Maviza
—Qoralama1 soat 7 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
67:00
O'zgarishlar tarixi

Hayya ala sola. Namozga shoshildi. Biz qanaqa zamonda yashayapmiz, birodarlar? Biz g'alva, g'am tashvish, siqilish, bunaqa narsalar har zamonda ham bo'lgan, lekin bizni davrimizga kelib turib bu narsalar ko'payib, tezlashib ketganga o'xshaydi. Audhu billahi minash shaytonir rajim. Ya ayyuha'lla dina a'men usta'inu bi sobr i vas sola. Innallohu ma'asso bi din. Ey iymon keltirganlar, sabr bilan, namoz bilan mendan madad so'ranglar. Albatta alloh sobirlar bilan birgadir. Insonda boshiga musibat kelganda, qo'rquv kelganda, xavotir kelganda, vahima siqilish kelgan paytda nima qiladi?

Kimdir mana shu narsadan qutilishlik uchun ichadi. Kimdir chekadi. Kimdir uxlab oladi. Kimdir boshini qumga tiqib oladi. Mo'min odam nima qiladi? Alloh aziz va jal aytyapti, agar sizlarga mana shunday bir xatarli holat, qo'rquv, xavotir, vahima, siqilishlar keladigan bo'lsa, namozga turinglar. Birodar, agar qalbing torayib kessa, ishinglaring qiyinlashib kessa, makr ko'payib kessa, namozga shoshil. Namoz o'qi. Agar kunlaring qorong'alashib ketgan bo'lsa, tunlar o'zgarib kessa, xavotirdan, qo'rquvdan dunyo ko'zingga keng bo'lib turib ham tor bo'lib ketgan bo'lsa, namozni o'zingga lozim tutgin. Chunki har bitta ishi siz bilan bizga ibrat bo'lgan payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam ayni shunday qilar edilar. Qiyinchilikka duchor bo'lib qolsalar, mashaqqatga duch kelib qolsalar, namozga turardilar. Badr kunida chodirda o'tirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o'qidilar va robbisiga duo iltijo qilib yubordi. Alloh taolo Badr g'alaba berdi. Alloh azza va jalloh mingta farishtani tushirdi. Xandaq kunida o'n ming kishilik mushriklarni qo'shini Madinani shimoliga kelib to'xtadi. Musulmonlar sanog'i oz.

Uch ming kishi Xandaq kavladi. Xandaqni bitirishiga o'n ming kasallik qo'shin kelib to'xtadimi Xandaqni u tomonida. O'n ming taga uch mingta. Bu ham yetmagandek, Madinani orqa tomonida turgan Banu Qurayza Rasululloh bilan ahdini buzib, xiyonat qilishdi. Orqadan ham xavotir bor, oldidan ham xavotir ham bor. Mana qo'rquv. Mana shu paytda Rasululloh bilgan Xandaqni kavlagan uch mingta odamdan o'n ming tagacha qarshi uch yuzta odam qoldi. Oldi tomonda katta qo'shin, orqa tomonda Banu Qurayzaning xiyonati ana xatar, ana qo'rquv, ana xavotir. Holat shunday bir tang ediki, bu holatni Alloh Taolo o'zi ta'riflab berdi. Astaydilillah, voyid zag' otil abu sor'u va balag' otil qulu bul hanajiro. O'shanda ko'zlar tinib, yuraklar bo'g'izlarga tiqilib qolgan. Ko'z tinyapti qo'rquvidan. Jon tomog'iga bo'g'ziga tiqilib qolgan. Mana shunday bir xatarli o'rinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga shoshildilar. Mana siz bilan bizga har bitta ishni ibrat bo'lgan Rasulullohning qilgan ishi. Biz ham hayotda siqilib, to'yib, jonimizdan dunyo ko'zimizga to'lib ketgan bo'lsa, namozga turishimiz kerak.

Ahvoling og'irlashdimi? Ishing taraylashdimi? Namozga shoshil, birodar. Rasulullohga ergash, namozga shoshhil. Rasulullohga ko'p salovat ayt. Mana shu narsa qalbingga nur olib keladi. Xursandchilik olib keladi, quvonch olib keladi va mushkuligini hal qiladi Alloh, inshaalloh. Boyagi biz aytayotgan boshini qumga tiqib olayotganlar, ichayotganlar, ishni, muammoni unutdi. Xo'p, maslik tarqadi. Muammo hal bo'lib qoldimi? Turibdimi?

Astadibillar. Ya yu halladina amal usta inubis sobrin vas sola. Ey mo'minlar, namoz bilan, sabr bilan, sabrbilan, namoz bilan Allohdan madad so'ranglar. Agar birodar ustimizga xatar kelsa, xafagarchilikka duch kelib qoladigan bo'lsak, namozda rohat olishimiz kerak. Shunda namoz, namoz, siz bilan bizni nafsimizni, ruhimizni, jonimizni oromi bo'ladi. Xotirjamligi bo'ladi. Inshaalloh, g'am tashvishdan ketishlikdagi eng kuchli bizni qo'limizdagi qurol bu namoz. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam biror ishdan siqilsalar, biror bir ishdan tashvishlar tushsalar, alix na bis solati ya bilal, ey Bilal, bizni namoz bilan rohatlatiring der edi. Ya'ni ozg'in ayting, takbir aytding, namoz o'qinglar, bir mazza qilaylik der edi. Bizni namoz o'qishligimiz bilan sahobalarni namoz o'qishiligini farqi ham shunda da. Ular namozga xuddi bir dam olishga yoki bir orom olishlikka, sakkina olishga kelgandek kelishar edi. Biz namozga qanaqa kelamiz?

Faraz qiling, tashqari sovuq bo'lib turgan bo'lsa, issiqxonadan chiqqisi keladimi tashqariga? Yo'q. Joningiz issiqda orom oladi. Endi chiqib ketyapsizmi, demak ichkarida joningiz orom olmayapti. Namozni tashlab chiqib ketayotganda shu narsa esimizda tursin birodarlar. Namoz Rasulullohning ko'zlarini quvonchi, saodati va xursandchiligi edi. Agar biz salafi solihiylarni hayotini bir mutolaa qiladigan bo'lsak, nimani ko'ramiz? Ular ham ayni Rasulullohning mana shu yo'lini o'zlariga yo'l deb bilishgan. Musibatga esa, xatar bo'lsa, itoatkor hollarida namozga shoshilishar edi. Shundan keyin ularning aql qushlari o'ziga kelar edi, irodalari tikkallanar edi, himmatlari asliga qaytaradi. Shuning uchun ustingga musibat keldimi? Tahoratni qil. Ixlos bilan namozga tur. Sabr namoz seni ruhingni tinchlantiradi, qalbingga xotirjamlik olib keladi. Mana solotul xavf.

Ana shu namoz ham qo'rquv, xavotir bo'lib turgan muddatda o'qiladigan namozlardan. Mana hozirgi davrni odamlarga qarasak, ya'ni siz bilan bizga qarasak, odamlarning juda ko'pi stressga uchragan. Stress nima? Tushkunlik, vahima, qo'rquv. Yigirma birinchi asrning vabosi stress deydi. Psixologlari ham, tabiblari ham. Stress xotirjamlikda yo'qligi. Agar bir og'iz so'z bilan aytish kerak bo'lsa. Siqilgan, nervniy, asablari tarang, bitta gap kam ikkita gap ko'p, sal narsaga jahli chiqib ketadi, sal narsaga otilib ketadi, o'zini kontrol qila olmaydi. Mana shu stress. Bormi shu narsa?

Sen yashayotgan shahar qancha katta bo'lsa, stressning shuncha katta. Sen qanchalar kichkinaroq shaharda yashayotgan bo'lsang, stressning shunchalar kichkinaro. Agar umuman shaharda yashamasdan, chekka bir qishloqda, bir tog'da yoki sahroda yashay ekan bo'lsang, mana shu stresing ozroq. O'shaning uchun tolada ishlay ekan, tog'da qo'y boqib yurganlarda havas qilsa bo'ladi. Stress umuman yo'q.

Hozirgi odamlar mana shu o'zini ichida to'planib qolgan stressni qanaqa qilib yechadi? Savol. Qanaqa qilib yechadi? Ichadi. Chekadi qurug'ini, narkotigini chekadi, sigaretini chekadi, uxlaydi. Shu bilan shu stress yechiladimi? Yo'q. Ular shu qiladigan shu ishlari bilan muammoni unutishga harakat qilishadi.

Ichadi, mast bo'ladi, esdan chiqib qoladi. O'ziga kelib qolganga o'xshaydi, uyg'onsa muammo boboyiday turibdi. Qo'rquvni oldida, xavotirni oldida tuyaqush boshini qumga tiqib olgandek, boshini qumiga tiqishib oladi. Ularni ishi shunga o'xshaydi. Xo'p, boshingni qumga tiqilib olding, ichib olding, chexib olding, saynib olding, bir hafta yotding ichib. Shu bilan mushkulalar hal bo'ldimi? Yo'q. Tuyaqush boshi shunday qumdan chiqarsa, muammo turibdi peshonasidan.

Mana shunday stress tufeli, nafsiy kasallarga mubtalo bo'lgan hozirgi avlod bu stressdan qutilish uchun, bu mushkulalardan chiqish uchun namozga, masjidga shoshilishi kerak. Endi qanchasi masjidga kelyapti bu avlodni? Stress sababli asabi tugagan, fe'li tarang bo'lib ketgan, muammolarni ko'pligidan zerikkan va ularni kamayish o'rniga ko'payayotganligini ko'rib, ezilib turgan bu odamlarga, bu zamonda odamlarga masjidga namozga qaytishdek vaqti kelmadimikan?

Allohu akbar dedingiz, takbiri tahrima deyiladi, birinchi takbir. Nima degani bilasizlarmi? Dunyoni hamma so'zi, ishi, fe'li, o'yi harom degani. Namozni takbiri harom qiladi dunyoni, namozni salomi halol qiladi dunyodan. Allohu akbar deganingizda, siz tilingizni, ko'zingizni, oyoqlaringizni, harakatlaringizni dunyoga harom qildingiz, ammo hayolingiz hali dunyo bilan. O'shaning uchun bu namoz bizga huzur halovat bermayaptimikin?

To'g'rimi? Allohu akbar deyishingizga nimalar keladi hayolingizga? Robbilarini rozi qilish uchun mana shu odamlar yuzlarini majlis tuprog'iga surtishish kerak. Bu bilan avvalo o'zini nafslarini mana shu tinimsiz bo'lib turgan azobdan saqlab qoladi. Aks holda tamom bo'lishadi. Aks holdo namozga qilib allohdan bir yordam so'ramasa, mana shu g'am tashvishlari, asablari parchalab tashlaydi bularni. Bu narsaga insonda toqat yetmaydi.

Qoida. Boshlar qatib, qalblar bezovtalanib, siqilib qolgan holatda xotirjamlikni va osoyishtalikni qalb bilan, xushruq bilan o'qilgan namoz beradi. Qalbingiz bilan, xushuq bilan o'qiysiz, shu muammolardan qalbingiz qutiladi. Demak, mana shu mashaqqatlardan qutilishni bitta yo'li nima ekan? Namoz ekan. Chunki hamma ish Alloh Taoloning qo'lida. Ustiga shu kunni berayotgan ham Alloh Taolo. Qaysidir qilgan ishlaringga mukofot qilib berdi qo'shtirnoq ichida. Endi olib qo'yadigan ham shu kunni Alloh Taolo. Alloh muammoingizni hal qilishni xohlaganda, sizni yuragingizni siqib turgan, sizni qo'rqitib turgan, siz shu muammoga tiqib turgan odam o'zi muammoni yechimini ko'tarib keladi.

Agar talab qilingandaqa ibodatni qilsak. Inson hushyu bilan o'qilgan namoz zi bor, yoki shunday o'qib qo'ygan namozi bor. Inson hushyu bilan oqilgan namozda topadigan xotirjamligini boshqa hech qayerda topa olmaydi. Qaytarib aytamiz. Hushyu bilan yo'qilgan namozda topadigan xomxonligini inson boshqa hecha yerdan topa olmaydi.

Birodar, xotirjamligini, sakin'atni, osoyishtaligini uchta o'rindan qidir. Namozda, Qur'on to'lovotida, zikrda. Qalbingni xotirjam bo'lishligini uchta o'ta o'rindan ista. Namozda,qur'on to'lavotida, zikrdda. Shu uchalasidan bittasida bo'lasan, senda biz aytayotgan sakinat, saodat bo'ladi. Qaysinisi doim biz bilan birga bo'la oladi? Zikr. Namoz bilan Qur'onga to'xtab o'tirish kerak. Ammo zikr doim. Zikr doim! Agar mana shu uchalasidan topsang, xursand bo'lib yashaver. Agar topa olmagan bo'lsang, holing xarob. Eshik yopiq oldingda, senda sakinat bo'lmaydi. Eshigini ochlikka harakat qil. Yana Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ko'p salovat aytishlik ham mushkulalarni hal qiladi, muammolarni yechadi. Birodarlar, Nabi sollallohu alayhi vasallamga Ubayb Mikamp aytdi yu, Rasululloh. Qiladigan duolarimni qanchasi sizga salovat bo'lsin? Qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Uchdan biri bo'lsinmi? Sizga salovat.

Qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Yarmi bo'lsinmi. Qiladigan duolarim hammasi salovat bo'lsinmi, yo yarminimi? Qancha bo'lsa, o'zingga yaxshi. Unday bo'lsa, hamma duolarimni sizga salovatga aylantirib qo'yaman deganida Payg'ambarimiz aytdilar. Unday bo'lsa gunohlaringiz mag'firat bo'lishi g'amiyni ketishiga sabab bo'ladi. Kifoya qiladi dedilar. Tinmay salovat aytib ko'ring da. Qalbingiz yashni edi. Mana shunaqa bir oqsoqollarni ko'rasizlar da, yuzida nuri bor. Unaqa ilmli emas ku ko'p ham.

Ja unaqa dushanba pashshanba ro'za tutavermaydi. Hamma qatori, lekin qarasang doim zikrda yuradi tili. Ana shu zikr nur beradi insonni yuziga. Hayosiga, hayotiga osudalik beradi, sakinab beradi. Zikr. Birodarlar qaytaylik, namozga, zikrga, Allohni ibodatiga. O'zi biz istab topa olmayotgan, qo'limizga bir to'lmayotgan dunyoni ham Alloh Taolo to'ldirib qo'yadi. Biz boshqa kraniylarga peramizni tutib yuribmiz da. Boshqa hovuzlarda suv olamidi, paqirmizidi, xuddi ko'tarib yuribmimiz.

Tahajjud namozi. Tunni bir qismini uyg'oq o'tkazishing birodar, yuragingni xotirjam qiladi, qalbingga sakina topib keladi. Tunni bir qismida turib, qiyomullayl tahajjud namozini o'qishlik, insonni qalbini xotirjam qoladi, unga sakina topib keladi. Payg'ambarimiz aytadilar, agar banda tunda uyg'onib, Allohni eslasa, so'ngra tahorat olib, namoz o'qisa, o'zi tetik va qalbi xotirjam bo'ladi.

O'zi tetik degani sog'lom bo'ladi jasadi, qalbi xotirjam bo'ladi degani. Kim? Qiyomullayl namozini qilgan odam. Prichom bu? Kechqurun turib uyqudan qorin namoz o'qisa shunaqa bo'ladimi? Seniki bo'lmaydi endi. Chunki sen ishonmayapsanmi Rasulullohning va'dasiga? Seniki bo'lydi endi. Kan u qoliylan minan laylima yahjavun. Alloh muhteydi o'zini solih bandalarini. Ular. Kechadan ozgina fursatga ko'z yumar edilar. Va minallay li fataahad jadbihi na fila tanlak. Kechani bir qismida uyg'onib, o'zingiz uchun nafl ibodat bo'lgan namozni o'qing. Bu ishlar bekorga emas. Nabiy sollallohu alayhi vasallam vahini olib kelib, da'vatni avvalida, ya ayyuha'l muzzammil quminlayla oyatini illa qolilasi tushmagan. Ey, kiyimlariga o'ralgan zot, quminlaylar. Tunni qoyim qiling. Bir yildan keyin illa qolinglar degan qismi tushdi. Ungacha musulmonlar bir yil kechasi uxlamasdan namoz o'qishdi. Illa qolingalar, keyin tushdi. Ya'ni tunni bir qismida uxlamasdan, namoz o'qing, bir qismida uqlang degan bo'ladi. Ammo boyagi illa qolingilar bir yildan keyino tushdi. Chunki musulmonlarga xavotir, musulmonlarga qo'rquv, xavf, Makkada holat qiyin bo'lganda, Xiyomullayev bilan musulmonlarning nafslari orom oldi.

Xiyomullayev bilan joni orom oldi. Tushunyapsizmi, birodarlar? Nima uchun bizni qalbimizda unaqa sakinat, xotirjamlik yo'q? Nimaga dollar o'ynab ketsa, kursni qaltirab ketyapmiz, Adamani qo'rqitirsa, vahima bo'lib ketyapmiz? Nimaga yo'q bizda shu quvvat? Agar aqllarni ishlatsak birodarlar, namoz bizga berilgan katta ne'mat ekanligini tushunib yetamiz. Kunda o'qiydigan besh mahal namozimiz gunoh guvohlarimizga kafolatligini tushunamiz. Besh mahal o'qiydigon namozimiz robbimizni huzurida bizni darajamizni ko'taradigan vosita ekanligini tashunamiz. Yana bu namoz, bu namoz, g'amlarimizni muolajasi ekan, dardlarimizni davosi ekan. Shuni bilamizmi?

Namoz bizni qalblarimizni ishonishga, nafslarimizni rozilikka to'ldiradi. Mana endi namozdan, masjiddan uzoq yurgan ona odamlar, bitta g'amdan chiqsa, ikkinchisiga albatta tushadi. Bitta tayniydan chiqsa, ikkkinchisiga kirishadi. Biridan ikkinchisiga ko'chib yuribveradi. Alloh taolo nima dedi ularni? Istadibillah, fata asan lahum va adol la amalahum. Bas ularga halokat bo'lur va alloh ularning qilgan amallarini zoye qilur.

As dayribillar, ya yo'qalladina a man ustainu bi sobriy vas sola, inna alloha man as sobirin. Ey iymon keltirganlar, Allohda madad talab qilinglar. Nima bilan? Sabr bilan, namoz bilan. Birodar, boshingga mushkula kelsa, ustingga xavf kelsa, yuraging siqilsa, stress bo'lsang, tezda namozga shoshil. Namozga tur, robbingdan sabr bilan yordam so'ra, albatta. Iymon birodarlar bu baxt degani. Haqiqiy baxtsiz insonlar kimlar? Haqiqiy bahtsiz insonlar iymon xazinalaridan, ishonch zaxiralaridan mahrum bo'lgan muflislar. Muflislarga nima degani edi? Muflis degani bankrot degani. Hech narsasi yo'q odam degani.

Bundaylar dunyoda yasharkan, doimiy suratda hayotdan norozi bo'ladi. Doim g'azablangan bo'ladi, baxtsiz bo'ladi, doim xorlikda bo'ladi. Hayotidan doim shikoyat qiladi. Chunki ular iymondan yuz o'girishgan. Iymoni bor odam hayotidan shikoyat qilmaydi. Chunki unga shu kunni bergan Alloh Subhanahu va Taolo taqdirga yozgan ish bo'lyapti. Mo'min odam qazoyi qadarga rozi bo'ladi, Alloh berdimi shu kunda? Alhamdulillah deydi. Mana shu iymoni kuniga rozi bo'lishlikka sabab bo'ladi, roziligi esa uni baxtli bo'lishiga sabab bo'lardi. Murodalar, baxt bu insonning o'zini hayotidan roziligi. Baxt kuningizdan rozi bo'lishligingiz. Alloh azza va jalla mana shu iymondan yuz o'girganlar haqida nima deydi? Istaylubiylar. Voman a roda an vikri, fa innalahuu maishatan donka. Mana shu qonun. Mana shu qomun hayotda ishlaydigan. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, albatta u uchun tang, baxtsiz hayot bo'lur. Bu qonun. Eslatmamdan yuza gursa, donka degani torlik degani, tanglik degani.

Juda ham bir qattiqlik qiyinchilik degani. Iymondan yuz egirgan insonni hayoti shunaqa bo'ladi, garchi dunyosi juda ham katta bo'lsa ham. Garchi qo'lida shuncha katta moli davlat bo'lsa ham, iymon bo'lmaydigan bo'lsa, bu insonda hayoti tang bo'lishigini Alloh Taolo aytyapti. Birodarlar, eslatmadan yuz egirgan odam, albatta, tang hayot bilan kun kechiradi. Baxtsiz bo'ladi. Buni Alloh Subhanahu va Taoloning o'zi aytyapti. Eslatma bu din. Eslatma bu iymon. Eslatma bu hidoyat. Bu qonun. Va man a'rodan zikri fa imnalahum maishatam donka. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, vas uning uchun tang hayot bo'lur. Ko'p qaytaramiz bu oyatni. Yodlab olinglar. Odam alayhissalom jannatdan yerga tushdi, qilgan xatosi tufayli. Shunga Alloh Taolo nima dedi? Faman tabiiyan hudaya falaya dili valay yashqo. Yerga tushdi Odam alayhissalom, o'zining ayoli Havoni bilan, Iblis ham tushdi. Mana bir biriga dushman bo'lib tushdi. Endi Alloh hukmini aytdi. Bas, mening hidoyatimga kim ergashsa, mana shu odam yo'ldan ozmaydi, vaxsiz bo'lmaydi.

Qaranglarda, kimning baxtli bo'lishligi Odam alayhissalom yerga tushgan paytda aytib qo'yilgan, formulasi. Kim meni hidoyatimga ergashsa, adashmaydi va baxtsiz bo'lmaydi. Baxt bu hidoyat. Haqiqiy hayot bu iymon, birodarlar. Kishi mana shu Alloh Taoloning dinidan, hidoyatidan qanchalar uzoqlashsa, qancha uzoq bo'lib ketsa, uni baxtsizligi ham shuncha kuchayib boraveradi. Xuddi yonib turgan bir o'ta oldiga kelgan saringiz issig'i tegadi, uzoqlashganingiz sari, u issiq yoriq sizdan uzoq bo'lib, qorong'uda sovuqda qolib ketganingizdek, hidoyatdan qancha uzo'q bo'lsangiz, baxtsizligingiz shuncha kattayib boradi.

Endi umuman Allohni tan olmaydiganlarda ahvolini tasavvur qilib ko'ringlar. Allohni zikridan yuz o'girish, Allohni eslatmasidan, dinidan yuz o'grishlik. Murod Ali, buni ham bir ko'rinishlari bo'ladi. Kimdir umuman dinni esdan chiqargan bo'ladi. Umuman. Hidoyat bilan ishi kori yo'q, mutlaqo unutgan. Endi buning baxtsizligi, shaqovati shunga yarasha bo'ladi. Yana kimdir dindan unchalik uzoqlashmagan. Aqidasini biladi, Allohni yakkaligini biladi. Qiyomatda hisob kitob borligini biladi, ammo shariatning hukmlariga beparvo. Namoz o'qimaydi, ro'za tutmaydi, yolg'onni ko'p gapiradi. Endi buning shaqovati shunga yarashadi.

Qonun. Kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta u uchun tang baxtsiz ayol bo'lur. Atrofimizdagi odamlarga bir qaraylik da, o'zini musulmonman dey ekan, kalimagoyman dey ekan. Ahli qiblaman dey ekan odamlar. Ularni kuzatsak nimaga guvoh bo'lamiz? Ana shu birodarlarimiz ham baxtli bo'laman deb yurishibdi. Nimalardir qilyapti. To'g'rimi? Dunyo matosi ko'p bo'lsa, pulim ko'p bo'lsin, baxtli bo'laman deb o'ylayapti. Aksar odamlarni kallasidagi tushuncha shunaqa.

Uni baxtli bo'lishligi nimaga bog'liq faqat? Pulga bog'liq. Shu tasavvur to'g'rimi? Shu tushuncha qayerdan kelib qoldi bizga? Ha, robbimiz Alloh azza va jalla Odam alayhissalom yerga tushirib, meni hidoyatim keladi, kim ushlasa adashmaydi, baxtsiz baxtli bo'ladi, baxtsiz bo'lmaydi deb turgan bo'lsa. Qarang endi Alloh Taolo meni meni eslatmamdan yuz o'girganni hayoti tang bo'ladi deyapti. Bu deganichi, albatta kasal bo'ladi, albatta kambag'al bo'ladi, dunyosi qo'lida bo'lmaydi degani emas. Inson sog' bo'lib turib, qo'lida millionlari bo'lib turib ham tang hayot kechirishi mumkin. Ma'qulmi?

Ha, buni muqobilida ikkinchi oyat bor. Mana amira soliha min zakarin av unta. Erkakmi, ayolmi, mo'min bo'lgan holida solih amal qilsa, falanuq yegandan hu hay'atan toyiba deydi Alloh. Biz unga pokiza hayotni beramiz deydi. Endi pokiza hayot degani albatta boy bo'ladi, sog'lom bo'ladi, serfarzand bo'ladi emas. Kambag'al bo'lib turib ham pokiza hayot kechirish mumkin inson. Farzandi yo'q bo'lib ham pokiza hayotkechirishi mumkin. Mana shu dunyo matohi qo'lida bo'lmay turib ham inson saodatda yashashi mumkin. Qachon? Allohni eslatmasdan yuz o'girmagan bo'lsa. Shuning uchun bugungi darsimizni mavzusi hayot nima ekan? Iymon ekan. Iymon bu hayot degani.

Mo'min kishi bunaqa torlikda yashamaydi. Chunki robbizga iymon keltirgan bo'ladi, qalbi doim keng bo'ladi. Mana, mana usroil, payg'ambarlar tarixiga murojaat qilamiz. Ana shu olti yuz ming yoki undan ko'proq bo'lgan yahudilarni bir necha asrlik qullikdan Muso alayhissalom yetalab olib chiqib ketdi. Dengizni oldiga borishganida, orqa tomondan Fir'avnning qo'shini keldi. Shunda qalbi Allohdan uzoq bo'lgan, iymoniy zaif kishilar nima deyishdi? Innala mudrokun, bo'ldi, yetib kelishdi, tamom bo'ldik, tugadik deyishdi.

Lekin Muso alayhissalom nima dedi? Kalla, innama ayy robbi sayahdin. Yo'q. Robbim men bilan albatta yo'l ko'rsatadi. Mana shunday tang nochor holatda ham qalbi Allohga suyangan, iymoni komil bo'lgan odam nima deyapti? Robbim men bilan yo'l ko'rsatadi. Shu yerda siqilib saxr bo'lib qolishi mumkin inson. Lekin mo'min nima deydi? Alloh aytgani bo'ladi deydi.

Mashhur psixolog olimlardan hisoblangan, zamonamizdagi doktor Karl o'zini ruh borasida izlanishdagi zamonaviy inson kitobida shunday deydi. Diqqat qilinglar da, hozir men faqatgina oyatdan yoki shar'iy ma'nolarda aytgan bo'lsam, mana dunyo odamlari, ana shu musulmon bo'lmagan psixologlarni gapirgan gapini mana o'qib beraman, eshitinglar. Mavzumiz nima edi bugungi?

Iymon hayot demakdir. Hayot bu iymon. Iymoni bor odamni hayoti hayot. Iymoni yo'qda hayot hayot emas. Valladina kafaruv yetamat taunavaya akuluna kama taakulul an'am va naru masvan lahum. Alloh taolo hayot demayaptilardi hayotini. Valladina kafaruh. Kofir bo'lgan insonlar, yetamat taunavay akuluna kama takulul an'am, xuddi chora va hayvonlari singari yeydi, chora va hayvoni hayvonlari sangari ne'matlanadi, boradigan joy jahannam deyapti. Birodarlar, ularni mashinalarini, dunyoviy maishati, hayotini zo'rligini ko'rib turib, mana shularni hayoti zo'r da, qara ey. O. Mana qara, bitta mashinasi chizilib qolsa srazu yangi olar ekan. O'ttiz ming yurgan mashinani eskirib olar ekan. Mana hayot deydiganlar, iymonniy hayot nima ekanligini bilmaydi da.

Ana shu psixolog aytadi. O'ttiz yil davomida qabulimga dunyoni turli taraflaridan odamlar kelishdi. Kuchli psixolog. Yuzlagan bemollarni davoladim. Ularning ko'pchiligi o'rta yosh, ya'ni o'ttiz besh dan yuqori edi. Ularning orasida o'z muammosini diniy asosda hal qiladigan bironta ham odam yo'q edi.

Hayotida bo'layotgan muammolarni din bilan, iymon bilan hal qiladigan bittasi ham yo'q. Nimaga muammoga keldi bular? Nimaga psixologga kelyapti? Chunki iymoni bo'lganida psixologga bormas edi. Nimaga psixologga borasan, achchi? Domlaga kel, domla manaqa problema olyapti, nima tavsiya qiladi shariatimiz? Shariatimi, dema, dema deyilgan. Alloh taoloni taqdiri, rozi bo'lishing kerak. Shukur keltir, Alloh taolo senga musibatni, bir narsangni olib qo'ygan bo'lsa, Alloh undan katta, mana kechagi evaz Allohdan a, ana psixologa.

Mana endi dunyoda ko'zga ko'ringan psixolog aytyaptiki, ana shu yuzlagan odamlarni aksariyati o'ttiz besh tani tevada, o'rta yoshdagi rosa kuch quvvatga to'lgan payti, ularning ichida birontasi ham yo'q, iymon bilan muammosini hal qila oladigan. Yana bu psixolog aytadi, shuni aytishim mumkinki, bularning barchasi kasal. Chunki ular din, iymonli insonlarga ato qilgan narsani yo'qotishgan. Haqiqiy iymonni tiklab olmagan kishi aslo shifo topa olmaydi.

Haqiqiy iymonini topmagan, tiklamagan odam shifo topa olmaydi deyapti. Bizda bormi haqiqiy iymo? Bizda suyib turadi. Domlalar gapirganda zo'r bo'lib qolamiz. Uch to'rt kun o'tgandan keyin suyib ketadi. Bu normalniy odamlar shunaqa bo'ladi o'zi. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldiga Xanzal roziyallohu anhub bilan Abu Bakr Siddiq kelishgan. Sizni oldingizda boshqacha olamiz, uyimizga borganda boshqacha bo'lib qolamiz deganda Payg'ambarimiz aytganlar. Va lekin sa'atan fasaatan. Agar meni oldimdagi holat bilan ko'chada yura olaganinglarda, iymoni shunday bir cho'qqisiga chiqqan holatda, farishtalar ko'zinglarga ko'rinar edi va qo'linglarga qo'llarni berib ko'rishar edi. Lekin gohida unday, gohida ham bunday bo'lardi dedi.

Demak, psixologini gapini qarang. Inson haqiqiy iymon degan narsaga ega bo'lmasdan turib, shifo topa olmaydi deydi. Oyatni qaytaramiz. Astaydu billah. Va man a'roda an vikri, fa innalahuu ma'i shatandonka. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta uning uchun tang, baxtsiz hayot bo'lur dunyoda. Va naxshuru hu yavmal qiyamati ahma. Oxiratda uni ikkala ko'zini ko'r qilib tiriltiramiz deydi. Oyatni o'qiymiz.

Sanul qiyfiy qulu billa dina kafarur roh bima ash rohkubilla. Allohga sherik qilganlari sababli, kofirlarning dillariga qo'rquv solajakmiz. Qarang, Allohga shir keltirgan, Allohga iymon keltirmagan kofirlarning qalbiga Alloh qo'rquvni olib qo'yadi. Doim qo'rquvidan. Globalniy potupleniya, qo'rquv. O'n ikki, o'n ikki , o'n ikki qo'rquvu. Yana nima qo'rquvar bor? Dollarni kursi, koronavirus. Yana nimalar bor? Bular doim qo'rqib yashaydi. Mo'min nima deydi? Hasbuni alloh va ne'mat vakil deydi. Peshonamizga yozganidan ozchasi bo'lmaydi deydi. Ishonib aytyapsanmi faqat shu narsani?

Yuragingni tag tagidan aytyapsanmi shu narsani. Yozilgan bo'lsa, qayoqqa qochay. Yozilmagan bo'lsa, nimadan qo'rqay. Agar mana shu iymon sizni qalbingizda bo'lsa, siz baxtli insonsiz. Pulingizni qanchaligi muhim emas bu yerda. Oyatni o'qiymiz. Kim meni eslatmamdan yuzaga kirsa, bas uning uchun tanglik hayoti bo'lur va biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltiravermiz.

Mana endi dunyoda tang hayot kechirib, ezilib, bo'g'ilib, pachag'i chiqib yashagan odam, qiyomat kunida ko'r bo'lib, tiriltirib aytadiki, qola robbilima hasharatani a'ma, voqodi kun tubosiroq. Farvardigor, nimaga meni ko'r qilib, tiriltirding? Men ko'rardimmi dunyoda? Alloh javob beradi. Qola kadalika atatka ayatuna fanasitaha va kadalika al yavmatunsa. Alloh aytdi, shunday, biz senga bizning oyat mo'jizalarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday unutilursan. Allohni unutuvdi, alloh ham qiyomatni unutib qo'ydi. Alloh aytyapti davomida, haddan oshgan va parvardigorining oyatlariga iymon keltirmagan kimsalarni mana shunday jazolaymiz, dunyoda tang hayotni beramiz, oxirat azobi esa shak shubhasiz qattiqroq va uzunroqdir.

Xulosalaylik. Demak, iymon bu hayot. Iymon bu hayot, hayot bu iymon. Iymoni yo'q odamni hayoti hayot emas. Iymonsiz odamlarni hayotini Alloh Taolo hayvonlarni hayotiga o'xshatyapti. Kim Allohni eslatmasidan, dinidan, shariatini yuzaga kirsa, uni bu dunyodagi hayoti tang bo'ladi. Muhim emas puli qanchaligi.

Qalbdagi g'amni, qayg'uni, iztirobni, xavotirni faqat va faqat iymon ketkaza oladi. Murodalar, nafsni faqat iymon poklaydi. Iymon xursand qiladi. Iymonsiz hayotni ta'mi yo'q. Faqat inson hayotda iymoni bilan savdo topadi. Xulosa, haqiqiy savdoni topish uchun insonga iymon kerak. Agar inson Allohni tanimasa, iymon keltirmasa, Robb deb bilmasa, dunyoni mashaqqatlari, kishanlari, zulmat falokatlaridan qutilishni yagona uyg'ondiradilar, o'zini qatl qilish deb tushunadi.

Shayton keladi da, qarz bo'lib qoldi, o'zingni o'ldirsang qutulasan deydi. Bir tuxumatga qoldi, bo'xtonga qoldi, musibatga qoldi. Xullas boshiga bir sinov kelganda, shart o'ldirib olsang qutulasan, deydi. Inson Robbini tanimasa, iymon keltirmagan bo'lsa, uni hayotida ustiga kelayotgan mashaqqatlar, zulmatlar, falokatlardan qutilishni bitta yo'li bor, o'zingni o'zingni qatl qilish deb biladi. Shuning uchun qaranglarda, mana shu suitsid deyiladi, inson o'zini o'zi qatl qilishi. Mana shu statistikani qaraydigan bo'lsangiz, birinchi o'rinlarda ana shu G'arb mamlakatlari turadi. Musulmon mamlakatlarda qarasangiz, oxirida turadi. Endi ana shu birinchi o'rinda turgan G'arb mamlakatlarini ichida ham Skandinaviya o'lkalari turadi. Yevropani turmush tarzi balandmi? Ana shu Yevropani o'zini hisob kitobi bo'yicha ham, o'lchov bo'yicha ham o'sha Shvetsiya, Finlandiya, Norvegiyalar eng boy mamlakat hisoblanadi. Bekarchilari yetti yuz ming dollardan posobiya oladi. Zo'r ekan a?

O'sha borgan ukalarimiz aytib bergan, magazinga kiritilib shokolad ochib yesangiz, qonni ochib desangiz, pul olmas ekan. Zo'r ekanmi? Yeb chiq, yesiz indamas ekan. Shu darajada zo'r. Endi, mana shunaqa turmush tarzi baland bo'lgan shu yurtlarda, o'zini o'zi o'ldirganlarni soni boshqa mamlakatlardan ancha baland. Demak, birodarlar, saodat bu magazinda to'ldirligi yu, oylikda kattaligi emas.

Iymon ekan. Iymon ekan! Iymon hayotdir. Hayot iymondir. Imonsiz hayot baxtsizlikni naqd o'zi. Allohni manhajidan chiqib ketgan dinsizlar doim mehnat mashaqqatni ostida bo'ladi. Qo'rquv vahima soyasida bo'ladi, tushkunlik va umidsizlik soyasidagi umr kechiradi. Ular hammani shunaqa deb o'ylashadi hayotini. Hayotni shundan iborat deb bilishadi. Alloh taolo aytadi ular haqida.

Astag'firulloh, va nuqalli bu af'ida tahumma abu sorahum kam alam yu'minu bihi avvalam arra va nadaruhum fiy tug'yanihim yamahun. Xuddi avval boshida iymon keltirmaganlar kabi, dil va ko'zlarini aylantirib qo'yavermiz. Va o'z tug'yonlarida adashib, uloqib yurgan hollarida tark qilavermiz. Shuning uchun, birodarlar, bu olam uchun allohdan o'ziga iloh yo'q ekanligiga iymon keltirish vaqti keldi. Asrlar davomida orttirilgan mashaqqatli va uzoq tajribalardan keyin aql sanamlarni xurofot ekanini, ateizmni yolg'on ekanini tan olish vaqti kelda. Anbiolar to'g'ri so'z, alloh taoloni haq ekanini tan olich vaqti keldida. Mulki saltanati faqatgina allohni ekanini tan olyush vaqti keldada. Alloh har narsaga qodir ekanligini tan olish vaqti keldi. Bu olam, bu insoniyat Allohga suyanishligi kerak.

Qoida. Seni saodating, xotirjamliging va rohating, imoningni quvvati yoki zaifligiga qarab bo'ladi. Imoning qancha quvvatli bo'lsa, saodating, xotiijalning, rohating ham shunchalik quvvatli bo'lladi. Agar zaif bo'lsa, zaif bo'ladi. Mana endi bu oyatni muqobilidagi ikkinchi oyat. Kim meni eslatamdan yuzaga kirsa, unga tang hayot bo'ladi. Endi buni muqobilida. Istadvilla.

Mana amila soliha min zakarin av unsa, voh vo mo'minun, falanu xiyanna hu hayatan to yeba, valanadzi yannahum ajrahum bi axsanima, ka'nu ya'malu. Erkakmi, yo ayolmi, kimda kim, mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni o'zlari qilib o'tgan amallaridan chiroyliroq ajru savoblar bilan mukofotlaymiz.

Demak, saodat topishlikning eng asosiy sharti Allohga bo'lgan iymon. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ammo Allohga iymon keltirmagan, Allohga ishonmaydigan odamlarga, bunaqa xazinaga ega bo'lmagan odamlarga saodatga oldib olib boradigan har qancha sabablar o'rgatsang ham, har qancha ma'lumotlarni bersang ham, har qancha maslahatni ko'rsatsang ham, ularga buni foydasi bo'lmaydi.

Undaylar bu maslahatlardan foyda olib baxtli bo'laman demasin, chunki yana qaytarib aytamiz, saodatning asosiy sababi Allohga bo'lgan iymon. Saodatning sabablarida dars o'tyapmiz mana. Shu sabablarga biz amal qilamiz, biz saodat topamiz. Inshaalloh, chunki iymonimiz bor. Endi xuddi shu sabablarni iymoni yo'q odam qilsin, unga as qotmaydi. Chunki bu sabablar iymoni bor odamlar uchungina ishlaydi.

Demak, saodatning sharti Allohni Rob deb tan olish, Muhammad alayhissalomni payg'ambarim deb tan olish, Islomni dinim deb tan olishlik. Erkakmi yo ayolmi, kimda kim mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas biz unga pokiza hayotni ato etyormiz. Demak, inson Alloh va'da qilgan mukofotga erishish uchun ikkita narsa kerak bo'lyapti. Birinchisi iymon, ikkinchisi solih amal.

Innalladina amr va amiruz solihati sayyaji alulahumul rahmanudda. Albatta iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar uchun rahmon, do'stlikni barqaror qilur. Iymon bo'lsin, amal bo'lsin. Lahumul bushro fil hayati dunya va fil axiyro, ular uchun dunyo hayotida ham, oxiratda ham xushxabar bordir.

Hayot bu iymon degani. Iymon degani, bu hayot degani. Pokiza hayot kimda bo'ladi? Iymonli odamlarda. Allohni yakkaligiga iymon keltirgan, robbisining va'dasiga aniq ishongan, qalblari parvardigorga muhabbatli bo'lgan, adashish va aynishdan pok bo'lgan insonlarda bo'ladi. Mana shu sifatlarga ega odamlar falokat vaqtida xotirjam bo'ladi. Qazo oldida qalblari sokin bo'ladi, qadarga, taqdirga rozi bo'lishadi. Binobarin, saodatiy bo'lishadi. Shuning uchun ular baxtli bo'lishadi. Tushunish uchun ular yuqoridagi oyatda aytilgan pokiza hayotga erishishadi. Chunki ular Allohni Rob deb, Islomni din deb, Muhammad alayhissalomni bu dunyo qanaqa hayot? Bu dunyo nima? Istadbillar alladiy qolaqol ma'utavall hayyat alay yablu vakum ay yukum, aqsanu amal a. U zot, Alloh azza va jalla, siz bilan bizni qaysinimiz chiroyliroq amal qilishimizni sinashligi uchun o'lim bilan hayotni yaratgan. Bu dunyo sinov uchun kelding uni ichiga biz. Bu dunyoda yuz foiz huzur halovat doimiy bir komfort, doimiy bir huzur halovat bo'lishi mumkin emas.

Alloh Taolo aytadi, vama hayot dunya illa mata ul g'urur. Bu dunyo faqatgina mata ul g'uruur, insonni oldaydigan matohlardan boshqa narsa emas. Boshqa oyatda, vama hayotu dunya illa lahvun vala'ib. Bu dunyo o'yin, kulgu, mazza, bemazagarchilik. Vama hayot dunyo fil ahiratu illa qolil. Bu dunyo hayoti oxiratga borganda ozgina narsaga aylanib qoladi. Bir nima rolik ko'rgandim. Bir odam qo'lida arqon ushlab turibdi, bir o'n besh metr cho'zilgan. Boshiga izolyant o'rab qo'yapti bir santimetriga. Endi tasavvur qilinglar deyapti. Mana shu arqon deyapti, cheki yo'q deydi. Mana bu bir santimetr izolyant o'ralgan joyi dunyo hayoti deyapti.

Oxiratda tasavvur qilishinglar uchun shu narsani kel deydi, fikr qilinglar deydi. Necha million kilometrlik ip bo'lsa, uyog'i oxirat hayoti boshingdagi bir sm izolyantasi dunyo hayoti deyapti. Shuning uchun Alloh Taolo aytyapti, va mal hayotu dunya fil axiroti illa qolil. Bu dunyo hayoti oxiratni oldida ozgina bo'lib qoladi. Ming yillab yashagan kofirlarga qiyomatga borganda, do'zaxda kuyakanda, qancha kun dunyoda turdinglar, dunyoda qancha turdinglar desa, bir kun yo yarim kun fas al ila ad din yozib turgan farishtalaringdan so'ra deydi. Demak mana shu vaqtincha, ozgina bo'lgan hayotda siz bilan biz atrofimizda bo'layotgan ishlardan norozi bo'lib, jazavaga tushamiz. Hayotni boricha qabul qilishlikka e'tibor bermaymiz. Hammani o'zimiz xohlagandek, bizga yoqadigan bo'lishligini xohlaymiz. Bugungi mavzuyimiz hayotni borichaqabul qil.

Foma ma'tavul hay'ati dunya fil aqirati illa qolil. Oxiratga borganda bu dunyoni matohi judayam ozgina narsa bo'lib qoladi. Ozgina sabr qilaylik, tugaydi. Bu dunyo qanaqa joy? Qiyinchilik, mashaqqatlarni koni, g'am tashvishlarni makoni, lazzatlarni ketkazuvchi o'rin, tinimsiz tuslanib turadigan, ko'ngilsizlarga to'la, yo'li mashaqqatli bo'lgan bu dunyoki, sen bilan men birodar mana shu dunyoni g'am tashuvchisidan siqilib bo'g'ilib yuribmiz. Shuning uchun dunyoni boricha qabul qil. Hayotni mashaqqatlariga qayg'urma, zero u shunday yaratilgan. Bu hayotni asli mashaqqat, charchoq, shodlik vaqtincha xursandchilik noyob. Alloh aziz va jalla o'zining do'stlariga bu dunyoda doimiy huzul halovat bo'lishligini xohlamadi. Ha, mo'min odamga ham dunyoda yengilchilik, xursandchilik, quvonch bor. Lekin bu doimiy bo'lmaydi da.

Agar bu dunyo azob uqubat hovlisi bo'lmaganida edi, bu dunyoda g'am, dardi og'riqlar bo'lmas edi. Payg'ambarlar bu dunyoda hech qanaqa mashaqqat chekishmagan bo'lar edi. Payg'mabarlar nochor hayot kechirmagan bo'lar eddi. Odam alayhissalom. Odam alayhi assalom bu yerga tushgan kunidan boshlab qancha yil umr ko'rgan bo'lsa, mehnat mashaqqat bilan o'tdi.

Nu alayhissalom. Qavmidan faqat og'zor aziyat, masxaralar, yolg'onchilarga chiqarilishlik. E'tibor beringlar, bu Allohning do'stlari. Ibrohim alayhissalom o'tga uloqtirishdi. O'g'lini so'yishlik uchun yerga yotqizdi. Yoqub alayhissalom, o'g'lidan ajrab, ikkala ko'zi yig'lab ko'r bo'ldi. Yusuf alayhissalom quduqqa tashlandi.

Keyin qamoqqa tushdi tuhmatlarga qolib. Zakariya alayhissalomni qatl qilishdi. Yahyo alayhissalomning boshini olishdi. Qo'yingki Allohni vaninglariga kel shunaqa hayot bo'lgandan keyin siz bilan biz bu dunyoda nimani kutishligimiz kerak? Hayotni qarasangiz birodar, xotinmi, farzandmi, do'stmi, uymi, mahallami, qo'shnimi, mansabmi, borki, albatta shularni ichida seni ko'nglingga yoqmaydigan narsa bor. Ko'chang keng, asbala chatoq.

Asbala tekkis, mashinalar tez yurib beryapti. Qarang da, bir narsa bor da. Mashinang chiroyli, rasxodi ko'p. Mashinang rasxodi oz, lekin taqir tuxur. Ya'ni albatta nimadir bor, sizni ko'nglingizni nima qiladigan, g'ijil qiladigan. Xullas, tabiiy xira qiladigan narsa albatta topilib turadi. Bu dunyoni birodarlar yomonliklarining olovi bor. Yana bu dunyoni yaxshilik yomg'irlari ham bor.

Ana shu yaxshilik yamg'irlari bilan yomalik olovlarni sovutib o'chirib olgin. Shunda najot topasan. Yomoniga qarab yuborsang, siqilib bo'g'ilaverasan. Yaxshisini ham ko'rishni o'rgan. Hayotni boricha qabul qil. Ob havo ayniqsa, nima qilasiz? Siqilib bo'g'ilasizmi? Chiqasiz, ob havoga qaraysiz, issiq kiyimingizni kiyasiz, zontini ko'tarasiz, indamay chiqib ketaverasiz. Mana shu ob havoni boricha qabul qilish. Nimaga u haqida siqilib o'g'ilmaysiz? Chunki o'zgartira olmaysiz da.

Xuddi shunga o'xshagandek, hayotda birodar, siz o'zgartira olmaydigan, siz ta'sir o'tkaza olmaydigan narsalar bor. Ularni boricha qabul qilib olishni o'rganing. Do'stingiz qaysar? Xotiningizni ivirsaganroq, farzandingizni bir peli bor. Nima qilasiz endi shunaqa qilib yaratib qo'ygan ekan? Umringizni oxirigacha kurashib o'tasizmi? Yo ko'nikib qo'yasizmi? Atrofingizdagi odamlar, ularni ham boricha qabul qilishni o'rganing, birodar.

O'nta ulfatin bo'lsa, o'nta ulfatingda bittadan sifat bor deb yoqmaydigan. Onasi sergap, onasi injiq, onasi shapilla ovqat yeydi, onasi sho'rlatib suv ichadi. Mana bu polpus, mana bu roda opa, mana bu hech qachon ustiga qaramaydi. Borda, masalan. Endi o'zing avliyommisan ki, o'zing yuz foizmisan ki, boshqalardan kutasan. Atrofingizdagi odamlarni ham boricha qabul qil birodar. Birinisini upel yoqmasa, ikkinchisini bunisi yoqmaydi. Nima qila olasan? Shularda yashashing kerakmi? Demak, ko'nik odatlan. Alloh bularni mana shunday yaratgan.

Alloh taolodan atrofingni tuzatib berishini so'ravermang, ha deb. Sen uning o'rniga o'zingni tuzatishingga Alloh quvvat berishini, sabr berishini so'ra. Mana shu duoying ijobat bo'lishga yaqinroq. Harakat qilding, oshnangni, bolangni, xotiningni, birodaringni bir yaxshi tomonga tuzatishlikka. Harakat qildik, sabablarni qilding, tuzata olmading. Harakating foyda bermadi. Endi boricha qabul qilib o'zingni tuzan.

Modomiki o'sha atrofimizdagi odamlarni holati, Alloh norozi bo'ladigan holat emasmi? Murosa qilamiz. Ichar ekan jo'ralarim, endi bular bilan murosa qilishim kerak ekan, emas. Qimor o'ynashadi, o'tirar ekan, o'tirishim kerak e kan, ko'nikishim kerak e can emas. Harom bo'lmaydigan o'rinda ular bilan murosa qilarmiz, boricha qabul qilamiz. Ammo gunoh ma'siyat bo'ladigan bo'lsa, birodarlar, tark qilishimiz kerak unaqa joyni. Domla aytgan, boricha qabul qul degan. Meni xotinim shunaqa benamoz, mana shunaqa ishtonsiz yuradi, bor yo'q. Biz qayerda murosa qil deyapmiz? Qayerda boricha qabul qil deyapimiz? Alloh harom qilmaydigan o'rinlarda murosa qilishligimiz kerak bo'ladi. Alloh taolo bu dunyoni bir biriga zid bo'lgan narsalarni jamlovchi bo'lishini xohladi. Nima degani bu? Yaxshilik bilan yomonlik birga, issiq bilan sovuq birga, buzish bilan isloh qilish birga, xayriyat bilan fasod birga, xursandchilik bilan qayg'u birga. Shunaqa bo'ladi. Boricha qabul qil birodar. Bu Allohni xohishi. Keyin, keyin bu hayot tugagandan keyin yaxshiliklarni ajrab jannatga kiradi, yomonliklarni ajrab do'zaxga kiradi.

Hayotni boricha qabul qilib birodar. Sen o'zgartira olmaydigan narsalarga siqilib umringni boy berib qo'yma. Sen o'zgartira olmaydiydigan ishlar bor. Bular haqida siqiladigan bo'lsang, umringni boy berasan. Umr esa juda ham qisqa. Ad dunya sa'a faja al ha toa deganlar Rasululloh. Bu dunyo bir soatlik umrga o'xshaydi, bir soat. Ana shu bir soatlik ibodatga aylantir.

Shuning uchun atrofingga qarata ajratib ol. Sen o'zgartira oladigan narsalar bor, sen o'zgartirolmaydigan narsalar bor. Agar shularni farqiga borib olsang, nimaga beparvo bo'lish kerak, nimaga e'tibor qilish kerak, bilib olasan. Shunda duo qilasan. Ey Parvardigorim, men o'zgartira olmaydigan ishlarda menga sabr ber. Ko'nikishimga kuch ber. Ammo men o'zgartira oladigan ishlarimda menga kuch quvvat ber. Endi mana shu ikkalasini farqlab olgani bilim ber.

Tushundinglarmi? Men o'zgartiradigan ishlarda kuch quvvat bor. Men o'zgartirolmaydigan ishlarda menga sabr qanoat bor. Endi shu ikkalasining farqiga borib olish uchun menga ma'rifat ber. Yaxshi duo ekanmi? Hayotni boricha qabul qil. Gohida o'zimizni injiqligimiz, fe'limizni torligi tufayli atrofimizdagi narsalarga ko'rinishga qiynalamiz. O'zi aslida ko'rinishda bo'ladi, shungacha o'lib qolmaymiz. To'g'rimi? Stenda o'zingizda, nimaga injiqligingiz bor?

Uyingizda. Ha domla, qaysinisini aytay. Mana shu chiriyab yuribman shu xotinni xotin qilib. Ha, o'shaning uchun oilangizni oyinglar. Sizni otangiz, enangiz yashagan bo'lsa, ellik yil, oltmish yil bo'ladi. Ular ham bir biriga chidagan, bir biriga ko'zini yumgan, shuning uchun oila qilgan. O'zi o'lib qolmaymiz. Shuning uchun o'zimizni tuzatishni xohlamaganligimiz uchun atrofimizni tuzatib ber deb so'raveramiz da Allohdan. Aslida birodarlar, o'sha sizni ko'nglingizga yoqmayotgan ayrim holatlar, siz o'zingizni tuzatib olishligingiz uchun berilmadimikin sizga?

Savolni tushundinglarmi? Sizni ko'nglingizga yoqmayotgan, siz ko'nika olmayotgan ayrim ishlar, momoq ishlar. Siz shu injiligingizni tuzatyapsizmi deb turib Alloh Taolo dori qilib bermadimikin? Hadis sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar: ad dunya mal'unatun. Dunyo la'natlangandir. Ma'lunun ma'fiyha. Dunyodagi narsalar ham la'natlangan, ma'l'un. Faqat Allohni zikri. Unga yaqin bo'lgan narsalar mustasno. Yana olim mustasno, muta'lim ham mustasno.

Dunyoda bandani Alloh'dan uzoqlashtirib qo'yadigan narsalar ko'p. Dunyo o'zi Allohda bandalarni uzoqlashtirmay qo'yadi. Shuning uchun la'nati deyapti. Shuning uchunga ma'lum deyilyapti. Sizni Allohda nima to'sdi, shu narsa ma'lum hisoblanadi, e'tiyot bo'ling. Faqat Allohni roziligi uchun bo'ladigan ishlar bundan mustasno. Ilm mustasno, talab ilm mustasno, amru ma'ruh mustasno, nahim ukar mustasno, Allohni zikri mustasno. Sizni Allohda uzoq qilayotgan, Allohda chalg'itayotgan kinasi bor, bu ma'lum hisoblanadi. Shuning uchun birodar, hayotni boricha qabul qil. Hayollarga berilma, orzular dunyosida yashama.

Shu dunyoda yashashga o'zingni ko'ndir. Issiq sovug'ga chidashga o'rgan. Bu dunyoda doimo vafodor do'st topilavermaydi. Doim ko'ngli yoqadigan ish topilavermaydi! Chunki bekamikus mukammal bo'lish bu dunyoda sifati emas, birodarlar. Bir kam dunyo. U mukammallik naryoqda bo'ladi. Ideallik naryoqiqda bo'lsa, jannatda bo'ladi! Shuning uchun dunyoni boricha qabul qil. Sen o'zgartira olmaysanmi? Boricha qabul qilib qo'y.

Alloh taolo aytadi, astadibilla, va ma aktarun nasib alav harosti bi mo'miniyin. Garchi siz deydi, ey muhammad alayhissalom, judayam qattiq xohlasangiz ham odamlarni ko'pi mo'min bo'lmaydi. Boricha qabul qilavering. Siz da'vatni qiling, alloh hidoyat nasib qilganlar hidoyatga keladi, qolgani ketaveradi. Birodarlar, Alloh Taolo Odam alyayhissalomga nima dedi? Farzandlaringdan do'zax haqqini ajratib qo'y dedi.

Parvardigor, meni farzandlarimdan, Odam zurriyotidan do'zax haqqi nima? Deganida, mingta farzandingdan to'qqiz yuz to'qson to'qqiz tasi do'zaxga tushadi, bittasi jannatga kiradi dedi. Voma aktarun nasibu alavharusta bi mo'minin. E, Muhammad alyayhissalom har qancha xarist bo'lmang, odamlarda ko'pi musulmon bo'lmaydi deyapti. Muhammad alyayhi salom da'vat qilsa ham bo'lmaydi. Shuning uchun Muhammad alyayhissalomga Alloh shunday taskin beryapti. Boricha qabul qilib qo'yavering. Demak odamlarda bori shu. Nima qilasiz endi? Shuncha narsani aytsam ham, shuncha tushuntirsam ham, yana shunaqa qildinglarmi? Chiqib ketaverasizlarmi sakkizdan katta demaymiz.

Domlalarga tavsiya da birinchi, birodar, agar sen Buxoriy bo'lib masala qilganda ham murakkabda chiqib ketadi. Agar sen Abu Hanifa bo'lganda ham chiqib ketadiganda ham chiqib ketavoradi. Hayotni boricha qabul qil. O'zgartirish qo'lingdan keladigan narsaga harakat qil, bo'lmadimi, bo'pti bor ish ukam deb qo'yib ketaver. Ma'qulmi? Odamlarni boricha qabul qil. Urinib ko'rding, tarbiyalashga, har qancha bo'lsa kechirib ko'rding. Imkon boricha berding, hamma sharoitda baribir o'zgarmadimi? Tamom, demak odamni, bu odamni yetib kelgan joyi shu ukam. Bo'lgani shu ukam deng, joning tinadi. Endi shunga yarasha muomala qilaverasan. Ko'p ham suyanayvermaysan, ko'p ham bir vazifani beravermaysan, shu borish shu ekan, endi nima qilamiz endi? Bu yana shu ekanda. Qiymati shu ekan. Ulamolar aytadi, insonning qiymati, qadri uning himmati va xohishiga qarab belgilanadi.

Hakamlardan biri aytadi, menga kishining maqsadi nima ekanini ayting, men sizga uni kimligini aytib beraman. Chumchuq bo'lib yaralgan qush burgutdaqa parvoz qila olmaydi. Sudralish uchun yaralgan jonivor parvozga yaramaydi. Bu dunyoda birodar mukammal xotin yo'q. Doim xotiningni bittasi sifati senga yoqmay turadi. Hadis sharifda aytilinadi. Rasululloh aytadilar la yofroqu mo'minun mo'minatan. In kalixa minha xulqon, rodiya minha oxir. Mo'min kishi o'zining mo'min ayoliga g'azab qilmasin. Agar uning bir xulqini yomon ko'rsa, boshqasidan rozi bo'lar.

Ha, ovqatni shirin qilmaydi, lekin tili jag'i yo'q. O'sha narsadan xursand bo'lib ketib yuboring. Yoki tili jag'i zahar, ammo choqqon, uyni pazanda tutadi. Borda, to'g'rimi? Bitta yoqmaydigan sifati bormi? Yaxshi sifatiga qarab turib uni ko'zingizga yuvib qo'yavering. Chunki u xotin ham sizni xuddi shunaqa muomala qilyapti sizga. Birodar, hayotni boricha qabul qil. Qaytarib qaytarib aytyapmiz. Sen harakat qilding o'zgartirishga, bo'lmadimi? Endi buni boricha qabul qilib qo'yaver. Modomiki shu ish nima bo'lmasa, gunoh bo'lmasa.

Payg'ambarimizga ovqat olib kelib berishdi. Rasululloh kimdan dedi. Payg'ambarimiz kimdan bu dedilar? Falonchi ayolingizdan deyishdi. Bugun Payg'ambarimiz oshxonamiz bilan bo'ladigan kecha edi. Shunda oshxonamiz rashxi kelib, Rasulullohni qo'lidagi ovqatni sahobora ko'rib turgan joyda bir ro'berga tushirib yubordi. Siz nima qilar edingiz? Muhammad alayhissalom nima qildilar? Ayolini tabiatini bilganligidan, ayol kishi bo'lganligidan, yerdagi sinig'ni olib terib, onanglarni rashq qilib kelib ketdi da, g'ayriligi kelib ketdi da deb qo'ydilar, kechirib qo'ydilar. Boricha qabul qilishni misoli shu. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o'shani umri o'rtasida ozgina bir muomala bo'lib qoldi. Abu Bakr Siddiq keldi hal qilgani. Ham qaynotasi, ham eng yaqin sahobasi, yaqin sahobasini. Ham eng yaqin sahobasi. Shunda Payg'ambarimiz o'sha onamizga qarab turib, Muhammad alayhissalom, siz gapirasizmi yo men gapiraymi bo'lgan ishda? Deganida, o'sha onamimiz, siz gapiring, faqat to'g'risini gapiring dedi.

Muhammad alayhi assalom Payg'ambar bo'lmasdan avval ham sodiq, sodiqul amin bo'lganlar. As sodiqul amil bo'lganlar'. Mana endi ayol kishini bo'lgani shu ekanda, boricha qabul qilasiz. Lekin Payg'ambarim duo qilganlar, alhamdulillah, Alloh Taolo meni Oishaning muhabbati bilan rizqlantirdi deganlar. Bugun borib zo'r gapirasizlar xotinlarga. Ishonib yuboringlar, chunki mo'minga nasihat foyda qiladi. Fainna zikro tanfaul mo'minin eslatma berish mo'minlarga foyda qiladiydi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayolini boricha qabul qildilar. Shunday qilsak birodarlar, oilalarimiz buzilmaydi. Kechirishni o'rganaylik. Uylanadiganlar, oilasi muammo bo'lib ketganlar, xotini bilan urishib kelganlar, borib tur ehtimol ichimizda. Mana shu ko'zni yumasiz, kechirasiz, boricha qabul qilasiz, hayot oila turadi. Kimni uyidan o'tmagan janjal? Kimni uyidan o'zmagan? Shunday ekan, birodarlar, to'g'rilaymiz, kechiramiz, moslashamiz, oliyjanob bo'lamiz. Biz kimni o'zgartirishimiz oson? O'zimiznimi yo boshqalardimi? Nimani o'zgartirishimiz oson? Boshqalardimi yo dunyoqarashimizmi?

Ko'nglimizga yoqmaydigan bitta ish bo'ldi. Xo'p, savol. Biz buni o'zgartira olamizmi? Yo'q. Demak, siqilishni keragi yo'q. Voqelikni boricha qabul qilamiz. Yengil tarafini olamiz, qiyinini tashlaymiz. Ancha muncha kamchilikdan ko'zimizni yumamiz. Xato kamchiliklarda avf qilamiz, ba'zi narsalarga ko'zimni yumib parvo qilmay qovuramiz. Bo'pti endi, hech narsa emas.

Mana shu eng to'g'ri yo'l, birodar. Sen o'zing mukammalmisan ki, atrofdagilardan mukammallikni talab qilgani. Sen nimalarni o'zgartira olmaysan, birodar? O'ylanib ko'r. Ob havoni o'zgartira olmaymaysan, boricha qabul qil. Odamlarni fe'lini o'zgartira ololmaysan, borichi qabul qil. Onamlarda tabiatini o'zgartirolmaysan, borcha qabul qil. Alloh taoloni bu koinotga qo'ygan sunnatlarni o'zgartira olmaysan. Boricha qabul qil.

Sen o'zgartira olmaydigan narsalaringga siqilib, umringni boy berib qo'yma. Ularni boricha qabul qildi, oldin. Va naba ul mavoziynol qisto liya umil qiyama, falat uz lamu nafsun shay'a. Biz deyapti Alloh taolo, qiyomat kuni uchun adolatli tarozini qo'yamiz. Bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas.

Va kafay bin hasibin, biz o'zimiz yetarli hisob kitob qilamiz deydi. Yelkasiga, yel sharini yelkasiga ko'tarib olgan odamlar. Bunaqa odamlar doim g'amda, doim xavotirda, tashvishda, doim narx navoni gapiradi. Nima qila olasan? Hech narsa qila olmaysan, xotirjam bo'l. Oshib ketdimi, oshib ketdi. Tushib ketdimi, tushib ketdi. Demak Alloh xohlagan ekan shu narsani. Yana nima sodir bo'lishi kerak bo'lgan bo'lsa, sen g'am qilsang ham sodir bo'ladi u, g'am qilmasang ham sodir bo'ladi. Bu o'rinda yana bitta narsani aytib o'tishimiz kerak. Bu endi ijobiy ma'noda yer sharini yelkaga ko'tarib olish. Jonsizlik odamlar bor, oshiqcha. Ortiqcha. Oshiqcha jonsizlik.

Bu mas'uliyatni his qilish deb qo'ying da buni. Javobgarlikni his qiladi. Mas'uliyatni his qiladi, albatta bu maqtovli sifat. Ammo mana shu jon seriyligi ham oshiqcha bo'lib ketadigan bo'lsa, bu ham insonni halokatga olib boradi. O'zi har qanaqa yaxshi narsa chegarasidan haddidan oshib ketsa, yomon narsaga aylanib ketishi mumkin. Man zada ala haddixi inqolaba ala ziddixi. Qaysi narsa chegarasidan, haddidan o'sib ketsa, ziddiga aylanadi. Masalan o'sha beparvo bor bu narsalarga deyapmiz a, bu ham me'yorida bo'lishi kerak. Hamma yoqqa beparvo bo'lib bo'lmaydi.

Ko'k choy yaxshi narsa. Lekin ko'payib kelsa davleniyang tushib ketadi, uxlaydigan bo'lib qolasan. Og'zingdan suv oqadigan bo'lib qoladi. Demak ko'k choy ham me'yorida bilish kerak. Novvot choy yaxshi rosa. Lekin bu ham haddidan oshib ketadigan bo'lsa, bundingdan qoniqadigan bo'lib qoladi. Demek buni ham me'yori bo'lishi keraksiz. Boyagi ancha muncha ishga parvo qilmaslik, buni ham meyori bo'lsin. Ancha muncha narsaga jon serilik qilib turishlik, buni ham menyori bo'lssin. Xullas hamma narsa nimasida bo'lishi kerak ekan? Me'yorda bo'lishi keraks ekan.

Ishxonada sen bir brigadirsan, ishni nazorat qilib turishing kerak. Men qaramasam kim qaraydi? Men nazorat qilibirmasam anaqa bo'lmaydi, men qaramasam bunday bo'lmaydi. Xullas bo'yniga olib olgan. Va'da berdi, vaqtiga boraman dedi. Kechasi bilan uxlay olmaydi. Ertaman, oltiga yetib boraman dedi. Jon seriyaligi shu darajadaki, uxlay olmaydi, besh marta uyg'onadi ertaga kechasi bilan. Bormi? Bor. Bo'ldi, besh kunda bitkazib beraman mashinangizni deydi usta. Harakatni qilyapti, sababni qilyapti. Lekin shu darajada jon seriyaga svet o'chib qolmasmikin, og'rib qolmasmikim men, boshqa ishim chiqib qolmasmikan, bu haddidan oshib ketish deydi birodarlar. Sen qo'lingdan kelgan ishni sababini qil, natijani Allohga topshir, tavakkal qil. Shuning uchun ba'zi ishlar seni toqatingdan tashqaridami? Jonseraklik yig'ishtir.

Ota enalar. Farzandlarini kelajagini g'amini qiladi da, oshiqcha jonseraklik qilib, hamma narsasini mohiyoq qilib beraman deb o'lib tolib yugurib yuradi. Yelkasiga dunyoni ko'tarib oladi. Nevaralarga ham bittadan uchastka qilishdi, g'amida bo'lib qoladi. Mana shu oshishcha endi. Ha, ota o'zidan keyin farzandlarini birovni qo'liga qarab qoladigan qoldirgandan ko'ra, qonni qursog'ini to'q qilib qoldirgani yaxshi. Lekin nevarasini g'amini qilishlik darajasida emas da, birodarlar.

Chunki birodar, siz bolangizni kelajagini qilib bera olmaysiz. Rizqini qilib bera olmaysiz. Osoyishta hayotini qilib bera olmayiz. Bu uni taqdiridagi rizqi. Siz qilib bergan narsa bir kunda yo'q bo'lib ketishi mumkin. Buni o'rniga siz o'sha bolangizni ta'lim tarbiyasi bilan shug'ullaning, shunga jiddu jaqd qiling. Odobini bering. Allohda taniding. Mana shu sizning ishingiz. Endi siz o'tib ketgandan keyin, Alloh bilan bo'lgan muomalasiga, Allohga bo'lgan qulchiligiga yarasha kun ko'radi. Eslab qolinglar shu qoidani akalar, ukalar. Otangiz boy.

Garantiya yo'q otangizni boyligi sizni qo'lingizda bo'lib, siz ham boy bo'lishingizga. Siz Alloh bilan bo'layotgan muomalangiz, Allohga bo'layotgan taqvoyingiz, qulchiligingizga yarasha kun ko'rasiz. Otangiz kambag'al. Bu variantni ham ko'raylik. U otangizni kambag'alligida u. Endi sizni hayotingiz yana boyagi aytayotganimizdek, Alloh bilan bo'shadigan muomalangizga qarab bo'ladi. Otangiz necha pul bosib qo'yganligi bilan emas. Chunki otangiz rizqida u. Sizni rizqingizda bormi yo'qmi, Xudo biladi uni. Shuning uchun, birodar, bola chaqam, nevaram deb yer kurrasini yelkasiga ortib olmang.

Yana, ahli ilmlarni oling. Domlalarni oling. Shunaqa bir jon serakki, jon serakligidan yoshlar yo'ldan adashib ketyapti. Oldinib qolyapti, tarbiyasi buzilyapti, ota onasiga tikka gapirib, ota onasini oq bo'lib qolganligini bilmayapti, kattalarga nisbatan behurmat, ulamolarga nisbatan bepisad bo'lib qolganda bir bezillab, shunaqa bir jonsirak qiladiki, oshicha jonsiraligidan infarkt bo'lib qolishga keladi. Insult bo'lib qolishi keladi.

Shunaqa birodarimizga nasihatimiz, birodar, sen qo'lingdan kelganicha harakat qilding. Aytding, tushuntirding, o'rgatding, dalilni keltirding, misolni keltirding. Hayotdagi bo'layotgan ishlar ko'rsatib qo'yding. Shundan keyin ham aynib ketdimi? Tamom. Demak, uni taqdiri shu ekan, siqilma. Aytding, deding, yillar davomida o'qitding, o'rgating, baribir aynidimi? Demak, aynishi kerak ekan. Xazon sipohiga ey, bog'ibon emas, mon ey. Nima degani bu? Xazon sipohiga, ey bog'ibon emas moniy.

Bog'ibon qayerga bog' qilishlikni tollaydi, yerni tollash uni ixtiyorida. Qaysi daraxtlarni ko'chirishlik uni ixtiyorida? Orasini qancha ekadi? Qachon suv qo'yadi? Qaysi shaqni qoldirib, qaysinisini putaydi? Uni ishi shu. Bog'ni o'stirdi. Katta bog'ga aylandi, meva berishni boshladi. Endi kuz keldi.

Xazon sipohi. Ya'ni kuzni qo'shini keldi. Kuz kelganda daraxtni baklari nima bo'ladi? Sarg'ayadi. Kuzni shamoli eskanda baklar nima bo'lardi? To'kiladi. Shuning uchun aytyapti u yerda. Xazon sipohiy kelganida, ey bog'bon, emas, moniy, hech narsa qila olmaydi. Kuz keldi, bak sarg'ayadi, hech narsa qila olmaydi. Shabadasi keladi, bakni to'kadi, bog'bon hech narsa qilolmaydi.

Shuning uchun domlalar shogirdlariga xuddi shu bog'ga muomala qilgandek ko'chirib, suv quyib, parvarish qilib, tarbiyalab, mevaga kirgizib turgan paytda, mana shunday bir musibatlar, mana shunday fitnalarni kuzi kelganda, baklari sarg'ayib to'kilib ketar ekan. Endi bu domla nima qilishi kerak ekan? Demak shunaqa bo'lishi kerak ekan deydi da, keyingi daraxt bilan ishlab ketaverar ekan.

Shuning uchun shunday bo'ldimi? Demak shunaqa bilish kerak ekan. O'sha odamni taqdiri shunaqa ekan. Ishingni davom ettiraver. Yer kurrasini erkakka ko'taryapman. Bu seni qo'lingdan kelmaydi. Chunki Alloh Taolo Muhammad alayhi salomga aytyapti. Astaydubillah, voma aktar u nasi, valau harosti bemo'mining. Ey Muhammad alayhissalom, ey Muhammad alayhi assalom, siz har qancha xaris bo'lmang, har qancha xohlamang, odamlarning ko'plari mo'min bo'lmaydi.

Agar faqatgina da'vatchini da'vatiga bog'liq bo'lganida bir odamni iymoniga kelishi, Muhammad alayihissalomni atrofidagilar hammasi iymonli bo'lishi kerak edi. Abu To'g'ri, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakisi, Rasulullohni sakkiz yoshidan qaramog'iga olgan. Payg'ambar bo'lgandan keyin himoyasiga olgan. Shu ishi Rasulullohning da'vati natijasida ham kalima keltira olmadi yu.

Demak, bu yerda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam amakisi iymonsiz holda ketganligini ko'rib, qattiq qayg'uga tushganida, Alloh Taolo nima dedi? Innakala tahdima nahbab ta'valakim nalloh yahdima yasha. E, Muhammad alayhissalom, siz o'zingiz xohlagan bandalarni, yaxshi ko'rgan bandalarni hidoyatga boshlay olmaysiz. Alloh hidoyat qiladi. Sen birodar hammani tuzatib yuborishga mas'ul emassan. Sen imkoningni orasidagi kuching yetadigan ishga javobgarsan, o'zingga rahm qil. Chunki Abu Tolib Rasulullohni da'vatini eshitib ham iymonga kelolmadi. Hidoyatni Alloh beradi, agar banda talab qilsa.

Yer kurrasini yelkanga ko'tarib olma banda. Ro'parangda turgan ishlar ikki xil bo'ladi. Sen ta'sir o'tkaza oladigan ishlar, sen ta'sir o'tkaza olmaydigan ishlar. Sen ta'sir o'tqaza oladigan ishlarga qo'linglardan kelgan sababni qil, natijasini Allohga topshir. Endi sen ta'sir o'dkaza olmaydigan insonlarda Allohga havola qilib qo'y. Saodatning yigirma beshinchi sababi, yer kurrasini ustingga ko'tarib olma. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)