Bismillahir rohmanir rohim. Inda alhamdulillahi nahmaduhu anastainuhu anastag'firuh va na'udhu billahi min shu'ruri an fusinga va min sayyi'i ati amalina, may yahdihillahi falah mu'dillala va man yudliluhu falah hadiyala va nashshadu alla ilohi illallohu vahdahlala sharikala va nashshado' anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma baxt assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
Sirojiddin ali ibn usmon al o'shining badul amoli asarini o'qiyapmiz, birodarlar. Oltmish to'rtinchi baytga keldik. Oltmish uch baytning mavzusi aqida bilmagan shaytona eldur. Sirojiddino o'sha aytadi fahodu u fiihi xifdon va atiqodan tanalu jinsa asnafil manali. Tarjimasi shuning uchun, ey tolib ilmlar, unga yodlab va e'tiqod qilib kirishinglar, mukofot sinflari jinsiga erishasizlar. Nazmiy bayoni, so'zlarin yod oling, qilib e'tiqod mukofotlaridan bo'lasizlar shod.
Bu qisqa va lo'nda. E'tiqod masalalarini bayon qiluvchi nazrni yodlab, unda aytilgan, bayon qilgan masalalarga e'tiqod qilinsa, kishining aqidasi musaffo bo'ladi. Kishi musaffo aqidaga ega bo'ladi. Endi e'tiqodi to'g'ri musaffo kishini qilgan ozgina amali ham ko'p meva beradi. Ya'ni Alloh Taolo uning aqidasini tozaligi, musaffoligi sababli, aqidasini to'g'riligi sababli, unga ikki dunyoning baxt saodatini ato qiladi.
Zero, musofo e'tiqod asosida qilinmagan amal hech narsaga arzimaydi. Agar inson Allohni tanimay o'tsa, oqibati yomon bo'lishini so'folli ayol bobomiz ham go'zal tarzda bayon qilib qo'ygan. Aytadiki, aqiyda bilmagan shaytona eldir, agar ming yil amal deb qilsa, yeldir. Ya'ni bir insonni aqidasi noto'g'ri bo'lsa, ming yil amal qilmaydimi? Ming yil amol qilmaydimi, shayton uni aqidasi notog'ri bo'lgani uchun adashtirib ketaveradi. Ya'ni aqidani bilmagan kimsada shaytondan o'zini himoya qiladigan eng muhim vosita bo'lmaydi. Shayton bunaqa odamni, bunaqa himoyasiz kimsani bir hujumdayoq, bir hamladyoq o'zini izmiga sobet talab ketaveradi. Endi aqidasi noto'g'ri bo'lgandan keyin, buzuq e'tiqod bilan qilayotgan amallar har qancha ko'p bo'lmasin, har qancha uni ulug' ibodat deb qilmasin, aslida bema'nilikdan boshqa narsa bo'lmay qoladi. O'zicha bir ibodat deb qilyotgan narsalari aslida bema nilikdan boshqan narsa bo'lmaydi. Shuning uchun ham aqidani, ma'rifatni, Alloh Taolo to'g'risidagi to'g'ri e'tiqodni o'rganishlikka inson astoydil harakat qilishi kerak.
To'g'ri, musofo e'tiqoddan bahramand bo'lganlarni Alloh Taolo xotirjamlik bilan, qanoat bilan, bahramand qilib qo'yadi. Qaysi bir inson qo'liga kelgan bir muvaffaqiyat sababli holuq ketmay ekan bo'lsa, shukur qilishga o'tayotgan bo'lsa, boshiga tushgan musibatdan, muammolardan ortiqcha tushkunlikka tushib ketmay ekan bo'sa, sovob umidida sabr qilishga o'tayotgan bo'lsa, demak, bu inson shu dunyoni o'zidayoq musaffo e'tiqodni samarasini ko'rayotgan bo'ladi. Demak, birodarlar, insonda boshiga kelgan xursandchilik uni haddan oshira olmayotgan bo'lsan, boshiga kelgan musibatlar uni tushkunlikka tushira olmayotgan bo'sa, kelgan ne'matga shukur qilayotgan bo'sa. Kelayotgan musibatlardan sog'ib umid qilayotgan bo'lsa, demak bu odamni e'tiqodi to'g'ri.
Ana shu to'g'ri e'tiqodini samarasini ko'rayotgan bo'ladi bu odam. Fahudu fiihiy hayfidon va atiqodan tanaluv jinsi asnafal manali. Shuning uchun, ey tolib ilmlar, unga yodlab va e'tiqod qilib kelishinglar, mukofot sinflari jinsiga erishasizlar. Nazmiy bayoni. So'zlarini yod oling qilib e'tiqod, mukofotlaridan bo'lasizlar shod. Aqul quvli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Innallohi va malakati g'ul yusalluni ala nabi. Ya yu halladina amanu sollallohu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lvi va barakatuh.