Balolangan, musibatga uchragan kishilarni holidan ibrat ol. O'nga qaraysizmi, chopga qaraysizmi? Albatta bir baloga, musibatga uchar ekan odamlarni ko'rasiz. Oh vohlar, ko'z yoshlar, turli vodiylarda jabrdiydalar. Ana shu musibatlarga oh urib yashayotganlar ham bor. Shu musibatga sabr qilib, Alloh'dan ajr umid qilayotganlar ham ham bor. Agar birodar ustingga bir ko'nglingga yoqmaydigan musibat keladigan bo'lsa, molingami, joningami, xullas musibatga duchor bo'lsang, bilginki, sen bu musibatingni yolg'izmassan.
Agar yaxshilab atrofingni qaraydigan bo'lsang, seni ustingga kelgan bu balo, musibat, qiyinchiliging ancha muncha odamlarni kelgan musibatini oldida ancha yengil. Chunki yillar davomida o'ngga chopga ag'darilib, to'shagidan tura olmasdan, alam bilan dod deb yashayotganlar bor, yillar davomida. Uzoq yillar davomida quyoshni nurini ko'rmasdan zindonda, qamoqxonalarda yashayotgan mahbuslar bor.
Qancha qancha odamlar bitta avariya tufayli hamma farzandlarini ajralib qolganlari bor. Shuning uchun ustingga bir musibat kelgan bo'lsa, atrofingga qara. Shunda seni musibating hech narsa emas, seni musibating ancha muncha odamnikidan yengil ekanligini ko'rasan, ibrat olasan. Bilishimiz kerak bo'lgan aniq bir haqiqat shuki, birodarlar, bu dunyo mashaqqat, mehnat, musibat hovlisi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar ad dunya sijnul mo'min va jannatul kafir. Bu dunyo mo'min uchun qamoq. Kofir uchun esa jannat. Mo'min yaxshi yashasa ham qamoq bu dunyo uchun. Kofir bu dunyoda yomon yashayotgan bo'lsa ham u uchun jannat. Nima uchun? Mo'minni kutib turgan jannatini oldida bu dunyo har qancha zo'r bo'lmasin, qamoqqa o'xshab qoladi. Endi, kofirni oqibatda jahannamda kutib turgan holatiga taqqoslasangiz, bu dunyo har qanchalik qiyin bo'lmasin u uchun, jannat o'rnida bo'ladi. Payg'ambarimiz hadislari doim biz esimizda tursin. Mo'min uchun bu dunyo qafas, kofir uchun nima? Jannat.
Istayribinlar. Va tabayyan alakum kayfa fa an nabihin va darobin alakumul anthal. Qasallar bor, kunduzlar odam bilan to'ldir, kechga borib huvullab qoladi. Odamlar bor, o'zini davrida kuch quvvatga to'lgan, mol o davlati serob, obro'yi o'rnida, farzandi ko'p. Bir muddat keladi, hammasidan ajrab qoladi. To'satdan o'lim, faqirlik, musibat keladi. Votobay yana lakum kayfa fa'an nabihim va dorabina alakumul amsal. Alloh azza va jal aytyapti, axir ularni qanday halol qilganimiz ham sizlarga ma'lum edi. Biz sizlar uchun qanchadan qancha misollar keltirgan edik. Musibat keladi, ustingga kelgan musibat, birinchi bilishing kerak bo'lgan narsa shuki, ustingga kelgan musiybat allohni izni bilan bo'ldi. Bu bizni e'tiqodimiz. Alloh xohlamaganida shu musibat kelmas edi. Ikkinchidan, ustingga kelib bu musibat o'zingni fe'ling tufayli keldi. Man asobaku min musibating fabima kasabat aydikun va ya afon kafir. Nima musibat kelsa, o'zing qilgan ish tufayli keldi, yana men ko'p qilgan xatolaringni jazosini bermasdan kechiraman deyapti Alloh Taolo. Ikkinchidan, bu musibat o'zimizni fe'limizdan keldi.
Uchinchidan, mana shu musibat sodir bo'lishligidan avval lavxul mahfuzlar bitilgan edi. Chunki ana shu aqidiy darslarimizni o'qiganmiz, Alloh Taolo qalamni yaratdi, yoz dedi. Nimani yozaman dedi qalam? Hali osmoni yer yaralmay. Ellik ming yil avval bo'lyapti bu ish. Osmon yer yaralmadi, ellik ming yill avval Alloh qalamga yoz dedi. Nimani yozaman dedi? Maqodira kullashay. Mana shu borliqda bo'ladigan hamma ishlarning taqdirini.
Shuning uchun bu ustiga kelgan musibat haqidagi tasavvuring to'g'ri bo'lsin. Tasavvuringni tuzatib ol. Chunki seni mana shu hayot haqidagi fikring, o'ying, tasavvuring qanday bo'lsa, hayoting shunga yarasha bo'ladi. Qaytarib aytaman. Bu hayotda bo'layotgan ishlar haqidagi tasavvuring, bu hayot haqidagi o'lchov tushunchang to'g'ri bo'lgandan keyin hayoting to'g'ri biladi. Nimaga devorasan? Nimaga devorasan. Ha, men manaqa bossam ham manaqa bo'lyapti yu. Ha, falonchilar anaqa bossa ham manaqa bolyapti yu, mana shu tasavvurni noto'g'riligidan kelib chiqadi.
Agar ustiga kelgan bir balo musibat haqida tasavvuring to'g'ri bo'lsa, bu musibat seni baxtsiz qilmaydi. Agar ustiga kelgan musibat haqidagi tasavvuring noto'g'ri bo'lsa, bu musibat seni baxtsiz qildi. Ikkala holatda ham musibat turibdi ustingda. Musibat haqida to'g'ri fikr qanaqa bo'ladi?
Musibat keldi. Mo'min odam bu musibatga ikki xil qaraydi. Birinchisi, bu musibat meni o'zi qilgan xatoyim, kamchiligim uchun keldi. Mendan xato o'tdi, Alloh Taolo bir musibatni berdi, shu bilan shu xatoyimni kaforat qiladi. Banda Allohga tavba qilmay qo'ysa, gunohlari ko'payib ketsa, Alloh yaxshi ko'rsa, bitta baloni berar ekanda, bitta qilgan xatosiga, bitta jazoni berib turib, bu yoqda yana o'nta gunohini Alloh Taolo gunohini kechirib tashlaydi. O'nta gunohni o'chirib tashlaydi. Demak, musibat kelgandagi birinchi fikrimiz qanaqa bo'ldi? Qilgan gunohlarimga kafolat bo'ldi deydi, Allohga hamd aytadi.
Ikkinchi qarashchi? Ikkinchi qar ash darajasini, martabasini ko'tarish uchun bo'ldi. Ya'ni musibat keldi, qaradingiz, bildingiz, onangizni xafa qildingiz, falonchini haqqini yeb qo'yuvdingiz, falonchilarni uruvdingiz, falonchi. Xullas bir xatoyingizni topdingiz, shunga kafforat bo'ldi dedingiz. Endi ikkinchi holatda unaqa ishingiz yo'q bo'lsa ham keldi. Shunda ham yutuqdasiz. Chunki Alloh Taolo sizni darajangizni ko'tarishni xohladi. Qaytarib aytamiz, ustingga kelgan musibat haqida tasavvuring to'g'ri bo'lsa, bu musibat seni baxtsiz qilmaydi.
Birodar, o'zingni o'rgat. Sabr qilishlikka. Tuyani ham eplab, toshni ustiga ham cho'kishlikka o'rgatar ekan odamlar. Tuya toshga cho'kmas ekan, oyog'i botadi, lekin shunga ham o'rgatsa bo'lar ekan. Ayig'ini varasavt minishga o'rgatishyapti. Ma'qulmi? Jazavaga tushsangiz ham, rozi bo'lsangiz ham, shukur qilsangiz ham, musibat keldi. Shuning uchun birodar, ustingga bir, ustingga bir musibat keladigan bo'lsa, atrofingdagi odamlarga taqqoslab ko'r. Sendan avval yashab o'tgan ko'p odamlar bor. Ularni mashaqqatlarga tenglab ko'rgin da, shunda seni baloying hech narsa emasligini tushunasan. Ahvoling yengilligini, holating og'ir emasligini tashlasan.
Shunda Allohga hamd aytasan, qo'lingda qolgan yaxshiliklar uchun Alloh Taologa shukur keltirasan. Qo'lingdan ketgan narsa uchun savob umid qilasan. Shuning uchun birodar, atrofingda balolangan odamlarni qaraginda, ularni holidan ibrat olgin. Ishing yurishmayaptimi? Ozgina qarzing bor, uza olmayapsanmi? Tomni yopa olmayapsanmi? To'yga pulni yetkaza olmayapsanmi? Musibatmi bu? Ayrim yurtlarda urush, birodarlar. Ocharchilik, yana boshqalarda suvsizlik, qahatchilik, tinimsiz tabiiy ofatlar bo'lib turibdi. Agar ularni holiga qaraydigan bo'lsang, seni ishingni yurishmayotganiga hech narsa emas. Ma'qulmi?
Shuning uchun har safar aytamiz, dunyo ishlarida, dunyo matohi ishlarida o'zimizdan holi xaroproq odamga qarasak, shukur keltirmay ilojimiz yo'q. Biz qaysi tomonga qarashni bilishimiz kerak. Mana endi insonni ustiga bir musibat kelgan bo'lsa, mana shu musibatini yengil qiladigan omillar bor. Birinchidan.
Mana shu musibaga agar sabr qilib, shukur keltirib, rozi bo'lsang, Alloh senga ajr beradi. Musibatini yenillatadi. Ikkinchidan, o'ziga o'xshagan musibat egalaridan ibrat olish. Qarasa, bunaqa musibatda bitta u emas ekan. Ko'pchilik kuyibdi puliga, dollar almashuvdi. A? Bitta sen emas da kuygan. Senga o'xshab shu musibatdan aziyat chekkanlar ko'p. Yolg'iz emassan. Yengillatadi. Uchinchidan, senikidan ko'ra kattaroq musibati bor odamni qarab turib, meniki kichkina u o'ng oldida deysan. To'rtinchidan, mana shu musibat seni robbingni eshigiga olib bordi. Qarang da, musibat sizga robbingizni eslabdi.
G'aflatga tushib qolyapsiz, Alloh deyishni o'rgandingiz. Chishingiz og'rib kechasi uxlamaganingizda Alloh deysiz. Abdujiy Alloh deysiz? A chishingiz og'rimagan paytda uxlab yuborardingiz. Shunday emasmi? Demak, to'rtinchidan bu musibat senga kim eslatdi? Allohni eslatdi. Beshinchidan, bu musibat seni diningda emas, iymoning salomat. Chunki mo'min odam uchun eng qadrli, qimmatli narsa bu uni iymoni, uni dini. Fala tajjal musibatana fiy dinina. Parvadgor, musibatimizni dinimizda qilib qo'ymagin. Iymonimiz salomat bo'lsin. Har qancha musibat bo'lsa sabr qilamiz, har qancha qiyinchilik bo'lsa ko'taramiz. Bitta o'sak qutiramiz bu dunyoni musibatidan. Ammo dinimizda qilmagin. Dinimizni yutkazib qo'ymaylik. Oltinchidan, kengchilikda yurib, Allohni esdan chiqarib qo'ygandan ko'ra, mana shunaqa musibatga uchrab turib, Allohni asrab turganing yaxshi. Ma'qulmi?
Hamma yog'ingiz besh bo'lsa Alloh demaysiz, aytyapmiz ku mana. Kengchilikda yashab Allohni unutib qo'ygandan ko'ra, ancha muncha musibatga uchrab turib, Alloh deganing sen uchun yaxshi. Yettinchidan, ustingga kelgan musibatni ketkazishlikka senda hech qanaqa chora yo'qligini tan olishing. Alloh yozgan ekanmi? Demak bo'ldi shu narsa. Endi musibat kelgandan keyin nima hiylang qoladi desa, shu hiyla qilmaslik. Sakkizinchidan, va bularni hammasi Alloh Taoloning ixtiyori bilan bo'layotganligini bilishing.
Shu sakkizta omilni bir qator eslatib qo'ysang, ustingga kelgan musibat nima bo'ladi? Yengil bo'ladi. Istaribilla? Va asa an takrahu shayan vahvah hayrun lakum, va asa an tohibbu shayan vahvoh sharrun lakum, vallohu ya'lamu an tum la ta'lamun. Zotan sizlar o'zingiz uchun yaxshi bo'lgan narsani yoqtirmasligingiz, va siz uchun yomon bo'lgan narsani yaxshi ko'rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.
Sen yomon deb o'ylaydigan shu musibatda senga foyda bor. Robin shuni yozdimi? Rozi bo'l, shukur keltir, hamd ayt. Alloh taolo undan keyin senga yaxshiliklarni ato qiladi. Bu masalada payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizga birodarlar yorqin namuna. U zot sollallohu alayhi vasallamni ustlariga ichi chavolani tashlashdi. Sajda qilib turganlarida kelib bo'yinlarini, oyog'ini ezishdi. Tovonlari qonadi. Yuzlari yorildi. Iqtisodiy qamalda qolib, ochlikka duchor bo'ldilar. Makkadan quvildilar. Tishlari sindi. Pokiza ayollarga tuhmat qilindi. Uyg'otda yetmishta sahobasi shahid bo'ldi. Beru ma'no fojiasida xiyonat bilan qirqta qori sahobasi qatl qilindi. Rasululloh o'zining yettita farzandidan oltitasini o'zi qo'li bilan ko'mganlar. Bitta farzandi yo'qotsa, ota ena uchun qanchalar katta musibat. Yettita farzandi dan oltitasini rasululloh o'sini qo'li bilgan ko'mganlar. Musibatmi?
Qornini ochligini qattiqligidan bitta emas, ikkitadan tosh bala yurgan Rasululloh. Shoir, kohin, munajjim, majnun degan tuhmatlarga duchor bo'ldi. Lekin hammasiga Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rozi edi, shukur keltirdi, qanoat qildi. Alloh Taolo najotni berdi. Albatta bularni bari katta ulkan sinov imtihon edi.
Bizni ustimizga bir musibat kelsa, Rasulullohning ko'rsatmasi turibdi bizga. U zot aytadilar, birortanglarda ustinglarga bir musibat kesa, meni vafot etganimni eslanglar. Shunda shu musibati yengil bo'lib qoladi. Chunki Muhammad alayhissalomning vafoti siz bilan biz uchun eng katta musibat. Bu musibatni oldida boshqa musibatlar hech narsa bo'lmay qoladi. Shu narsani eslat o'zingga birodar.
Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan avval yashagan ambiyolar. Ularga bu musibatlar kelmadimi? Zakariya alayhissalom qatl qilindi. Yahyo alayhissalom so'yildi. Muso alayhissalom suv yoqizildi. Yusuf alayhissalom quduqqa tashlandi. Keyin tuhmatga qolib qamoqda o'tirdi. Ibrohim alayhissalomni o'tga uloqtirishdi. Bu koinotni sunnati ekan.
Bu hovli, bu dunyo hovlisi, mehnat, mashaqqat hovlisi ekan. Doimiy suratda bir huzur halovat, doimiy hisobotda kengchilik bo'lishi mumkin emas. Agar shunday bo'lishi mumkin bo'lganda payg'ambarlar hech qaysi bir mashaqqat chekmagan bo'lardi. Salaf solihiylarning yo'llari ham shunaqa bo'lgan birodar. Umariddin xattob mehrobda turganda xanjar urildi. Usmonimdan fon, saysandan o'tgan oqsoqol qur'on o'qib o'tirgan joyida qatl qilindi. Ali ibn Abi Talib roziyallohu anhu masjidga kirganda bosh yiqilish urildi. Qancha imomlar, qamchilarga duchor bo'lishdi, qancha oriflar, ulamolar qamoqqa olindi. Qancha bir taqvodor insonlar tuhmat bo'xton qoldi, imom bahodir zotlar yurtiga sig'may qoldi. Astaydu billa, am hasiy butun an tadg'ulul jannata, valam mayya atiku matalulla dina halov min qoblikun, ma'sad humul ba'sa va dorroq va zul zilu. Yoki, ey mo'minlar, sizlardan ilgari o'tgan zotlar ibrati sizlarga kelmay turib, jannatga kirishni o'yladingizmi? Avvalgilarga sinov kelgandek sizlarga ham keladi. Ularga balo va musibatlar ustma ust kelib, shunday larzaga tushgan edilar.
Demak musibat keladi. Kishini dinida qanchalar salobati katta bo'lsa, iymoni qanchalar quvvatli bo'lsa, imtihon, sinov, musibat shunga yarasha keladi. Iymoni eng quvvatli bo'lgan, salobatli bo'lgan kishilar, ambiyolarmidi, sinovlarni ham eng qiyini shularga kelgan. Inna had alahual bala ul mubin dedi alloh taolo ibrohim alayhissalom qissasida. O'g'lini yerga yotqizib so'yishlik buyurildi. Mana imtihonda eng qiyini shu edi. Sakson besh ga kirganda ko'rgan bir dona bolasi o'n ikki o'n uch ga kirib yoniga kirib qolgan paytda olib chiqib turib qo'ling bilan so'yasan dedi alloh taolo.
Robbing senga shu kunni ixtiyor qildimi? Sen ham ixtiyor qil. Musibatingga sabr qil. Shu kuni alloh taqdir qilibdimi roziman degin, savob umid qilgin. Ustingga kelgan balolarni atrofingadagi odamlarni ustiga kelgan balolarga taqqoslab ko'r. Bu dunyoda sendan avval yashagan odamlarni musibatiga taqqoslab kor. Tenglashtirib kor, shunda seni ustingdagi musibatlar hech narsa emasligi ma'lum bo'ladi. Shunda Allohga hamda aytasan, robbing seni qo'lingda qoldirgan boshqa yaxshiliklar uchun shukur keltirasan. Qo'lingdan ketgan narsalar uchun esa, baxtli, saodatli hayot kechirmoqchimisan, birodar? Hasad qilma. Saodatning sabablaridan bittasi hasadgo'y bo'lmaslik.
Eng avval qilingan gunohlar uchta. Kibr, xirs, hasad. Kibr Shaytondan bo'ldi. Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh tortdi. Men undan yaxshiman dedi. Kibr birinchisi. Xirs. Odam alayhissalomdan bo'ldi. Alloh azza va jala: "Mana bu mevani yema" dedi. Odam alayhi salom xirs qildi, yedi, jannatdan quvildi. Hasad qobildan bo'ldi. Ukasi hobilning qurbonligi qabul bo'lib, o'ziniki qabul bo'lmaganida, hasadi keldi da, men seni qatl qilaman dedi.
Qolgan hamma gunohlar mana shu uchta gunohdan suv ichadi. Bizdan sodir bo'ladigan hamma gunohlar, mana shu uch ta gunohdan quvvat oladi. Tomiri shu. Ana shu uchala gunohni jilovlay olgan odam, gunohlarni juda ko'pidan tiyilishligi oson bo'ladi. Modomiki insonning saodatini yo'q qiladigan narsa, gunoh bo'ladigan bo'lsa, gunoh insonni baxtsiz qiladigan bo'lsa, biz bugun dars qilayotganimiz hasad ana shu gunohlarning eng kattalardan bittasi. Eng birinchi sodir qilingan gunohlarning bittasi. Hasad.
Birodar, saodatli bo'lmoqchimisiz? Hasad qilma. Hasad nima? Alloh Taolo bir bandaga bergan yaxshilikni unda yo'q bo'lishini xohlashligingiz. Sizga o'tib qolishini xohlashligingiz, bu hasad. Ammo Alloh Taolo bir bandaga bir ne'matni bergan bo'lsa, u ne'matni unda yo'q bo'lmasdan, sizda ham bo'lishligini xohlashligiz bu havas deyiladi. Havas qilish mumkin, ammo hasad qilish mumkin emas. Hasad birodarlar suyagini yemiruvchi kasalga o'xshaydi. U surunkali dard, jasadni fasodga uchratadi. Aytiladiki, hasadgo'yga rohat yo'q. Hasadgo'yga rohat yo'q. Hasadgo'y mazlumni kiyimini kiyib olgan zolim. Do'stni kiyimini kuyib olgan dushman. Hasadgo'yni doim faqir bo'ladi. Hasadgo'yingni dam olish kuni bo'lmaydi. Hasadgo'yuni bayram kuni bo'l maydi. Demak kim hasadgo'y baxtli bo'lmaydi?
Hasadgo'yning ko'chasiga bayram kelmaydi. Hasadgoyni anig'iga suv oqib kelmaydi. Yana aytiladi. Hasadga qoyil, hasadga ofarin, hasad naqadar odila, u avvalambor o'zini egasini o'ldiradi. G'iybat qilsangiz zarar yetkazasiz bir oyga, obro'yin to'kasiz. Ursangiz kishini sindirasiz, zarar yetkazasisiz. Ammo hasad qilsangiz, siz hasad qilayotgan odamga hech qanday zarari yo'q, uni zarari faqatgina o'zingizga bo'ladi. O'zingizni o'zingiz ichingizdan yemirib tugatasiz. Hech kim aytmaydi men hasadgo'yman deb.
Demak avvalambor hasadgo'yni bu hasadi o'zini o'ldiradi. Shuning uchun birodar avvalambor o'zimni qolaversa, seni mana shu hasaddan qaytaraman. Agar biz hasaddan omonda bo'lsak, hayotimiz osuda bo'ladi. Shuning uchu boshqalarga rahming kelmasdan, do'stim, o'zingga rahming kelsin, hasad qilma. Agar hasad qilsang nima bo'ladi, bilasanmi senga? Tanangni g'amga botirib qo'yasan, g'am qayg'uni qoning bilan sug'orib qo'yasin, ko'zingni uyqusini boshqalarga bo'lib berasan.
Siz hasad qiladigan odam yangi mashina olibdi. Kirib keladi, ko'rib qoldi, uyga olib kirib ketayotganini. Tamom, uyqu yo'q. Ertamangacha nima bo'lasiz? Bo'g'ilasiz. Ha, falonchi bir narsaga erishibdi. O'g'lim, anaqa bir narsani yutib ketdi. Ha, sizni bolangiz yutgani yo'q. Hasad qilyapsiz. Hasadga uyga kelganda svet o'chib qolmasin da.
Telefonni batareykasi o'tirib qolmasin ha, hasadga uyda. Chunki o'sha telefon bilan, televizor bilan ovora bo'lardi da. Endi o'sha svet o'chilib qolsa nima bo'lardi uni uyida? Janjal bo'lmaydi, ichida bo'ladi janjal. Hasadga odam. O'tni baland yoqib qo'yib, o'zini ichiga tashlab kuydirayotgan odamga o'xshaydi. O'zi yoqib o'zini kuydiradi.
Insonni qalbidagi qo'rquvni, g'am anduhini, siqilishlikni, behalovatli keltirib chiqaradigan kasal hasad deyiladi. Hasad odamni osoyishtaligini, xotirjamligini barbod qiladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, hasaddan saqlaninglar. Chunki hasad yaxshiliklarni savob amallarni, xuddi olov o'tinni yeb tugatgandek yeb tugatadi dedilar. Qarang o'zi qiynalib topgan ozgina savobingizni hasad qilishlik bilan savobni yo'q qilib yuborasiz.
Temirni zang yeb bitirganidek, savobli amallarimizni hasad yeb bitiradi. Kerakmi bizga? Qarang hasad faqat egasiga zarar qiladi da, birovga zarar qilmaydi. Bilasanmi birodar, hasadchini muammosi, musibati nimada? U Allohni taqdiriga norozi odam. O'shaning uchun hasad qilyapti.
Alloh subhanahu va taoloning adolatida ta'na qilay ekan. Shariat ishlarida Payg'ambarimizga beadablik qilay ekan odam. Ya'ni Alloh unga shuni beribdi. U Allohni xohishi. Senga bermabdi. Bu ham Allohni xohish. Sen Allohni taqdiriga norozi bo'lyapsan. Endi norozi bo'lgan odam albatta baxtsiz bo'ladi. Yigitlar, o'ng quloq, so'ng'iroq eshitib olaylik. Rozi bo'lsangiz, siz baxtlisiz. Iymondan keyin. Rozi bo'lsa, siz baxtlaysiz.
Hasad hayotni hamma ko'chasida, mayda ikir chikil ishlardan tortib, eng baland cho'qqilargacha bo'lgan ishlarda hasad bor. Usta ustaga hasad qiladi. Savdogar savdogarga hasad qiladi, muallim muallimga hasad qiladi. Hasad qilma birodar. Chunki uni ustida Allohni fazli turibdi, seni ustingda ham nima turibdi? Allohni fazli turibdi. Hasad qilma birodar. U o'zini rizqini yeyapti.
Hasad haqida bo'lmayapti. Hasadgo'y bo'lmaslik haqida bo'lyapti. Chunki bizni silsila darslarimizdan maqsad, nima qilsak saodatli yashaymiz, degan savolni javobini qidiryapmizmi? Hasadni yomaligini hamma biladi. Endi agar sen hasadgo'y bo'lsang, baxtli bo'lmaysan degani. Hasadgo'y inson, demak, Allohni taqdiriga norozi odam. Norozi odam hech qachon baxtli bo'libmaydi. Chunki baxt bu rozilik demakdir.
Inson Alloh uni jasadiga bir dard bersa, kasal bersa, shu kasal tufayli Alloh uni gunohlarini kechiradi, darajasi ko'tariladi. Alloh undan rozi bo'ladi. Ustingizga kelgan dard uchun ajr olasiz. Ammo hasad shunaqa bir dard, shunaqa kasallikki, uni chekkaningiz uchun sizga ajr yo'q, gunohlaringizga kafforat yo'q. Chunki bu yoqdagi boshqa kasallarni Alloh Taolo taqdir qildi, keldi ishingizga. Sizni ixtiyoringizdan tashqari kasal bo'ldingiz. Ammo hasad siz o'zingizni ixtiyoringingiz bilan o'zingizga chaqirib olgan kasal. O'shaning uchun bunga ajr yo'q.
Hasadga o'xshashi o'lgunicha hasad qiladi. Yoki u hasad qilayotgan odam o'sha yaxshiliklardan mahrum bo'lguncha hasad qiladi, birodar. Agar qalbingda ochilib qolgan hasad eshigini o'zing yopib qo'ymasang, bu eshikni kim yopadi? Kim yopadi? O'lim yopadi. Qalbingda ochilib qolgan hasad eshigini o'zing yopmasang, o'lim yopadi. Hasadgo'y o'lib tinchiydi.
Hasadgo'ydan boshqa har qanaqa odam bilan murosa qilish mumkin, lekin hasadgo'y bilan emas. Hasadgo'yma, birodar. Chunki bu o'zingni o'zing qiynashlikdan boshqa narsa emas. Hasadgo'y qachon rozi bo'ladi bu boladan? Yosh, o'zida bor bo'lgan hamma yaxshilardan mahrum bo'ladi, o'zidagi hamma iqtidor, qobiliyatlar majbur, mahrum bo'lad, fazilatlarda hammasidan uziladi. Shundoq rozi bo'lardi. Hasadgo'y sen uni oldida tiz tushursang rozi bo'ladi. Ungacha tinchimaydi. Shuning uchun hasadgo'yni yomonligidan, hasadni yomonligidan va hasadgo'y bo'lib qolishlikni yomonligidan Alloh Taolodan panoh tilaymiz. Hasadni sen tark qilmasang, u seni tugatadi. Qabrgacha olib boradi. Shuning uchun hasadni ertaroq tark qil. Hasad orqali qanaqa katta gunohlar sodir bo'ldi? Hasad o'zini egasiga nimalarni berdi a? Birinchi qotillik ham hasad sababli bo'ldi. Yoqub alayhissalomning o'g'illari, o'zlarining ukasi Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlashdi. Nima sababdan? Hasaddan. Yoqub alayhissalom o'g'li Yusuf alayhissalomni ko'proq yaxshi ko'rar edi. Shu hasad tufayli o'zini ukasini quduqqa tashlashga tayyor bo'lishdi. Birodarlar o'zini jigarini.
O'zini akasiga, ukasiga hasad qiladiganlar ham bor. E o'lganing yaxshi. O'lganing yarshi. Hasadni ham turlari bor da. Birovga zarari yo'q, hasad bor deydi. Birovga zarar bor, hasad deydi. Ahli kitoblar. Yahudiy va nasroniylar, Muhammad alayhissalomga iymon keltirishidan, ularni nima to'sdi? Hasad to'sdi. Vaholanki Tavrotda ham, Injilda ham Muhammad alayhis salomning alomizlari aytilingan edi.
Aytadigan so'zlari, qiladigan ishlari, hamma alomatlari bor edi. Lekin nimaga iymon keltirishi ma'da? Hasad tufayli. Demak, inson hasad tufayli iymondan ham mahrum bo'lib qoldi. Ahli kitoblar haqligini bilib turib hasad tufayli iymondan yuzaga urishib yubordi. Iymondan y uzaga urishib yurishib yubordik a? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, hasadgo'y mendan emas. Hasadgo'y mandan emas. Boshqa adreslarda aytadilar, modomiki hasad qilishmasa, odamlar yaxshilikda bardavom bo'ladilar. Odamlarni orasida hasad bo'lmasa, odamlarni oralasida yaxshilik bo'ladi. Hasad bo'lmasa bir biriga nisbatan muhabbat paydo bo'ladi. Bir biriga hasad qilishmasa, saodatli bo'lishadi. Birodar hasadgo'y bo'lma. Hasadgo'y bilish faqat seni o'zingni baxtsiz qiladi.
Ana ismni molikdan rivoyat qilgan hadis juda ko'p aytilingan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan sahobalar o'tirishgan edi. Rasululloh aytdilarki, hozir oldinglarga jannatiy bir odam chiqib keladi dedilar. Shunday qarab turishuvdi. Soqollaridan tahorat suv oqib turgan, kavushini qo'ltiqlagan bir kishi chiqib keldi. Oddiylar odam. Bu falonchi sahobalar emas, oddiy bir ansoriy. Ertasi kuni rasululloh haligi so'zini qaytardilar. Yana haligi odam kirib keldi. Uchinchi kuni ham shu gapini qaytarganlarida haligi odam kirilib keldi. Shunda Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu: "Bu nima ishi bor ekan bu odamni?" Bu Abu Bakr Siddiq emas, Umariddin Xattob emas, haligi kim bor, asharayi mubashshara bo'lgan sohibalardan emas, oddiy bir inson.
Orqasidan borib, birodar otam bilan kelisha olmay qoldim. Uch kun uyga kirmayman da men, o'zimga ahd qildim. Shu uch kun siz bilan turib tursam uyingizda dedi. Haligi ansoriy ko'nda. Uchgacha u kishi bilan birga yotib turdi. Tunda qiladigan amallari bormikin, bir sadaqasi bormikin,bir xos bir zikri bormikin,bironi amali bor ekan ki, tashqarida hamma qatoringlar yuradi. Lekin Rasululloh uch marta jannatiy odam kiradi desa, o'sha odam kirib kelyapti.
Uchinchi kun bo'lganda ham hech qanday ishlarni ko'rmadi. Shunda Abdullohi nomer aytdiki, otam bilan hech qanaqa gap o'tgani yo'q o'rtamizda. Men Rasululloh uch marta hozir oldinglarga jannatiy odam chiqadi deganida siz kirib kelganingizni ko'rdim. Shunda sizni uyingizda bir qanaqa ishingiz bor ekan biz bilmaydigan, shuni bilgani keldim, deganida haligi ansoriy, siz ko'rgandan boshqa amalim yo'q. Faqat dedi, musulmonlarga, musulmonlardan biror kimsaga gina kudurat saqlamayman. Hech kimga nisbatan unga Alloh'dan yetgan yaxshilikka hasad qilmayman dedi.
Abdulloh nomer aytdi, sizni mana shu maqomga yetishtirgan narsa shu xislat ekan, dedi. Hasadgo'y bo'lmasligi shu kishini jannatiy bo'lishiga sabab bo'lyapti. Demak oson ish emas ekan a bu? Demak oson ishi emas ekan a? Kechqurun yotayotganimda bironta musulmonga nisbatan g'illag'ashligim yo'q qalbimda va bironta odamga hasad qilmayman deyapti. Bo'ladimi shunaqa qilsa? Bo'ladi. Lekin juda qiyin.
Aqlni go'zalligi fikr bilan, tilni go'zalligini sukut bilan, yuzning go'zalligi ibodat bilan, so'zning go'zalligiga rostgo'rlik bilan, qalbning go'zallagi hasadni tark qilishligi bilan. Ikki ko'zing ko'rib turgan bo'lsa, birodar, ikkita qo'ling oyog'ing ishlab turgan bo'lisa, ikkita qulog'ing eshitib turgan bo'lansa, kimga hasad qilasan? Nimaga hasad qilasan. Hasadni zararlari.
Hasad Alloh Taoloni g'azabiga qolishiga sabab. Hasad go'yini qalbi hasrat bilan to'la bo'ladi. Hasad egasining martabasini pasaytiradi. Hasadchini hamma yomon ko'radi. Hasad ne'matning zavoliga sabab bo'ladi. O'zingdagi bor narsa yo'q bo'ladi hasad qilaversang. Hasad katta yomonliklarni manbasi. Hasad jamiyatni buzuvchi bo'lgan cho'qmor. Hasad axloqsizlikning alomati.
Undan tashqari, bu ruhiy ma'naviy tomonlari bo'lsa, hasadning zarar tomonlari. Endi jismoniy zarralari ham bor. Mana shu jasadingga ham zarari bor. Sen agar birodar hasadga yuboradigan bo'lsang, o'zingni tanangni tinimsiz dardlarga, kasallarga ro'baro' qilasan. Tabiblar aytishadi. Hasadgo'y insonda quyidagi dardlar doim birga bo'ladi. Hasadgo'y odamda quyidagi dardlarni doim birga bo'madi.
Istanglar da shu dardlarni. Umidsizlik, tushkunlik, g'azab, nafrat, oshqozon o'pka kasalliklari, teri kasalliklari. Yurak kasalliklari , immunna tizimini buzilishi. Jigar, o't ishini buzilishi, uyqusizlik, doimiy charchoq, bel va bo'yindagi og'riq, doimiy stress va to'shadagi muammolar. O'shangacha ta'sir qilar ekan birodar.
Ha, men shunchadan beri ukol olib yuribman ekanman. Shu hasadni tarqatsam hal bo'ladi birodar. Chunki aytdik ku, hasad shunaqa o'tki, faqat o'zini egasini kuydiradi. Hasad u shunday bir dardki, faqat o'zini egasini qatl qiladi. Ikki narsa birga bo'la olmaydi. Qanoat va xirs. Insonda qanoat bo'lsa, xirs bo'lmaydi. Agar insonda qanoat bormasa, doim xirs bo'ladi. Endi ikkita narsa bir biridan ajra olmaydi. Xirs va hasad. Xirs va hasod. Bir odam aytadi, ikkala oyog'i ham yo'q odamni ko'rganimdan keyin, yangi tufli kiyganlarni ko'rsam, hasad qilmay qo'ydim.
Qaytarib beraymi? Ikkala oyog'i yam yo'q odamnn ko'rganimdann keyin, yangi tufli kiyganlardi ko'rsam,hasad qilmay qoldim. Chunki oyog'im bor, ku meni deydi. Birodar, mana shu matohlarida, dunyoni ne'matlarida o'zingdan yuqori bo'lgan odamlarga qarasang, hasad degan narsa doim senda turaveradi. Dunyo ishlarida, dunyo matohida o'zingdan pastroq odamga qaragin da, shunda hasaddan qutilasan.
Sen falonchini oyligi katta deb hasad qilyapsanmi? Seni ozgina olayotgan maoshing ham ishsiz odam uchun katta mablag'. Sen falonchi uyni kattaligini ko'rib turib hasad qilyapsanmi? Seni kichkinagina uying ham uysiz odamga koshona hangoma. Boshqalarda ishini yengilligini hasad qilyapsenmi? Ishsiz yurgan odamga, seni qilayotgan og'ir ishingga ne'mat, boylik. Birovni pulini ko'pligini hasad qilib yuborsanmi? Seni to'plab qo'ygan ozgina javg'armang ham qarzga botib ketgan odam uchun katta boylik.
Dasturxoni, palonchini to'kin sochin deb uni dasturxoniga hasad qilyapsanmi? Seni faqirona dasturxoning chi, yurtida urush bo'layotgan och insonning orzusi. Birovga hasad qilmaslik uchun dunyo matohida o'zingdan balandlarga emas, o'zingdan xoli xaroblarga qaragin. Ma'qulmi? Jip emasmi mashinangiz?
Sedanmi? Ha zato peshkom, balasavt emas ku. Siz vlasavtda yuribsizmi? Zato peshkom emas u. Siz peshkom yuribsiz mi? O'n odam aravada o'tiribdi. Siz aravada o'turibsizmi, o'n odam o'n sakkiz yildan beri komada yotibdi. Qarang da, siz qaysi tomonga qarayotganingizga. Shuning uchun hasad qilma birodar. O'zingdan pastroq bo'lgan odamlarga qara.
Darsimizni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi bilan tugatamiz. Modomiki hasad qilishmasa, odamlar yaxshilikda bardavom bo'ladilar. Doimiy yaxshilikda bo'lishini xohlasang, birodar, saodat topish. Bu dunyo qanaqa joy? Bu hayotda dunyo nima? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ad dunya sijnul mo'min va jannatul kafir. Bu dunyo mo'min uchun qamoqxona kabi. Kofir uchun esa jannat kabi. Chunki bu dunyoda inson har qancha zo'r yashamasin, oxiratdagi jannatda beriladigan ne'matlarni oldida bu dunyo qamoqxonaga o'xshab qoladi, taqqoslasangiz. Endi kofir bu dunyoda har qancha qiylanib yashasin, mashaqqat yashasin, u uchun bu dunyo jannat. Nima uchun? Oxiratda unga beriladigan azoblarni oldida dunyoni mashaqqati u uchun jannat bo'lib qoladi. Rasul aytayaptilar, dunyo mo'min uchun qamoqxona, kofir uchun esa jannat. Bu dunyo qanaqa hayot? Bu dunyo nima? Istadbiyilla alladiy qolaqol ma'utavall hayat alay yabluvakum ay yukum, ahsanu amala. U zot, alloh azza va jalla, siz bilan bizni qaysinimiz chiroyliroq amal qilishimizni sinashligi uchun o'lim bilan hayotni yaratgan.
Bu dunyo sinov uchun keldik uni ichiga biz. Bu dunyoda yuz foiz huzur halovat, doimiy bir komfort, doimiy bir huzur halovat bo'lishi mumkin emas. Alloh Taolo aytadi, voma hayati dunya illa mata ul g'urur. Bu dunyo faqatgina mata ul g'uruur, insonni oldaydigan matohlardan boshqa narsa emas. Boshqa oyatda, voma hayati tunya illa lahvun va la'ib. Bu dunyo o'yin kulgu mazza bemazagarchilik. Vam al hayotu dunya fil axiratu illa qolil. Bu dunyo hayoti oxiratga borganda ozgina narsaga aylanib qoladi. Bir nima rolik ko'rgandim. Bir odam qo'lida arqon ushlab turibdi, bir o'n besh metr cho'zilgan. Boshiga izolyant o'rab qo'yapti bir santimetriga. Endi tasavvur qilinglar deyapti. Mana shu arqon deyapti. Cheki yo'q deydi. Mana bu bir santimetr izolyenta o'ralgan joyi dunyo hayoti deyapti.
Oxiratda tasavvur qilishinglar uchun shu narsaga deydi, fikr qilinglar deydi. Necha million kilometrlik ip bo'lsa, u yog'i oxirat hayoti boshingdagi bir santimetr izolentasi dunyo hayoti deydi. Shuning uchun Alloh Taolo aytyapti va mal hayatu dunya fil axiroti illa qolil. Bu dunyo hayoti oxiratni oldida ozgina bo'lib qoladi. Ming yillab yashagan kafillarga qiyomatga borganda, do'zaxda kuyakanda, qancha kun dunyoda turdinglar, dunyoda qancha turdinglar desa, bir kun yo yarim kun fasaliladin yozib turgan farishtalaringdan so'ra deydi. Demak, mana shu vaqtincha, ozgina bo'lgan hayotda siz bilan biz atrofimizda bo'layotgan ishlardan norozi bo'lib, jazavaga tushamiz. Hayotni boricha qabul qilishlikka e'tibor bermaymiz. Hammani o'zimiz xohlagandek, bizga yoqadigan bo'lishligini xohlaymiz. Bugungi mavzuyimiz hayotni boricha qabul qil.
Foma ma taul hayati dunya fil axirati illa aqolil. Oxiratga borganda, bu dunyoni matohi juda ham ozgina nasib bo'lib qoladi. Ozgina sabr qilaylik, tugaydi. Bu dunyo qanaqa joy? Qiyinchilik, mashaqqatlarni koni, g'am tashvishlarni makoni, lazzatlarni ketkazuvchi o'rin, tinimsiz tuslanib turadigan, ko'ngilsizlarga to'la, yo'li mashaqqatli bo'lgan bu dunyoki, sen bilan men birodar mana shu dunyoni g'am tashvishidan siqilib bo'g'ilib yuribmiz. Shuning uchun dunyoni boricha qabul qil. Hayotni mashaqqatlariga qayg'urma, zero u shunday yaratilgan. Bu hayotni asli mashaqqa, charchoq, shodlik vaqtincha xursandchilik noyob. Alloh azza va jalla o'zining do'stlariga bu dunyoda doimiy huzul halovat bo'lishligini xohlamadi. Ha, mo'min odamga ham dunyoda yengilchilik, xursandchilik, quvonch bor. Lekin bu doimiy bo'lmaydi da.
Agar bu dunyo azob uqubat xovlisi bo'lmaganida edi, bu dunyoda g'am, dardi og'riqlar bo'lmas edi. Payg'ambarlar bu dunyoda hech qanaqa mashaqqat chekshirmagan bo'lar edi. Payg'ambarlar nochor hayot kechirmagan bo'lardi. Odam alayhissalom. Odam alayhi assalom yerga tushgan kunidan boshlab qancha yil umr ko'rgan bo'lsa, mehnat mashaqqat bilan o'tdi.
Nu alayhissalom, qavmidan faqat og'zor aziyat, masxaralar, yolg'onchilarga chiqarilishlik. E'tibor beringlar, bu Allohning do'stlari. Ibrohim alayhi assalom. O'tga uloqtirishdi. O'g'lini so'yishlik uchun yerga yotqizdi. Yoqub alayhissalom o'g'lidan ajrab, ikkala ko'zi yig'lab ko'r bo'ldi. Yusuf alayhissalom quduqqa tashlandi.
Keyin qamoqqa tushdi tuhmatlarga qolib. Zakariya alayhissalomni qatl qilishdi. Yahyo alayhissalomning boshini olishdi. Qo'yingki, Allohni valiylariga keyin shunaqa hayot bo'lgandan keyin siz bilan biz bu dunyoda nimani kutishligimiz kerak? Hayotni qarasangiz, birodar, xotinmi, farzandmi, do'stmi, uymi, mahallami, qo'shnimi, mansabmi, borki, albatta shularni ichida seni ko'nglingga yoqmaydigan narsa bor. Ko'ching keng, asbala chataq.
Asbala tekkis, mashinalar tez yurib beryapti. Qarang da, bir narsa bor da. Mashinang chiroyli, rasxodi ko'p. Mashinangni rasxod olsangiz, lekin taqir tuqur. Ya'ni albatta nimadir bor, sizni ko'nglingizni nima qiladigan, g'ijil qiladigan. Xullas, tabiiy xira qiladigan narsa albatta topilib turadi. Bu dunyoni birodarlar yomonliklarining olovi bor. Yana bu dunyoni yaxshilik yomg'irlari ham bor.
Ana shu yaxshilik yomborlari bilan yomonlik olovlarini sovutib o'chirib olgin. Shunda najot topasan. Yomoniga qarab yuborsang, siqilib bo'g'ilaverasan. Yaxshisini ham ko'rishni o'rgan. Hayotni boricha qabul qil. Ob havo ayniqsa, nima qilasiz? Siqilib bo'g'ilasizmi? Chiqasiz, ob havoga qaraysiz, issiq kiyimingizni kiyasiz, zontini ko'tarasiz, inamiga chiqib ketaverasiz. Mana shu ob havoni boricha qabul qilib. Nimaga u haqida siqilib bo'qilmaysiz? Chunki o'zgartira olmaysiz da.
Xuddi shunga o'xshagandek, hayotda birodar, siz o'zgartira olmaydigan, siz ta'sir o'tkaza olmaydigan narsalar bor. Ularni boricha qabul qilishni o'rganing. Do'stingiz qaysar, xotiningiz ivirsaganroq, farzandingiz bir piyeli bor. Nima qilasiz endi, shunaqa qilib yaratib qo'ygan ekan? Umringizni oxirigacha kurashib o'tasizmi? Yo ko'nikib qo'yasizmi? Atrofingizdagi odamlar, ularni ham boricha qabul qilib o'tishni o'rgating birodar.
O'nta ulfatin bo'lsa, o'nta ulfatinda bittadan sifat bor yoqmaydigan. Onasi sergap, mana bu injiq, mana bu shapaloq ovqat yeydi, mana bu sho'rlatib suv ichadi. Mana bu polpiz, mana bu ro'dapoq, mana bu hech qachon ustiga qaramaydi. Borda, masalan. Endi o'zing avliyommisan ki, o'zing yuz foizmisan ki, boshqalardan kutasan. Atrofingizdagi odamlarni ham boricha qabul qil birodar. Birinisini upel yoqmasa, ikkinchisini bunisi yoqmaydi. Nima qila olasan? Shularda yashashing kerakmi? Demak ko'nik odatlan. Alloh bularni mana shunday yaratgan.
Alloh taolodan atrofingni tuzatib berishini so'raverma ha deb. Sen uning o'rniga o'zingni tuzatishingga Alloh quvvat berishini, sabr berishini so'radi. Mana shu duoying ijobat bo'lishga yaqinroq. Harakat qilding. Oshnangni, bolangni, xotiningni, birodaringni bir yaxshi tomonga suzatishlikka. Harakat qilding, sabablarni qilding, tuzata olmading. Harakating foyda bermadi. Endi boricha qabul qilib o'zingni tuzat.
Modomiki o'sha atrofimizdagi odamlarni holati, Alloh norozi bo'ladigan holat emasmi? Murosa qilamiz. Ichar ekan jo'ralarim, endi bular bilan murosa qilishim kerak ekan emas. Qimor o'ynashadi, o'tirar ekan, o'tirishim kerak ekan, ko'nikishim kerak e kan emas. Harom bo'lmaydigan o'rinda ular bilan murosa qilamiz, boricha qabul qilamiz. Ammo gunoh, ma'siyat bo'ladigan bo'lsa, birodarlar, tark qilishimiz kerak unaqa joyni. Domla aytgan, boricha qabul qul degan. Meni xotinim shunaqa benamoz. Mana shunaqa ishtonsiz yuradi, bor yo'q. Biz qayerda murosa qil deyapmiz? Qayerda boricha qabul qil deyapman? Alloh harom qilmaydigan o'rinlarda murosa qilishligimiz kerak bo'ladi. Alloh taolo bu dunyoni bir biriga zid bo'lgan narsalarni jamlovchi bo'lishini xohladi. Nima degani bu? Yaxshilik bilan yomonlik birga, issiq bilan sovuq birga, buzish bilan isloh qilish birga, xayriyat bilan fasod birga, xursandchilik bilan qayg'u birga. Shunaqa bo'ladi. Boricha qabul qil birodar. Bu Allohning xohishi. Keyin, keyin bu hayot tugagandan keyin, yaxshiliklar ajrab jannatga kiradi, yomonliklar ajrab do'zaxga kiradi.
Hayotni boricha qabul qilib birodar. Sen o'zgartira olmaydigan narsalarga siqilib umringni boy berib qo'yma. Sen o'zgartira olmaydigan ishlar bor. Bular haqida siqiladigan bo'lsang umringni boy berasan. Umr esa juda ham qisqa. Ad dunya sa'a faja alha toa dagal rasululloh. Bu dunyo bir soatlik umrga o'xshaydi, bir soat. Ana shu bir soatni ibodatga aylantir.
Shuning uchun atrofingga qarata, ajratib ol. Sen o'zgartira oladigan narsalar bor, sen o'zgartira olmaydigan narsalar bor. Agar shularni farqiga borib olsang, nimaga beparvo bo'lishi kerak, nimaga e'tibor qilish kerak, bilib olasan. Shunda duo qilasan. Ey Parvardigorim, men o'zgartira oladigan ishlarda menga sabr ber. Ko'nikishimga kuch ber. Ammo men o'zgartiradigan ishlarimda menga kuch quvvat ber. Endi mana shu ikkalasini farqlab olgani bilim ber.
Tushundinglarmi? Men o'zgartira oladigan ishlarda kuch quvvat ber. Men o'zgartirolmaydigan ishlarda menga sabr qanoat ber. Endi shu ikkalasini farqiga borib olish uchun menga ma'rifat ber. Yaxshi duo ekanmi? Hayotni boricha qabul qil. Gohida o'zimizni injiqligimiz, fe'limizni torligi tufayli atrofimizdagi narsalarga ko'nishga qiynalamiz. O'zi aslida ko'nishsa bo'ladi, shungacha o'lib qolmaymiz. To'g'rimi? Stenda o'zingizda, nimaga injiqlik qiz bor?
Uyingizda. Ha domla, qaysinisini aytay. Mana shu chidab yuribman shu xotinni xotin qilib. Ha, o'shaning uchun oilangiz oila. Sizni otangiz, enangiz yashagan bo'lsa, ellik yil, oltmish yil bo'ladi. Ular ham bir biriga chidagan, bir biriga ko'zini yumgan, shuning uchun oila qilgan. O'zi o'lib qolmaymiz. Shuning uchun. O'zimizni tuzatishni xohlamaganligimiz uchun atrofimizni tuzatib ber deb so'rab yuboramiz da Allohdan. Aslida birodarlar o'sha sizni ko'nglingizga yoqmayotgan ayrim holatlar, siz o'zingizni tuzatib olishligingiz uchun berilmadimikin sizga?
Savolni tushundinglarmi? Sizni ko'nglimizga yoqmayotsangiz, siz ko'nika olmayotgan ayrim ishlar, momoq ishlar, siz shu injiligingizni tuzatyapsizmi deb turib Alloh Taolo dori qilib bermadimikin? Hadis sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, ad dunya mal'unatun. Dunyo la'natlangandir. Mal'unun ma'fiy ha. Dunyodagi narsalar ham la'natlangan, ma'l'un. Faqat Allohni zikri, unga yaqin bo'lgan narsalar mustasno. Yana olim mustasno, muta'lim ham mustasno.
Dunyoda bandani Alloh'dan uzoqlashtirib qo'yadigan narsalar ko'p. Dunyo o'zi Alloh'dan bandalarini uzoqlashtirmay qo'yadi. Shuning uchun la'nat deyapti. Shuning uchunga ma'lum deyilyapti. Sizni Alloh'dan nima to'ssa, shu narsa ma'lum hisoblanadi, e'tiyot bo'ling. Faqat Allohni roziligi uchun bo'ladigan ishlar bundan mustasno. Ilm, mustasno. Talab ilm, mustasso. Amru ma'ruf, mustasno. Nahim ukar, mustasno. Allohni zikri mustasno. Sizni Alloh'dan uzoq qilayotgan, Alloh'dan chalg'itayotgan kinasi bor, bu ma'lum hisoblanadi. Shuning uchun birodar, hayotni boricha qabul qil. Hayollarga berilma, orzular dunyosida yashama.
Shu dunyoda yashashga o'zingni ko'ndir. Issiq sovug'a chidashga o'rgan. Bu dunyoda doimo vafodor do'st topilavermaydi. Doim ko'ngli yoqadigan ish topilavermaydi, chunki bekamni ko'st mukammal bo'lish bu dunyoda sifati emas bir odamlar. Bir kam dunyo. U mukammallik naryoqda bo'ladi. Ideallik naryoqiqda bo'lsa, jannatda bo'ladi da. Shuning uchun dunyoni boricha qabul qil. Sen o'zgartira olmaysanmi? Boricha qabul qilib qo'y.
Alloh Taolo aytadi, astadibilla, vama aktarun nasi va lavharosti bi mo'mineen. Garchi siz deydi, ey Muhammad alayhissalom, judayam qattiq xohlasangiz ham, odamlarni ko'pi mumkin bo'lmaydi. Boricha qabul qilavering. Siz da'vatni qiling, Alloh hidoyat nasib qilganlar hidoyatga keladi, qolgani ketaveradi. Birodarlar, Alloh Taolo Odam alayhissalomga nima dedi? Farzandlaringdan do'zax haqqini ajratib qo'y dedi.
Parvardigor, meni farzandlarimdan, Odam zurriyotidan do'zax haqqi nima? Deganida, mingta farzandingdan to'qqiz yuz to'qson to'qqiz tasi do'zaxga tushadi, bittasi jannatga kiradi dedi. Voma aktarun nasi valav xalos ta bimu minin. E, Muhammad alayhissalom har qancha xarist bo'lmang, odamlarda ko'pi musulmon bo'lmaydi deyapti. Muhammad alayhi salom da'vat qilsa ham bo'lmaydi. Shuning uchun Muhammad alayihissalomga Alloh shunday taskin beryapti. Boricha qabul qilib qo'yavering. Demak odamlarda bori shu. Nima qilasiz endi? Shuncha narsani aytsam ham, shuncha tushuntirsam ham, yana shunaqa qildinglarmi? Chiqib ketaverasizlarmi sakkizdan katta demaymiz.
Domlalarga tavsiya da birinchi, birodar, agar sen Buxoriy bo'lib masala qilganda ham murakkabda chiqib ketadi. Agar sen Abu Hanifa bo'lganda ham chiqib ketadiganda chiqib ketavoradi. Hayotni boricha qabul qil. O'zgartirish qo'lingdan keladigan narsaga harakat qil, bo'lmadimi, bo'pti borish ukam deb qo'yib ketaver. Ma'qulmi? Odamlarni boricha qabul qil. Urinib ko'rding, tarbiyalashga. Har qancha bo'lsa kechirib ko'rding. Imkon boricha berding, hamma sharoitda baribir o'zgarmadimi? Tamom, demak odamni, bu odamni yetib kelgan joyi shu ukam. Bo'lgani shu ukam deng, joning tinadi. Endi shunga yarasha muomala qilaverasan. Ko'p ham suyanayvermaysan, ko'p ham bir vazifani beravermaysan, shu borish shu ekan, endi nima qilamiz endi? Bu yana shu ekanda. Qiymati shu ekan. Ulamolar aytadi, insonning qiymati, qadri uning himmati va xohishiga qarab belgilanadi.
Hakamlardan biri aytadi, menga kishining maqsadi nima ekanini ayting, men sizga uni kimligini aytib beraman. Chumchuq bo'lib yaralgan qush burgutdek parvoz qila olmaydi. Sudralish uchun yaralgan jonivor parvozga yaramaydi. Bu dunyoda birodar mukammal xotin yo'q. Doim xotiningni bittasi sifati senga yoqmay turadi. Hadis sharifda aytilinadi. Rasululloh aytadilar: la yofroqu mo'minun mo'minatan. In karixa minha xulqon, rodiya minha oxir. Mo'min kishi o'zining mo'mini ayoliga g'azab qilmasin. Agar uning bir xulqini yomon ko'rsa, boshqasidan rozi bo'lar.
Ha, ovqatni shirin qilmaydi, lekin tili jag'i yo'q. O'sha narsadan xursand bo'lib ketib yuboring. Yoki tili jag'i zahar, ammo choqqon, uyni pazanda tutadi. Borda, to'g'rimi? Bitta yoqmaydigan sifati bormi? Yaxshi sifatiga qarab turib uni ko'zingizga yuvib qo'yavering. Chunki u xotin ham sizni xuddi shunaqa muomala qilyapti sizga. Birodar, hayotni boricha qabul qil. Qaytarib qaytarib aytyapmiz. Sen harakat qilding o'zgartirishga, bo'lmadimi? Endi buni boricha qabul qilib qo'yaver. Modomiki shu ish nima bo'lmasa, gunoh bo'lmasa.
Payg'ambarimizga ovqat olib kelib berishdi, Rasululloh oldilar, kimdan degandi, Payg'ambarimiz kimdan bu devdilar? Falonchi ayolingizdan deyishdi. Bugun Payg'ambarimiz Oyshonamiz bilan bo'ladigan kecha edi. Shunda Oyshonamiz rashxi kelib, Rasulullohni qo'lidagi ovqatni sahobora ko'rib turgan joyda bir ro'berga tushirib yubordi. Siz nima qilar edingiz? Muhammad alayhissalom nima qildilar? Ayolini tabiatini bilganligidan, ayol kishi bo'lganligidan, yerdagi sinig'ni olib terib, onanglarni rashq qilib kelib ketdi da, g'ayrilikka kelib ketdi da deb qo'ydilar, kechirib qo'ydilar. Boricha qabul qilishni misoli shu. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o'sha mumkin o'rtasida ozgina bir muomala bo'lib qoldi. Abu Bakr Siddiq keldi hal qilgani. Ham qaynotasi, ham eng yaqin sahobasi, yaqin sahobasini. Ham eng yaqin sahobasi. Shunda Payg'ambarimiz o'sha onamizga qarab turib, Muhammad alayhissalom, siz gapirasizmi yo men gapiraymi bo'lgan ishda? Deganida, o'sha onamimiz, siz gapiring, faqat to'g'risini gapiring dedi.
Muhammad alayhi assalom payg'ambar bo'lmasdan avval ham sodiq, sodiqul amin bo'lganlar. As sodiqul amil bo'lganlar'. Mana endi ayol kishini bo'lgani shu ekanda, boricha qabul qilasiz. Lekin payg'ambarim duo qilganlar, alhamdulillah, alloh taolo meni oishaning muhabbati bilan rizqlantirdi deganlar. Bugun borib zo'r gapirasizlar xotinlarga. Ishonib yuboringlar, chunki mo'minga nasihat foyda qiladi. Fainna zikro tanfaul mo'minin eslatma berish mo'minlarga foyda qiladida deydi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayolini boricha qabul qildilar. Shunday qilsak birodarlar, oilalarimiz buzilmaydi. Kechirishni o'rganaylik. Uylanadiganlar, oilasi muammo bo'layotganlar, xotini bilan urishib kelganlar, boribdir ehtimol ichimizda. Mana shu ko'zni yumasiz, kechirasiz, boricha qabul qilasiz, hayot oila turadi. Kimni uyidan o'tmagan janjal? Kimni uyidan o'zmagan? Shunday ekan, birodarlar, to'g'rilaymiz, kechiramiz, moslashamiz, oliyjanob bo'lamiz. Biz kimni o'zgartirishimiz oson? O'zimiznimi yo boshqalardimi? Nimani o'zgartirishimiz oson? Boshqalardami yo dunyoqarashimiznimi?
Ko'nglimizga yoqmaydigan bitta ish bo'ldi. Xo'p, savol. Biz buni o'zgartira olamizmi? Yo'q. Demak, siqilishni keragi yo'q. Voqelikni boricha qabul qilamiz. Yengil tarafini olamiz, qiyinini tashlaymiz, ancha muncha kamchilikdan ko'zimizni yumamiz. Xato kamchiliklarda avf qilamiz, ba'zi narsalarga ko'zimni yumib parvo qilmay qovuramiz. Bo'pti endi, hech narsa emas.
Mana shu eng to'g'ri yo'l, birodar. Sen o'zing mukammalmisan ki, atrofdagilardan mukammallikni talab qilgani. Sen nimalarni o'zgartira olmaysan, birodar? O'ylanib ko'r. Ob havoni o'zgartira olmaymaysan, boricha qabul qil. Odamlarni fe'lini o'zgartira ololmaysan, borichi qabul qil. Onamlarda tabiatini o'zgartirolmaysan, borcha qabul qil. Alloh taoloni bu koinotga qo'ygan sunnatlarni o'zgartira olmaysan. Boricha qabul qil.
Sen o'zgartira olmaydigan narsalaringga siqilib, umringni boy berib qo'yma. Ularni boricha qabul qildi. Fosobrun jamil va allohul musta'ano ala motosifun. Fosber sobrun jamila. Bas, chiroyli sabr bilan sabr toqat qiling. Mana endi chiroyli sabr qanaqa bo'ladi? O'ylab ko'rganmisizlar chiroyli sabrni qanaqa bo'lladi? Indamay tishingizni tishingizga qo'yib turishmi? Yo odamlarga borib shikoyat qilishmi? Chiroyli sabr, chiroyli sabur qanaqa bo'tiladi? Chiroyli sabur, qiyinchilikdan qutilib ketaman deb, aniq ishonib sabr qilishing.
Bu ishni oxiri albatta yaxshilik bilan tugaydi deb ishonib sabr qilishing. Shu musibatga sabr qilsam, ajriga ega bo'laman deb aniq ishonib sabrni qilishing. Shi musibatga sabrd qilsam, gunohlarimga kafforat bo'ladi deb aniq ishonab sabr qilishing'. Mana shu sabr chiroyli sabr deyiladi. Qiyinchilik birodar, har qancha katta bo'lib kelsin, yo'ling qancha torayib ketmasin, baribir g'alaba sabr bilan birga bo'ladi. Sabr bilan birgga bo'ladi.
Inna ma'lusuring yuzroq. Har bitta mashaqqat bilan birga bir qancha yengillik bo'ladi. Ishing yurishmayapti, bitta mashaqqun, lekin yurting tinch, taning sog', ko'chaga chiqib bemalol yuribsan. Yengillikmi? Tishing og'riyapti, qolgan a'zoring sog'. Qorni qursog'ing to'q, ishing yurib turibdi.
Bitta mashaqqatni ko'rib turib boshingga kiyib olmagin. Ozgina sabr qil. Ana shu sabrni, sabringni quvvatli qilayotgan ishlardan bittasi shu yangi ishinglarda borligiga qarashliging. Undan tashqari, har qanday amalning savobi qiyomat kunida birodarlar o'lchab beriladi. Masalan, bir vaqt namozida uyda o'qisangiz bitta savob bo'lsa, majlida o'qisangiz yigirma yetti barobar savob. Bir so'm ehson qilsangiz, Alloh Taolo o'n barobar qilib qabul qiladi. Yoki yetti yuz barobar qilib savobni ko'paytirib beradi. Hamma amalning beriladigan savobini hisobi bor. Faqatgina sabrni hisobi yo'q. Demak, bu juda ham ulug' amal. Astadiyu billah, innama yuaffos sobirun na ajrohim beg'oyirih asad. Albatta sabr toqat qilguvchilarga ajr mukofotlari qiyomat kunida hisob kitobsiz to'la to'kis qilib berilur.
Hisoblanmasdan beriladi. Qaysi amalning savobi? Sabrni. Rozi bo'lish, savob umid qilish, chiqib ketaman, gunohlarimga kafforat, bundan keyin albatta yaxshi yil bo'ladi deb aniq ishonib turib sabr qilish. Mana shu chiroyli sabr bo'ladi. Vodo asaxmiy aytadi, xorlanayotgan bo'lsang ham musibatlarga sabr qil. Ko'pincha ustingdagi musibatni foydasi seni xursand qiladigan ishlardan ham oliyroq.
Musibatga sabr qilding? O'tib kelsa xursand qiladi seni. Tugasa. Lekin musibat ketgandan keyin uni orqasidan qanaqa katta foyda kelishligini sen bilmaysan. Ko'pincha ustingdagi musibatni foydasi seni xursand qiladigan ishlardan ham oliyroq. Chunki ko'pikni ostida oppoq shirin sut bo'ladi. Seni ko'zingga ko'pik ko'rinyapti, lekin tagida nima bor? Suti bor. Shuning uchun ustingga kelgan musibatni bilgin ki, Alloh Taolo seni sinash uchun berdi. Sabr qil, rozi bo'l, shukur keltir, tagidagi sutiga qo'ling yetadi. Inshaalloh. Umariddin Xattob roziyalloh aniq aytadiki, sabr bilan go'zal hayotga yetdik. Sabr bilan go'ozal hayotga yetddik. Mana yoshi kattalarni qaranglar da. Hammasi mana shu etapdan o'tgan. Oilasida muammo bo'lgan, sabr qildi. Xotinidan bir fe'llari, qaysidir fe'llari yoqmagan xotinini sabr qildi, bo'ldi qo'lida, bo'lmadi qo'lida yetishmovchilik bo'ldi, sabr qildida bo'ldi. Kim sabr qilsa, erishadi yaxshilikka?
Musiba paytida ahli sunna odamining uchta yo'li bor. Birinchisi, sabr, ikkinchisi duo, uchinchisi kengchilikni kutishlik. Sabr qilasiz, duo qilasiz va aniq ishonasiz, Farvardigor menga yengillik beradi deb. Ahli sunna va al jamoaning e'tiqodi yo'li shu. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, kim sabr qilsa, Alloh unga sokinlikni beradi. Xotirjamlikni beradi.
Sabrsizlik va tushkunlikka tushishdan ko'ra sabr qilish yaxshiroq. Yo tushkunlikka uchasiz, sabrsizlik qilib, yoki sabr qilasiz. Endi ixtiyoringiz bilan sabr qilganingiz yaxshiroq, majbur sabr qilganizdan ko'ra. Pulingizdan ayrildingiz musibat, farzandingizdan ayrildingiz musibat. Sizga yoqmaydigan bir musibat keldi. Endi siz rozi bo'lib sabr qilsangiz ham ko'nikib ketasiz bu ishga. Jazavaga tushsangiz ham uch to'rt kun o'tgandan keyin ko'nikib ketasiz. Ixtiyoringiz bilan sabr qilganingiz qayerda yu, majbur bo'lib sabr qilganiz qayerda.
O'tib ketgan ulug' insonlarni hayotini o'qib, ularni sabr toqatlarini ko'rib turib, inson hayratga tushasan. Ularni boshiga tushgan musibatlar shunaqa bir katta bo'ldi, lekin ular bu musibatlarni xuddi o'zini boshiga tushishgan bir tomchi suvdaqa qabul qilishdi. Ularni sabotlari tog'dagida. Birodalar, hammaga ma'lum bo'lgan haqiqat. Faqat o'sha musibat kelgan paytda buni esdan chiqarib qo'yamiz. Mashaqqat ozgina vaqt davom etadi, xolos. Mashaqqot ozgina davom etadi, hozir. Lekin o'sha mashaqqat kelgan paytida shu hikmat esimizdan chiqib qoladi. Ma'qulmi? Shuni eslataylik o'zimizga, o'tib ketadi bunisi ham. Bunisi ham o'tib ketadi.
Keyin esa. Yuzingda xursandchilik nurlari, g'alaba quvonchi, yutuq belgilari balqib turadi. Faqat sabr qil. Sabr qil. Ana shu ulug'larimizni hayotini qarasangiz, boshiga bir musibat kelganda, bu balolar qachon ustimizdan ko'tarilarkin deb yotib olishmagan. Uyga kirib o'tira olmagan. Ana shu mashaqqatlarga qarshi sabr bilan turib kurashgan, osonlikcha bo'yniga ega qo'ymagan.
Sabr birodarlar. Yengilliklarni ochiq degan kalit. Sabr, yengilliklarnini ochiq degan kalt. Kim sabr qilsa, qadr topadi. Sabrning mukofoti nima? Muvaffaqiyatga erishishlik. Balo o'z yechimi bilan keladi, agar sabr qilinsa. Balo o'zi yechimi bilan kela agar sabr qila oladigan bo'lsa. Donishmandlar aytadi, bitta yomonlik ortidan ko'plab yaxshiliklar bor.
Abu Ubaydu aytadi, bilgin ki, senga musibat yetib turgan chog'da, senga yetishi mumkin bo'lgan bundan ham kattaroq musibat bor edi. Ustingda bitta musibat turibdimi? Bundan kattaroq musibat kelishi ham mumkin edi. Ana shulardan omonda qolganingni o'ylab shukur qil. Senga ketgan narsani yengil sana.
Ha bo'pti, nima deydi, motoring ustiga berib yubordi. Musibatmi? Musibat. Yumalab ketmading u jarga qara mashinang bilan. Mumkinmidi shu ham? Mumkin. Ha baloning otilib ketdi. To'xtaguningcha chaynab tashladi. Almashtirish kerak. Mashina yumalab ketmadimi? Shuning uchun bir musibat kelgan paytda bundan bettaroq bo'lishi mumkin edi. Bundan kattaroq narsa bo'lishi mumkinda deganda, shu musibatni ustidan foydadasan sen.
Anushervonni bir hikmatli gapi bor ekan. Juda ham bir ibratlanadigan. Quloq solinglar da. Anushervon aytadi. Dunyoni ishlari hammasi ikkiga bo'linadi. Ikkiga bo'lina. Birinchisi, yechimi bor ishlar. Ikkinchisi, yechimi yo'q ishlar. Yechimi bor ishlarni, uni davosi jiddiy jahd bilan harakat qilish. Endi, yechimi yo'sh ishlar, uni shifosi. Sabr qilish.
Nima qilasiz endi shu ukani endi bor endi. Qilyapsiz, harakat qilyapti, bo'lmayapti, nima qilasizin endi? Nima qilasiz endi? Bolangiz mashinani berib stolboga uribdi. Kalitni olib qo'yish kerak edi. Uribdi. Endi nima qilasiz? Bolani urasiz. Nima qilasiz endi? Do'lom o'ynab ketdi. Sotib olish kerak edi yuz so'm bo'lganida. Mana endi qancha bo'ldi?
Bo'lib oldi endi joyiga, shu nima qiladi. Demak shuni Alloh xohlagan ekan, bo'ldi. Tugadi. Demak, dunyodagi ishlar ikkiga bo'linyapti, birodarlar. Yechimi bor ishlar, yechimi yo'q ishlar. Yechimi bu ishlarni qo'lingizdan kechak jiddiy jaxt bilan harakat qilasiz. Endi yechimi yo' o'sha ishlarga, yechimi nima ekan? Sabr ekan. Shu formula yetadi bugun bizgachi? Mana hozir sizni yuragingizni siqayotgan ishlar bor edi, kallangizni g'amga solib turgan narsalar. Mana endi ajratib oling endi. Qaysinisi bu?
Hakimlar aytadi, yechimi yo'q mushkulaning yechimi sabr. Yechimi yo'g' mushkulaning yeachimi sabr. Kim sabrni lozim tutsa, albatta yutuqqa erishadi. Is'hoq obid aytadi, Alloh Taolo bir bandasini og'ir musibatlardan saqlash uchun gohida uni yengil musibatlar bilan imtihon qiladi. Katta balodan saqlashlik uchun Alloh Taolo kichkinasini beradi. Demak, yengil bo'lgan mana shu musibat aslida ne'mat ekan.
Kim bir musibatga sabr qilib, bu muammodagi Allohning tadbiridan rozi bo'lsa, unga musibat orqasidagi yashirin foydalar ochiladi. Buzurga mehr aytadi, sabr qilib najotni kutish havas qilarli maqomlarga olib boradi. Sabr qilib naj otni kutish odamlar havas qiladigan maqomga olib boradi.
Jannatinglar jannatga kirganida ularga aytilinadi. Astag'firulloh, assalomu alaykum, bemalol sobartum va ne'ma uqubat dar. Sabr toqat qilib o'tganlaringiz sababli sizlarga mana shu jannatda tinchlik osoyishtalik bo'lgay. Nima uchun? Nima qilgani uchun? Sabr qilganligi uchun. Alloh Taolo Qur'onda Oliy Imron surasida aytadi, istadvillar.
Ya ayyu halladina amanu isbiru va sobiru va robitu vattaqulloha la'allakum tuflihun. Ey mo'minlar, sabr qilinglar va sabrni toqat qilishda ustun bo'linglar. Hamda doim hozir bo'lib turinglar, Allohda qo'rqinglar, shunda shoyat najot topsanglar. Najot topishlikka shart qilinayotganda birodarlar sabr toqat birinchi navbatda aytilyapti. Sabr toqat qilganga najot bor, ikki dunyoda.
Birodar, sabr qil. Albatta najotga erishasan. Bu Allohni va'dasi. Chiroyli sabr qilishlik insonni saodatga olib boradi. Chiroyli sabir qilish qanaqa bo'ladi? Qiyinchilikdan qutilishga aniq ishonib sabr qilishing. Ishingni oxiri yaxshiligi bilan tugashiga aniq ishonib sabr qilishing. Musibatga sabr qilsam, aniq ajraga ega bo'laman deb ishonib sabr qilishing. Gunohlarga kafolat bo'ladi deb aniq ishonib savol qilishing, chiroyli sabr bo'ladi.
Fasobun javil, bizning ishimiz chiroyli sabr qilishlik. Saodatning yigirma to'rtinchi sababi go'zal sabr. Aquli qovli haada, bostavfirullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.