Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammadi va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Hali yastaviyan. Bu ikkisi barobar bo'laverma deb nomlanadigan darsimizni bugun yigirma to'rtinchi si, bugungi mavzuyimiz yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish.
Xato qilish, xatoga yo'l qo'yish, gunoh qilishlik, insonni tabiatida bor narsa. Xohlaydimi inson, xohlamaydimi, qasddanmi, beqasdmi, undan gunoh albatta sodir bo'ladi. Mana shu gunoh undan sodir bo'lgan paytda, atrofdagi odamlar uch qismga bo'linadi. Birinchisi, uni yaxshilik kelib yurib, yomonlikdan qaytaradi. Ikkinchi toifa, yomonlik kelib yuradi. Yaxshilikni yo'lini to'sadi. Uchinchi toifa bor. Ular birinchisiga ham, ikkinchisi ham qo'shilmaydi. Yaxshilikka buyurib yurmaydi ham, yomonlikka ham buyurib yurib. Hech narsa bilan ishi yo'q. Beparvo odamlar.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam odamlar jamiyatini bir kemaga o'xshatdilar. No'munun mubashshir roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda uzoq aytadilar, masalul qoy me'alah hududiyllahi va l voqiy fihah kam masalih qomin istahammu ala safiynating. Allohning man qilgan narsalaridan saqlanuvchi va uni tortinmay qiluvchilarning misoli xuddi bir jamoaga o'xshaydi. Ular kemani minishda qur'a tashlashdi. Ba'zilarining hissasi tepaga tushdi, ya'ni ba'zilarining hissi tepada o'tirish bo'ldi. Ba'zilariga past qismi tushadi.
Peshona, kimga qayer tegdi? Past qismdagilar suv olishligi uchun tevaga chiqib, yana suv olib pastga tushishadi. Ular bir biriga aytishdiki, ha da, pastdan tevaga chiqaverib, tevadagi birodalarimizni ham bezovta qilmasdan, shu kemani tayyorlanib teshila olmaymizmi? Yonimizda suv turibdi. Shunda og'irigarchilik ozroq bo'ladi deyishdi. Payg'ambarimiz aytadilar, agar tepadagilar pastdagilarni qilgan ishini o'z holiga tashlab, xohlagan narsasini shundaycha tashlab qo'yishadigan bo'lsa, barchalari halok bo'lishadi. Agar ularni bu fikrlardan to'xtatsa, o'zlari ham, qolganlari ham najot topishadi. Ya'ni amru ma'ruf nahimunkarga bundan go'zal, bundan chiroyliroq misol topa olmaymiz. Hammamiz bitta kemadanmiz. Agar bu mana shu siz bilan bizni jamiyatimiz fasadga yuz tushsa, odamlar munkarga beriladigan bo'lsa, fisq fujur yoyiladigan bo'lsak, solih insonlar faqatgina masjidga kirib olib, faqat o'zlari bilan o'zlari bo'lib, ularni qaytarmaydigan bo'lsa. Bu jamiyatga balo keladi, yoppasiga ho'ni g'uruhdan ketaveradi.
Va al mo'minuna va al mo'minatu ba'duhim avliya obav, ya muruni bil ma'rufiy va yal hamna anil munkar. Mo'min va mo'minalar bir birlariga do'stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to'xtatadilar. Siz bilan bizni mo'minligimizni alomati, munkarni ko'rganda to'xtatishligimiz. Ma'ruf ishga odamlarni buyurishligimiz. Agar shu sifat bizda bo'lmasa, bizni iymonimiz nuqsonli bo'ladi. Menga nima deysiz? O'lib ketmaydimi deysiz. Bir marta tilingiz bilan ham aytib qo'ymaysiz. Sizni mo'minligingizni nuqsoni borligidan. Val munofiqona val munofiqot u bag'duhun minbal. Ya moruna bil munkariy va yonhavno an il ma'ruh. Endi, munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir birlaridandir, ya'ni bir biriga shular do'st. Ular yomonlikka yurishadi, yaxshilikdan to'xtashishadi. Biz birodarlar musulmon jamiyat haqida gapiryapmiz. U kofirlarni jamiyatini qo'ying. Musulmonlarni ichidagi holatni aytyapmiz. Munofiqlar ham musulmonlarni uchida yuradi. Namoz o'qiydi, ro'za tutadi, masjidlarda, saplarda birinchi qotillab turishi mumkin. Ammo ana shu namozxon boyagi biz aytayotgan munofiqda ekan odam. Ko'chada birorta bir ma'ruf ishni ko'rsa, shuni to'xtatishga urinadi.
Munkar faxsh ish bo'lsa, bildirmasdan shuni rivojlanishiga hissa qo'shadi. Kimdir qo'lidagi telefon bilan faxshni tarqatadi. Kimdir gazetada, kimdir telefonda, kimdir radioda. Voyoqbeduni aydiyahum, nasulloh xafanasiyahum, innal munofiqiynahumul fasihun. Ana shu munofiqlar Alloh yo'lida info ehson qilishdan qo'llarini tiyadilar. Ehson qilmaslikka kelib yuradi odamlarni. Ular Allohni unutishgach, Alloh ham ularni unutdi. Albatta munofiqlar haqiqiy fosiq kishilardir. Agar birodarlar jamiyatda yaxshilikka buyuradigan, yomonlikdan qaytaradigan odamlar ko'p esa, solih, yaxshi insonlar yengadi. Va bu jamiyat taraqqiyotga sustadi. Garchi ichida munohalalar bo'lsa ham. Ammo aksincha, agar fosiqlar, fojirlar, munkarga buyuradiganlar, g'olib keladigan bo'lsa, garchi bu jamiyatda solih insonlar bor bo'lsa ham, bu jamiyatni ustiga fasod yoyiladi. Alloh taoloning sinovlari, balolari keladi.
Sahih baholarda keltiriladi. Zaynab bint Aj yaxshi onamizdan roziyallohu anho. Bir kuni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Zaynab onamizni huzuriga kirdilar da, qo'rqqan hollarida xavotirga kirib, la ilaha illalloh, la ilaha illallaoh. Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarning holiga voy bo'lsin. Bugun ya'juj va ma'juj to'g'onidan shunchasi ochildi deb bosh barmoq va ko'rsatkich barmoqini birlashtirdilar. Mana shuncha ochildi dedilar.
Shunda Zaynab onamiz aytdilar, yo Rasululloh, ichimizda solih odamlar bo'lib tursa ham halok bo'laveramizmi? Yaxshi odamlar ichimizda bo'lsa ham musibat kelaveradimi? Ha dedilar Rasululloh. Agar nopoklik ko'paysa, gunoh mansiya ko'paysa. Yaxshilar ham hamma qatori ketaveradi, qiyomatda niyatiga yarasha tirilishadi.
Yer yutadi bir shaharlarni. Yer titrab, tomlar bosib qoladi butun butun kvartallarda. Suv bosadi. Shamol qironini keltirib yuboradi bir xalqlardan. Shunda ularni ichida ham solih odamlar bor edi yu. Ular nima bo'ladi desa, ular ham hamma qatori ketaveradi. Lekin qiyomatda niyatiga yarasha tirilaveradi. Bilingki, shu solih odamlar, odamlarda avval ma'ruf qilishni sustkashlik qilganki, fiz fujiri yoyilib ketgan. To'g'rimi?
Endi shularni ichida yashagandan keyin ularga kelgan narsa bularga ham albatta boshiga tushadi. Bir kishi aytadi, Sofyoniz Savriy, rohimahulloh. Sofyoniz Savri bilan bozorga chiqdim. Bozordan kirib chiqib ketgunimizcha tili to'xtamadi. Odamlarni amru ma'ruf nahi munkir qilardi. Yaxshilikka kelib yurib yomonlikdan qaytarar edi. Bozorga tushdi, ishi shu edi ularni.
Sofyoniz Saviya bir kuni hajga bordi, minoda turar ekan, ana shu davrdagi xalifa ham hajga kelganligidan xabar topdi. Yana xabar topdiki, bu xalifa o'zi bilan juda katta miqdorda pulni olib kelib, isrof qilyapti ekan. Unga nasihat qilishlikni, amru ma'ruf naqd munkar qilishlikni xohladi, topib bordi, kirishlikka shodirga izn so'radi. Ruxsat berishdi. Sofiyoni aytdi ey amirul mo'minning, pulni isrof qilayotganingizni eshitdim. Necha pul bilan keldingiz dedi.
Xalifa, nimaga so'rayapsiz dedi. Sofiyona aytdi, amirul mo'minun umarimni xattob roziyallohu anhu haj qilgani kelib, o'n olti din o'rni sarflab bo'lib turib, baytulmoldan isrof qilib qo'ydik da deganida. Umarimni xattiob o'n oltin din o'rni sarpib turib, baytullmoldan isroflab qilib qo'yding degan. Deganida xalifani yonida turganlar g'azablanib, ey, xalifaga ham shunaqa deydimi? Qanaqa odamsiz deb aql o'rgatmoqchi bo'lganida, sof yoniga qarab vallohi dedi. Fir'avnni xomon halok qilgan edi dedi.
Fir'avi, fir'avi bo'lishiga senga o'xshagan yonidagi vazirlari, maslahatchilar sabab bo'lgan. Birontasi nasihat qilmagan, oxiri men ana robbukumul a'la, men sizlarda xudoyilarman deb yuborgan. Senga o'xshaganlarni o'ldirgan Fir'avnni ham dedi. U davlatda, mamlakatda bo'layotgan hamma ishlardan podshohni xabari bo'lishi maholish. Ko'p narsadan xabari bo'lmaydi. Yonidagilar yopib qo'yadi. Demak, betonatun soliha. Kishini yonidagi kishilari soliha insonlar bo'lishligi kerak. Yaxshi emas bu ishingizda bir shekilli tergab tursa, munkardan tiyiladi. Vallohi Fir'avnni xomon zoyi qilgan edi dedi. Ya'ni sen va senga o'xshaganlar xalifani adashli yo'l ochib berasizlar dedi. Xalifa boyagi kishiga jim bo'ldi dedi. U kishi so'zini tugatib olsin dedi. Sofiyoni savoling nasihatini qildi, chiqib ketdi. Xalifa yonidagilarga qarab turib, shunga o'xshagan odamlardan uyalinadi dedi.
Ya'ni shunga o' xshagan odamlardan uyalash kerak dedi. Ya'ni shuncha odam bittasi nasihat qila olmagan xalifaga. Qo'rqqanidanmi yoki mansabidan aylab qolishdan qo'rqanidanmi? E bu odam manaqa qildi borib aytib kelsa, qoy. Men yomon ko'rib qolmasin, qoy, undan ko'ra. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir munkanni ko'rsalar, o'rnida tuzatardilar. Bir yigit uzuk taqib olgan edi. Tilladan. Payg'ambaringiz sollallohu alalayhi vasallam nima bu dedi? Ha, uzuk tilladan. Yech buni dedi. Yechdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidda o'tirganlarida bir kishi kelib namoz o'qidi. Nariver o'qidi namozni. Rasulullohni majlisiga kelib o'tirganida, tur, borib boshqadan o'qi, sen namoz o'qimading. Bir necha marta takrorladi. Rasulullohi munkarni ko'rganida, o'rnida isloh qilardilar.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhu vasallam aytganlar, men ro'minku munkaron, fal yug'ayirhu biyadihiy. Kiyiminglar bir munkar ishni ko'rsanglar, qo'linglar bilan tegib qo'yinglar. Agar qo'li bilan tiyishga qodir bo'lmasa, tili bilan tiyib qo'ysin, nasihat qilib qo'ysin. Agar unga ham qodir bo'lsin, qalbi bilan tiysin. Lekin bu iymonni eng zaifi. Aytishlikka ham yaramaslik.
Alloh Taolo bu ummatni maqtagan. Millati falonchi bo'lganligi uchun maqtamagan. Ko'zi qoshi manaqa bo'lgani uchun mahtamagan. Bitta sifati uchun maqtagan. Astaytibilla, kun tum xoyra ummating u xurijatli nas. Insonlarga chiqarilgan ummatlarni eng yaxshisi sizlar bo'ldinglar. Nima uchun? Yaxshilikka buyurasizlar, yomonlikdan qaytarasizlar va Allohga iymon keltirasizlar. Mana shu sifat bo'lsa, biz maqtalgan ummat bo'lamiz. Maqtalgan o'sha ummat biz bo'lamiz. Agar bizda amru ma'ruf nahi munkar bo'lsa.
Endi mana usroyni qarang, buni muqobilida. Ular amru ma'ruh, nahi munkar qilganmi? Nimaga o'zlarining payg'ambarlari o'zlarini qavmini la'natlagan? Astayidbilillah, lo'iynal la dinah kafar u min bani isroil ala alisan i davuda va isa ibn maryam dha liki bi ma'so vakan u ya'rtadun. Banu isroil orasidan kofir bo'lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilidan la'natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo'lganlaridir. Kan ula aytanahunam munkarin faulu, la bi isaman kan u ya faulun. Ular bir birlarini qilgan noloyiq ishlardan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish. Kichkina bolangizdan bir noto'g'ri fe'l sodir bo'lsa, qaytarasiz. Bir marta, ikki marta qaytarasiz, bola tushunadi, demak shu narsa yaxshi emas ekan deydi. Agar indamasangiz nima oladi?
Albatta, muslih, isloh qiluvchi kishilardan, mufsib, fosit kishilardan o'rtasida katta farq bor. Kim yaxshilikka kelib yuradi, kim yomonlikka kelib yuryapti, Alloh albatta bilib turadi. Alloh ko'rib turibdi. Amru ma'ruf, nahimunkar qilish oson ish emas da. Ulamolar aytadi, amru ma'ruh, nahimunkar islomni oltinchi ustuni deydi ayrim ulamolar. Iymon, namoz, ro'za, zakot, hajmi beshni ustuni, oltinchi ustuna amru ma'ru'h, nahimunker deyishadi. Lug'mon hakim nasihat qiladi o'g'liga. Astayduvilla, ya bunayya, aqimiz solata, vo amur bil ma'ruf, van ha anil munkar, vos bir alama asobak, innidalika min azmin umr. Ey o'g'iljon, namozni xohim qiling, yaxshilikka buyuring yomonlikdan qaytaring va sabr qiling.
Yaxshilikka yurib yomonlikkadan qaytarishlik qiyin ish. Bu narsani odam gapirganda albatta odamlardan ozor aziyatlar keladi. Orqasidan albatta sabr qilishigini eslatyaptiki, bu ish mehnat mashaqqatsiz bo'lmaydi. Qiyin. Senga nima deydi? To'g'ri o'lib ketmaysan, menga nima deysiz? Yo'q. Bu payg'ambarlarga aytilgan gaplar. Sening ishing nima biz bilan baribir haligingni tort degan. Lekin payg'ambarlar u aziyatlarni ko'targan, yana nasihat qilishni o'rgan. Aksincha, yuziga tupursa ham, bo'yniga ich yashar og'a tashlab qo'ysa ham sajja qilib turganda, payg'ambarimiz qavmini duoibad qilmaganlar. Farovatgoh qavmimni kechir. Zero ular nima qilayotganligini bilishmayapti.
Ayzzinni abdulassalom. Ulug' solih kishilardan. Ayd kuni. Ayd bayrami kuni. Sulton saroyda qasrida munkir ishlar bo'layotganligini xabar eshitdim. Qarang ulamolar qanaqa bo'lgan u davrda. Izzin Abdulsalom. Sultonni qasrga bordi. To'g'ri kirib bordi. Agar sulton bu dunyoda podshohsi, dunyoda raisi bo'lsa, Izzin Abdul Salom din, ulamolarni podshohsi. Din rahbarlaridan, din peshvolaridan. Odamlar ko'rib haybatlanishdi. To'g'ru sultonni oldiga kirdi, aytdiki, ey sulton, seni yurtingda musiqa, munkar, aroq va raqsni borligini qanday qabul qilasan? Qanday qilib bu ishlarni o'zingni yurtingda bor bo'lishiga ruxsat berasan? Dedi. Sulton javob berdi. Men qilganim yo'q bulardan. Mendan burungilarni ishi bu dedi. Men kelganimda hammasi o'zi shunaqa edi ekan dedi. Nima deysiz? To'g'rida. To'g'ri aytdi. Unda nima aytdi? Azimnodir salom nima dedi? Axir Alloh Taolo Qur'onda innna vajadna ab ana ala umma va innna ala atarihi muqtadun. Sen shunaqa deydiganlardanmisan? Nima degan edi bu? Kafilar aytishgan edi, albatta bizlar ota bobolarimizni bir millat, din ustida topganmiz va albatta bizlar ularning izlaridan borib hidoyat topgachidirmiz, deydiganlardanmison?
Ota bobomiz ichib kelgan, biz ham ichaveramiz. Ota bobomiz shunaqa to'y qilib kelgan, biz ham qilaveramiz. Ota bobomiz shu toqqa qo'y so'yib kelgan, so'yib yuboramiz. Biz biz ham o'shalardanmizmi? Ha otalarimiz qilgan bo'lsa, bilmay qilgandir. Dinni tushunmaganligidan qilgandir, endi ularni qilgan ishini qilib ketaveramiz deyishligimiz aqldan bo'ladimi? Sen shunaqalardanmisan dedi.
Sultonni atrofidagilardan bittasi turdida, izdimni Abdusalomda tinchitib qo'ymoqchi bo'ldi. Sulton aytdi, jim bo'ldi. Jim bo'ldida. So'zini tugatib olsin dedi. Nasihatini qildi. Qasrdan chiqib ketdi. U soliqlar, insonlar mana shunday edi. Ammo biz shunday bir zamonda yashayapmizki, yonimizdagi sherigimizga, yonimizdaki birodarimizga, jo'ramizga nasihat qilgani jur'atimiz yo'q bo'lib qoldi. To'g'rimi?
Payg'ambarimiz aytganlar, ida ro ayta ummatiy, ta ha bu antaqulali zolimiy, ya zolim, faqatta o'tdi men hu. Agar meni ummatimni ko'rsangiz, zolimga, ey, zolim deyolmay ekan bo'lsa, xayrlashavering bu ummat bilan degan ekan. O'sha mahallamizda batarinlik qilayotgan u sultonmas u, u qo'mondonmas u, siz bilan bizga o'xshagan oddiy fuqaro. Shunga ham borib, ey, o'chir uningni. Ichibsanmi, uyingga kirib ket demasdan, qo'rqib qochib yuribdimi hamma? Yo bir qandaydir bilagida quvvat olsa urib qo'ymasin deb qochib yuribdimi, zolimlik qilayotgan bo'lsa ham. Bu ummatni bilan assalomu alaykum deb. Xayrlashib qo'yver bu ummatni bilani. Kattalarda ham ayb bor. Kattalarda indamaysizlar. Kattalardan indamay kirib ketib qoladi uyga, qaytib.
Agar meni ummatim zolimni yuziga, ey zolim, deyishga ham yaramay qolgan bo'lsa, assalomu alaykim. Falavla aka naminal quruniy min qobli kun ulug' baqiyating yana hamna anil fasadi fil art. Qarang. Alloh taoloni balosi kelib qirilib ketdi bir qavmlar, xalqlar. Alloh taolo aytadi. Bas, sizlardan avvalgi asrlarda o'tganlar orasida ham yerda buzg'unchilikdan qaytaradigan boqiy din egalari bo'lganlarida edi. Agar ularni ham qaytaradigan odamlar bo'lganida qirilib yo'qolib ketmas edi. O'sha qaytaradiganlar yo'qligi uchun ketdi.
Shuning uchun Alloh Taolo aytadi, vama aka ana robbuka li yuxlik al qurobi zulmin va ahlu ha muslehun. Parvardigoringiz u shaharlarning o'zlarini tuzatib, haq yo'lga yurgan aholisini zulm bilan halok qilgan emasdir. Allohdan balo keldimi, qirilib ketdimi? Alloh zulm qilmadi. Ular o'zlarini isloh qilishni beqo'yuvdi. Ular tavba qilishmay qo'yuvdi. Amri marv narxi munkarni o'rni tushgan edi. Yana shunaqa ishchilar ham bor. Namoz o'qiydi, ro'za tutadi, masjidlarga keladi. Lekin aytib o'tdik, munkarlarni musulmonlarni orasida paydo bo'lishiga yo'l ochib berishadi.
Voyda qiyla lahum la tubsid u fil arde qol u innama nahna muslihum. Unaqa odamlarga fasad tarqatmanglar yerda desangiz, biz isloh qiluvchilarimiz deydi. Ogoh bo'lingkin, ular albatta buzg'unchilardir, lekin o'zlari bu narsani sezmaydilar. Val takum ming kun ummatun yaravna ilal xoyr. Oralaringizda yaxshilikka da'vat qiladigan, ibodat itoatga buyuradigan, isyon gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo'lsin. Hammamiz o'shanaqa bo'lishimiz kerak. Munkarni ko'rdingmi, tuzatishligimiz kerak.
Ammo munkarni ko'tarib indamasdan ketadigan odamlar, bunaqa odamlar ko'paygan sari jamiyat inqirozga yuz tutadi bir odamlar. Meni ishim nima? O'lib ketmaydimi, o'tib ketyaptimi? Mahallada paydo bo'lgan munkar qo'shnini tomida yoniga kelib o'tga o'xshaydi. Teg qo'ying, uni tomi kuy bo'lgandan keyin sizni tomingizga o'tadi. Albatta o'tadi, xotirjam bo'ling. O'sha qo'shnini tomida o'chirib qolsangiz, o'chirib koldingiz. Falonchini bolasi mana bir nomaqbul ish bilan mashg'ul bo'lib qolibdi deb eshitdingiz, shuni tiymadingiz, sizni bolangiz ham ungaylashib qolishidan omonda emas.
Innalladina yo habbuni antashi al fahish etafilladina amanu la huma adabun alimun fid dunya va ala axiru va allohu ya'lamu an tum la ta'lamu. Albatta, iymon keltirgan kishilar o'rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz. Odamlar bor. Odamlarni yaxshiligi kelib yuradi, yomonlikdan qaytaradi. Yana odamlar bor, odamlarni, yaxshilikdan qaytaradi, yomonlik kelib yuradi. Albatta, bu ikkisini misoli hargiz teng bo'lmaydi. Alloh subhanah va taolo amri ma'ruf qiladigan solih bandalardan qilishini so'raymiz. Aqoli qovli hali va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum.