Maviza
—Qoralama1 soat 26 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
86:14
O'zgarishlar tarixi

Har lahzada hayolingizdan nima o'tganligini Alloh bilib turadi. Ko'chaga kameralar qo'yyapti, sputnikdan kuzatyapti va hokazo. Podvalga tushmasangiz ko'rinmaydi. Sotaga kirib kelsangiz kamera olmaydi. Ammo Alloh Taoloni nazoratidan, idorasidan birov qochadimi? Murod Alloh bizni robbimiz shunaqa Alloh. Alloh Taolo tirik zot, al hay. Lekin uning tirikligi bizni tirikligimizga o'xshamaydi.

Bu birodarlar aqida darslari. Robbimizga nisbatan qanday e'tiqodda bo'lishimiz kerak? Robbimizni sifatlarini bilishimiz kerak. Shunda yolg'on gapirmaymiz tijoratdan. Shunda o'lchov tushunchamiz tuzaladi birodarlar. Shunda enaki komil musulmon bo'la olamiz. Kamera bor joyda to'g'ri minib yuradi shoper mashinasini. Kamera yo'q joyda jinnilik qilaveradi. Endi musulmon odam, robbim har bitta harakatimni ko'rib turadi, bilib turadi deydi da, kamera yo'q bo'lsa ham qizilga to'xtaydi.

Boyagi gayi xodimi bo'lmasa ham, qo'yish kerak bo'lmagan joyga mashinasini qo'ymaydi. Assalomu alaykum, kanalimiz aziz obunachilari. Ustoz Abdulloh domlaning manfaatli ma'ruzalarini kengroq tarqalishi uchun, agar malol kelmasa, bir dona laykingizni unutmang. Kanalimizda mutlaqo reklama yo'q. Alloh siz u bizdan rozi bo'lsin.

Alloh azza va jallaga hamdu sanolar, payg'ambarimizga salovatlar bo'lsin. Mana Sirojiddin o'shi bobomiz o'zining asarini avvalida banda imlolar avvalida aytadi deb boshladi. Har bir banda uchun aytadigan so'zi ahamiyatli hisoblanadi. Chunki har bitta bandada uchta narsadan qiyomatda hisob kitobga tutiladi. Uchta narsada mas'ul bo'ladi. Tilidan, qalbidan va a'zolaridan. Mana shu qilgan amallari, shu uchchala a'zosi bilan qilgan amallardan qiyomatda inson soroqqa tutiladi, hisob kitob qilinadi. Mana shu insonning a'zolaridagi eng xatarlisi til hisoblanadi. Til. Kufr kalimasini ham til aytadi, iymon kalimasini ham til ayitadi. Qabul qildim deb, harom ayolni o'ziga halol qiladi nikohda va taloq deb turib, halol bo'lgan ayolini harom qiladi. Til insonning a'zolaridagi eng xatarlisi. Insonni mana shu tilidan aytgan so'zi qalbiga, qalbidagi kalomga muvofiq bo'ladi yoki muvofiqbo'lmaydi, bundan qat'iy nazar o'sha til bilan aytgan narsasi hisob bo'ladi. Ya'ni hazillashib turib talab qilsa ham talab tushadi.

Niyat qiluvdimi, qilmovdimi, muhim emas. Tilidan chiqdimi, javobgar bo'ladi bu narsaga. Har bitta mukallaf bandaning tilidan chiqayotgan so'zlarini mana shu yelkasida o'tirgan ikkita farishta yozib turadi. Talaffuz qilinadigan so'zlarning eng sharaflisi va eng oliysi bu shahodat kalimasi. Va undan keyin rost so'zlar. Inson bolasi talaffuz qiladigan tili bilan so'zlarningning eng yomoni shirk, kufr va undan keyin yolg'on va gunoh bo'lgan so'zlar. Shuning uchun har bitta banda, har bitta banda og'zidan chiqayotgan so'zga, tili talaffuz qilayotgan so'izlarga diqqat e'tiborli bo'lishligi kerak bo'ladi.

Demak, birinchi mas'ul bo'ladigan a'zosi til, ikkinchi mas'ul bo'dadigan a'zosi qalb. Qalbni ishi birodarlar e'tiqod qilish. Inson borki, nimagadir e'tiqod tiladi. Shuning uchun insonni qalbi hech qachon e'tiqodsiz bo'lmaydi. Mo'min odamning e'tiqodi iymon bo'lsa, kofir odamning e'tuqodi kufr. Endi kimdir men umuman hech qanaqa e'tiqodim yo'q desa, yolg'on gapir ekan bo'ladi. Chunki uni ham e'tiqodi bor. O'sha hech narsa, hech qaysi narsaga e'tiqod qilmaslik uni e'tiqodi. Tushuna olaymi? Men hech narsaga ishonmayman deyotgan odam ham o'sha hech nimaga ishonmaslikka ishonadi. Kishining qalbi e'tiqodsiz bo'lmaydi.

Ana shu mas'ul bo'ladigan biz ikkinchi a'zoyimiz qalb. Va mana shu qalbdagi eng muhim ishlardan bittasi niyat hisoblanadi. Kishini qilgan savob amali unga savob bo'lib yozilishi uchun, kishini qiladigan gunoh ishi unga gunoh bo'lib yozilish uchun niyat bo'lishligi kerak. To'satdan bo'lib qolgan ish, savobli ish bo'lsa u, sizga savob bo'ladi yozilmaydi. Chunki beqasd qildingiz da uni. To'satdan bo'lib qolgan gunoh ish, sizga gunoh bo'lib yozilmaydi. Chunki niyat qilmadingizda bu narsaga. Innomal amal u, biniyat. Demak, birinchi mas'ul bo'ladigan a'zoyimiz til. Ikkinchisi, qalb.

Har bitta mukallab bandani zimmasiga farz bo'lgan e'tiqod nima desa, Allohga va uning nozil qilgan narsalariga e'tiqod qilishlik, iymon keltirishlikdir. Bandaga e'tiqod qilishiga farz bo'lgan narsa, bu Allohni birligiga, borligiga iymon keltirishlik. Uchinchi, siz bilan biz mas'ul bo'ladigan a'zolarimiz bu mana shu jasadimizdagi a'zolar.

Ko'zimiz, qulog'imiz, oyog'imiz, qo'limiz va mana shu narsalar haqida ham albatta biz qiyomatda so'roqqa tutilamiz. Demak, uchta narsani hal qildik. Banda tilidan qalbidan hamda a'zolaridan mas'ul bo'lar ekan. Shuning uchun birodarlar, ota bobolarimiz dastlab siz bilan bizga ta'lim beradigan kalimalarni o'rganishga qattiq e'tibor qaratgan. Eslasanglar, o'sha opa dadalar, katta bular o'tirib olib, kichkina bolalariga kalima aytishni o'rgatgan. Hali bu bolalar bironta harf tanimaydi. Na kiril harfini, na arabiy harfni tanimaydi. Lekin tili chiqib gapirishni boshlaganda, shunga bobolarimiz, muammolarimiz xalis bo'lgan. O'tirib, la ilaha illalloh, qaytar degan.

Qur'on o'qishlikdan avval, diniy amallarni qilishlikdan avval hali bu bolalarimiz balog'atga yetmasdan turib, kalimaga, farzandlarimizni nima qilgan, ota onalarimiz o'rgatgan, kalimani ularga yodlatgan. Va bu o'ta muhim narsa. Ahmad hodiy maqsudiyning qalamiga mansub muallimi soni kitobi bor. Bu yerda o'sha muallimistonning uyda bo'lmagan bironta odam bo'lmasa kerak. Kim Qur'on o'qisa, kim bir diniy ilm o'rganaman desa, albatta mana shu muallimistonini o'qiydi. Ana shu mualliminsonida arab alifbo harflarini tugatgandan keyin, harflarni bir biriga qo'shib, urishdi deb o'qishda o'rganishdi, o'rganganidan keyin, Qur'onga tushlikdan avval birinchi kalimalar keladi. Iymoniy yetti kalimasi deymiz. Shu kalimani ko'rib chiqqanmiz bir qator.

Ya'ni, siz bilan biz bilishimiz kerak bo'lgan hammamiz kalimalar akalar. Chunki iymon nima ekanligini mana shu kalimalardan o'rganamiz va shu kalimani aytishlik bilan iymonimiz to'liq bo'ladi. Birinchisi, kalima itoiba la ilaha illalloh muhammadun rasululloh. Allohdan o'zga iloh yo'q, muhammad alayhissalom allohning elchisi. Ya'ni la ilaha illallohnoh allohdan boshqa ibodat qilinishlikka loyiq bo'lgan ma'bud yo'q.

La ilaha illalluh allohdan o'uzga iloh yo'qu. Muhammad rasululloh. Bu kalima kalimai toyiba, pokiza kalima yoki yoqimli kalima deyiladi. Shitirati aynimagan har qanday odamga bu kalima yoqadi. Muhammad rasulullohning ikkita ma'nosi bor. Muhammad sollallohu alayhi vasallam alloh tanlab olgan banda. Ikkinchi ma'nosi, muhammad alayhi assalom payg'ambarlarning, rasullarning eng oxirgisi. Ikkinchi kalima kalimai shahodat. Ash hadu an la ilaha illallohu va ash hadu anna muhammadan abduhi va rasuluh. Guvohlik beraman, Allohda o'zga iloh yo'q. Guvohlik beraman, Muhammad alayhissalom Allohning bandasi va rasuli.

Mana shu ikkala kalimani aytgan odam musulmon ekanligi dalili ko'rinadi. Shu ikkita kalimani aytgan odam musulmon ekanligi isbotlanadi. La ilaha illallohnoh. Muhammad rasululloh ashxadu alla ila ila illalloh va ashxadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Bu aqida darslari birodarlar. Bu aqida ilmi birodarlar. Aqida ilmi juda ham xatarli narsa.

Aqidasi buzuq bo'lgan odamni bironta amali qabul bo'lmaydi. Aqidasi bug'uza odamni bironta hamali qabul bo'lib bo'lmaydi, namozi ham, ro'zasi ham. Shuning uchun eng muhim narsa. Uchinchi kalima. Kalima i tafhid. Mana domlalarimiz namozdan keyin tasbehni aytib bo'lib turib o'qiydigan kalima. La ilaha illallohu vahdahlashariy kalah, la hul mulku valahul hamdu yuhiy va yumid, vahua hayyun la yamud biyadihil xoyr, vahua ala kul lishay in qodir. Allohdan boshqa iloh yo'q. Uning yakka yagonaligiga sheriki yo'qligiga guvohlik beraman. Mulk ham, hamdu sano ham uningnikidir. Tiriltiradigan ham u, o'ldiradigan ham u. U hech qachon o'lmaydigan, doimiy hayot bo'lgan zotdir. Baxt saodat uning qo'lidadir. U barcha narsaga qodirdir.

Ya'ni tavhid degan so'zni lug'aviy ma'nosi yakkalash, yagonada bilish ma'nosida bo'ladi. Istilohiy ma'nosi esa abadiy barhayot zotning yagona ekanligini tasdiqlash tavhid deyiladi. Abadiy barhayat bo'lgan Allohnı yagona ekanlikini tasdiqlashi tavhid deyishadi. Dinimiz birodarlar tavhid dini. To'rt kalima. Kalima rodil kufr. Ya'ni kufrni rad qilishlik kalimasi. Allohimma inniy a'zu bika min an uchlika bika shay'an a'lamu va astag'firu kalima la a'lamu innaka an ta'allamu g'uyub. Ey Alloh, sendan o'zim bilib turib, biror narsani senga sherik qilib qo'yishimdan panoh so'rayman. Bilmagan narsalarimda esa, meni kechirishingni so'rayman. Albatta sen barcha narsalarni bilguvchi bo'lgan zotsan. Shirk. Alloh taologa biror bir maxluqni teng deb bilishlik, ismida, sifatida, fe'lida, Allohga bir narsani teng deb bilishlik o'xshash deb bilishlik shirk deyiladi. Bilib turib senga shirk keltirib qo'yishdan, bilmasdan shirk keltirab qo'yishidan panoh tilayman.

Shu kalimani ixlos bilan aytib yurgan odamga, birodarlar, mo'min kishiga katta kichik shirklardan xalos bo'lishlik va'dasi berilgan. Kichkina shirk bu riyo. Beshinchi kaliman. Astag'firulloh, astag'firullohni, astag'firullahta'ala ming kunli zambin, adinabi tugu amdan av xotan, serron avvala niyatan, va otu bu ilayhi minaz zambilladiy a'lamu, va minaz zambillardiy la a'lamu innaka an ta'allamul g'iyubi. Allohdan mag'firat so'rayman. Allohdan mag'dfirat so'raymen. Allohdan barcha qasddan qilgan gunohlarimni ham yoki bilmasdan qilib qo'ygan yashirin va oshkora gunohlarimni hamm kechirishini so'rayman. Unga biladigan gunohlarimdan ham, bilmaydigan gunohlarim dan ham tavba qilaman. Ey Allohim, albatta sen barcha g'ayblarni biluvchi zotsan. Demak, ixlos bilan astag'firulloh deyish, bu Allohdan gunohlarimni kechir deb mag'firat so'rash deydi bildiradi. Oltinchi kalima? Kalimai tamjid.

Subhanalloh, valhamdulillah, vala ilaha illallohu vallohu akbar. La havla vala quvvata illa billahi al alil adin. Ma sha Allohu kana va ma lam yasha lam yakun. Subhanalloh. Allohni poklayman. Valhamdulillah, hamdu sano Allohga bo'lsin. Vala havla vala quwata illa billa. Kuch quvvati yo'q, magar Alloh bilan bor. Ma shaallohu kana. Alloh nimani xohlagan bo'lsa bo'ldi. Va man lam yasha lam yakun. Nimani xohlamagan bo'lsa shu ish, bo'lmadi. Yettinchi kalima. Iymoni mujmal. Aman tu billahi kamah huva bi asmayihi va sifatihi va qobil tu jamiyatu ahkamihi. Allohga. Uning ismlari va sifatlari qanday bo'lsa, shunday iymon keltirdim, hamda uning barcha hukmlarini qabul qildim.

Allohga uning ismlari va suhbatlari qanday bilsa, shunday iyman keltirdim. Umumiy, mujmal aytib qo'yildi. Alloh mendan nimaga e'tiqod qilishini talab qilgan bo'lsa, o'shanga iymon keltirdir. Tafsilotini bilmaysiz da, chunki eshitsiz. Ollohni yuzi deyapti, u qanaqa? Ollohni qo'li deyapti. Alloh taolo dunyo osmoniga tushadi deyapti. Qiyomatga keladi maydoniga deyapti. Uni tavsiyotini bilmaysiz da. Siz aytasizki, alloh mendan nimani e'tiqod qilishimni so'ragan bo'lsa, nimani e'ti qod qilishimini talab qilgan bo'lsa o'shanga e'tiqod oldim. Bo'ldi, qutuldingiz.

Imom A'zam Fix'ul Akbarda aytadi, mo'min odam aqidasiga tegishli bo'lgan ishlarni birontasida shubhaga kelib qolsa, darrov Allohning huzurida qanday e'tiqod qilishligim to'g'ri bo'lsa, shunday e'tiqodi man deb qo'ysin deydi. Agar bir odam aqidaga tegishli nozik masalalarda aniq ilmi bo'lmasdan ikkilanib qolgan bo'lsa, iymondan chiqib qoladi akalar. O'shanda Imom A'zam aytyaptiki, Allohning huzurida qaysi e'tiqod to'g'ri bo'ladi? Nima deb e'tiqod qilsam to'g'ri biladi Allohning nazdida? Men o'sha e'tiqoddaman deb qo'yish kerak.

Bu qachongacha ishlaydi bu? O'sha ikkilanayotgan masalasini so'rab tushuntirib beradigan, ya'ni so'rab, bilib oladigan bir olimni oldiga borguncha shu e'tiqodda turishligi to'g'ri bor. Bir domladan borib shu masalani aniq qilib olguncha ikkilanayaptimi? Allohni huzurida qanday e'tiqod qilishim to'g'ri bo'ladi? Shu e'tiqoddaman men deb qo'ysa, o'sha domlamani topib borguncha shu e'ti qodda turadi. Agar shubha qilinsa, iymondan chiqib ketadi.

Yettinchi kalimamiz, iymon mujmal deganda, qat'iy ishonilishi kerak bo'lgan kalimalarni qisqa balondasi tushuniladi. Kimga tavhid ilmining daqiq nozik joylaridan biror narsa mushkul bo'lib qolsa, darhol ushbu kalimalarni ixlosi bilan o'qishi va zudlik bilan uni biladigan kishidan so'rab olishi lozim bo'ladi. Sakkizinchi kalima, iymonun fasal. Batafsil iymon. Endi iymon keltirishimizni tafsiloti. Nimalarga ishonamiz? Aman tu billahi va malaka tixiy, va kutubixiy, va rusulixiy, va liyom il axir, val qodari xoyrixiy va sharrix minallohi ta'ala, val ba'fi ba'dal mav't. Biz nimalarga iymon keltiramiz? Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg'ambarlariga, oxirat kuniga, qadarning yaxshisi ham yomoni ham Allohdan ekaniga, o'lgandan keyin qayta tirilishiga iymon keltirdim. Imomufasal deganda mo'min kishi qat'iy ishonish kerak bo'lgan narsalarning asoslari tushuniladi.

Siz bilan biz bilishimiz kerak bo'lgan, yoddan bilishimiz kerak bo'lgan va e'tiqod qilishimiz kerak bo'lgan kalimalarni o'rgandik. O'sha rahmatullohu alayhi so'z boshlar imlolar boshida banda deb o'zini Allohning bandasi ekanligini tan olyapti. O'zini Allohning bandasi ekanligini e'tirof qilyapti. Mana shu abd banda degan so'z, birodarlar, inson bolasiga beriladigan eng oliy maqom, eng oliy martaba, eng oliy sharaf. Allohga qul bo'lish.

Payg'ambarimizning ismlaridan Muhammad, Ahmad, Mahmud, u zotga xitob qilinganda Rasululloh, Nabiulloh deyiladi. Lekin Alloh azza va jalla Payg'ambarlarimizni bir necha o'rinlarda abd deb zikr qildi. Qul. Allohning quli. Va bu Muhammad alayhissalom uchun eng katta sharaf edi.

Qur'onni nozil qilgan Alloh azza va jallaga hamd aytish o'rnida ham Payg'ambarimiz abd edi. Kaf surasi. Alhamdulillahilladiy anzala ala abidihil kitaba volam yaji allohu aywaja. Qur'onning o'zini bandasiga, quliga nozil qilgan Allohga hamdu sano bo'lsin dedi. Allohga hamd etish kerak bo'lgan o'rinda Payg'ambarimizni banda deyapti, abd deyapti. Ogohlantiruvchi Payg'ambar qilib yuborganlarni xabari berilganda ham banda deyildi. Tabarokalladiy nazzal al furqona ala abdihi li yakun li la alaminin nadiro. Olamlarga ogohlantiruvchisi bo'lish uchun o'z bandasiga Furqonni rozilayotgan Zot barakotlidir.

Yana Payg'ambar ofis hayotida bo'lgan muhim ishlardan Isro voqeasi. Makkayi mukarramadan Baytul Maqdisga, Quddusga Rasululloh bir kechada sayr qildi. Isro deyiladi bu voqea. Payg'ambarimizni hayotida bo'lagan eng muhim voqealardan bittasini aytganda ham, Rasulullohni Alloh meni bandam deb yana Abdikalimasi bilan aytadi. Subhanalli lade asro bi abdihi. Ana shu o'zining bandasini sayr qildirgan Alloh Taolo har qanday aybdan pok. Demak, yuqoridagi oyatlardan ma'lum bo'ladiki, inson bolasi uchun eng katta maqom, eng katta martaba sharaf bu Allohning bandasi, Allohning quli bo'lishlik.

Shuning uchun Sirojiddin o'sha imlolar boshida banda deyapti. Siz bilan biz uchun eng katta sharaf Allohning xuli bo'lishlik. Mana endi tavhidning ta'rifi. Tavhid so'zining lug'aviy va istilohiy ma'nolari. Tavhid sozi ismi masdar bo'lib, lug'aviy ma'nosi yakkalash deganini bildiradi. Islom tavhid deydi. Allohni yakkalashlikni o'rgatadigan din. Endi, qomusul muhitda tavhid yolg'iz Allohga iymon keltirishlik deyilgan.

Mulla Ali Qori tavhidni quyidagicha ta'riflaydi. Quva isba tul vohida niyati liddati samadaniyati. Abadiy barhayot zotning yakka yagonaligini tasdiqlash tavhid deyiladi. Abadiy bar hayot zotning yakkayu yagonaligini ta'sidlash tavhiddeyiladi. Endi aqidatu taxoyani sharhini yozgan Muhammad Anvar Babaxshoniy shunday deydi. Tavhid haqida. A yetabarral insano an jamiy vujuhi il isroki billa, oyati haqida anna alloha subhanahu va ta'ala vahdatuhu la sharikaluh, la fii datixi va la fii sifatixi va la fiy af alixi va la fih asmayih va la fiy ahkamixi.

Inson Allohga shirk keltirishining barcha ko'rinishlaridan o'zini saqlab, Allohning zotida ham, sifatlarida ham, fe'llarida ham, ismlarida ham, hukmlarida ham sherigi yo'q. Yakka yu yolg'iz ekaniga e'tiqod qilish tavhid deyiladi. Tavhid shu ekan. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilamiz. Birinchisi, Alloh Taolo bu koinotdagi biron narsaga o'xshamaydi. Uni bironta kamchiligi yo'q. Ikkinchi xulosamiz. Allohning ism va sifatlari Qur'onda va hadisda qanday bayon qilingan bo'lsa, ular ana shunday. Uchinchisi, Alloh Taoloning ism va sifatslarini haqiqati qanday ekanini bilishga xaloyiq ojiz.

Allohning ism va sifatlarini haqiqati qanday ekanini bilishdan barcha axloq ojiz. Masalan, odam keldi deymiz. Odamning nima va qanday ekanligini bilganligimiz uchun, haqiqatini bilganimiz uchun, uni fe'lini ham qandayligini bilamiz. U yurib keladi. Endi, samolyot keldi deymimiz. U ham keldi, bu ham keldi. Samolyotni qanaqa ekanligini, samolyotni nimaligini bilganligimiz uchun, haqiqatini tushunganimiz uchun, uni kelishi qanday bo'lishini ham bilamiz.

Mashina keldi. Mashinani nimaligini bilamiz, o'shaning uchun kelishini ham bilamimiz. Ana shu kelgan narsani haqiqatini nimaligini bilanligimiz uchun uni biz sifatini ham, fe'lini ham bila olamiz. Endi Alloh Taoloning o'zini qanaqa ekinligini bilamizmi? Alloh dunyo osmoniga har kechani uchinchi qismida tushadi deyildi.

Masalan, odam tomdan yerga tushdi. Baliq akvariumga tushdi. Olma yerga tushdi . Demak, tushish degani tepadan pastga tushlik tushuniladi bizda. Endi Alloh Taoloni o'zini qanaqa ekanligini bilmaganimizdan keyin, Allohni tushishi qanaqa ekinligini ham bilolmaymiz. Mana shu misollar bilan oson tushunamiz.

Aqoyd ulamolari ilohiyatga tegishli masalani ikkiga bo'ladi. Allohni borligiga ishonish, Allohni birligiga ishonish. Alloh azza va jalla o'zi haqida shunday dedi: La isaka mit lihi shay'un vahvos samiy ul bosir. Mana samolyotni bildik nimaligini, haqiqatini, uni sifatlarini ham bilamiz, uni xarakteristikasini ham bilamiz. Endi Alloh Taoloni o'zini qanaqaligini biz bilmaganimizdan keyin, uni sifatlarini ham haqiqatini bilmaymiz.

La isaka mitli hishayun va huvas samyul bosir. Uning mislidek biron narsa yo'q. Allohga o'xshash biron narsa yo'q. Allohga o' xshash biron narsay yo'q. Va u eshituvchi, ko'rguvchi bo'lgan zotdir. Shuning uchun aytyapmiz, Alloh o'zi haqida, Qur'onda nima degan bo'lsa, Muhammad alayhissalom Alloh haqida nima degan bo'lsa, shundayligicha e'tiqod qilamiz.

Imom Ahmadimda Hambal aytadi, Alloh o'zi vasf qilganidan yoki Rasuli vasf qilganida boshqacha vasf qilinmaydi. Qur'on va hadisdan tashqariga chiqilmaydi. Imom Buxoriyning ustozi Noaymimda hamma aytadi, kim Allohni uning yaratgan narsasiga o'xshatsa, kofir bo'libdi.

Alloh ko'radi, lekin ko'rishi bizni ko'rishimizdaqa emas. Alloh eshitadi, lekin eshitishi bizni eshitishimizdaqa mas. Tushunyapsizlarmi? Alloh biladi, lekin bilishi bizni bilishimizdaqa mash deb aytib qo'yish kerak darrov. Kim Alloh o'zi haqida vasf qilgan narsani yoki uning Rasuli vasf qilgan nasani inkor qilsa, kofir bo'libdi. Alloh Qur'onda, Payg'ambarimiz hadisida Allohni sifatlari haqida gapirdi. Bu narsa yo'q Allohda desa, bu odam ham kofir bo'ladi. Alloh o'zini vas qilgan narsada va Rasuluni vas qilgan narsa o'xshashi ham tengi ham yo'qdir degan.

Sofaullohir bobomiz aytadi ko'ngilda ketsa, ko'zga tushsa harshay, erur andin muazzakh, xoliqi hay. Udur hokimki hukmin o'zga yetmas, aning zotig'a hech kim aqli yetmas. Tushunarlimi? Insonni aqli Allohning qanday ekanligini idrok qila olmaydi. Chunki insonning aqli zamon va makonning ichidagi narsalarni idrok qila oladi. Endi alloh taolo zamonni ichida ham emas, makonni ichida ham mas. Demak, insonni aqili yetmaydi Alloh Taoloni qanday ekanlikini idrok qilishlikka.

Shunday ekan, har bir mo'minbanda allohning ism va sifatlarining haqiqati nimadan iborat ekanini bila olmasligiga qattiq e'tiqod qilishlik kerak va bunga kirishmasligi ham kerak. She'rga quloq solamiz. Ala ajzu andarkil idroki idrokun, vala baxtsu ansiri dati robbi ishirokun. Idrok etish fahmidan ojizlik idrok etishdir. Robning zoti sirini izlash shirk keltirishlikdir. Allohning zotini qanday ekanligini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, Allohning zotinini idrok qilishingdir. Allohning zo'tini idrok qila olmaganman. Shuni tushunding. Demak Allohda taniding sen.

Allohni zoti qanaqa ekanligini meni aqlim idrok qila olmas ekan. Shuni tushindingmi? Demak sen Allohni qanday ekanligini tanibsan. Robning zoti haqida bahs qilish shirk keltirishdir. Insonni aqli qanday idrok qila olmaydi? Qanday? Desa aytamiz, insonni aqlini taroziga o'xshatamiz. Tillani tortadigan tarozi bor. Ikki yuz gramm yarim kilogacha tortadi.

Yarim kilolik tarozi. Kartoshka piyozni tortadigan, uch yuz kilo tortadigan taroze ham tarozi. Endi katta yuk mashinani yuki bilan tortadigan tarozini ati ham tarozi. Ellik tonna, yuz tonna tortadi. Hammasini atayin tarozi. Endi bir katta yuk mashinalarini tasavvur qiling, o'zi ellik tonna. Ustida ellik tonna yuk bor. Qancha bo'ldi? Endi shuni tilini tortadigan tarozni ustiga qo'ysak, nima bo'ladi tarozi?

Torta olmaydi, pachaqlanib ketadi. Demak, tarozining chegarasi bor bo'lgandek, insonning aqlini ham chegarasi bor. Ko'zingiz har qancha o'tkir olmasangiz o'n kilometrni ko'rar. O'n kilometrda u yog'ini ko'rmasa, o'n kilometrli u yog'ida hech narsa yo'q deysizmi? Yo'q, ko'zingizning chegarasi bor, lekin u yog'ida yana bir ming kilometr bor u yog'ida. Shuning uchun inson Allohning zotini qanaqa ekanligini men tasavvur qila olmayman ekan, aqlimga sig'dira olmayman ekan deyaptimi? Demak Allohni tanibdi bu odam.

Alloh azza va jallani zoti haqida bahs qilishlik, insonni juda ham xatarli holatga olib kelib qo'yadi. Birinchi navbatda mo'min odam robbisi subhanahu va taologa nisbatan muhabbatli bo'lishi kerak. Va bu muhabbat boshqa hamma muhabbatlarni ustida turishi kerak. Qolgan hamma muhabbat Allohni muhabbatidan kelib chiqishi kerak. Ya'ni biz nimani yaxshi ko'ramiz? Alloh nimani yaxshi kursa. Biz nimani yomon ko'ramiz? Alloh nimani yomon ko'tarsa. Mo'min odamda bir narsani yaxshi ko'rish yoki yomon ko'rishlik o'zini ixtiyoridagi narsa emas. Alloh yaxshi ko'radigan narsani yaxshiroq ko'radi, yomon ko'rgan narsani yomon ko'radi.

Ikkinchi odobi zikr. Ya ayyuha la dina a'manu dhikrulloha zikron kathiyro. Ey iymon keltirganlar, Allohni ko'p zikr qilinglar. Alloh Taologa nisbatan bo'ladigan ikkinchi odob, demak Alloh Taoloni ko'p zikr qilishlik. Uchinchi odobi, Allohning hukmlariga rioya qilishlik. Kishi Allohga muhabbatim bor, Allohni ko'p zikir qilaman desa yu, hayotda qilayotgan ishlarida Allohni hukmiga itoat bo'lmaydigan bo'lsa, bu odamni muhabbati ham, zikri ham quruq da'vo bo'ladi xolos.

To'rtinchi odobi, ixlosli bo'lishlik. Ixloslik bo'lishlik, har bitta qilayotgan amalumomunni Allohni rizosi uchun bo'lishi kerak. Mana aytdik, mushtarak ishlar bor, xos ishlar bor. Mushtarak ish nima? Masalan, Alloh Taolo bir ishni man qilgan, odamlarning qonunida ham bu narsa man qilingan. Masalan, o'g'irlik. Shariat islomiyada Alloh Taolo harom degan buni. Odamlarni qonunida ham bu musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin, odamlar o'zlari yozgan qonunlarida ham o'g'irlik man qilingan, jazolanadi. Demak, inson, inson o'g'irligidan to'xtayotgan paytda yo Allohdan qo'rqib to'xtayotkan bo'ladi, yoki odamlarda qonunidan qo'rqilib to'xtayotikan bo'ladi. Mana shu mushtarak amal deyiladi. Endi, bunda ishtirok bor ekan, sheriklik bor ekan. Shunday ish bor, faqatgina shariatda u narsa man qilingan. Masalan, nomahram ayolga tikilib qarashlik.

Nomahram bo'lgan begona ayolga tikilib qurishlik shariatda harom qilingan, lekin dunyo qonunlaridan birontasida begona ayolga qarashlikni jinoyat deb qaralmaydi. Demak, odamlardan qo'rqishlikda, odamlarni mulohazasi, odamlarning andishasi yo'q. Ko'zingizni nomahram ayoldan tiyayotganingizda, bu faqat Alloh uchun bo'ldi, xolis bo'ldi. Beshinchi odobi, doimo mo'min kishi Robbisi uni kuzatib turganini his qilib turishligi kerak.

Bu ham Alloh Taoliga nisbatan bo'ladigan eng muhim odoblardan hisoblanadi. Alloh Taolo aytadi: Astazbiylar. Vo a'lamu anna Alloha ya'lamu ma'fiyan fuzikun fahda ruh. Va bilingki, Alloh Taolo ichingizdagini albatta biladi. Bas, undan ogoh bo'ling. Odamlar bizni qilayotgan ishimizni zohirini ko'radi. Qalbimizdagini bila olmaydi ular. Alloh Taolo ishingdagi narsani ham bilib turadi, hushyor bo'gin deydi. Sofioni savol aytadiki, sen doimo unga biror ish maxfiy bo'lmaydigan zot, kuzatib turganini his qilib turishing, va'dasiga xilof qilmaydigan zotdan umidvor bo'lib turishing, jazolashga qodir zotga isyon qilishdan saqlanishing lozim.

Jabr alayhissalom hadisiga murojaat qilsak, uchta narsani so'raydi. Islom nima, iymon nima, ehson nima? Islom bu beshta narsa. Iymon yettita narsaga ishonish. Ehson nima deganida, an ta'bud alloha ka annaka tarohu. Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishing. Endi Allohni ko'ra olmaysan, lekin Alloh seni ko'rib turadi deydi. Mo'min his qiladi. Hech kim ko'rmagan joyda ham gunohdan tiyila oladi.

Bilingki, nima xato yo'l qo'yayotgan bo'lsak, qanday gunohga qadam bosayotgan bo'lsa, nima kamchilik bo'layotgan bo'lmasa, bilingki, buni sababi bitta ilmsizlik. Ilmsizlik. Ha bu Allohni qanday zot ekanligini tanimagan odam Allohdan qo'rqa olmaydi talab darajasida. Masalan podvalga tushib olib turib aravani ichib oladi. Kamera yo'qda u yerda. Odamlar ko'rmaydi da u yerda. Shuning uchun avvalambor Allohni tanish kerak, o'zini taniganidek. Mana ruhiy tarbiya darslarida o'tdik. Rasululloh aytdilar: men arafa nafsahu, arafa rabbahu. O'zini tanisa inson, keyin robbisini taniydi. Robbisini tanigandan keyin, keyin biladi robbisi bilan qanaqa muomala qilish kerakligini. Birinchi odobi, nima bo'ldi? Allohga muhabbatli bo'lish, ikkinchisi, zikr, uchinchisi, Allohni hukmlariga rioya qilish. To'rtinchisi, ixlosli bo'lish. Beshinchisi, Allohni kuzatib turganligini nima qilish? His qilish. Oltinchisi, Allohdan qo'rqish. Bu ham eng muhim odoblardan biri.

Allohdan taqvo qilish. Taqvo degani qo'rqish. Taqvo nima? Har bitta bosayotgan qadamingizni qarab bosish, har bitta gapirayotgan so'zingizni o'ylab gapirish va har bitta qilayotgan ishingizni oqibati haqida g'am qilishligingiz. Taqvo mana shunday bo'ladi. Agar inson Allohdaan qo'rqmasa, taqvo qilmasa, bu beodoblik hisoblanadi. Endi mana shu beodobligi Alloh Taologa nisbatan isyon qilishga olib boradi. Alloh Taolo aytadi va xofuniy inkontu mo'miniy. Agar sizlar mo'min bo'ladigan bo'lsanglar, mendan qo'rqinglar deydi. Mendan qo'riqlilar.

Allohdan qo'rqish bandam uchun eng muhim ishlardan bo'lganligi uchun, olimlar, orifzodlar doim odamlarni taqvoga targ'ib qilib turishgan. Ana shu hikmatli so'zlardan ba'zilarini o'qib beraman. Abul Qosim Hakim aytadi, kim biror narsadan qo'rqsa, o'sha narsadan qochadi. Kim bir narsadan qo'shsa, shundan uzoqroq tomonga, undan uzoq bo'lishga qochadi. Ammo kim Allohda qo'rqsam, Allohga qarab qochadi. Favfirru ilalloh. Alloh tomonga qochinglar deydi.

Ayg'ini ko'rdingiz. Qochasiz undan uzoq olish uchun. Qo'rqqan tarafdan qochiladi odatda boshqa tomonga. Ammo Allohda qo'rqqan odam Allohda qochmaydi. Allohga qarab qochadi. Bishrul xofiy aytadi. Allohda qo'shish faqat taqvoliy insonlarni qalbiga kelib joylashadigan mulkdir. Abu xavfs aytadi. Xavf qalbning chirog'idir. Qalbdagi yaxshi va yomon narsalar ushbu chiroq bilan ko'riladi. Qalbida qo'rquv bor odam xuddi qalbida chirog'i bor odamga o'xshaydi. Ya hayo imnimos aytadi. Bechora odam bo'lasiz, agar do'zaxdan kambag'allikdan qo'rqqanchalik qo'rqanida, albatta jannatga kirgan bo'lar edi. Biz kambag'al bo'lib qolishdan qo'rqamiz. O'shaning uchun shuni chorasini qilamiz, isrof qilmaylik, topgan pulimizni o'rniga sarflay deymiz. Kasal bo'lishdan qo'rqamiz. O'shaning uchunga issiq kiyinamiz, qishda salqin tagiga kelamiz, yozda. Kasal bo'lib qolishdan qo'rilib, nimadir qilamiz. Agar inson do'zaxdan ham qo'rqqanda edi, kambag'al bo'lishdan qurqqandek. Jannatga kirgan bo'lar edi.

Allohdan qo'rquvish, gunohdan to'sib turadi insonni. Toat ibodatga chaqirib turadi. Qalbi doim Allohdan eslab turadi. Qalbida Allohdan bo'lgan qo'rquv bor odam, boshqa qo'rquvi qolmaydi qalbida. Kim aytgani bo'ladi? Fataqulloha yu alaykumulloh. Taqvo qilinglar, mendan qo'rqinglar deyapti Alloh. Men o'zim o'rgataman hamma yoqda. Va man yattaqilloh hayash allohu maxroja. Kim Allohdan qo'rqsa, mahorojini beradi. Ya'ni har qanday muammodan chiqib ketish yo'lini beradi. Faqat Allohdan rosa kamligi qo'rqsin. Faqat odamlar ko'rib turganda, odamlarni ichida bo'lganda emas, taqvosi, uyda bo'lganda ham.

Birinchi odob, muhabbatli bo'lish. Ikkinchi odob, zikrni ko'p qilish. Uchinchi odob, hukmlarda doim bo'lish. To'rtinchi odob, ixlos. Beshinchi odob? Allohni kuzatib turganini bilishdik. Oltinchi odob? Allohdan qo'rqish. Yettinchi odob. Allohdan hayo qilish.

Eng muhim odoblarni yana bittasi, allohdan hayoqilish. Agar Alloh ko'rib turishini shunday ko'rganimizda, qaysi ishlardan to'xtagan bo'lardik? Juda ko'p ishlarimizdan. Mashinaga o'tib ketyapti, qarab qo'ydingiz. Hech kim ko'rmadi. Agar Alloh ko'rib turishini his qilsangiz, uyalishingiz kerak. Alloh Taolo hamma narsani ko'rib turadi, hamma narsadan xabardor bo'lib turadi. Mana shu narsaga iymoni komil inson Allohdan hayo qilishligi kerak. Allohdan hayoqilish qanaqa bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zlari o'rgatganlar. Bizda hayo deganda yerga qarab tursanglar, supoq bo'lib tursanglar, hayo.

Xo'p, hayo nima? Hayo. Har bittamiz o'zimizcha tasavvurimiz bor. Hammamiz o'zimni hayoliy deb bilamiz. Biz o'rganib qolgan, urf bo'lib qolgan hayoda qarasak, hammamiz hayolikka o'xshaymiz. Mana Payg'ambarimiz nima deganlar? Ana Abdulloh ibn Mas'udiyn qoli, qoli Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam va istahyu minallohi haqqol hay'a. Payg'ambar biz aytdilar, Allohdan chinakamiga hayo qilinglar.

Qullay, yo Rasululloh. Innala nastah i walhamdulillah. Yo Rasululloh dedi sahobalar. Biz alhamdulillah Ollohdan hayo qilamiz dedi. Qola, ley sada aka. Valakim nal sixiya minallohi haqqul hayo. Yo'q, sizlar aytayotgan hayo emas. Allohdan chinakamiga hayo qilishlik. Antahfazal rosa vama va'a.

Va antahfazal batna vama hava. Va tatadakkaro'l mov taval bila, va man arodal a hirota taraka ziynata dunya, va man fa'alada alika faqat istahya minallohi haqqal hay'a. Imom Termiziy rivoyat. Payg'ambarimiz aytdilar. Sanab turinglar. Allohdan haqiqiy hayo qilish boshni va undagi narsalarni saqlash bilan, qorinni va undagi narsa narsalarni asrashingiz bilan, o'limni va chirib ketishni eslab yurishingiz bilan bo'ladi. Kim oxiratni xohlasa, dunyo ziynatini tark qiladi. Kimki ushbu ularni qilsa, o'sha kishi Allohdan hayo qilgan bo'ladi dedilar.

Boshni va unga kelgan narsani, qorinni va unga tushadigan narsani e'tiyat qilish va o'limni eslab tayyorgarlik ko'rishlik. Mana shu haqiqiy hayo dedilar. Kallangizga kelgan birinchi fikrni davom ettirib ketavermaysiz. Shayton chiroyli podachani berib qo'yadi, u yog'ini o'zlab ketasiz. Abdulillahi minash shayton uchun to'xtatish kerak. Qorningiz nimalarni xohlamaydi yeyishlikdan?

Boshni va undagi a'zolarni tiyish, ko'zni, quloqni, tinni. Qalbni gunoh narsalarni qasd qilishdan tiyish, harom ovqatlarni yeyishdan ehtiyot bo'lish. Mana shu suhbatlar kimda topilsa, shu odam haqiqiy Allohdaan hayo qilgan bo'ladi. Mana shu aytilgan hadis sharifni ma'nolarini olimlar oddiy sodda yo'l bilan tushuntirib qo'yishgan. Shundan bittasi. Bir kishi Ibrohim adahimni oldiga kelib, ey aboyingiz xoq, nafsim gunoh mas'uliyatlarga botib ketdi. Shu gunohdan tiyilishligim uchun sizda biror bir narsa bormi? Sizda biror narsa bormi, bering, dedi. Ibrohim aytdi. Aytadigan nasihatlarimni eshitib, rioya qilsang, qabul qilsang, gunohlardan oson tiyilasan, dedi. Ayting, dedi. Beshta hislatni eslatdi Ibrohim Adham. Birinchisi. Alloh taologa isyon qilmoqchi bo'lsang, Alloh bergan rizqini yema, dedi. Haligi kishi, unda nimani yeyman, dedi. Hamma narsa Allohni bergan rizqi, yu, dedi. Ibrohim Adham aytdi, bundoq bo'lsa, dedi, qanday qilib gunoh qilasan? Allohni bergan rizqini yeb turib, yana Allohga isyon qilgani, uyalmaysanmi, dedi.

Ikkinchisi. Alloh taologa isyon qilmoqchi bo'lsang, Allohni yaratib qo'ygan yerida turma dedi. Haligi odam aytdi, e bu birinchisidan ham qiyin u. Mag'rib ham mana shunaqa Allohnikisi bo'lsa, Allohni yeridan boshqa qayerga borib turaman degandi? Ibrohim aytdi, ey inson, uni bergan rizqining yesang. Uni yaratib qo'ygan yerida turgan bo'lsang, qanday qilib gunoh qilishga jur'at qilasan? Qanday gunohni o'zing eplasang dedi. Hali odam yo'q, ep ko'rmayman o'zimga dedi. Uchinchisini ayting dedi.

Allohga ishonch qilmoqchi bo'lsang, u seni ko'rmaydigan bir joyni topginda, o'shaga borib qilgin dedi. Hali odamm, ey Ibrohim, nima ekaningiz bu? Alloh taolo hammasi sirdan xabardor bo'lsa, qalbdan kechayotgan narsani bilib tursa, biror narsa Allohdan maxfiy bo'lmasa, qanday qilaman bu ishni deganida, ey odam bolasi dedi. Allohni bergan rizqini yesang, Allohni yaratgan yerida tursang, Alloh hamma narsani bilib ko'rib turganidan xabardor bo'lsang, qanday jur'at qilasan gunoh qilgani dedi. To'rtinchisi, agar o'lim farishtasi oldinga kelsa, aytginki, meni jonimni olmay tur, tovba qilib olay, menga ozgina muhlat ber, degin. Haligi savol so'ragan, ha gapimga quloq solmaydi yu dedi.

Ibrohim Adham aytdi, agar tavba qilib olishing uchun, o'limni o'zingdan nariq qilib tura olmasang, joningni olgan kelgan paytda orqaga surish imkoniyating bo'lmasa, qanday qilib najotdan umid qilasan dedi. Nima nimani aytdi? Alloh bir sizga bergan rizqini yema. Allohni yerida turma. Ko'rmaydigan joyga bor.

Ajal kelganda nari turib turdi. Beshinchisi, qiyomat kuni zaboniyalar, ya'ni do'zaxda, do'zaxlarga azob beradigan farishtalar seni do'zaxga olib ketishga kelishsa, ular bilan birga bormay qovur dedi. Haligi kishi, ular bunga qarab o'tirmaydi yu dedi. Unday bo'lsa, najot topishdan qanday umidvor bo'lyapsan dedi. Ibrohim, yetadi, yetadi dedi.

Biz gunohdan tiyilmoqchi bo'lsak, mana shu beshta narsani eslaylik. Alloh bergan rizqni yeb turib, Alloh yaratgan joyda turib, hamma narsani bilishini bilib turib, o'limni o'zimizdan nari qila olmasligimizni bilib turib, farishtalarga gapimiz o'tmasligini bilib turib gunoh qilishlikka inson jur'at qilishi aqldan bo'ladimi? Allohga bo'lgan muhimma odoblar, birinchisi, muhabbatli bo'lish, ko'p zikr qilish, hukmlarga rioya qilish, ixlosli bo'lish, Allohni kuzatib turishini his qilish, Allohdan qo'rqish, Allohdan hayo qilish.

Sakkizinchi narsa, Allohdan taqvo qilish. Taqvo, birodarlar, bu dinimizdan ko'zlangan asosiy narsa. Tijorat qilayotganda taqvo bo'lishi kerak. Mashina minayotganda taquvo bo'lishi ketay. Oila bilan o'tirganda taqvo olishi kerak. Ko'chada yurganda, turganda har bitta ishda taqvo bo'lishi kerak. Taqvo bu Allohdan qo'rqishlik. Allohdan qo'shishlik.

Abu Abdulloh ro'ziboring aytadi, taqvo seni Allohdan uzoqlashtiradigan narsadan o'zingni olib qochishingdir. Ibn Ato aytadi. Taqvoning tashqi va ichki tarafi bor. Tashqi tarafi shariat hukmlariga rioya qilish, ichki tarafi esa ixlos va niyat. Taqvoni birodarlar, juda ham foydalari ko'p. Alloh Taolo taqvodor odam bilan birga bo'ladi. Astadibillah. Innalloha ma'alladina taqov va alladina hum muhsinun. Alloh kim bilan birga bo'ladi? Taqvodorlar bilan birga bo'ladi. Alloh kim bilan birga bo'ladi? Muhsinlar bilan. Chiroyli amal qiladiganlar bilan. Endi Alloh siz bilan birga bo'lsa, siz nimani yo'qotdingiz? Alloh siz bilanbirga bo'lsa, alloh o'zi qo'llasa, boshqa birovni qo'llashini keragi yo'q. Chunki butun maxluqotni sizni xizmatingizga solib qo'yadi. Agar Alloh sizni qo'llaydigan bo'lsa. Ammo Alloh tashlab qo'ysa sizni o'zingizni holingizga, tupurgingizni o'ldiradi sizni. Tupurgingiz o'ldiradi. Tomoqqa yutayotganda shunday tiqilib qoladi, bo'ldi ketdingiz. Pulingiz ham foyda bermaydi, diplomingiz ham, mansabingiz ham, unvoningiz ham.

Alloh Taolo aytadi, istadibillar voin tasbiru va tattaqu, la yo durrukum kayduhum shay'a. Agar sizlar sabr qilsanglar va taqvo qilsanglar, ularning makiri sizga hech zarar qilmas. Inna humayyattaqa yu voyasbir, fa inna Alloh ala yu'diyu ajral muhsining deydi. Yusuf alayhissalomning qissasini oxirida. Qur'onda yigirma beshta payg'ambarning ismi zikr qilingan bo'lsa, ularning hayoti Qur'onda hikoyalar keltirilgan. Masalan, Muso alayhissalomning qissasi yigirma beshta suraga bo'lingan. Yetmish uch o'ringa bo'linib ketgan. Yigirma beshta surada yetmish uch o'ttiz o'ringa. Faqatgina Yusuf alayhissalomning qissasi bir boshlanadi, bir tugaydi. Uzilishi yo'q o'rtada. Ajib qissa. Yusuf alayhi salomning qissasi inson tushkunlikka kirib, siqilib, hayotda bir umidi so'nib, mana shunday bir pachag'i chiqib qolganida, yusuf alayihissalom qissasini bir o'qisa, yangilanish bo'lib qoladi.

Mana shu qissa, ey otajon, men o'n bitta yulduzni oyni va quyoshni menga sajda qilayotganligini ko'rdim deb boshlanadi va oxirida biz aytgan oyat bilan tugaydi. Innahumayat taqiy voyasbir, fa innalloh alay yu'diyu ajral muhsiniy. Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlashdi. Qul bo'lib sotilib ketdi. Tuxumatga qolib qamoqda o'tirdi. Ana shu mamlakatni, Misrni vaziri bo'ldi. Zo'r bo'ldi hayoti. Oxirida aytyapti. Otalar keldi sahrodan Misrga. Otasi, onasi va o'n bitta aka ukalar unga egilishdi. Tushini ta'biri ro'yobga chiqdi. Qissani oxirida Alloh aytadi. Albatta kim taqvo qilsa va sabr qilsa, Alloh muhsin bandalarini ajrini zoyi qilmaydi deydi. Taqvo qiling, sabr qiling, sizni mukofotingiz yo'q bo'lib ketmaydi. Siz taqvo qilasiz bir yil, ikki yil, sabr qilasiz uch yil, to'rt yil. Keyin nima bo'ladi? Siz kutgan narsani bera olmasa, yoki ko'p ham tezroq kelmayotgan bo'lsa haligi narsa, nima qilasiz? Nima qilasiz? Shoshib ketasiz da, jazavaga tushasiz da, noroz olasiz da, shuncha sabr qildim, shuncha taqvo qildim, shuning uchun duo qildim, ijobat qilmadi deb shoshib ketasiz.

Yuzta ja bul yaxadi ku ma'lamiyasida ajil degani rasululloh. Shoshirmasanglar da duoyilarni ijobat bo'ladi. Siladi, bitta ayladi, duoyilari ijobat bo'ladi, shoshilmasa bo'ldi. Qanaqa qilib shoshiladi yo rasululloh desa, bir banda aytadi, robbimga duo qildim, duo qildim, sabr taqvo qilgandan keyin. Alloh bermadi deydi. Mana endi bermaydi. Tushunarlimi? Siz uchun besh yil uzoq vaqt, biz uchun o'ttiz yil uzoq voqt, alloh uchun hech narsa emas, umringizni oxiriga olib qo'ygan edi shu narsani. Yo'q, siz nima qildingiz?

Shoshib ketdingiz. Sabr qilmadingiz oxirigacha. Sabr qiling da. Hozirgi yoshlar ayniqsa besabr, hamma narsa bo'lishi kerak va birdaniga bo'lishi keraksiz. Unaqa bo'lmaydi, ukalar, unaqa bo'lolmaydi. Sizlarni ko'zinglarda katta biznesmen, katta pul topyapti, falonchi bir sportsmen katta chempion bo'ldi, falonchi odam katta obro'yga bo'ldi, birdaniga bo'lmagan.

Yusuf alayhissalom qissasi. Yigirma ikki yildan keyin sajda qildi. Otasi, onasi va o'n bitta aka ukasi. Yigirman ikki yil. Payg'ambarga yigirma ikkita yil kerak bo'ldi o'sha maqomga yetish uchun. Yo biz shoshib ketamiz da. Agar inson taqvo qilsa, taqvo qilsam, Alloh Taolo unga haq bilan botinni ajratishlik qobiliyatini berib qo'yadi. Allohdan qo'rqqan odam ko'zi ochiq bo'lib qoladi.

Ishlarni oqibatini ko'radigan bo'lib qoladi. Biz mana bu ruhiy tarbiya darslarida o'tdik. Astaydubilla? Ye ayyohalladina amanu in tattaqulloha yaji allakum furqonun. Ey iymon keltirganlar, taqvo qilsanglar, Alloh sizlarga furqonni beradi. Furqon nima? Furqon degani bo'luvchi, ajratuvchi. Ulamolar mana shu furqonni aytadi nimaligini. Taqvo qilinglar! Men furqonni beraman deydi. Furqon nimal? Furqon nur.

Agar shu furqonni bersa Alloh sizga, oqni oq, qorani qor ekanligini ko'rasiz. Endi taqvoyingiz bo'lmasa furqoningiz bo'lmaydi, furqoningiz bo'masa yorug'ligingiz bo'maydi, ko'zingiz ko'r bo'ladi. Furqon ma'rifat. Riboga pul olgan ham xor bo'lishini o'qidingiz Qur'onda. Olib boyaversin, lekin bilasiz, oxiri chata bo'ladi buni. Sizda ma'rifat bor. Keyingisi, basiroq, boshqalar idrok qilmagan narsani, boshqalar ko'rmagan narsani ko'radigan bo'lib qolasizlar.

To'rtinchisi, ilhom. Ilhom nima? O'sha muammo kelib turgan paytda hech kim yechim topolmayotganda shu yechimni ilhomini Alloh Taolo berib qo'yadi sizga. Sizdan chiqadi shu fikr. E to'g'ri fikr bo'ldi. Shuni kim berdi? Oxirgisi hikmat. Hikmat nima? Kerakli ishni chiroyli suratda, vaqtida bajarish. Yoshlikdagi katta hikmat nima ilm o'qish, hunar o'rganish bo'lmasam. Furqon bo'lsa qo'lingizda, Alloh Taolodan taqvo qilgandingiz, rost akamlarga, Alloh Furqonni berdi, shu elakka solib turib, bunday bunday bunday elasangiz, kerak emas oshcha narsalar shunday tushib ketadi da, yirigi qoladi.

Likopni ustiga solib qo'yasiz, pistani, mayizni, yong'og'ni, nonni, hamma narsani soldingiz, xullas, yirik elak. Bunday bunday bunda qilganingizda yirigi qolad a? Hayotdagi g'amlar ham xuddi shu likopdagi narsaga o'xshaydi. U likopni tayib tunligi uchun hammasini ushlab turibdi, hammasi kerak deb. Agar elek bo'lganida, sizda, bunday erasangiz, dollar narxi oshibdi, siqilmasdingiz. Ha, Alloh beruvdi, shunday ko'z tushibdi da. A? Narx navo oshib ketar ekanda, sal Alloh peshonamizga yozganda siqaymiz deymiz da.

Demak, Furqon bu taqvodorlarga Alloh aziz va jalla haq bilan botinni, hidoyat bilan zalolat o'rtasini ajratadigan nurni berib qo'yar ekan. Kimga? Taqvodorlarga. Odoblarni sanaymiz. Allohga muhabbatli bo'lish, zikrda bo'lish, hukmlarga rioya qilish, ixlosli bo'lish, Alloh ko'rib turibdi deb bilish, qo'rqish, hayo, taqvo.

To'qqizinchisi, Allohga tavakkal qilish. Tavakkal qilishi nima? Tavakkal qilishing, inson o'zi yetmoqchi bo'lgan maqsadga, uni olib boradigan sabablarni zo'r qilib qiladi, qilib bo'lib turib, endi buyog'i Allohda deb xotirjam turadi. Mana shu tavakkal. Odamlar bor, faqat tavakkal qilishni biladi. Bular Allohga nisbatan beodoblik qilayotgan odamlar. Sababni qilmaydi, faqat tavakkal deydi. Hech narsa qilmaydi. Tavakkal Allohga deb o'tirib yuboradi. Bu beodoblik qilyapti. Endi shunday odamlar bor, sababni zo'r qiladi, lekin allohga tavakkal qilmaydi,faqat sababiga suyanadi. Bular shirk keltiryapti.

Xudoga tavakkal qilgan el na talqonni va na qalqonning g'amini yer. Tavakkal qildi degani nima degani? Budilni ekib qo'ydi, dorini charchab qo'ydi, yerda haydab qo'ydi. Buyog'i Parvardigor o'zingdan deydi. Qalqon degani, Alloh himoya qilib oladi deb o'tiravermaydi. Himoya uchun hamma sababni qiladi, keyin Buyog'i Alloh'dan deydi.

Va man yetavakkal alallohi fahva hasbuhu. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas uning hisobi Alloh qo'lida bo'ladi. Tavakkal qildingizmi? G'am qilmang, qo'rqmang. Yahyoobni Muozidan kishi qachon tavakkal qiluvchi bo'ladi deb so'rashdi. U javob berdi. Qachon allohning al vakil ekaniga rozi bo'lsa, ya'ni hamma narsa allohni qo'lida degan e'tiqod qalbida mustahkam bo'lsa, tavakkalchi bo'ladi.

Besh yil xofiya aytadi, ba'zilar Allohga tavakkal qildim deb turib, Allohga nisbatan yolg'on gapiradi. Agar u Allohga tavakkal bo'lganida, albatta Robbisining unga qilgan narsasiga rozi bo'lgan bo'lar edi. Ko'rdingizmi? Hamma sharoitni qildingiz, Allohga tavakkal qildingiz. Endi o'shandan keyin siz aytgan ish bo'lmadi.

Siz aytgan ishi bo'lmay qoldi. Endi rozi bo'lsangiz, demak tavakkalchi ekansiz. Endi shuncha narsani qilsam ham bo'lmadi baribir deyapsizmi? Shuncha sababini qilsam ham natija bo'lmadi, men aytganqa dedingizmi? Demak siz tavakkalchi emas ekansiz. Tavakkalchi odam ish bitgandan keyin nima qiladi? Rozi bo'ladi. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U Zotning o'zi kifoya qiladi.

So'folloyir bobomiz aytganidek, qidirg'on birla rizqing qatra toshmas, ketar qadring qadrdan hargiz oshmas. Voy bu odamlarchi, avliyo odamlar bo'lganda. She'r qilib tushuntirib qo'yapti, shuncha gapirgan gapimizni. Eshitinglar da. Qidirg'on bir la rizqing qatra tochmas, ketar qaddring qadrdan haligiz oshmas. Joningni jabborga ber, o'tdan cho'qqa ur, men qilaman o'ttiz, xudoyim qiladi. To'qqiz. Znachit to'qqiz edi ekanda. Lekin sen o'ttiz qilishlikka harakat qilaverasan. Seni ishing mana shu. Ammo o'ttiz qiganingdan keyin Alloh to'qqiz qilib qo'ydimi? Endi rozi bo'l. Mana shunday tavakkalchi bo'lasan.

Ibn Otoo'lloh Samarqandiy mana shu mavzuga nuqta qo'yib beradi bizga. U kishini aytgan so'zi, mana shu mavzuimizga nuqta desak bo'ladi. Savobi qul imom la to'hriqu asvarul aqdor. Peshqadam g'ayratlar qadar to'siqlarni buza olmaydi. Peshqadom g'ayratlar, xatti harakatlar, jiddiy jaq mehnatlar qadarni to'sib qo'ygan, devorlardan oqlab o'ta olmaydi yo buzib o'ta olmaydi.

O'ninchisi, Alloh uchun yaxshi ko'rish kerak, Alloh uchuni yomon ko'rish keraksiz. Albatta biz kimlardadir yaxshi ko'ramiz. Kimlardadir yomon ko'ramiz. Nimalarnidir yaxshi ko'ramiz va nimalarnidir yomon ko'ramimiz. Endi u yaxshi ko'rishimiz va yomon ko'rishimiz o'zimizni shaxsiyatimizdan kelib chiqib turib belgilanadi. Falonchini yomon ko'rasiz. Nima uchun? Sizga bir marta grubit qilib qo'ygan. Falonchini yolg'on ko'rasiz. Nimaga? Bir marta nonushtaga aytganingizda nima qilmay qo'ygan? Bormay qo'ygan, sizni shaxsiyatingizga tekkani uchun yomon ko'rasiz. Yoki aksincha, falonchini yaxshi ko'rasiz. Nima uchun? Bir paytlar sizga nima qilgan edi, yaxshilik qilgan edi. Yoki bo'lmasam, qandaydir sizni tijoratingizga, sizni bir yurgizayotgan siyosatingizga uni foydasi bor. Lekin musulmon odam bu narsalarga qaramaydi. Birovni yaxshi ko'radigan bo'lsa, Alloh uchun yaxshi ko'radi. Birovni yomon ko'radigan bo'lsa, Alloh uchunga yomon ko'radi. O'sha yomon ko'rayotgan odamining shaxsiyatini yomon ko'rmaslik kerak.

Qilayotgan ishini yomon ko'rish kerak. Masalan, o'g'irlik qilayotgan o'g'rini ko'rganda o'zini yomon ko'rmaymiz biz. Musulmon sifatida. Biz qilayotgan ishini yomon ko'ramiz. Endi shu o'g'irligini tashladimi, sizda unga nisbatan nafrat qolmasligi kerak. Agar o'g'irligni tashlagandan keyin ham yomon ko'rayotgan bo'lsangiz, demak Alloh uchun yomon ko'rmaysiz dedingiz buni. Hasan Basriy rahimahulloh Basra ko'chalarida ketar ekan, odamlar bir odamni o'rtaga olib, prosta tepkilashyapti. Ey tepanglar buni deb himoyasiga o'tib qoldi. Aytishdiki, siz yomon ko'rmaysizmi buni? Axir bu o'g'ri ku deyishdi. Shunda Hasan Basriy men buni o'zini yomon ko'rmayman, o'g'riligini yomon ko'raman dedi. So'ngra aytdiki, agar shu odam suvga tushib, cho'kib ketayotganini ko'rsanglar, qutqarishlik harakat qilarmidinglar? Ha deyishdi. Bu ham mana shu gunoh degan suvga cho'kib ketyapti ekan, uni qutqaringlar dedi.

Mana endi bir shu elekni kallanglarga solib turib, bir eleklar kallanglardagi narsani, kimni yomon ko'ryapsiz? Nima uchun yomon ko'ryapisiz? Va kimni yaxshi ko'ryapsiz, nima uchun yaxshi ko'lyapsiz? Uyalib qolamizmi? Agar rost mana insof bilan erasak, juda ko'p biz yomon ko'rgan odamlar shaxsiyati uchun yomon ko'rayotgan bo'lamiz. O'zimizni ya'yimizga to'g'ri kelmaganligi uchun yomon korayotgan bo'lammiz. To'g'rimi?

Bu odam haqida nima deysan, yomon odam. Nimaga menga yomon deyishgan? Voy. Senga yomon deb qo'ysa, bir marta gaplashdingmi, bir marta safarga chiqdingmi, pul muomala qildingmi, qo'shimchilik qildingmi, sen tanimagan odamni qanday yomon ko'rasan? Kimnidir gapi uchun yomon ko'ryapsan. An abiumoma, an rasulillahi sollallohu alayhi vasallam an naquqol, man ahabbalillahi va abu xodalillahi va a'tolillahi va mani alillahi faqat istakmalal iyman. Abu dovud rivoyat. Kimki deyaptilar rasululloh, alloh uchun yaxshi ko'rsa, alloh uchuni yomon ko'rsa, alloh uchun bersa, alloh uchun rad qilsa, albatta iymonini komil qilibdi. Berayotgan bo'lsangiz alloh uchun bering. Berdingiz, oldi. Keyin sizga hurmatni siz xohlaganday ko'rsatmadi. Achchig'ingiz kelyaptimi? Demak alloh uchun bermabsiz.

Sizni qilgan yaxshiligingizni qadrlamadimi qavm? Endi to'xtatib qo'ydingizmi shu yaxshiligizni? Demak, shuning uchun kim uchun qilmabsiz? Alloh uchun qilmasiz. Endi sizni to'g'riga o'ting desa, birinchi safga chaqirsa, doim atingizni aytib, o'shaning uchun muxlis banda xayrli ishni qilib qo'yadi da, imkon boricha bir oyga ko'rsatmaslikka harakat qiladi. Indamay ketaveradi. O'shaning uchu kimni yomon ko'rayotgan bo'lsangiz, qarang, nima uchun yomon ko'ryapsiz?

Allohni yaxshi ko'rish, payg'ambarlarni yaxshi ko'tarish, solih bandalarni yaxshi korish, mana shu bari imonni taqozosi bo'ladi. Alloh bilan bo'ladigan odobni o'n birinchi ko'rinishi qozoq va qadarga rozi bo'lish. Mo'minni robbisiga nisbatan tutish kerak bo'lgan odoblarning eng muhimlaridan qozoq qadarga rosi bo'lishingiz. Mana allohga tavakkal deysiz. Dehqonchilikni qildingiz, dorini vaqtida qo'ydingiz, bu devni vaqtida chashdingiz, suvni qo'ydingz, keyin allohga tavakkal dedingiz. Musulmon odam ishi shu. Sababini qiladi, natijani Allohga tashlaydi. Endi haqiqiy tavakkalchi ekanligingizni belgisi nima desa, shu tavakkal qilganingizdan keyin, qanaqa natija bo'lsa ham rozimisiz? Demak haqiqiy tavakkulchisiz.

Sababni qildingiz, tavakkalni qildingiz. Natija sizga yoqmaydigan bo'ldi. Jazavaga tushyapsizmi? Demak siz tavakkalchi emassiz. Musulmon odamni iymoni qachon komil bo'ladi? Unga kelgan narsa taqdirda kelishi yozilgan edi. Unga kelmagan narsa, taqdirda unga kelishi yozilmagan edi. Taqdirda aytgani bo'ldi, tamom, dedimi? Shu odamni iymonini komil bo'lardi. Agar o'sha paytda yigit olib qo'yganimda, bor pulimga, yigit necha pul edi? Bir tiyin edi. O'sha payt agar tuz olib qo'yganimda, shuning uchun musulmon odam bo'lib o'tgan ishga agar degan so'z bilan kirishmaydi. Musulmon odam, bo'lib o'tgan ishga qaddaralloh deydi. Alloh shuni taqdir qilgan ekan. Shu narsa bo'ldi deydi da, qalbi tamomini bo'ladi, rozi bo'ladi. Ruhoniyat darslarida aytib o'tdik, ikkita narsa bor. Ikkita narsa, birodarlar, insonni, u mo'min bo'lsin, kofir bo'lsin, farqi yo'q. Insonning hayotini jahannamga aylantirib yuboradi. O'tmishiga pushaymon, kelajagidan xavotir. Inson o'tib ketgan ishlarni eslab, pushaymon afsus nadomat chekaverar ekan, bugungi kuni rasvo bo'ladi.

Inson kelajakda nima bo'lishligini o'ylab, kelajak haqida xavotir qilib, siqilib o'g'ilyapti, bugungi kun rasvo bo'ladi. Mo'min nima deydi? Bo'lib o'tgan ishi bo'lib o'tdi. Alloh xohlagan ekan, bo'ldi, ketdi. Endi kelajakdan nimaga xavotir olmaydi desa, kim aytgani bo'ladi? Onasini qornida inson bolasi o'rnashdi, nutfa ko'rinishida. Yuz yigirma kunga to'lgan kuni, rizqi ajali yozilgan. Kimga uylanadi, necha pul topadi, qayerda yashaydi, qachon o'ladi? Shunga iymon keltirgan odam allohda aytgani bo'ldi deb ketaveradi. Ammo hech narsa qilmasdan o'tira olmaydi. Sababini qiladi.

Ansuhaybin qola, qola rasulullohi sollallohu alayhi vasallam a ajabanli amri il mu'min. Innah amruhullohi xoyron. Mo'minni ishi ajablanarli, deydilar Rasululloh. Mo'minni ishiga ajablanaman. Albatta, uning ishini hammasi u uchun xayrli. Valaysa da li kal yaxadin illalin mo'min. Va bu narsa faqat mo'minga berilgan. In asobot khus sarro shakaro. Agar yaxshilik yetsa, shukur keltiradi. Shukur keltirsak, Alloh rozi bo'ladi. Shukur kelsa, Alloh nima qilib beradi bu ne'matini? Ko'paytirib beradi. Voyin asobatu sarro soborov akani hayronla. Agar musibat yetsa, sabr qiladi, bu ham u uchun foyda. Musulmonga yaxshilik kelsa ham, yomonlik kelsa ham musulmonga foyda. Birinchi holatda shukur keltiradi, ikkinchi holatda sabr qiladi. Ikkala holatda ham mo'min agar komil mo'min bo'ladigan bo'lsa, yutuqda qolaveradi. Va bu kimga berilgan faqat? Mo'minga berilgan.

Mana shu tushuncha bilan mo'min kishi yashar ekan, dunyoda saodatli bo'lishi, oxiratda Allohni rizosiga erishligi shak shubhasiz bo'lib qoladi. Faqat shu e'tiqod bilan yashashligi kerak bo'ladi. Mana shunday bir ajoyib muvaffaqiyatga erishlik uchun kishi faqat mo'min bo'lishi va iymonni taqozosiga ko'ra hayot kechirish kerak bo'lardi. Shuning uchun ba'zi ulamolar mana shu hadisni ta'riflab, ushbu hadis deyishadi. Islomning yarmi yoki islomning butunlay o'zi deyishadi. Va bu gap mubolag'a emas bu odamlar.

Huvol hay yulu mudob beru kun la amrin, huvol haq qulu muqaddiru diljalol. Ma'nosi. U Haydir, tirik. Barcha ishning tadbirini qiluvchidir. U Haqdir, taqdir tayin qiluvchi Zuljaloldir. Bu tarjimasi edi nazmiy bayon. U Haydir tayinlovchi neki bo'lsa hol, u Haqdir taqdirlovchi oliy Zuljalol. Alloh Subhanah va Taoloni har bitta ishni borliqda tadbir qilib turuvchi zot ekanligi haqida bu baytlar. Alloh Subhanahu va Taoloni al Hay dedi. Oyat al Kursiy. Allohu la ilaha illa huval al Hayyul Qoyyum. Alloh Taolo tirik bo'lgan zot. Va mana shu tirik bo'lagan barhayot zot, bu borliqdagi har bitta ish Alloh Taolo o'zi idora qilib turadi, o'zi boshqarib turadi. Alloh Taolo bu borliqni boshqarib idora qilib turishligi Uni charchatmaydi.

Qur'on oyatlarning eng ulug'i qaysi deyilganda, oyat al kursiy deyiladi. Istaydi billa? Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum la huzu hu sinatun va la navun la hu mafiz samovati va mafil art man zalladi yashfa va inda hu illa bi idni ya'lamu ma bayna idhim va maqolfahum va la yuhaytuna bi shay'in min ilmihillabimasha vosiya kursiyhu samovati va al art vala ya'uduhu hifduhuma vahual aliyul avdiy. Mana shu oyatni ko'rib chiqamiz bugun.

Alloh undan o'ziga iloh yo'qdir. U hamisha barhayot va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va yerdagi barcha narsalar unikidir. Qiyomat kuni uning huzurida kim ham gunohkorlarni uning ruxsatsiz shaffofat qila oladi? U ulardan, odamlardan oldingi va keyingi narsalarni bilur. Odamlar uning ilmidan faqat u istagan miqdoricha o'zlashtirurlar. Uning kursisi osmonlar va yerni ham o'z ishiga sig'dira oladi. U ikkisini muhofaza etish Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir. Baqara surasi ikki yuz ellik beshinchi oyat. Bismillahir rohmanir rohim. Allohu la ilaha illa huw alhamdulqoyyum. Alloh, undan o'ziga iloh yo'q, u hamisha barhayot va abadiy turguchidir. Alloh taolo bironta bir ehtiyoji, hojati, muhtojligi yo'q. Alloh taolo assomat. Qul hu allohu ahad, allohu assomat. Alloh behojat bo'lgan zot. Alloh taolo biror narsaga muhtoj emas.

Alloh hech qachon o'lmaydi. O'lim degan sifat Alloh Taologa nisbat qilinmaydi. Uni o'zigina butun haloyiqqa g'amxo'rlik ko'rsatib turadi. Hammani ishini tadbir qilib turadi. Bir o'ylab ko'ringlar a. Masalan, hozirgi o'ylab topilgan kompyuterlarni eng tez ishlaydigan, eng oxirgi turi, bilmayman, men bir to'rt yil burun Xitoyda ishga tushdi degan edi. Bir sekundda o'n ikki milliard operatsiyani bajara olar ekan.

Bir, ikki deganingizda o'n ikki milliard funksiyani bajara olar ekkan. Shunaqa tez. Nechta baliq bor? O'n ikki milliarddan ko'p a? Ana shularda har bittasini dumini u yoqqa qimillatganini ham Alloh bilib turadi. Bu yoqqa qimmillatganini ham bilib turadi. Bir kunda necha marta qimillatadi? Daraxtlarni baklari biroz sanab yeta oladimi?

Har bitta bak shamal shabadada o'ngga chapga hilpiraganini Alloh Taolo idora qilib turadi. O'n ikki milliard hech narsa emas, birodarlar. Sahroda qancha qum donasi bor? Har bittasini Alloh Taolo shabbatida qaysinisi qayoqqa og'adi, qayoqqa qimlaydi, bilib turadi. Tushunyapsizlarmi qanaqa bir qudrat, qanaqa quvvat, qanaqa bir imkoniyat. Bir sekundda o'n ikki milliard operatsiya bajaradi desa, vo deyapmiz. Siz robbingizni kimligini tanimaysiz da.

Necha milliard odam bor yer yuzida? Ko'zini ochganini ham Alloh biladi, yopganini ham biladi. Har lahzada hayolingizdan nima o'tganligini Alloh bilib turadi. Ko'chaga kameralar qo'yyapti, sputnikdan kuzatyapti va hokazo. Podvalga tushmasangiz ko'rinmaydi. Sotaga kirib kelsangiz kamera olmaydi. Ammo Alloh Taoloni nazoratidan, idorasidan birov qochadimi?

Murod Alloh bizni robbimiz shunaqa Alloh. Alloh Taolo tirik zot, al hay. Lekin uning tirikligi bizni tirikligimizga o'xshamaydi. Bu birodarlar aqida darslari. Robbimizga nisbatan qanday e'tiqodda bo'lishimiz kerak? Robbimizni sifatlarini bilishimiz kerak. Shunda yolg'on gapirmaymiz tijoratdan. Shunda o'lchov tushunchamiz tuzaladi birodarlar. Shunda ena keyin komil musulmon bo'la olamiz. Kamera bor joyda to'g'ri minib yuradi shoper mashinasini. Kamera yo'q joyda jinnilik qilaveradi. Endi musulmon odam, robbim har bitta harakatimni ko'rib turadi, bilib turadi deydi da, kamera yo'q bo'lsa ham qizilga to'xtaydi.

Boyagi gayi xodimi bo'lmasa ham, qo'yish kerak bo'lmagan joyga mashinasini qo'ymaydi. Allohni tirikligi bizni va boshqa mahluqotlarning tirikligiga o'xshamaydi, birodarlar. Chunki Allohga o'xshash biron narsa yo'q. Va u o'ta eshituvchi, o'ta ko'ruvchidir. La isaka mitlihi ishayun. Mana shu qoidani eslab qolinglar. Allohga o'xsha biron narsa yo't.

Siz Alloh haqida qanaqa tasavvurga kelmang. Kallangizga qanaqa bir fikr kelmasin, Alloh unaqa emas. Shuning uchun Allohni osmonda deydigan paytimizda, osmonda bo'lishi uchun, shunaqa deydi odamlar. Osmonda ichida bo'ladi. Osmon maxluq. Maxluq avval yo'q, keyin paydo bo'lgan narsa. Osmonda yaratmay turib ham Alloh bormidi? Boradi. Qayerda edi unda? Agar osmonda deyotganimiz gapimiz to'g'ri bo'lsa. O'shaning uchun biz aytamiz, moturidiy aqidasi, ash'ar aqidasida Alloh Taolo zamon va makondan behojat.

Siz nima deb tasavvur qilmang Allohni, Allohni tasavvur qilingandan boshqacha. Bizni tirikligimiz, maxluqotlarning tirikligi nimagadir suyanadi. Masalan, bizni tirikligimiz nimaga suyanadi birinchi? Ota onaga. Bizni tirikligizimiz ota onaga muhtoj. Jasadga muhtojmiz, ruhga muhtojmimiz, havoga muhtojmiz va shu narsalarga muhtojmish. Ammo Alloh Taoloning tirikligi bu narsalarga bittasiga muhtoj emas. Alloh azza va jalalining al hay tirikligi biron narsaga suyanmaydi, biron narsaga tayyanmaydi.

La ta hudhu sinatun va la navun. Uni na mudroq tutadi va na uyqu. Ya'ni Alloh Taolo uxlamaydi ham, mudramaydi ham. Ha biz uch kun uxlamasak nima olamiz? Uch kun uxlomasak nima olamimiz? Tugaymiz. Hadisda aytilinadi, Alloh uxlamaydi. Hatto uni bir lahza ham mudroq olmaydi.

La hu ma fiss samavati va ma fil orti. Osmonlar va yerdagi barcha narsalar Uni-kidir. Ya'ni, hamma narsa Allohni mulki. Boyagi arsh ham, birodalar, osmon ham Allohni mulki, man dalaladee yashpa vo inda hu ila bi diniy. Mana shaffofat degan narsa bor. Qiyomat kunida ayrim bandalar, ayrim bandalarni shaffofat qiladi. Haqqi yo'q, loyiq emas jannatga kirishga. Lekin Alloh Taolo ayrim odamlarga shaffofat huquqini beradi. Masalan shahid o'zini qarindoshlarini shaffofat qildi. Payg'ambarlar shaffofat qilsa, Qur'on shaffofat qilyapti.

Alloh Taolo aytyapti. Qiyomat kuni uning huzurida kim ham gunohkorlarni uning ruxsatsiz shaffofat qila oladi? Alloh izn bersa keyin Muhammad alayhissalom bizni shaffofat qiladi. Ya'ni Alloh izn bermasa, hech kim shaffofat qiliblikka haqqi bo'lmaydi. Ya alamu mabayn ayni aytihim va man holfahm. U Alloh. Ulardan, odamlardan avvalgi narsalarni ham, keyingi narsalarni hamm biladi. Biz yaralmasdan turib nima bor edi? Allohni bilar edi. Inson zoti yo'q bo'lib ketgandan keyin nima bo'ladi? Allohni ham biladi.

Va la yohaytovna bisha immena ilmihi illa bima sha. Odamlar uning ilmidan faqat u istagan miqdoricha o'zlashtirurlar. Mana shu yigirmanchi asrning ikkinchi yarmini olsak, insoniyat ilm fan taraqqiyotda juda ham katta bir natijalarga erishdi. Bundan yuz yil burun yashab yashagan odamga, sen mana shu o'shda turasan, Makkadagi odam bilan ko'rishib gaplashasan desa, aql olarmidi? Biz uchun oddiy ish bo'lib qoldi. Hayotimizni bir qismiga aylanib qolganligi uchun oddiysi bo'lib qold, lekin katta narsa bu.

Bu dunyo mana shu yer kurrasi, yer shari kichkina qishloqqa aylanib qoldi. Bittasi qattiqroq tushirib qo'ysa, yo'talib qo'ysam, dunyodan narigi burchagiga bir pas yetib boryapti. Yana nima ilm kashfiyotlari turibdi biz siz bilan biz aqlimiz olmaydigan? Ertaga teleportatsiya o'tib qolar. Teleportatsiya nima edi? Bir jismni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish. Mana hozir ovozni aytsak, Amerikaga boryapti yu. Suratni jo'natsak boryapti y u. Jismni ko'chirish ertaga bo'lar. Qur'onda bor. Sulaymon alayhissalomni qissasiga murojaat qilsanglar, Bilqisning taxtini, Yamanda turgan taxtini Quddus Sharifga olib kelib qo'ydi. Deportatsiya mana shu. Ertaga u ham bo'lib qolar. Bu hozir siz bilan bizga ertakka o'xshashi mumkin. Lekin qayoqdan bilasiz? Alloh Taoloni bu ilmida bor. Boyagi Sulaymon eson aytadi da, ana shu Bilqingiz meni oldimga kelgunga qadar, malika, taxtini kim menga olib kelib qo'yadi deganda, jinlardan bo'lgan Ifrit men dedi. Shu majlisingiz tugaguncha olib kelib quraman dedi. Ya'ni kun chiqqandan o'tirardi majlisga, vazirlari bilan, peshingacha o'tirardi.

Bu uzoqqa o'xshadi. Kim meni olib keladi deganda, huzurida deydi, dargohida ilm bor bo'lgan zot men u taxtni sizni oldingizga ko'zingizni ochib yumgunishlab kelib qo'yaman dedi. Haqiqatdan ko'zini bir yumib ochuvdi, bilqiysini taxti turibdi. Nima dedi? Bu robbimni menga bergan sinovi dedi. Ne'mati dedi. Shukur qilamanmi, nonko'r bo'lamanmi? Kim edi bu degan savol bor. Insonmidi, jimmidi? Kim bo'lishidan qat'iy nazar shunday zot ediki, uni huzurida Alloh Taoloning ismul a'zam ilmi bor edi. Alloh Taologa mana shu ismul a'zam, eng buyuk ismini aytib turib duo qilsa, darhol ijobat bo'lar edi.

Demak, Alloh Taolo ilmini chegarasi yo'q. Ilmini chegarasiyo'q. Hizr alayhissalom, Muso alayhissalom. Ikkalasi uchrashishdi. Muso alayhissa salom, hizr alayhi salomdan ilm o'rganishlik uchun. Hizr alayhissalomda kelajakda bo'ladigan ishlarning xabari ilmi bor edi. Muso alayhissalomda o'tmish ishlarning ilmini xabari bor edi. Ikkalasi yig'ildi. O'tmishni biladigan zot bor, kelajakni biladigan z ot bor.

Xizr alayhissalom aytdiki, kemada ketishayotganida, bir qush keldi da, shu dengizni suvidan bir tomchini ichdi, kelib o'tirdi. Kemaga. Xizr alayhissalom aytdi sendagi ilm bilan mendagi ilmni yig'ishtirsak, mana shu ilm ikkalamizni ilmimiz. Allohning ilmini oldida dengizdan mana shu qush suv ichganchalik ham bo'lmaydi dedi.

Kelajakni bilasiz, o'tmishni bilasiz. Bu o'zi katta narsa. Lekin shu ilm, shunaqa katta ulkan ilm dengizdan bir tomchiga ham o'xshamaydi dedi. Shuning uchun Alloh Taolo bandalar o'sha ilmlarni olishnikka loyiq bo'ladigan ishlarni qiladi. Dunyoviy fanlarni fizikasini, ximiyasini, matematikasini o'qiydi. Sababini qiladi, Alloh ozgina ozginadan beraveradi.

Mana shu dunyo ilmlarini olib o'sishlikda musulmon bo'lmaganlar sababni zo'r qilyapti. Alloh ular musulmon bo'lsin ham beryapti shu ilmni. Ammo musulmonlar namozni o'qiyapti, ro'zani tutyapti, duoni qilyapti. Ana shu dunyoviy ilmlarda o'sishlikka harakat qilmayapti, duodinglar qilyapti, Alloh bermayapti bularga. Allohni adolatini ko'ryapsizmi? Kim sababni yaxshi qilsa, o'shanga berar ekan Alloh.

Biz o'shalar chiqargan mahsulotni olib kelib sotiblar, o'zimizni bir balo his qilib yuribmiz. Vaholanki biz musulmonlar faqat iste'molchi bo'lib qolganmiz. O'zimiz hech narsa chiqarmayapmiz. Mixni ham tashqaridan olib kelyapmiz. Upakovka qilib sotib, men zavod ochdim deyapmiz. Ha, siz zavod ochmadingiz siz. Siz maydalab olib kelib, karobkaga solib, sotishni o'rgandingiz. Siz o'zimizdan chiqqan toshni eritib, mix qilib, shuruq qilib olib chiqing.

Biz o'zimiz ishlab chiqarish qilishimiz kerak. Alloh taoloning ilmidan insonlar qanchasini o'rganar ekan, Alloh berganchasini. Alloh kimga berar ekan bu ilmdan? Sababini zo'r qilganlarga. Vosiya kursiy hus samavati val art. Uning kursisi osmonlar va yerni ham o'z ichiga sig'dira olar. Kursi shunday bir katta narsa.

Arsh shunday kattaki, Allohning arshi kursisi shunday kattoki, butun borlig'ini olib turib, arshga tashlansa, xuddi katta sahro kabriga bitta uzukni tashlaganchalik joyda ham egallamaydi. Qanaqa quvvat, qanaqa qudrat bu. Ibn Abbos roziyalloh ham aytadi, kursiydan murod u zotning ilmidir. Bunga Alloh Taoloning ushbu so'zi dalolat qiladi deydi. Ibn Abbosni tafsiri robbana vosiata kunla shay'ir rahmatan va ilma. Parvardigor o'zing rahmat va ilm jihatidan barcha narsani egallagandirsan. Ya'ni bu oyatda Alloh Taoloning ilmi hamma narsani qamrab olgan. Shuning uchun kursiy arsh deganda Ibn Abbos Allohning ilmi deb ta'sir bergan ekan. Hasan Basri esa Kursiy Arshdir degan. Ibn kasir esa kursiy ar shdan boshqa narsa degan. Asarlar va xabarlar dalolat qilganidek, Arsh undan kattaroq degan.

Mana Arsh haqida Ibn Abbos bir gapni gapiribdi. Ibn Kasili boshqasini, Hasan ibn Basili boshqasimi. Mana shu g'ayb masalalarida avvalgi Salafi Solihiylar nima degan bo'lsa, shunday qabul qilib ko'ramiz. Tafsilotiga kirishib o'tirmaymiz. Chunki bu narsaning tafsilotini ustida amal yo'q da. Masalan, paypoqqa mast olishlik masalasini kallab o'rganamiz. Namoz turadi da tahoratni ustida. Biz bahs qilayotgan, ikir chikirigacha o'rganayotgan ilmni ustida bir amal turishi kerak. Lekin bunaqa g'ayb masalalarida kelgan naqliy xabarni qabul qilamiz, shunaqa ekan, Alloh o'zi bilar ekan. Borganda ko'ramiz deymiz, bo'ldi deymiz.

Vala ya'udhu hidduhima vahuala aliyul adin. U ikkisini muhofaza etish, uni toliqdir emas, u oliy va buyukdir. Osmon va yerni va uni ichidagi hamma narsalarni saqlash, ishini idora qilish, Alloh Taologa malol kelmaydi. Alloh Taoloni ojiz qilib qoldirmaydi. Chunki Alloh Taolo hamma maxluqotlardan oliy bo'lgan, buyuk bo'lgan zot, ulug'lik, buyuklik Allohga xos, Alloh Taologaga bu narsalar hech qaysi nima emas, qiyin emas.

Alloh Taoloni al mudabbir dedik, ya'ni ishlarni tadbir qiluvchi, hamma ish yolg'iz uning qo'lida. Robbimiz subhanah va taolo marhamat qiladi astadi billa. Yudab berul amru minas sama i ila al ard. U Alloh osmondan yergacha bo'lgan barcha ishni tadbirini ko'radi. Barcha ishning tadbirini Alloh Taolo o'zi ko'radi. Qayerda shamol isadi, qayerda yer qimirlaydi, qayerda yomg'ir yog'adi, qayerda bir barakot bo'ladi, qayerda barakot yo'q bo'ladi. Bu ishlarning hammasi Alloh Subhanahu va Taoloning qo'lidan.

Va Robbimiz shunday bir qudrat egasiki, mana shu borliqdagi bironta bir jonivorni, bironta bir balig'ini, hashoratni yoki biror bir daraxtni barkini unutib qoldirmaydi. Ibn Abbos roziyallohu anhu mana shu oyatning tafsirida aytadi, samodan yergacha qazo va qadarni hamda tadbirini qilib belgilagan narsani nozil qiladi. Demak, alloh azza va jala al mudabbir bo'lgan zot ekan. Alloh Azza va Jalla hay, tirik bo'lgan zon. Alloh Taolo tirik bo'lishligi kerak. Chunki bu vojibul vujud. Shunday bo'lishligi vojib. Yaratuvchi bo'lgan zod, agar al hay tirik bo'lmasa, u hech narsani yarata olmas edi. Yaratuvchimi? Demak Alloh Azza va Jalla tirik bo'ladi. Hamma ishlarni tadbirini qiladi. Va Alloh Taolo qilayotgan har bitta ishini va qilmoqchi bo'lgan har bitta ishini tadbirini oqibatini aniq biladi. Bu nima degani? Masalan bir oshpaz ming marta osh damlagan. Har safar damlayotganda, oshining natijasi, ya'ni qanaqa osh bo'lishini ayta olmaydi. Bir odam o'sha jigulida motorini necha marta? Ming marta yiqqan.

Lekin har safar bilmagan qanday chiqishligini. Lekin Alloh Subhanahu va Taolo nima ish qilsa, nima ish qilmoqchi bo'lsa, oqibatini albatta biladi. Biz ham qaysidir ishlarimizni oqibati qandayligini bilishimiz mumkin. Ya'ni tajribaga, xulosaga asoslanib turib bilishimiz mumkin, lekin o'shanda ham aniq bilmaymiz. O'sha qopdagi guruch, ikki safar qiluvdik, zo'r chiqdi osh. O'sha suv, o'sha tuz, o'sha o'choq, o'sha oshpaz.

Guruch o'zgarib qolgani yo'q, o'choq o'zgarib qolgani yo'q. Lekin keyingi safar boshqacha chiqdi. Lekin Alloh subhanahu va taolo hamma ishni oqibati nima bo'lishini biladi. Iblis alayhilani Odam alayhissalomga sajda qilmadi. Jannatda edi. Alloh buni ham biladi. Odam alayhissalomga, mana bu mevani yema dedi. Lekin uni ham yeyishini bilar edi.

Maxluqotlarning ilohi taqdir qiluvchidir. Hamma taqdirini qo'lida sig'inishlikka haqli zot, faqat o'zining, u yolg'iz uning o'zi. Alloh taolo hamma narsani o'zi yaratadi, bu o'lchov bilan yaratadi. Alloh taoloning qazoyi qadari bilan maxluqotlar ning hammasi hodisdir. Ya'ni yangidir. Ya'ni qadim emas. Qozoq qadar bo'yicha nima yaratildi? Alloh taolo nimani yaratdi? Demak, hammasi bu yangilik. Hodis deyiladi arab tilida, yangi paydo bo'lgan narsa. Alloh taoloni bironta ismi ham, sifati ham, o'zi ham hodis emas. Chunki hodis bir narsani yangi desangiz, demak, avval bo'lmagan deganida bu.

Alloh taolodan boshqa hamma narsa nima ekan? Hodisa ekan. Alloh azza va jalla qamar surasida marhamat qiladi astazibilloh. Innna kunla shay in xolaquna, hu bi qadar. Albatta biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik. Lavhul mahfuzga Alloh Taolo nimani yozgan bo'lsa, shunga binoan o'lchov bo'lgan zot. Alloh azza vajalloh muqaddas bo'lgan zod. Muqaddir. Ishlarni taqdir qiluvchi, taqdirni belgilovchi, bu shunday bir zotning sifatiki, Alloh hamma narsani o'lchagan, hamma narsani biladi va iroda sifat egasi.

Agar Alloh azza va jaljada mana shu azaliy bo'lishlik, iroda egasi bo'lishlik, qudrat egasi bo'lishilik, agar bu sifatlar bo'lmaydigan bo'lsa, Alloh Taolo nima bo'lmaydi? Qodir bo'lolmay qolar edi. Alloh azza va jala qodir bo'lgan zot. Alloh Taoloni yangi paydo bo'lgan desak, hodis desak, Alloh Taoloda nuqson bor bo'lib qoladi. Demak, avval yo'q edi ekan Alloh, keyin paydo bo'libdi der edik. Unda alloh taologa bu sifat to'g'ri kelmay qolar edi . Qadim degani, hodis emas degani. Qadim degani, avvalo boshlanishi yo'q degani.

Endi Alloh Taolo o'zi istagan narsani hukm qiladi va uni osmondan yerga tushiradi. Osmondan yerga o'zining hukmini tushiradi. Alloh azza va jalla, birodarlar, diljalol. Alloh Taolo javhar emas, araz emas, jism emas, rang emas, hid emas, tam emas. Mahluqotlarga nisbat qilinadigan bironta sifatni Allohga nisbat qilib bo'lmaydi. Bandalar jism, bandalar araz, bandalar javhar, bandalar hid, bandalar shakl, bandalar rang, bandalar harorat. Bu mahluqotlarning sifatlari. Endi bu sifatlardan birontasini Allohga nisvat qilib bo'l maydi. Modomiki Alloh Taolo jism ham, javhar ham, araz ham emasmi? Demak Alloh Taologa makon bilan zamonda ham keragi yo'q. Aqul u qobli, ha davos tafirullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)