Maviza
—Qoralama20 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
19:54
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi narxmatuhu anasta'inuhu anasta'furu va na'utuhu billahi min ash'urur ya'nfusina va min sayyi'ati amalina man yahdihillahi falah muvillala va man yug'ililgu falah hadiyala. Va nashxadu alla ila ila allohu vahidahul ash sharik ala va nashxadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh.

Sirojiddin o'shining badul amaliy asarini o'qiyapmiz, birodarlar. Ellik sakkizinchi baytga keldik. Ellik sakkiz baytimizning mazmuni duolarning ta'sirlari bayoni. Bu ummatni orasida birodarlar adashgan toifalar, tiriklarni, o'liklarning haqqiga qilgan duolari ijobat bo'lmaydi. Tiriklarni o'tib ketganlarga qilgan duolarni foydasi yo'q degan tashviqotni, e'tiqodni yoymoqchi bo'lishgan. Tirik odam, o'tib ketgan odamni haqqiga duo qilsa, yoki qilgan o'zining savobli amalidan unga bir bag'ishlasa, bu mayitga foydasi bo'ladimi, yo'qmi? Shu masalani muolaja qilamiz.

Sirojiddin o'sha aytadi. Validda avati ta'firun balig'un voqodiyan fihi ashabu dalali. Tarjimasi duolarni yetuk ta'siri bordir, gohida adashganlar uni inkor qiladilar. Nazmiy bayoni duolarning yetuk ta'sirlari bor, adashganlargina qilarlar inkor. Hozir ham bor.

Odamni qilgan savobli amali faqat o'zini amalini foydasi tegadi, boshqalarni qilgan amallardan unga bormaydi. O'liklarda haqqiga duo qilib bo'lmaydi, qorona qilib ularni savobini bag'ishlab bo'lmaydi deydigan toifalar hozir ham yo'q emas. Mana bu masalada e'tiqodimiz qanaqa? Mana duo lug'atda iltijo, o'tinch ma'nolarni bildiradi. Endi istiloqda esa duo nima? Banda o'zini faqirligini, hojatmanligini, mutoyligini hamma narsaga qodir bo'lgan Alloh Taologa izhor qilib, manfaatlarni jalb qilishni va zararlarni daf qilishini so'rashi duo deyiladi. O'zini ojizligini, zaifligini, muhtojligini Alloh Taologa izhor qiladi va menga foyda keltirishigini va mendan zararni daf qilishigini so'rashlik duo deyilar ekan.

Musulmon odam qilgan duolarida o'ziga ham, agar o'tib ketganlarda haqiga qilayotgan bo'lsa, ularga ham foyda yetadi. Bizning e'tiqodimiz shunaqa. Shuning uchun mendan keyin uyimni chirog'ini yoqib qoladi deb umid qiladi ota onalar. Shunaqami? Endi duoni ta'sirini borligini adashgan toifalarga inkor qilishadi. Bu matnda zalolatdagilar degan so'zdan mo'taziliy firqasi, toifa nazarda tutilgan. Chunki mo'taziliy toifasi bu masalada ahli sunnaga zid da'volarni qilgan. Va mana shu da'volariga Qur'on oyatlarini dalil qilib keltirishgan.

Ajibda birodarlar. Nabi sollallohu alayhi vasallamning hadislari hayotda shunday o'zini voqeligini topdi. Qaysi hadisida? Albatta Banu Isroil yetmish bir firqaga bo'linadi, bo'lindi. Nasroniylar yetmish ikki firqaga bo'lindi. Meni ummatim yetmish uch firqaga bo'lanadi deganlar. Va feylan yetmish uch frqaga bo'lundi. O'zi aslida yetmish uzdan ko'proq, yetmish uch tadan ko'proq, lekin o'sha yetmish uch tadan keyin paydo bo'lganlari o'zidan avvalgi yetmish uch tani bittasiga borib ilashadi. Shuning uchun yetmish uchta deyildi, tochno chiqdi. Hozirgi kunda ham mana shunday bir zavlovatga ketgan, adashgan toifalar mayyikka qur'on o'qib duo qilishlik bid'at, foydasi yo'q degan da'volarda qilishadi da, o'zicha hujjat dalili bo'ladi bularni.

O'zi e'tibor berayotgan bo'lsanglar, yaqin bir uch yilda buyog'ida dalilingiz bormi degan gap aytilmay qo'ydi shahrimizda. Xotirjam bo'linglar, moturidiy aqidasi, hanafiy mazhabi bo'yicha ketarkanmiz, hammasini hujjat dalili bunday emas, mana bunday bor. Faqat siz bilmasangizlar yo'q degani emas bu. Mana endi duolarni ta'sirini inkor etadigan toifalar bir qancha dalillarni keltirishgan, o'zlarini e'tiqodini to'g'ri ekanligiga.

Alloh taolo qur'onda aytadi, istaydi beringlar. Vo allay salil insani ila ma sa'na. Najm surasiz. Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina mansub bo'lur. Ya'ni, boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, kishi o'zi qilgan amaldangina foydalanishi mumkin degan narsa bo'lyapti. Yana boshqa bir oyatda, kishi o'zini qilgan yaxshi amallari tufayli mukofotga erishsa, yomon qilmishlari sababli jazolanishi bayon etilgan. Alloh aytadi, astaydu billoh, la ha ma kasabat va alay ha maktasabat. Uning kasb etgani yaxshiligi o'ziga va orttirgani yomonligi ham o'zigadir. Shuning uchun deydi bu toifalar, mana shu oyatlardan ma'lum bo'lyaptiki, har bitta kishini ko'radigan foydasi boshqalarni qilgan duo xayrli ishlardan emas, faqat o'zini qilgan ishlaridan bo'ladi. Bu esa duolarning ta'siri yo'q ekanligi dalolat qiladi deyishgan.

Demak, bu mo'taziliy toifasi va shunga o'xshagan adashgan toifalar ikkita oyatni keltirib turib, ikkala oyatdan ma'lum bo'lyaptiki, banda o'zini amalidangina foyda oladi va o'zini qilgan amalidangina zarar ko'radi. Demak, bu oyatda, ikkala oyotda dalolati unga qilingan duolarni unga foydasi yo'q deyishdi. Endi shundan boshqa narsani eshitmasangiz, shuni to'g'ri deb ketaverasiz.

Endi ahli sunna val jamoaning dalillarini eshitganingizdan keyin solishtirasizda, ahli sunnaning dalili kuchliroq ekanligini anglaysiz. Ey birodarlar, bizni bu yurt gumuroqlar yurti emas. Bu Buxoriy, Termiziy, Sirojiddin o'shi, Burxoniddin Marg'iloniy, Imom Saraxsiylarni yurti. Islom ummatiga dinini ta'lim bergan ulamolar mana shu yurtdan chiqqan. Tushuninglar. Yuz ellik yil bo'lgani yo'q islomda paydo bo'lganiga. O'n beshinchi asrda yashayapmiz.

Yer yuzida shu kungacha yashab o'tgan eng zabardast ulamolar sanalsa, yuzta deb. Shundan o'ttiz tasi bizni Movarounnahrdan bo'ladi, o'rta osiyodan bo'ladi. Tushunarlimi? Ming yil, bir ming ikki yuz yildan beri bu yurtni ulamolari ummatga dinini ta'lim bergan. Mana endi ahli sunnaval jamoaning ularga bergan raddiyalari. Duolarning ta'sirlarini inkor detuvchilarga raddiyalar.

Duolarning ta'sirini inkor qiluvchilar keltirishgan yuqoridagi va undan boshqa dalillarga batafsil javob berilgan. Talixiy si sharha haqidatu tahoviy kitobida shunday deyiladi. Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina mansub bo'lur ma'nosidagi oyatda bayon qilinganidek, haqiqatda inson o'z sa'y harakati va yaxshi fe'l atvori bilan do'st orttiradi, uylanib bola chaqali bo'ladi, insonlarga mehr muhabbat ko'rsatadi, ko'plab yaxshi amallarni qiladi.

Ana shu qilgan yaxshiligini ko'rgan odamlar haqqiga duo qiladi. O'tib ketgan bo'lsa shu odam, boyagi topgan do'stlari duo qiladi. O'tib ketgan bo'lsa shu yaxshi ish qilgan odam, bola chaqasi duo qiladi. Demak, ana shularni qilayotgan duolari ham shu odamni o'zini kasbi. O'lib ketgan odamga biror la'nat o'qiyotgan bo'lsa, qilgan ishi uchun la'nat o'qiydi. Demak, ishidan zarar ko'ryapti. Endi o'tib ketgan bo'masa Alloh rahmat qilsin. Shu birodarimiz mana shuncha yaxshilik qilgan deyotgan bo'lmasa, uning duosi ham, tirik odamning duosi ham o'tib ketgan odamning amali hisoblanadi.

Yaxshilik ham, yomonlik ham o'zingizni amalingizmi? Shu narsa uchun duo qilishyaptimi? Demak, o'zingizniamalingiz shu duoyam. Yana kitobda davom etiladi. Shunga ko'ra, insonlar uni yaxshilik bilan eslab, unga Alloh Taolodan rahmat so'rab duo qilishsa, qoat ibodatlarning savoblarini unga hadya qilishsa, bularning barchasi birovniki emas, aslida uni o'zini sa'ya harakatining natijasi bo'ladi.

Bir odam masjid qurib qo'ydi. Orqasidan odamlar duo qilishdi. Masjid qurgani uchun duo qilishdi, demak, bu duo o'zini qilgan amali bo'ladi. Agar shu ishni qilmaganda, birov duo qilmas edi. Birov bir kavlab quduq chiqarib berdi bir shahar yoki qishloq ahliga. O'tib ketgandan keyin odamlar duo qilyapti. Mana shunday bir xayriyatni qo'yib ketdi. Ularning duosi nima uchun? Shu odamni qilgan amali uchun. Binobarin qilgan amali va undan qilingan orqasida duo, unga nima bo'ladi?

Foyda qiladi. Nima kerak bardomdan shu narsalarni o'zi? Shu duo qilyapti deb qo'ysangiz bo'lmaydimi? Yo'q bo'lmaydi. Chunki ja aqlli bo'lib ketdik. Dalilni so'raydigan, ota bobolarimizni ming yildan beri qilib kelayotgan ibodatlarini bid'atga chiqaradiganlar ko'payib ketgani uchun gapirishga majbur bo'lyapmiz. Birodarlar, Allohni qanaqa zot ekanligini tanishimiz uchun bizga Qul hu vallohu ahad surasi yetar edi a?

Ayting, u Alloh yagonadir, Alloh behojjattir, tug'magan, tug'ilmagan, hech kim Allohga teng emas. Bo'ldi. Shu bilan tugadi. Alloh haqida boshqa savol yo'q edi. Nima? Keyin chiqdimi? Alloh qayerda? Arshga iste'fo qildi, qanaqa qilib iste'fo qilding? Allohni qo'li bor deyapti, qo'li qanaqa bo'ladi? Ko'payib ketdimi? Kerakmidi bizga shu narsa?

Kerak emas edi a? Endi shunga o'xshagan odamlarni e'tiqodida qilayotgan amallarda sho'rg'aga solinib qolayotganligini ko'rganimizdan keyin shu tafsilotlarni o'qib, siz azizlarga bayon qilishga majbur bo'lyapmiz. Ana shu notaziyliklarning yoki duoning ta'siri yo'q degan oqimlarning ikkinchi daliliga kelsak. Ular aytishgan edi, la ha ma kasabat va alay ha maktasabat. Uni kasb etgan yaxshiligi o'ziga va orttirgani yomonligi ham o'ziga, oyat ham yuqoridagi oyat kabi bo'lib, har bir kishi o'zining qilgan yaxshi ishining samarasini ko'radi, qilgan ma'siyatiga ko'ra jazolanadi kabi ma'nolarni ifodalaydi. Ya'ni har kim ekkanini o'radi. Shuningdek, agar mag'firat so'rab duo qilishni foydasi bo'lmaganida, mag'firat so'tashga Qur'onda buyurilmagan bo'lar edi.

Qur'on karimda Alloh Taolo gunohimni kechirgin deb so'rashlik kerakligi haqida oyatlar bor. Mag'firat so'rashlikka buyurilganmiz birodarlar. Astag'firulloh. Fanam anna hula ilah ilallohu astag'firullidan bekka valil mulminina val mulminat. Muhammad so'rasin. Bas, ey Muhammad alayhissalom, Allohda o'zga iloh yo'q ekanini biling, va o'zingiz uchun hamda mo'min va mo'minalarning gunohlari uchun mag'firat so'rang. Mana duo qiling deyapti Payg'ambarimizga Alloh Taolo. Yana, o'tib ketgan odamlarni haqqiga qilingan duolarda yaxshilik, manfaat, foyda bo'lmaganida, o'sha o'tib ketgan olamlarda eslab duo qilgan odamlar Qur'onda maqtalmagan bo'lardi. O'zidan avval iymon bilan o'tgan kishilarni haqqida duo qilganlarni Alloh Qur'onda maxtayapti. Aslida beringlar. Va ladina ja u min badiihim yaquluna, robban avfir lana val ixvani na ladina saboqu na bil iman. Va la taji alfe qulubina g'illa liladina amanu robbana innaka raufur rohim.

Ulardan keyin dunyoga kelganlar, ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o'tgan birodarlarimizni mag'firat qilgin. Iymon keltirilganlarga nisbatan qalbimizda nafrat paydo qilmagin. Ey Robbimiz, albatta Sen shafqatli mehribonsan derlar. Ya'ni bizni mag'firat qilgin va bizdan avval iymon bilan o'tganlarni ham mag'firat qiling deyapti. Shularni Alloh Taolo maqtayapti. O'lganlarni haqiga duo qilib bo'lmaydi. Ular o'zlarini qilgan amali bilan ketdi. Hammani amali o'ziga buyuradi. Birovni qilgan amalidan o'tib ketganlarga savob yo'q, deyotgan toifalar adashganlar.

Yana birodarlar, vafot etib ketgan odamni janozasini o'qishlik tiriklarga vojib. Janoza nima? Janoza duoda. Parvardigor, tiriklarimiz ham, o'liklarimiz ham mag'firat qilgin. Kattamizni ham, kichigimizni ham, erkagimizni ham, ayolimizni ham, hozirimizni ham, g'oyibimizni ham, nima qilgin? Janoza nima ekan?

Janoza namozi asli sanoat, salovat aytish bilan birgalikda. Ey Allohim, bizlarni tilinglarimizni ham, o'liklarimizni ham mag'firat qilgin degan duo. Agar duo qilishni bironta foydasi bo'lmagan edi o'tib ketganlarga, janoza o'qish ham vojib bo'lmas edi. Endi mana shu dalillarni hammasidan duolarning ta'siri borligi ko'rinib turibdi. Shuning uchun inson vafotidan keyin o'zini haqiga xayrli duolar qilinishiga sabab bo'ladigan amallarni qilishlik kerak bo'ladi.

Duo bandaga bu dunyoda foyda keltirish, undan zararlarni daf qiladigan eng kuchli sabab ekanligini bilishlik kerak. Qur'onda bayoni bor buni. Va qol robbukumudi oniy astajiblakum. Robbingiz dedi, menga duo qilinglar, ijobat qilaman. Albatta menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban hollarida jahannamga kelaverlar. G'ofur surasi. Innalladina yastakberuna an ibadating. Menga ibodatdan kibr qilganda jahannamga kiradi deb. Shu yerdagi ibodatdan murod duo. Duo.

Ibn Kasir mana shu oyat haqida Alloh Taolo bandalarini o'ziga duo qilishga da'vat qilgan va o'z fazli marhamati bilan qilgan duolarini albatta ijobat etishga kafolat bergan degan. Duoda ta'siri bor ekanmi? Duoda ta'siri yo'q, tiriklarga ham, o'tib ketganlarga ham. O'shaning uchun biznikilar doim duo qilib kelgan. Har ovqat yeb bo'lgandan keyin duo qilib ota onam degan, ustozlarim degan duo qilib kelgan.

Oyat karimani davomidagi ibodatdan kibr qilganlar bu duo qilishdan takabbur xillik qilganlar deb ta'sir qilingan. Biz duo qilamiz birodar. Ota bobomiz duo qilgan, biz duo qilamimiz. Solmonov forsiyalari rivoyat qilinadi. Mana duo hatto qazoyi qadrni o'zgartiradi. Taqdirni o'zgartiradigan sabablardan bittasi duo. Abdullohi nurma roziyallohu anhu duo qilar ekan. Farvardigor, agar meni taqdirimga baxtsizlardan deb yozib qo'ygan bo'lsang, uni o'chirib, baxtlilardan deb yozib qoygin. Saodatmandlardan, baxtlillardan deb yozib qurgin deb duo qilar ekan'. Mana shu sunnatning eng bilimdoni bo'lgan u sohibi.

Solimali fursidan rivoyat qilinadi, Payg'ambarimiz aytganlar. La yaruddul qado illa duo, va la yazidufil umri illal bir. Imom Termizir voy. Qazoni faqatgina duo qaytaradi. Bir insonni peshonasiga balo, musibat yozilgan bo'lsa, u duo qilsa o'zi va uni haqqiga ham duo qilsa odamlar, Alloh saqlagin panohingda shu baloni nari qiginda duo qilsa, ana shu duo taqdirni o'zgartiradigan sabablardan. Rostini aytadilar, umrni faqatgina yaxshilik ziyoda qiladi.

Demak, birodarlar, solih amallar saodatga erishish uchun azaliy sabablar bo'lsa, yomon amallar badbaxt bo'lishligi uchun azal sabablardan hisoblanadi. Yana kishini go'zal xunuklik bo'lishi, siylak raqamli o'rniga qo'yishligi, yaxshi amallarni qilishligi, bular azaliy sababler qatoriga kiradi. Ana shu sabablar qoyilib qilingan paytda, o'sha sababga bog'langan ishlar ham yuzaga chiqadi. Imomutahobiy shunday deydi. Tiriklarning duo va sadaqalarida o'liklar uchun manfaat bordir. Alloh Taolo duolarni qabul qiladi va hojatlarni ravo qiladi deb e'tiqod qilamiz.

Bu imomutahobini gapi. Qaytaramiz. Tiriklarning duo va sadaqalarida o'liklar uchun manfaat bordir. Alloh taolo duolarni qabul qiladi va hojatlarni ravo qiladi deb e'tiqod qilamiz. Xulosa shu. Duoni shu duoni qilayotgan insonni o'ziga manfaati bor. Duo qilayotgan odamni duosidan, agar o'tganlarda haqiqiy duo qilayotgandek bo'lsa, ularga nima bor? Manfaat bor.

Ibn ato alloh sikandariy rahmatullohu alayhi hikamul atoyada mana shu duoni ijobat bo'lish haqida ajoyib gapni gapirgan. U kishi aytadi duoda bardavom bo'lsangda berish muddatining kechikishi umidingni so'ndirmasin. Uzoq yillar duo qilding, beravermadi. Uzoq duo qilding, bereravermadi. Umiding so'nmasin. U zot senga o'zi ixtiyor qilgan narsa to'g'risida ijobat qilishga kafolat bergan, sen ixtiyor qiladigan narsa to'g'drisida emas.

Alloh o'zi xohlagan narsani beraman deb kafolat bergan. Sen so'ragan narsani albatta beraman deb kafolats bermagan. U kishi aytadi yana, u zot senga o'zi xohlagani vaqtida ijobat qilib qilishga kafola bergan, sen xohlagan vaqtda emas. Tushunarlimi? Duoda uzoq bo'lding, bermadi. Tushkuniki tushma. Alloh sen xohlagan narsani beraman deb kafolat bermagan. O'zim xohlagan narsamni beraman deb kafolatlagan va sen xohlagan paytda ijobat qilish kafolatini bermagan. O'zi xohlagan paytida ijobat qilishi kafolatini bergan.

Ellik sakkizinchi bayt vali da'vati ta'tirun balig'un vaqadniyam fiihi ashabu dolaning. Duolarni yetuk ta'siri bordir, johida adashganlar uni inkor qiladilar. Nazmiy bayoni duolarning yetuk ta'sirlari bor, adashganlargina qiladilar inkor. Aqulu qovli ha'da, astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malaykathu yu salun ala nabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi va sallamu taslima, vassalomu alayhi

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)