Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalamu ala ashrofil mursalin va ala alihi vashabi hajmain. Allohumma alimnama yonfauna vamfa'nabima'lam tanavuzi idna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon vorzuqun ad tibaa va arina al ba'tila ba'tilan vorzuqun ashdi naba.
Va ja'annam minman yestami, un al qovli fayad tabiuni axsana, va'da xiyla bi rahmatiki fii ibodika solihiyin. Navbat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lu va barakatuh. Alloh aziz va jalolush, bu saidul ayyom kuni barchamizga muborak qilgan bo'lsin. Gunohlarimizni mag'firat qilsin, duolarimizni ijobat qilsin. Hamshahrimiz Sirojiddin o'shaning badul amoli asarini o'qiyotgan edik. To'rtinchi baytga kelganmiz. Muridul xoyriy va shar'il qobihiy, va lekin lay sayardo bil muxaliy. Ya'ni robbimiz Subhanalloh va Taolo yaxshini ham, tabih yomonni ham iroda qilaveradi, lekin kufr mas'iyatlarga rozi emas. Biz iroda sifat haqida bahs qildik va qazoyi qadar, taqdir masalasini ko'rayotgan edik.
Yam hu'llohu ma yashau va yuf bitu va indahu ummu ul kitob deydi Alloh Taolo. Alloh xohlagan narsani qoldiradi, xohlagan narsana o'chiradi, uning huzurida ummu ul kitob bor. Hadis shariflarida aytiladi, insonga yetgan har bitta narsa yaxshi bo'lsin, yomon bo'lsin, avvaldan bu narsa taqdirga bitib qo'yilgan va unga yetmagan narsa, unga yetishi bitilmagan.
Yozilgan bo'lsa qayoqqa qochay, yozilmagan bo'lsa nimadan qo'rqay. Bugun shu narsa sizga yetdimi? Demak yetishi yozilgan. Va mana shu qazoyi qadarga bo'lgan iymonimiz komil bo'lsa, qazoyi qatar haqidagi ilmimiz to'g'ri bo'ladigan bo'lsa, birodarlar, bizga juda ko'p xayriyatlar bor. Musibat kelganda uni yengishimiz, uni ko'tarishimiz oson bo'ladi. Boshimizga xayriyat kelib, mansab kelsa, davlat kelsa, bizni ishirib yuboradigan, bizni oyog'imizni yerdan ko'tarib yuboradigon ish kelsa, haddimizdan oshib ketmaymiz.
Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam mana Abu Xavsdan rivoyat qilinadi. Uboday buni somit roziyallohu anhu o'g'liga dedi. Ey o'g'ilcham, o'g'ilga nasihat qilyapti. Ey o'gilcham, to senga nima yetgan bo'lsa, senga yetmasdan qolishi mumkin emasligini va nima senga yetmagan bo'lsa, yanglishib senga yetib qolishi mumkin masligini yaxshilab bilib olmaguningcha, iymon haqiqatini ta'mini aslo topa olmaysan. Nima keldi? Bu kelishi kerak edi ekan. Nima kelmadi? Bu kelishi keremas edi ekan. Shuni tushundingmi? Demak, iymonni nimaligini tushunibsan. Chunki deydi bu sahoba men payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisini eshitganman. Innna avvala man xalaqallohul al qalam. Faqolalah u uktub, qola robbim va ma'da aktub. Qola uktum maqodirakulli shayx, xatta taqu emas sa'n. Alloh azza va jalla yaratgan birinchi narsa bu qalam. Alloh taolo qalamni yaratdi va buyurdi. Yoz. Qalam, nimani yozaman dedi. Hamma narsalarning taqdirini, miqdorlarini yozgin dedi. Ey o'g'ilcham, dedi, men rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kim ushbu dan boshqada vafot etsa, mendan emas degan eshitganman.
Ya'ni, siz bilan bizning e'tiqodimizda alloh taolo yozganidan oshiqcha narsa bo'lmaydi. Alloh yozgan narsa bo'ladi, yozmagani bo'lmaydi degan e'tiqod bo'lmasa, boshqacha tushuncha bilan vafot etadigan bo'lsa, mendanmas dey ekan, eshitdim dedi. Tushunarli bo'ldimi? O'sha paytda manaqa qilib qo'yishim kerak edi ekan. O'sha paytlar manaqa qilib bo'lishim kerak edi. O'shanda manaqa bo'lmas edi. Qayoqdan bilasan?
Yana qazoyi qadrni ro'kach qilib, ayrim odamlar o'zini dangasaligini berkitmoqchi bo'ladi. Hech narsa qilmaydi. Qo'lida hech narsa yo'q, hayoti nochor, aytadiki, Alloh menga shu faqirlikni yozgan ekan deydi. Albatta bu qazoyi qadarga qilingan tuhmat, Allohga qilingan tuhamat. Mana mushri bo'lgan odamlar o'zlarini kufrini Allohni taqdiriga to'ngashar edi. Aslida adabiylar. Sayoqululladiyna ashroqu lausha allohu ma'shorakna. Vala aba una. Vala harromna min shay. Kaza alika kaza balladiyna min qoblihim. Xatta daqu ba'sana. Qul hala indaqu min ilm. Fatux ruju hul ana. In tat tabiuni illa zon va in antum illa tax rusun.
Alloh taolo aytadi, shirk keltirgan kimsalar. Alloh xohlaganida biz ham, ota bobolarimiz ham mushrik bo'lmagan va biror halol narsani harom qilmagan bo'laverdik deyishadi. Ulardan oldingilar ham to azobimizni totmagunlaricha payg'ambarlarni xuddi shunday yolg'onchiga chiqarganlar. Ayting, sizlarda bizga chiqaradigan, ya'ni bizga ko'rsatadigan ilm, hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg'on so'ramoqdasiz.
Qazoyi qadarga iymon keltirgan mo'min odam Alloh taolo hamma narsani bo'luvchi ekanligini aniq biladi. Hamma narsani Alloh yaratishligini ham aniq biladi. Alloh xohlagan narsa bo'ladi, Alloh xohlamagan narsa bo'lsin. Va Alloh hech kimga zulm qilmasligini va Allohni qilgan har bitta ishi hikmat bilan ekanligini aniqi biladi. Mana endi qazoyi qadar. Inson bolasi doim kelajakda nima bo'lishini bilishni xohlagan, xohlayapti va xohlaydi. Musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin, ertaga nima bo'lishinini bilishni xohlaydi. Nima deb o'ylaysizlar? Alloh taolo mana shu ilmni siz bilan bizga bermabdi. Shu ilmni berganida, bizga bu foydamidi, zararmidi?
Birodalar, Alloh bizga shu dunyoda nimani bilishimiz kerak bo'lsa bildirdi. Qur'onda, hadisda. Mana endi qazoyi qadr haqida ulamolar nima deyishgan? Qadrga iymon keltirgan har bitta musulmon kishi mo'min banda uchun, umuman banda uchun nima kerak bo'lmasa Alloh bildirdi, nima kerak bo'masa bildirmadi deb ishonadi. Bandalardan sir tutdimi Alloh ba'zi narsalarni? Banda buni surishtirishligi kerak emasligini ham biladi.
Ali roziyallohu anhudan qazoyi qadar haqida so'rashdi. Ali roziyallaohu anhud javob berdiki, qadar qorong'i yo'l, unga qadam bosmagin dedi. Haligi so'rayotgan odam aytib qo'yavering endi qadarni nimaligini, dedi. Ali roziyallohu anhu qadar chuqur dengizdir, unga kira ko'rma dedi. Boyagi odam yana xiralik qilib turib olganida, bildirib qo'yavering endi deganida, bu sahobiy javob berib aytdiki, qadar Alloh Taoloning maxfiy tutgan narsasidir. Qo'y o'zingni qiynama dedi. Ibn Umar roziyalloh anhudan qadar haqida so'rashganida, bu ulug' sahoba aytdiki, Alloh Taoloning chuqur kirmasliklaringizni iroda qilgan narsasidir. Alloh Taoloning sizlarga ruxsat bermagan narsasini bilishga urmanglar. Ya'ni bu ulus sohibalar kirishma bu narsaga deyapti.
Vahbi Nuriddin Munavviya aytadi qadar to'g'risida tafakkur qildim u, esankirab qoldim. Yana tafakkur qilardim u, dovdirab qoldim. Shunda bildimki, taqdir haqida insonlarning eng bilimlisi bu haqida savol javob qilib, bunga kirishmaydigan ekan. Taqdir masalasida eng bilimsiz odam mana shu masalada ko'p gapira olgan odam ekan.
Imom aboxonipa rahmatulloh alixdan bir kishi oldiga kelib, u kishini oldiga kelib, qadar haqida bahs qilmoqchi bo'lganida, aboxonipa rohmatulloh alix aytdiki, qadar to'g'risida tafakkur qilish xuddi quyoshning ko'zni qamashtiradigan nuriga qarashdek gap. Kishi unga qancha ko'p qarasa, shuncha dovdirab esankiraga beradi. Quyoshga hadab qaraversangiz, nima bo'ladi ko'zingiz? Ko'zingiz ko'r bo'ladi.
Mana, ummatni peshvolari, imomlari qazoy qadar masalasida ko'p talashmanglar, ko'p bahs qilmanglar, bunga kirishmanglarda bizga ta'lim berishyapti. Imomutahoye aytadi qadarning asli alloh taoloning maxluqotlardagi siridir. Undan biror ulug' farishta ham, yuborilgan biror payg'ambar ham xabardor emas. Chuqur ketish va u haqida tafakkur qilish xorlikka olib boradigan vosita. Mahrum bo'lish narvoni hamda haddan oshish darajasidir. U narsa haqida tafakkur qilish, fikr yuritish va vasvasaga tushishdan nihoyat darajada hazar qiling. Chunki Alloh Taolo bandalaridan qadar ilmini o'rab qo'ygan va u haqida bahs qilishdan qaytargan. Alloh Taolo va la yuz aloo ammo yafa aloo vahum yuz alun. U Alloh qilgan ishidan so'ralmaydi. Alloh Taoloda nimaga bunday qilding deyilmaydi. Balki bandalar Alloh Taolo tomonidan so'roqqa tutiladilar. Shuning uchun deydi Imomutahoy, kim nima uchun bunday qildi deb so'rasa, kitobning hukmini rad etgan bo'ladi. Kim kitobni hukmini radetgan bo'lsa, kofirlardan bo'ladi. Ey Xudo, men senga nima yozuvdim?
Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun? Nima uchun meni ustimga keldi bu narsa? O'sha gap jahlingiz chiqqanda taqdirdan norozi bo'lganingizda sizni ham tilingizga chiqadi. Mana shu insonni kufrga olib borib qo'yadigan ishlardan. Chunki bir ish bo'ldimi? Demak Alloh taqdir qilibdi shuni. Endi bo'p bo'lganidan keyin, demak Alloh shuni yozgan ekan deydi, rozi bo'ladi.
Duo qadrni o'zgartiradimi yo'qmi? Taqdirni duo o'zgartiradi mi yo'qmi? Hadislar bor. O'qisangiz, qazoyi qadar o'zgarmasligini siz bilan bizga bildiradi. Yana hadislar bor, o'qisangiz uni mazmunidan qazoyi qador o'zgarishligi ma'lum bo'ladi. Xo'p. Endi duo o'zgartiradimi, o'zgartirmaydimi? Taqdirni. Ana shu ikkita hadisni o'qib jamlasak, to'g'ri xulosaga kelamiz. Taqdirda birodarlar duo qilib o'zgaradigan joyi bor. Taqdirda duo bilan o'zgarmaydigan joy bor. Salmonu forsiy roziyallohu anhuda rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz aytdilar: la yaruddul qado illa duo va la yaziduf il umri illal bir. Qazoni, qadarni, taqdirni faqatgina duo o'zgartiradi, umrni faqat yaxshilik ziyoda qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari imomi termiziydan.
Endi bu hadisni qarasangiz, duo o'zgartirar ekan taqdirni. Keyingi hadis. Imom muslim rivoyati, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan, Amr ibn osning o'g'li Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladi. Alloh Taolo havoiyqning miqdorlarini, taqdirlarini osmoni yerni yaratishdan ellik ming yil avval bitib qo'ygan va uning arshi suv ustida edi.
Demak, ikkita hadisda ikki xil ma'no aytildi. Ikkita hadisni ma'nosiga ko'ra duo osmon va yer yaratilishidan ellik ming yil oldin tayin qilingan narsani qaytaradimi, yo'qmi degan tabiiy savol tug'iladi. Mana endi javob. Bu savolga berilgan javob quyidagicha bo'ladi. Mazkur ikkala hadis bir biriga zid emas. Ha, Alloh Taolo xaloyiqni miqdorlarini, taqdirlarini osmonlar va yerni yaratishdan ellik ming yil avval bitib qo'ygan. Uni bitib qo'yganda o'zgarish bo'lmaydi. Lekin Alloh Azza va Jalla ro'y beradigan ana shu narsalarga azaliy sabablarni ham tayin qilgan. Ya'ni, aytdik ku, Allohni huzuridagi kitobda hech narsa o'zgarmaydi, keyingi uchta kitobda o'zgaradi. Sabab. Soliq amallar kishini hayotini barakotli bo'lishi, umrini uzun bo'lishiga sabab, gunoh ma'siyatlar kishini hayotidagi barakani yo'q bo'lishiga, umrini qisqa bo'lishiga,umrini bebaraka bo'lishiga sababi.
Inson uni umrini barakotli, umrini davomiy qiladigan sabablarni qilsa, umri barakali bo'ladi. Umri uzun bo'ladi. Agar inson umrini qis'alishiga, rizqidan baraka ko'tarishiga sabab ishni qilsa, rizqi pastga qarab ketadi. Mana shu o'rinda endi sababiyat qonunlari, duo va sababiyat qonunlari. Nima bu? Duo birodarlar iltijo o'tinish ma'nosini bildiradi. Istilohiy ma'nosi esa, banda o'zini Allohga muhtojligini, hojatmandligini izhor qilishi, Alloh Taoloni hamma narsaga qodir ekanligini e'tirof qilib, foydalarni berib, zararni daf qilishini so'rashdir, duo deyiladi.
Duo musulmon kishining hayotidagi muhim amallardan. Chunki duo qilayotgan banda qaranglar. Allohni borligini e'tirof qilyapti, o'shaning uchun duo qilyapti. Allohni saxiy ekanligini bilyapti, o'rganish uchun duo qilayapti. Alloh Taolo rahmatu bor zot ekanligini bilyapti, shuning uchun duo qilyapti. Boyligini, har narsaga qodir ekanligini bilib duo qilyapti, duo qilayotganda birodarlar, siz bilan biz musulmon odamni robbisini oldida qilish kerak bo'lgan odamni qilyapmiz.
Duoga be'etibor bo'lish, Alloh Taoloning mana shu sifatlariga birodarlar be'etiborbo'lish deb qaraladi. Demak, inson sababiyat qonunlarini yuzaga chiqarish kerak. Va orqasidan duo qilish kerak. Sababiyat qonunlarini bajaradi, sabablarni qiladi, orqasidan duo quladi. Mana shu holatda odamlar uch xil bo'ladi. Birinchisi, bir odam sabablarni qildi, duo qilmaydi. Sababni qiladi, duo qilmayd. Bu Allohga nisbatan beodoblik qildi bu odam.
Yerni vaqtida haydadi dehqon. Bu deydi ikkita vaqtida dehqon. Suvini qo'ydi vaqtida dehqon. Sababni zo'r qildi, lekin duo qilmadi. Bu odam Alloh Taologa nisbatan beodoblik qildi. Bu odam unga mo'l hosilni qilgan sabablari berishini gumon qildi. Ikkinchi odam. Ikkinchi odamsababini qilmaydi, duoni zo'r qiladi. Agar kim sababni qilmasdan, faqat duo qilayotgan bo'lsa, dinni mohiyatini, shariatni nimaligini tushunmabdi.
Mo'l hosil Alloh bersa bo'larkan, bo'lmasa yo'qmi? Sababini qil, nima qilaman? Allohdan so'ravering. Berib qo'yadi degan odam dinni hikmatini tushunmadi. Qaranglarda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotini. U zot sollallohu alayhi vasallam hijratini olinglar, o'ndan ortiq sababni qilganlar. Xabarni maxfiy qildilar.
Yuzini to'sib chiqdilar, xabarda Abu Bakrni uyiga kirib aytganda. Ichkariga kirib turib qizlarni tashqariga chiqaring dedi. Eshitib qolishmasin dedi. Shimolga, Madinaga qarab yurish to'niga, janobga qarab yurdilar. G'orda uch kun o'tirdilar. Izlarini yopish uchun Abu Bakrning o'g'li qo'ylarni haydab ketdi. Shuncha sabablarni qilib o'tirdi. Keyin duo qildi. Tushunarlimi? Ikkalasi teng bo'lishligi kerak. Bittasini qiladigan bo'lsangiz, sizni ishingiz chatoq bo'laveradi. Bu haqida Saxlitustariy rohimahullohni bir ajoyib so'zi bor.
Kim harakatga, sabablarga beparvo bo'lsa, sunnatga beparvo bo'mdi. Kim Allohga tavakkal qilishga beparvo bo'sa, duoga beparvo bo'msa, imonga beparvo bo'md. Allohga tavakkal qilish, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hollari, ya'ni doimiy sifatlari, kasb esa, sabablarni qilish esa, u zotning sunnatlari. U zotning holiga amal qilgan kishi aslo sunnatiga beparvo bo'lishi mumkin emas.
Endi uchinchi odam. Sabablarni bajaradi, Allohda so'rab tavakkal qilib duo qiladi. Mana shu shariatni talabi. Alloh Taolo har bitta ishga sababni tayin qilib qo'ygan. Masalan, shu sababni qilsangiz, natija bo'ladi. Inson chanqadi. Endi chanqog'ini qondirish kerak. Chanqog'ni qondirishlikning sababi suv ichish. Endi suv ichdi, chanqog'ida qoldirishlik sababini qildi, chanqoq qoldi. Lekin mo'min kishi meni chanqog'mi suv qondiradi deb e'tiqod qilmaydi.
Tushundinglarmi? Meni chanqog'imni suv qondiradi demaydi, Alloh qondiradi deydi. Suv nima faqat? Masalan, ana shu fe'lni Alloh yaratib berishligini dalili, Ibrohim alayhissalomni kuydirishlik uchun qavmi katta gulhan yoqdi, ichiga tashladi. O't kuydiradimi, Alloh kuydiradimi bandani?
Juda nozik joyi shu edi. Siz o't kuydiradi deysiz. Yo'q. Alloh kuydiradi, o't sabab bo'ladi. Suv cho'ktiradimi? Odamni o'ldiradimi yo Alloh cho'ktirib o'ldiradirmi? Mana shu ishlar, o't bilan suv bor yo'g'i sabab ekanligini, Allohni xohishi birinchi o'rinda turishligini, Alloh Taolo bizga ta'lim berib, ba'zi ba'zida mana shu sabablarni xususiyatini olib qo'yadi. Ya'ni, o'tga tashuvdi Ibrohim alayhissalom kuymadi. Suvga tashlay olib Yunus alayhissalom cho'kmadi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam anasun nimalikdan aytadilar. Kimki rizqi keng bo'lishini va ajali kechiktirilishini xohlasa, ya'ni umri uzoq bo'lishini xohlasa qarindosh urug'chiligini nima qilsin? O'rniga qo'ysin. Bir odam qirq yil yozilgan umri. Variant a. Variant bir, siylar rahmda zo'r qilsa yetmish yil yashanglar. Ikkala variant ham turibdi shu yerda.
Ikkala taqdirda ikkala variant turibdi. Siz shunda tanlaysiz. Qarindosh urug'chilikni uzasiz, variant a ni tanladingiz, Alloh qirq yilda ajalingizni beradi. Endi siz variant B ni tanladingiz. Qarindosh urug', opa singil, amma xolalar ziyoratini zo'r qildingiz. Qarindoshingizni o'rniga qo'ydingiz, variant B ni tanladi, Alloh yetmish yil qiladi umringizni. Tushundinglarmi? Biz bilmaymizda yetmish yil yoki bo'lmasam qirq yil bizga umr yozilganligini. Yo bilamizmi? Bilmaymizmi? Bilmaganimizdan keyin sababini qilamiz.
Demak, Alloh Taolo ba'zi narsalarni yuzaga kelishi uchun unga sabablarni qoyim qilgan. Shu sababni qoyim qilsangiz, ko'zlagan narsangiz keladi. Sababni qilmasangiz, ko'zdagan narsangiz kemaydi. Endi mana shu sabablar. Ulamolar mana shu sabablar haqida bir ajoyib gapni aytadi. Dunyoda biror narsa vujudga kelish uchun ikkita sabab bor. Bittasi his etiladigan sabab, bittasi his etilmaydigan sabab.
Masalan, his qilinadigan sabab nima? Inson ko'zi ko'rib, jasadi bilan his qilib, aqli idrok qiladigan sabablar. Misol, toza havoda yursangiz, jismoniy mashq bilan shug'ullansangiz, zararli bo'lgan ovqatlarni yemasangiz, turmush tarzingiz sog'lom bo'ladigan bo'lsa, bu sizni sog'lom bo'shligingizni sabablari. Shularni qilsangiz sog'lom bo'lasiz. Endi his qilinmaydigan sabab nima? Siylay rahm.
Nima aloqasi bor meni rizqimga? Siylay rahim deb. Amma, nu xolamni ziyorat qilsam, opamni siylama ziyoratini qilib, xizmatini qilsam, meni umrimga, rizqimga nima aloqsi bor buni? Deydi da, inson aqli olmaydi. Bu inson his qilmaydigan sabab. Lekin sabab shu. Ey, ammeni xabar olib qo'y, xolangni xabar olib quy, og'ripti desa, vaqtim yo'q deysiz. Nimaga vaqtingiz yo'q? Pul topish kerak. O'sha pulingizda nimaga baraka yo'q? O'sha his qilinmaydigan sababni qilmadingiz. Agar ammeingizni, xolangizni, qarindoshingizni xabarini olib, zo'r siyla rahm qilib qo'yganingizda pulingizda baraka bo'lardi. Siz unga unamaysiz.
Undan ko'ra men borib ko'rgandan keyin nima qilaman? Bir tandir non yopaman deysiz. To'g'rimi? Undan ko'ra bitta klientni olib borib nima qilaman, aeroportga tashlab kelaman deysiz. Siz his qilin. Qilinadigan sabab bilan olib borib o'ylayapsiz. His qilinmaydigan sabab bor. Xo'p, men mana shu ishni qilsam, Allohni huzuridagi taqdirimda bir o'zgarish bo'ladimi degan savol tug'iladi. To'rtta kitob dedik a? Mana bu uchalasida a, b, a, b, a b variant bor. Ammo Allohni huzuridagi kitobda nimani tollashligingiz yozilgan.
Ammo bu yerda yozilgani shuni tollasin deb yozmagan. Shuni tanlaydi deb yozgan. Agar Alloh Taolo shuni tanlasin desa, buyruq bo'lib qolar edi. Ammo tanlaydi desa, bu vasf bo'ladi. Siz o'zingiz tanlaysiz. Katabah u belvosov la belhukmdagi deydi imom azam fiqhul akbarda. Uni hukm qilib yozmadi. Nima qilib yozibdi? Vasf qilib.
Lekin bu Alloh Taoloning maxluqotlarini yaratishdan oldin bitib qo'ygan ellik ming yil u yog'ida bitilgan taqdirni o'zgartiradi degani emas. Buning umri qarindoshchilikni o'rniga qo'yganligi sababli ziyoda qilinadi. Agar qarindoshchiligini o'rniga qo'ymaganda qisqa bo'lardi. Birinchisi. Ikkinchisi, buni rizqi duo qilish sababli ziyoda qilinadi. Agar duo qilmaganda rizqi tor bo'lar edi. Sizning ishingiz nima? Umringizda, rizqingizda barakot bo'lishi uchun nima ish qilishingiz kerak? Qilasiz, orqasidan duo qilasiz, undan keyin nima natija bo'lsa, roziman deysiz.
Sizni tavakkalchi ekanligingizni bitta dalili ham shu. Sababni qildingiz, duoni qildingiz, endi qarovdingiz, sizga yoqmagan ish bo'ldi. Alhamdulillah, bu Allohni xohishi dedingizmi? Demak haqiqiy tavakkalchi ekansiz. Ammo hammasini zo'r qilsangiz ham sababni, duoni qilsangiz ham sizga yoqmaga narsa sodir bo'lsa, endi yaxshi bo'lmadi da endi. G'alati bo'ldi da endi dedingizmi?demak siz tavakkalchi emassiz. Tavakkalchi hech qachon norozi bo'lmaydi bo'lgan kuniga.
Soddaroq qilib aytadigan bo'lsangiz, taqdirda, taqdiringizda ikkita variant turibdi. Ikkalasi ham yozilgan. Agar silay rahm qilsa, umri barakali bo'ladi. Ikkinchisi, agar silay rahimda tark qilsa, umr barakasiz bo'ladi. Qaysi variantni tanlasangiz, Alloh shu lamiyatning natijasini yaratib beradi. Alloma Taftazoniyning ushbu so'zlari bu tushunchani yana ham yaxshiroq bizga tushuntirib beradi. U kishi aytadi.
Alloh Taolo banda bu toatni qilmaganida, uni umri qirq yil bo'lishini, lekin agar toatni qilsa, umri yetmish yil bo'lishi oldindan bilgan. Alloh Taoloning ilmiga ko'ra, mana shu toat bo'lmaganida, mazkur ziyodalik ham ro'yobga oshmasligi e'tiboridan, bu ziyodalik o'sha toatga nisbat beriladi.
Shu ma'noda hamma narsa oldindan hal bo'lgan ekan. Taqdirimda borini ko'raman deb, qo'lidan keladigan ishni qilmasdan o'tirib olishlikka hech kimni haqqi yo'q. Chunki hech kim o'zini taqdiriga nima yozib qo'yganini bilmaydi. Bilishini imkoniyati ham yo'q. Endi uni biladigani nima? Bilishga imkoni bor narsasi nima? Alloh taolo yaxshi ishlarni qilishga buyurgan, yomon ishlardan qaytargan. U shuni biladi. Shunga ko'ra, odam bolasi imkoniyatdan foydalanib, buyruqni bajarishga harakat qilish kerak. Shuning uchun payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sahobalari u zotga amalni qo'yib, taqdirimizdagi narsaga suyanmaymizmi deyishgan edi. Payg'ambar ham aytganlar, amal qilinglar deb javob berganlar.
Ali roziyalloh hanhidan rivoyat qilinadi. Payg'ambarmiz sollallohu alalayhi vasallam bir janozoda edilar. Bir narsani oldilarida, cho'pmidi, u bilan yerga chiza boshladilar. Va aytdilarki, sizlardan biror kimsa yo'qki, uni do'zaxdagi va jannatdagi joyi taqdirga yozilmagan bo'lsa. Ya'ni har bitta odamni jannatdagi yoki do'zaxdaki joyi aniq taqdirga bitilgan birodarlar. Shunda sahobalar yo rasululloh, unda amalni qo'yib, taqdirimizdagi yozuvga suyanmayligimi deyishdi. Ya'ni modomiki jannatiy do'zax ekanligimiz yozilgan ekan. Taqdirdagi narsa bo'ladi deb. Amal qilish nima keragi bor degan ma'noda. Payg'ambarimiz aytdilar, amal qilinglar. Har kim o'zi uchun yaratilgan narsaga moslashtirilgandir. Kim saodat ahlidan bo'lsa, albatta saodat ahli amaliga muvaffaq qilinadi. Ya'ni jannatiy bo'ladigan bo'lsa, jannat ammalariga muvaffa q bo'ladi bu odam. Kim baxtsizlik ahlidan bo'lsa, albatta baxtsizlik ahli amaliga muvaffaq qilinadi dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. So'ngra ushbu oyatni o'qidilar. Fa amma man a'to va taqo va sodda qobil husna. Bas, kimki zakot sadaqani bersa va Allohdaan qo'rqsa hamda go'zal narsani tasdiq etsa shu oyatni o'qudilar.
Buxoriy rivoyat. Ya'ni menda taqdirimda yozilgani bo'ladi deb amalni tashlab qo'ymasligi kerak. Balki taqdirini belgilab qo'yilganligi aniq, ma'lum, ammo qanday belgilangani menga noma'lum. Endi menga yuklatilgan vazifa nima? Taqdirga suyanib o'tirish emas, menga yuklatirilgan vazifa shariat ko'rsatmalarga amal qilish. Mana shunday tushunchada bo'lishlik kerak. Shuni taqozosiga ko'ra harakat qilib borishlik kerak bo'ladi.
Aquvli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va marakatuhu yusalluna alannabi ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vas salimu taslima va sollallohu ta'ala xoyru xalqihing muhammadin va alihiy va