Maviza
—Qoralama16 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
15:52
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innallohu alayhi lahin ahmaduhu va nas ta'inuhu va nas tofiruh va naruhu billahi min sururiyam fusinga va min sayy'atiy amalina man yahdihillah hu falah muhillala va man yudli hu falah hadiyala. Va nashhadu alla ila ila ila alloh va hidahul la sharikala va nashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabot assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh. Aqida darslaridan Sirojiddin o'shining Badul omonli asarini o'qiyotgan edik. Birodarlar, ellik yettinchi bandga kelganmiz.

Sirojiddin oshi amallarni qiyomat kunida o'lchanishi, va sirot haqidagi e'tiqodimiz qanday bo'lishligini quyidagicha bayon qiladi. Va haqqun vozno amalin va jaryun ala matniy sirotiy bilah tebani. Amallarni tortib o'lchash sobitdir va sirot uzra yugurish ham hozirlik ko'rishsizlikdir. Nazmiy bayoni, amallar o'lchanar, gar aql yetmas, sirotda yugurishga epchillik ketmas.

Qiyomat kunida bu dunyoda qilingan har bitta katta kichik, yaxshi, yomon amal tarozida tortib o'lchanadi. Garchi siz bilan biz aqlimiz, u tarozini qanaqa bo'lishligini idrok qila olmasa ham, tasavvur qila olmasak ham, bu narsa haq ekanligiga iymon keltiramiz. U g'ayb olami, Alloh o'zi biladi qanaqa qilib tortib qo'yishini. So'folloyor bobomiz, birodarlar, aytadiki, bilur tangri, agarchi holimizni, tarozig'a solur a'molimizni. Qilur ogoh qulun qilmishlari yig'a, yetishmas aql egamning ishlari yig'e. Ya'ni, bandalarni ahvoli, qilgan amallari qanaqa ekanligi Allohga ma'lum. Bu noma aybdorlarni qo'liga berish, taroziga qo'yishlik, bandalarni o'zlariga kimligini ko'rsatib qo'yishligi uchun.

Qur'oni karimda Alloh Taolo aytadi varvoz nu yelma idil il haq. O'sha kuni vazn haqdir. Ya'ni amallarda tortishlik haqdir. Fa man saqulat navozeyni hufa ulaika humul muflihun. Kimning tarozida, mezonda amallari og'ir kelsa, o'shalar najot topgunchadur. Va man hoffatma vazinuhu fa ula ekan la dinah hosir va husahum bima ka anu bi ayatina yavli mum. Kimning mezoni, amallari yengil ketsa, ana o'shalar oyatlarimizga zulm inkor qilganlari sababli o'zlariga ziyon qilgandirlar. Demak, hech kimga zulm qilinmaydi, amallar tarozida tortiladi.

Ba'zi insonlar qiyomat kunida baxtli insonlar torozini oldiga kelmaydi. Amallari hisob kitob qilinmaydi, shundaylicha jannatga kirib ketishadi. Ukashfiddin muhsin roziyallohu anhhu payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir hadisini eshitib, duo qiling yo rasululloh men shulardan bo'lay dedi. Rasululloh aytgandilar, meni ummatimdan yetmish ming kishi jannatga hisob kitob qilib emasdan kirib ketadi. Sahoba turib aytdi boyagi sahoba. Men shulardan boley degandi, siz shulardansiz dedi.

Rasul aytadilar, yaduxlul jannati meni ummati sabau na alfan beg'oyiril hisab. Meni ummatimdan yetmish mingta odam hisob kitob qilinmasdan jannatga kirib ketadi. Ular kimlar? Ularni sifatlari qanaqa? Humulladina la yastarqum va la yatatoyyarun va ala robbihina tavakkalun. Ular afson qilishni so'ramaydiganlar, shumlanmaydiganlar va robbilarga tavakkal qiladiganlar.

Ba'zilari esa odamlarni birma bir qattiq hisob kitob qilinadi. Omonat qilib bergan narsalarni nimalarga sarflagani haqida so'ramagunicha joyidan qimirlamaydi. La ta'zulu qodama abdin xatta yuz alam umrihi fiy ma'af nahu. Deyarli aksar mo'minlar mana shu savolga tutiladi. Birodarlar, torozi, hisob kitob, savol so'roq mo'minlarga bo'ladi.

Kofirlarga tarozi ham bo'lmaydi, savol so'rog' ham bo'lmaydi, do'zaxga shunday haydaladi. Demak, yetmish mingta musulmon jannatga shunday kirib ketar ekan, qolgan musulmonlar hisob kitob qilinamiz. Nimalar so'raladi bizdan? Qiyomat kunida deyaptilar rasululloh bandaning qadamlari, oyoqlari, o'nidan jilmaydi. To umrini nimaga sarfladi? Shunga javob bermagunicha. Ilmiga qanchalar amal qildi? Shuni savoliga javob bermaguningcha. Molni qayerdan topdi? Qayerga sarfladi? Shuni javobini bermaguningcha. Va jasadini nimani yo'lida xoritgani savoliga javab bermaguningcha.

Agar mana shu hisob kitob qattiq bo'ladigan bo'lsa, bu qattiq hisob kitobga qolgan odam aniq azobga qoladi. Payg'ambarimiz aytadilar, lay sa ahadun yuxas sabu yomul qiyamati illa halak. Qiyomat kunida kim hisob kitob qilinsa, rostsinoq hisob kitob qilsa, qattiq hisob qilib qilinsa, halok bo'lishi shubhasiz.

Unda boyagi yetmish mingta shunday kirib ketar ekan, qolganlar qattiq hisob kitob qilinar ekan. Unda hamma do'zaxga tushib ketadi yu. Shunda sahobalardan biri aytdiki, yo rasululloh, hamma man ut iya kitobu hib biya minihi. Kimni kitobi o'ng qo'lidan berilsa, tezda, osongina hisob kitob qolinadi degan oyat bor ku, dedi. Kitobini o'ng qo'lidan olganlarga oson hisob kitob bo'ladi deyilgan u, degan edi Payg'ambarimiz aytdilar. U narsa o'sha kitobini o'ng qulidan olgan odamni taroziga olib kelinishi, hisob kitob qilinishi, u narsa ko'rsatishdir xolos.

Ko'rib qo'y o'zing. Qattiq hisob kitob qila olmaydi. Qiyomat kunida hisob kitob muhokama qilingan biror kimsa, albatta azoblanmasdan qolmaydi. U nima ekan? Ko'rib qo'y, amaliyda yengil ko'rsatilarkan, kir jannatga deyilarkan. Alloh shulardan qilsin. Mana endi tarozida tortiladigan narsa. Biz tarozida tortadigan narsa deganda, mana shu aqlimiz, dunyoqarashimiz, tushunchamizdan kelib chiqib turib, vazni bor narsani tushunamiz. Jismi, shakli, vazni bor narsa, kartoshkani, piyozni, tillani, g'ishni yoki toshni.

Endi qiyomat kunida u tortiladigan narsa jism bo'ladimi? Ulamolarimiz bu haqida nima deyishgan? Bu qarashlar haqida doktor Ahmad Faridni Bahru Ro' kitobida shunday ma'lumot kelgan. Tarozida, qiyomat kunida, tortib o'lchanadigan narsalar haqida to'rt xil qabul bor. To'rt xil so'z bor. Birinchisi, bajarilgan amallar tortib o'lchanadi. Ya'ni, bandalarning aytgan so'zlari va qilgan ishlari mujassam holatda, jism holatida taroziga qo'yiladi deyiladi. Amallarimiz jism bo'lib taroziga qo'shiladi so'zlarimiz. Chunki Qur'onda Alloh Taolo va man ya'mal mifqolar zarrotin xoyron yaroh va man ya'mal mikfqolar zarrotyin sharron yaroh. Kim zarra vaznichalik, zarra og'irligichalik yaxshi amal qilsa, uni ko'radi tarozida. Va zarra vaznicha yomonlik qilsa, uni ham ko'radi tarozida.

Hadis sharifda aytilgan kalimani tarozida og'ir kelishi haqida ham kalimatani hafifatani alalisan, faqihlatani filmidan va habibatani ila rohman subhanallohi va behamdihi subhanallohi ilh adim. Mana, so'z taroziga qo'yiladi deyaptilar Rasululloh. Abu Hurayradan bu hadis. Ikkita kalima bor. Tilga yengil, tarozida og'ir, Rahmonga sevimli. Subhanallohi vabehamdih subhanallohi illa adim. Demak, kalima taroziga qo'lladi deyapti. Ikkinchi qavl. Amallar yozilgan sahifalar tortib o'lchanadi. Ya'ni bandalarning qilgan ishlari hammasi qog'ozlarga yozilgan bo'ladi va mana shu yozilgan xatlar qog'ozlar varg'alar taroziga qo'yiladi.

Bunga Payg'ambarimizning hadislarda ishora bor. Imnalloh hasayyu xalniy su'riji alam, meni ummati ala rovusul xolayiq, yalmali qiyomi payanshu ro alihi tis atan va tis ina sijil an. Kul nu sijillin maddul bosar. Alloh ummatimdan bir kishining, xaloyiqning ko'z o'ngida xalos qiladi. Uning zarariga guvohlik beradigan to'qson to'qqizta ro'yxatni yoyib qo'yadi. Har bir ro'yxat ko'z yetadigan joychalik. Bir mo'min ajratib olinadi. Uni hayotda qilib o'tgan gunohlar yozilgan sijillalar, to'qson to'tqizta sijillar bo'ladi. U bir kitob deb tasavvur qiling, ochilganda bir varag'ini boshi kun chiqishda bo'lsa, ikkinchi varag'ining oxiri kun botishda bo'ladi.

Bitta sigillani varag'i ochilganda shunaqa. Endi bu sigillar kitob. Bunaqa kitobdan to'qson to'qqizta. So'ngra unga Alloh Taolo aytadi bulardan birontasini inkor qilasanmi? Meni yozib turuvchi farishtalarim senga zulm qilmabdimi? To'qson to'qqizta sigillarda faqat gunohlari. Banda aytadi, ey Robbim, yo'q deydi. Halok bo'lishi aniq bo'lib qoldi.

Alloh Taolo bironta bir izring bormi deb so'raydi. Banda yo'q, ey Robbim deydi. Alloh Taolo aytadi, ha, bizni huzurimizda seni bitta xayrli ishing bor. Bugun senga hech qanday zulm yo'q deydi, so'ngra bir yorliq chiqadi. Bir qog'oz chiqadiki, yozilgan yorliq. Unda ash hadval la ilah illalloh va anna muhammadan abduhu va rasuluh degan yozuv bo'ladi. Va guvohlik beraman, guvohlik beramanki, Allohdan o'ziga iloh yo'q va guvohlik bermanki, Muhammad alayhissalom Allohning elchisi va bandasi degan yozuv bor. Alloh Taolo aytadi o'lchovimga kel.

U manda shuncha ro'yxatlarni oldida bu yorliq nima bo'lardi deydi. Alloh Taolonga senga zulm qilmaysan deydi. Ro'yxatlar boyagi sigillalar tarozining bitta pallasiga qo'yadi, ikkinchi pallasiga boyagi yorliq qo'yiladi. Va yorliq og'ir keladi.

Bormi shu kalimamiz? Ashxadval la ilaha illalloh va ashxadi anna muhammadan abduhu va rasuluh degan kalima qalbingizdan chiqqan bo'lsa, ishonchingiz komil bo'lsa, ixlos bilan aytgan bo'lsangiz, to'qson to'qqizta sijilalarga gunohlar yozilib, bitta pallaga qo'yilganda, bu kalima qog'ozga yozilib, bita pallaga qo'yganda, gunohlarni ko'tarib yuboradi. Ro'yxatlar bir pallaga, yorliq bir pallaga qo'yladi, ro'yxatli yengil, yorliq og'ir keladi. Rasul aytdilar, Allohning ismiga biron narsa barobar kelmaydi dedilar. Imom Termiziydan.

Tot ibodatlar tarozida og'ir bo'ladi, gunoh ma'siyatlar yengil bo'ladi. Nima uchun? Chunki birodarlar, tot ibodat dunyoda nafsga og'ir da, gunoh ma'siatlar nafsga yengil da, xuf fotil jannatu bilmakorih dedilar Rasululloh. Jannat makruxatlar bilan o'rab qo'yilgan. Ya'ni insonni nafsiga yoqmaydigan ishlar bilan o'rob qo'yilg. Ibodatlar yoqmaydi, sadoqatlar yoqmaydimi, sabr yoqmaydi. Lekin shuni qiyin amalni qilganlarni qiyomat kunida savob amallari ham og'ir bo'ladi. Taroziga qo'yiladigan narsa nima deyilganda, birinchi so'z, amallar jism holatida mujassam qilib taroziga qo'shiladi. Ikkinchi so'z, amallari yozilgan sahifalar tortiladi deyildi. Uchinchi so'z, amallarning savobi tortib o'lchanadi deyiladi. Bunga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi dalil bo'ladi.

Rasululloh aytadilar, Imom Muslim rivoyat qilgan Qur'on o'qinglar, chunki u qiyomat kunida o'z sohiblariga shafoatchi bo'lib keladi. Ikki nur sochuvchini Baqara va Oliy Imronni o'q suralarini o'qinglar. Chunki bu ikkalasi qiyomat kunida go'yo ikki bulut kabi, yo go'yo ikki baland soyabon kabi, yo go yo saf tortgan ikkita qush to'dasi kabi keladilar. Ikkalalari o'z sohiblarining tarafini olib tortishadilar dedilar. Qiyomatda taroziga qo'yiladigan narsa, birinchisi, amallar jism bo'lib tortiladi deyildi, jism qilib. Ikkinchisi, amallar yozilgan sahifalar tortiladi deyilda. Uchinchisi, savobi tortiladi deyiladi. To'rtinchisi, qiyomatda taroziga qo'yiladigan narsa nima bo'ladi degan savolga berilgan to'rtinchi javob, amal qiluvchining o'zi o'lchanadi deyiladi da. Bunga quyidagi hadis dalil bo'ladi. Abu hurayra roziyallohu anhudan, payg'ambarimiz aytadilar, innahulaya ter rojilu al avimu as saminu yomal qiyama. Qiyomat kunida katta, semiz bir kishi keladi.

La yazinoh indallohi janahi va ulda. Katta, semiz kishi keladi, lekin allohni huzurida pashshani qon ochishiga ham uni vazni bo'lmaydi. Qola iqro u fala nuqimu la hum yomal qiyamati vazna. Rasululloh aytdilar, qiyomat kunida ular uchun hech qanday vaznni, tarozini qoyim qilmasmiz degan oyatini o'qinglar dedi. Demak, birinchi so'zda, qiyomatda tarozda tortiladigan narsa, amallar mujassam bo'lib tortiladi. Ikkinchi so'z, amallar yozilgan sahifalar tortiladi.

Uchinchi so'z, amallarning savoblari tortiladi, to'rtinchi so'z amal qiluvchilarning o'zlari tortiladi deyiladi. To'rt xil gap. Lekin mana shu to'ralar sizni umumiylashtiradigan bo'lsangiz, bir biriga zid emasligini ko'rasiz, amal qiluvchi ham, amaliy ham, amallari yozilgan sahifalari ham tortilib o'lchanishligi kelib chiqadi. So'foy Allohiyor bobomiz, qiyomat tarozisi haqida qanday e'tiqod qilishimiz kerakligini osonlar tushuntirib qo'ygan.

Tarozi boriga iqrorimiz bor, nechuk erkaniga nekorimiz bor. Ilohiy qil og'ir mezonimizni, salomat tut bizning iymonimizni. Nima ishimiz bor tarozini qanaqa bo'lishi bilan? Bizning ishimiz tarozi borligiga e'tiqod kilish, bizning ishimiz savobli amal qilish, bizni ishimiz parvardigor qiyomat kunida tarozimizni og'ir qil deb duo qilishimiz.

Aqulu qovli ha da va astag'firulloh li va lakum. Innallohi va malaykiyatuhi yu solluna ala nabiy, ya yuhalladina amin sollallohu alayhi vasallam mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmat.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)