Maviza
—Qoralama1 soat 39 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
99:01
O'zgarishlar tarixi

O'zi zikrlarda hozir foydalanini aytib beraman. Ayrim zikrlarda xos foydalarni yozib keldim. Ungacha bilib olinglar nima uchun zikr aytish kerakligini. Mana endi ayrim zikrlarning fazilatini aytib berman. Nimaga aytmayapman shu zikrni men deysiz? Bo'ldi, ertadan shu zikrlarni aytaman degan xulosa bilan chiqib ketish kerak. Assalomu alaykum, aziz birodarlarim. Videoni keng tarqalishi uchun layk bosishni unutmang. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sababchi bo'lgan qilgan bilan barobardir deganlar. Inshaalloh bu sabab siz ham ajru savoblarga ega bo'lasiz. Vassalomu alaykum va rahmat. Insonni yaratgan, uni tabiatini bilgan, Alloh Taolo aytyaptiki, sizlarni qalbinglar faqatgina Allohni zikri bilan orom oladi.

Demak, kim insonni qalbi orom olgandan keyin, sekinat taskin topgandan keyin u saodatli bo'ladi, baxtli bo'ladi. Hamma inson saodat istaydi. Baxt istaydi, osoyishtalik istaydi, sekinat istaydi. Va mana shu maqsadga yetishlikda kimdir boylikni maqsad qilib qo'yadi. Boylikka aytsam baxtli bo'laman deydi. Kimdir mansabga aytsam deydi. Xullas, har kim o'zicha bir andozalarni, miqyoslarni, o'lchovlarni qo'yib olgan oldiga. Lekin siz bilan bizni yaratgan parvardigorimiz Subhanah va Taolo aytyapti, ogoh bo'linglar, ko'zinglarni ochinglar. Inson faqatgina qalbi Allohni zikr qilgandagina orom oladi. Bugun zikr haqida suhbat qilamiz.

Alloh Taoloni zikr qilishdan ko'ra qalbni ochadigan boshqa amal yo'q. Alloh Taoloning zikr qilishinglardan ko'ra savobi ulug'roq bo'lgan amal yo'q, demak, insonni qalbini ochilishligi, yuksalishligi Allohning zikriga bog'liq bo'ladi. Alloh Taolo Qur'oni marhamat qiladi. Fadhikuruning azikorukun. Ey bandalar, meni eslanglar, meni zikr qilinglar, men sizlarni eslayman. Bilasizlarmi? Yer yuzida bir jannat bor. Allohni zikri degan jannat. Allohni zikkari bu yerdagi jannat. Kim mana shu yerda yashab turib, shu jannatga kirmagan bo'lsa, oxiratdagi jannatga kirmiydi. Ilm majlisi, Qur'on tilovati, Allohni zikri bo'lgan halqalar. Mana shu zikrda o'tirgan odam jannatga kirgan hisoblanadi, yer yuzidagi. Endi yer yuzidagi jannatga kirdimi? Inshaalloh oxiratdagi jinni ham kiradi.

Allohni zikri, birodarlar, qalbni to'yilishdan, mashaqqatlardan, istoroblardan qutqarish degani. Allohni zikr qil, birodar. Zikring uni orqasidan keladigan foydalar uchun bo'lib qolmasin. Juda ham nozik nuqta shu. Boshida aytib qo'yay. Allohni zikr qursang, Allohga yaqin bo'lasan. Maqsad shu bo'lsin. Allohni ziki qilsang, Alloh seni yaxshi ko'radi. Allohni zika qilsang, Uni muhabbatiga erishasan. Mana shu maqsadda zikr qil, undan keyin keladigan narsalar Allohni hadyasi deb qarab. Ha, mana hozir zikrda menimcha aytsam, manaqa bo'lar ekan, modvoda menimcha o'qisam, manaqa bor ekan, degan niyatda aytib qo'ysang, unda adashasan.

Allohni roziligi uchun, Allohni muhabbati uchun, Allohga yaqin bo'lish uchun degan niyatni zikr ayt, shu zikring to'g'ri bo'ladi, shundan keyin u zikrda foydalarni ko'rasan. Kim Alloh uchun qirq kun taqvo qilsa, uni tilidan hikmat chashmalari otilib chiqadi degan hikmatni eshitdi bir odam. Qirq kun Alloh uchun taqvo qildi, nazarida. Lekin qirq kun o'tgandan keyin tilidan hikmat chashmalari otilib chiqmadi.

Otilib chiqmading ku dedi, sendan otilib chiqmaydi deyildi. Chunki u taqvoni Allohni rozi qilishiga uchun emas, shu hikmat chashmasiga ega bo'lishiga uchun qilgan edi. Tushunarlimi, birodarlar? O'zi zikrlarda hozir foydalanib aytib beraman. Ayrim zikrlarda xos foydalarni yozib keldim. Ungacha bilib olinglar nima uchun zikr aytish kerakligini. Xulosa, zikrni Allohni rozi qilish uchun aytamiz, undan keyin nima bo'lsa, Alloh Taoloning fazli.

Zikrning asosiy maqsading shu bo'lsin. Shundan keyin zikrni orqasidan keladigan foydalar, endi u yog'i Alloh Taoloni marhamat deb qabul qilasan. Allohni zikr qilish. Bu yaxshiliklarga, yutuqlarga erishishning eng oson va eng yaqin yo'li. Zikrni nima foydalari, qanday ulkan foydalari borligini bilmoqchi bo'lsang, kitobu sunnatga nazar sol, shuni o'zi kifoya qiladi. Sen birodar har kuni zikr malhamini olib, sinab ko'rib, shifoga erishgin. Allohni zikr qilish bilan qo'rquv, xavotir, g'am qayg'u bulutlari tarqaydi. Allohni zikri bilan mashaqqat, kulfat, afsus tog'lari surilib ketadi. Zokirlarning qalblari osoyishda, osuda va xotirjam. Bundan ajablanma.

Allohni ko'p zikr qiladiganlarning hayoti osuda ekanligidan ajablanma. Buni o'rniga sen Allohni zikr qilmay yurgan g'ofillar qanaqa qilib yashayapti keyin deb hayron bo'l. Bir kunda bir marta Alloh demaydiganlar bor. Ye ekanda bismillah demaydi, o'tirganda bismillah demmaydi, Allohni eslamaydi. Allohni zikridan g'ofil bo'lgan insonlar qanaqa qilib hayot kechiryapti ekan? Shundan hayron bo'l birodar.

Alloh taolo aytadi, ammuaton g'oy rohiya, voma yashuruvni ayyani yubathun. Ular jonsiz o'lik. Ya'ni nafas olyapti, yuribdi, lekin o'lik. Va qachon qayta tirilishlarini ham sezmaslar. Shuning uchun birodar, qiynalgan bo'lsang hayotda, charchagan bo'lsang, mashaqqatlardan shikoyat qilib yig'layotgan bo'lsang, Uni ismini zikr qil. Uni muqaddas ismi bilan duo qil, iltijo qil. Hal ta'ala mulohu samiya. Unga teng biror zotni bilurmisiz?

Birodar, seni qalbingni xotirjamligi Allohni zikr qilib ishlashingga bog'liq bo'ladi. Qancha ko'p zikr qilasan, qancha ixlos bilan, qancha bir e'tiqod bilan zikr qilsan, qalbing shuncha xotirjam bo'ladi. Bu meni gapim emas. Bu Alloh Subhanah va Taoloning so'zi. Ogoh bo'linglar, qalblar faqat Allohni zikri bilan orom oladi.

Hammamiz xohlaymiz bir narsani bilishni. Nima u deng? Allohni huzurida meni qadrim qanaqa ekan? Xohlaymizda. Alloh meni qadrlarimikin? Allohni huzurida meni qadrim qanaqa ekan? Bilishni xohlaysan, birodar. Ha, albatta xohlaysan. Buni yo'li bor. O'zingga qarab ko'r. Sen uchun Allohni zikri qaysi o'rinda?

Allohni zikr qilishligini qadri senga qanchalar baland? Shunga qarab seni ham qadring belgilanadi Allohni huzuridan. Zikr siz uchun qanchalar qadrli? Shunga qarang da, buyog'ini bilib olavering. Endi tushunyapsanmi, birodar? Nima uchun qalbingda doim siqilish, tashvish, qo'rquv bor? Endi tushunayapsizlarmi nimaga odamlar shunaqa bir siqilib bo'g'ilib yashaydi? Nima sababdan mana shu narsalar qalblarimizni egallagan? Endi anglayapsizlarmi?

Agar bizni ham qalbimiz mana shunaqa siqilishda, iztirobda bo'g'ilishda bo'lsa, demak, buni sababi nima ekan? Allohni zikridan uzoq ekanmiz. Shu shu muammolarga kirib qolamiz. Endi qutulishni yo'li Allohni zikriga qaytaylik. Voy birodarlar, zikr shunaqa zo'r ibodatki, uni vaqti yo'q. Albatta tahorat bo'lishi shart emas, masjidga borish shart emas. Yurib ketayotib aytsangiz bo'ladi, o'tirib aytsangiz boradi, yonboshlab yuborib aytsangiz boraveradi, aytsangiz bo'madi. Shunaqa yengilki, shuni ham aytmaymiz da. Nimaga aytmaymiz? Tillarimizga og'ir.

Kishi Allohni zikrini tiliga kelishligi og'ir bo'layotganligi uning qalbidagi nifoq sababidan deyiladi. Tilingizga zikr kelishi qiyin bo'lyaptimi? Majbur majbur qilib bo'g'ib qilib aytyapsizmi? Zikr qilishlik oson emasmi, qiyin bo'layaptimi? Qalbingizdagi nifoqni belgisi bor deydi ulamolar. Allohni zikri degani Allohga suyanish degani. Unga suyanish deani ishonish degani, tavakkal qilish, qaytish degani. Allohni zikri degani Alloh haqida yaxshi gumon qilish degani, undan yengillikni kutish degani.

Agar duo qilsang Alloh senga yaqin. Nido qilsang eshitadi. So'rasang, ato qiladi. Shuning uchun Allohga zorlan. Duo qil, undan qo'rqin. Sanoat, hamd ayt, duo qil, istig'for ayt, uni pokiza ismini doim tinimsiz takrorla. Inshaalloh uni madadi bilan saodatni topasan, omonlikni, xursandchilikni, nurni, osonchilikni inshaalloh qo'lga kiritasan.

Ogoh bo'linglar, qalblar faqat allohni zikri bilangina orom oladi. Bo'ldi, ertadan shu zikrlarni aytaman degan xulosa bilan chiqib ketish kerak. Tepada o'n sakkizta mavzu o'tdikmi? U bir tomon bo'lsa, bu o'zi bitta bitta alohida tomon. Tushunyapsizlarmi? O'n sakkizta darsimiz bitta pallada, mana shu zikr bitta pallada.

O'sha o'n sakkizinchi da o'tgan narsamizni doimo hayotimizda turishi, o'shanga amal qilishligimiz zikrga bog'liq. Istadvalo, fa atahumullohu sabab bad dunya va husna sabab bil axiru va allohu yo haybul muhsino'in. Bas, mana shunday zokirlarga Alloh dunyoda ham savob, g'alaba, moli davlatni berdi va oxiratda ham go'zal ajrni, jannatni ato qiladi. Kimga? Zokirlarga. Allohni ko'p zikr qiluvchi bandalariga.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mana Abu Dardor roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisga qaraymiz. Rasululloh aytadilar, sizlarga amallaringizni eng yaxshisini o'rgataymi? Podashohlaringiz huzuridagi eng pokizani o'rgataymi? Darajangizni ko'taruvchi oltin kumushni sarflashingizdan ko'ra yaxshiroq, dushmanga ro'baro' bo'lib, sizlar uni bo'yniga qilich urishinglar va ular ham sizlarni bo'yningizga qilich urishidan ko'ra yaxshiroq bo'lgan amalni xabarini beraymi?

Ha deyishdi sahobalar. Rikrulloh dedilar, rasululloh. Allohni zikri. Allohni ziki. Alloh Taolo Qur'onida aytadi, valadikrullohi akbar. Allohni zikr qilishning eng ulug' amal. Allohni ziki qilish eng ulug' amali. O'lik inson, o'lik uy.

O'lik insoni. Nafas olib turib harakatlanayotgan bo'lsa ham o'lik. Qalbingda qo'rquv, xavotir, vahima, siqilish bormi? Bu nima sababdan shular bor? Bilasanmi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mafalulloh deyadquru rabbahu va la deyla yodquru rabbahuhu. Kamat alil hayyi val mayyi tiy. Buxoriyda. Robbisini zikr qiladigan odam bilan, robbisini zikir qilmaydigan odamning misoli tirik bilan o'lik odamni misoliga o'xshaydi. Nafas olib yurgan bo'lsa yu allohni zikr qilmaydigan bo'lsa, bu odam o'lik deyapti payg'ambarimiz. Endi bu o'lik qabta qayerdan xursandchilik bo'lsin? Bunaqa o'lik xalqda qadim bir ostochdalik, sakinad bo'lsin. Bunaqa o'lik qalbda saodat qayerdan bo'lsin? O'lib bo'lgan u bu xalq.

O'lik uy. Uy ham o'lik ko'radi. Garchi ichida odamlar yashayotgan bo'lsa ham. Imom Muslim keltirgan hadisda Payg'ambarimiz aytadilar, masalul baytilla diy yuzkorulloh vihi, va al baytilla diyla yuzkorulloh vihi, masalul hayyi val mayyi yeting. Ichida Alloh zikr qilinadigan uyning misoli va ichida Alloh ziki qilinmaydigan uyning misoli tirik bilan o'likning misoliga o'xshaydi.

Qarang, tirik uy bor ekan, o'lik uy bor ekan. Tirik odam bor ekan, o'tik odam bor e kan. Allohni zikr qilgan odam tirik, Alloh zikr qilingan uy tirik. Endi Allohni zikr xilmagan odam o'lik, Alloh zikri qilinmagan uy ham o'lik, o'lik deyishdagi o'liklar. Uyingda birodar baraka yo'qmi?

Osoyishtalik, sekinat yo'qmi? Qarab ko'r chi, uyingda allohni zikri bormikin? Yo'q. Ko'pchilik uylarda Allohni zikiri yo'q. Unda nima bor uyingizda? Sanaymiz. Konsertlar, futbollar, masxarabozlarni tomoshalari, seriallar, oldi qoshdi, shoular. Agar seni birodar uyingda faqat shular bo'layotgan bo'lsa, sen qaysi saodatni uyingdan istayapsan, birodar? Bunaqa Allohni zikri bo'lmaydigan uyda qanaqa salinat bo'lishi mumkin?

Axir bu uyga shaytonlar to'lib bo'lgan u. O'lik, uni ichidagi o'lik odamlar. Bir odam Alloh Taolodan duo qilib, bir hojatlarni so'raydi. Yana boshqa bir banda Allohni shunaqa ko'p zikr qiladiki, doim tili zikrda, doim tilizikrda, zikr shunaqa band qilib qo'yganki, nimani so'rashligi esdan chiqib qoldi.

G'ami, kamchiligi esdan chiqib quoldi. Endi buni holati nima bo'ladi? Rasululloh aytadilar, kimni meni zikr qilish o'zining hojatini so'rashdan to'sib qo'ygan bo'lsa, zikrni ko'p aytganligi bilan ovora bo'lib, ko'p zikr aytib, hojatini so'raish esdan chiqib qolsa, bas men unga so'rovchilar so'raydigan narsalardan ko'ra afzalroq narsani ato qilaman. Siz zikrni qilavering da. Indamay qo'yavering nima kerakligini. Chunki robbiz o'zi biladi sizga nima kerakligini.

So'rash ibodat. Zikr ham ibodat. Lekin zikrni qarang da. Ham zikr bo'lyapti, ham so'rash bo'lyapti bir vaqtni o'zida. Shuning uchun aytildi da, vala zikrullohi akbar. Allohni zikri eng buyuk amal. Alloh Taolo aytadi: Men bandamning Men haqidagi gumonidaman. Agar u bandam Meni zikr qilsa, Men u bilan birgaman. Agar u meni o'zining nafsida zikr qils a, men ham uni o'z nafsimda zikr qilaman. Alloh sizni zikr qilishi nima, bilasizmi siz? Aqlingiz bog'var qiladigan narsa emas, sizni aqlingiz yetmaydi. O'ylang, bir mahallangizda bir odam bor edi yoki bir katta o'rtoqingiz bor edi. Bila yashadingiz, bir kun kelib prezident bo'ldi. Mamlakatingizni prezidenti bo'ldi. Keyin rasa mansabda cho'qqisida turgan payti bir intervyusida sizni esladi.

Men maktabda o'qigan paytimda falonchi o'rtog'im bo'lardi. Shu mana fandan menga yordam berardi desa, bilasizmi qanday baxtli his qilasiz o'zingizni? Chunki sizni kim zikr qildi? Kim esladi sizni? Prezident. Endi Alloh sizni zikr qilsa, bilasizlarmi nima bu siz uchun? Bu sakinap. Osudalik, barakot, saodat. Agar banda meni o'zini nafsida zikr qilsa, men o'zimni nafsimda zikr qilaman. Agar meni o'sha bandam bir majlisda maloda, bir jamoatni ichida zikr qilsa, men u bandamni ularning majlisidan ko'ra yaxshiroq bo'lgan majlisda zikr qilarman. Maloyil a'lo, malolikalarni majlisida zikr qilaraman deyapti Alloh Taolo.

Alloh sizni zikr qilsin birodar, bilasizmi sizga nima bor? Rahmat. Qo'llashi inoyati panohi degani. Banda Allohni zikr qilsa, Alloh shu banda bilan birga bo'ladi. Alloh siz bilan birga bo'lishini xohlasangiz, Allohni zikr qiling. Qo'llab quvvatlaydi. Yana nima kerak sizga boshqa? A? Nima kerak yana sizga boshqa?

Allohga sen banda zikrni ko'p aytib, unga yaqin bo'lganing sari, Alloh ham senga yaqin bo'lib boraveradi. Payg'ambarimiz aytadilar, saboqal mufarridun. Mufarridlar o'zib ketdi hammadan. Aytishdiki, yo Rasululloh, mufarridlar kim? Rasululloh aytdilar, zakirun alloha kathiro va zakirot, imom muslimdan. Allohni ko'p eslaydigan erkaklar, Allohni ko'p eslaydigan ayollar. Mana shular o'zib ketishdi. Hamma narsada o'zib ketibdi.

Mana endi zikrda qanchalar muhim narsa ekanligi va qanchalar oson, qulay narsa ekanligini, maqsadimizga yetkazadigan eng oson va qulay yo'l ekanligini tushundik. Mana endi ayrim zikrlarning fazilatini aytib beraman. Nimaga aytmayapman shu zikrni men deysiz? Abu muammo bahli roziyallohu anhuning xalisi. Abu dovudan keltiriladi. Kunlari birida Abu Muammo Bahli roziyallohu anhu masjidda namozdan bir tashqari vaqtda ko'p o'tiradigan bo'lib qoladi. Rasululloh buni kuzatib turib, ey Abu Muammo, nimaga bu ko'p o'tibsiz? Namozdan tashqari vaxtlarda, deganida hali sahoba boshini egib o'tiribdi da. Yo Rasululloh, g'amlarim ko'p, qarzlarim ko'p. Deydi.

Kimni g'ami yo'q? Kimni g'amiyo'q? Boyni ham, kambag'alni ham g'ami bor. Kambag'al qarzni to'lolmay g'amda bo'lsa, boy haqini undira olmay g'amda. To'g'rimi? Rasululloh aytdilar, men sizga shunday bir kalimalarni o'rgataymi? Agar ularda aytsangiz, Alloh g'amlaringizni ko'taradi, qarzlaringizni uzadi.

Endi qanday? Shu gapni gapirib qo'ysanglar, g'am hal bo'lib, qarz uzilib qoladimi? O'shaning uchun biz odamlarga bu zikrlarda foydasi yo'q da. Ularning iymoni zaif, ularning iymonisi sust. Undan ko'ra ming dollar berganingiz yaxshi uni qo'liga. Naqdini olishni xohlaydi. Mana shu yerda mo'minni, mo'min emas odamdan farq ajraydi da. O'rgating yo rasululloh dedi.

Rasululloh aytdilar, shunday deng. Allohimma inniy auzu bika minal hammiy val hasan va auzu bika minali ajziy val kasal va auzu bika menal jubniy val buxl va auzu bika ming g'olabati dayniy va qohiriy rejal. Haligi sahoba eshitdi, yodladi va aytib yurdi. Hech qancha vaqt o'tmadi, Alloh g'amlarimni ham ko'tardi, qarzlarimni ham uzdi deydi. Endi aytamiz, chunki g'am hal bo'lar ekan, qarz uzurar ekan. Lekin boshida aytdik darsimizda. Bu zikrlarda aytishdan maqsad Allohni roziligi, Allohni muhabbati Allohni uyiga yaqin bo'lishlik bo'lsin, u bu masalalar keng berib yuboradigan narsalar.

Bir qori ukam shunaqa muammoga kirib qolganimdan beri ham xuddi shu nasihatni qilgan edim. Bir oy o'tmadi domla, hamma yoq hal bo'ldi deb keldi. Chunki biz o'zimiz ham ko'rganmiz da, bu zikrda aytib turib, hayotimizda ta'sirini, hayotimizda samarasini ko'rganmimiz. O'shaning uchun ishonib aytgan edik. Ishonib olib, ishonib aytgandan keyin Alloh hal qilibdi. Bir oyda problemalari hal bo'ldi domla deyapti.

Birodarlar, uyga kirib olib yig'laysiz. Yig'laysz. O'sha qilgan duolaringizni, zikrlaringizni foydasini ko'rganingizda, kirib shukronasiga yig'lays siz. I lekin zikrni umuman qo'ymay qo'yasiz. Zikrni umuman tilingizdan qo'ymay qo'yasiz. Biz mana shu hadisni voqeligini hayotimizni o'zimiz ham ko'rdik, shogirdlarimizni ham ko'rdik. Sizlarni ham inshaalloh ko'ramiz. Faqat ixlos bilan aytilsin, doimiy bo'lsin.

Yuzta ja bul yahadiku ma'lamiyas taajjilalar rasululloh. Shoshilmasanglarlar duoyilar ijobat bo'ladi. Qanday qilib shoshilamiz yo rasululloh? Rasululloh aytdilar, sizlardan bittanglar allohga duo qiladi, duo qiladi, keyin aytadi, duo qildim, duo qildim. Alloh ijobat qilmadi deydi. Mana shu odam shashiltirdi, endi buni duosi ijobat bo'lmaydi.

Istig'forning ayrim foydalari. Nu hali assalom o'zini qavmini to'qqiz yuz ellik yil da'vat qildi. Va ularga robbilarga istig'for aytishlikni buyuridi. Avvalambor gunohlarga mag'firat. Men dedimki, parvardigoringizdan mag'firat so'ranglar, albatta u o'ta mag'firatli bo'lgan zotdir. Ikkinchisi, yomg'ir yog'ishiga sabab. Yursinglar sama alaykum medroro, u zot ustinglarga osmondan yomg'ir yoqtiradi. Rizqmi, barakami? Uchinchi foydasi, moli dunyo farzandlar bilan quvvatlaydi. Va yumdidkum biya mualim va banin. Va sizlarga mol u dunyo bola chaqa bilan madad beradi. To'rtinchi foydasi, bog' u bo'stonlarga sabab bo'ladi. Voyaj allakum jannatin. U alloh sizlarga bog' u bo'slonlarni beradi. Beshinchi foydasi, daryolarda suvni serob bo'lishiga sabab. Voyaj allakumi anharo. Sizlarga oqar daryolarni ato qiladi. Bitta istig'forga.

Oltinchi foydasi. Jismoniy quvvotingizga quvvat bo'ladi, istig'forni ko'paytiring. Va yazirukum quvvatan ila quvvatikum. Va kuch quvvatlaringizga yana kuch quvvat beradi. Yettinchi foydasi, istig'for chiroyli rizqni kelishiga sabab bo'ladi. Umatday akum matan hasanin ila ajali musamma. U Alloh sizlarni ma'lum muddatgacha chiroyli rizq bilan bahramand qilur. Sakkizinchi foydasi, har bir fazl egasining fazliga erishishiga sabab bo'ladi. Va yutu tikullo di fotlin fotlahu va har bir yaxshilik sohibiga yaxshilik mukofotini beraver.

To'qqizinchisi, balolarda daf bo'lishiga sabab bo'ladimi istig'for. Va maka'n allohu muaddibahum va hundas ta'firun. Modomiki ular istig'for aytib turarkan, Alloh ularni hargiz azoblamaydi. Sanab chiqamiz, kelinglar. Istiqfodni birinchi foydasi, gunohlarga mag'firat, yomg'ir yog'ilishiga sabab, mol dunyo bola chaqa, bog' u bo'ston, daryolar, quvvat, chiroyli rizq, har bitta fazil egasi fazilni oladi, balolarni daf bo'lishi.

Bitta istiqfor uchun. Yana nima kerak sizga? Yana nima kerik? Nimada yuribmiz biz ko'chada? Bola, chaqa, tirikchilik, hammasi istiqborda ichida turibdi. Quvvatda yurmayapmiz ko'chada. Quvvat ichida ekan. Daryo, yomg'ir, bog'roq. Nimani evaziga berilyapti? Voy men nima qilib yuribman istiqbol aytmasdan degan xayol keldimi kallanglarga? Astag'firullohu aladin va atubelay. Astag'firullohni otu bilay. Astag'firulloh. Qaysinisi tilingizga qulay? Ketguncha aytib keting shuni mashinada, uyizga. Ishga ketguncha aitib keling. O'tirib ayting, turib ayting, ishga ketayotib ayting, yurib ketayotib, kiyinayotib ayting. Zikr ayting birodar. Bilasizmi zikr nimaga o'xshaydi? Tuyakdagi gul qurishni boshlaganda suv quyasiz, u gul yashnaydi. Ana shu gul siz bilan bizni qalbimiz. Ana shu quyilayotgan suv allohni zikri. Shuning uchun aytdik, Allohni zikr qilayotgan odamni qalbi xotirjam, osoyishta bo'lganiga hayron bo'lma. Allohni zikr qilmayotganlar qanaqa yashayotganiga hayron bo'l.

Salovatning foydalari. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishning foydalari, rizqni keng bo'lishi, hojatlarni ravo bo'lishida, Rasulullohga salovat aylashlikning fazilati. Odamlarni ko'pi mana shu haqiqatdan bexabar. Salovat aytsa, hamma muammolar hal bo'lishligidan bexabarligi uchun solovatga beparvo.

Qaytarib aytaman. Payg'ambarimizga solovat aytishlik, hamma muammolarni hal bo'lishligini sababi, insonlarda aqli yetmaydigan, insonlarda qo'lidan kelmaydigan masalalarni hal bo'lishing ham solovatga bog'liq. Ishonasizmi, birodar? Ishoning. Qanday endi men Allohimga soli ala sayyidina Muhammad deb yursam, problema seniki hal bo'lmaydi.

Seniki hal bo'lolmaydi million marta aytsang ham, chunki iymon yo'q. Endi u problema hal bo'lish uchun aytyapsan ku, o'shaning uchun ham hal bo'lolmaydisaniki. Avvalambor, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishlik, Allohnin buyrug'i. Sizlar deb bilar? Innallohu va malayka taxu yusalluna ala nabiy, ya ayyuha alladina a'manu sollu alayhi va salimuh. Taslima. Albatta alloh ham salovat aytadi payg'ambarga. Malakalar ham aytadi salovat payg'ambariga. Va ey mo'minlar, sizlar ham payg'ambargan salovat aytinglar.

Qarang, alloh taolo o'zi aytyapti salovatni. Tushunyapsizlarmi qanaqa ulug' ibodat bu? Ubaybni ka'bni hadisiga murojaat qilamiz. Ubaybni kap, mushtohid sahobalardan bo'lgan. Eng peshvo ilmdagi sahobalardan bo'lgan. O'zini qiladigan duolari bo'ladi, kunda. Yo Rasululloh, shu duolarimni ichidan qanchasini sizga solovat qilay dedi. Duo qiladi, qanchasi sizga solovat bo'lsin dedi. Rasululloh aytdilar, qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Yarmini qilaymi, uchdan birini qilaymi, Payg'ambarimiz qancha ko'p bo'lsa, shuncha o'zingga yaxshi, dedilar.

Shunda Ubaybni Ka'bi aytdiki, unday bo'ladigan bo'lsa, hamma duoyimni sizga salovat qilib olaman dedi. Faqat salovat aytaman dedi. Mukofotni qarang. Rasul aytdilar, idan, tukfa hammaka va yo'qofaridan bu ka. Unday bo'lsa, bu ishingiz g'amlaringizga kifoya qiladi. Gunohlaringizni mag'firat bo'lishiga sabab bo'ladi dedilar.

Salovatni qancha ko'p aytsang, muammoing qolmaydi deyapti. Imom Bayhaqiy Shu'abul imonda Anasim nimaligidan keltirilgan hadisda aytadi. Kim Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuzta salovat aytsa, Alloh Taolo mana shu bandani yuzta hojatini ravo qiladi. Yetmish tasi oxirat hojatlaridan bo'ladi, o'ttiz tasi dunyo hojatlaridan bo'ladi.

Kim Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuzta salovat aytsa, Alloh Taolo mana shu bandani yuzta hojatini ravo qiladi. Yetmish tasi oxirat hojatlaridan bo'ladi, o'ttiz tasi dunyo hojatlaridan bo'ladi. Kunda bitta hojatingiz ravo bo'lsa o'zi qanaqa xursand bo'lib ketasiz a? Ertadan chiqib kechgacha yurasiz, bitta problemangizni hal qilib kelsangiz, bugungi kunim yaxshi bo'ldi. Bitta problemamni nima qilib oldim? Robbing o'ttizta muammoyingni hal qilib beradi. Agar salovat aytsang yuz marta.

Muhammad alayhissalomga salovat aytishning samaralari. Salovatni ko'paytirgan odamga savoblari o'n barobar ko'paytiriladi. Darajasi o'n barobari ko'tariladi. O'nta gunohi uchiriladi. Qiyomatda shafoatga ega bo'ladi. Alloh taolo uning g'amlariga o'zi kifoya qiladi. Maloyikalar unga salovat aytadi. Allohning amrini bajo keltirgan bo'ladi. Duolarning ijobati bo'lishiga sabab bo'ladi. Mo'min kishi salovatni ko'paytarkan, baxilligidan omon bo'ladi. Baraka kelishiga sabab bo'lladi. Qiyomat kuni bandani qadami sobit bo'ladi. Ollohga yaqin bo'ladi. Dunyo oxiratda maqsadiga erishadi. Rahmat eshiklari ochiladi. Payg'ambarga salovat ko'paytgan kishiga, payg'ambarimizga bo'lgan muhabbati isboti topiladi. Faqirligini yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Musulmonni qalbi tirilishiga sabab bo'iladi. Rasulullohga manzillat jihatdan yaqinlashadi va yana bundan boshqa yuzdan ortiq fazilatlarga, xayriyatlarga ega bo'ladi. Kim? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat ketgan kishi.

Ana istiqborda foydasi. Ana salovatni foydasi. Yana aytilinadi, kim kalimai tavhidni la ilaha illallohu vahdahulah sharikala la hul mulku va la hul hamdu vahuhu va ala kullushayn qodirna bir kunda yuz marta aytsa, yuzta gunohi o'chiriladi, yuzta savob yoziladi, yuzta darajasi ko'tariladi va alloh uni yuzta balodan saqlaydi. Yana nima kerak bizga? A? Yana nima kerak bizga?

Afzal o'zlikri la ilaha illalloh. Zikrlarning eng afzali la ilaha illallohnoh. Rizq masalasi birodarlar doim dolzarb mavzu bo'lib kelgan. Rizq juda ko'p odamlarning asosiy birinchi o'rindagi g'amiga aylanib qolgan. Hamma zamonda, hamma makonda yashagan odamlarni bu mavzu o'ylantirgan. Albatta odamga tirikchilik kerak. Uy kerak. Kiyim kechak kerak, oziq ovqat kerak, oila kerak, mashina kerak, uy joy kerak, xullas, tirikchilik kerak. Endi mana shu rizq masalasida, tirikchilik masalasida odamlarni hammalarini tasavvurlari har xil. Modomiki shariatimiz siz bilan bizni har bitta qiladigan ishimizga, hayotimizni uchraydigan har bitta masalaga javobi komil bo'lgandan keyin, tabiiy suratda rizq haqida ham shariatimizni ko'rsatmalari aniq ravshan.

Inson bu dunyoda saodatli hayot kechirishligi uchun albatta tirikchiligi o'rnida bo'lishlik kerak. Ammo saodatni faqat mana shu puldan, pulni ko'pligidan, boy bo'lishidan deb o'ylaydigan odamlar ham bor. Bunaqa odamlar o'lchov tushunchasi, tasavvuri noto'g'ri bo'lganligi uchun hamma narsani pul hal qiladi deb o'ylashadi. Qaysi narsani pul hal ololmasa deydi, uni katta pul hal qiladi deydi. Va mana shu e'tiqodini to'g'ri deb biladi da, shu e'ti qodini yo'lida nimalarga o'zini o'rgatganligini ko'rmaysiz. Lekin haqiqatda shunaqami?

Insonni saodatli hayot kechirishi uchun eng asosiy narsa pulmi? Yo'q. Eng asosiy sabab bu uning o'lchov tushunchalarini to'g'risi bo'lishligi. Tasavvurlarini to'g'riboyishligi. Agar faqatgina pul bilan inson baxtli bo'ladi deyilsa, boy odamlarning ichida bironta baxtsiz qolmasligi kerak. Hammasi baxtli bo'lishi kerak. Lekin haqiqatdan shunaqami?

Birodarlar, baxt bu pulni ko'pligida emas. Baxt faqatgina sog'ligida emas. Baht faqatgina tinchlikda emas. Bular har har bittasi baxtni tashkil qiladigan bir unsurlar, elementlar. Baxt birodalar o'lchov tushunchani to'g'ri bo'lishligidan. Iymonda va o'lchov tasavvurni o'lchov, tushunchani tog'ri bo'lishligidan. Lekin rizqing keng bo'lsa, boy bo'lsang, sen baxtlisan degan tushunchani mahkam ushlagan odamlar mana shu pul topishlikka, rizqqa kirganda nima ishladi qilayotganini ko'rib hayron qolasiz. Qarindoshchilikni uzayotgan shular, tarojdan urayotganlar shular. Har xil bir firibgarlik qilayotgan shular. Shular, shular, shular.

Ustaga ishonib turib, uydagisi shunday topshirib qo'yadi pulni. Buxgalteriyani. Mana Xudo berdi da. To'g'rimi ustalar? Xudodan qo'rqmagan, rizq haqidagi tasavvuri to'g'ri bo'lmagan, taqvosi bo'lmagan odamga u bo'lib beradi da. Bitta nol qo'shib qo'yaveradi. Bitta vergulni bu yoqqa olib qo'yaveradi, bo'ldi, bo'lib ketadi shu bilan. Beso'mlik narsani beso'mlik, hayig'idan biladi. Va mana shu tasavvuru bilan, shu o'g'riligi bilan, xiyonati bilan yutyapman deb o'ylaydi. Vaholanki yutqazyapti bu odam. Shunday emasmi?

Alloh aziz va jalla, bu haqida nima deydi? Astadibilla? Va man yataqill la hayaj allohu maxroja. Kim Allohdan taqvo qilsa, unga maxrojni beradi. Nima u maxroj? Bir mushkulaga muammoga kirib qolsa, shu mushkuladan chiqib ketadigan eshik. Kim taqvo qilsa, har qanday muammodan chiqib ketadigon yo'lni Alloh ko'rsatadi va yarazuqu hu min hayzu la ayaxtasib. Va yarazuqu hu men hayzu la ayaqtasib. Muammodan chi qilib ketgandan keyin, uni deyapti Alloh, kutmagan joydan o'zi rizqlantirib qo'yadi. Bugungi mavzuyimiz uni o'zi kutmagan joyidan rizqlantirib qo'yadi. Birodar, rizq ista.

Tirikchiligini yaxshi qilishiga harakat qil. Chunki pul topaman, bola chaqa boqaman deb tirikchilikka ko'chaga chiqishliging o'zi bu mahmud ish, maqtalgan ish. Bola chaqani boqaman deb ko'chaga chiqingiz o'zi ibodat. Ha, rizq izla. Bu ibodat o'zi asli. Lekin ochko'z bo'lma. Uni kutmagan joyidan o'zi rizqlantirib qo'yadi. Birinchi xulosamiz shu. Ikkinchi xulosamiz, rizq izla, lekin ochko'zi bo'lma.

Rizq haqida bilishimiz kerak bo'lgan muhim narsalarning birinchisi, siz bilan biz hali dunyo yuzini ko'rmay turib, onamizni qornida yuz yigirma bir kunga to'lgan kunimizda farishta kelib, rizqimiz bilan ajalimizni yozib qo'ygan. Shunga iymoningiz komil bo'lsin birodar. Undan ko'p yemaydi ham, oz yemaydi ham. Erta ham kelmaydi, kech ham kelmaydi. Yuz yigirman bir kunda farishta kelib rizqimizni, ajalimizni yozi qo'ygan'.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, biron jon o'z rizqi va umrini to'la olmagunicha o'lmaydi. Rizqinga yozgan bo'lsa, shu narsa keladi senga. Ungacha o'lmaysan. Qirq yil qirongachilik bo'lsa, beajal bitta chivin o'lmaydi, deydi, yu, qo'rqaveradi. Endi nima bo'larkin? Un qimmatlab ketdi. Endi nima olarkin? Dollar ko'tarilib ketdi. Iymon qani? Yetmish so'mdan benzin quyapmiz, birodarlar, o'ylab ko'ringlar.

Birodalar xotirjam bo'linglar. Yuz so'm bo'lsa quvamiz. Besh yuz so'm bo'masa ham quvamiz. Chunki o'sha mashinani minishimiz rizqimizga yozilganmi? Xotirjam bo'ling, g'am qilmang birodar. O'sha besh yuz so mni alloh beradi. Ishonmaysizmi? Shunday ekan birodar, nima qilasan jazavaga tushib, bezovta bo'lib, nimaga xarist bo'lasan bu dunyoga?

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Abu Dardor roziyallohu anhudan sahihadiz. Inna rizqo la yutlu bola abda, aksaro minma yutlu bu ajalu hu. Albatta, bandaning ajali uni qidirganidan ko'ra, uni rizqi ko'proq qidiradi. Sizni ajalingiz ham qidirib yuradi. Ajalingiz quvib yuradi. Xuddi shunga o'xshaganda rizqingiz ham quvib yuradi.

Rizqingiz sizni talab qiladi, xuddi ajalingiz talab qilgandek. Ajal adashmaydi a? Yozilgan vaqtda, yozilgan joyida, yozilgan soatni oladimi, xuddi shunga o'xshagandek rizqingiz ham sizni topib keladi. Xotirjam bo'ling. Yana Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, mana bir xurmo donasini topib oldilar da, qarab turib, agar sen o'zing kelmaganingda, biz o'zimiz borardik, deydilar. Ya'ni qo'liga tushib tushdimi boyaydigan yeydigan xurmasi? O'zi kelib qoldi. Demak shuni yedimi, o'tdimi, demak shu kelardi. Agar kelmasang biz borardik deyapti. Demak siz bormasangiz ham keladigan rizqingiz kelar ekan u. Ha, bu yerda hech narsa qilmay o'tirib oldi degan gap yo'q umuman. Bu yerda iymon e'tiqodi o'rnida bo'lgan odamlar o'tiribdi. Buni ko'p sharhlash kerak emas. Qora akalaringni gapiga qarasak, olma pish, og'zimga tush deb o'tir deyveradi. Kim aytdi senga uni? Kim aytdi sega uni?

Ista kiyikni top, oshcha shovqin qilib qochib ketmasin, kamoningni cho'z, qo'yib yubor, lekin tavakkal qilding u yog'ini. Kamol qo'lingdan chiqib ketdi o'qi. Endi seni qo'lingda hech narsa yo'q. Shu yoqqina tavakkal qil deyapmiz. U to'g'ri kelyapti, men gunga tortib qo'yib turib kiygizdanmidi da odamni. Birodar, Alloh razzoq. Hamma maxluqatni rizqini beradi. Hammani rizqini o'zini zimmasiga olgan. Seni ham, meni ham rizqim Allohni zimmasida. Ana shu rizqni O'zi belgilab qo'ygan. O'sha belgilangan rizqdan ortib ham ketmaydi, kamayib ham ketmaydi. Siqilma. O'kinma. G'am qilma. Mahzun bo'lma. Chunki peshonangga nima qilingan? Yozib qo'ygan rizq.

Qarang, yer ostidagi qurt qumursqani ham rizqini kim beryapti? Alloh beryaptimi? Endi ana shu aqlsiz, ongsiz bo'lgan jonivorga rizq bergan Alloh senga rizqingni bermaydimi? Siqilma. Mehnatni qil, sababini qil, g'am qilma. Astay debillar va ma min dab ba tin fil ardi illa alallohi rizqu ha. Alloh Taolo Xuddi surasida aytyapti. O'rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohninng zimmasidadir. Voy ya'lamu mustaqor raha va mustavdaaha kun nu'm fiki tabi mubin. U Zot, ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq ravshan kitobda bordir. Qushlar ham o'zini rizqini topib yeydi. Qushlarni ham rizqini Alloh Taolo beradi. Mana shu qushlarni rizqlanishi haqida alohida hadis bor.

Umarim Xattob roziyallohu anhudan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi salam aytadilar, la annakum kun tum tavakkaluna alallohi haqqi tavakkulih, la ro'ziq tum kamat turzoqut toyir, tag'duhi ma'osin va taruhi betona. Agar sizlar, deyaptilar Rasululloh, haqiqiy tavakkal qila olganinglarda, chinakamiga rizqinglarni ishini Allohga topshira olganinglarda, Alloh sizlarni qorninglarni xuddi qushni qorni to'yg'izgandek to'yg'izar edi. Qushni rizqlantirgandek sizlarni ham rizqlantira edi. Endi qarang bu yog'ini. Qush inidan albatta och qolib chiqib ketar ekan. Kechki payt uchga kelganda albatta to'g' bo'lar ekan. Bir metr qor yog'ib qo'ysa, qushlar o'lib ketadimi? Yo'q. Odamlar uyga keladi, qo'yxonasidagi narsani cho'qiydi, tovoqxonasidagi narsa cho'qiydi. O'lib qolmaydi.

Nimasi bor xushda, aytaylarchi? Do'koni bormi? Konteyneri bormi? Yo olib qolgan uchta qop uni bormi? Nimasi bor? Sababi bor, tavakkuli bor. Qo'notini qoqib inidan chiqadi, albatta qorni to'q bo'lar ekan. Endi ana shu aqlsiz, ongsiz bo'lgan qushga rizq bergan Alloh, senga rizq bermay qo'yadimi? Ha, hozir ishing yurishmayotgandir, bir yil, yarim. Sababini qilsang ham ishing yurmayapti, qarzidan qutula olmayapsan, ishing oldiga ketmayapti, birodar, jinniga sabr qil. Ozgina sabr qil. Qushni rizqini bergan senga bermaydimi?

Osmonlarni robbisi Alloh Subhanah va Taolo qushni ham rizqini o'zi beradi. Qurt qursqani ham rizqini beradi, suvdagi balolarni ham rizqini Alloh Taolo o'zi beradi. Sen bo'lsa, siqilib, rizq topaman deb nima g'amlarni qilib yuribsan? Rizq topaman dem, nimalar bilan qalbing band? Rizq topaman deb, nimalarga o'zingni urib yuribsan? Rizq topaman deb, qayerlarda yuribsan?

Albatta, birodarlar, takror aytyapmiz, rizq talabida mehnat qilishlikda o'zi ibodat. Mehnat shart. Ammo sen mana shu topayotgan rizqing haqingdagi tasavvuring to'g'ri bo'lsin. Rizq nimaligini yaxshilab tushunib ol, shuni aniqlab ol. Robbining so'ziga quloq sol, payg'ambaringning so'ziga qulov sol. Birodar, falonchilar bilan do'st bo'lsam, ishlarim yurishib ketadi deb kimlarni ulfat qilyapsan?

Kimlarga o'zingni yaqin qilishga harakat qilyapsan, menga foydasi tegadi deb? Allohni o'zingga do'st tutmaysanmi? Axir Alloh rozo bo'lgan zot, shu zotni do'st tutmaysanmi? Alloh Taolo aytadi. Astadibillah. Apag'ayrullohi atta hidovaliyam fatiris samavati val art. Vahua yut'aymu vala yut'an. Alloh taolo aytyapti. Ayting. Mana, rizq topaman deb kimlarga ulfatsiz? Rizq qilib ulfat qilaman deb kimlarga sherik bo'lyapsiz? Menga foydasi tegadi tirishinglarda kimlarni orqasidan yugurib yuribsiz? Alloh aytyapti. Aytin. O'zi rizqlanmasdan. Hech kimdan rizq olmaydi Alloh. O'zi rizqlanmay, taomlanmasdan, barchani taomlantirgan holida, osmonlar va yerning yaratuvchisi bo'lgan Alloh'dan o'zgani do'stmi deymi? Ha rizq masalasida Alloh ekan u, yakka yagona hukmron. Rizq masalasi Allohni do'st tushishni o'rniga, nima boshqalarni do'st deymi?

Sen birodar, rizq topishlikda baliqdan ko'ra salohiyating kattaroq. Hunaring bor, tijorating bor, kasbing bor, aql hushing bor. A'lo janoblarda nimasi bor? Tavakkuli bor, o'sha qanatini qoqib chiqib ketishligi bor. Inidan tushib chiqadi, tamom. Shuning uchun birodar, rizqing haqida oshcha g'am qilma. Harakatni qil, sababni qil, tamom, yozilgani keladi. Ha deb nima qilma? Siqilaverma.

Qizlarim ham katta bo'lib qoldi. Tomni yopish kerak. Ishanover birodar. Bu tajribadan million marta o'tgan. O'sha qizingni chiqaradigan paytda Alloh shu qizingni chiqishga kerak pulni beradi. O'sha tomni yopish keraksiz, qish kelib qoldi. O'sha tomda yopishga ham pul beradi. O'shaning uchun eskilarni gapi bor. Uy bilan to'yda rizqini kim beradi? Qolganlar chi? Ha o'sha fikrni davom ettir. Senga o'sha to'y paytida pul zarur bo'ldi, Alloh yetkazib qo'ydi. Bilmay qolding qayerdan keldi, bitib ketdi to'y. Keyin to'xtab qoldi yana. Tomni yopding, uyga kirib olding, yana to'xtab qoldi. Qaraginda, zarur bo'lgan paytda Alloh Taolo beradi.

O'shaning uchun aytyapmiz da, birodarlar, gap pulni qanchaligida emas, insonni savdodli bo'lishligi. Mana ikkita narsada, o'lchov tushunchada, tasavvurda. Inson nima sababdan rizqi tang bo'lib qoladi, o'zi asli? Nima sababdan mashaqqatli hayotga qoladi? Mana shu rizqi tang bo'lgandan keyin insonni qalbi albatta sag'inotini yo'qotadi. Qalbi iztirobda bo'ladi. Nima sababdan deb so'rasin? Alloh bandalarga mehribon, lekin bandalar o'zi yomon. Mana endi nima sababdan tang bo'lib qoladi rizqing?

Birinchi sabab, banda allohdan uzoqlashgan paytda rizqi tang bo'moladi. Rizqi tang bo'lib qoladi. Kambag'al bo'moladi demayapmiz. Chunki topish tutishi zo'r bo'lib turib ham tang yashashi mumkin inson. Va aksincha, topish tutishi zo'masam hayoti osuda bo'lishi mumkin. Alloh Taolo aytyapti: va meni a'roda andikri fa innalahumai shatandanka. Kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, bas unga tanglik hayoti bo'ladi deyapti. Hayoti tang bo'ladi, saodat bo'lmaydi. Puli bo'lib turib bo'lmasligi mumkin bu saodat. Boy, hamma yog'i yetar, lekin hayoti tang. Nima uchun tang? Allohdan yuz o'girgani uchun.

Shuning uchun birodar, seni saodatingni yo'q qiladigan, hayotingni tang qiladigan narsa robbingdan uzoqlashib ketishliging. Qancha qancha odamlar bor. Allohdan uzoqlashi sababli, kambag'allik alamini, tanglik hayotini totib yurgan. Qalbi o't bilan o'tanib turadi. Ana shularni ba'zilari avval boy badavlat bo'lgan, rizqi keng bo'lgan, tanasi ofiyatda bo'lgan, zo'r yashagan. Keyin haddidan oshdi, Allohdan yuz o'girdi, namozga beparvo bo'ldi, gunoh maqsadga kirib ketdi.

Mana endi Alloh Taolo ularni mana shu fe'llari uchun keng rizqini tortib qo'ydi, salomatchiligini olib qo'ydi. Faqirlik bilan, qayg'u bilan, tanglik bilan bal oladi. Boshi g'alvadan, muammodan chiqmay qo'ydi. Alloh Taolo aytadi, lekin agar ular Payg'ambarlarimizni yolg'onchi qilishmaganida, biz ularga keng rizq bergan bo'lar edik, lekin ular yolg'onchi bo'lishdi, bas ularni o'zlari qilgan gunohlarni sababli ushladik.

Kim Allohninng eslatmasidan yuz o'girsa, bas unga tanglik hayoti bo'lur va qiyomatga ularda biz uni ikkala ko'zini ko'r holda tiriltirurmiz deydi Alloh. Banda so'raydi qiyomatda, robbiy li man hashar taning, ammo roqaduk unutib o'sliroq. E parvardigor, nimaga meni ikkala ko'zimni ko'r qilib tiriltirding qiyomatda? Axir ko'rar edim u deydi. Alloh taolo aytadi, senga mening oyatlarim kelganda yuz o'girgansan, esdan chiqargansan, fakadalika liyoma tunsa. Bugun sen ham unutilasan deydi.

Birodar, seni hayotingni tang bo'lishligi, rizq masalasida siqilib bo'g'ilib yashashligingni asosiy sababi robbingdan uzoq bo'lib ketayotganing. Va alika bi anna alloha lam yaku mug'ayru ni'matan an amaha ala qomin xatta yug'ayirumi bi anfu sixim va anna alloha samiun alim. Bunga, ya'ni mana shunday bir balogaga, azobga giriftor bo'lishlariga sabab, Alloh bir qavmga in'om qilgan ne'matini to ular o'zlarini o'zgartirmagunlaricha o'zgartiruvchi emasligi va Alloh eshituvchi bilguvchi ekanligidandir. Alloh bekordan bekorga olib qo'ymaydi, qo'lingdagi kengchiligingni, sekinatli, xotirjam hayotingni, o'zingdan o'tib qoladi.

Xudoyim bandasiga mehribondir va lekin bandasi o'zi yomondir. Va man asobaku ming musibating fabima kasabat aydiku va yafon kafir. Shuni shior qilib olish kerak, yigitlar. Nima musibat yetsa ustingga, o'zingni qo'ling bilan kasb qilgan ishing sababli yetadi. Yana men Alloh ko'pini kechirib turaman deyapti. O'nta gunoh qildingiz, bittasiga jazo berdi, to'qqiztasini yuboradi shu bilan.

Boshingga nima musibat kelsa, o'zingni fe'ling sababli bo'ldi. Yana men ko'pini kechinib turaman gunohlaringni deydi. Va allavistaqo ma'lattoriy qotilasiz qoynahum man g'adaqo. Agar ular to'g'ri yo'lni ustiga tushganida, biz ularni imtihon qilishlik uchun mo'l yomg'ir bilan sug'organ bo'lar edik. Demak, avvalambor, birodar, Allohni hukmiga, itoatiga, shariatiga qaytishing kerak. Rizq masalasida qilishing kerak bo'lgan eng birinchi narsa shu. Qanchalar taqvodor bo'lsang, shunchalar o'zingga yaxshi. Ha, ha, faqat o'zingga, faqat o'shanga yaxshi. Seni taqvoying Allohga kerak emas. Seni taqvoyim birovga kerak emas!

Uni o'zi o'ylamagan joydan rizqlanib turur. Tanluxiy qiyinchilikdan keyin yengillik kitobida Alloh Taoloning Razzoq ekanligi haqida bir qissani keltiradi. Bir odam tirishchiligi qiyin bo'lib qoldi. Ahvoli tang, yegan hech narsasi yo'q. Ikki kun och qolib ketdi. Kun botayotganida xotini aytdi: chiqib bu narsa topib kelmaysizmi? Ochlikdan tinkamiz qurib ketdi, dedi. Haligi kishi o'ziga bir yaqin bo'lgan tanish ayolni eslab, uyiga borib holatini tushuntirdi. U ayol uydan bitta baliq olib chiqdi. Mana bu baliqdan boshqa hech narsa yo'q.

Bu ham eski, ozgina hidi kelib qolibdi. Nima qilay dedi? Baliq tashlab yuboradigan bo'lib qolgan. Haligi odam mayli shuni bo'lsa ham beraver, ochlikdan o'lib qolaylikdik, deb uyga olib keldi. Uyga olib kelti. Eski hidi kelib qolgan baliq. Qorni to'q odam yemaydi. Baliqni yo tozaladi, qornini yorug'ida ichidan bitta gavhar chiqdi, marvarat chiqdi. Ming dinarga sotdi.

Qarang da, uni kutmagan joydan rizklantiradi deyapti. Allohga duo qildi, Allohga tavakkal qildi, sababini chiqib so'radi. U baliqni tashlab yuborardi boyagi xotinini uje sasib qolgan edi. Ko'rdingizmi? Alloh taolo aytadi, vama biku min ni'matin fa minalloh, fin ma'idam massakumi dur, fa ilayhi tajarrum. Sizlarga berilgan barcha noz ne'matlar yolg'iz Allohndandir. Shuningdek, qachon sizlarga biron balo musibat yetsa ham, faqat ungagina iltijo qilursizlar.

Rizq izla birodar, ammo unga hirs qo'yma. Rizq izla, ammo unga hrs qo'yma! Xoliq bo'lgan, roziq bo'lgan Alloh taolo hammani rizqini ato qiladi. Loyni ichidagi qurtga ham, dengizni tubidagi baliqqa ham, osmondagi qushga ham, zulmatdagi chumoliqa ham, hatto tosh ostidagi ilonga ham. Ibn Javziy go'zal bir ajib voqeani yozadi kitobida. Bala daraxtni ustida bir ilon turadi, ikkala ko'zi ko'r.

Ovoz oluvni ham rizqini yetkazadi, qanaqa qilib? Qarab turibdi, bitta qush tumshug'ida go'sht olib keldi. Ilonni oldiga keldi, ilon pishillab og'zini ochdi, go'sht solib qo'yib ketdi. Birodarlar, Allohni qudrati, chumchuqni, qushni ilonga bo'ysundirib qo'yganiga qarang. Agar sizni Alloh Taolo rizqingizni keng qilish edi, rizqingizni berish edi, xohlasa bilmay qolasiz qanday kelib qolganligini. Ana, baliqni qoradan gavhar chiqdi yu.

Alloh aziz va jal aytadi yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi jamoalardir. Kitobda biron narsani qo'ymay yozganmiz, keyin hammalari parvardigorlari dargohiga to'planurlar. Maryam bintemron. Iso alayhissalomni tug'ib yotganida, qachon oldiga Zakariya alayhissalom kirsa, oldida qish bo'lsa yozgi mevalar, yoz bo'lsa qishgi mevalar turardi.

Annalaki ha da, ey Maryam, qayoqdan kelyapti bu narsa deganida, hua min aynidilla, Allohni huzuridan deb aytar edi. Birodarim, siqilma, rizqing kafolatlangan. Yozilgan kun albatta keladi. Ha, yozilgani kuni keladi. Erta ham emas, kecha ham emas, shoshilma. Sabablarni qil. Allohga tavakkal qil, o'ylanma.

Ayrim holatlarda rizqimga sherik bo'ladi deb farzandlarini o'ldirganlar bo'lgan. Alloh taolo aytadi, astadibilla. La taqtulu avlodaku min imlaq, naxnu narzuqukum va iyahum. Ikkita oyat bor. Bolalaringizni kambag'allikdan qo'rqib o'ldirmangiz. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqini beramiz. Ikkinchi oyatda. Va la taqtulu avlaudaku xoshshati imlaq, naqnu narzuquhum va iyakum. Inna qotlahum kani xit an kabiro. Ey insonlar, bolalaringizni yo'qchilikdan qo'rqib o'ldirmangizlar. Ularga ham, sizlarga ham biz o'zimiz rizq beramiz. Bitta oyatda, sizlar debdi rizqni, otalarinikini aytdi. Keyin farzandlarni aytdi. Keyingi oyatda farzandlarniki rizqi birinchi aytildi, otalarniki rizqi keyin aytildi. Sizni rizqingizga hech kim sherik bo'la olmaydi. Sizni rizqingizni hech kim tortib ololmaydi. Do'koningizda tortib olishi mumkin.

Ishingizdan haydab yuborishi mumkin. Sizni qo'lingizdan tortib olishi mumkin bo'lgan moddiy narsani tortib olishi ham mumkin, lekin rizqingizni hech qachon tortib ololmaydi. Birodar, sizni haydashlik uchun xorlayotgan bo'lsa, masxara qilayotgan bo'lmasa o'zi ketib qolsin deb, unijad qilayotgan qilsa bizni tilda, o'zingizni xor qilmang. Musulmon odam o'zini xorlashiga mumkin emas. Akaxon, olsangiz ishingizni olasiz. Rizqim Allohni zimmasida. Alloh rizqni bitta eshigini yopsa, ikkinchisini ochadi deb shunday chiqib ketasiz.

Xor bo'lmanglar yigitlar. Sizlarni rizqlar Allohni qo'lida. Uni otangiz ham ololmaydi, enangiz ham olololmaydi, xo'jayiningiz tem bolee olololmaydi. Eng ulug' xazina egasi bo'lgan Robbimiz Subhanahu va Taolo hammani rizqini o'zini zimmasiga olgan. Alloh Taolo o'zi bunga kafil ekanmi? Nimaga g'am qilasan, birodar? Mehnatni qil, sababni qil, tavakkalni qil, g'am qilma, siqilma. Chunki rizqing Allohni zimmasida. Chunki valladiy huva yut'aymuniy voyasi qiyin. Uning o'zigina meni to'ydirur va qondirur.

Birodar, endi rizq haqida chindan to'g'ri e'tiqodda bo'lishingni istaydigan bo'lsang, quloq sol. Nimalar qilsang, rizqingda barakot bo'ladi. Nimalarga e'tibor berishing kerak? Birinchidan, rizqni ziyoda bo'lishi. Rizq ko'payib oz yemaydi. Rizq barakali bo'ladi yoki bebarka bo'ladi.

Biz rizqni ko'paytirishni g'amida yashamaymiz. Biz rizqimizni barakotli bo'lishiga sababni qilish g'amida yoshlaymiz. Chunki kopirga ham, musulmonga ham Alloh yozganmi rizqni, u keladi. Rizqi yo barakali bo'ladi, yo bebaraka bo'ladi. Baraka nima edi o'zi? Bir narsaning ustida ilohiy xayriyatni davomiy turishi.

Ya'ni mana bu soat. O'n yildan keyin ham tutib yuraveraman. Demak, barakot bor. Yoki xuddi shu soat olti oyda yo'qotib qo'yaman. Suvga tushib ketadi, buzilib qoladi, kuyib ketadi, mashinani tagida qolib ketadi. Demak, bebaraka. Baraka nima? Baraka opa dadasidan qolgan ketmon. Yuz yil oldin ishlayapti yo'qolmasdan. Ana baraka. Baraka nima? O, katabuzi qo'lidan qolgan va jiydani danangidan qilingan tasvi. Ruchnoy qilingan. Baraka nima, o'sha katabuzidan qolgan yamog' yamog' loskutdan jaynamoz. Teshilib ketgan, lekin ishlayapti, o'ttiz yil oldin haligi jaynamozga. Tushundinglarmi? Baraka degani ko'p degani emas.

Baraka degani bir narsaning ustida ilohiy xayriyatni nima bo'lishi. Shuning uchun birodar ko'p pul topa. Necha pul topasan deydi yu. Necha pul topasiz deydi. Yo'q. O'sha necha degan so'z to'g'ri emas. Qanaqa pul topasan deb so'rang. Mana endi rizqingni ziyoda bo'lishligi. Sen mana shunga e'tibor ber.

Man sor roh u an yumad dala hu fii umurixi va yuzoda ferizqi xi faliyaberroh volidayhi valiyasil rohimahu. Rasul aytayaptilar. Kim umri uzun bo'lishini xohlasa, ya'ni xursand bo'lsangiz umringiz uzoq bo'lishligidan. Rizqingizni ziyoda bo'lishiga sizni xursand qilsa, shunday odamki, umrini uzoq bo'lishingizga uni xursand qiladi. Rizqini keng bo'lishiga uni xursand qiladi. Nima qilsin bu odam? Ota onasiga yaxshilik qilsin va qarindosh urushlik domiga qo'ysin.

Rossiyaga ketib yillab telefon qilib qo'ymaydigan o'g'il bolalar bor yuribdi. Rossiyaga kelgan tirikchilik deb. Ota onasidan chiroyli duoda olib ketgan, bir yilda bir telefon qilib qo'maydiganlari bor. Ey, o'sha yurtda yurganlar, begona yurt turganlar, nimani istab yurishibsan u yerda? Uyingda ota ering o'tiribdi. Telefon qilib xor xor so'rab qolmaysan, oylar o'tib ketadi, ehtimol yillar o'tib ketadi. Sen nima, nima qilaman deb yuribsan u yerda?

Silayi rahm. Qarindoshimiz Xudo xohlasa xabar olishlik. Hech bo'lmasa telefonda telefon qilib, opangizni, xolangizni, ammangizni, tog'angizni bir soliq solib so'rab qo'ying. Mana rizqni ziyoda bo'lishiga sabab bo'lgan ish. As sodiqul masduq bo'lgan Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytyaptilar. Musofir yurib turganlar. Tirishli deb safarga chiqqanlar ibodatni ado qilaman deb yuribsizlar, bola chaqani boqish kerak, ibodat. Lekin ota onalarni esdan chiqarib qo'ymanglar. Shularni duosi, shularni sizlarga qilgan xayri duolari sizlarga barakot bo'ladi.

O'n yildan beri yuribdi, bitta chek qila olmadi. O'n besh yildan beri ishlatib, bitta tom yopa olmadi. Qarasang hech narsa qilgani yo'q. Yeb ichimda yuribdi. Nima qilaman, o'shga borib deydi. Ey senichi, jannatingni ikkita eshik uyda turibdi, otang bilan ening. Yirtib yuborma deyapsanmi bu yoqda ishni? Prosta tirishiga o'tyapti, mana shu yerda yuravergin da. Chunki otangni yuziga qarab turishing ibodat. O'tib ketgandan keyinmi, holinga maymunlar yig'laydi. Agar otangni rozi qilib qolmasang.

Rizqni barakotli bo'lishiga sabablardan yana bittasi, gunohlardan ehtiyot bo'l. Payg'ambarimiz aytadilar, innna rojula. La yuhromu rizqo, bel xotiyating ya amaluha. Albatta kishi o'zining ayrim rizqidan qilgan xatosi tufayli mahrum bo'lib qoladi. Kishi uni peshonasiga yozilgan rizqidan mahrum bo'ladi, qilgan gunohlari sababli. Hamma rizqidan mahribon bo'lmaydi. Topiladan rizq kelyapti. Qilgan gunohingiz kelayotgan rizqingizni qirqib turadi. Barakasini, xayriyatini kengchiligini.

Alloh yo'lida info qil. Va man infaqtum min sha infa huva yuxlifuhu huva huva hayru roziqin. Robbing aytyapti, nimani info ehson qilsanglar, alloh uni o'rninda to'ldirib turadi. U rizq beruvchilarning yaxshirog'idir. Qaranglarda. Alloh aytyapti, Allohning yo'lida infoq qilsang, o'rnini to'ldirib qo'yaman deyapti. Payg'ambarimiz qasam ishlayotganlar Allohga qasam, bergan info ehsoninglar moli dunyoyilarni kamitib qo'ymaydi. Alloh Taolo aytyapti, ya ibn adam, anfiq, unfiq alik. Ey odam, bolasi, info qil. Info qil maxluqotlarimga, bandalarimga. Men ham senga beraman deyapti.

Bizda teskarisida, ovoz bersin, keyin men beraman. Sen og'zida bera olmayapsan, ko'p bo'lganda bera olmay qolasan. Bu yerda kuching yetganicha. Senga yuz so'm katta pulmi? Ha, ellik so'm qil. Muhimi chiqsin. Albatta, ellik dollar bo'lishi shart emas. O'n so'mga yaraysanmi? O'n so'm ber. Ber. Bersang olasan.

Taqvoni mahkam ushla. Chunki taqvoda bo'lish rizqning barakali bo'lishining asosiy sabablaridan. Valau anna ahlo qura a manavatta qov, lafataqna alayhim barakati minas samayi va al ardi. Agar ana shu qishloq ahli yoki shahar ahli iymon keltirib, taqvoni ushlaganlarida, biz albatta osmon va yerdan barakat eshiklarini ochib qo'ygan bo'lar edik.

Lafataqna, lom ta'kid uchun aytilingan. Agar qishloq ahli iymon keltirsa va taqvo qilsa, Alloh albatta, albatta barakot eshigini ochib qo'yadi. Osmondan ham, yerdan ham. Bor u shunaqa oilalar, bitta odam ishlaydi. Hayoti oson ishda. Kamikasi yo'q. Oilalar bor, beshta odam ishlaydi, yetishmovchiligi o'shancha. Demak, boyagi bitta ishlayotgan odamni Alloh Taolo barakotli qilib qo'ygan topgan rizqini.

O'shaning uchun necha pul topasan demanglar. Nima deylik? Qanaqa pul topasan deyish kerak. Istiqfonni ko'paytir. Chunki istiqfor ham rizqni keng bo'lishlik sabablaridan bittasi. Nuh alayhissalomni duosi bor a? Faqulti ustag'firu robbaku min nahukani g'affaro. Robbilarga istiqfor aytinglar, u kechiruvchi bo'lgan zot. Yursingiz sama alaykum midroro, yomg'irli bulutni jo'natadi. Yumdidkum bi ammu al vabanin, sizlarni farzandlar bilan nima qiladi? Pul bilan quvvatlantiradi.

Voyaj allakum jannating, bog' rog'larni beradi. Voyaj allahkum anharo, sizlarga anhorlarni beradi'. Istiqborni ko'payishlik kerak. Bekor qolsa, istiqbol ayting. Birodar, Alloh razzoq bo'lgan zot. Hamma rizqini o'zini zimmasiga olgan. Seni rizqingni ham, meni rizqimni ham. Ana shu rizqni o'zi belgilagan. Uni belgilagandan oshib ham ketmaydi, kamayib ham ketmaydi. Birodarim, siqilma. Rizqing kafolatlangan. Yozilgan kuni keladi. Faqat yozilgan kuni kelar. Ungacha shoshilma. Erta ham emas, kech ham emas. Allohdan taqvo qil, halol bo'l. Xayr sadaqalarni qodir bo'lganicha qil, siyra i rahmni qoyim qil, ota onani xizmatida bo'l, sabablarni qil, allohga tavakkal qil, tamom. Rizqni o'ylab siqilma.

Saodatning o'ttizinchi sababi, uni o'zi o'ylamagan tomondan rizqlantirur. Va man yataqillahi yajallohu maxaroja, voy arzu qumin hayzullayhi yaxtasim. Kim Allohdan qo'rqsa, u Zot uning uchun chiqar yo'lni paydo qilur, har qanday mushkuladan va uni o'zi o'ylamagan tomonidan rizqlantirur.

Aquli hovli ha davos tofirullohu alayhi va laqul. Alloh Taoloni berganiga birodar rozi bo'l. Taqsimiga rozi bo'l, odamlarni eng baxtlisi sen bolasan. Chunki insonning dunyodagi saodatini g'am, tashvish, siqilish, qo'rquv yo'q qiladi. Ali ibn Abit olib, roziyallohu anhun aytadilarki, al rido bil qodir yudhi bul hamma val hazan.

Taqdirga rozi bo'lishlik g'amni qayg'uni, g'amni anduhni ketkazadi. Inson g'ami bo'lmagandan keyin, tashvishi, qayg'usi bo'lmagandan keyingi bu odam saodatli bo'ladi. Birinchi navbatda saodatli bo'shligi uchun, demak, Alloh senga ato qilgan narsalarni hammasiga rozi bo'l. Shakl shamoyiling, moli davlating, uy joying, iqtidoring, qobiliyating. Mana shu narsadan qanoat qilsang, shu narsalarga rozi bo'lsang, sen baxtli bo'lishlikka birinchi qadamda qo'yding.

Sen rozi bo'lishing ham mumkin kuningdan. Norozi bo'lishing ham mudhish. Ikkala holatda ham shu kun turibdi. Norozi bo'lsang, gunohkor bo'lasan, baxtsiz bo'lasan, rozi bo'lsang savob olasan, savobatli bo'lasan. Alloh taolo aytadi, astay deb billa, fahuz ma ta'tuka va kun minash shakirin. Bas, biz sizga ato qilgan narsani oling da, shukur qiluvchilardan bo'ling. Alloh bergan kunni ol, rozi bo'l, shukur qilsin. Bu Qur'onni mantig'i. Qur'onni ko'rsatmasi, Qur'onni tavsiyasi, Qur'onning xulosasi. Alloh berganda ol, shukur keltiruvchilardan bo'l. Rozi bo'l.

Ko'zga ko'ringan salafi solih ulamolar orasida agar qaraydigan bo'lsak, juda ko'pchiligi faqir bo'lishgan. Hashamatli uylari, qimmatbaho bir ot ulovlari, dunyo matohi xizmatkorlari bo'lmagan. Lekin shunaqa faqirona hayot kechirishgan bo'lsa ham, ular o'zlarini hayotini saodatli kechirishdi. Nima sabab? Chunki hozir biz aytayotgandek, kunidan rozi edi ular. Ularni hayot haqidagi o'lchov tushunchalari to'g'ri edi. Shuning uchun ular baxtli bo'lishdi. Chunki ular o'zilarini alloh bergan iqtidorlarini to'g'ri yo'lga yo'naltirishdi. Shuning uchungi ularning umrlari ham, vaqtlari ham barakotli bo'ldi, shuning uchun saodatli bo'lishdi . Imomi navoiy qirq besh yil yashagan. Qoldirib ketgan ilmani qarang. Imom shofi ellik ikki ga kirib o'tgan. Qoldiribketgan ilmani qarag. Imom Buxoriy oltmish uch yil yashagan, qoldirib ketkan ilmini qarag'. Bular Alloh bergan kunidan rozi edi va Alloh ularga bergan iqtidorni o'zini o'rniga ishlatishgan edi.

Ularda o'tgan yilgi necha yuz yillar, necha asrlar o'tgan bo'lsa ham, ismini zikr qilganimizda Alloh rahmat qilsin deb yaxshilik bilan eslayapmiz. Endi shularni asnosida, shular yashagan davrda qancha qancha podshohlar, qancha qan cha badavlat odamlar yashadi. Ularning o'lchov tushunchasi dunyo edi, ularni hech kim eslamadi. Birodar, mana shu muborak toifani qarshisida yana bir toifa odamlar ham bor edi. Ularga moli dunyo katta qilib berilgan edi. Ne'matlar serob qilib berilgani edi. Ammo mana shu, ularni qo'lidagi katta dunyolari ularni baxtsiz bo'lishiga sabab bo'ldi. U biz aytgan salafi solihiylar qo'lida hech narsasi bo'lmasa ham baxtli yashabdi. Bular moli dunyosi o'shancha bo'lsa ham, ularni baxtsi qilib qo'yibdi moli dunyosi. Nima uchun? Ularni mana shu dunyoga qarashi, o'lchov tushunchasi noto'g'ri bo'lgan. Shundan bilsak bo'ladiki, dunyo matohini ko'pligi unaqa juda ham muhim narsa emas ekan. Aksincha, agar kishida iymon e'tiqod bo'lmasa, solih amal bo'lmasa. Islomiy o'lchov tushunchasi bo'lmasa bu dunyo matoha hech narsa emasligini ko'rsatadi.

Qo'lida katta katta oliygohlarni diplomini ushlagan odamlar bor. U diplomlar bilan qayerga borsa ularni tan olishadi, hurmat qilishadi, e'tirof qilishadi. Ammo ularni qo'lidagi bu diplomlari ta'siri ham o'zi ham arzimas. Chunki u diplomlarni olayotgan paytda kallasiga kirgan o'lchov tushunchalari to'g'ri emas edi. Chunki u diplomlarda iymon degan tushuncha, solih amal degan tushunchka, Alloh bergan kuniga rozi bo'lish degan tushunchasi tasavvur yo'q. Yana unaqa ilmi ko'p bo'lmagan odamlar bor, katta diplomi ham yo'q, lekin bilgan ozgina ilmini odamlarga foyda yetkazishlikka ishlatishdi. Ularni ozgina ilmi jamiyatni isloh qilishga ishladi. O'zlarini ozgina ilmini sersuv daroga aylantirisha oldi. Chunki ularni o'lchov tushunchalari iymoniy edi.

Birodar, agar sen saodat qidirayotgan bo'lsang shu dunyoni o'zida, avvalambor Allohni senga ato qilgan har bitta narsasiga rozi bo'l. Uyingga, mahallengga, ko'chingga, shakl shamoyilingga, oilangga, topshirishingga, ayrim zohid murabbiylar bundan ham qattiqroq talab qo'yishadi. Aytishadiki, qo'lga kiritganingdan oziga, intilganingdan pastrog'iga rozi bo'l. Tushunarlimi?

Qo'lga kirotganingdan ozrog'iga rozi bol, intilganing dan pastrog'iga rozil bol. Mana tarixni qaraymiz. Mana shu biz aytayotgan dunyo matohi qo'lida katta bo'lmagan odamlar. Lekin ummat ularni ismini hurmat bilan tilga oladi. Atoy ibn Abiraboh o'z davrini tengsiz olimi, tobinlarni sayyidi deyiladi. Abu Bakr Siddiq sahobalarni sayyidi bo'lsa, Atoy ibn Abiroboh tobinlarni saidi. Qora qul bo'lgan. Burni puchu bo'lgan. Jingalak soch bo'lgan, qora qul bo'lgan.

Ahnafimni qaysi? Arablarning eng halim kishisi. Jismi zaif, bukri, oyog'i qiyshiq, arvoh odam edi. A amoj, dunyoni muhaddisisi, ko'zi xira, qul, juda faqir, kiyimi yudagan, ko'rinishi aytadigan bir suratda emas. Lekin qaranglarda, eng saodatli odamlar shular bo'lib chiqyapti.

Ambiyolar. Ambiyolar. Hammasi cho'ponlik qilishgan. Dovud alayhissalom temirchi bo'lgan. Zakariya alayhissalom duradgor bo'lgan. Iddis alayhissalom tikuvchi bo'lgan. Qaranglarda, bular bashariyatni tanlab olingan eng sara bandalari. Alloh taolo insonlarni ichidan tanlab olgan eng sara bandalar. Bular boy bo'lmagan. Agar hozirgi odamlarni tasavvuridagidaqa, dunyo matohi zo'r narsa bo'lganida, dunyo matohi insonni baxtli bo'lishini asosiy sababi bo'lganida payg'ambarlarni birontasi kambag'al bo'lishi kerak emas edi.

Birodarlar, bizni zamonimizdagi odamlarni muammosi, o'zi avval ham shunaqa bo'lgan. Boymi, demak baxtli. Kambag'almi, demak baxsiz. Shu tasavvur bilan yashayapti odamlarda juda ko'pchiligi zamonimizda. Ana shu tasavvur bilan yashayotganligi uchun bu odamlar hech qachon baxtli bo'la olmaydi. Hech qachon hayotda saodat topa olmaydi. Chunki o'lchov noto'g'rida.

Alloh taolo o'zi yaxshi ko'rgan bandalarga birinchi navbatda iymonni beradi. Iymon saodatli qiladi. Solih amal saodatli qildi. To'g'ri o'lchov tushuncha saodatli qiladi. Ha, hech kim boy bo'lma demayapti. Hech kim senga kambag'al bo'l demayapti. Lekin u boy kambag'allik maqsad emas. U taqdir. Sen maqsad qilsang qilmasang, peshonangga boy deb yozgan bo'lsa, boy bo'lasan. Maqsad qilmasang kambag'al deb yozgan bo'lsa, kambag'al bolasan. Bu taqdir. Buni rozi bo'lib qabul qilish kerak. Bo'ldi.

Demak, birodar, seni qadr qiymating, iqtidoring, solih amaling bilan, jamiyatga foydang bilan, axloqing bilan bo'ladi. Seni qadringni shu narsalar ko'taradi, seni mana shu narsalar salohiyatli, saodatli hayotga erishishingga sabab bo'ladi. Iymon, solih amal, to'g'ri tasavvur, to'g'ru o'lchov tushuncha.

Agar senga go'zallikdan tegmagan bo'lsa, mol dunyodan tegmagan bo'sa, dunyoni kengchiligini aytmagan bo'sa. Ayoling sen aytganday go'zal bo'lmasa, uying sen aytgandek hashamattor bo'lmasa. Qayoqqa borasan? Rozi bo'lmay nima qilasan? Alloh taolo aytadi. Nax nu qolsam na baynahun maishatahun fil hayati dunya. Ularni hayoti dunyodagi maishat tirikchiliklarini ham. Ularni o'rtasida o'zimiz taqsim qilganmiz.

Seni shu holatda Alloh yaratdi, buni bu holatda Alloh yaratdi. Senga shuni Allohni o'zi tanlab berdi, bunga buni Allohni o'zini tanlab berdi. Allohni taqsimiga rozi bo'l. Rozi bo'lmay qayoqqa borasan? Qayoqqavorasan shuysan, boring shu. Nimaga men falonchi raqam emasman? Nimaga falon mamlakatda tug'ilmaganman? Unaqa emassan sen, qayoqqa borasan endi?

O'sha dunyo matohi qo'linga kelmadi. Sen shunga o'kinyapsan. Shundan xafa olyapsan. Endi sen, seni o'kintirayotgan narsani qadrini bilgin. U sen o'kinishlikka arziydigan narsami? Salafi solihalardan bittasi boylarning qasrlari, muallif davlatlari haqida shunaqa degan edi. Ular ham yeyishyapti, biz ham yeyapmiz. Ular ham ichishyapti, siz ham ichyapsiz. Ular ham ko'rishyapti, biz ham ko'ryapmiz. Ammo qiyomatda ular hisob kitob beradi, biz hisob kitob bermaymiz.

Birodar, qiyomat kunida bilasanmi? Inson kambag'al bo'lmaganiga pushaymon yeydi. Qiyomatga borganda inson dunyoda kambag'albo'lmaganiga pushaymon yeydi. Nima uchun? Boylarni qiyomatda hisob kitobi og'ir bo'lganligini ko'rib turib, kambag'al xursand bo'ladi. Yaxshi ham kambag'al bo'lgan ekan. Mana mana o'tib ketdi, oson hisob kitobim bo'ldi deydi. Sulaymon ibn Dovud payg'ambarning o'g'li bo'lgan payg'ambar, hamma payg'ambarlar jannatga kirib ketganlaridan keyin, qirq yildan keyin kiradi jannatga. Nima uchun? Mol u dunyoni kattaligi hisob kitobni uzoq va og'ir bo'lganligidan. E kiradi oxirida, lekin qirq yil o'tadi.

Shuning uchun qo'lingga dunyo matohi katta kelmagan bo'lsa, siqilma. Bu seni Alloh yomon ko'rganligini belgisi emas. Astaydubillah, valaqoddu jiydu munan furoda, kelma xolaqinakum avvala marroh, va taroqdinma havonlaukum varo duxurikum. Qiyomat kuni bo'lganida Alloh Taolo aytadi. Mana, bizni huzurimizga sizlarda avval boshida qanday yaratgan bo'lsak, shunday keldinglar, yolg'iz holda. Dunyoga kelganingda yalang'och dunyoga kelgandaymi? Yalang'och holda hech narsang yo'q kelgandaymi, mana endi bizni huzurimizga qaytib kelsam, yalang'och qo'lingda hech narsangyo'q. Sizlarga bergan narsalarimizni orqada qoldiribsizlar. Shuning uchun birodar, Allohni huzuriga quruq borasan. Iymoning solih, amaling balandga faqat.

Demak, birinchi qoidamiz, inson dunyoda saodatli bo'lishligi uchun, Allohning taqsimiga, taqdiriga rozi bo'lishligi kerak. Rozilik baxt. Inson rozi bo'lishi qiyin da. Rasululloh aytganlaridek, insonga bir vodiy oltin berilsa, bir vodiy o'tin berilsa, yana ikkinchisini orzu qiladi. Qancha pul bo'lsa yetadi deb o'ylaysan hozir? Bir million dollar bo'lsa yetadidaysan.

To'g'rimi? Chakana pulmi bu ey? Shu bilan baxtli bo'laman deb o'ylayapsanmi? Yo'q, birodar. Endi to'rt yuz dollarlik telefon tuta olmaysan endi. Orzu havasda trubasini diametri kengayib qoldi. Endi o'n ming dollarlik mashinani minishni xohlamaysan endi. To'g'rimi? To'g'ri. Chunki. Insonga bir vodiy oltin berilsa, ikkinchisini orzu qiladi. Insonni ko'zini faqat tuproq to'g' uzat dedilar rasululloh.

Seni bu dunyodagi saodating, birodar, hayot haqidagi o'lchov, tushunchanga qarab quriladi. Seni hayot haqidigi tasavvuringga qarab turib belgilanadi. Saodat haqidagi tasavvuringiz to'g'rimi? Baxt, saodat deganda, tasavvuringiz to'g'rimmi? Aksariyat odamlarning baxt haqidagi tasavvuri to'g'ri emas.

Odamlarning ko'pchiligi nazarida baxtli inson qanaqa bo'ladi? Albatta boy bo'lishi kerak, albatta sog' bo'lishi kerak, dunyo matoq katta bo'lishi kerak, shuni o'zi xolos. Bu kimning o'lchovi, bilasizlarmi? Allohni tanimagan, dunyoga hirs qo'ygan, oxiratga iymon keltirmagan, iymonsizlarning tasavvuri. Imon sizlarning tasavvuringiz. Agar odamlar o'ylayotgandek baxtli, saodatli hayot faqat boylik bilan bo'ladi deyiladigan bo'lsa, bir odamning boy bo'lishini, bir odamning kambag'al bo'lishini Alloh hal qilgan.

Bir odamning kambag'al bo'lishiga hukm. Bir odamning boy bo'lishiga hukm. Agar boylik baxt desa, Alloh bir odamni majbur boy qilib turib, majbur baxtli qilib qo'yibdi. Ikkinchi odamda majbur kambag'al qilib turib, majbur baxtsiz qilib qo'yibdi. Unda imkoniyatlar bir xil bo'lmay qoladi, birodarlar. Agar odamlar o'ylayotgandaqa puldagina bo'ladigan bo'lsa, hammani baxtli bo'lishga imkoniyati yo'q. Biz endi qaysi baxtni aytyapmiz, qaysi saodatni aytyapmimiz? U shunday saodatki, hamma insonni uni oldida imkoniyati teng bo'lishligi kerak. Inson xohladi baxtli bo'ldi. Inson xohladi, tanladi saodatli bo'ldi'. Bu erkakmi, ayolmi, boymi, kambag'almi, oqimi, qorami, olimmi, ommimi, qaysi zamon, qaysi makonda yashashini farqi yo'q. O'zi xohlasanglar baxtli bo'lishligi kerak. Biz shu baxtni aytyapmiz.

Baxtli bo'lishingizni xohlaysizmi? Xohlaysiz. Qanaqa qilib baxtli bo'lasiz? O'lchov tushunchangizni to'g'rilang. Agar odamlar o'ylayotgandaqa faqat dunyoni matohini ko'pligi insonni baxtli qilsa, Qorun hammadan boy odam edi zamonasida. Eng baxtli odam shu bo'lishi kerak edi. Fir'avn o'zini zamonasidagi tengsiz podshoh edi. Eng baxtli otam shu bo'lishi kerak edi. Abulahab yoki Umayutunni xalaf, mana qurashning boylari.

Eng baxtli odamlar shular bo'lishi kerak edi. Agar biz aytayotgan tushuncha bilan o'lchaydigan bo'lsak, lekin baxtlimidi ular? Oqibati nima bo'ldi bularda? Bu odamlarni Alloh Taolo o'zi rizqini keng qilib qo'ydi. Bularni podshoh qilgan, boy qilgan, mansabdor qilgan, vazir qilgan, qo'liga davlat katta bergan Alloh Taoloni o'zi. Shuning uchun biz boylikni dunyodagi keyinchalik hayotni baxt deb qaramaymiz, birodarlar. Buni sinov deb qaraymiz.

Birodarlar, boylik mukofot emas. Kambag'allik jazo emas. Boylik Allohni bergan mukofoti emas, kambag'alllik Allohni berigan jazosi emas. Bandalarim, berganim mukofot, men qilganim jazo emas, berganim sinov. Men qilganim shifo.

Agar qo'lida dunyosi yo'q odamni baxtsiz desak, Iso alayhissalom baxtsiz ekanda. Allohni tanlo bo'lgan Iso alayhissaalom ustidagi yaxtagidan boshqa hech narsasi yo'q edi. Agar baxtni biz dunyo matohida deydigan bo'lsak, Iso alayssalom eng baxtsiz odam bo'lishi kerak bo'lib qoladi.

Payg'ambar birodar. Eng baxtli odam bu inson. Yoki Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. U zotga podushoh payg'ambar bo'lishlik yoki faqir payg'ambar olishlik ixtiyori berganida payg'ambarimiz ikkinchisini to'laganlar. Agar boy bo'lishlik saodatni ayni o'zi bo'lganida Rasululloh kambag'al bo'la olarmidilar? Ikki kun qorni to'yib, oppoq yumshoq non yemaganlar Rasululloh. Qiyinchilikda hammasini ko'targanlar Rasululloh. Faqirona hayotni ixtiyor qilganlar va faqirlarni yaxshi ko'rishlik bilan rizklantirgin meni deb duo qilganlar. Shuning uchun bilib olaylik. Biz o'lchov tushunchani to'lab olaylik. Xudoga yoqqan joyi borki, zuvorasini aytavermaysizlarmi? Qanaqa olgan zuvorasini?

Xudoga yoqgan joyi borki va shuning uchun zuvorasini katta olgan. A Xudoga yoqqan odamni birodarlar iymonini, solih amalini, o'lchov tushunchasini, zuolasini katta oladi. Ma'qulmi? Demak, haqiqiy saodat, biz aytayotgan haqiqiy saodat boylik, mansab, dunyo matohini ko'p bo'lishi yo oz bo'lishi bilan belgilanmaydi. Islomiy tasavvurdagi saodat, haqiqiy baxt, iymon, solih amal, va to'g'ri o'lchov tushuncha. Ko'pchilik odamni saodat haqidagi tasavvuri noto'g'ri.

Baxt nima deb so'rasangiz, odamlar shu dunyo matohidan nimaga yeta olmayotgan bo'lsa, shunga erishishlikni baxt deydi. Qaytarib aytaman. Baxt nima desangiz, dunyo matohidan kimga nima yetmayotgan bo'lmasa, shunga yetishlikni baxti edi. Kambag'al boylikni baxt deydi. Kasal odam sog'likni baxt dey. Befarzand odam farzandni baxt deydi, uysiz odam uyni baxt deydi. Bo'ydoq odam qarab turinglarda mana dunyo matohida kimni qo'lida nima yo'q bo'lsa, dunyo matohida, shunga erishlikni baxt deb o'ylayapti.

O'zi asli haqiqiy saodat oxiratda bo'ladi. Alloh Taolo aytadi: fa amalladina shaqu fa finnar. Haqiqiy baxtsiz insonlar oxiratda jahannamda bo'ladi. Va amalladina soydu fa fil janna. Haqiqiy vaqtli odamlar jannatda bo'ladi va oxiratdagisi. Biz dunyodagisini aytyapmiz. Dunyodagisi.

Baxt nimada, saodat nimada? Qo'lingga katta mablag' kelib tushdi. Yangi mashina sotib olding. Yangi uy sotib olding! Uylanding. O'zingni baxtiyor his qilasanmi? His qilasan. To'g'rimi shu? To'g'ri. Bu chi, bu qanaqa baxt? Birodar, bu baxt emas. Bu xursandchilik. Xursandchilik vaqtincha bo'ladi. Baxt doimiy bo'ladi.

Yangi telefon oldingiz, o'nni uchini. Bir hafta baxtli bo'lasiz. Keyin o'rganib qolasiz. Demak, baxt emas bu. Bu xursandlik deyiladi. Baxt vaqtinchalik bo'lmaydi. Xursandchilik lahzadir, rozilik esa hayotdir. Xursandchilik lahzadir, baxt esa hayotdir.

O'sha eng baxtiqaro odamda ham hayotda xursandchilik kunlari bo'ladi, lekin baxt deyilmaydi u. Xursandchili deyiladi. Qarang, bu dunyoni matohi, qo'lingizga kelib tushishi bilan, sizni qalbingizda paydo bo'lgan xursandchilik, sizga vaqtinchalik saodat shu o'rnini beradi. Qaytaraman. Mana shu dunyoni matohi, qo'lingizga kelishi sababli paydo bo'lgan qalbingizdagi xursandchilik sizga vaqtincha saodat shu urrini beradi. Lekin haqiqiy saodat vaqtincha bo'lmaydi. U doimiy bo'ladi.

Mashina oldingiz. Endi baqlaysiz. Mashinangiz bor. Necha kun baqlaysiz? Bir hafta, o'n kun, keyin ko'nikib qolasiz, tamom. Saodat shu'ri tugadimi? Tugadi. Uyingiz yo'q edi, uyli bo'ldingiz. Endi eng baxtli kishisizsiz. Uyingiz bor. Keyinchi, ko'nikib qorasiz. Tamom. Saodatshu'ri tugadi.

Boyrog'idingiz, uylandingiz, endi eng baxtlimi kishisiz. Endi xotiningiz bor. Necha kun baxtlisiz? Tugadimi shu bilan vaqtingiz? Tugadimi qirq kundan keyin vaqt? Ana. Keyin ko'nikib qolasiz. Qaytaramiz. Demak, dunyo matohidan sizni qo'lingizga bir narsa keldi, sizni quvontirdi. Bu xursandchilik. Bu saodatmas hali. Chunki xursandchilik vaqtinchalik bo'ladi, saodat doimiy bo'ladi. Tushunarlimi? Mana doim sizni xursand qiladigan narsa nima? Doim u bilan quvonib yurasiz, xursand bo'lib. Noma'rufingiz. Ertaman turasiz, la ilaha illalloh muhammadur rasululloh deysiz, quvonasiz. Biz bundan zerikmaymiz, demak mana shu baxt. Tushunarlimi?

Xulosa, dunyo matohiga bog'langan quvonch vaqtinchalik saodat shu o'rnini beradi, keyin unga ko'nikib qoladi. Dunyo matohi sababli qo'lingizga kelgan quvonch, bu hali baxt degani emas. Chunki baxt, saodat doimiy bo'ladi. Chunki la ilaha illalloh muhammad rasululloh degan ibodati bor, haromdan uzoq, jannat uyimizda yashayotgan odam baxtli, faqat tushunmaydi u. Ilmsizligidan, ko'chadagi dunyo matohi ko'zga chiroyli ko'ringanidan, mana bu o'lchov tushuncha pishib yetilmaganligidan, o'zini baxtsiz his qilaveradi. Ononim yo'q, mononim yo'q. Ononim kam, mononim kam.

Apple kompaniyasini asoschisi haqida nima bilasizlar? Dunyo matohida cho'qqiga yetgan, biznes olamida eng katta cho'qqilarni zabt qilgan Steve Jobs haqida o'qib beraman. Ellik olti yoshida vafot etgan. Apple kompaniyasining asoschisi. O'zini zamonasidagi eng peshqadam biznesmen. O'zidan keyin yetti yoki sakkiz milliard dollarlik boylikda qoldirib ketdi. Ellik olti yoshingizda o'tdi.

Bu Steve Jobs sakkiz yil davomida oshqozon ostida bezini raki bilan kurashdi va mana shu kasal tufayli o'lib ketdi. Bu odam odamlar uchun tijoratdagi muvaffaqiyatning ramzi. Tushunyapsizmi? U mana shu o'limi yaqin qolgan paytda to'shagida yotib aytgan so'zlari bor. Juda ham ibratlanarli. Ki, siz bilan biz yeta olmaydigan pulga yetgan. Biz yeta olmaymiz, yetishimizdan yetmasimiz ko'proq. O'sha odam. Biz orzu qilayotgan narsani cho'qqisiga yetib turib, cho'qqiga chiqqanda bu tanlagan yo'li, bu oldiga qo'ygan maqsadi, bu o'lchov tushunchalari hech narsa emasligini e'tirof qilyapti. Biz hali yetganimiz yo'q u cho'qqiga. Biz yeta olmaymiz ham u cho'qqigiga. Yetgan odamni gapini eshitib turing. So'zma so'z o'qib beraman.

Uning so'nggi so'zlari. Men biznes olamida muvaffaqiyatning cho'qqisigacha chiqdim. Boshqalarning nazarida mening hayotim muvaffaqiyatning ramzidir. Biroq ishdan boshqa quvonchim kam edi. Oxir oqibat boylik men o'rganib qolgan haqiqat edi xolos. Hozir to'shakda yotib, butun umrimni eslarkanman, menga yaqinlashib kelayotgan muqarrar o'lim oldida men ega bo'lgan hamma e'tibor va hamma boyliklar ma'nosiz ekanini. Va oliy ma'nodan mahrum ekanligini tushunyapman. Mashina haydashi uchun siz kimnidir ishga yollashingiz mumkin. Odamlarni yollab, siz uchun pul topishga ishlatishingiz mumkin.

Lekin hamma pulingizni sarflasangiz ham, sizni o'rningizga mana shu dardni ko'taradigan odamni yollay olmaysiz. Har qanday moddiy narsalarni topib, sotib olish mumkin. Ammo bir narsa borki, uni yo'qotsangiz har yuz topa olmaysiz. Hayotni. O'zingizga yaxshi muomalada bo'ling, boshqalarni hurmat qiling. Yoshimiz o'tgan sari aqlimiz to'lib borarkan, biz o'ttiz dollarlik soat ham, uch ming dollarlik soat kam bir xil vaqtni ko'rsatishini tushunamiz ekan. O'ttiz dollarlik hamyon ham, uch yuz dollarlik hamyoni ham bir xil miqdordagi pulni sig'dirishini tushunamiz ekan. Mashina o'ttiz ming dollarlik bo'ladimi, uch yuz ming dollarlik boradimi, masofa va yo'l bir xil bo'ladi. Yetib boradigan joyimiz ham bir xil bo'lar ekan. Uyingiz uch yuz kvadratlimi, uch ming kvadratlimi? Unda bir xil yolg'iz bo'lasiz. Sizning haqiqiy ichki baxtingiz dunyoning moddiy narsalaridan kelib chiqmaydi. Sakkiz milliard dollarni qoldirib qo'ygan, shunaqa katta biznesmen, cho'qqiga chiqqan odam aytyaptiki, sizni haqiqiy baxtingiz dunyoing moddiy narsalardan kelib chiqmayd.

O'shaning uchun puling bo'lsa ham baxtli bo'lmaysan ekan deyapti. Bizni u pulni o'ndan biri ham, yuzdan biri ham yo'q. Lekin shuni orqasidan yugurib yuribmiz. Yetganlar aytyapti, bo'lmas ekan baxt deb. Agar samolyotning biznes klassida uchayotgan bo'lsangiz ham, ekonom klassida uchayotsangiz ham, samolyot yerga qulasa, bir xil tushasiz. Meni tushunyapsiz degan umiddaman. Agar do'stlaringiz bor bo'lsa, yoki siz dildan suhbat qilishingiz mumkin bo'lgan odamlaringiz bor bo'lsa, bu haqiqiy baxtdir. Steve Jobs davom etadi. Inkor etilmaydigan haqiqatlar. Bollaringizni boy qilib tarbiyalamanglar. Ularni baxtli bo'lishi uchun tarbiya qilinglar. Shunda ular ulg'ayganlarida narsalarning qadrini bilishadi, ularning narxini emas.

Ovqatni doridagi iste'mol qilinglar. Aks holda dorini ovqatdagi iste'mol qilishga to'g'ri keladi. Sizni yaxshi ko'radigan insonlar sizni tashlab ketishlikka yuzta sababni ko'rib tursa ham, sizni oldingizda qolishlikka bitta sababni topishadi. Inson bo'lish bilan insoniy bo'lish orasida katta farq bor. Agar siz tez ketishni xohlasangiz, yolg'iz yuring. Agar uzoqroqqa borishni xohlasaysiz, do'stlaringiz bilan birga yuring. Dunyodagi eng yaxshi oltita tabib. Quyosh nuri, dam olish, sport mashg'ulotlari, parhez, o'zingga ishonch, do'stlar. Steve Jobsning so'zi tugadi.

Odamlarni orzu qilgan narsalarni hammasiga erishgan odamning oxirgi so'zlari. Haqiqatdan so'zlari to'g'ri, ma'noli, ta'sirli. Ammo bitta narsa yetmayapti u nasihatdan. Uni nasihatdan bitta narsa yetishmayapti. Nima u? Allohga bo'lgan iymon gapirilmayapti. O'shaning uchun bu odam baxtsiz bo'ldi. Shunaqa katta boylikka, shunaqa katta obro' hurmatga erishgan odam, iymonni gapirmaganligi uchun baxtsiz bo'ldi. Shuning uchun, haqiqiy saodatning birinchi va asosiy muhim sababi, nima? Ollohga bo'lgan iymon. Undan keyin solih amal, undan keyin o'lchov tushunchani to'g'ri bo'lishligi.

Bu inson o'zini tutgan yo'lida sobit turdi, hamma mashaqqatlarni ko'tardi, maqsadiga yetdi. Erishdi. Ammo umrini oxiriga kelganda qarovdi, tanlagan yo'li ham, oldiga qo'ygan maqsadi ham hech narsa emasligini tushundi. Qachon tushundi? O'lim peshonasiga kelib tekkanda. Muqarrar o'lim oldida meni intilgan, topgan narsalarim hech narsa emaskini endi tushundim deyapti.

Birodar, sen bilan menga unga berilgan boylik berilmaydi, berilmasligi mumkin. Odamlarni ko'pchiligi shu dunyo matohida yugurib berib o'lib tolyaptimi? Ularga ham bu boylik, unga yetgan boylik yetishdan yetmasi ko'proq. Ammo o'sha narsaga erishgan odamni umrini oxirida aytayotgan gapiga e'tibor bergan. Sen bilan menda imom bor. Sen bilan mender solih amal bor. Endi sen bilan mender o'lchov tushuncha to'g'ri bo'lsin.

Chunki insonni saodatli qiladigan narsa dunyoda. Nima edi? O'lchov tushunchani to'g'ri bo'lishligi. Demak, saodat dunyo matohini ko'pligidan emas. Bu masalada dinimiz bizga anaqa ta'limotni beradi. Inson saodatli bo'lish uchun Allohnı taqdiriga rozi bo'lishi kerak.

Hamma narsaga ega inson saodatlimas, bor narsasiga qanoat qilgan inson saodatli. Hamma narsani qo'lga kiritgan odam baxtli emas. Bor narsasiga qamoat qilgan odam saodatli. Rozi inson kunidan, hayotidan rozi inson hargiz xarob bo'lmaydi.

Dunyodagi ko'p odamlar saodatni qidiradi yu, ammo qanoat degan sifatni unutib qo'yadi. Odamlar saodatni qidiradi yu, ana shu saodatning asosi bo'lgan qanoat degan sifatni unutib qo'yadi. Qanoat qil, saodat topasan. Agar mana shu tushuncha bilan yashasak chi, hammamiz saodatli bo'lamiz. Hammamiz imkoniyatimiz bor. Faqat qanoat qilaylik, rozi bo'laylik.

Ali ibn abiturah aytganlaridek, ar rido bil qodir, yudihibul hamma val hasan. Qadarga, taqdirga rozi bo'lishlik, g'am qayg'uni ketkazadi, binobarin saodat olib keladi. Kim Allohninng ato qilgan taqsimiga rozi bo'lsa, Alloh berganini keng qiladi, barakali qiladi. Kim Alloh unga ato qilgan narsaga rozi bo'lmasa, unga uni keng qilmaydi va barakali qilmaydi.

Nah nuqasan na baynahun maishataxun fil hayatiy dunya. Ularning hayoti dunyodagi maishiy tirikchiliklarini ham ularni o'rtasida biz taqsim qilganmiz. Norozilik taqdirini o'zgartirib qo'ymaydi. Norozilik, taqdirini o'tkazib qo'ymaydik. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Toifdan toshbo'ron bo'lib qaytganlarida rozi ekanligini aytdilar. Saodatli bo'ldilar.

Bilolimni rabohni olib chiqib, azoblashganida kunidan roziligini aytdi. Baxtli bo'ldi. Sen ham birodar, Allohni taqdiriga rozi bo'l, eng baxtli inson bo'lasan. Taqdiringa rozi bo'l degani, hech narsa qilmasdan o'tiraver degani emas. Juda muhim joyi. Taqdiringga rozi bo'l degani, hech narsa qurmasdan o'tiravor degani emas! Ha, musulmonda kambag'al bo'lgandan boy bo'lgani yaxshi. Payg'ambarimiz kambag'allikdan panoh tilaganlar.

Musulmon odamni kasal bo'lgandan sog' bo'lgani yaxshi, zaif bo'lgandan quvvatli bo'lgani ham yaxshi. Biz nima demoqchimiz, taqdiringga rozi bo'l deyishlik bilan? Qo'lingdan kelganicha turmushingni yaxshi tomonga o'zgartirishga harakat qil. Sog'lom bo'lishga harakat qil, badavlat bo'lishga harakat qil. Hamma sababni qil, undan keyin nima bo'lsa, shunisiga rozi bo'l, deyapmiz. Loqaydlikka, harakatsizlikka, yalqolikka chaqirayotganimiz yo'q. Sen mehnatni zo'r qil, natijaga rozi bo'laver degani. Tushunarlimi?

Odamlar kunidan rozi bo'lsa, keyin saodat topadi. Endi savol. Hamma kunidan rozimi? Yo'q. Juda ko'pchilik tinimsiz shikoyat qiladi. Mana shu shikoyat siz hayotingizdan rozi emasligingizni dalili bo'ladi. Mana shu ishga oyatingiz sizni dunyoda baxtsiz qilyapti. Vaholanki, rozi bo'lishlikka sabab ko'proq birodarlar norozi bo'lishga sababdan ko'ra.

Qaytaramiz. Hayotingizdan norozi bo'lishlikka sabab to'rtta bo'lsa, hayotingizdan rozi bo'lishligiga sabab qirqta. Faqat qarashni bilmaysiz da qaysi tomonga. Dunyo ishlarida sizdan ko'ra holi xarobroq odamga qarang. Oxirat ishida sizdan yuqoriroq bo'lgan odamga qaray. Mana sizga baxt formulasi.

Dunyo matohi, tirishchilik masalasida sizdan xoli xarobroq odam bor. Unga qarang da, kuningizga shukur qilasiz. Rozi bo'lasiz, baxtli bo'lasiz. Oxirat ishlarida sizdan ko'ra ulug'roq amalga qodir bo'layotganlar bor. Ularga qarang. Bizda teskarisi bo'lib qolgan. Dunyo ishida bizdan balandga qaraymiz, o'zimizdan badavlat odamlarga. Oxirat ishi o'zimizdan xarob odamga qaraymiz-da, noroziligimiz bilan baxtsiz bo'lib turib yuboramiz.

Maoshingiz ozmi? Ishsiz yurganlar bor. Uyingiz tormi? Uysiz yurgan, ko'chada qolganlar bor. Bitta oyog'ing sindimi? Ikkaloyog'ing ishlamayotganlar bor. Aravada o'tirasanmi yurolmasdan? Komada yotganlar bor. Qaraginda, dunyoda sendan ko'ra hola xarobroq bo'lgan, dunyo matohida hola xarob bo'lganlar bor. Unga qarab shukur keltirmay ilojing yo'q. Ammo oxirat ishlarida o'zingdan baland bo'lgan odamga qara.

Avvalambor bir o'zimizni, o'zimizni o'lchov tushunchamizni tuzataylik. Va oilalarimizni o'tish otishmasini tuzataylik. Bollarni boy bo'lishga o'rgatmaylik. Chunki boy kambag'al bo'lishlik taqdir masalasi. Otalar o'zini farzandlarini Alloh bergan kunidan rozi bo'lishga o'tkazishsin. Avvalambor o'zi ko'rsatsin rozi ekanligini farzandlariga. Chunki o'g'il bola uchun, ey, dadalar, yosh dadalar, o'g'il bolalar uchun eng birinchi kumir bu uning otasi.

O'sha o'nga kirgan, sakkizga kirgan o'g'lingiz uchun eng birinchi kumir sizsiz. Siz o'zingiz hayotingizdan rozi ekanligingizni ko'rsating oilangizga, farzandlaringizga, ayollaringizga. Ular shu narsani sizdan yuqtiradi. Endi tinimsiz shikoyat qilib turgan bo'lsangiz shu o'zingiz hayotizdan, u nimani ko'rib o'rgansin sizdan? Shuning uchun boy bo'lish hammani imkoniyatida emas, ammo rozi bo'lish hammani inkoniyatida. Boy bo'lish hammani qo'lidan kelmaydi, ammo rozi bo'lish hammani ko'lida, imkoniyatida.

Saodatning asli rozilik. Hayot bu seni haqqing, huquqing emas. Ya'ni Allohning ustidagi seni haqqing emas seni yashashing. Balki hayot Allohning senga bergan hadiyasidir. Bas, hadiyaga rozi bo'l, saodatli bo'lasan. Seni dunyoga kelishliging Allohni ustiga haqqing emas edi. Alloh seni dunyoga kelishiga qarzi yo'q edi. Dunyoga keldingmi? Allohni hadiyasi bu. Hadiyani qabul qil, rozi bo'l.

Hayot Allohni senga bergan nimasi? Hadiyasi. Hadiyani qilib qil. Hadiyani qibul qilib nima qil? Shunaqami hayot berasanmi endi, Parvardigor? Qara endi, onangdan ma'no bor. Menga ham shunaqa. Bemasa nima qilar eding? Bilasanmi? Suv qo'shilganda, erkak ayol suv qo'shilganda, odam bo'lishga yaraydigan yigirma millionta tochka bo'ladi.

Yigirma milliontadan bitta sen odam bo'lib qolding. Shuni o'zi shukur keltirishingga, rozi bo'lishingga kifoya qilmaydimi? Hayot bu seni haqing emas. Hayot Allohnı senga bergan hadiyasi, Allohnı hadyasini qabul qil, rozi bo'l. Rozi bo'l, saodatli bo'lasan. Insonning saodati uning qalbida bo'ladi. Keyin qalbidan tashqarisiga chiqadi. Saodat tashqaridan insonni ishiga kirmaydi.

Insonning saodati qalbida bo'ladi, o'lchov tushunchasida. Shu saodat endi tashqariga chiqadi. Tashqaridan kelgan narsa insonda saodatli qilmaydi. Rozilik Allohning ulug' bir eshigidir. Obidlarning rohati dunyodagi jannati, kim unga shu dunyoda kirmagan bo'lsa, bas uni oxiratda hech qachon totib ko'rmaydi.

Alloh azza va jalla bergan hadyasiga, Alloh Taolo bergan ne'matiga, bergan rizqiga, bergan kuniga, bergan taqdiriga rozi bandalardan bo'lishimizga o'zi tavfiq bersin. Chunki banda rozi bo'larkan, shundagina uni qalbida qanoat xotirjam bo'ladi. Manda rozi bo'larkan, shundagina saodat topadi. Aks holda, insonni dunyosi har qancha ko'p bo'lsin, har qancha uzoq yashasin, har qan cha sog' yashasin, bu uni baxtli bo'lishligini asosiy sababi emas. Aqulu qavli ha'da, v astag'firulloh ili valakum. Innallohu va malakatuh yusalu'na alannabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)