Maviza
—Qoralama37 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
36:45
O'zgarishlar tarixi

Bugungi darsimiz payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakisi asadulloh va asadur rasulillah sollallohu alalayhi vasallam bo'lgan hamza ibn abdulmutto ali roziyallohani haqida bo'ladi. Faraz qilaylik, bir kishi sahroda adashib qolgan. Issiqdan, suvsizlikdan qiynalgan, halokatga yaqin. Yoki bir o'rmonda yo'lini yo'qotib qo'ygan, yirtqich hayvonlardan xavotiri bor, ana mana qo'rqib yuribdi.

Shu odamga nisbatan birinchi qilinadigan ish nima desa, uni xotirjam, omon, amin bo'lgan yerga olib borishlik kerak. Qasrmidi, biror qal'amidi? Birinchi ish tugadi. Xavotirdan xotirjamlikka olib chiqdingiz. Endi qilishingiz kerak bo'lgan ikkinchi ish boshlandi. Unga mana shu kirgan qal'asi, qasrini nimaligini ko'rsatishlik kerak. Ichiga kirgandan keyin qilinadigan ish boshqacha bo'ladi. Oshxonasi qayerda, uxlaydigan xonasi qayerda. Demak, tashqarida turganda unga nisbatan boshqacha bir muomala qilindi. Ichkariga kirganda qilingan muomala yana bir boshqacha bo'ldi. Xuddi shunga o'xshagandek, adashgan, gunohmasiyatga botgan, gunohlarda muqim, aqidasi noto'g'ri bo'lgan odamni avval haqqacha qilishlik kerak. Ollohni tanitish kerak. Dunyoga nima kelganligini tushuntirishlik kerak. Agar u ijobat qilsa, undan keyin unga ikkinchi ishni qilamiz, halol haromni tanitamiz, farz bojibni o'rgatamiz, halol nima, harom nima, sunnat nima, bu narsalarni ta'lim beramiz. Ilohiy buyruq qaytarg'ilarni, dunyoni haqiqatini, farzu sunnatlarini ta'lim beramimiz. Demak, da'vat qilayotgan odam, ro'parasida turgan odamni qaysi bosqichda ekanligini farqiga borishligi kerak.

Umuman din diyonatdan eshitmagan, dindan uzoq bo'lib yurgan odamga shart to'xtatib turiblar, beka, musulmonmisan? Ha, musulmonman. Islomda nechta farz bor? Tahoratda nechta fariz bor deb turib, fiqh so'rab kelsa, hech narsani bilmaydi. Endi ketdingiz da, siz bilimdon fatvo chiqaraverasiz. Bu yegani halol emas. Kiygani halol emas. Buni duosi ijobat. O'zi umuman hech narsadan xabari yo'q edi uni.

Demak, da'vat bosqichlari bor, bu narsadan musulmonlar, da'vatchilar xususan xabardor bo'lishligi kerak bo'ladi. Har bir davrni o'zini avloviyatlari bo'ladi. Avloviyat nima? Birinchi darajada qilinishi kerak bo'lgan ishlar. Sahoba ikromlarni hayotini o'qib o'rganarkanmiz, ular mana shu narsaga amal qilganligi, mana shu narsani bilganligini ko'ramiz. Makkada turgan davrida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonlarga Allohga iymon keltirish, qiyomat kuniga, ambiyolarga, farishtalarga, taroziga, Jannat do'zaxga da'vat qildilar. Koinot haqida tafakkur qilishlikka, namozni qoyim qilishlikka nafsni jilovlashlikka. Asxodlar ijobat qilganlaridan keyin Madinaga hijrat qilishdi, keyin tashriyat boshlandi. Halol harom haqidagi oyatlar tushdi. Farzi vojib, taloq hukmlari, nikoh hukmlari oldi sotdi hukmlari.

Biz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirdik. Endi siz bilamiz birodarlar, o'zimizni qilayotgan ishimiz, tutayotgan tutmishimizda sahobalarga ixtido qilishligimiz kerak bo'ladi. Chunki sahobalardan Alloh rozi bo'ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rozi bo'ldilar. Agar biz ham Alloh va Rasulimizdan rozi bo'lishini xohlasak, shu odamlarni o'zimizga ibrat deb bilishimiz kerak. U sportchilar emas, aktyorlar emas, qo'shiqchilar emas, yana kimlar?

Bular emas. Musulmon odamga kim bo'ladi? Faqat sahobayi ikromlar bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zining asboblari haqida shunday deganlar. Ulama uni hukama uni ka'du bi fiqhihim, an yakuni ambiya. Ular ulamolar, hakimlarki, sahobalar, o'zlarining fiqhlari bilan ambiyolar bo'lgidek edilar. Ya'ni shu darajada Payg'ambarimiz sahobalarini qadrlaganlar, sahobalarini yaxshi ko'rganlar. Ular Islom bayrog'ini baland ko'targan Rasulullohning yer yuzidagi millatlarga yuborgan elchilar edilar.

Odamlardagi birodarlar xayriyatni ko'ra bilishlik kerak bo'ladi. Saxo bolada hayotini nimaga o'rganyapmiz? Mana shu asrimizga, mana shu davrimizga kerak bo'ladigan xulosalarni chiqarib olish qolishligimiz uchun. Faqat tarix sifatida o'qib qo'ysak, bu foyda bo'lmay qoladi. Dinda tor bo'lmasligi uchun, adashmasligi uchung, befahm bo'lmaslig uchun birodarlar Saxo bolani xatini o'qib o'rganib, o'zimizga ibrat olamiz. Qarang. Makkada Payg'ambarimiz Payg'ambar bo'lib yuborilganlarida odamlar ikkiga bo'linib qolgan edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan sahobalar, gunoh ma'siyatga botgan mushriklar. Endi bulardan tashqari uchinchi toifa ham bormidi u yerda?

Birinchi toifasi, iymondagi, taqvodagi, ibodatdagi sahobalar, ikkinchisi, gunoh ma'siyatga, buzuqchilikka, faxshga, zinoga, o'g'rilikka botib ketgan kimlar? Mushriklar. Yo oq, yo qora. Shu ikkala toifadan boshqa uchinchi toifa ham bormidi? Mana shu narsani bilib olishimiz kerak.

Toki biz ham yo yaxshi, yo yomon demaylik. Shunday odamlar bor. Siz bilan biz birodarlar masjidga kelyapmiz, namoz o'qiyapmiz, masjidlarni obod qilyapmiz, ilm majlislariga kelyapmiz. Atrofimizda o'zimizga o'xshagan ibodatdagi odamlar bor. Bu yaxshi. Yana atrofimizda fojir, aroqxo'r, benamoz kishilar ham bor. Endi uchinchi toifa odamlar ham bor birodarlar. Namoz o'qimaydi. Ro'za tutmaydi. Lekin axloqi yaxshi. Birodar haqqini yemaydi, yolg'on gapirmaydi, ahdiga vafo qiladi. Buni yaxshilar qatoriga ham qo'sha olmaysan, dindan uzoq bo'lganligi uchun. Endi yomonlarga ham qo'sha olmaysan, boyagi aytayotgan ibodat bo'lmaganligi uchun, bularga nisbatan qanday ishni tushunishimiz kerak?

Hamza roziyallohu anhu ayni shu uchinchi toifa kishilar darajasi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam payg'ambar bo'lganlaridan iymon keltirmadi avvalida. Lekin payg'ambarlarimizga dushmanlik qilganlar qatorida ham bo'lmadi. Dinni qabul qilmadi, ammo shijoatli edi, muruvvotli edi, pastkashlikni, zulmni yomon ko'rar edi. Va'dasiga vafo qilar edi. Shuning uchun shunaqa bir sifatlarga ega bo'lgan. Lekin namoz o'qimayotgan, dindan uzoq yurgan odamni ko'rganda darrov unni ustida hukm chiqara olmaylik yomon odam deb.

Demak odamlarga muomala qilayotgan paytimizda, odamlarni dinga da'vat qilayotganimizda qaraylik, kim u, qayerdan u, qachon u, nimaga u, kim bilan u, tomir urishiga qarab turib nima qilaylik? Muomala qiladik. Oq bor, qora bor. Boshqa rang yo'q deyish, to'g'rimi? Akalar, oq bilan qorani o'rtasida ko'p rang bor. U yerdagi politraz juda ham katta bo'ladi.

Mana shu notadil o'lchov. Agar namoz o'qimasanglar, yo bir marta tarixchi o'yinni ko'rsanglar, uni fosiqqa, kofirga chiqaraveradigan bo'lsangiz, hech qachon siz odamlarda islomga da'vat qila olmaysiz. Hech qachon sizni oldingizda odamlar jamlanmaydi. Shuning uchun musulmon odamni bag'ri keng bo'ladi. Imomahakim o'zining mustadroq akada job roziyallohu anhudan, imomi tovaroniy o'zining kabirida ali roziyallohuhu anhudan shunday deydilar. Sayyidush shuhaday indallohi yavmal qiyamati hamza to'bna abdulmut tolib.

Qiyomat kunida alloh taoloning huzurida shahidlarning sayyidi hamza ibn abdulmut tolb. Shahidlarning eng a'losi hamza ibn abrulmut tolib roziyallohu alohim. Keyingi ma'lumot sizlarga tashlashdan oldin savol beraman. Payg'ambarimiz bobosi abdulmut tolibni nechta o'g'li bo'lgan?

Nechta o'g'li bo'lgan? O'nta. Eng kenjasi kim bo'lgan? Oxirgisi kim bo'lgan. O'ninchisi desanglar to'g'ri bo'ladi. Ey faraz qilinglar, eng kichigi Abdulloh bo'lsa, Hamza bilan Abbos ham Payg'ambarimiz amakisi muroziyallohu anhumi? Xo'p. Men hisoblab beraman sizlarga ham. Hamza roziyallohu anhu Abdullohdan bir yosh katta deb tasavvur qilinglar. Abdulloh yigirma ikki ga kirganda uylandi. Hamza nechaga kirdi unda? Yigirma uch ga yaxshi. Payg'ambarimiz Payg'ambar bo'lganlarida qirq yil o'tdi. Yigirma uchga qirq ni qo'shamiz. Oltmish uch, yaxshi. O'n uch yil Makkada turdilar.

Yetmish olti. Hijratda uchinchi yilida Uhud g'azotida shahid bo'ldi. Yetmish to'qqiz ga. Yetmish toqqiz ga kelgan odamni jamiyat maydonida qilich ko'tarishini o'ylab ko'ringlarda. Bir yil burun Badrda, mushriklarda hamma peshonasiga chiqqanini yetishtirayotgan, saysonga kirgan cholni tasavvur qilinglar. Hisob kitob qilsang chiqmay qolyapti a? Endi aytaylikki, kenja o'g'li Abdulloh emas edi, o'ninchi o'g'li Obdulloh edi. Hamza bilan Abbos roziyallohu anhumo Abdullohdan keyingi o'n bir, o'n ikki o'g'illari edi. Demak, Abdulloh o'ninchi o'sha o'g'li edi. Lekin o'shaning uchun Hamzani yoshi kattaroqmidi, Rasululloh nima degan savol bor bir odamda. Mana ko'rib chiqamiz endi.

O'shaning uchungi kitob o'qishdan, ilm o'qishdan to'xtab qolmaslik kerak. Chunki bilmagan narsamiz ko'p. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'n bitta amakisi bor edi. O'n bitta. Hamza, Abbos, Abu Tolib, Abu Lahab, Zubayr, Xoriz, Muqovim, Ziyor, Hijl va G'aydoq va Qusum ismli amakilari ham bo'lgan. Demak, Rasulullohni amakilari o'n, bitta.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamning otasi Abdulloh, Abdulvuttolibning o'ninchi o'g'li edi. Hamza va Abbos roziyallohu anhumalar Abdullohdan keyingi o'g'illari edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gavahiga kelganida, Rasulullohning to'rtta amakisi tirik edi. Abu Tolib, Abu Lahab, Hamza va Abbos. Roziyallohu anhumo.

Endi savol. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshi kattaroqmidi? Hamza roziyallohu anhu nima? Hamza roziyaallohu anhu va Rasulullohni Abulahabning cho'risi Sulayba emizgan. Demak, bir tomondan Hamza roziyallaohu anhu Payg'ambarimizga amaki, ikkinchi tomondan emikdosh akasi bo'lyapti. Agar Sulayba o'zini birinchi o'g'lini emizgan vaqtda ikkalasini teng emizgan bo'lsa, yoshi bir xil bo'lardi. Agar Suvaiba keyingi o'g'lini emizganda Rasulullohni emizgan bo'lsa, Rasululloh kichkinaroq bo'lardi. Rojiroq. Xabarimiz shu bo'ladiki, Ibn Abdulbar Istiyoqda shunday deydi. Hamza Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ikki yoki to'rt yosh katta edi deyiladi. Ikki yoki to'to'rt yosh. Abbos roziyallohu anhi qo'yilsa, ikki yoki uch yosh deyiladi. Demak, eng kichik amakisi kim bo'lyapti?

Abbos roziyallaohu anhi qilib bo'lyapti. O'zini jiyani Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirishlik arafasida Hamza ibn Abdulmut tolibni tutgan mavqefi qanday edi? Kunlarni birida Hamza roziyallohanhu Ka'bani oldiga kelarkan, u yerda Qur'osh saidlari suhbatlashib o'tirishar edi. Nimalarni gapirishayotgan erishiligi uchun kelib o'tirdi. Ularni suhbati Muhammad alayhi vassalomning da'vat haqida bo'layotgan edi. Bu yangi da'vatga nisbatan qanday mavqeyda turishadi? Xullas, ularning gaplaridan hasadgina kudi uradi da, hidi kelib turar edi. Hamza roziyallohu anhun jiyanini diniga iymon keltirgani yo'q. Lekin adovat ham qilgani yo'q, bunday mavqufda bo'lishingni istagani yo'q. Jiyanini yomon ko'rishingni xohlamadi.

Mana shu dinga qarshi kurashmayotgan, sizni diningizga qarshi kurashayotgan odamlar bor atrofingizda. Dindor emas, dinni ushlamaydi, lekin sizni dindorligingizga hech qanday bir qarshiligi yo'q. Bular bilan qanaqa munosabatda bo'lishimiz kerak? Astaydu billah la yana haqumullohu an ila din alam yu qotilukum fiddin. Valam yu xurijukum min diyarikum antabar ruhum va to'qus etuk ilayhim. Musulmon emas, ehtimol g'ayridin, ehtimol kopir, ehtimol boshqa din vakili, sizga nisbatan hech qanday adovati yo'q, diningizga. Qanaqa muomalada bo'lasiz? Alloh sizlarni dinlaringiz to'g'risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o'z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan, ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo'lishlaringizdan qaytarmas. G'ayriy dinga yaxshi muomala qilish mumkin ekan. Unga adolatli bolishlik mumkin ekan, modomiki diningizga qarshi kurashmaykan bo'lsa. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni diniga qarshi kurashmagan kishilar bor edi. Diniga qarshi kurashayotgan kishilar bor edi. Farosullohni dinini qabul qilgan kishilar bor. Hamza roziyalloh ana shu dinga qarshi kurashmagan kishilar bor edilar. Bunaqa xolis mavqevda, neytral pozitsiyada turgan kishilarni o'zimizdan nari qilmasligimiz kerak.

O'zimizdan bezdirmasligimiz kerak'. Aksincha, aksincha, chiroyli muomala qilaylik, qo'limizdan kelsa bir yordam beraylik, toki musulmonlarga nisbatan qalbida muhabbat bo'lsin. Qo'pollik qilsak, namoz o'qimasanglar dag'ali qilib uni mensimaydigan bo'lsak, bunday qilishlik hikmatga to'g'ri kelmaydi. Rasululloh hech qachon bunday qilmaganlar.

Hamza roziyallohu anhu payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan yoshi ikki yoki to'rt yosh katta edi. Ayrim odamlarga o'zidan kichkinaroq odam da'vat qilsa, o'zidan kitchkinaroq odam bir narsani gapirsa, ogisi kelmaydi. Nima uchun? Kichkinada sizdan. Haqiqiy baxtli inson o'zidan kichkina odam nasihat qilsa, haqni gapirsa, qabul qilishlikka kibr qilmaydi.

Shuni non eshitamanmi endi? Yo'qmi boshqasi? Yosh bola ekan, bola bizga aql o'rgatadimi? Maktabni direktori o'qituvchidan, oddiy bir o'qituvchi dan nasihat eshitishni xohlamaydi. Qoidamiz bor edi a? Nasihat qilgani hech kim yoshlik qilmaydi. Nasihat qilgani hech kim kichkinalik qilmaydi. Nasihat olgani hech kim katta qilmaydi. Nasiihat olgani he ch kim kattali qilmaydi. O'sha yoshroq odam kattaga nasihat qilayotganda, odob bilan, yo'li bilan, hikmat bilan nasihat qilsa.

Payg'ambarimizning amakisi Abbos roziyallohu anhudan so'rashdi: siz kattaroqmi, Rasulullohmi? Endi Abbos roziyallohimiz javobini qarang, hikmat bilan, hurmat bilan, rosti Allohga bo'lgan muhabbat bilan, Rasululloh mendan kattaroq, faqat men ertaroq tug'ilganman dedi. Rasululloh mendan kattaroq, faqat men avvalroq tug'ilganman dedi.

Haqni gapirishimizga o'rtamizdagi yosh to'siq bo'lib qolmasin. Faqat yoshlar kattalarga gapirayotganda, agar mabodo gapirish kerak bo'lsa sal, nima qilinglar. Tadayyun, dindor bo'lishlik insonni tabiatida bor narsa. Mana Hamza roziyalloh hanhu ana shu iymonga kelgan kunida nima ish qilgan edi? Ov qilgani chiqib ketdi u kishi. U kishi nihoyatda yuraklik, bilaklik, kallaligi odam bo'lgan. U kishini yaxshi ko'rib shug'ullanadigan mashg'uloti ov edi. Arslon ovlardi, yirtqich hayvonlarni ovlardi.

Ana shu ovini qilib qaytib kelyotib, birinchi qiladigan ishi Ka'bani tavof qilardi, keyin uyiga ketar edi. Ikki kun yurdimi ovda, uch kun yurdimi. Kelib Ka'bani tavov qiladi. Bu nimaga dalolat qiladi? Har qanday odamni tabiatida bir narsaga sig'inishlik bor bo'ladi. Dunyoni g'arbiga qarang, sharqiga qarang, odamlar albatta nimagadir sig'inadi. Katta haykal turadi, mana sharqqa qarang. Oldiga turli ovqatlar olib kelib qo'yishadi, olib kelib qoyayotganlarni ichida savodsiz odamlar ham bor. Galstuk taqqan, obrazovanniy odamlar ham bor . Lekin baribir nimagadir sig'inishlikni xohlab turadi.

Mana shularni hammasi inson o'zini tabiatidan mutadain, dindor bo'lishligiga ishora bor. Kishi demak yo haqqa itoat qiladi, yo xurofot botirlarga bo'ynini sinadi. Odamlarda ham qarasangiz, o'sha ichadigan ham, qimoronaydigan ham, protsentga pul beradigan ham qarasangiz kimnidir o'ziga avliyo deb biladi. Borib duosini olishga harakat qiladi, ehson qilib turadi. Nimagadir e'tiqod qiladi.

Hamza roziyallohu anhuni iymoniga kelishi. Alloh taqdir qilgan ana shu kun yetib keldi. Sevimli mashg'ulotini tugatib, Ka'ba tomonga qarab kelyapti. Ka'bani tavof qildi. Shunda Abdulloh ibn Shu'ronning bir xodimasi, ayol kishi, unga yo'liqdi da. Ey abumora, agarda jiyaning muhammadga hozirgina abulhakam ibn hishomdan yetgan ozorni ko'rganingda edi, u ka'bani yonida ko'rib qolib uni, so'kib, haqoratlab, qattiq ozor berdi dedi. Abu Jahimni aytgan har bitta so'zini qilgan ishini aytib berdi. Hamza roziya va hali xuddi diqqat bilan, sukut saqlab eshitib turdi.

Muhammad alayhissalomni otasi yo'q. Otasi yo'qligi uchun shunaqa xohlaydimi? Vanu Hoshim qani? Vanu Abdumannop qani? Vanu Hoshimi eng sharafli kishisini shunday haqoratlashsa hech kim indamaydimi? Jiyaniga nisbatan g'ayurligi qo'zidi, g'azablandi, kamonni yelkasiga ostida tez tez shag'dam qadamlar tashlab, Ka'bani oldiga ana shu Abu Jahlni ko'rishlik, topishlik maqsadida bordi. Ka'bani oldida topa olmasa, albatta boshqa yerdan topadi.

Hamza roziyallohu anhun keldi, Ka'bani olidida Abu Jahl bir top odamlar o'tirganini ko'rdi. Keldi da sekin, hech narsa demadi, yelkasidagi yomonda olib turib, abu jahlni boshiga bir urdi. Abu Jahlni bo'shiga urilib, qoniqdi. Hali Abu Jahl o'ziga kelmasdan turib, atrofdagilar nima bo'lganligini tushunmasdan turib, Jahl ustida aytdiki, Muhammadni haqorat qil deyman. Bilgin ki, men ham uni dinidaman. Uni aytgan so'zini men ham aytaman. Agar qodil bo'lsang, menga javob qaytar dedi.

Abu Jahlni yonida turganlar, mana bu mahzun urg'udan bo'lgan kishilar, Hamzaga tashlamoqchi bo'lganida, Abu Jahl ularni to'xtatdi. Uni tinch qo'yinglar dedi. Men aybdorman. Jiyani haqorat qildim dedi. Shunday qilib Hamza roziyallohu anhun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qasosini oldi. Ammo bu aytgan so'zi bu chin qalbdan aytilgan so'z emas edi. Hamiyat qo'zib turganidan, g'azabi qo'zib surganidan, jiyaniga bo'lgan muhabbatdan aytib yuborgan edi. Endi ikkilanib qoldi. Muhammadni dinida montab qo'ydi, lekin dinida emas. Endi ertasi kuni chiqib turib, yo'q men dinadan emasman desa, u erkak kishini g'ururiga to'g'ri kelmaydigan narsa. Kechasi bilan o'ylanib chiqdi.

Hamza roziyallohu aytadi o'zi. Otalarim va qavmim dinini tark qilganimdan menga nadomat yetdi. Ulug' ish ustida shakda bo'lib tunni kechirdim. Ko'zimga uyqu kelmadi. So'ngra Ka'ba oldiga kelib, parvardigor qalbimni ochgin deb Allohga tazorat qildim. Alloh menga ijobat qildi. Qalbimni ishonchga to'ldirdi. Ertasi Rasulullohning yoniga borib, U zotga ishimni xabar berdim. Bas, Rasululloh qalbimni dinida sobit qilishini so'rab, Allohga duo qildilar.

Mana birodarlar. Qorayish qabirasidagi eng bahodir yigitlarni, eng pahlavon yigitlarnini biri. Ehtimol birinchisi iymonga keldi. Hamza roziyallohu anhun islomidan uch kun o'tib, Umariddin Xattopam iymonga keldi. U ham Qurishni ana shu sara yigitlardan edi. Mana shu ikkala kishini iymonga kelishligi musulmonlarga haqiqatdan katta bir quvvat bo'ldi.

Bu ikki qahramonni musulmon bo'lishi shunday vaqtga to'g'ri degandiki, bu vaqtda birovni hayoliga ham kelmagan edi bularni iymonga kelinishligi. Musulmonlarga aziyat, ozor, rosa bir cho'qqisiga chiqib turgan payt edi. Lekin Alloh Taolo shunday bo'lishini ixtiyor qilgan edi. Hamza roziyallohu anhudi islomi to'satdan bo'ldimi? Alloh taoloning tadbiri shunday edi. Alloh taolo islom to'satdan bo'maydi. Zulm kuchaysa, tunlari cho'zilib ketsa, demak uni ortidan allohni nusrati albatta keladi. Hamza roziyallohuni islomi musulmonlarga nusrat edi. Agar mana shu zulm bo'maganida Hamza roziyallaohu anhudimga keladimi lekin? Vaholanki jiyanini da'vat qilayotganligini bir necha yildan beri eshitib turar edi. Parvo qilmas edi.

Alloh taolo qorong'u zulmatdan keyin nurni keltirgandek, mana shu zulmdan keyin Alloh taolo nusratini ham keltirgan. Agar Abu Jahl ish bunaqasiga aylanib ketishini bilganida, Muhammad alayhissalomni so'karmidi? Bu bari Alloh taoloni tadbiri, Alloh taoloning xohishi edi. Demak, Hamza roziyallohu anhu iymonga keldi.

Qarang, hech kim da'vat qilmadi u kishini. Alloh xohlagan vaqt bo'ldi, Alloh xohlovdi, hech kim da'dvat qilmasa ham kurashni manaman degan ikkita ikkita iymonga kelti. Ikkita bahodir, ikkita pahlavon, ikkita qahramon iymonga kelsin. Demak, biz duo qilishimiz kerak Alloh Taologa. Noumid bo'lmasligi kerak. Umariddin Xattop haqida Ummatulloh Abu Abdullohga aytdi. Falon falon falon dedi oxirgi marta ko'rishganimizda desa, Abu Abdulloh so'rayapti, hijrat qilayotganlar vashistonga. Iymonga kelishdan umidvor bo'lib qoldingmi? Yaxshi gapirgandan degandi, ha dedi. Abu Abdullohni aytdi, ishonover, Xattobni eshigi iymonga kelsa keladi, lekin umal iymonga kelmaydi degan edi. Qalblar kimni qo'lida? Allohni qo'lida. Hamza roziyalloh uning islomi sababli Rasulullohga va musulmoniga yetgan ulkan xayriya. Bu ulkan xayriya edi. Xurashning eng bahodir, shijoatli, quvvatli yigitlaridan biri iymonga keldi. Albatta, bunaqa odamni iymonga kelishi odamlarga ta'sir qiladi. Shuning uchun ukalar, o'z o'zimiz tanlagan sohada birinchi bo'laylik. O'qishdami, sportdami, tijoratdami, hunardami, shunday bo'lingki, sizni ko'rib havas qilsin. Shunda mana meni o'g'lim ham shunaqa bo'lsaydi deb turib odamlar havas qiladigan bo'lsin.

Sun'iy tuyatini belgilanishda qashqigacha yursamikin deb ikkilanib turgan paytda, sizni musulmon bo'lib turib, birinchi raqamli usta, birinchi ra qamli bir hunarmandligingizni ko'rganda, sizni havas qilsin. O'zingizni sohangizda peshqadam bo'lsangiz, o'zingizni xohingizda biror narsaga erishgan bo'lsangiz keyin odamlar sizga ergashadi. Tushunarlimi? Hamza roziyallohu anhu islomdagi birinchi amir, islomdagibirinchi bayroqdor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam madinaga hijrat qilib borganlaridan keyin, mana qorashni shomdan kelayotgan karvonlariga qo'shin chiqarganlar. Bu qaroqchilik emas edi. Chunki makkada qolgan musulmonlarning qolgan mulklarini qurish talon taroj qilib yuborgan edi. O'shalarga berilayotgan musulmonlarni javobi edi, qaroqchilik mas edi. Qaroqchi to'g'ri kelgan odamni molini taron taroj qiladi. Lekin musulmonlar faqatgina kurash karvoni yo'liga chiqishgan. Ana shu birinchi qo'shinni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tuzarkanlar o'ttiz kishidan iborat bo'ldi bu qo'shin. Ularning amiri, birinchi amiri Hamza roziyallohu anhu bo'ldi va islom yo'lida ko'tarilgan birinchi bayroq Hamza roziyallaohni qo'liga berildi. Bu sharaf Hamza ibn Abdulmutto ali bi roziyallohuhu anhuga tegdi. Hatto Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u kishini Asadulloh va Asadur Rasulillah, Allohninng va Rasulining arsloni degan nom bilan mukofotladi.

Badr kunida. Musulmonlar bilan mushriklarning to'qnashgan birinchi kuni, mana bilasizlar, yavmul furqon deyiladi. Haq bilan botir ajragan kun, ya maltaqal jamoan, Badr kunida bo'ldi. Musulmonlar qo'shini va qo'rash qo'shini sap tortib jangga shay turarkan, mushriklar tomonidan, mushriklar tomondan Asmad bin Abdul Asad al Mahzumiy birinchi bo'lib chiqdi da, qasam ichdi. Allohga qasam, musulmonlar hovuzidan suv ichmasdan ortimga qaytmayman, dedi da oldiga yurdi. Bitta o'zi kelyapti.

Uni ro'parasiga Hamza ibn Abdulmuttolib chiqdi, o'rtasida jang bo'ldi, Hamza roziyallohu anhu shoh tashladi. So'ng muborazani talab qilib, yakka Makka olishni talab qilib, o'rtaga Utba ibn Robiya chiqdi. Utba ibn Robiya, Shayba ibn Robiya, Validimni Utba. Ansorlardan bir toifasi chiqqanida ular ularga ko'nmadi. Ey Muhammad, bizga qarshi, o'zimizga teng bo'lgan, o'zimizni qavmimizdan bo'lgan kishilarni chiqar dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ubaydub Nixoris, amakisini o'g'li Rasululloh. Ali ibn Abit Olim amakisini o'g'li va Hamza roziyallohu anhu chiqishga buyurdilar. Amakisini. Ubayda Utubaga qarshi, Hamza roziyallohu anhu Shaybaga, Ali ibn Abit Olim roziyallohu anhu Valetga qarshi chiqdi. Ali roziyalloh u hunh bilan hamza roziyulloh u hunh ishda cho'zib o'tirishmadi. Ikkalasini vaqibini tez rech ishlatib qo'yishdi. Utubo bilan ubayda roziyalloh i hunh ikkalasi bir biriga zarba berdi, ikkalasi yiqildi, ikkalasi tirik. Hamza roziyalloh anhu keldi da, utbani ishini bitirdi.

Mana shu qilgan ishi hamza roziyallohni utbani qatl qilishi, shaybani qatl qilshi, mana shu utbani qilsa, hind binti utbaga juda qattiq ta'sir qildi. Juda ko'p mushriklar hamza roziyallaohni qilishidan yer tishladi badr kunidan. Shuning uchun kurashni eng katta adovati hamza roziyallahanhu qo'ygan bo'ldi. Keyinchalik uxud g'azotida rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu arsloni bo'lgan, allohni arsloni bo'gan hamza roziyallohu anhuni qatl qilishlikka alohida tayyorgarlik ko'rishdi. Hamzani zakaz qilishdi roziyallohuhu anhuni. Boshqa hech kim emas. Ya'ni qurishni hamza roziyallaohu anhuni qanchalar yomon ko'rganligini shundan bilsak bo'ladi.

Sira darslaridan ma'lum. Badrdagi mag'lubiyatini alamini olishligi uchun Qurish Uhud xazodiga keldi. Hamza roziyalloh ana xonani qatl qilgan Vahshiy ibn Xarib hikoya qiladi. Keyin islomda qabul qilgan bu kishi. Men Jubayr ibn Mutanni quli edim. Uni amakisi Badr kunida qatl qilingan edi. Saidi Mutay menga dedi, sen odamlar bilan birga jangga chiq, Uxudga. Agar Hamzani qatl qilsang, sen xursand. Qulni bitta bitta orzu nima? Ozod bo'lish. So'ngra Vahshini Hind binti Udbani oldiga olib borishdi. Uni otasi o'lgan, amakisi o'lgan, inisi o'lgan. Hind unga o'zini eng qimmatbaho taqinchoqlarini va'da qildi. Agar qatl qilsang, mana shular seniki. Ozod bo'ladi, boy bo'ladi.

Kurash ayollarni orasida kurash mushriklarni jangga chiqishlikka shijoatlantirganlarni eng ko'p harakat qilgani ham mana shu Hind bin Tutbek edi. Vahshiy aytadi. Men Habashiy bir odam edim. Xuddi Habashiylarga xos bo'lganidek, nayza bilan biror narsani mo'ljalga ola olsam, kamdan kam xato qilar edim. Ikki tomon uxd g'azotida to'qnashgan vaqtda, men ham birga chiqdim.

Hamzani qidirib, oxiri odamlar orasida xuddi kulrang tuyadek ajralib turib, jang qilayotganiga ko'zim tushdi. Qarshisidan chiqqan kishini qilichi bilan urib yert ishlatar edi. Ollohga qasamki, men uni o'ldirish uchun tayyorgarlik ko'rdim. U menga yaqinroq kelishi uchun bir daraxtni orqasiga yashirinib payt poylab turdim. Shu payt mendan ilgari sebog'inni Abduluzzoq unga tashlandi. Hamza uni ko'rishi bilanoq unga qani berik elchi, ey a'zolarni kesuvchisi deb qilichi bilan shartta boshini kesib tashladi. Shu payt nishonga tegishiga aniq ishonch hosil qilgach, nayzamni uloqtirgan edim. Uning kindigi ostiga tegib, ikki oyoqlari o'rtasidan teshib chiqdi. So'ngra u menga tashlanmoqchi bo'ldi. Lekin holdan toyib, yiqilib joni uzildi. Uning oldiga borib, nayzani sug'urib oldim. So'ng jang maydonini tark etib, askarlarning qarorgohida o'tirib kutdim. Sababi men jang qilish uchun kelmagan edim. Ozod bo'lish uchun Hamzani qatl qilishim kerak edi, buni bajardim. Jang tamom bo'lgandan keyin bilasizlar, birodarlar, musulmonlar na g'alabasi mag'lubiyatga aylandi. Musulmonlar toqqa chekinishiga majbur bo'ldi. Jang maydonida shahid bo'lib yotgan musulmonlarni jussasini ustida qurish mushuklari beadabchiliklar qilishdi.

Musulmonlarnni tanalarini musla qilishdi. Qulog'ini kesdi, burnini kesdi, qornini yordi, betini kesdi. Hind bint Utba vahshiyga Hamzaning jigarini olib kelishlikni buyurdi. U itoat qildi, olib keldi. Jigarni Hind o'ng qo'li bilan oldi, taqinchoqlarni chap qo'li bilan berdi. Musulmonlar yetgan ulkan musibat.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mushriklar mana shu bema'nigarchiliklarni jam maydonda qilib ketganlaridan keyin tushdilar va shahid bo'lgan musla qilingan sahobalarni ko'rib, qattiq ozor chekdilar. Hamza roziyallohu anhuni muslaq qilinganini ko'rib, Rasululloh hech umrida yig'lamagandek yig'ladilar. Avvalar bunaqa yig'lamagandi. Chunki eng xunuk musla ham Hamza roziyallohni huni ustida qilingan edi. La musoba min bitlikka abadam. Hech qachon sizdek musibat bilan musibatlanmayman dedilar. Ya'ni bundan keyin bundan ortiq musibat bo'lmasa kerak menga dedilar. Albatta bu so'zlar payg'ambarimizni amakisiga bo'lgan muhabbatidan, vafosidan aytilgan edi.

Shu o'rinda payg'ambarimni alamni og'irligidan, g'azabdan, agar Alloh meni kurash ustida g'olib qilsa, yetmish tasini men ham musla qilaman dedilar. Ammo keyin buni bajarmadilar, avf qildilar. Uhud kunida musulmonlarni orasida faqatgina Hanzala roziyallohu anhuni jussasi musla qilinmagan edi. Chunki uni akasi Abu Omir, Abu Sof'yonga yaqin bo'lgan kishilardan edi. Abu Omirdan uyalishganidan, Hanzala roziyallaohu anhuni jasadini musla qilishmadi. Lekin muslani eng og'iri Hamza roziyallohuhu anhuni ustida bo'ldi.

Payg'ambarimiz Hamza roziyallaohuni juda qattiq yaxshi ko'rardilar. Chunki bir tomondan amakisi, ikkinchi tomondan emigdosh akasi yana billa billa katta olishgan edi. Hamza roziyallohu anhu bilan vidolashgani payg'ambarimiz bir so'z topadi, lekin qilgan ishi vidolashuv so'zidan ko'ra yaxshiroq bo'ldi. Shahidlarni uxut maydoniga ko'mishlikni payg'ambarim aytdilar. Shunday qilib, janoza o'qiladigan joyga Hamza roziyallohni hun jasadi qo'yildi. Rasululloh janoza o'qiydilar. So'ng ikkinchi shahidning jussasi qo'yildi. Hamza roziyallaohu anhu turibdi. Jussasi. Rasululloh jarayzi o'qiydilar, boyagi ikkinchi olib kelingan shahid olib borildi, uchinchi shahid olib kelindi, hamza roziyalloh ham turibdi. Yetmishta sahobasiga janoza o'qirkan, hamza roziallohu anhuni yuz tasi turibdi. Shu kunda payg'ambarimiz hamza roziyallaohu anhuga yetmish marta janoza o'qiadilar.

Hamza roziyallahuhu bir qabrga abdulloh ibn jahsh roziyallohu anhu bilan birga ko'mildilar. Uhuddan qaytib payg'ambar biz madinaga qaytar ekanlar, nabiyev sollallohu alayhi vasallam o'zlarini shahidlar uchun yig'ilayotgan banu abdulashxal ayollarni oldida o'tib qoldilar. Ya'ni o'tib ketgan shahidlar uchu yig'lashyapti. Ularni ko'rib, o'zini hamza roziyallohu anhuga bo'lgan muhabbatidan, mehridan aytdiki, lekin hamza uchun yig'dlovchi yo'q, ya'ni hech kimisi yo'q.

Payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallam hamza roziyullohu anhuni qabrini ustida turib, shunday dedilar. Rahmatullohi alayk. Fa innaka kun takama alim tuvasulali rohim, faulali hayron. Sizga Allohning rahmati bo'lsin. Siz men bilganimdek edingiz. Silay rahmini bog'lovchi, xayriyatlarni qiluvchi. Musulmon odam hech kimni Alloh uchun poklamaydi. Va bu odam zo'r edi, bu manaqa edi, bu tochniy jannatga kiradi, bu unaqa bo'lmaydi. Alloh biladi uni qanaqaligini. Endi bizni bilganimiz mana shunday yaxshi ishlari bor edi deydi, lekin poklamaydi hech kimni, Alloh Taoloning huzurida. Chunki siz bilmagan ishlari bor uni. Alloh sizdan ko'ra yaxshiroq biladi uni kimligini.

Mana endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Vahshiy ibn Xalqqa qilgan muomalasi. Vahshiy, o'zi hikoya qiladi. Makkaga qaytganimdan so'ng ozod qilindim. Rasululloh Makkani fath qilib kirganlarida men Makkadan chiqib ketdim. Rasululloh Makka fathida unga kirmagunlaricha men Makkada yashadim. So'ng Toifga qarab qochdim, Makkani fath qilganida. Qachonki Toif ahli Rasulullohga iymon keltirishlik uchun bir guruh elchilarni yubormoqchi bo'lganida, menga hamma yo'llar berkeldi. Men o'zimcha Shomga yoki Yamanga qarab qochib ketaman dedim.

Ollohga qarasam men shuni harakatida turganimda, bir kishi keling menga dedi, bechora, albatta Rasululloh o'z diniga kelgan biron kishini qatl qilmaydilar, dedi. So'ngra men Rasululloh huzuriga bordim da, menga ko'zi tushishi bilan ashxadvalloh iloh ilohi illalloh va ashxadvannaka rasululloh deb guvohlik berib musulmon bo'ldim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam avahshiyun an ta? Sen Vahshimisan? Dedilar. Men ha dedim. O'z oti aytdilar haddifniy kayfi qotaldi hamzatan. Hamza roziyallohu anhun. Hamzani qanday o'ldirganing menga aytib ber dedilar. Men bo'lgan voqeani so'zlab berdim.

Qissasini aytib berganidan keyin, Rasululloh aytdilar voy haq, g'ayib an nivaj haq. Ey bechora, senga voy bo'lsin. Yuzingni mendan yashirgin dedi. Shu kundan boshlab Vahshiy ibn Harb musulmon bo'ldi. Gunohlari hammasi avf qilindi shu bilan. Ammo Rasulullohni qalbiga yetgan ozorni qattiqligidan ko'zimga ko'rinmadi dedilar.

Sahobalar Rasulullohni suhbatida o'tirishlikka, u zotga yaqin bo'lishligiga qanaqa intilishsa, Vahshiy ibn Harb o'zini olib qochib yuradigan bo'ldi. Yana qaytarib aytamiz, islom avf qiladi hamma narsani, kalima keltirishlik bilan gunohlar yuviladi. Ammo Rasulullohni xalbi yetgan ozor shunday deyishlikka sabab bo'ldi. Vaqtdagi musulmonlar vahshiy aytadi, musulmonlar yamamo sohibi bo'lgan Musaylama Kazzobga qarshi jangga chiqqanlarda men ham chiqdim. Hamzani o'ldirgan ana shu nayzamni olib chiqdim. Jang boshlangach, ko'zim qo'lida qilichini tutib tik turgan Musaylamaga tushdi. Nayzamni unga uloqtirdim, bas nayzam unga tegib yiqildi.

Mana shu nayzam bilan insonlarning eng yaxshisini qatl qilgan bo'lsamda, xuddi shu nayzam bil an insonlarni eng yomonini ham o'ldirganim tufayli, Alloh meni mag'firat qiladi deb umid qilaman dedi. Imomu Hokim, o'zining Mustadrokada, Jobi roziyallohu anhudan, Imomu Tabaroniy kabirda Ali roziyallohun hudan aytgan xatasi shunday dedilar. Sayyidush shuhaday indallohi yomon qiyamati Hamza tu'mna Abdulmuttoleyp. Qiyomat kunida Allohning huzurida shahidlarning sayyidi Asadulloh, Asad Rasulillah Hamza ibn Abdulmuttoley roziyallohu anhud. Alloh Taolo o'zini bu solih bandalaridan rozi bo'lsin.

U zotlarni suhbatida o'tirishlik, Firdavsul avlodi Rasulullohni suhbatida otishlik bizga hammamizga ham nasib qilsin. Garchi ular qilayotgan amalda qila olmasak ham, ularchalik bir amallarga qodir bo'lmayotgan bo'lsak ham, Allohga, Rasuliga va mana shu sahobalarga bo'lgan muhabbatimiz hurmatidan ular bilan Firdavsullani avlodida jamlashligini so'raymiz.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)