshatsa bo'ladi. Ilondan ilon tug'iladi. Va ilonda bitta ishi zahar solish. Xuddi shunga o'xshagandek, shaytondan shayton tug'iladi, shaytondan shayton tarqaydi, endi shaytonning ishi hammamizga ma'lum.
Shaytonga aylangan ashaddiylarini marid deyiladi. Endi bundan ham ortiq tug'yonga ketgan bo'lsa, kuch quvvatli bo'lsa, ifrit deyiladi. Mana Qur'onda Alloh Taolo aytadi, astadibilla inna zayanna sama ad dunya bezina tinil kavakib va hizdon ming kunli shaytoniy maridi. Darhaqiqat biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik va uni har bir itoatsiz marid shaytondan saqladik. Mana endi ifrit.
Sulaymon alayhissalomni qissasiga murojaat qiladigan bo'lsak, ana shu malikaning taxtini kim meni oldimga olib kelib qo'yadi deganida, ana shu jinlardan bo'lgan ifrit aytdi. Qola ifritu minal jin ana ati ka bihi min qobul an taquma min maqomik. Shunda jinlardan bo'lg'an bir ifrit, kuch quvvatga to'lgan ifrit, men uni sen ordeningdan turishingdan ilgari senga keltiraverman dedi. Demak, kuch quvvatni cho'qqisiga chiqqan jin ifrit deyilar ekan. Yana shaytonlarni vasvasa qilish haqida Qur'oni Karimda ham xabarlar kelgan. Astadibillar. Vakadalika jahannali kunli nabiyina aduvin shayotingnal insevil jin. Yurhi ba'buxum ila ba'din, zuhruf al qovli g'ururu. Shuningdek, har bir payg'ambarga insof jinning shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xususxonlik bilan bir birlariga vasvasa qiladilar. Demak, shaytonlarni jinlardan bo'lishligiga mana shu oyat dalolat qilib turibdi.
Endi, yana bitta savol. Jinlarni musulmoni bor, kofiri bor ekan. Shaytonlar yo'ldan ozgan jinlar ekan. Endi shayton ham musulmon bo'lishi mumkinmi? Shayton deganda hozir jannatdan quvilgan glavniy shaytonni tushunmaylik, umuman shayton toifasini tushunaylik bu yerda. Iymon e'tiqoddan ketgan, kufrga yurgan, ana shu iblisni askari bo'lgan shayton musulmon bo'ladimi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar la taljiu alal mug'ayyabati fa innash shaytona yajri men ahadikum majru'at dam.
Eri yonida bo'lmagan ayollarning huzuriga suqulib kirmanglar. Chunki shayton har biringizning qon tomiringizda yuradi. Ya'ni yonida eri bo'lmagan, eri safarda bo'lgan yoki ersiz bo'lgan ayolni oldiga musulmon erga kirishi mumkin emas. Rostini aytyaptilar, chunki shayton qon tomirlaringlarda yuradi sizlarda, vasvasa qiladi. Shunda sahobalar va mingcha yo rasululloh? Sizda hammi? Dedik. Ya'ni qon tomiringizda sizda ham shayton bormi? Dedik. Qola va minniy. Va lekin allohi aynini alayhi. Faslam. Ha, menda ham. Lekin alloh unga qarshi menga yordam bergan va u musulmon bo'lgan dedilar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qon tomirlarda yuradigan shayton alloh taolo yordam berdi payg'ambar bizga, iymon keltirdi. Demak, ushbu hadisda faaslama kalimasi keldi. Musulmon bo'gan lafzini barcha roviylar o'tgan zamon fe'li, ya'ni musulmon bo'ldi ma'nosida deb aytishadi. Faqat sufiyonimni o'yini rahmatullohu alayh, kelasi zamon fe'li, ya'ni men uning yomonligidan salomat bo'laman ma'nosida aytgan deydi.
Jumhur ulamolarni gapiga ko'ra, bu ya'ni shaytonini musulmon bo'lganligi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning o'zining xususiyatlaridan deyilgan. Boshqa bironta bir odamga bu narsani nisbat qilib bo'lmaydi. Odatda shayton musulmon bo'lsaydi. Ammo xossatan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning shaytoni musulmon bo'lgan va u zotni faqatgina yaxshilikka buyuradi. Sirojiddin o'sha aytadi hisobun nasiba dal ba'fi haqqum fakunu bettaxaruzi an wabalin.
Qayta tirilishdan keyin insonlarni hisob berishlari haqdir, shunday ekan, ey insonlar, yomon oqibatdan saqlanishda bo'linglar. Nazmiy bayoni qiyomatda hisob bo'lmog'i aniq, yomon oqibatdan saqlan haloyiq. Aquli quvli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malayki atahuyu sollu ala ala nabiy. Ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmat.