Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anasta aynuhu anasta ofiruh va naruhibillahi min sururiyam husina va min sayyi'ati amalina man yahdihillahi falah muqillala va man yu'g'li ilahi falah hadiyala. Ona shadolla ilaha illalloh va hidahular sharikala, ona shadoanna muhammadan abduhu va rasuluh. Nabot baxt assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakati.
Oltmish beshinchi paytda shunday deyiladi. Vakunu avna hadal abdi dahron bidikril xoyri fi hali bti hali. Ma'no jihatdan tarjimasi, mana shu nazmni yodlab, uni ma'nolariga e'tiqod qilganlar, tazarru qilgan holatda, allohga duo qilgan paytinglarda doimo bu bandaga ham yaxshi duo qilish bilan yordamchi bo'linglar. Ya'ni shu baytni o'qib o'rganganlar allohga duo qiladigan paytinglarda meni ham eslab qo'yinglar.
Nazmiy bayoni, bu bandaga ko'makda bo'linglar mudom, ezgu duolarla yolvorgan har dam. Mana o'sha rahmatulloh ali mana shu bayt orqali bu asarini yakunlash arafasida o'quvchilardan bir o'zini haqqiga duo umidvor ekanligini bayon qilyapti. Mana yolib yuborgan har dam dedi. Alloh taologa yolib yuborib, iltijo qilgan paytimiz mana duo payti. Duo, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek, addduau muhul ibada. Duo ibodatning mag'zidir.
Bugungi darsimiz, birodarlar, mana shu duoning odoblari haqida bo'ladi. Sirojiddin o'sha yonib yuborgan har dam, ya'ni Allohga duo qilgan har holatinglarda meni ham eslab qo'yinglar. Duoning odoblari. Birinchidan, ezgu niyat qilish. Duo qilishda avvalambor, mo'min banda Alloh yaxshi ko'radigan, Alloh rozi bo'ladigan ishlarni niyat qilishligi kerak. Duoda Alloh rozi bo'layotgan narsa, Alloh yaxshi ko'radigan narsa so'ralishi kerak. Bitta aroq zovut berdi bo'lmaydi. Bitta kazino berdi bo'lmadi. Chunki bu duoni odobiga umuman to'g'ri kelmaydi. Birinchi odobi, Alloh yaxshiroq ko'radigan va rozi bo'ladigon narsalarni niyat xohishligi kerak bo'ladi.
Shu bilan hamma hojatlarni ravo bo'lishi Alloh tomonidan bo'ladi deb e'tirof qilish kerak musulmonlardan. Agar mana shu sifatlarga ega bo'ladigan bo'lsa, bu duo albatta foydali bo'ladi. Yana bitta narsani bilishimiz kerak. Mana biz duo qilib bir narsani so'raymiz. Alloh xohlasa beradi, xohlamasa bermaydi. Chunki Alloh Taolo fa'lul lima yuriydi. Xohlaganini qiladigan zot.
La muoqqibali hukmixi. Allohni hukmini hech kim ta'qib qila olmaydi. Hech kim reviza qila olmaydi. Nimaga bunday qilding? Nimaga bunday qilmading deya olmaydi. Duo qilamiz, Alloh xohlasa beradi, xohlasa bermaydi. Lekin shuni bilib qo'yaylikki, duo qilishning o'zi, duo qilishingizni o'zi siz uchun so'ragan narsangizni berishidan ko'ra yaxshiroq.
Yana bitta qaytarib beraymi? So'ragan narsangizni sizga berishidan ko'ra, duo qilganingizni o'zi yaxshiroq siz uchun. Chunki siz duo qilgan paytingizda Allohni borligi, iymoningiz borligi ko'rinyapti. Uni eshitishiga iymoningiz komilligi ko'rinyapt. So'raganingizni berishga qodir ekanligiga iymoningiz ko'rinyaptu. Siz so'ragan narsani sizga berganidan ko'ra, duo qilishingizni o'zi yaxshi.
Chunki, birodar, agar Alloh sizni zikr qilmasa, siz zikr qila olmaysiz Allohni. Alloh qalbingizga duo qilishlik ilhomini tushirmasa, duo qila olmaysiz. Demak, duo qilayotganingizni o'zi uje yutuq. Duo qilayotguningizni o'ziyoq juda muhim narsa shu. Siz anovini ber, molovini ber deb so'rayapsiz. Shu narsani berilishidan ko'ra, duo qilganingizni o'zi katta narsa. Chunki duo qilishlikka ilhomni qalbingizga Alloh berdimi, demak sizni bandam debdi. Mana shu yutuq emasmi?
Va qola robbukun budur, uning astajibla kun. Duo qilinglar, ijobat qilaman dedi. Chunki zikr darslarida aytdik birodarlar. Bandaning Allohni bir marta zikr qilishi, Allohning ikkita zikr qilish o'rtasida turadi. Banda Allohni bir marta zikr qildimi? Demak Alloh uni ikki marta zikr kildi bandani. Ya'ni, sizni bandam bor deb eslovdi, qalbingizga muhabbatni tushib, keyin zikr qila oldingiz Allohni. Zikr qilganingizdan keyin yana zikr qildi, meni bandam zikr qildim meni, deydi. Siz duo qilishligingizni o'zi yutuq. Duo qilayotganingizni o'si katta mukofot sizga. Shuning uchun duo qiladiganlardan qilganiga hamd ayting. Bermayapti, muncha yildan beri so'rayapman, o'g'il bermayapti, qiz bermayapti, pul bermayapti, uni qo'yib turing. Duo qilyapsizmi? Shuni o'zi yutuq siz uchun. Demak, birinchi odobi nima bo'ldi? Yaxshi niyat bilan duo qilishlik.
Duoning ikkinchi odobi. Ko'p duo qilish. Duo eng ulug' ibodatlardan bo'lganligi uchun, imkon qadar duoni ko'proq qilishlik kerak. Alloh azza va jalla duo qilishimizga o'zi buyurgan. Astay deb yillar voqalar robbukumu duouniy astajiblakum. Robbingiz, menga duo qilinglar, ijobat qilaman dedi. Demak, duo qilishingni o'zi ibodat. Endi oyatni davomini qarang. Innalladina yastakberuna ana ibadati, sayyad huluuna jahannama daxiriyn. Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xor u zor bo'lgan holda kiradilar. Duo qilinglar dedi. Shu duoni ibodat ekanligini aytyapti oyatni davomida. Duo qilmaganlar bu kibr qilganilar.
Duo qilmiganlar Allohga bu kibr qilganganlar. Duo qilmanganlar, kibr qilganalar jahannamga hor holatida keladi. Shuning uchun, birodarlar, musulmonlar bu dunyoda yashar ekan, hayotda dunyoda turar ekan, diniy hojatlari bo'ladimi, dunyoviy hojatlari boladimi, qanaqa hojatlari bo'masin, har bittasida robbilarini rahmatiga muhtoj ekanligini izhor qilib turishligi kerak.
Qattoniye rahmatullohi aytadi, Alloh Taolo mo'minning tilini uzr so'rashga yo'naltirgan bo'lsa, albatta unga mag'firat eshigini ochgan bo'ladi. Qalbingizga duo qilishlik ilhomini soldimi? Demak, ijobat eshigi ham bor. Xotirjam bo'ling. Duoga ilhomlantirdimi? Demak, iyobat ham bor, umid qiling.
Duoning uchinchi odobi. Tahoratli holda duo qilish. Ha, birodarlar, farz emas, vojib emas, tahoratli bo'lishlik duoda. Ammo odoblaridan. Tahoratli bo'lsak, yana ham yaxshiroq bo'ladi. Duoning to'rtinchi odobi. Duo qilganda kaftni ichki tarafi bilan duo qilish. Duo ibodat ekan, endi ana shu duoda qilinadigan ishlar ham shariat ko'rsatmasiga loyiq bo'lishligi kerak. Bu haqida payg'ambarimizning bir qancha hadislari bor. Duo qilganday qo'lni ishi bilan duo qil ishlaydi. Ba'zilarini o'qiymiz.
Xoladunni sohib otasidan yoki sohibi niyazid otasidan rivoyat qiladi. Rasululloh duo qilsalar, ikki qo'lini ko'tarardilar va ikki qo'li yuziga surtar edilar. Abu dovud va tabaroniydan. Yana, umarun xattop aytadilar, rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilganida, ikki qo'lini yuziga surtmasdan, ikki qo'llarini qaytarmasdilar. Termiziy rivoyat.
Molikimni yasoridan, rasululloh aytadilar, agar allohdan so'rasanglar, kaftlarning ichi bilan so'ranglar, undan kaftlarning orqalari bilan so'ramanglar. Demak, qo'lni ko'tarib, kaftni ishi bilan duo qilishlik. Birinchi odobi nima oldi? Alloh rozi bo'ladigan narsani so'raymiz. Ko'p duo qilamiz. Tahoratli bo'lamiz. Kaftni ichki tomoni bilamiz. Tushunarlimi? Qo'limizni tutishligimiz ham, muhtojligimizni, hojatmandligimizni bir ko'rinishi bo'ladi. Duoning odoblaridan beshinchisi, qo'llarni baland ko'tarib duo qilish. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam badr kunida jangdan avval duo qilganlarida, qo'llarini shunday ko'tarib duo qildilarki, yelkadagi ridolari tushib ketdi.
Abu xurram roziyallohu anhudan. Qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam, ma'min abdin yar fau yadayhi hatta yabdu ibithu yas'alulloha mas'alatan illa ataha i yahu ma'lam yaxshat. Rasululloh aytadilar, biror bir banda to qo'ltig'i ko'rinadigan darajada qo'llarini ko'tarib, Alloh Taolodan biror narsani so'rar ekan, agar shoshqaloqlik qilmasa, albatta Alloh unga o'sha narsani ato etadi. Qo'lini baland ko'tarib duo qilsa, Alloh beradi deyapti. Faqat shoshilib ketmasin. Shunda, yo Rasululloh, va kayf ajalatu hu. Shoshqaloqli qilgani qanaqa bo'ladi? Deyishdi. Rasululloh aytdilar, yaqulu qodisa altu vas altu, valam a to ashayan. Boyagi shoshqaloqlik qilgan odam, Alloh'dan so'radim, so'radim, menga hech narsani bermadi deydi. Mana endi ijobat bo'lmaydi buniki. Birinchi odobi.
Alloh rozi bo'ladigan narsani so'rash, ko'p duo qilish, tahoratli bo'lish, qo'lni kaftni ishi bilan duo qilish, qo'llarini baland ko'tarib duo qilishlik. Oltinchisi. Duoning oltinchi odobi Alloh'ga hamdu sano aytish bilan duoni boshlashlik. O'zi musulmon odam har qanday yaxshi ishlarni alhamdulillah deb boshlashligi, bismillah deb boshlanishligi, bu eng to'g'ri yo'l hisoblanadi. Duoni alhamdulillah bilan boshlashlik, alhamdulillah, vassolot, vassalomu ala rasulillah. Mana endi duoni yettinchi odobi, payg'ambar alayhissalotu vassallamga duo ichida salovat aytishlik. Oxirida duo qilamiz a, so'rab so'rab bo'lib turib, va sollallohu ta'ala ala xoyri xalqihi muhammading deb duo qilamiz. Mana shu ham duoning odoblaridan. Ali roziyallohu anqudan rivoyat qilinadi.
Kunli duoi in mahjubun xatta yu sonliya alannadiy sollallohu alayhi vasallam va ali muhammading. Har qanday duo to'silgan bo'ladi. To muhammad alayhissalomga salovat aytilmagunicha va u zotning oilasiga ham. Duoyimiz ijobat bo'lishligi uchun payg'ambar alayhissalomiga salovat aytamiz, u zotning ahli baytiga ham. Vasallallohu ta'ala ala xoyri xalqi himmuhammadin va ala alihi va as hadihi ajma'in.
Duoning sakkizinchi odobi azmi qaror bilan so'rash. Parvardigor, xohlasang ber, xohlasang kechirmas. Azmiqaror bilan. Agar duo qilishda taraddudlansa bir oson odam, agar xohlasang, agar yaxshi ko'rsang, istisno qilmasdan, azmiqaror bo'lgan so'rashligi kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar la yaqulan na ahadukum allohum mag'fir li insha ita. Sizlardan bittanglar aytmasin. Nima deb aytmasin? Parvardigor, xohlasang meni gunohimni kechirgin. Allohim marhamatini insha eta. Parvardigor, xohlasang meni rahmatingni olgin.
Bunaqa demasin. Le ya'zim fidoa. Duoda azm qarorli bo'lsin. Ha, innalloh hassan soniyun ma sha'a la mukri halahluh. Chunki Alloh Taolo o'zi xohlaganini yaratuvchidir, uni majbur qiluvchi yo'qdir. Tushunarlimi? Aniq so'rasin. Qat'iyat bilan so'rasin. Parvardigor meni kechirgin. Rahmatingni ato qilgin, desin. Shuning uchun duo qilayotgan odam duo qildimi? Ikkilanmasdan duo qilsin.
Duoning to'qqizinchi odobi. Qalbi boshqa narsa bilan band bo'lib turgan holda duo qilmasin. Qo'li duoda, tili duoda, lekin qalbi boshqa narsada. Bu ham duoning odoblaridan tashqari bo'lgan ish bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqida aytadilar. Udulloha va antun muqinuna bil ijaba.
Ijobat qilishiga aniq ishongan holda duo qilinglar Allohdan. Vo a'lamu anna Allohu alayhi astaji bu duo an min qolbin g'ofilin lahin. Ogoh bo'linglar. Tili talaffuz qilayotgan narsadan boshqa narsa bilan band bo'lib turgan qalbdan Allohdan duoni qabul qilmaydi.
Tili bilan duo qilyapti, qalbi u tilida aytayotgan narsa bilan emas. Bu bandani qalbi g'ofil qalb deydi, bu ijobat bo'lmaydi. Risolatul hushayriya kitobida aytilinadi. Shunday qissa keltiriladi, rivoyat. Muso alayhissalom o'tib ketaversa, bir odam tazarru bilan Allohdan duo qilyapti. Shunaqa bir ilhaqli bilan duo qilyapti, o'tinib so'rayapti, tazarru bilan. Shunda muso alayhissa salom parvardigor, agar mana shu odamni hojatini ravo qilishlik meni qo'limda bo'lganida, albatta ravo qilardim hojatini dedi. Rivoyat. Alloh Taolo aytdi ey Muso, men unga sendan ko'ra mehribonroqman. Lekin u odam menga duo qilyapti yu, ammo qalbi mendan o'zgada bo'lib turibdi.
Qalbi mendan bo'ladigan bo'lsa, duosini ijobat qilmayman deb vahiy yubordi. Muvsua alayhissalom kelib u kishiga boyagi xabarni yetkazdi. Endi boyagi odam qalbi bilan iqbol qilib duo qiluvdi, Alloh Taolo uni hojatini ravo qildi. Demak, duoning to'qqizinchi odobi nima ekan? Chin qalbi bilan, qalbidan chiqarib duo qilishlikka.
O'ninchisi. Ijobatiga aniq ishonib duo qilish. Bu ham muhim odoblaridan. Ijobat bo'lishiga aniq ishonib duo qiling. Chunki Alloh Taolo va'dasiga xilof qilmaydi. Alloh va'dasiga xalof qilmaydi, duo qilinglar, ijobat qilaman dedimi? Innallohu alayhi yuquli fu miy'at. Alloh hech qachon va'dasiga xulof qilmaydi'. Istadvillar? Va ida sa'laka ibadi anni fainni qoriyebi. Uji bu da'vata da'i ida da'n.
Agar bandalarim, ey Muhammad alayhissalom, sizdan men haqimda so'rashsa, ayting. Men ularga yaqinman. Duo qiluvchi, duo qilganda ijobat qilaman. Shaytonlaring doim siz bilan bizni hayolimizni chalg'itib, iymon e'tiqodda bizni shu tanilishlikka, shakka yetalashlikni xohlaydi. Mana deydi, shuncha yildan beri duo qilyapsan deydi.
Qaysinisini berdi deydi. Sanagin da deydi. So'rayapsiz, so'rayapsiz so'rayapsiz bo'lavermayapti da. Musulmon odam Allohdan duo qilar ekan, o'sha duosini orqasida to'rtta ishdan bittasi albatta bo'ladi. Musulmon duo qilar ekan Allohdan, biz aytayotgan odoblar bilan sidqidildan, yaxshilikni so'rab, qo'llarini ko'tarib, ijobat bo'lishiga ishonib, ilhaqlik bilan, tazavvu bilan, tahorat bilan, hamma odoblar bilan duo qildi. Bir narsani so'radi. Endi unga ana shu duosini orqasida to'rtta narsadan bittasi albatta keladi. Birinchisi, so'raganini beradi.
Yoki ikki baravar qilib beradi. Yoki so'raganichalik musibatdan saqlab qo'yadi. Yoki oxiratga ziyodasi bilan olib qo'yadi? Million so'radingiz. Xohlasa million beradi. Xohlasa ikki million beradi. Xohlaysa milliardlik ziyondan to'sib qo'yad. Xohlasa tirilayot qilib oxiratga olib qo'yardi. Qaysini sizlar yutqazyapsiz?
Yo'q. Qaysini sizda ko'proq yutyapsiz? Ha, yashang. Qiyomatga borganda bir mo'min banda tarozida turar ekan, to'xoma tog'laridek keladigan katta miqdordagi savob, bulut bulut savob seniki deyiladi. Hadislarda shu ma'no bor. Haliy banda xijolat bo'ladi, buncha savob yo'q uni. Biladi buncha amali bo'lmagan. Bu yerda bir xato bo'lyapti yo'q u. U ilohiy mahkama birodarlar, u yerda xato bo'lmaydi. Meniki emas bu deganda seniki deydi. Qayerdan keldi buncha savob? Dunyoda qilgan duolaring olib qo'yildi deydi.
Duo qilaverish kerak. O'ninchi odobi, ijobat bo'lishiga aniq ishonib duo qilishlik. O'n birinchi odobi. Duoning o'n birincha odobi. Biror gunoh ishni amalga oshirish uchun yoki qarindoshchilik aloqalarini uzish uchun duo qilmaslik kerak. Musulmon odam gunohni qilish uchun Allohga duo qilmaslik kerak. Harom ishni qilishligini so'rab duo qilmaslikkerak. Yoki qilayotgan ishi, so'rayotgan narsasida qarindosh urushiylar aloqalari uzilmasligi kerak. Qo'yingki, duoyingizda gunoh bo'lmasligi kerak'. Chunki hadis sharifda bunaqa duoni ijobat qilmasligi xabari berilgan.
Ma min ahadin yado' bi duoi in illa atahullohu ma sa'la. Av kaf anhu minas suv. Mislah ma la miyad u bi ismin, a qatiyati rahmin. Imom ut termiziyda oyat. Kimda kim biror duo qiladigan bo'lsa, Alloh Taolo albatta unga so'raganini beradi yoki o'shancha yomonlikni undan to'sadi. Modomiki u biror gunohga yo qarindoshchilik aloqasini uzishga duo qilmagan bo'lsa. Demak, gunoh bo'lgan narsani so'rab duo qilib bo'lmaydi. Bu ham duoning odoblaridan.
Duoning odoblarida o'n ikkinchisi, o'ziga, farzandiga yoki moliga zarar yetishini so'rab duo qilmaslik. Inson jahli chiqqanda aqli qochadi. Aqli qochganda, i o'zini bolasini qarg'aydi. O'ziga bir musibat tilaydi. Moliga musibat tilaydi. Nima deydi? Shu kunimdan ko'ra o'lib ketsam bo'lmasmidi deydi. Yoki bo'lmasam, bo'yning uzulgur deydi bolasiga. Yoki bo'lsam, bir molimi, sigirimi, qo'yimi, ha, qirilib ketgur deydi.
O'ziga, moliga yoki farzandiga zarar yetishini duo qilib so'ramaslik kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari siz bilan bizni bu narsadan qaytaradi. Chunki parashda omin deb qolgan momentga to'g'ri kelib qolsangiz, ketdingiz. Shunaqa gap bor a bizda? Duo, birodarlar, bu so'rov. Talab qilishlik. Bunaqa xatarli so'rovdan Payg'ambarimiz qaytarganlar. Rasululloh aytadilar la tadu ala anfu sekum. O'zinglarga zarar yetishini so'rab duo qilmanglar. Va la tadu ala avlodikum, farzandlaringlarga zarar yetilishini duo qilib so'ramanglar. Va la tatu ala xodamikum, xizmatchilaringlarga zarar etishini so'rab duoi qilmanglar, va la tadu alamualikum, mollaringizga zarar yetishni duo qilib so'romanglar. La tuva fiqu minallohi ta'ala sa'ata naylin fihah atoun fayas tajribu lakkum. Alloh ta'barak va taolo so'ralgan narsani ato qiladigan ijobat soatiga muvofiq kelib qolmanglarki, sizlarni so'rovinglarni ijobat qilib qo'yadi. O'sha lahzada ijobat bo'ladigan lahza edi.
Siz so'rab turgan moment, lahzada duo bo'ladigan lahzasi edi. Va bo'yni uz. Bo'yni uziladi. Chunki shunaqa hamma bor ekan. Duo ijobat bo'ladigan lahzalar, duo ijobat bo'layotgan momentlar bor ekan. O'shaning uchun doim yaxshilik so'rab duo qilishlik kerak. O'sha o'g'lingiz achchig'ingizga tegsa, farzandingiz achchig'iga tegsa, baraka topgur, boyib ketgur, qori bo'lib ketgur deb turib, yaxshilikni tilab qo'yavering.
Duoning odoblaridan o'rni uchinchisi, bironta zarar yoki musibat yetganda, o'ziga o'lim so'ramaslik. Musulmon odam o'ziga o'lim so'rab bo'lmaydi. Chunki birodar, hayotni Alloh Taolo berdi, uni o'zi oladi. Ajalni o'zi taqdir qildi, o'limni o'zi xohlagan paytda ustiga boradi. O'lim so'rash mumkin emas.
Endi bu qachon bo'ladi desa, o'sha bir katta musibatga uchrab qolsa, katta bir baloga kirib qolsa, o'zini tuta olmay qolgan paytda, inson o'ziga o'lim tilaydi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar la tad'u bil ma'etu vala tataman navo. O'lim so'rab duo qilmanglar. Uni hargiz tilamanglar.
Agar kimki duo qilishga majbur bo'lib qolsa, aytsinki, ya'ni shunaqa bir qiynalib ketdi, duo qilishga to'g'ri kelib qolsa, shunaqa holatda aytsinki, ey Parvardigor, hayot men uchun xayrli bo'lsa, meni hayotda qoldirgin. Agar vafot men uchun hayrli bo'lmasa, meni vafot ettirgin.
Tushunarlimi? Tirik qolishi men uchun yaxshilik bo'lsa, hayotda qoldi. Yo'q, dunyodan o'tib ketgani men uchun yaxxshiroq bo'lsa, vafot topdir. Chunki kelajakda sizni nima kutib turganiga bilmaysiz da. Iymon e'tiqodda turib ketishlik bo'ladigan bo'lsa, hozir o'tsangiz. Keyinchalik fitnaga qolish ehtimoli bo'lsa, mana shu holatda shu duo qilinadi. Faji alil hayata ziyada tanlana ming kunlik xoyr. Payg'ambarimizning duolari. Hayotni biz uchun yaxshiliklarni ziyoda bo'lishiga sabab qilgin. Faji alil malta roha tanlana ming kunduz shar. Endi o'limni hamma yomonliklardan biz uchun rohat qilib bergin. O'lim keladigan bo'lsa, dunyoda mashaqqatidan qutulgan bo'laylik. Lekin o'limni o'zini tilab bo'lmaydi.
Duoning odoblaridan o'n to'rtinchisi, duo qilishda haddan oshmaslik. Nima degani bu? Nima degani? Banda duo qilishda harakatdan oshmasligi kerak. Ya'ni, Allohdan so'rayotganda, so'rayotgan narsalarida maydalanishib, ezmalik qilmasdan, duo qilishlik kerak.
Tushunarlimi? Omin, Parvardigor. Menga bir foydali markab bergin. Bo'ldi. Markasini aytasiz, godvupiskasini aytasangiz, probegini aytasangiz. Karobkasini aytasang, xullas, ikki chikillari. Sen umumiy duo qil, Parvardigor. Foydali markab bel. Foydali bir hovli ber. Bo'ldi, ikki chikilga kirishmang.
Alloh Taolo Qur'onda aytadi, o'da'u robbakum tadarru an vo xufiya innahula yuhayb bul mu'tadin. Robbingizga tazarru ila va maxfiy duo qiling, zotan u haddan oshuvchilarni sevmas. Bir kuni Sa'diddin Nabiy Yoqqos roziyallohu anhuning o'g'illaridan biri, ulug' sahobaning o'g'illaridardan biri duo qilayotgan edi. Parvardigor, sendan jannatni so'rayman. Uni ne'matlarini so'rayman, shodliklarini so'raymen, falon falon falon narsalarni ato qilishingni so'rayman.
Sendan do'zaxdan panoh berishingni so'raymen, zanjirak sha'nlaridan falon falon narsa lardan panoh berishingniso'rayman, deb duo qilarkan ekan. Ya'ni duoda haddan oshyapti. Shunda bu ulug' sahoba, ey o'g'lim, men Rosaullohni kelajakda duoda haddan oshadigan bir qavm bo'ladi deganlarini eshitganman. O'shalardan bo'lib qolmagin.
Agar senga jannat berilsa, unda nima bo'lsa hammasi beriladi. Agar senga do'zaxdan panoh beriladigan bo'lsa, do'zaxdan panelar beriladigan bo'sa, hamma yomonliklardan panelar beriladi yu degan ekan. Shuning uchun duo qilayotganda haddan oshmaslik kerak. Biz bilmaymizda. Yaxshi bo'ldi degan narsamizni orqasida yomonlik bo'lishi mumkin. Yomon bo'ldi degin narsamizni o'rtasida yaxshilik bo'lishi mumkin. Vo asa an takror xushayyan va huva hayrun la kun deydi Alloh Taolo. Zotan sizlar o'zinglarga yaxshi bo'lgan narsani yomon ko'rayotgan bo'lishinglar mumkin.
O'zinglarga yaxshi bo'lgan nasani yomon ko'ryotgan bo'lishinglarni mumkin. Bilmaysizlardan. Duoning odoblaridan o'n beshinchisi. Dunyoni o'zida tezroq jazo berilishini so'rab duo qilishdan saqlanish. Bu nima degani? Oxiratda inson qilgan gunohlari uchun jazo berishini o'ylab, oxiratdagi azobdan qo'rqib, shu qilgan gunohilarim uchun shu dunyoni o'zi deylab jazo berib qo'yaver deb duo qilish mumkin emas.
Chunki uni mana shu so'ragani ijobat qilinadigan bo'lsak, ko'tara olmay qolishi mumkin. Buni o'rniga Alloh Taolodan ana shu gunohlarimni mag'firat qilgin, haqda bardavom qilgin, shu gunohni qilmaslikka tavfiq ber deb duo qilishlik kerak bo'ladi. Bu so'zimizga Payg'ambarimizning quyidagi hadislari dalil bo'ladi.
Payg'ambarim bir kuni bir bemor kishini ziyoratiga bordilar. Haligi bemor odam og'riq urib, og'riq u rib shu jussasi kishini bo'lib ketgan. Jo'jadek bo'lib qolgan. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam biror narsa to'g'risida duo qildingmi? Yo Allohdan bir narsa so'radingmi? Dedilar. Haligi bemor, ha, men, ey Allohim, menga oxiratda beradigan jazoyingni dunyoda tezroq bergin deb duo qilgan edim dedi.
Shuni so'rabdi. Payg'ambarimiz aytdilar, subhanalloh, ha unga toqating yetmaydi yu. Ey Allohim, bizlarga dunyoda yaxshiligini ato qilgin, oxiratda ham yaxshiligingni ato qilgin deb duo qilmabsan da, dedi. Robbana atina fid dunya hasana va fil axirati hasana. Haligi odam Payg'ambarimiz o'rgatgan shu duoni qiluvdi, shifo berdi. Qani shifo so'ramasdan, dardni beraver, oxiratda beradigan jazoda shu dunyodagilar ko'tarib qo'yay deb so'rayotuvdi, jo'jadek bo'lib qolibdi, jasadi qiynalib. Endi shifo so'radi, Alloh Taolo shifo berdi.
Duoning ijobat bo'lish odoblaridan o'n oltinchisi, Alloh Taologa doim muhtoj ekanligini izhor qilib duo qilishlik. Biz ba'zida shu g'aflat tutib, g'ofilligimiz tutib, ojizligimiz, insonligimiz tutib, unutuvchiligimiz tutib, pulimizga ishonib qo'yamiz.
Mashinamizga ishonib qoyamiz. Akamizga qo'yingki, nimagadir ishonib suyanib qo'yammiz. Bo'ldi men qilib beraman deysiz. Bo'ldim ish pulini to'ldiring, uyingizda turibdi mashinada to'ldiring, bo'ldi deysiz. Qay odam bilasan? Duoni muhim odoblaridan doimiy suratda birodarlar Allohga muhtojligimizni solib turishimiz kerak bo'ladi. Chunki yaxshilik ham, yomonlik ham kimdan keladi? Allohdan keladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerak. Inson hech qachon bir narsani mustaqil sur'atda qilishiga qodir bo'lmaydi. Shuning uchun doim o'zini muhtojligini izhor qilib tursin. Mana shu odob ham duoning eng muhim odoblaridan hisoblanadi.
Duoning odoblaridan o'n yettinchi si sermazmun va umumiy duo qilishlik. Dunyo va oxirat yaxshiliklarini o'zida jamlagan duolarni qilishlik kerak bo'ladi. Albatta bunaqa duoni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan o'rganamiz. Payg'ambar biz ko'proq qaysi duoni o'qiganlar?
Hammanglar bilgan duoyu. Robbana atina fid dunya hasana va fila xirote hasana va qina adaba nar. Hamma yaxshilik shuni ichidan. Parvardigorlar, bizlarga bu dunyoda ham yaxshilikni ber, oxiratda ham yaxshilikini ber va bizni jahannam azobidan qutqar. Nima kirmayapti mana shuni ichiga? Qaysi yaxshilik kirmayapti buni ichiga? Va qaysi yomonlikdan qutulishlik kirmayapti bu ichiga?
Ser mazmun va juda ko'p xayriyatlarni o'z ichiga olgan duo. Robbana, atina, fit dunya, hasana, va fil a, fil oti, hasana, voqeina. Adabandar. Duoning odoblaridan o'n sakkizinchisi, ko'proq ofiyat so'rab duo qilishlik. Ofiyat. Ofiyat so'zi lug'aviy jihatdan to'liq eson omonlik ma'nosida keladi. Ofiyat bergan. Shuning uchun kim ofiyat so'rob duo qilgan bo'lsa, Alloh Taoloni dunyo oxiratida ofiyati qilgan bo'lsa, unga hamma yaxshiliklar berilgan bo'ladi.
Abbos roziyallohu anhuga, Payg'ambarimiz aytganlar, aktili duo bil afiya. Ko'proq ofiyat so'rab duo qiling. O'n to'qqizinchi odoban. Ijobat sabablarini ado etib duo qilish. Xaram yeb turib duo qilsangiz ijobat bo'lmaydi. Xaram rizq topib turib, shu bilan ozu qalamlab duo qilsangiz ijobat bo'lmaydi.
Duoni ijobat qilinishini sabablari ko'p. Ana shu duoni ijobat bo'lishlaridan sabablardan bittasi, Alloh Taoloning go'zal ismlarini qo'shib turib duo qilishlik. Valillahi ila asma ul husna fado'uhu biha. Alloh Taoloning go'zal ismlari bordir, bas unga o'sha ismlar ila duo qiling. Shu ismlarda qo'shib duo qilasiz, ijobat bo'lishingni sabablaridan.
Ibrohim Adhamdan basir ahli so'radi. Nimaga duolarimiz ijobat olmayapti? Duo qilyapmiz, duolarimiz ijobot olmayapti. Shunda bu ulug' zot shunday javob bergan. Duolaringiz qabul bo'lmasligining sababi, qalblaringiz o'nta narsani his qila olmaydigan bo'lib qolgan. O'nta narsa bor qalbinglarda, shu narsani his qilmaysizlar. Shu o'nta narsani his qilmay qo'ydinglar, duoi javob olmaydi. Birinchisi, Allohni taniysizlar u, haqqini ado qilmaysiz. Ikkinchisi, Allohni kitobini o'qigansiz u, biron qonunga amal qilmagansiz. Uchinchisi, Rasulullohni va u zotning sahobalarini yaxshi ko'rishni da'vo qilasiz u, biroq ularni sunnatiga ergashishni tarqagansiz.
To'rtinchisi, shaytonni o'zinglarga dushman deb bilasizlar u, ammo u bilan murosa qilib olgansizlar. Beshinchisi, jannatni yaxshi ko'ramiz deysiz u, ammo u uchun amal qilmaysiz. Oltinchisi, do'zaxdan qo'rqamiz degansiz u, ammo unga o'zingizni garov qilib qo'ygansiz. Yettinchisi, o'limni haq deb bilgansiz u, biroq unga hosilni ko'rmagansiz.
Sakkizinchisi, odamlarning ayblari bilan mashg'ul bo'lasiz u, ammo o'zingizni aybingizni tashlab qo'ygansiz. To'qqizinchisi, robbingizning ne'matlaridan bahramand bo'lasiz u. Biroq shukrini ado etmaysiz. O'ninchisi, o'liklaringizni dafn etgansiz u, lekin ulardan ibrat olmagansiz.
Mana shu sababdan duolaringlar ijobat bo'lmay qo'ydi deb aytadi. Bu ulug' zon. Duoning yigirmanchi odobi ko'proq ya zal jalal i val ikrom lafzini qo'shishimiz kerak duoga. Ya zal jalal ival ikrom degani, ey ulug'lik va fazl u karam egasi degan ma'noni bildiradi. Mana shu lafzni ko'proq qo'shib duo qilishligimiz afzal hisoblanadi. Chunki payg'ambarimiz o'zi aytganlar buni bizga. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan anasimni moliga aytadi. Ali dhu biya zal jalal val ikrom. Ya zal jalal val ikronni lozim tutinglar, deganlar rasululloh imomni termizga keltirgan hadisda. Ya zal jalalval ikrom. Boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham.
Alifzu kalimasi bu hadisda kelgan. Uni lozim tutinglar, unda sobit bo'linglar, ko'p aytinglar, duoyinglarda ko'p talaffuz qilinglar degan ma'nolardan ishlatadi. Demak, yigirmanchi odobi ya zal jalal i val ikrom lafzini ko'proq aytishligimiz kerak ekan. Yigirma birinchi odobi yalinib duo qilib yurishda doimiy ravishda bardavom bo'lish. Doim yalinib, yolvorib duo qilamiz.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ida sa ala ahadukum fal yukter. Agar sizlardan birortanglar so'rasa, allohdan bir narsani, so'rovni ko'paytirsin. Fa innama yas'alu robbahu. Albatta u robbisidan so'ramoqda. Shu yerda haddingizdan oshmanglar. Maydalashmanglar deyildi yu. Ha, bu yerda ko'proq so'ra deyapti. Qanaqa qilib bog'laymiz?
Biz duoni ko'paytiringlar deyapmiz. Tafsilotini aytinglar demayapmiz. Sa'dimni bu yoqqasini, o'g'lini duosida tafsilotlar ko'p edi. Mana shu haddidan oshishlik deyildi. Lekin ko'p so'rashlik, uzoq duo qilishlik ayni muddao. Payg'ambarimiz aytyaptilar, duo qilsanglar ko'paytiringlar. Chunki sizlar robbingizdan so'rayapsizlar.
Qachon sizlardan bittanglar so'rasa, so'rovini ko'paytirsin. Chunki nima qilyapti u? Albatta u robbisidan so'ramoqda. Biz doimiy suratda duo qilayotganimiz, Allohga doim muhtojligimizni izhor qilishimiz bo'ladi. O'tirganda ham, turganda ham. Yo Alloh deb turamiz. Bismillahda bu narsani olamiz.
Chunki boshqa bir hadislarda, Payg'ambarimizning hadislarida so'ramay qo'ysa, banda Allohda, Alloh g'azab qiladi deyilgan ma'nolar bor. Shuning uchun Abu Yazid va Astomi rahmatulloh alik bandaning Allohda madad tilashni qo'yib, bandadan madad tilashi xuddi zindonda o'tirgan kishining zindondagi o'ziga o'xshagan tutqundan madad tilashiga o'xshaydi degan.
Zindonda, qamoqda o'tirgan odam qanaqa qilib o'zini ro'parasida o'tirgan qamoqdoshiga meni bu yerdan qutqar deydi. Shuning uchun duo qilmay qo'yishlik, birodarlar, bu beadoblik bo'ladi. Yigirma ikkinchi odobi, ijobat va'da qilingan vaqtlarda va fazilatli makonlarda duo qilish. Ijobat va'da qilingan vaqtlar bor va duo qilishlik fazilatli hisoblangan o'rinlar bor. Mana shu joylarda duo qilishlik ham duoni odoblaridan yigirma ikkinchisi. Mana endi qaysilar bular? Eng mashhurlari, ayrimlari. Azon va takbir orasida qilingan duoni ijobat deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Azon bilan takbirni o'rtasida. Farz namozlari ortida, kunduzning oxirgi vaqtida, ro'zadorni iftor paytida qilgan duosi. Kechaning oxirgi qismida qilingan duo, ramazon kunlarning hammasida qilingan duo. Zulxijjaning o'n kunida qilingan duo arafa kunidagi duo. Eng yaxshi duo arafa kungi duo deganlar aslulla. Hajda qilingan duo, Ka'ban yoqda qilingan duo va hokazolar. Mana shu paytlarda, mana shu o'rinlarda va mana shu vaqtlarda duo qilishlik ham duoning muhim.
Odoblaridan bo'ladi. Yigirma uchinchi odobi. Bemalolchilik, kengchilik, huzur halovatli kunlarda duoni ko'paytirish. Chunki yengil kunlaringda Allohni ko'p eslagin, deydilar Rasululloh. Og'ir kunlaringda Alloh seni eslaydi.
Alloh Taolo o'ziga tazarru qilmagan bandalarini doimo tasavvur qilib yurishlari uchun uning sabablarini ham ro'yobga chiqarib qo'yishni bayon qilgan. Alloh demayapsizmi menga erkakligingizdan? Esdan chiqarib qoyapsizmi? Alloh degizib qo'yishi uchun bu sib'at beradi ustingizga. Tishingiz olib chiqadi kechasi bilan. Kechasi bilan Alloh deb chiqasiz.
Bir muammoni berib qo'yadi. U yoqqa yurdingiz, bu yoqqa yuringiz bo'lmayapti. Nima deysiz? Ha, demak sizni Allohga duo qilishingdan band qilib qo'yayotgan, Allohni esidan chiqarib qo'yaykan yengil hayotdan ko'ra, kengchilik hayotdan ko'la, sizni yodingizga Allohni soladigan qiyin kun yaxshi ekansiz sizga. Agar ma'no varianti Alloh demasangiz, Alloh ma'no varianti Olloh deb qo'yadi. O'shaning uchun ma'no varianti nima devering? Alloh devering.
Alloh Taolo aytadi, istaydu billah, faahotinahum bil ba'sayi va abdur ro'iy la allahum yotadur roun. So'ngra sho'yat, tazarruh qilsalar deb, ularni balo va ziyonlarga tutganmiz. Nimaga balo berar ekan? Qayt bu yoqqa der ekan. Meni eslamay qo'yding der ekan. To'g'rida. Hech qanday muammosi bo'lmasa, maishatida.
Tirikchilik zo'r. Pul ko'p. Kasallik yo'q. Farzandlarda hayoti ham zo'r. Yurtida tinchlik, tani sog', hamma yog'i zo'r. Agar shunaqa holatda turib Alloh deyolmayotgan bo'lsa, tez kunda almashinib ketaversin bu narsani. Undan tashqari mana shu bemalolchilikda uzoq, ko'p duo qilgan odamni qiynalgan kunda qilgan duosi tezda ijobat bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, kimni qiyinchilik va mashaqqatlar chog'ida Alloh Taolo uning duosini ijobat qilishni xursand qilsa, qiyinchilik paytida duoni ko'paytirsin. Qiynalgan kuningda duoying tezda ijobat bo'lishini xohlaysanmi? Yengil kuningda ko'proq duo qilgin.
Yigirma to'rtinchi odob. Duo ijobatiga to'siq bo'ladigan narsalardan saqlanish. Duoni to'sib qo'yadigan amallardan saqlanish. Haromdan saqlanish. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kishini aytdilar. Sunma zakaro rojo'la, yutili safara, ash'asa axbarat. Bir odamni zikr qildilar rasululloh. Safarga chiqdi, safar muddati cho'zilib ketdi. Kiyimlari kir, eski o'pib ketdi. Iflos bo'lib ketdi, nopok bo'lib ketdi. Sochsoqollar tozalib ketdi, har xil narsani yeb bulanib ketdi.
Har narsaga. So'ngra qo'lini ko'tarib duo qiladi. Ya rob, ya rob. Va mat'a muho harom, va mubassam harom, va mashrabu harom, va g'udaybil harom. Kiygani ham harom, ichgani ham harom. Yegani ham harom bo'ldi. Fanna yusta ja bulah u. Qayoqdan duosi ijobat bo'lsin? Demak, bu odobida duolarni to'sadigan gunohlardan ehtiyot bo'lishingiz kerak. Harom luqmadan, harom moldan ehtiyot bo'shishingiz kerak. Mana shu narsa duoni muhim odoblaridan. Chunki siz har qancha namoz o'qib qiymatizga kelib, har qancha savob ishni qiling, harom bilan og'zi qolongan bo'lsangiz, bularda birontasi qabul bo'lmaydi. Chunki innalloha toyyibun la yaqvol illa toyiba. Alloh pokizod, pokizazod va faqat pokiza narsani qabul qiladi.
Yigirma beshinchi odobi, yetishi bo'lmaydigan behuda narsalarni so'rab duo qilish. Qanaqa u duolar? Ey Alloh, meni farishtaga aylantirib qo'y. Ey Alloh, meni bolaligimga qaytarib qo'y! Ey Alloh, menga shunaqa quvvat berginki, mana shu tog'ni nima qilib yuboring, ko'tarib yuboring. Bu Allohga nisbatan qilinayotgan beadablik bo'ladi. Bunaqa duo qilinmaydi.
Hikmatli so'zlarda aytiladi, dunyodagi baxt orzu qilgan narsaga yetishishda emas, balki erishgan narsasining qiymatini anglashda. Qaytarib beraymi? Dunyodagi baxt nima desa, orzu qilgan narsasiga yetishda emas. Baxt qo'liga kelgan narsasini qadrini bilishda deyildi.
Unaqa yo'q narsani so'rab, bo'lmaydigan narsani so'rob duo qilinmaydi. Demak, mana shu odoblar, duolarni eng zarur va mashhur odoblari qanchalar bu odoblarga rioya qilib duo qilarkanmiz? Inshaalloh, ana shu duolarimizni samarasini dunyoda ham, oxiratda ham ko'ramiz. Shuning uchun aytamiz, Parvardigor, bizni duo qilish baxtiga muvaffaq qilding. Endi bardavom qilgin va mana shu duolarimizda ijobat qilgin.
Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malaykati hu yusalluni ala nabi, ya yu halladini amanu sollallohu alayhi vasallam mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmat.