Maviza
—Qoralama19 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
19:13
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi na'hamad u huvonasida, in huvonasida g'ofiru va na'udhu billahi min surur ya'nfusina. Omin sayyati amalina, may yahdihillah hufala mubillala, voman yug'ilil hufala hadiyalala. Mana shadvalloh ilohi illalloh va hidahular sharikala. Onashqod anna muhammadan abduhi va rasuluh, ammabard. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Sirojiddin ali ibn usmon al o'shini badul amoli asarini o'qiyotgan edik. Bu aqida darslarimiz. Ellik oltinchi baytga keldik. Ellik olti baytimiz birodarlar qiyomat kunida odamlarning qo'llariga namoyon amallarini berilishligi haqida.

Sirojiddin o'sha aytadi vo yo'q tol kutubu ba'g'don nahva yumna va ba'g'donnahva vohmin va shimali. Nomayi amollar ba'zilarga o'ng tomondan beriladi, ba'zilarga orqa va chap tomondan berilad. Nazmiy bayoni ayrimlarga nomalar kelar o'ng qo'ldan, ba'zilariga berilar orqa va so'ldan. Qiz bilan bizning e'tiqodimizda, ahli sunnavali jamoani e'tiqodida, qiyomat kuni insonlarni qilib o'tgan amallari, savoblari, gunohlari, ishlari va so'zlari yozilgan bitilgan kitob qo'llariga beriladi deb e'tiqod qilamiz.

Qiyomat qoyim bo'ldi, hamma yerdan tirilib chiqdi, mash'al maydonida turibdi, shunda uzoqdan tafsir kitoblarimizda kelishicha, qora bulutga o'xshagan narsa ko'rinadi. Qiyomat maydoni birodarlar tep tekis, xuddi bir likopdek, tekis bir maydon bo'ladi. O'ydim chuqur bo'lmaydi. Quyosh ana shu bir ming yaqin olib tushirib qo'yiladi. Hamma o'zini terida, o'zidan oqqan terga cho'kib turadi.

Uzoqdan bir qora bulutga olib o'xshagan rosa ko'rinadi. Odamlarni ustiga keladi. Bu ana shu odamlarning hayotda qilib o'tgan amallarini yozib turgan farishtalarni ishi, ana shu namoyon amallar bo'ladi. Kitoblar bo'ladi. Ana shu namoyun amallarga bandalarning qilgan amallari yozilgan bo'ladi va ularning qo'llariga tarqatilinadi.

Bu namoyon amallarni qo'lga berilishligi, va odamlarning qaysi holatlarda bo'lishligi Qur'on oyatlarida siz bilan bizga bayon qilingan. Ana shu namoyon amalda inson zoti hayoti davomida qilgan hamma xatti harakati, aytgan har bitta so'zlar yozilgan bo'ladi. Qur'onda shunday deyiladi. Astaydu billah va innah alaykum la hafiyin kiroman katibin ya'lamunama tafalu'm. Holbuki sizlarning ustingizda barcha so'zingiz va ishingizni yodlab turuvchi farishtalar bor. Ular nomayi amalga yozuvchi ulug' zotlardir. Ular siz qilayotgan ishlarni bilurlar. Yelkamizda ikkita farishta bor. Bizdan sodir bo'layotgan har bitta so'z va fe'lni yozadi. O'ng tomondagi farishta savobli amallarimizni va so'zlarimizni yozsa, chap tomondagi farishta gunoh bo'lgan so'z va amallarimizni yozadi.

Ko'rinmayapti ku domla? Ko'ringanda bunaqa odam bo'lmasdingiz. Agar yelkasida farishta o'tirganini ko'rganda odamlar, umuman boshqa odam bo'lishar edi hamma. Bu yozuvchi farishtalarni Alloh Taolo keroman katibin dedi. Hurmatli yozib turuvchi bandalar. Alloh Taoloning nazdida bularni hurmatli bandali ekanligi mana ma'lum bo'lyapti. Imomu Qurto'be ushbu oyat haqida ustilaringizda kuzatib turuvchi farishtalar bor ma'nosini anglatadi degan.

Qiyomat kunida farishtalar, hamma insonlar bir yilga to'planganlardan keyin har bitta bandani qo'liga kitobini berishini mana aytdik. Bu ashaddiy kofirlar bor, va taqvoli mo'minlar bor. Noma'lumoli mo'minlarni o'ng qo'lidan oldi tomondan beriladi. Boyagi qora bulut kabi uchib turgan narsa bu noma'lumollar, kitoblar dedik. Uchib keladi da, uchib kelib bitta bittadan har bitta odamni qo'liga apishib qoladi.

Ibn Kasirning tavsiyasida mana shu haqida aytiladiki, mo'min odamni oldi tomondan keladi, o'ng qo'liga pishadi. Shunda kofir chop qo'lidan kitob olishligini sezib qolgandan keyin qo'lini orqasiga qilib oladi. Shunda kitob orqadan kelib turib, qo'liga pishiq bo'ladi. Demak, chop qo'lida oladi, orqa tomonidan oladi. Endi mo'min bo'lgan bir inson dunyoda kalima keltirgan, shu kalima bilan chiqqan dunyodan shirk keltirmagan, ammo gunoh ko'p bo'lgan. Tavba qilishlikka ulgurmasdan, ibodatga yiqilishga ulgurmasdan o'lib ketgan. Fosiq, gunohkor, lekin mo'min. Bularni holati nima bo'ladi?

Ulamolar bu haqida ikki xil so'zni aytishadi. Birinchisi, ularga ham o'ng tarafdan beriladi. Chunki iymoni bo'lmaydi. Ikkinchi fikr bu haqida, bu haqida gapirmaslik kerak deyishadi. Endi kitobi, namoyi, amoli o'ng qo'ldan beriladi deganlar ham qachon beriladi o'g'rilarni qo'liga kitob degan masalada ikki xil so'zni aytishadi. Birinchisi, do'zaxga kirishdan oldin beriladi deyishadi. Mana shu do'zaxga kelishdan oldin berilishligi, do'zaxda abadiy qolib ketmasligini belgisi. Ikkinchi so'z, do'zaxdan chiqqandan keyin beriladi ularga kitob deyishadi. Nima bo'lganda ham, qaysi gap to'g'ri bo'lganda, qaysinisi afzalroq bo'lganda bizga muhim emas. Muhimi bizga, mana shu dunyoda turar ekanmiz, shu noma'yi amallarimizni ichiga savobli amallarni yozilishiga xarid bo'lishimiz kerak.

Noma'yi amoli o'ng qo'ldan olganlar. Bular juda ham oson hisob kitob qilinadi. Yengil hisob kitob qilinadi va jannatga kiradi ular. Agar kimni, deydilar Rasululloh, hisob kitobi rostmana qilinsa, albatta halokatga uchraydi. Bizni tilda qanaqa bo'ladi? Konkretniy hisob kitob qilsa, jiddiy hisob kitob quradigan bo'lsa, so'rov sovol qilsa, hech kim najotga erishmaydi. Chunki Rasulullohning hadislarini eslaymiz shu o'rinda.

Necha yuz yil ibodat qilgan rohib, mana bu Isroildan. Faqat ibodat qilgandi. Ibodat qilganga tog'dusda yashagan. Tog'dusda ishlagan, bitta buloq bo'lgan, bitta ono daraxti bo'lgan, kunda bitta ono pishgan, shu onorni yegan, odamlarga aralashmagan, g'iybat qilmagan, buloqni haqqini yemagan, gunoh ma'siyat qilishiga fursat bo'lmagan. To'rt yuz yil yoki besh yuz yil ibadat qilgan rohi qiyomat bo'lganda Alloh Taolo uni jannatga meni rahmatim bilan kiritinglar dedi, farishtalariga. Haligi rohib, yo'q, meni amalim bilan kiritanglar dedi. Chunki besh yuz yil ibodat qilgan. Alloh azza va jalla amr qildi, farishtalar o'lchashdi. Uni qilgan amalini savobi va Alloh Taolo unga bergan ne'matlarning qilinishi kerak bo'lgan shukri.

Besh yuz ellik ibodatni tarozini bir pallasiga qo'yganida, bitta ko'zning shukri, adosi degan narsadan og'ir kelmadi. Bitta ko'zining shukrini ado qilishlikka besh yuz lik ibodati yetmadi. Mana endi adolat. Do'zaxga kiritinglar buni dedi Alloh Taolo. Dodda turdi. Parvardigor rahmatli niman kiritgin dedi. Shuning uchun kim munosha qilinsa, kim rosmani hisob kitobga tortiladigan bo'lsa, albatta halok bo'ladi. Jannatga Allohning rahmati bilan kiramiz. Do'zaxga kofirlar Allohning adolati bilan keladi. Adolat nima edi? Nimaga loyiq bo'lsa, shuni berishi. Agar qiyomatga borganda biz nimaga loyiq bilan bo'lsa dunyoda, shuni bersa, biz jannatga kirmaymiz.

Astayduvilla. Fa amma man uti yakita bahu biya minihi fasavfa yuha sabu hisa ban yasiro va ya'ni qol ibu ila ahlihi mas'ururo. Bas kimning nomayi amoli o'ng tomonidan berilsa, bas u oson hisob bilan hisob kitob qilinajak va jannatga tushgan o'z ahli oilasiga shod u xurram holda qaytajak. Kitobingizni o'ng qo'lingizdan oldingizmi? Yutdingiz. Hisob kitobingiz juda ham oson. Aytyapti. Kimni nomayin, omoni o'ng qo'lidan berilsa, uni hisobi yengil bo'ladi. Nomiga mo'minni amallarini hisob kitobi nima desa, faqat o'ziga bir arz qilib qo'yish, ko'rsatib qo'yish.

Mana seni amaling bo'ldi, kel o'rgan jannatga deydi. Mana shu oyatni tafsirida, yubrikatsiyada shunday narsa bor. Alloh bir mo'min bandani olib keladi va uni o'rab qo'yadi, o'zi bilgan to'siq bilan. Hech kim ko'rmaydi uni ichida nima bo'layotganligini va unga noma'yomoli beriladi da, o'qi kitobingni deydi. Haligi mo'min kitobini ochadi. Albatta ichida gunohi bor. Albatta gunohi bor, birodarlar, hammamiz gunohkormiz. Bir qator o'qiydi savob, bir qator o'qiydi gunoh. Ikki qator o'qiydi savob, ikki qator o'qiydi gunoh. Qo'yingki, gunoh bilan savob aralashib qilingan. Gunohlarni o'qigan paytda rangi qochib ketadi. Savoblarni o'qiganda rangi o'ziga keladi. Qo'yingki tushsa har xil bo'lib turibdi haligi o'roqni ichida, to'siqni ichida. Hech kim ko'rmayapti uni nima bo'layotganligini.

Shunda Alloh Taolo kitobini yopdi banda. Banda o'qib bo'ldi kitobini, ahvolini nima ekanligini bildi, Alloh to'g'ri aytadi. Ko'rdingmi kitobingni? Ko'rdim. Oqibati nimaligini tushundi. Dunyoda shu gunohlaringni yashirganmanmi? Deydi Alloh. Ha, Parvardigor, yashirgansan deydi. Dunyoda yashirganimdek, dunyoda sharmanda qilmaganimdek, bu yerda ham seni yashiraman, sharmanda qilmayman. Yana bir marta kitobingni och deydi. Endi ochib qarasa, ichida bironta gunoh qolmagan bo'ladi.

Shunda boyagi farda olinadi to'siq, hali banda xursand bo'lib, ha, u muqroq, u ketadi deya, mana meni kitobim, ko'ringlar. Mana ko'ringlar deydi. Shuning uchun, yoshlar, hech kim ko'rmayotgan paytda, telefonda nimalarni ko'rayotganligimiz, hech kim ko'tarmayotgan paytida kimlar bilan qanaqa muomalalar qilayotganligimizni o'zimiz bilamiz. Robbimiz biladi. Agar ana shu qilayotgan gunohlarimizni Alloh Taolo dunyoda yashirib, bizni sharmanda qilmayotgan bo'lsa, to'xtataylik, uyalaylik. Chunki Alloh sharmanda qilishlikni xohlasa, hech kim ko'rmaydigan joy borib gunoh qilasiz, Alloh bitta odamni ko'ziga tushirib qo'yadi, o'zi bilgan yo'l bilan sharmandangizni chiqarib qo'yad. Uyalaylik Alloh'dan.

Bas kimning nomayi amoli qiyomat kuni o'ng tomonidan berilsa, bas u oson hisob bilan, hisob kitob qilinajak va o'z ahliga shod u xurron holda qaytajak. Yolg'iz qolganda aytib o'tib olaylik. Ikkiyuzlamachilik, riyo, nifoq bo'ladi.

Qorakalarni, dindorlarni, qo'yingki, iymonda sobit turgan odamlarni oldiga kelganda taqvo rejimini ko'chat qilasiz. Ularni oldidan chiqqandan keyin obichniy rejimni ko'chat qilasan. Obichniy rejin rasvo. Manaqada ajoyib narsa. Bir ishni qilyapsiz, shu to'g'rimi, noto'g'rimi? Ilmingiz yo'q a? Bitta shablon bor. Haligini qilsangiz, haligina ishlasangiz bilasiz, ilmli bo'lib qolasiz. Shu qilayotgan ishingizni, solih muomalalarni oldida qilsangiz, uyalmaysizmi? Uyalmaysiz. Demak to'g'ri ish. Endi uyalasizmi? Demak noto'g'ri ishi.

Olmani uyalmay yuraverasiz. Nonni uyalmay, choyni uyalmay ichaverasiz. So'favullohir bobomiz bu masala to'g'risida qanaqa e'tiqodda bo'lishimiz kerakligini sodda qilib yozib qo'ygan ekan. Bilur garchi jami holimizni, yuborur nomayu amolimizni. Yuborsa nomani rahmat yo'lidan, kelar noma u qo'lning o'ng qo'lidan. Qiyomat kunidan nomayu amolni berishlik Alloh Taologa kerak emas. Biz dunyoda nima ish qilganligimizni Alloh Taolo biladi. Faqat u noma yomon bizga beriladi, o'zimiz kimligimizni ko'rib qo'yishligimiz uchun.

Tushunarlimi? Ko'p menda ko'rib qo', sen o'zi manaqasan. Lekin shunaqa bo'lsang ham jannatga kelaver deb Alloh rahmatiga oladi. Kim Alloh Taolo rahmatiga olishni xohlagan bo'lsa, uni kitobi o'ng qo'lidan keladi. Qizil yuzlik bulbul ham sarafroz, suyunganidan qilur ul banda ovoz. O'qing nomamni ey turg'on haloyiq, kelibdir noma ixlosim g'aloyiq. Yana qaytarib aytamiz, siz bilan bizni hamma holatimiz Alloh Taologa ma'lum. U kitoblarni yozib, qiyomatda qo'limizni berishlikka Alloh Taolo hech qanaqa ehtiyoj, muhtojligi yo'q. Faqat bandalarni o'zlarini o'zlari kim ekanligini bilib olish uchun kitoblar beriladi.

Mana shunday o'ng qo'li bilan kitobini olgan baxtli insonlar, qo'liga kitobi tegishi bilan o'zini saodatga, yutuqqa baxt kelishganligini biladi. Va mislsiz xursandchilik bo'ladi. Ko'zlaridan yoshlari oqadi. Mana, meni kitobimni ko'ringlar. Albatta mana shu kunga kelishingga ishonardim deydi. Mana Alloh Taolo aytadi Qur'onda, istaydi billa.

Fa amma man u tiya kitobah u biya meni hi fayaqulu ha u muqra u kitobiya. Inni ronatu anni mulaqin hasabiya, fahua fii aishati rodiya, fii jannatin aliya. Bas o'z kitobi, nomayi, amoli o'ng tomondan berilgan kishi aytaver. Mana, mening kitobimni o'qingiz. Darhaqiqat men hisobotimga ro'baro' bo'lishimga ishonar edim, ro'baro' o'lishimni bilar edimdir.

Ammo Allohga iymon keltirmagan, oxiriga iymon keltirmangan, Allohni buyrug'idan uzoq bo'lgan fosib fojirlar, faqat dunyo hayotini, maishatini orzu qilganlar, bularga kitoblari chap qo'lidan orqa tomondan berilgandan keyin ular aytadi. Ammo kimning namoyi omoli orqa tomonidan berilsa, bas o'ziga o'lim tilab qolajak va do'zaxda kuyajak.

Mana endi chap tomondan kitob olgan odam, kitobi chap tomondan orqadan qo'liga berilgandan keyin, titrab haxshab sho'rim quridi. Qaniydi qo'limga kitobim berilmasa deb pushaymon yeb qoladi. Buni ham Alloh bayon qiladi. Va ammo men ut ya kitobah u bishim alixi, fayaqulu ya laytaning lam uta kitabiya. Endi kitobi chap tomondan berilgan kimsa esa der, eh, qaniydi meni kitobim qo'limga berilmasa? Qaniydi kitobim menga berilmasa? Valam adri hisabiya, hisobim nima ekanligini bilmasam, ya'laytaxa, ka'natil qodiya, qaniydi o'sha birinchi o'lim hamma narsani yo'q qiladigan narsa bo'lsa edi? Bir marta o'lib, yo'q bo'lib ketganimda zo'r bo'lardi ekan. Qayta tirilmasam bo'lardi ekan. O'sha o'lim bilan tugaganda zo'r bo'lardi deydi. Ma ag'na anniy maliya. To'plagan molib dunyoyim asqatmadi. Halaka anniy sultoniya. Saltanatim ham halok bo'lib mendan ketdi.

Mana o'sha kun albatta keladi, hammamizni ro'paramizga. O'sha kunga har bitta inson boradi. Ishonadimi, ishonmaydimi? Tan oladimi, yo'qmi, o'ladimi bir kuni? O'ladimi, tamom. Uni u yog'iga ixtiyor yo'q endi unda. Qabrdan chiqishi ham uni ixtiyori bilan bo'lmaydi. Maqsadgohga kelishi ham uni ixtiyoriy bilan bo'l maydi. Kitobini qasd qo'li bilan olish ham ixtiyori bilon bo'lmaydi da. Ammo bu dunyoda turganda ixtiyori qo'lida.

Savob gunoh qilishni o'zini ixtiyorida, fisq fujur yoki taqvoga yurishni o'zining ixtiyorida. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak birodarlar, Alloh azza va jalla o'zini mo'min bandalarini ana shu kitoblarni o'ng qo'liga berishlik bilan xursand qilib qo'yadi. Va kofir, fojia, fosiqlarni kitoblarni chap qo'lidan berishligi bilan qayoqqa borishligini xabarni berib qo'yadi? Shuning uchun biz dunyoda yasharkanmiz, mana shu kunni esdan chiqarib qo'yganligimiz uchun, o'limni esdan chiqarib qo'yganligimiz uchun juda ko'p nojoya xatti harakatlarga yo'l qo'yib qo'yamiz. Birovni bir mansabini olishlik uchun, birovni bir do'konini olishlik uchu, konkurentni yo'qotishlik uchun va hokazo, hokazo uchun, agar mana shu o'limni, mana shu qiyomat kunidagi shu holatni agar esdan chiqarmasdan o'zimizga eslatib turadigan bo'lsak, birodarlar, ko'p qilayotgan xato ishlarimizdan tortilib qolamiz, taqvo yo'lga yurib qolamiz.

Sirojiddin o'sha aytadi, voyi o'ta oliy kutubu ba'g'don nahva yumna va ba'g'donnahva gohlin va shimali. Ayrimlarga nomalar kelar o'ng qo'ldan, ba'zilarga berilar orqa va so'ldan. Alloh azza va jalla ana shu qiyomat qoyim bo'lganda, nomayi omillarini oldi tomondan, o'ng qo'lidan oladigan bandalardan qilishligini so'raymiz.

Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu livalakum. Innallohi va malayki atah yu sollu na alayhi va sallim. Ya yu halladina amaru sollallohu alayhi va sallyamu taslima. Vassalomu alaykum.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)