Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdaliillahi nahmadhu huvonasida, a'yin huvonasida of'firuh va na'ruh villahi min sururiyan husina va min sayyi'ati amalina man yahdihillahi falah mudir lala va man yu'li ilhif falah hadiyalala. Ona shuhratulloh ilohi illalloh va hidahular sharikala, ona shuhrat anna muhammadan abduhu rasuluh. Ammabod assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakati.
Oltmish uchinchi baytimizning mavzusi xushxabardek qalbga tasalli beruvchi nazm. Sirojiddin o'sha aytadi yu sallel qalba kal bu shilobi rauhin va yuhiy ruha kal mayiz zulali. Ma'no jihatdan tarjimasi sevinchli xushxabardik qalbga tasallas beradi. Va zilol suv singari ruhini jonlantiradi. Bu baytlar. Nazmiy bayoni, qalblarga zavq berar misli xushxabar, zilol suv yetgandek hayot jonlanar. Sirojiddin roshiy bu yozilgan misralar uni o'quvchisiga xushxabardek tasalli berishini aytyapti. Juda ham chanqab turgan odamga zilol tiniq suv berilganda ichib, jonlanganidek, bu matnlarni, bu misralarni o'qib turib, kishining ruhi jonlanadi. Chunki bu misralarda birodarlar musofo, e'tiqod bayon qilingan. Chanqoq odam uchun suv qanchalar zarur bo'lgan bo'lsa, qanday zarur bo'lsa, e'tiqodingni o'rganishlikda ham musulmon uchun bu misralar shunchalar zarur.
Mana hozirgi kunda aqidaga taalluqli bo'lgan, aqidaga aloqador bo'lgan ko'p ixtilofli masalalar bor. Alloh qayerda? Alloh Taolo arshga iste'fo qildi. Qanaqa qilib iste'fo qild? Alloh Taolo har kecha tunning uchinchi qismida dunyo osmoniga keladi. Duo qiluvchi bormi? Duo ijobat qilaymi? Katta hadis. Qanaqa bilib keladi? Alloh arshi qanaqa qilib iste'fo qildi? Alloh osmondami yo boshqa yerdami? Shunga o'xshagan ixtilofli masalalar avj olib turgan paytda, bu misralarda o'qigan inson nima bo'ladi? Chanqab turgan odam muzdek suvni ichib, jon orom olganidek, bu misralarda qilib o'rganib, jon orom bo'ladi.
Shuning uchun ruh oziqlanar ekan, mana shu misrani o'qib, bu baytlarni o'qib, ruhingiz orom oladi. Endi, ruhingiz oram olgandan keyin taniyez ham rohat oladi da. Endi ruhingizni orom olganini taniyezni olayotgan oromiga taqqoslab bo'lmaydi. Chunki jasadingiz bilan, taniyez bilan olayotgan rohatingiz ozuqalar orqali bo'ladi. Yeysiz, ichasiz, uxlaysiz, kiyasiz, bir narsani minasiz, mazza qiladi taniyez. Lekin bu tananing rohatlarini orqasida albatta mashaqqat bor.
Ko'p yeb qo'ysangiz, bilasiz. Ko'p ichib qo'ysangz, yana bilasiz. Bor a? Ammo, ammo ruh orzu qilinadigan bo'lsa, buning rohatini orqasida hech qanday nima yo'q, mashaqqat yo'q. Agar kishi, birodarlar, qanday zotga bandi ekanligini anglasa, bu dunyoni qiyinchilik, mashaqqatlari hammasi tezda o'tib ketishini bilsa, qilayotgan ozgina harakati, amali uchun katta mukofotlar borligini his qiladigan bo'lsa, o'zini naqadar katta iftixor martabasida ekanligini biladi. Baxtli ekanligini his qiladi.
Ana shu tasavvuf olimlaridan biri aytadi: sening quling ekanim azizlikka kifoya. Mening robbim ekaning obro'larga nihoyat. Ya'ni men o'zimni aziz his qilishim uchun seni quling ekanligim yetadi. Shuning uchun bizni Allohni quli ekanligimiz biz uchun eng katta sharaf, eng katta baxt.
Seni quling ekanim azizlikka kifoya, mening robbim ekanning obro'larga kifoya. Alloh bizni robbimiz. Bundan ortiq obro' bo'lmaydi bizga. Olimlardan biri aytadi: dunyodagi eng shirin mazali narsani tatib ko'rmasdan o'tib ketgan kishilar, dunyo ahllari, mana shu dunyodagi eng baxtsiz kishilar hisoblanadi. Dunyoga kelishdi, ana shu eng mazali narsasini tortmasdan ketishdi. Bu eng baxtsiz odamlar. Kimlar ular deb so'ralganida, Allohni tanish dunyodagi eng totli narsa. Shu narsani totimaganlar eng baxtsiz odamlar deyildi.
Mana endi matnda bayon qilingan misralarni ruhni jonlantirishligi aytildi. Bu misralarni bu baytlarni o'qisangiz, ruhingiz jonlanishi aytildi . Endi mana shu ruh haqida endi ozgina suhbat qilamiz. Ruh bilan nafs bitta narsami? Yoki ruh alohida, nafs alohida narsami?
Farruh rahmatulloh ali aytadi, insonning tirik bo'lishiga sabab bo'ladigan narsa ruh deb ataladi. Insonning tirikbo'lishiga sababbo'ladigan narsa rux deb ataladi. Mana endi mavzu. Ruh va nafs o'rtasida farq bormi, yo'qmi? Ruh va nafs so'zlari lug'aviy va istiloqiy jihatdan bir birlari bilan quyidagicha farqlanadi.
Ruh so'zi lug'atda jonzotlar u bilan tirik bo'lgan narsaga ishlatilinadi. Ruh shunday narsaki, jonzotlar ubilan tirik. Shu narsa ruh deyiladi. Qur'oni karimda bu so'z, ruh, to'rt xil ma'noda keladi. Birinchisi, vahiyga dalolat qiladigan ma'noda keladi. Astaydi billa, yunas zilul malay ikata ber ruhi min amrihi ala man yashav min aybadi. Nahl surasi. U o'z amri bilan farishtalarni ruh bilan, ya'ni vahiy bilan bandalaridan o'zi xohlaganlarga nozil qiladi. Alloh o'zi xohlangan bandalariga, payg'ambarlarga ruhni nima qiladi? Tushiradi maloykalar orqali.
Bu yerdagi ruhdan maqsad Allohning vahisi. Ruhning birinchi ma'nosi vahiy. Qur'onda shunday kelyapti. Ikkinchi ma'nosi, Jabroil alayhissalomga dalolat qilib keladi. Tanaz zalul malay ikatu va ruhu fii habi izni robbihi ming kunli amr. Qadri surasi.
Farishtalar va ruh tushadi. Shu yerda ruhdan murod, Jabroil. Ruh kelmasining Qur'onda kelayotgan birinchi ma'nosi vahiy, ikkinchi ma'nosi Jabroil alayhissalom. Qarangda shu mana ruh deganda siz faqatgina insonni ruhini tushunardingiz. Ko'pchiligimiz. Qarasak Qur'onni ichida kelayotgan ruh so'zidan ikki xil ma'no kelyapti. Ha, demak hali men ko'p narsani bilmayman ekan.
Ruh so'zini Qur'ondagi birinchi ma'nosi vahiy, ikkinchi ma'nosi Jabroil alayhissalom, uchinchisi ruh so'zidan ko'zlangan maqsad Qur'on. Vakadarika avhayna ilayka ruhan min amriina. Ana shunga o'xshash, biz sizga, ey Muhammad alayhissalom o'z amrimizdan bir ruhni, Qur'onni vahiyni nozil qildik.
Demak, birinchi ma'nosi ruhdan. Vahiy, ikkinchisi Jabr alayhissalom, uchinchisi Qur'on. To'rtinchisi. To'rtinchasi, jonzotlar, jonivorlar u sababli tirik bo'ladigan narsa ma'nosida kelgan. Astadibillah. Voyas alunaka ani ruh, quli ruhi min amri robbiy, va ma'utiy tu minala ilmi ila qoliy. Isro so'rasin. Va sizdan, ey Muhammad alayhissalom, ruh haqida so'rashadi.
Ayting, ruh robbimning ishidir. Ruh robbimning istidir. Sizlarga juda ham oz ilm berilgan, deb aytyapti Alloh Taolo. Endi biz ruh deganda mana shu narsani tushunamiz ko'proq. Jonivor narsa, jonivorni tirik qilib turgan narsa ruh deyiladi. Demak Qur'onda ruh birinchisi vahiy bo'lib keldi, ma'nosi, ikkinchisi Jabr alayhissalom bo'lib kelda, uchinchisi Qur'on bo'lib keld, to'rtinchisi jonzotlarni tirik qilib turgandagi narsa degan ma'nosida keldi.
Mana endi ruh. Ruhning haqiqatini bilish mumkinmi yoki mumkin emasmi? Ruhni haqiqatini bilish yoki bilmaslik. Bilish mumkinmi, mumkin emasmi? Bu haqida ikki xil so'z bor bir odamlar. Birinchisi, ruhning haqiqatini bo'lish mumkin, ikkinchisi, ruhning haqqatini bilish mumkin emas.
Ruhning haqiqati bilish mumkin degan ulamolarning o'zlarini dalillari bor, o'zlarining fikrlari bor, so'zlari. Ruhning haqiqatini bilish mumkin. Bu haqida Shoh Valiyulloh Dehlaviy «Hujjatullohil Baliq» asarida shunday deydi. Ushbu oyat ba'zi olimlar hisoblaganidek, bu ummatdan hech kimning ruhning haqiqatini bilmasligiga dalil bo'la olmaydi. Zero, shariat aytmagan narsalarni, albatta bilish mumkin bo'lmaydi deyish to'g'ri emas. Balki shariat ko'pincha biror narsani aytmasligi, garchi uni bilish ba'zilarga mumkin bo'lsa da, uni anglashga o'ta nozik bo'lgani va shu sababli uni ommaga taqdim qilish to'g'riligi to'g'ri bo'lmasligi e'tiboridan bo'lgan. Bilingki, ruhning haqiqatdan avval idrok qilinadigan narsa shuki, ruhning haqiqatidan avval idrok qilinadigan narsa shuki, u tirik jonzotlardagi hayotning asosidir. Qaysi jonzotga ruh puflansa, u tirik bo'ladi. Undan ruhning ajrashi tufayli o'likka aylanadi, deydi Valiyulloh Dehlaviy.
Alloh Taolo bandalaridan yashirgan narsalar bor. Shundan bittasi ruh. Bizni umumiy e'tiqodimiz ruhni nima ekanligini biz bilmaymiz, to'xtadik. Lekin ulamolarni so'zini fikr qatorida keltirdik. Endi ikkinchi fikr. Ruhning haqiqatini bilish Allohga xos, bandalar uni bilishi mumkin emas.
Bu haqida Imomun Asafiy Madorikut Tanzirida shunday yozadi. Ruhning nimaligini bilishni Alloh o'ziga xoslab qo'ygan. Buning hikmat shuki, aql o'zi bilan birga bir tanada bo'lgan narsani idrok qilishdan ojiz qolishi, uning Xoliq Taoloni idrok qilishidan umuman ojiz ekaniga dalolat qiladi. Ozgina sharhlaymiz. Mana insonni jasadida, tanasida aql ham bor, ruh ham bor. Tanada ham aql, ham ruh bor. Endi bitta tanada turgan aql shu tanada turgan ruhni nimaligini idrok qila olmaydi. Aql o'zini yonida turgan ruhni nivaligini idrok qilolmaydimi? Endi Alloh Taoloni zotini idrok qil olmasligi erta qachon.
Shunga ko'ra, ruh haqidagi ta'riflar hech qaysi komil emas. Imom G'azzoli ruhga ta'rif bergan. Cho'x yonib turibdi, ko'mirni cho'g'i qip qizil. Shu cho'xni ichida olov bor bo'lganidek, zaytun mevasini ichida yog' bo'lganideok, daraxtning novdasida nam bo'lganidek, insonni jasadida ruh shunday singib ketgan jasadiga, dedi Imom G'azzoli. Bu juda ham bir go'zal ta'rif.
Lekin bu ta'riflarni hech qaysisi, mana yana bitta aytildi, ta'rif. Ruh shunday narsaki, bu tufeli jonivorlar tirik bo'ladi. Jonivorlar shu ruh tufeli tirik bo'lgan. Bu ham bitta ta'rif. Lekin har qancha ta'riflar aytilmasin, ruh haqidagi ta'riflarni, bularni birontasi komil ta'rif deyilmaydi. Imom G'azzoli misol bilan aytyapti.
Endi, xulosami shu ekan a? Ruhni nima ekanligini bilish mumkin degan ayrim ulamolar, ayrim ulamolar ruhni nimaligini bilish mumkin emas degan. Ruh haqida har qancha ta'riflar aytilmasin, hech qaysi komil ta'rif demaydi, doim noxush bo'laveradi. Ruh Qur'onda to'rt xil ta'rif bilan keldi. Vahiy, Jabroil, Qur'on va insonlarni, maxluqotlarni tirik qilib turgan narsa. Ruhni nimaligini bilishi mumkinmi, mumkin emasmi? Ayrim ulamolar mumkin deyapti, ayrimlari mumkin emas deyapti. Undan tashqarichi, siz bilmadingiz shu ruhni nimaligini. Qiyomatga borganda sizdan so'ramaydi buni. Molo ya'ni, qiyomat kunida bir aytib beruvdim u, qiyomat kuni Alloh mendan meni qayerda deb e'tiqod qilgansan bandam deb so'rasa, men kitobi sunnatga muvofiq seni osmonda deb e'tiqodi qilganman desam, buni menga nima zarari bor domla deb turib menga haligi eslaylik qildi.
U mavzuga kirmasdan tashqaridan turib javob berib qo'ydim. Siz qayoqdan oldingiz? Qiyomatda shuni sizdan so'rashayin desam to'xtab qoldi. So'ramaydimi domla deydi. So'ramaydi sizdan buni. Sizdan qirqta farzni so'raydi. Ichida ro'zasi bor, zakoti bor, a namozi bor, tahorati bor. Allohni bitta dedingmi? Sherigi yo'q dedingmi? Jannat do'zax borligi yettita shartiga iymon keltirdingmi? Iymon yettita shartigiga iymon keltirdingmi? Ha. Farzni bajardingmi? Ha. Qorong'u bu yo'q so'ray olmaydi. Va shuning uchun musulmonlarga zarur bo'lmagan, musulmonlarning ommasi bilishi so'ralmaydigan, zarur bo'lmaydigan mavzularni, ulamolarni maydonida bo'ladigan mavzuni avom xalqni ichiga olib tushib ixtilof qilayotganlar, xoinlar.
Ha domla, endi buncha ko'p ekan ruh haqida, bizga vot imenno kerak emas edi da. Nimaga unda keltirdi desa, shunga o'xshagan ixtiloflar bo'lganda o'qib bilib olinglar uchun. Qiyomatga borganda sizlardan ruh bilan nafsni farqini bilganmisan banda demaydi. Besh ma'no mazza qilganmisan? Ro'za tutganmisan? Haromdan tiyilganmisan? Bo'ldi. Nima uchun qirqta farz deyiladi, bilasizmi?
Ko'p pastda. Farz, farzi ayim bor, farzi kifoya bor, bilasizlar. Hammamizga shart bo'lgan, qilishimiz zarur bo'lgan amal farzi ayin deyiladi. Farzi ayin qirq dona. Farzi ayinni farzmi, demak hamma qila oladi.
Bir yilda o'ttiz kun ro'za tuta oladi hamma, shuning uchun farzi ayin. Bir kunda besh mahalom bo'lsa xush mumkin lyuboy joydan. Shuning uchun fazi ayin. Ammo zakot bilan haj hammaga farz emas. Chunki hamma boy emas da. Tushunarlimi? Shuning uchun bizga buni nimaga masalan o'xshatsa bo'ladi? Cho'ntagizda bir cheklangan miqdorda pul bor.
Deylik bir uch ming so'm qirg'iz puli bor deydi. Uyga matashida qilish kerak. Nimadan boshlaysiz sarflashni? Yogurt olasizmi? Gollandskiy sir olasizmi? Nimaga? Yemiysizlarmi? Yemaysizdir uch ming so'm. Byudjet ogranichenniy. Birinchi nimani olasiz? Yog' olasiz. Tuz olasiz.
Ana. Bizni hayotimiz ham o'sha uch ming soplik cheklangan narsa. Unichi kerak narsaga sabablaylik. Alloh qayerda? Keyingi mavzu. Ruhning nafs bilan bir ekanligi yoki bir emasligi haqida. Bu haqida ham bahs bor.
Ruh bilan nafs bitta narsami yoki alohida alohida narsami? Nafs arab tilida ko'plab ma'nolarda ishlatiladi. Nafs degan so'z aslida arabcha so'z. Ruh ma'nosida ishlatiladi nafs so'zi. Masalan, nafsni chiqdi deb qo'yadi. Ya'ni ruh chiqib ketdi, o'lib qoldi. Ikkinchisi, qon ma'nosida. Masalan, oqovunchi nafsi, ya'ni qoni bo'lmagan narsa. Suvga chigitga, pashshaga o'xshagan qoni yo'q jonivor tushib qolsa, manaqa manaqa deb aytilingan kitoblarimizda. Demak, nafs so'zdan ikkinchi tushunilayotgan ma'no qon. Uchinchisi, nafs so'zidan ayni nafs tushuniladi. Masalan, ja al maliku nafsuhu. Podshohning o'zi keldi. Podderjaxoni o'zi keldi deyotganda podderjaxoni nafsi keldi degani bo'ladi. Vaziri kelgan bo'lishi mumkin. Shu yerda ja al maliku nafsuhu. Podderjaxoning o'zini nafsi keldu, o'zi keldim. To'rtinchisi, ko'z tegish ma'nosida ham nafs o'zi ishlatiladi. Masalan, unga nafs teyapti deydi. Ya'ni ko'z teyapti deyapti.
Alloma Ali ibn Muhammad Sharif Jurjoniy «Kitobut tarifot» asarida nafs haqida quyidagilarni yozgan. Bu alloma aytadi nafs hayot, his qilish va ixtiyoriy harakat quvvatlarini tutib turuvchi latif bu bo'lgan moddadir. Hakimzod uni hayotga taalluqli ruh deb atagan. Shunga ko'ra u, ya'ni ruh, badanning chirog'i bo'lgan modda hisoblanadi. Inson vafot etgan chog'da, badanining tashqarisidan ham, ichkarisidan ham ushbu chiroqning ziyosi uziladi. Ruhni chiroq deyapti bu olim. Bu chiroq insonni jasadini ichidan ham ulangan bo'ladi, tashqarisidan ham ulangan bo'lardi.
Ana shu ruh degan chiroq insonning tanasini tashqarisidan, ham ichkarisidan ham uzilsa, inson o'ladi. Davom etkazamiz. Uxlagan paytida esa, ushbu chiroq ziyosi faqat badanining tashqarisidan uziladi. Ichkarisidan uzilmaydi. Insonni jasadiga ruh degan chiroq ulangan.
Tashqarisidan uzilganda, ichkarisida ulana turganda uxlaydi inson. Agar tashqarisidan ham, ichkarisidan ham bu yorug'lik uzilsa, o'ladi. Bundan uyqu bilan o'limning bir jinsdan ekani ma'lum bo'ladi. Chunki o'lim mazkur chiroqning ziyosi, to'liq uzilishi bo'lsa, uyqu uning to'liq bo'lmagan uzilishidir.
Bu chiroq, ruh degan chiroqni yorug'ligi insonni ichidan uzilsa, tashidan uzilsa o'ldi. Ammo ichida turib bu chiroq, tashidan uzilsa uxlay ekan bo'ladi. Chunki o'lim mazkur chiroq ziyosining to'liq uzilishi bo'lsa, uyqu uning to'liq usilmagan uzilishidir. Qodir va Hakim bo'lgan Zot nafsning badanga bog'lanishi uch turli qilgan. Birinchisi, nafsning ziyosi badanning barchasiga, tashqarisiga ham, ichkarisiga ham bog'lanib turgan holatda uyg'oqli bo'ladi. Jasadlarimiz turibdi. Bu yorug'lik ichimizda ham tashimizda tursa mana uyg'oq turibmiz.
Ikkinchisi, nafsning ziyosi, badanning faqat ichkarisiga bog'lanib, tashqarisiga bog'lanmagan holati uyqu deyiladi. O'shaning uchun uxlayotgan odamni tirik ham deya olmaysiz, o'lik ham deya olmaysangiz. O'lik desangiz nafas olyapti. Tirik desangiz ongi o'chgan. Uchinchisi, nafsning siyosi badanning barchasidan. Tashqarisidan ham, ichkarisidan ham uzilgan holati o'lim hisoblanadi, deydi bu olim.
Yana nafs so'zi Qur'oni Karimda va Hadis Shariflarda mana shu ma'nolardan boshqa ma'noda Allohga nisbatan ishlatiladi. Masalan, Yeso alayhissalom aytadi ta'lamu mafi nafsiy va la a'lamu mafi navsiy. Meni nafsimdagi narsani bilasan sen, lekin seni nafsingdagini bilmayman deydi. Alloh Taoloni nafs deyapti Yeso alayhissalom. Lekin Alloh Taologa nisbatan nafs so'zi ishlatilganda, maxluqlarga nisbatan ishlatilgan ma'no tushunilmaydi.
Nafs so'zini Allohga nisbatan izhlatish haqida Imomu Abu Hanifa o'zining Fiqh u Akbarada shunday deydi. Alloh Qur'onda zikr qilganidek, uning yadi, vajiha va nafsi bordir. Yad degani qo'l degani, vajih degani yuz degani, nafs degani nafs degani. Alloh Qur'onda zikr qilganidek, uning yadi, vajih va nafsi bor. Ha, Alloh Qur'onida vajih, yad va nafsdan nimani zikr qilkan bo'lsa, u yad, vajih, nafs. Uning uchun kayfiyatsiz sifatdir. Allohni yuzida tarjima qilyapmiz, Allohni qo'lida tarjima qilayapmiz, Allohning nafsida tarjima qiliyapmiz. Lekin Allohni yuzi, qo'li deganda, biz kayfiyatini aytmaymiz. Bu manaqa narsa demaymiz. Kayfiyatsiz sifat, Alloh o'zi biladi deymiz. Tushunarlimi?
Ya'ni mazkur sifatlar bayon qilingan oyatlar ma'nosi mutasaddiy bo'ladi. Endi mutasaddih oyatlarda tushunishlikda jumhur jumhur ulamolar Alloh Taoloning o'ziga tafviz qiladi. Allohni yuzi bor deyapti, qo'li bor deyapti. Boldiri bor deyapti? Ikkita barmog'i bor deyaptimi, ikkita qo'li bor deb deyapti. Buni nima deb tushunamiz desa, Alloh bulardan nimani o'zi iroda qilgan bo'lsa, o'sha deymiz. Biz o'xshatmaymiz, ta'rif bermaymiz, tushuntirmaymiz.
Tafsir u ha, tafviz u ha. Bu oyatlarni tafsiri Allohni o'ziga havola qilib qo'yish. Demak, nafs so'zi sifat ma'nosida Allohga nisbat beriladi. Ammo ruh so'zi sifat ma'nosiga U Zotga nisbat berolmaydi. Chunki ruh U Zotning sifati emas, balki yaratgan narsalari sirasiga kiradi. Ammo bandalarga nisbatan ishlatilganda, ruh va nafs so'zlari bir xil ma'noda. Ya'ni, jonzotlar u sababli tirik bo'lib turgan narsa ma'nosida ishlatiladi.
Qur'oni Karimda bandaga xos bo'lgan nafs yomonlikka buyuruvchi, malomat qiluvchi va xotirjam turuvchi ma'nolardagi sifatlar bilan bayon qilingan. Nafsun ammora, nafsun lavomi, nafsun mutmaimna. Bundan bandaning nafsi uni turli holatlarda mana shu sifatlar bilan sifatlanishi tushuniladi. Ruh va nafsning bir biridan farqli ma'noni ifodalash haqida muhammad anvar badaxshoniy, talqiysi sharha haqiqat tutta havyoda shunday deydi. Tahqiq shuki, ya'ni oxirgi gap shuki, ruh va nafs zot jihatidan bir xil bo'lsa ham, e'tibor jihatidan farqlidir. Chunki idrok qiluvchi narsaga badandan ajragan paytda ruh deyiladi, badanda turgan paytda esa nafs deyiladi. Ruh va nafs o'rtasidagi asosiy farq shu dir. Gohida biri, ikkinchisini o'rniga ham ishlatiladi.
Oltmish uchinchi baytimiz nihoyasiga yetdi. Yusallel qalbakal bo'shurodiy rohiy va yuhiy ruha kalmayi zulaliy. Sevinchli xushxabardek qalbga tasalli beradi va zalol suv singari ruhni jonlantiradi. Mazmiy bayoni. Qalblarga zavq berar misli xushxabar, zalov suv yetgandek, hayot jonlanar. Aqol qovli ha'da va astag'firulloh livalakum. Innallohi va malaka tohg'i yu sollavun ala nabi. Ya yuha la dina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima.