Maviza
—Qoralama45 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
44:32
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Assolat va salomu ala saidina muhammadin va ala alixi va ashabi hajmain. Amma ba'd. Ya robbilar kalhamma kamayin, bag'hi li jalali va chikivoldingmi sultonik. Robbina billah robban va bil islami dinan va bil muhammadin sollallohu alayhi vasallamun abinah va rasuluh. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhum, to'g'rim jamoat. Ushbu idil azhokuni siz bilan bizga va barcha yer yuzidagi musulmonlarga muborak bo'lgan bo'lsin. Alloh sudda hanaqa va taolo qilayotgan ibodatlarimizni, duolarimizni qabul qilsin, ijobat qilsin. Qilinadigan qurbonliklarni alloh taoloni xolis yuzi uchun bo'lishlikka o'zi bir tavfiq bergan bo'lsin, iydil azxo qurbon hayiti haj amallari nihoyasiga yetganligiga alloh taologa shukrona nisbatida bir bayram qilinadi. Bugun mana shunday bir bayram bo'lgan kunda o'tiribmiz. Bir bayramona kayfiyat, bayramona ruh hal bitamizda bo'lishligi lozim bo'ladi. Bu kunda qilinadigan ishlar, musulmon kishi iyd namozini o'qiyman deb, uydan chiqib kelar ekan, albatta misvoy ishlatishligi sunnat hisoblanadi. Har bir namozga o'zi musulmonlar misvoy ishlatadi, bu sunnat. G'usl qinichligi hamda xushboylarni surtishlik mandob hisoblanadi.

Bu kunda qilinadigan mandob ishlardan eng yaxshi kiyimlar kiyiniladi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis, Ibn Moja o'zining sahifalarida keltiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki iyd namoziga o'zining xibara choponlarini kiyar edi. Ya'ni Payg'ambarimizdagi bor kiyimlarning eng afzali mana shu xivara choponi bo'ladigan bo'lsa, ikkita hayit kuyovini kuyovida kiyilardi. Mana kecha juma namozimizda ham aytdik. Avval mana shu ikkita hayit arafa kuyovlari bir sarpo olar qilinadida. Shu narsani takrorlaylik, qaytaraylik. Ko'nikuv oldi ko'tarilib ketganingizga bu narsa. Qandaydir beparvolik bilan kutilinadigan bo'lib qolingan. Mana arifotkani ro'za tutishligini fazilatini gapirgandik, alhamdulillah. Men kimni tanisam, ya'ni kecha kimni ko'rgan bo'lsam, hammani ro'za tutganligini ko'rdim, xursand bo'ldim. Sizlar ham xursand bo'lgan bo'lsanglar kerak. Chunki, inshaalloh, mana shu xayriyat davomiy suratda to'xtamay ketadigan bo'lsa, inshaalloh juda ko'p bid'atlarimizga qolib ketadi. Juda ko'p sunnatlarda hayotimizga qaytarib olgan bo'lamiz, inshaalloh.

Hayit namozini o'qishga chiqayotgan kishilar, muxtadiylar, namozga ertaroq kelishliklari hamda piyoda kelishliklari va qor bilan takbiratib kelishliklari savobli amalotni hisoblanadi. Namozga borgan odam qancha erta borsa, qancha uzoq kutsa, shuncha savobi ko'p bo'ladi. Albatta hayit namozi sakkiz yigirmata o'qiymizda turibmiz. O'n beshta kam sakkiz, o'n besh o'tganda chiqsa ham boradi, lekin ertaroq chiqqan odamlarga albatta ajr savodi ziyoda bo'ladi. Hamda iyd namoziga, keyingi iyd namozlariga, shu inobatga olaylik. Piyoda kelishlikda ajri ko'p bo'ladi. Uyidan piyoda kelishligi oshishi uzoq bo'lmagan odamlar piyoda kelsa, savobi yana ham ulug'roq bo'ladi. Bu kunda qilinadigan ishlardan oilaga serobchilik qilishlik, mo'l ko'chilikni qilib berishga harakat qilishlik kerak. Ya'ni har doim ham musulmon odam o'zini ahli oilasini, qarindoshlarini sila rahm qilib parvarish qiladi. Lekin bu kunlardagisi boshqa kunlardan ozgina ziyoraroq bo'lishlik kerak. Imkoniyat darajasida.

Va har bitta hayit kunida uchragan mo'minga, mo'min kishi xursandchilik izhor qilishligi kerak. Ya'ni id bilan mubolag'bat qilib, bir birini ko'rganda xursandchiligini izhor qilishlik kerak. Id bilan tabriklab hamda musulmon birodarni ko'rganligi bilan quvon etganligini izhor qilib turishlik kerak. Havas olib yurishlik, xunrayib yurishlik bu kunga yarashmaydigan fe'llardan.

Bir yilda ikki marta keladigan hayit namozida, o'sha haligi asablarimizni burchagiga qo'yib, nervlarimizni burchaga taxlab qo'yib turib, xushmuomala, chiroyli bir xulq bilan yurishligimiz siz bilan bizga yarashadigan sifatlar bor. Inshaalloh, hayit namozini, mana inshaalloh o'qishlikdan avvalambor eslatamiz yana. Hozir yana bir aytib o'taveray. Hayit namozi yilda ikki martalik o'qilganligi uchun hammani ham yodida qolavermaydi.

Ikki rakat, iydi qurbon namozini o'qishni niyat qildim, xolis Alloh uchun, imomga ixtido qildim deb niyat qilgandan keyin Alloh akbar deb takbir aytib qo'l baylanadi. Qo'l bayalanib sano o'qiymiz, a'zu vaspalani aytmay turamiz. Sano o'qigandan keyin yana uch marta Alloh akbar, Allohu akbar, Alloh akbar deb uchinchisida qo'lni baylab turib, keyin Fotihani o'qiymiz. Demak, birinchi takbiri tahrimadan keyin, sanodan keyin uch marta takbir aytamiz. Ikkinchi rakatga turib, ikkinchi rakatni Fotihasi bilan Zamsunasini o'qilgandan keyin, rukuga ketishdan burun yana uch marta Allohakbar, Allohakbar, Allohakbar deb turib, to'rtinchi Allohakbarni yana rukuga ketamiz. Demak, boshidagi birinchi takbir tahrimadan keyina uch marta aytilinadi. Ikkinchi rakatda rukusiga ketishdan burun uch marta takbir aytiladi. Inshaalloh namozni oldida yana bir takrorlagan bo'lamiz, inshaalloh.

Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallamdan shunday hadis bor. Salatun man kunna fiyi wajada halavat al iyman. An yaqun Alloh va Rasuluh ahabba ilayhi minmasi va huma. Va yuhib balmar ala yuhib buhi illa lilla, va yakka rohan yahudafil kufriy kamayakka rohan yahudofil nar. Kimda quyidagi uchta sifat bor bo'lsa, bu kishida iymon halovati bor. Iymonda lazzati, iymonni nimaligini mazzasini totib ko'ribdi. Birinchisi, Alloh va Rasuli hamma narsadan sevimliroq bo'lsin. Alloh va Payg'ambarni muhabbatini oldida boshqa hech narsani muhabbati yaqin olib kelinmasin. Va bir kishini yaxshi ko'rsa, faqat Alloh uchun yaxshi ko'rsat. Qarindoshi bo'lganligi uchun, foydasi tegayotganligi uchung, jigari bo'lganligiga uchun, farzand yoki otasi bo'lganligigacha emas. Alloh uchun, yaxshi ko'risan. Va uchinchi sifati, uchinchi sifatida eski johillik, kufr hayotiga qaytishlikni xuddi o'tga tushib ketishlikda yomon ko'rgandek yomon ko'rsin. Alloh Taolo hidoyat qilganidan keyin, qalbingizni ochgandan keyin, oq bilan qorin ajratib qolganingizdan keyingi topgan hayotingizni eski hayotinga almashtirasanmi desa, xuddi o'tga turib ketishlikda xohlamaydigan odam yo'q degandek, o'tga tushishdan qo'rqqandek qo'rqadigan bo'lsin.

Mana shu uchta sifatda o'zida mujassam qilgan kishi, iymonni nimaligini totib ko'ribdi. Bugun biz birinchisi Alloh va Payg'ambariga, Payg'ambarga xursand bo'lgan muhabbat haqida gaplashamiz. Shu suhbatlar o'zimizda jam bo'lmagunicha, iymoni nimaligini tushunmabmiz. Alloh Subhanah va Taolo Qur'onda juda ko'p oyatlarda Muhammad (alayhissalom)ga ergashlik, U kishidan ibrat namuna olishligimizni siz bilan bizga buyurgan.

Qul in kun tun tuxibbun alloha fattabi uniy yuhbibukum allohu va yavfullohkum g'urubakum vaallohu va su'ru rohim. Hammamiz Muhammad (alayhissalom)ni yaxshi ko'ramiz deymiz. Hammamiz La ilaha illalloh Muhammad rasululloh degan keyin odam, agar shu karimasi rozi bo'lsa, Payg'ambarimizni yaxshi ko'tarishi kerak va Payg'ambarimni yaxshi ko'reman deymiz hammamiz.

Alloh Taolo aytyapti. Ayting, ey Muhammad (alayhissalom), agar sizlar Allohnı yaxshi ko'rsanglar, bas, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni yaxshi ko'taradi, Alloh vafuru rohim bo'lgan zot. Alloh bizlar yaxshi ko'rishini xohlasak, Muhammad (alayhi assalom)ga ergashligimiz kerak.

Laqodika ana kun fiy rasulillahi usvatu hasana limanka nayorjulloha val yav mal axir va zakara alloha kafiro. Allohdan va oxirat kunidan iymona umidi bor kishilar. Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan, mana shundan umidi bor kishlar, Allohnı ko'rib istagan kishilar uchun Allohning Payg'ambari Muhammad (alayhissalom)da go'zal namuna bor.

Boshqa oyatda, wama ataku murrasulufahuhu va ma nahaku manhuhu fantahuhu. Allohning payg'mbari sizlarga nimani bergan bo'lsa olinglar, nimadan qaytargan bo'lsa qaytinglar deydi. Soddaroq qilib o'zimizni tilida aytsak, Muhammad alayhi assalom aytgan chiziqdan chiqmanglar degan. Muhammad alayhissalom aytgan o'lchovdan tashqariga o'tmanglar degani. Odamlar nima deyishni qiziqtirmasin sizlarni. Xalq qanaqa qilyapti, urf odat qanaqa bo'lyapti, qaramanglar. Muhammad alayhissalom nima degan bo'lsa, shuni qilinglar, aytmagan narsangizga qadam bosmanglar degan bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan muhabbat nimaga bog'liq? Nima qilsak biz rasulullohni yaxshi ko'ramiz?

Nima qilsangiz? Savol. Tanasak. Inson tanimasa yaxshi ko'ra olmaydi. Tanishlik uchun nima qilish kerak? U kishini svetlarini, hayotini o'qib o'rganishlik kerak. U kishini kimligini, biz uchun nima ish qilib ketganligini, qanday sifat axloqlar egasi ekan bo'lganligini bilganingizdan keyin to'xta. Ha rostdan ulardan boshqasini yaxshi ko'rishlikka o'zi arzimas ekan hech qaysi, degan tushuncha bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan muhabbat paydo bo'ladi.

Payg'ambarimizni hayotidan bir qancha lavhalarni ko'rib chiqamiz. Alloh qodir qilganicha, vaqtimiz yetganicha. Gapiradigan gapimiz, biz kunlab, oylab gapirsak ham tugata olmaymiz. Lekin vaqtimiz shakllangan, ulgurganimizcha gapiramiz. Va innaka ala ala xuluqin avin. Ey muhammad alayhissalom, albatta siz ulug' buyuk xuluq ustidadirsiz.

Suhbatimizni mavzusi shu. Albatta siz buyuk ulug' axloq ustidadirsiz. Rasulullohni axloqini Alloh Taolo ulug' axloq degandan keyin, Alloh Taolo uluk axloq degardan keyin, bandalar yana qanaqa qilib ta'riflashligi mumkin? Insonlarni so'zida, insonlarni lug'atida, Payg'ambarimizni axloqini ta'riflashlikka loyiq so'z bormikin? Yo'q. Allohga qasam yo'q. Nimaga yo'q? Alloh Taolo aytyapti, bu xulq ulug' xulq, buyuk axloq deb aytyapti.

Imomu Tabaroniy Abdulloh ibn Sallam roziyallohu anhudan rivoyat qiladi. Abdulloh ibsallam yahudiylarning rohiblaridan bo'lgan kishi islomga kirgan. Abdulloh ibn Sallam. U kishi aytadi, yahudlarning rohiblari bilan Zaydilni Sani ismli kishi shunday deydi. Men Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yuziga qarab deydi. Boyagi yahudiy rohib aytyapti. Muhammad alayhi vasallohimni yuziga qaratib turib, payg'ambarlikni hamma alomatlarini ko'rdim. Bularni tavrotida yozilgan payg'ambarimizni sifatlari. Injilda xabar berilgan. Ahli kitoblarga payg'ambarimni kelishiga haqida xabarlar, u kishining sifatlari bayon qilingan. Alloh aytgandek, ey Muhammad alayhissalom, ahli kitoblar sizni xuddi o'zlarining o'g'il farzandlarini taniganday tanishadi. Tanib turib inkor qilishdi. Bu zaydunni seni aytyapti. Rasulullohning yuziga qarab turib, hamma alomatlarni ko'rdim, payg'ambarlikni. Faqat ikkitasini sinab ko'rmagandim deydi.

Birinchisi, halimligi, g'azabini yengish kerak. Ikkinchisi, unga har qancha qattiq johillik qilmasin, muloyimligi, yumshoqligi ziyoda bo'ladi. Zaydini seni aytadi. Kunlarda birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam alayhi roziyallohu alam bir hujradan chiqib keluvdi, bir a'robiy keldi. Yo Rasululloh dedi. Men falon qabiladaman dedi. Bizni qabilamiz islomga kirgan dedi. Ular islomga kirayotganda men ularni da'vat qilib, agar islomga kirsanglar, rizqinglar mo'l ko'l bo'ladi deb aytgan edim. Islomga kirishuvdi ta'ma qilib. Rizqimiz zo'r bo'lib qolar ekan dedi. Endi hozir qo'rg'oqchilik bo'lib qiyin holatga kirib qoldi. Endi islomga ta'ma qilib kirishuvdi. Endi ozgina qiynalib qolganligidan yana ta'ma qilib chiqib ketib qolmasin. Agar qo'lingizda ozgina bir moli dunyo bersa, ozgina ularni qo'llab qo'ying dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam alayhi roziyallohiga qarab, hali aynana sha'in minal man.

Moldan biror narsa bormi bizda? Deb Payg'ambarim so'raganlarida, alayhi roziyalloh yo Rasululloh hech narsa xomati berib yubordik dedi. Shunda Zayliddin seni aytadi. Uni eshitdim da, men oldiga bordim. Bu hali yahudiy rohib kuzatib turib kelyapti. Ey Muhammad deydi sallallohu alayhi vasallam. Agar sen menga falon qo'rg'ondagi xurmonni sotishlikka rozi bo'lsang ma'lum bir vaqtda, men senga ma'lum bir miqdorda ham mablag'ni beraman dedi. Payg'ambarimiz rozi bo'ldi. Sakson misqol oltinni yoki sakson o'quyi oltinni, sakson oltinni berdi. Payg'ambarimiz oldida pulni boyagi arobiga bergan edi, arobiy olib ketdi. Falon kuni berasan deb zaydumni sani shart qo'yib ketdi. Hali ana shu qarzni o'tashdagi muddati kelmasdan turib, Zaydumni sanni, biz aytdik boyagi ikkita sifatini sinamoqchi edi. Payg'ambarimiz sahobalari bilan Abu Bakr, Umar, Usmon va boshqa sahobalar bilan bir janoza namozini o'qib, chiqib bir daraxtni devorning soyasida o'tirgan edi.

Zaybiddinni sani shunday bir xumri ekan yuzi bilan kelib, qo'pollik bilan, dag'allik bilan borib Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga shunday yoqotilardan ushlab turib, to'nini, to'nlardan ushlab, shunday qattiq tortib turib, ey Muhammad dedi. Haqni ado qil dedi. Qarzingni to'la dedi. Sizlar bilan Abdulmutollik urug'i, qarzni bermasdan cho'zib yuradigan qavmchilar dedi. Hali muddat kelgani yo'q. Muomala, qo'pollar.

Rosulullohu alayhi vasallam hech narsa demadilar. Umariddin Xattob roziyallohu anhu. Ey Allohni dushmani? Rosulullohga men eshitayotgan so'zlarni aytyapsanmi? Rosulullohiga men ko'rayotgan ishlarni qilyapsanmi? Allohga qasam agar, rosulullohdan bo'lgan qo'rquvim bo'lmaganida, rosulullohni g'azabidan qo'rqmaganimda, mana oqilichi bilan boshingni bir ikkiga bo'lib qo'yardim dedi.

Zaydimni seni qo'rqib ketdi. Chunki umariddin xattob shiddatli kishi bo'lgan. Payg'ambarimiz umariddin xattiobga qarab turib, ya omar, laqodi kun du anavahua fi hajating ila g'oyridalik. Ey omar dedi. Bu bilan men dedi. Men bilan bu, bu qilgan ishingizga emas, boshqa narsaga muhtoj edik.

Ya umar laqodkana minal vajibi alayka an ta'muroney behustniy l'ada va an ta'muraho behustniy etta oladi. Ey umar, menga qarzni chiroyli ado qilishimni, unga esa chiroyli talab qilishini buyurishingiz lozimidi dedi. Xotirjamlik bilan, sakinat bilan. Yahudiy rohib bu ulug' axloq oldida dog'dirab qoldi. Shu yuragda, ey Umar, dedi.

Borib haqqini olib bering. Yana qo'rqitganligingiz uchun yigirma soat xurmon qo'shib bering, dedi. Zaydimiz seni aytadi. Umar meni ertalab olib ketdi, deydi. Olib borib, haqqimni tortib berdi. Yana yigirma so'z xurmoni ziyoda qildi. Men aytdim: ey Umar, bu yigirma so nima uchun oshiqcha beryapsan? deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: men seni qo'rqitganligim uchun yigirma so ziyoda qilishingni buyurdi, dedi.

Yahudiy rohi bundan ajablanib: ey Umar, meni tanimaysanmi? dedi. Kimsan? deganida: men Zaydumni sanaman, dedi. Ha, yahudiylarni rohibimmisan? dedi. Ha, dedi. Umar aytdi, unda nima uchun Rasulullohga boyagi gapingni gapirib, boyagi muomalangni qilding dedi. Deganida aytdiki, evimard edi. Rasululloh sollallohning yuziga qarab turib, hamma payg'ambarli alomatini ko'rgan edim. Faqat ikkitasini sinab ko'rmagan edim. Qaysilar deganida, birinchisi, johilligidan, jahlidan halimlarga o'zib ketadi. Ikkinchisi, unga qattiq qilingan muomala faqat yumshoqligini ziyoda qiladi dedi. Va men seni guvoh qilib aytamanki, ey Umar, ash hadu alla ilaha illalloh va ash hadannu muhammadur rasululloh. Islomda qabul qildi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam deydi bu axloq. Kimimizchi deymiz bunaqa narsaga? Payg'ambarlarimizni bu axloqini ta'riflashlikka insoniyatni lug'atida shunday bir munosib so'zlar bormi? Yo'q. Nimaga yo'q? Chunki Alloh Taolo bu axloqni buyuk axloq deyapti. Biz ta'riflashlikkaga ojizmiz.

Biz ixtidor qilishligimiz kerak, ergashligimiz kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning axloqiga dalolat qiladigan ishlardan yana biri bu Zohiriddin Harom bilan qilgan muomalasi. Zohiriddinharom kim edi? Sahroi arablar bilan. Qora, oddiy bir cho'pon odam. Iymonga kelgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga qachon kelsa, bir oyda bir keladimi, ikki oyda bir keladirmi, sahrodan topgan narsasini ko'tarib kelib, Payg'ambar bizga hadya qilib berar edi. Payg'ambaringiz ham unga o'zida bor narsani berib turib, o'rtada chiroyli muomala ulfatchilik bor edi. Kunlarni birida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uyda yo'q paytida, Zohiriddin Harom Payg'ambarimizni uyiga keldi. Payg'ambarimizni so'raganida, Payg'ambarimizni uyida yo'qligini aytishdi, chiqib keting.

Ozgina vaqtdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga qaytib kelganlarida, Zohiriddin harom keldi, siz so'rab, yo'q Rasululloh deyishdi, ayollar. Ko'chadan charchab kelganingizda, damalaydi, telefoningizni ham o'chirib. Shunday kirsangiz, e falonchi keluvdi, desa, nimaga ketdi?

Ya'ni, qarang endi, hozir ishi bor ham, ishi yo'q ham, unaqa bir asablari tarang bo'lib qolgan. Nimaga ketdi? Agar orqasidan ko'proq odam so'rab keladigan bo'lsa, o'rshim endi bo'lib beradi. Kelaverar ekanda. Endi desa, haligi biz nimamizda, ishimiz ko'p, tashvishimiz ko'p. Shundaymi? Endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insoniyatda haqqa yetarashlik degan omad yelkasida turibdi, bitta o'zini yelkasida turipti.

Nima dedi? Biz nima deyishimizni bilamiz hammamiz. Qo'ya qolib boravermang, mana shunga teg. Buyog'ingizda ikki marta bordim, hop borsang achchig'i keladi. Qarang, biz o'zimiz kim bo'lganligimiz uchun, bilganligimiz uchunchimligimizni. Narigi odamni achchig'i kelishini ham qo'ya endi, men aka emas, qolib boraversang. Payg'ambarimiz svsr nima dedilar? Shunday qayta kiyindilar da, chiqdilar, qayoqqa ketishimizni izohi.

Masjidda emas, hali peshin bo'lgani yo'q. Qayerda bo'ladi? Ha bozorda bo'ladi. Chunki olib kelgan matohni nima qiladi? Sotadi. Payg'ambarimiz svsr ham bozorga qarab bordi. Bu vaqtda Zohir ibn Harom o'sha sahroda olib kelgan o'zini moli dunyosini matohlarini yayib olib, savdo qilib turardi. Shunday turgan paytida orqadan bir odam kelib turib mahkam ikkalasi qo'lini qo'shib, quchoqlab yerdan ko'tarib oldi. Mahkam siqib turib. Noqulay halol holga tushib qoldi. Ya'ni ushlab turibdi yu, bu yoqdan bu narsani ko'tarib ketib qolmasin bu sheriklari bo'lsa deb, bir noqulay holatga qo'yib yuborib, xo'p bo'ldi, meni baqiryapti. Shunda hali ko'tarib turgan odam yetmaganday, qul sotaman, qul sotamandeydi. Haligi zohid yana achchig'i keladi, meni qul deyapti ya deydi. Xo'r, xo'r deb baqir chaqir qilib tashlaganida, uni baqirganini eshitib, saxobalar yetib kelishdi. Hamma qaradi, Zohirni ko'tarib turgan kishini ko'rishgandan keyin kulib qo'yib, hammasi orqasiga qaytib ketdi.

Rasululloh ko'tarib turardi. Rasulullohni quchog'ida turar edi. Rahmatulloh alaym bo'lgan zotni quchog'ida turar edi. Zohir kimni quchog'i turganligini ko'rganidan keyin, bilganidan keyin, ko'ringlarni payg'ambarimizni ko'hranglariga ishqa bishqa olol. Chunki Rasululloh hammani ham quchoqlayvermasdi. Ko'raylarini payg'ambarimizni ko'zlariga ishqab ishqab, rohatlanib, Rasulullohda rahmat quchoqida turibdi. Rahmatulloh alaym bo'lgan, Alloh Taolo tanlov bo'lgan zot, mana shu saxravoy kishiga shunday chiroyli go'zal muomala qilardi.

Shu yerga payg'ambarimga tushirib qo'ydi. Zohiriddin harom payg'ambarlarimizga qarab, yo Rasululloh, meni sotasizmi dedi. Meni sotasizmi? Agar meni sotsangiz dedi, bozoringiz kasob bo'ladi dedi. Bozoringiz urmaydi, bozoringiz, chunki men oddiy qora inson bo'lsam, xunuk bo'lsam, kim meni sotib olardi? Desa, payg'ambarimiz aytdilarki, yo'q. Seni Alloh Taolo nazdida hurmating baland dedi.

Sahro yo'q, Payg'ambarimizni qilgan. O'zi orqasidan istab borganligi bir ajoyib narsa. Endi bu qilayotgan muomalasini ko'ring. Payg'ambarimiz mana shunday go'zal muomalasi bilan insonlarni o'ziga afsus qilardi. Muomalasi bilan, fe'li bilan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam axloqini ta'riflashlikka insonlarni lug'atida munosib so'z bor ekanmi?

Chunki Alloh Taolo bu sifatni ulug' sifat, ulug' axloq, buyuk sifat deb aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yetim bilan qilgan muomalasi. Jobiriddin Abdulloh ibn Harom. Otasi Abdulloh iymla Harom uxdda shahid bo'ldi. Jobirga otasidan ko'p qarz qoldi. Hamda kichkina singillari qoldi. Uylanishlik kerak, puli yo'q. Qarzlarni uzishlik kerak, pul yo'q. Nochorligidan bir juvonga uylandi. Ya'ni ana shu singillariga onani oldida qaraydi deb turib bir juvonga uyg'ondi.

G'azabotlarning birida qaytib kelyotib, Jobrim Abdulloh roziyallohu anh minib kelayotgan tuya kech qolib ketdi. Ya'ni qo'shimlar orqada qolib ketdi, tuya qaraligidan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shafqatli murabbiy, ulug' inson, ey tez yur, kech qolib keting, yur tez tez dedimi? Payg'ambarimimizning muomalasini ko'ring. Biz aytganmiz ku, Payg'ambarimizning hayoti yetimlikdan bitta mamlakatni barpo qilishlikkacha bo'lgan, podshoh bo'lishlikdan yetimlikkacha nechta bir pog'ona bo'lsa, Payg'ambarimiz hamma pog'onani bosib o'tgan. Mukammal inson bo'lgan. Bir vaqtda Payg'ambar bizni hamma yaxshi sifatlar jamlangan bitta shaxsiyatdan, bir vaqtda. Shuning uchun Alloh aytyapti da, buyuk axloq ustidasiz, dedi. Yetimni oldiga bordim.

Ey javohir, nimaga kech qolyapsiz? Dedi. Rasululloh ko'rmaysizmi, tuyami? Deydi. Yura olmayapti deydi. Qani qo'lingizdagi tayyor deb berib turing chi. Rasululloh sollallohim qo'llari barakot. Haligi tuyasiga shu kaltakni bir marta tekshirib qo'yuvdi. Alloh taolo barakot berdi. Tuya xuddi yosh tuyada yugurib ketdi. Tuya hammadan o'zib ketdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uni tuyasiga yetib olib turib, yetimni ko'nglini nolashdi qarang. Birodarlar, Payg'ambarlarimiz yetim ham bo'lganda. Ota demagan, chunki otasi onasini qonida ikkaligida Payg'ambarimiz, otasi vafot qilgan. Onasi olti yashardan vafot qilganda, Payg'ambarimiz olti yasharidan yetim bo'lgan.

Yetim ham bo'lgan, yetimga qanaqa muomala qilishni bilgan. Yetib olib turib, ey jodir, uylandingizmi? Deydi. Uylandim, deydi. Qizga uylandingizmi, juvongami? Deydi. Desa, yo Rasululloh, otamdan ko'p qarzlar qoldi. Singillarim kichkina. Qizga uylangani mahriga pulim yetmadi. Juvonga uylandim, arzonroq, mahri. Singillarimga ham ononida qaraydi, deganida, Payg'ambarimiz ha qizga uylanmabsiz da. U sizni o'ynatar edi, siz uni o'ynatar edingiz dedi. Shu bilan kayfiyatini ko'tardi. Shunga qarab Payg'ambarim tuya zo'r ekanmi? Sotmaysizmi menga tuya dedi.

Xullas, ma'lum bir miqdorga kelishdi, yaxshi pulga kelishdi. Madinaga borganda, Jobiriddin Abdulloh pulini oldi. Tuyani Payg'ambarimiz oldiga jo'natib yubordi. Payg'ambarim siz bilan shunday chiqdilar da. Bu tuya kimniki dedi. Bilo roziyallohu anhu Jobiriddin Abdulohga dan olgan tuya ziyoratululloh. Pulini olib borib berdik dedi. Bu tuyani olib borib beringlar mendan hadiya dedi. Pulni ham berdi, tuyani ham qaytarib berdi. Ehtimol shunday berganda ehtimol olmasa kerak edi hayo qilib. Lekin Payg'ambarimizni bu yetimni ko'nglini ko'tarishligini ko'ring.

Haq dorilar ko'pligidan Jobiriddin Abdullohni kelib otasini hazini to'lashligini talab qilganida Payg'ambar bizga kelib shikoyat qildi. Rasululloh ozginalar xurmonlarim bor, ulardan chiqqan hosil uzishlik yetmaydi qarzlarda. Degan edi, haqdonlarni Payg'ambarimiz chaqirib, shahid bo'lgan birodarlardan avf qilib qo'yishligini talab qildi ularda. Ular ulashmadi.

Shuni Payg'ambarimimiz chaqiring haqdonlar dedi. Va bog'ingizdagi bor xurmog'da hammasini terib keling dedi. Hammasini terib kel, o'rtaga qo'ydi, tortib bering bularga dedi. Jobiriddin Abdulloh tushunmadi, lekin qalbini taxt tagidan biladi, hozir bir mo'jizani guvohi bo'ladi. Haqdorlar qancha bo'lsa, hurmada tortib beraverdi, tortib beraveradi hurmo kam yana.

Payg'ambarimizni mo'jizalaridan biri zohir bo'ldi. Yetimni Payg'ambarini ko'nglini qanday olgan? Biz ham so'raylik da o'zimizdan, hayotda biror marta bitta bitta yetimni boshini silaganmizmi bir o'nta so'm xayrli deb berib turib. Siz uchun ellik so'm yoki yuz so'm hech narsa emas, lekin u yetim uchun bitta shirin so'z ham hali meni dadam olganimda yelkasiga ko'tarib yurar degan qista ham bor. Mana bugun aynan yetimlarni boshi salom degan xursandchilik bag'ishlaydigan kun bo'lib turibdi. G'animat tilaylik. Ili ko'p narsa talab qilmaydi bu narsa, ishonaveringlar. Chin e'tibor, ozgina mehnat.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayotini o'qir ekanmiz, har bitta odam o'ziga Rasulullohning hayotidan ibrat namuna oladi. Payg'ambaringiz bir vaqtni o'zida, qaranglar, bir vaqtni oldida, zo'r qo'mondon bo'lgan joy maydonida. Qo'rqmas jasur jangchi bo'lgan. Bir vaqt o'zida Payg'ambarimiz mohir savdogar bo'lgan. Yolg'on gapirmagan, rozgo'y omonatda bo'lgan.bir vaqt o'zi payg'ambariz zo'r er bo'lgan, zo'r ota bo'lgan, so'r murabbiy bo'lgan. Bizda bittasi bo'lsa, ikkinchisi yo'q. Nimaga Payg'ambar uzunday bo'lgan? Alloh taolo maqtagan. Buyuk axloq ustida bir sizlarga.

Payg'ambar biz sollallohu alayhi vasallam hijratning sakkizinchi yilida Makka mukarramani fath qildi. Alloh taolo buyuk g'alabani berdi. Makka musulmonlarni qo'liga o'tdi. O'n ming qo'shiq bilan Payg'ambarimiz Makkani fath qild. Qurash, payg'ambarim assalom ularni avf qilganidan keyin islomga kirishdi. Yigirma bir yil dushmanlik qilishdi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, Qurash. Payg'ambarimiz hammasini yig'ib turib, men sizlarni nima qilaman endi, bilasizlarmi dedi.

Qurash bilar edi, yigirma bir yilda dushmanlik qilib qolganligini. Payg'ambarmizni amakilarini qonunini yozib, sahobalarini, quloq burunlarini kesib, yurtlaridan haydab chiqarib, uylarni tortib olgan, Qurash bilardilar qanaqa jazo olishga loyiqligini. Payg'dambarimiz endi g'olib bo'lib turibdi avval mag'lub bo'lgan bo'lsa. Payg'ambarimiz hammasini avf qildi. Esimizdan chiqmasin, qaytaramiz shu gapimizni yana. G'alabaga sabr qilishingiz qiyinroqmi, mag'lubiyatga sabr qilishlik qiyinroqmidi? Qaysi sabr qiyinroq?

Mag'lub bo'lganingizda iloji yo'q, sabr qilasiz. Yurgizib turibsiz, iloji yo'qu. Endi, siz g'olib bo'lib turib, siz ustun bo'lib qolgandan keyin kechirib qo'yishlik qiyin. Payg'ambarimiz buyuk axloq egasi bo'lganlar. G'olib bo'lib turgan paytda ham sabr qila oladi. Kechirdi ularni. Endi islomga yangi kelganlari bilan Xunayn g'azotiga borishdi. Xunayn juda bir katta g'azot bo'ldi va juda ko'p boylik tushdi. Juda ko'p boynlik tushdi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam endi islomiga yangi kirgan odamlarga o'zini qabilasida qurishga, o'ljalarni juda bir saxovat bilan tarqatdi. Bitta misol. Abu Sofiyon ibn Xalq Payg'ambarimiz svetlana kelibdi, ey Muhammad menga ham o'lja ber deganida, yuz uquya oltin, yuz uquyo kumush dedi.

Shunday to'kishdi oldiga kumush bilan oltin deb. Haligi saxiylikni ko'rib turib, Abu Sofiyon o'g'li Muoviya ham degan. Yuz uquya oltin, yuz uquya kumush dedi. Payg'ambarimizni beri ekanligini ko'rib, Payg'ambarimiz ularda qalbini kasb qilish kerak. Islomga kirdi, lekin hali qalbi Islomga tamomiy bo'yni singan emas. O'g'lim yazikga ham dedi, kichkinasiga ham dedi. Yuz uquya ooltin, yuz u quya kumush dedi dedi. Qancha bo'ldi?

Olti yuz uquya ves bo'ldi. Payg'ambarimizni sahro otini ko'ring. Yana kim bular? Yigirma bir yil dushmanlik qilib, kecha Islomga kirganlar. Payg'ambarimiz ularni qalbi mana shunday bir asir qildi. Hammaga berdi. Bir sahroilardan kelib, ey Muhammad, menga ham dedi, uni bir vodiy qo'ydan ajratib olib ketaver dedi. U bir juda katta miqdorda ot, tuya, qo'ylar tushgan edi. Ishonmasdan haligi sahro esakim bordi da. Bir o'ttiz tasini, bir qirq tasini bir ajratib turib, haydadi, xo'sh xo'sh. Haydab turib orqasiga qarab qarab qo'yapti. Birov men qilamikin dedi. Hech kim indamadi. Yana haydab ketib qarayapti, hech kim indamad. O'zini qabilasiga yetib borgandan keyin, o' haloyiq dedi. Boringlar, Muhammadga iymon keltiringlar. Muhammad kambag'al bo'lib qolishidan qo'rqmaydigan odamdaqa saddam qilyapti dedi. Odamlar kelib iymon keltirishni boshlashdi payg'ambarimizga.

Payg'ambarimiz qo'li yo'g'ida ham da'vat qilgan, hech narsasi yo'q paytida ham. Endi qo'lida dunyo bo'lganda ham da'vat qilyapti. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni qo'lida hech narsa yo'q bo'lgan paytda ham sodir bo'lgan, rozi bo'lgan. Endi dunyo oqib kelganda ham Payg'ambar musallallohu alalayhi vasallamni turtib yurib shu olib ketishdi. Payg'ambar menga, senga, menga, senga. Payg'ambarimiz turibdi bu daraxtga taqab qo'yishganda, ridolari ilashib qolib, ridosi ilashib qoldi, o'zi surib yuborishdi bu yoqqa. Ey, ridoyimni qaytarib beringlar, hammasini beraman, beshdan beri menga, beshdan berini ham sizlarga beraman dedi. Hammaga hamma yoq tarqatdi.

Faqat ansorlarga hech narsa bermadi. Ansorlar kim edi? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'n uch yil Makkada da'vat qilib, qavmi sig'dirmaganida, ularni yurtiga yasab kelib borgan edi. Yasablilari. Ularga hamma yoq deb berdi. Mana shu sakkiz yil Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va salam Madinaga ko'chib borgan bo'lsa, sakkiz yil Rasulullohni oldida turib, moli, jonlarini, qonlarini, umrlarini, borlig'ini fido qilgan kishilar edi. Xizmat qilib qo'yishgan edi. Endi bular esdan chiqib qoldi. Payg'ambarimiz bulaga hech narsa bermadi. Bittasiga bir chaqa ham bermadi. Shunda boshqa qabilalarda bunaqa bir katta bir saxovatlarni ko'rganligini ko'rib turib, ansonlar aytishdiki, qayinda Rasululloh o'zini shahariga qaytdi, o'zini qabilasiga qo'shildi. Endi biz kerak bo'lmay qoldiklar deyishdi.

Bu buyuk axloq egasi bunday odamlarni ta'sirini bilmasdan esdan chiqarib qo'yishing mumkin emas. Sardor Mubodirov roziyallohu anhu insonlarning saidi bu gapni eshitib qoldi da, ansonlarni norozi bo'layotganligini Payg'ambarimizdan. Payg'ambarlarning oldiga shoshilib keldi. Qarang, nimaga said deyapmiz bu odamni? Qavmida bo'layotgan o'zgarishni, Payg'ambarimizga nisbatan muomalasi yomon bo'lib qolayotganligini eshitib turib, bo'pti demayapti. Shu kasalni tuzatish uchun yugurib boryapti. Bizda ham sayyidlar bormi, mahallalarda, qavmlarda, urug'larning ichida? Yo'q, unaqa sayyidlar. Ishonib yuboringlar. Chunki sayyid kim? Albatta pul bor degani emas. Kambag'al odam ham sayyid bo'lishi mumkin. Sayyid qavmini, g'ami bilan, tashvishi bilan yuradigan odam. Qavmida bir o'zgarish bo'lsa, tuza terib intiladigan odam. O'lganda boradigan, kasal bo'lganda ziyod qiladigan odam? Bizda sayyid bo'lsa, boy bo'lishini tushunmanglar.

Sa'da muboda qavmidagi bir o'zgarish ko'rib bordim. Yo rasululloh, ansonlar sizni qilgan ishingizdan norozi bo'lishyapti dedi. Rasululloh, ey Sa'd, sizchi? Siz o'zingiz nima deysiz dedi. Yo rasulullohni men ham qavm umidda odamiman da men ham dedi. Men ham norozi bo'lyapman dedi. Degan edi payg'ambarimiz yig'ing ansonzaldi. Faqat ansonlar kelsin, yig'ilganda meni chaqiring dedi.

Ansollar hammasi yig'ilganlaridan keyin payg'ambarimiz ularni oldiga borib, endi bu norozi bo'layotganlarni qalbini qanday payg'ambar qilib kasb qilyapti? Ya ma sharaf al ansor, alam atikum dulla lan fahda kunulloh, va alatan fahna kunulloh, va adan allof allohu bayna qulubikum. Payg'ambarimiz ansonlarni orasida turib, xutub o'qib, shunday dedi. Ey ansonlar jamoati, zavolat dedinglar a? Alloh hidoyat qildimi men tufayli?

Faqir dedinglar a? Men tufayli Alloh sizlarni boy qildimi? Bir biringlarga adovatda dushmanchilik dedinglar. Men kelib Alloh qalbilarini ulfat qildimi? Tarqog'i deydilar, men tufayli Alloh sizlarni bir qildimi, o'zini fazlini eslatyapti. Men sizlarga shuncha yaxshilik qildimmi deyapti. Ular indamay turishdi. Ana tujribun, ya mashal al anso. Ya'ni insonlar javob bermaysizlarmi? Ular rasul nima deymiz? Minnat qilish Alloh Rasuluni haqqida turishdi. Shunda Payg'ambar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, agar xohlasanglar javob berishinglar mumkin. Va javob bersanglar, haq bo'lasizlar. Aytsanglar bo'ladi. Quvilgan holda kelgan edingiz, ya Rasululloh. Biz qabul qilgandik.

Faqir holda kelgandiz. Biz o'zimiz ko'mak bergandik. Mahrum holda kelgandik. Yordam bergandik. Qo'rqqan holingizda kelgandiz, xotirjam qilgandik desanglar haq bo'lasinlar. Payg'ambarimiz o'zini ularga ko'rsatgan fazlini va ularni ko'rsatgan farzni eslatyapti. Adolatni ko'ring. Ansonlar nima deyishdi? Minnat qilish Alloh va Rasulullohning haqqi. Minnat qilish, Alloh va Rasulullohning haqqi, indamay turishdi. Bu Rasululloh tarbiya qilgan odamlar. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, ya mana shu rolansor. Laqot va jalb tun fiyon fuzikumi alayya fil voinin taallav tibbiy harquluban dahlat islaman, hadifa. Ey Ansonlar, kecha islomga kirgan odamlarni qalbini ulfat qilish uchun, dunyo matolarini berib, qalbini o'zimizga ulfat qilaylik desam, sizlarga bermasam, mendan norozi bo'ldinglarmi?

Sizlarni iymoninglarga topshirgan edim. Sizlar rozi bo'lmaysizlarmi? Hamma odamlar qo'y qo'ziladi uylarga haydab ketsa yu, sizlar Rasulullohni uylarga olib kessanglar, rozi bo'lmasdinglarmi? Ya'ni hamma ma'qulzulardan olib ketadi, sizlarni uylarga Rasululloh bilan qaytib kelishligi sizlarni rozi qilmaydi degan rosa ansollar dod deb yig'lashdi. Payg'ambar alayhissalom aytdilar, ey ansollar, agar odamlar bir vodiyga yursa, ansollar bir vodiyga ursa, ansorlar vodiysida yuraman. Parvardigor ansorlarni rahmat qilgin. Farzandlarni rahmat qugin. Farzandlarini farzandlarnini rahmat qugin, abduvohim dedi. Ansorlar tamomiy suratda, komil suratda rozi bo'lishdi. Chunki ular rasulullohni o'zlari bilan olib ketishadi. Ansorlar meni yuragimda ekan payg'inlarimiz sollallohu alayhi vasallam. Kim ansorlarga dushmanlik qilsa, parvarga o'zing dushman bo'lgin. Kim ansorlarda do'st bo'lsa, o'zing do'stkin dedi. Shunday qilib ularni rozi qildi. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallamni axloqini ta'riflashlikka insonlarni lug'atida munosib so'zlar bor ekanmi? Biz taniymizmi shu rasululloh sollallohu alayhi vasallamni? Biz yaxshi ko'ramizmi?

Nimaga desangiz? Sunnatiga ergasha olmayapmiz. Mehmon uzman chaqirganda kundalik hayotimizda o'zimiz xohlagan ishni qilyapmiz. Biz yaxshi ko'tarayotganimiz yo'q payg'ambarimiz. Yo biror marta kelganmisizlar, domla, o'g'lini uylamoqchiman, qizimni chiqarmoqchiman, sunnatga muvofiq turib, qanaqa bo'ladi deb kelganmisizlar biror marta? Bilmadim endi bir yigirma yildan keyin yaxshi bo'lib qolar. Bir ota jonivor ikkita uchta qizini chiqarguncha eshikka chiqib ishlaydi, chiqarib bo'lgandan keyin brak bo'lib qoladi.

Bir joydan bir kasal orttirgan bo'ladi, saxr bo'ladi, davleniyalar xullas, nogiron bo'lib o'tiradi. Qachonlardir tuzaladi bu narsa ham a? Sabr qilaylikchi, yigirma yil burun anaqa har xil bid'atlarimiz bor edi, yengillab ketdi. Bu ham tuzalib qolar. Ey erkaklar, javob beramiz qiyomatda, qilgan isrofimiz uchun. Qayerdan topganimizga javob beramiz, qayerga sarflaganimizga javob bermamiz. Va ishonvoringlar, uylanish, erga tegish oson. Agar shariatga surmayotgan muammo bo'lsa chi, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam alayhi roziyallohu alayhuda hech narsa bosib bo'lmagan. Xo'ton miya sovutini sotib turib, shuni pulini mahr, shuni pulini ikki kilo, bir yarim kilo xurmo bilan to'yda o'tkazib yuborgan Payg'ambarlarimiz. Fotima izahroni Ali roziyallohu alayhi vasallamni to'yini. Yana kvartiraga olib chiqib qolgan Payg'ambarimiz. E beravergan qizini. Sunnatga muvofiq o'tib, manaqa bo'libdi.

Biz yaxshi ko'ryapmiz ekan Payg'ambarimni? Alloh Taolo Payg'ambarlarimizni yuborib, hayotini bizga ibrat qilib qo'yib qo'ydi. Bir yilda, bahor oyida, bir kun o'qib eslatib qo'yish uchunmi? Yoki kundalik hayotimizda dastur amal bo'lish uchunmi? Hozir ham bor. O'shanga yengilroq to'qisa, o'zini madaniyatli deb bilgan, zamonaviy deb bilgan shunaqa bir odamlar bor. Qarab turib, ey bechoralar rahmi kelib qoladi. U bechoralar hali ham zalolatiligini tushunmayapti. Ular aytayotgan moda yetmish yil bo'lib o'tib ketganligini eslash tushunishmayapti. Zalolatda bular o'zlari ekanligini tushunmayapdi. Sabablarimizni aytgandek, agar ular deydi, ya'ni dindan tashqaridagilar, dunyoda podshohlari va ularning farzandlari bizni qanaqa rohatda, farog'atda yashayotganligimizni bilishganida, qilichlarni ko'tarib kelib, shu rohatni olishligi uchun biz bilan urushardi deydi. Hijob o'raganni ko'rgan, avratlarini issiq kunda, issiq o'sha ham yopib yurgan ayolni ko'rganda, masxara qiladigan xotinlar bor. Sunnatga muvofiq bir odam amal qilib yurgan bo'lsa, masxara qila oladigan erkaklar bor. Ha bechoralar, ha bechoralar, ko'zing ko'r ekanda senlarni haqiqatdan. U odamlarni yomon ko'rish kerak emas akalar. U odamlarga rahminglar kelishi kerak.

Payg'ambar bilan qanday muomala qilish kerak? Va innakala ala xulqin al dhim, albatta siz buyuk axloq ustidadirsiz deyotgan Alloh Taolo Payg'ambar alayhissalomga qanaqa muomala qilishingni ham o'rgatgan. Asta'idu billah, ya yuhalladina a manavla tuqoddin u bayna yadayillahi va rasulih i vattahulloh, inna alloh, hasaymina alim. Ey mo'minlar, sizlar Alloh va uning Payg'ambari oldida qadam bosmanglar.

Allohdan qo'rqinglar, albatta Alloh eshituvchi bilguchidir. Bu oyatni tafsilida ulamolar nima deyishgan? Ibn Abbos aytadi, Alloh va Payg'ambari bir gapni gapirmasdan turib, gapirmanglar. Alloh va Rasul bir narsani to'g'ri noto'g'ri demasdan turib, to'g'ri, noto'g'ru demanglar. Allohning so'zi va ishiga. Payg'ambarning so'zi va ishi halol ish qilmanglar. Ya'ni bor ku hozirgi ular. Bu yaxshi emas, bunaqa qilmanglar, yomon bo'ladi deydi. Mana yaxshi, manaqa qilinglar, hozir mana shu to'g'ri bo'lyapti. Esimizdan chiqmasin. Agar biz musulmonligimiz rost bo'lsa, siz to'g'ri deyotgan yoki noto'g'ri deytgan so'zingiz, qaytaraman. Siz to'g'ru yoki noto'gu deyotgan so'zingiz Payg'ambar va Allohni so'ziga tayanmagan bo'lsa, bu gapingiz yolg'on. Sizni haqqingiz yo'q bu narsani to'g'ri, noto'g'ru deyishlikka. Ma'novi yaxshi, ma'novi yomon deyishga umuman haqqingiz yo't. Agar kitob u sunnatga qayrilaydigan bo'lsa. Endi biz hayotimizni qanaqa qilib o'tkazyapmiz?

Qora keladi oldiga, qachon keladi odamlar? Qachon keladi qora akani oldiga? Xotinini talab qo'yib qo'yganda keladi. Ajrashib ketganda keladi. Qora aka, mana bo'lib qoldi, ana bo'lib qoluvdi, mana bo'ldi, endi nima qilsam ekan? Sen nomard, uylanmay turib burun kelganingda Qora aka maslahat berardi, shu ariqqa tushmas eding. Endi ariqqa tutib qolib turib keldinglar. Men nima qilib beraman senga? Bo'ldi, talab tushibdi, qo'yib yuborasan endi xotinni.

Shuning uchun. Qaraylik, darsimizni qulay solamiz. Qaraylik. Odamlarni gapi bilan yuribmizmi? Yoki sunnat bilan yuribdizmi? Ishonaveringlar. Agar odamlarni aytgani bilan yuradigan bo'lsangizchi, hech qachon oxirgi osnovatga yetib kelmangiz. Ishonaveringlarni. Yetmaymiz. Yangisi chiqaveradi. Endi manaqasi chiqibdi. Chiqayotgan bid'atlarni eshitib turib, odam aqli lol qoladi yu. Qilyaptimi shu odamlar? Qilyapti.

Bizdan aytib qo'yish, eslatib qo'yib qo'yaylik. Fadakkir fayinna diqirot tanfa ul mung minin. Eslating dedi Alloh Taolo. Zero eslatishlik mo'minlarga asqatadi deydi. Payg'ambarimizga bo'lgan muhabbatni ulamolar ba'zi belgilarni aytishadi. To'rtta belgisini aytamiz. Shu sifat bor bo'lsa, demak Payg'ambarimizni yaxshi ko'ryapmiz. Diqqat qilib turinglar, topaylik shu sifatni o'zimiz. Muhammad alayhissalomga bo'lgan muhabbatning ba'zi bir alomatlari. Insonni qalbida nima borligini Alloh biladi, hech kim bilmaydi. Lekin ulamolar shu sifatlari bor odam Payg'ambarni yaxshi ko'rayotganligiga rost deyishadi. Birinchisi, dunyodagi eng katta armoni Rasulullohni ko'rmaganligi bo'lsa.

Eng katta armon nima dunyoda desa, Rasulullohni ko'rmadim dunyoga kelib, degan armon birinchi o'rinda turgan bo'lsa. Ikkinchisini, agar imkoniyati bo'lib qolsa, o'zini moli dunyosini, sog'ligini, vaqtini, umrini, borlig'ini Rasulullohni rozi qilish yo'lida xizmatga solish imkoniyati bo'sa, istasa. Agar imkoniyat bo'lganda, Payg'ambar bilan birga olganda men ham shu sahabalar qilgan ishni qilardim, degan niyati bo'lsa. Uchinchisi, Rasulullohni itoatida yurgan bo'lsa, sunnatga muvaffaqiyat kechirayotgan bo'lsa shu odam Payg'ambarimizga muhabbati bor ekan.

To'rtinchisi, sunnatga yordam berayotgan bo'lsak, shariatni himoya qilayotgan bo'lasa, demak shu odam Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni muhabbatiga haqiqiy da'vogarlardan hisoblanadi. Quling quntum tohib bun alloh xafaqda beuniy. Aytinglar Muhammad alayhissalom, agar sizlar Allohni rost yaxshi ko'radigan bo'lsanglar, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni yaxshi ko'radi. Va inna kalah ala qul'in adliy, albatta siz buyuk axloq ustida desa Alloh Taolo maqtadi. Agar siz bilan biz Payg'ambarimizni yaxshi ko'ramasak, u kishining sunnatiga ergashmaydigan bo'lsak, Alloh Taoloning muhabbatidan uza bo'lamiz.

Aqli hovli har doim va astag'firullohu alaykum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakati.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)