Odamlar dunyoga tug'ilib bir xil keladi. Ammo undan chiqib ketishligi bir ikkinchisidan farqlanadi. Mo'min bilan fojerni, mo'min bilan kofirning dunyodan chiqishligi. Tanadan ruhini chiqib ketishliki, o'limni mo'min ham tan oladi, kofir ham tan oladi. Bu ayni haqiqat. Ammo ularni mana shu dunyodan chi qib ketishligi hargiz bir bo'lmaydi, hargiz ikkalasi barobar bo'lmaydi. Oxirgi lahzalar. Mana shu holatda, ixtidor holatda yurgan odamni holatini bir tasavvur qilib kelaylik. Inson ruhi tanasidan ajrashligi yaqin bo'lgan paytda ko'zi malolikalarni ko'radi. Mo'min ham ko'radi, kofir ham ko'radi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqida sahih hadislarda siz bilan bizga xabarlarni berganlar. Mo'min odam oxirgi lahzalari kelgan paytda ko'zi yetadiganchalik joyda o'zini xaridori bo'lgan jannatdan chiqqan malolikalarni ko'radi. Ularni qo'lida jannatdan bo'lgan kafanlilar, jannatdan bo'tgan xushbo'ylar. Endi buni muqobilida fojir yoki kofir insonni ko'ring. U ham ko'zi yetadiganchalik joyda xaridorlarni ko'rdi. Do'zaxdan chiqqan farishtalar, do'zaxdan olingan kafanlilar. Mo'min odam o'zini xari dorilarini o'zini olib ketishlik uchun ruhini, farishtalarini ko'rgan paytda u uchun dunyodagi eng shirin narsa o'lim bo'lib qoladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar men ahad baliqo allohi, ahad ballohu liqo ahu. Kim Allohga yo'liqishni istasa, Alloh uvi yo'liqishini yaxshi ko'radi. Kim Allohga yog'liqishni xohlamasa, yomon ko'rsa, Alloh ham unga ro'baro' bo'lishini yomon ko'radi. Mo'min mo'min xaridorlarni ko'rganidan keyin tezroq o'lishlikni xohlab qoladi. Tezroq Allohga yo'riqishni xohlab qiladi. Binobarin Alloh Taolo ham uni ko'rishni, unga yo'riqishingni yaxshi ko'radi.
Ya ayyatu hannafsul mutaminna irjiya ila robbiki rodiyatan mardiya. Mo'min odam dunyoda chiqib ketarkan, unga nado qilinadi. Ey xotirjam, suxokimjon, sen Alloh ato etgan ne'matlardan rozi bo'lgan. Va Alloh Taolo tomonidan sening amallaringdan rozi bo'lingan holda Parvardigoring huzuriga qayt. Bu bashoratni eshitgandan keyin o'limdan yaxshi narsa qolmaydi birodarlar mo'min uchun.
Kofirni ruhi tanasidan chiqmasdan turib, hali o'lmay turib, Alloh Taolo aytadi: valav taro idyata va fanladina kafarul mala ekan. Yadribuni vujuhahum va adbarahum. Kofir o'lmadi hali. Hali tanasidan ruh ochrab ketgani yo'q. Endi Alloh Taolo uni holatini bayon qiladi siz bilan bizga. Agar farishtalar, kofir kimsalarning yuz va ketlariga urib, jonlarini olayotgan va do'zax azobini totingiz, bunga sabab o'zlaringiz qilgan amallaringiz deyotganini ko'rsangiz. Ularga mana shu bashorat beriladi, qo'shtirnoq ichidagi. Tabiiy bu kofir o'lishini xohlamaydi. Mo'min uni ruhi tanasidan ajrab chiqishligi qanday bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni ajib suratda sifatlab berganlar. Hammamiz idishdan piyolaga suv quyamiz. Quyamizda, suvni to'xtatib, shunday tumshug'ini ko'targanimizda bir tomchiq shunday ajrab ketadi. Kim sezadi shu suvni ajraganini idishini ichidan? Shar'urot oqizib turib, shunday to'xtatganingizda oxirida bitta ikkita tomchiq shundan ajraydi. Sezasizmi, sezadimi xullas? Ko'zingiz ko'rmasa qo'lingiz sezmaydi. Mo'minning tanasidan ruhini ajrashligi mana shunday bir yengil suratda bo'ladi.
Alloh mana shunday bir kunimizga nasib qilsin hammamizga. Endi, ikkinchi toifa, kofirlarning ruhi qanday ajraydi tanasidan? Po'stdagilar tasavvur qiling, qo'ydi po'stagini. Suvni sepib ho'l qiling. Qo'lingizda temirdan boygan tikonni po'stga tegab o'tirib aylantiring da, so'ngra sug'uring. Kofirni tanasidan ruhini ajrashligi mana shunday bo'ladi. Birodarlar, bu ikkisi haligisi teng bo'lmaydi. Ha, mo'min ham, kofir ham dunyoga kelganda bir xil tug'ilgan, bir xil yig'lagan, ammo ketishligi haligisi bir bo'lmaydi?
Mo'minni ruhi tanasidan ajrab chiqar ekan, undan, ana shu ruhidan. Yer yuzida bor xushbo'y atirlarni eng afzalidan ko'ra shirinroq hid chiqadi. Hatto farishtalar yer tarafidan pokiza ruhni hidi kelyapti deb turadi osmonda. Osmondagilar his qiladi bu hidni. Endi kofirni ruhi tanasidan ajraganda esa, yer yuzida mavjud bo'lgan eng badbo'y hidni hisi keladi. Farishtalar buni ham his qiladi. Yer tomondan badbo'y ruhni hidi kelayapti deydi. Birodalar, hidi ham bir xil bo'lmaydi. Garchi dunyoda bir xil yeb, bir xil ichib, bir xil kiyib, bir xil huzulanib yashagan bo'lsa ham, lekin dunyodan chiqishligi hargiz teng bo'lmaydi da. Ikkalasi ham, mo'min ham, kofir ham dunyodan chiib ketarkan, malolikalarni ko'radi. Lekin birini xaridori undek, birini xaridor bunday bo'ladi. Bu ikkisi barobar bo'ladimi? Birodalar, albatta keladi shu kun oldimizda. Aniq keladi. Nodoniki dunyoga kelganimiz haqiqat bo'lsa, undan ketishligimiz ham ayni shunday haqiqat bo', roddallar. Alloh taolo bizni xaridorlarimizni jannat farishtalaridan bo'lishini nasib etgan bo'lsa.
Kafanlar. Mo'min odamni ruhi ajrab chiqar ekan tanasidan, bu xaridorlari azroil alayhissalomning qo'lida bir lahza ham qo'ymaydi, ana shu jannatdan olib kelingan kafanliklar bilan kafanlaydi. Kofirning tanasi. Dan ruhi chiqar ekan, uni haridorlari ham bir lahza qoldirmaydi azror alayhissalomni qo'lida. Jahannamdan olingan kafanlar bilan kafan deydi. Mana endi hamma narsa endi boshlandi. Mana haqiqat endi bo'ldi, ko'zi endi ochildi. Qachon ochildi? Ko'zi yum bo'lgandan keyin ochildi.
Malakalar ikkalasini ruhini olib osmonga ko'tariladi. Mo'minni ruhini ko'tarib osmon ko'tarilar ekan, osmon farishtalari yer tomondan xushvoy, pokiza ruhini yig'ib kelyapti. Voy biz tomondan, biz tomondan qo'lma qo'l qilib osmon eshigiga olib borishadi. Bizlarni tegib qolaylik deydi. Birinchi osmon eshigigiga kelganida, samo eshigini, farishtalari, qo'riqchilari so'raydi, kim bu? Shunda eng chiroyli ismlari bilan, sifatlari bilan chaqiriladi. Bu falonchini o'g'li falonchi, taqvodor, solih, namozxon, ro'zador, qori, xayriya ehson qiladigan, Allohni baytini ziyorat qilgan, unga osmon eshiklari ochiladi. Shunday qilib yetti qavat osmondan o'tadi, yettinchi osmonga chiqqanda Alloh Taolo amr qiladi. Bu bandamni ruhini ellik yengga yozib qo'yinglar. Jannatinglarni qatoriga ism yozib qo'yiladi. So'ngra ruhi yana bir chiroyli bir mol oluvchi suratda uni qabriga olib tushib qo'yishadi. Endi buni muqobilida kofirni ruhi. Osmonga ko'tarilib ketar ekan, farishtalar yer tomondan badbo'y hid kelyapti deydi. Va birinchi osmon eshigini oldiga olib kelganida, kim bo'ldi deb so'raydi farishtalar? Falonchi kofir. Falonchi fosiq, falonchi munofiq, falonchi zolim, falonchi horanxo'r, qanaqa yomon sifatlar bo'lsa shu sifatlar bilan aytilinadi.
Ular uchun osmon eshigi ochilmaydi. Astayribillah. La tufatta hula hum abva bus sama, va la yaduxluna al jannatahatta yalijal jamaluf issam vil xiyat. Ignani ko'tidan tuyani o'tishini tasavvur qila olasizmi? Tasavvur qilolmaysiz. O'tadimi? O'tmaydi. Demak bular ham jannatga kirmaydi. U kimsalar uchun harga samo eshiklar ochilmas. Robbimiz aytyapti buni. Va toki tuya igna teshigidan o'tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar. Hech qachon kirmaydi. Kofir ham, mo'min ham yegan dunyoda. Kofir ham mo'min ham uxlagan. Kofir ham mu'min ham yaxshi yomon kunni ko'rgan. Kofir ham mu'min ham bir xil dunyoga kelgan. Chiqishligi bir xil bo'ladimi dunyoda? Bir kun keladi birodarlar, peshonamizda turibdi shu kunni. Kimga ertaroq, kimga keyinroq?
Ruhni tanaga qaytarilishi. Ruh, mo'min kishini ruhi yettinchi osmonga yetdi, ellik yengaga yozildi, so'ngra tanasiga qaytariladi. Qabrga qo'yiladi va jasad ruhga qo'shilib, ne'matlanish, huzulanishlik boshlanadi. Kofirni ruhi esa ana shu birinchi osmonni eshigi oldidan qabriga uloqtiriladi, irg'itib yuboriladi ruhi.
Mana endi uni ham tanasi ruhi bilan qo'shildi, endi bunga azob boshlandi. Ikkinchi hayotni muqaddimasi, birodarlar. Asosiy, abadiy hayotimizni muqaddimas. Voman yusherik billah, hif aka anna mahorra minas sama, fatahtof u xuttoyir, av tahviya lihi rix, fi maka anin sahih. Alloh taolo uni ruhini nima dedi? Kim Allohga shirk keltirsa va'z u osmondan qulagan u, uni biron vahshiy qush o'lja qilib olib ketgan yoki qattiq shamol yiroq joylarga uchirib ketgan kabidir.
Uni holati qadi yu, boyagi mo'minni holati qo'lma qo'l bo'lib yana qabriga tushdi yu qadi. Hali oxirat azobi yoki ne'mati boshlanmasdan turib, kofirni musibatini ko'ring, uloqtirilyapti. O'zi xor bo'lganini, dunyoda adashib, kofir bo'lib yashaganligi, xato ekanligini tushundi. Hali tanasidan ruh ajramay turib, xaridorlarni ko'rganda. Aqli ishladi, ko'zi ochildi, endi buni foydasi yo'q. Endi buni foynasi yo'q. Biri namoz o'qidi, ikkinchisi o'qimadi. Biri ro'za tutdi, ikkinchisi tutmadi. Biri ota onasini duosini oldi, ikkinchisi och bo'ldi. Biri o'zini pokiza saqlandi uylanib. Ikkinchisi zinoni o'tkazdi har kuni. Zino bilan kulgili o'tkazdi. Va bu bilan faxrlandi.
Dunyoda bir xil yashagandir ehtimol. Lekin dunyodan chiqishi hargiz bir xil bo'lmaydi. Kafanlashish. Ruhi chiqdi, farishtal olib chiqib tushdi, ungacha yer yuzida bo'ladigan ish. Itoatkor mo'minda ham, fosiqda ham, munofiqda ham birodarlar kafanlashadi. Bir xil kafanlashadi bu. Yuvishadi. Bir xil yuvishadi. Yelkalarini ko'tarib olib borib janoza o'qishadi. Bir xil. Ko'tarib qabrga olib borib ko'mishadi. Qabri ham bir xil bo'ladi. Ammo qabrni ichi bir xil bo'ladimi?
Hargiz bir bo'lmaydi bir odam. Bu ikkisi barobar bo'ladimi? Ikkalasini ko'tarib ketishyapti. Mo'min aytadi. Tezroq olib boringlar. Tezroq oboringlar, tezroq olilib joyimga qo'yinglar. Kofir aytadi, voy unga voy bo'lsin, qayoqqa olib ketyapsizlar uni, olib bormanglar uyaga deydi. Lekin ko'tarib ketayotganlarga uni ham so'zi baribir, buni ham so'zi baribir. Ular uni bilmaydi. Ular uni eshitmaydi. Biri shoshiltiradi, biri orqaga suradi, lekin unisini ham, bunisini ham aytgani bo'lmaydi birodarlar. Alloh taolo aytadi, astabi billa, afanachi alul muslimiyni kal mujrimiyn, malakum, kayfati hukmun. Axir biz musulmonlarni jinoyatchi kofir kimsalarga barobar qilavermizmi? Ya'ni ikkalasi teng bo'ladimi deyapti Alloh taolo. Ey mushriklar, sizlarga nima bo'ldi? Qanday hukm chiqarmoqdasizlar?
Namozni o'qigan ham, o'qimagan ham bir xil yuraveradi dunyoda. Ro'za tutgan, tutmagan bir xil nafas olib yuraveradi. Endichi? Endi ham bir xilmi ularning ahvoli? Keyin ikkisi ham qabrga qo'yiladi. Endi nima boshlanadi bu yerda? Abadiy hayotni muqaddimasi. Mana bu yerda ularning holati barobar bo'lmaydi. Ikkalasi qabrga qo'yiladi. Ustidan tuproq tortiladi. Dafn qilinadi. Eng ajib narsa shuki, qabrda yotgan mayit, uni ruhi tanasiga qaytarib kirgizilgandan keyin, ustiga turib botashak ekanini eshitib yotadi.
Birodarlar bir fikr qilib ko'ringlarda. Yotibsiz qabrda, zimiston. Hech kim sizni eshitmaydi, qimirlolmaysiz, tuproqni ustiga shap shap shap tashlayapti. Bir kun turibdi oldimizda. Bu chiroyli jasadlarimiz chiriydi. Bu dunyolarimiz qolib ketadi. Bu yaxshi ko'rgan ayollarimiz, farzandlarimiz Qur'onda qo'yib ketaveradi.
Yakkama yakka qolamiz Robbimizni maloikalar bilan. Tanish bilish yo'q. Telefon yo'q. Dunyoda har qanday muammoyingizni bitta qo'ng'iroq bilan hal qilib qo'yadigan akaxonlar, ukaxonlar yo'q. Bir kun turibdi, birodar, shu kun turibdi, bir kun keladi boshimizga. Shu kunga tayyorgarlik ko'raylik. Biroz oldin tirik edi bu. Odamlar bilan gaplashayotgan edi, unga gapirishayotgan edi. Biroz oldindir edi u. Dunyoda edi, yer ustida edi. Mana endi yer ostida. Tuproqni ostida yolg'iz o'zi. Usmonim nafon roziyallohu anhuga jannat do'zax haqida gapirsa, ko'p ham yig'lamas edi yu, ammo qabr haqida, o'lim haqida gapirisa, qattiq yig'ladi da. Sababini so'rashganida aytardiki, ey birodarlar, qabr oxirat manzilining birinchi bekati. Agar unda ish yengil bo'lsa, undan keyingi narsa undan ham oson bo'lardi deydi. Alloh taolo yengil qilsin ishimizni birodarlar.
Qabrda ruhi tanasiga kirgizildi, ikkalasini ham o'tkazib qo'yadi maloyikalar. Qanaqa qilib o'tkazib quradi? Bu alloh biladi. Siz bilan biz bu dunyodagi kallalarimiz bilan narigi dunyoda hayotini idrok qilib olishga harakat qilmay qovurgan. Alloh o'tkazib quyadimi? Payg'ambar o'tkazib moyadimi? Tamom o'tkazib oyadi. Ko'zi ochildi. Nimani ko'radi? Ikkita farishtani ko'radi. Qanday qilib ko'radi? Alloh biladi buni. Mana endi imtihon boshlandi. Mana endi asosiy imtihon boshlandi. Bu imtihondan yutgan haqiqiy yutdi. Yutqizgan eng katta bir mag'lubiyatni topdi. Eng katta fitna boshlanadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu qabrning fitnasidan Alloh Taolodan panoh tilagan. Malakalar so'raydi: Robbing kim?
Diniy nima? Sizlarni oliylarga yuborilgan odam haqida nima deysan? Mana hozir shu yerda o'tirgan odamni hammasiga javob beradi. Robbing kim? Alloh. Diniy nima? Islom. Oranglarga yuborilgan odam haqida nima deysan? U kishi Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Endi bir odam aytishi mumkin, nima endi? Uch qator so'z ekan. Yodlab berib qo'yish qiyinmi? Birodarlar, u yerda bu kalimalarga kim javob bera oladi, bilasizmi? Shu kalimalarning taqozosi bilan yashagan odamlar.
Man qola la ilaha illallohu muxlisan min qolbiy hiddah halal jannat. Ixlos bilan shu kalima narsa jannatga kiradi. Boshqa hadislarda payg'ambarimiz aytganlar, oxirgi aytgan so'zi dunyoda la ilaha illallohni bo'lsa, bu odam albatta jannatga kirad i, dedilar. Desa oson ekanda ey. Aytib yursang shu tilingga, yo'q, bu tilni xiyonat qiladigan kuni bor. Ana shu xiyonat qiladigan kuni, dunyodan chiqib ketayotgan kuningiz. Bu kalimani kim aytadi? Shu kalimani taqozosi bilan yashagan bo'lsa. O'ylamanglar, yodlab qo'ysanglar aytib beradigan narsada.
Mo'min aytadi, robbing kim? Robbim Alloh deydi. Dining nima? Dinim Islom. Sizlarni oranglarga bir kishi yuborilgan. U kishi haqida nima deysan? U kishi aytadi, u zot Muhammad sollallohu alayhi vasallam, Allohning rasuli, u kishiga iymon keltirdim deydi. Maloyikalar aytarkan, shunday deyishingni biz bilardik. Ular bilishar edi. Chunki shu kalimani taqozosi bilan yashagan edi. Chun ki bu kishi shu kalimani tarqozosi bilan ishladi. Qur'on bilan, sunnat bilan, ibodati bilan. O'shaning uchun bu savollarga osonlik bilan javob bera oldim. Shu vaqt samodan nido qilinadi. Sadaqa abdiy. Mandam rost aytdi. Alloh taolo guvohlik beryapti birodarlar. Endi ayting, buni buni u yog'idagi hayoti qanaqa bo'ladi? U tasavvur qila olmaydigan darajada huzur halovatda bo'ladi. Chunki imtihondan chiroyli suratda o'tdi.
Mandam rost aytdi. Unga jannatdan to'shanglar. Unga jannattan bir eshik ochib qo'yinglar. Taydagi ko'rpa to'shaklari jannatni ko'rpa toshaklaridan bo'ladi, birodarlar. Uni o'ng tomonidan jannatdan bir darcha ochib qo'yiladi. Jannatni hidi, harorati, boradigan qasrlari, qo'liga kiradigan xo'ra aynlarini ko'rib, huzulanib yotadi. Robbi aqmizsan a? Robbi aqmishsan. Farhodga qiyomatni tezroq qoyim qil. Tezroq qoim qil deb shoshiltiradi. Chunki boradigan joyi aniq bo'lib qoldi da.
Endi buni muqobilida kofirga keladi bir ikkita farishta. So'raydi robbinkim, diniy nima, sizlarni olinglarga yuboradigan odam haqida nima deysan? U ha, bilmayman deydi. Robbinkim? Ha, bilmayman. Odamlar nima desa, shuni der edim. Diniy nima? Ha, bilmay man. U haq degani qo'rqayotganligining belgisi. Qo'rquvning ma'nosi. Salat og'riylarda bir kishi yuborilgan. Nima deysan u haqida? Ha, odamlar nima desa, men ham shuni aytganman deydi. Farishtalar aytadi: la dariyta va la tariita. Bilmading, o'qimading. Haqni bilmading, Qur'onni o'qimading! So'ngra temirdan bo'lgan ko'zi bilan boshiga shunday uradi, tuproqqa aylanib ketadi. Bir urushida.
Shunday qichqirib tuproqqalarnib ketadiki, inson va jin toifasidan boshqa hamma mahluqotlar uni ovozini eshitadi. Faqat inson bilan jinni eshitmaydi. Agar inson bilan jin eshitganida, hushidan ketar edi. So'ng yana jasad yana boyagi ahvolga olib kelinadi. Yana boshiga uriladi. U unga qiyomatgacha beriladigan, qabrida beriladigan azobni bir ko'rinishi. So'ng yana nido qilinadi, bandam yolg'on gapirdi. Unga do'zaxdan to'shaylar, do'zaxdan eshik ochib qo'yinglar. Ana farqi bir odamlar. Nima yuribsan sen ham, men ham yuribman. Seni ham bor u narsa men. Nima farqimiz bor o'rtamizda desa aytamiz, ha. Bu dunyoda, vaqtinchalik dunyoda farq bo'lmayotgan bo'lishi mumkin, bir qarashda. Ammo sen ham o'radigan kun bor, men ham o'radigankun bor. U kunda ahvolimiz bir xil bo'lmaydi.
Mo'min uchun jannatdan darcha ochib qo'yildi. Qara, mana bu joy seni makoning. Banda boyagi makonini ko'rib turib, boyagi aytayotganimizdek shoshiltiradi. Farg'onotkor qiyomatni qoyim qilgin deydi. Shuning uchun iymon e'tiqodi bilan, ibodati bilan pokiza holatda dunyodan yashab o'tgan. Voy bechora, yosh ketibdi demanglar. Uni sizlarga rahmi kelyapti o'zi aslida. U jonni topshirib oldi, xaridorlarni kimligini bildi, qabrda ne'matlar unga ko'rsatildi, jannatdagi boradigan joy ko'rsatildi, u yaxshi dunyoda sizni dunyoyingizdan. Siz o'zingizga rahmingiz kelsin. Chunki siz qanaqa ketasiz, Alloh biladi.
Ammo kofir uni ostiga olov to'shaladi. Jahannamdan eshik ochiladi. Uni issig'i, badboy hidlari tegib turadi. Qabri uchun tor qilinadi. Qabri uni qisganda, qovurg'alari bir biriga kirishib ketadi. Ammo mo'minni qabri ko'zi yetadiganchalik keng masofa qilinadi. Endi bu kofir shu holatda turib, Robbim qiyomatni qoyim qilmagin deb turadi. Buni aytgani ham bo'lmaydi. Buni aytkani ham bo'lmadi. Parvardigor a'lam o'zi xohlagan paytda qiyomatni qo'yib qiladi.
Ehtimol ikkalasi ham yonma yon dafn qilinar. Yonma yon dofn qilinar, birini qabri rohat, birini qabriga azob bo'ladi birodarlar. U azoblar nima uchun berilyapti unga? Allohni tanimadi, namoz o'qimadi, ro'za tutmadi, haromdan o'zini saqlamadi. Darsimizning nihoyasi, mo'min qabrida turarkan, yuzlari nihoyatda bir go'zal. Kiyimlari pokiza, hidi xushbo'y bo'lgan bir inson kirib keladi. Haligi qabrda yotgan mo'min qarab turib, sen kimsan? Yuzingdan yaxshilikni xabari kelib turibdi, kimsan? Deydi. U aytadi men seni solih amalingman. Birodarlar, bizni qilgan amallarimiz inson suratida keladi. Aytadi, Allohni toatiga shoshilar eding. Gunoh ma'siyatdan o'zingni olib qochar eding, men seni namozingman, ro'zingman, hajingman, umringman, da'vatingman, tilovatingman deydi.
Kofir esa buni aksini ko'radi. Uni qabriga xunuk badbashara, ko'rinish yoqimsiz, kiyimi, hidi yoqimsiz bo'lgan bir badbashar kishi kirib keladi. Unga qarab turib kofir aytadi, sen kimsan? Sening yuzingdan yomonlikdagi hidi kelib turibdi. U aytadi, men seni yomon habis amaliyman. Va Allohni ma'siyatlarga shoshilar eding, tot ibodatdan o'zingni olib qochar eding. Birodarlar bir kun keladi. Xaridorimizni ko'ramiz. Bir kun keladi, bizni tanamizni ko'tarib, ruhimizni ko'tarib yettinchi osmonga olib chiqiladi yoki olib chiqilmaydi. Bir kun keladi. Tanamizga kirgiziladi ruhimiz. Bir kun keladi mukannaka farishtaning savoliga duchor bo'lamiz birodarlar. Mana shu kunga tayyorgarlik ko'raylik. Qabrni azobi azob, qabrni ne'mati ne'mat. Qabr oxirat manzilini birinchi bekati. Agar shu bekatda muvaffaqiyatga erishsak, najotga erdik. Agar muvaffaqaslikka uchrasak, birodarlar, afsus nadomatda qoldik. Mo'mino kofirning qabrdagi ahvoli. Bu ikkisi haligisi teng bo'lmaydi. Aqol qovli ha da va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum.