Maviza
—Qoralama54 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
54:07
O'zgarishlar tarixi

Hali kelmagan kelajakni qo'yib tur. Insonni bugungi kunini ikkita narsa fasodga uchratadi. O'tmishga bo'lgan pushaymon va kelajakdan bo'lgan xavotir qayg'u. Alloh azza va jalla Qur'oni Karimdan marhamat qiladi: Astaydu billah. Ata amrullohi falat asta ajiluh. Allohning farmoni kelib qoldi. Bas, sizlar uni shoshstirmay qo'ya qolinglar.

Hodisalarni shoshiltirma, ulardan o'zib ketishga urinma. Axir sen onasini bachadonidagi homilani yetilmasdan avval tug'ilishini xohlaysanmi? Hali non pishib ulgurmasdan turib, uni tandirdan uzib olishni istaysanmi? Ertangi kun yo'q. Hali u yaratilgani yo'q. Uni rangi ham yo'q, shakli ham yo'q, ta'mi ham yo'q va vujudi ham yo'q. Yo'q u. Endi nima uchun uni bugun g'amini qilib, tashvishini qilib, bugungi kunimizni band qilishligimiz kerak? Hali uni yaratilmagan musibatlari, gumon qilinayotgan hodisalarni boshimizga kiyib olib, nima uchun bugungi kunimizda g'amga kirishimiz kerak? Ular hali bormi, yo'qmi? Alloh u musibatlarni, biz gumon qilayotgan musibatlarni yaratadimi, yo'qmi, buni hech kim bilmaydi. Ehtimol, odamlar ertaga bo'ladi deb qo'rqayotgan, vahima qilayotgan narsalar ular o'ylagandan ko'ra yengilroq bo'lar. Yoki undan ko'ra yaxshiroq bo'lar. Muhimi, u ertangi kun, g'ayb olamida, u hali yo'q. Shuning uchun yo'q narsani g'amini qilib, bugungi borkuningni fasadga uchratma, birodar. Ko'prikka yetmasdan turib, undan o'tishlikka urinma.

Avval yetib boraylikchi? Ehtimol biz yetib borguncha ko'prik sinib yo'q bo'lib ketar. Ehtimol o'ylaganimizdan ko'ra yengilroq o'tib ketarmiz. Axir o'smagan terakka laylagin qurmaydi yu, birodarlar. Shuning uchun kelajak haqida fikr yuritish uchun aqlga erk berish, g'ayb kitobini ochishga kirishib ketib, keyin kelishi kutilayotgan musibatlarni o'ylab vahimaga kirib qolish, shar'an qoralangan ish. Ertangi kun hali yo'q. Kelajakdan qo'rqma. Sen o'ylagan vahima bormi, yo'qmi? A sen bo'lasanmi u kuni? Yo'qmi, uni Alloh biladi. Shuning uchun, birodarlar, bunday yo'l tutishlik aqlga to'g'ri kelmaydi. Aqlli odamni ishi emas. Odatda suvni ko'rgandan keyin odam o'tini yechadi oyog'ini yuvish uchun. Suvni ko'lmasdan turib o'ta yechilmaydi. Albatta bu o'rinda birodarlar, ilmga asoslangan, hujjat dalili bor, aniq hisob kitoblari bo'lgan, hisob kitoblar aniq bo'lgan, ilmiy xulosalar bilan aytilgan narsalarga tayyorgarlik ko'rish, bu boshqa masala. Masalan, ob havoni sovuq kelishiga aytilinyapti. Bu ilmiy asoslangan, ilmiy dalillari bor gap.

Mana bu siklon kelyapti, mana bunday mana bunday bo'ladi, bu yil sovuq bo'ladi. Ko'mirni ertaroq harakatini qilinglar. Uylarda isitishlikni paydo bo'linglar deb turib, hujjat dalillangan, ilmga asoslangan isbot dalili bor xabar bo'lsa, bu kelajak haqida bir o'ylanib, uni tadbirini chorasini ko'rishlik boshqa masala. Ammo odatda odamlar asossiz uy gumonlarga tayanib, vahimalarga beriladi da, o'zlarini xorlikka ro'baro' qilishadi. Bu dunyoda yashayotgan juda ko'p odamlar kelajakdan qo'rqadi. Och qolib ketishidan, kasalga uchrashidan, faxrlikdan, musibatlarni kelishidan qo'rquv bilan yashaydi. Binobarin, bugungi kunni boy beradi.

O'zi tavrotda yozilgan ekan. Kitoblarda keltiriladi, Tavrotda shunday deyilgan. Aktar u ma'yuhov la yakun. Odatda odamlar qo'rqayotgan, sodir bo'lishidan qo'rqalayotgan, vahima qilayotgan ko'p narsalar bo'lmaydi. Odatda odamlar vahima qilaydigan narsalarning ko'pi bo'lmaydi! Shu karantin arafasida birodarlar qaranglar da, odam kulgin keladi da, qilayotgan ishimizni ko'rib turib. Unlar ajra tashlab ketdi a? Keyin nima bo'ldi? Joyiga tushdi.

Vahima qilamiz ekanda. Allohga bo'lgan iymonimizni zaifligidan, qazoyi qadrga bo'lgan imonni zaifligidan inson ertaga nima bo'ladi degan vahima bilan, qo'rquv bilan yashar ekan. Ertaga nima boladi? Aniq bilasizlar nima bo'lishini. Nima bo'lardi ertaga? Allohni aytgani bo'ladi. Bilasizlarmi shuni? Deb qo'yasiz, hech qanday chorangiz qolmaganda, lekin bu gapingiz o'zingizga taskin bermaydi. Demak, iymon zaif. Qazoyda qadarga bo'lgan iymon sus.

Ana shu odamlarni ko'pchiligi ana shu qo'rquv bilan yashaydida, naqd bugungi kunni fasodga uchratadi. Bunday o'y tashvishlar shaytoniy madrasaning bergan ta'limi. Qaytaraman. Bu o'y tashviishlar shaytoni madrasani bergan ta'lima. Natijasi. Alloh azza va jalla Qur'onda marhamat qiladi. Astaydu billah. Ash shaytonu ya'idukumul faqr va ya amurukumul bilfaxsha va allohu ya'idukun mag'firatan minhu vafodla.

Shayton sizlarni kambag'al bo'lib qolishingizdan qo'rqitadi va faxsh ishlarga buyuradi. Infoq ehson qilishdan kim to'sadi? Shayton to'sadi. O'zingchi deydi. Ehtiyot qilib olib qo'y, o'zingga kerak bo'ladi. Tomga olib chiqib qo'y. Kulasizlar a? Tomga chiqing da, juda ko'p narsa bor, kerak emas. Kimdir muhtoj shunga. Yangi qurilgan oilalar bor, gazi yo'q, xolodilnik, sizda turibdi, duxobkasi yo'q, pechkasi yo'q. Turibdi. Podvalga tushing da, juda ko'm kerak emas narsa turibdi. Kerak bo'lib qoladi. Kerak bo'lib qoladi. To'g'ri aytyapmanmi? E, esingizdan ham chiqib ketgan o'sha narsa. Chiqib qarang da tomni, mana bu ertaga borib turib. Shayton kambag'al bo'lib qolishidan qo'rqib, sizlarni faxshga va munkarga, gunohga buyuradi. Endi Alloh nimani va'da qiladi? Va allohu ya'idu kun mag'firatan minuh vafotla. Alloh sizlarga o'z tarafidan mag'firat va fazlu karam boylik va'da qilad. Kelajakdan xavotirga soladigan narsa shaytonni vasvasasi. Ammo Alloh azza va jalla o'zi tomonidan fazlni va'da qilyapti, mag'firatni va boyligini va'da qilyapdi. Alloh taolo aytyapti, birni bersang o'nni olasan. Birni bersang yetti yuz qilib yozaman savob deyapti.

Lekin iblischi bu narsani qilmaslikka chaqiradi. Bunday odamlarni ko'p yig'lab yashaydi. Nima uchun yig'lab yashaydi? Chunki ertaga och qolishi mumkin, kasal bo'lib qolishi mumkin. Yuz yildan keyin olam unday bo'lishi mumkin, unday bo'lishim mumkin. Mo'min odamni bu masaladagi e'tiqodi qanday bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar vo alam an nama axto aka lam yakunli yusib aka. Bilgin ki, nima seni chetlab o'tgan bo'lsa, seni qo'lingga kelmagan bo'lsa, o'tib ketgan bo'lsa. Bilgingki, taqdirda shu narsani seni qo'lingga kelishi yo'q edi. Kelmadimi? Demak peshonangda yo'q edi ekan. Voman asob aka, lam yakunli uxti aka. Endi seni ustingga nima kelgan bo'lsa? Taqdirda, shuni kelishi yozilgan edi. Yozilgan edi, doddasang ham, faryoddasang ham keldi. Mana mo'minni e'tiqodi shunday. Alloh yozgan bo'lsa odamlar qo'rqib vahima qilayotgan narsani, ustimizga kelishini, biz har qanday hiyla chora qilmaylik, baribir keladi. Endi agar yozmagan bo'lsa, kelmaydi.

Shuning uchun musulmon odam ertaga unday bo'larkan, indinga bunday bo'larkan degan vahimalarga e'tibor qilmaydi. Birodarlar, taqdir, taqdir. Osmonlar yer. Yaralmay turib, bandalarning taqdirlari ellik ming yil avval yozib qo'yilingan. Taqdir qalami yozib bitganidan keyin, ellik ming yillik o'tib, osmon bilan yer yaralgan. Tushunyapsizlarmi? Hali osmon yo'q edi, hali yer yo'q edi. Hamma narsa bitilgan.

Unda yozilgandan oshig'i ham bo'lmaydi, kami ham bo'lmaydimi? Taqdir birodarlar vasf bilan yozilgan, hukm bilan yozilgan. Vasf bilan yohilgan degani, inson ana shu taqdirdagi vasf bilan yozilgan narsaga ta'siri bor. Hukm bilanyozildi degan qismiga ta'siri yo'q. Katta bahu belvos la belhukm deydi, imom azam fiqul akbarda. Bir insonning iymonli yoki iymonsiz bo'lishligi vasf bo'lib yozilgan. Ya'ni iymon yoki kufrni tanlash insonni ixtiyorida edi. Bu tomoniga inson ta'sir o'tkaza oladi. Uni oldida ixtiyor bor. Ammo hukm bo'lib yoziladigan taqdir qanaqa taqdir? Erkak, ayolligingiz, qaysi zamonda, qaysi makonda tug'ilishingiz, ko'zingizni rangi, bo'yingiz, sochingizni qalinligi, serayligi, bu hukm bo'lib yozilgan taqdir.

Demak, taqdir hukm bo'lib yozilgani bor, vasf bo'lib yozilgani bor. Vasf bo'lib ham yozilganiga, biz qo'limizdan kelgancha sababini qilamiz, duo qilamiz, uyog'i allohdan, hukm bo'ilib yozilganiga biz hech qanday ta'sir o'tkaza olmaymiz, birodarlar. Ma'qulmi? Hayoti o'zini qo'lida bo'lmagan odam. O'zini hayoti o'zini ko'lida emas. Birovni qo'lida. Masalan, qulni oling. Qulni ixtiyori uning xojasini qo'lidan. Uni tasarrufi ham xojasini qolidan. Endi bu qul o'zini ishini ustida g'am qilib siqilishligini foydasi yo'q. Chunki nima deb o'ylamasin, baribir xojasini aytgani bo'ladi. Undoq qilaman, bundoq qilaman deb reja tuzib yuboradi, qo'lini xo'jayin xo'jasi sotib yuboradi bo'ldi.

Ko'ring da. Bu qo'l nima deb g'am tashvish qilmasin, nimalarni o'ylab fikr qilib yurmasin, farqi yo'q. Chunki ertaga xo'jayin sotib yuborsa, tamom, bu rejalari hech narsa bo'lmay qoladi. Bundan tashqari, birodar, ertani g'amini qilyapsan, kelajaging haqida xavotir qilyapsan. O'zing bormisan, yo'qmisan? Shuni o'ylab ko'r. Kelajak haqida g'amqi bo'lar ekanmi?

Bo'ladi. Bo'ladi. Siz ta'sir o'tkazadigan ishlarga, ajoyib gaplar bor, birodarlar. Bugungi kunini haqqini to'laligicha ado qilgan insongina o'zining kelajagidan yaxshiligini umid qilishi mumkin. Diqqat qilinglar, qaytaraman. Bugungi kunining haqqini to'laligicha ado qilgan insongina o'zining kelajagidan yaxshiligini umid qilishi mumkin. Hech narsa qilmasdan yaxshi bo'lib ketadi bu yoq, xudo xohlasa, desa bo'lmaydi. Sen o'zingga bog'liq bo'lgan ilmni ol, yosh yigit bo'lsang. Hunarni ol, mehnat qil. Hunar o'rgatgan ustozingni rozi qil. Ilm o'rgatkan ustozingni roli qil. Ularni muhabbatini qozon. Sendan sidqidildan rozi bo'lgandan keyin, sen kelajakdan yaxshilikda umid qilishga haqqing bor.

Astaydu billa, qul innal amru kullahulillah. Ayting, hamma ish Allohga oid. Hamma ish Kimni qo'lida? Allohni qo'lida. O'zini qachon o'lishini bilmaydigan odam, erta indinni g'ami bilan ovora bo'lmasin. O'zini qachondir vafot etishini bilmaydigan otam, yo'q narsa bilan o'zini mashg'ul qilishi mumkin emas. Birodar, kelajakdan xavotirga tushma. Qazoga rozi bo'l. Chunki Allohni aytgandan boshqa hech narsa bo'lmaydi. Bu musulmonning aqidasi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Uhud g'azotida ana shu ellikta kamonchi tushib ketganligi sababli mag'lubiyatga uchradilar. Musulmonlar mag'lub bo'lishdi. Uch kun o'tib Alloh tomonidan buyruq bo'ldi, mushriklarni quvib orqasidan chiqinglar. Hamroh ul asad degan joyga Rasululloh qo'shini bilan chiqib borib turdilar. Mushriklar yengdik deb xursand bo'lib ketishdi, lekin yarmini yutganda qarasa, hech narsa qilishmabdi. Rasulullohni qatl qilishmagan. Hech qanday g'animani olishmagan, Madinaga bostirib kirishmagan. Endi orqaga qaytamiz deb turgan paytda Alloh tomonidan buyruq bo'ldi, musulmonlar Hamroh ul asadga chiqib borishdi.

Aksariyati jarohatlangan. Shunda Alloh tomonidan byurov keldi, musulmonlar Hamroh ul assadga borib turdi. Qorayish mushriklari musulmonlar uch kunda o'zini to'g'rilab, qo'shim bilan chiqqanligini ko'rib, qo'rqishdi. Musulmonlar qaytib ketsa, bular ham ketib yuborishsa, shu maqsadda bir odamni yuborishdi. U yuborgan odamni kelib, Payg'ambarimiz qurishning ahvoli qanaqa deganida, u Rasulullohni qo'rqitish uchun, musulmonlarni qo'rquitish uchun odamlar ko'payib, katta qo'shin jamlab, yana ustinglarga kelyapti, qo'rqinglar, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hasbuni Allohi va ni amal vakil, dedilar. Alladina qolalahumun nasu innannas aqod jamavla kun fahshavhum fazadahum imanam va qolu hasbunallohu ani amal vakil. Unday zotlarga ayrim kimsalar, qurish odamlari sizlarga qarshi sanoqsiz lashkar to'plagan, qo'rqingiz deganlarida, bu gap ularning iymonlarini ziyoda qildi va bizga yolg'iz Allohnin o'zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir. Birodarlar, bizni shiorimiz shu. Kelajakdan bizga yoqmaydigan xavotirli, vahimali xabarlar, sharpalar eshitilsa, hasbunalloh va ne'mat vakil deymiz.

Bizni hisobimiz Allohnin qo'lida, uning o'zi naqadar zo'r vakil. Yana qaytaramiz. Tavrotda aytilgan aktaruma yuxof la yakun. Odamlar sodir bo'lishdan qo'rqayotgan narsalarning ko'p qismi bo'lmaydi. Xo'p, vahimali, xavotirli xabarlar keldi. Nima qilish kerak? Undoq bo'larmish, bundoq bo'larmish. Avvalambor birorta shoshilma. Xotirjam bo'l. Siqilma. Chunki hozir aytganimizdek, bunaqa vahimalarda ko'pi bo'lmaydi. Olimlardan biri aytgan edi, yozilgan bo'lsa, qayoqqa qochay. Yozilmagan bo'lsa nimadan qo'rqay? Agar taqdirdagi yozuvni kimdir o'zgartirishga qodir bo'lganida odamlar istashardi shu odamni. Minglagan yillar odamlar qidirib qidirib bir kun topishar edi. Xo'p, endi taqdirda o'zgartiradigan birorta odam yo'qmi? Nima deyish kerak unda? Istadibillah, va ufoviy domir ila alloh, innalloha basirun bil aybat.

Men o'z ishimni allohga topshiraverman, zero alloh bandalarini ko'rib turuvchidir. Yodlab olinglar shuni ukalar. Va ufovvi do amri ila alloh. Men o'zimni ishimni Allohga topshiraman, albatta Alloh bandalarini ko'rib turuvchidir. Shu gapni gapirgan kishi Shiravun xonadonidan bo'lgan odam edi, iymonini yashirib yurgan edi.

Shu kishining so'zi bu. Men ishimni Allohga topshiraman, albatta Alloh bandalarini ko'rib turuvchidir. Oyatni davomini qarang. Favaqohullohu sayyi'atima makaruh. Alloh uni, boyagi iymonini yashirgan mo'minni, ularning yomon makr hiylalaridan saqladi. Fir'avnning yaqinlaridan bo'lib turib, iymonini yashirib, Allohga ishimni topshirdim deg'udi, Fir'avnning yomonligidan Alloh saqladi uni.

Kelajak haqida bo'ladigan har xil qalbingga yoqmaydigan gapni eshitganingda, birodar, sen aytdingki, men o'z ishimni Allohga topshiraverman, zero Alloh bandalarini ko'rib turuvchidir. Shuning uchun ertangi kunda kelguncha o'zini holiga tashlab tur, birodar. Uni xabarlarini so'rab surishtirma. U bilan ovora bo'lmay tur. Chunki sen buguning bilan ovora san. Hali kelmagan kunni, yo'q kunni g'amini o'zing uchun boshingga kiyib olma. Hali quyoshi ko'tarilmagan kunni g'ami bilan bugungi kunni band qilgan kishini ishi qiziqmasmi?

Ikkita narsa insonni bugungi hayotini fasodga uchratadi. O'tmishiga pushaymon yeyishi, kelajakdan xavotir qilishi. Hali kelmagan kunni g', qilishdan ehtiyot bo'l. Bu mavzu insoniyat yaralgandan beri inson zotini qiziqtirib keladi. Taqdirda nima bo'lishligi. Ertaga uni nima kutayotganligini bilishni xohlash. Alloh azza va jalla o'zini huzurida qoldirib qo'ydi beshta ilmi. Innalloha indaha ilmusta va yunazizil ul g'oyib va yarham ya'lim mamofil arham va ma tadri nafsun ma'da taksi bo'g'ada va ma tadri nafsun biya iyi ardin tamud. Mana shu beshta ilmni Alloh Taolo o'zini huzudiga qoldirdi. Na bir muqarrar farishtaga ham, na bir ulug' ambiyoga ham bu narsani bildirmadi. Qazoyi qadar.

Agar o'sha paytda manaqa qilganimda, hozir manaqa bo'lmas edi. O'sha paytdami bunday qilganimda undoq bo'lmas edim. Qazova qadar. Astaydi dedilar. Men asoba min musibating fil ardi vala fil amfusikum. Illa fiy kitobin min qobli an nabruaha innadalika alallohi yasir. Alloh azza va jalla Qur'onda marhamat qiladi. Na yerga va na o'zlaringizga biron musibat yetmas. Magar yetsa, biz uni paydo qilishimizdan ilgari kitobda bo'lur. Bu Allohga osondir. Ustingizga nima musibat kelgan bo'lsa, yerga qanaqa musibat kelgan bo'lsa, shu musibat kelmasdan avval taqdirga yozib qo'yilgan. Sizlar buni hech narsa qila olmaysizlar. Hukm aytildi, taqdir bitildi, qalam ko'tarildi, sahifa qurdi, tamom, ish bitdi.

Bizni ustimizga birodarlar, Alloh taqdirga yozdiganlarni oshchasi ham kelmaydi, kami ham kelmaydi. Mana shu iymoningiz komil bo'ladigan bo'lsa, mana shu e'tiqod qalbingizda mustahkam o'rnashgan bo'lsa, dollar necha pul bo'lishini sizni qiziqtirmaydi. Endi nima bo'larkan? Kursga qara. Ha nima bo'lardi, Alloh aytgani bo'ladi, yetmish so'mdan benzin qo'yib yuribmiz, yetmish so'ndan benzin qo'yyib yuribmz, birodarlar. Yana benzin qimmatlagan sari katta obyomli mashinalarni minyapsizlar. Jiplarni qaranglar ko'payganini.

Alloh seni shu mashinani minishingni peshonangga yozganmi, o'sha benzinga yarasha pulni ham beradi. Ma'qulmisan? Qazo va qadar. Qadar degani belgilash degani, taqsimlash degani. Qavo degani, ana shu belgilangan narsani amalga oshirish degani. Alloh taolo aytadi, istadibillah, inna kunla shain xolaquna hu bi qadar. Albatta biz har bitta narsani taqdir bilan, o'lchov bilan aniq yozib qo'yganmiz. Qancha nafas olasan, qancha ovqat yeysan, qancha suv ichasan, hamma narsa hal qilingan.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana ana shu taqdiri azal bitilishligi haqida aytgan hadisida shunday dedilar. Alloh avval qalamni yaratdi va unga yoz dedi. Qalam nimani yozaman dedi? Alloh taolo qalamga dedi, to qiyomat qoyun bo'lgunicha bo'ladigan hamma narsalarni miqdorlarini yozgin. Fajar al qalamufi tilkasa'a. Ana shu soatda qalam yozishni boshladi. Qalam yozib bo'lib, ishini bitirganidan keyin ellik ming yil o'tib, osmonlar va yer yaramdi. Taqdir bitilgan paytda hali osmon ham yo'q edi, yer ham yo'q edi, biz ham yo'q edik.

Seni birodar boshingga tushgan narsa adashi boshqa yoqqa ketmaydi. Seni qo'lingga kelgan narsa adashi yana boshqa yo'qqa ketmaydi. Ya'ni sen uchun yozilib qo'yilgan narsa albatta senga keladi, senga yozilmagan narsa albatta sanga kelmaydi. Agar mana shunday ishonch e'tiqod, qalbingda mustahkam o'rnashsa, tub tubingga mana shu tushuncha o'rnashadigan bo'lsa, hayoting zo'r bo'lib qoladi. Musibatlar sen uchun Allohnin hadiyasi bo'lib qoladi. Chunki gunohlaring kafolat bo'ladi da u musibat bilan. Mehnatlar rohatga aylanib qoladi. Hodisalar esa mukofotga aylanadi. Inson dunyoda yashar ekan, ustiga yaxshi kun keladi, yomon kun keladi. Bu Allohning taqdiri. Astay deb bila? Vola nabluvannakun, bishay imminal xavfi val jo'ay va naqsim minal ammuali va anfu sevath samarot va bashiri sobiri. Albatta sizlarni sinaymiz deyapti Alloh Taolo. Xavfi xatar bilan, qo'rquv bilan, ochlik bilan, moliyalarga, joninglarga bir talofat yetkazishlik bilan, meva chevalarni kamaytirishlik bilan imtihon qilamiz.

Imtihon uchun keladi shu narsa yozilgan. Shunda alladina idha asobat hu musibatun qolu inna li lahi va inna ilayhi rojiun. Biror musibat kelganda, yozilgan musibat keldi peshonasiga, yozilgan musilibat tushdi ustiga. Shunda, albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta Allohni huzuriga qaytamiz deydigan sobirlarga xushxabar bering. Mana musibat sizga foyda foyda bo'lib qoladi. Sizga kelgan musibat foydangizga aylanadi. Chunki musibat kelganda Allohni taqdiri, Allohga qaytib boramiz, Alhamdulillah degan bandaga shu musibatni orqasidan savob bor. O'shaning uchun aytildi, musibatlar senga hadya bo'lib qoladi deb.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mo'minning ishi ajoyibdir. Hamma ishi uning foydasiga. Yaxshilik taqdir qilingan bo'lsa, ustiga yaxshilik kelsa, shukur keltiradi. Savob oladi. Musibat kelsa, rozi bo'lib sabr qiladi, yana savob oladi. Mo'minni ishi ajablanadi. Ustiga kelgan yaxshilik ham uni foydasi, ustiga kelgan musibat ham uni foydasi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana Abdulloh ibn Abbosni yosh bola ekan, ulog'iga uchrashtirib olib turib, qilayotgan nasihatini ko'ring. O'n, o'n ikki yashar bolaga Rasulullohni berayotgan ta'limini ko'ring. Ya'ni mana shu yoshda inson dunyoqarashi shakllanadi da. Siz uyingizda qaysi tushuncha, qaysi tasavvur bilan yashayotgan bo'lsangiz, bolangizda ham shu tasavvur bo'ladi.

Rasululloh aytyaptilarki, ya g'ulom, innin u allimuka kalimat. Ey bola, dedilar Rasululloh, men senga bir necha kalimalarni o'rgataman. Allohning haqlarini saqlang, u zot seni saqlaydi. Allohning buyruqlarini bajar, Allohning hukmini saqla, Alloh saqlaydi. Allohning haqlarini saqla, uni qarshingda topasan. Ya'ni bir muammoga kelsang, Alloh ro'barangda bo'ladi, yordam beradi. Agar so'rasang, Allohning so'ra. Agar ko'mak tilasang, Allohning tila. Bilgin ki, butun ummat yig'ilib, senga biror zarar yetkazmoqchi bo'lsa, Alloh yozganidan ortiqcha zarar yetkazisha olmaydi. Butun ummat yig'ilib senga foyda keltiramiz deyishsa, Alloh yozganidan ortiqcha foyda keltirisha olmaydi. Chunki rufiyatil aqlam va jaffatil sohib. Qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurigan.

Alloh yozganicha qiladi zararni ham, Alloh yozganicha qiladi foydani ham. O'shaning uchun mo'min odamda birov bir narsa va'da qilib ishontirsa xursand bo'lib ketmaydi. Biror narsani aytib qo'rqisa, vahimaga tushib ketmaydi. Kim aytgani bo'ladi? Allohni aytgani bo'madi deydi. Qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurib bo'lgan. Yana bir rivoyatda aytadilar Rasululloh, vo alam, annama axto aka lam yakun lyusi bika. Bilgin ki, seni nima chetlab o'tgan bo'lsa, senga tegishi yo'q edi taqdirdan. Va senga nima kelgan bo'lsa qo'lingga, shu narsani kelmasligi yo'q edi taqdirda. Peshonangga yozilganmi? Albatta keladi. Peshonanggayozilmaganmi? Kelmaydi.

Senga yozilgan narsa xato ketmas, xato ketdimi, demak u senga emas. Qaytarib beringmi? Senga yozilgan rosa xato ketmas, qo'lingga keladi. Endi, xato ketdimi, demak seniki emas da u. Ma'qulmi? Rasululloh Abu Hurayra roziyallohu anhuga aytdilarki, ey Abu Hurayra, qalam, sen yo'liqadigan narsalarni yozib, ko'rib ham bo'ldi. Tamom. Tamom.

Yana aytadilar Rasululloh, i xriz ala mayyan favq. Senga foydali bo'lgan narsalarga intilgin. Allohdan yordam so'ragin, ojiz qolmagin. Undoq qilganimda unday bo'lardi, bundoq qilganimdan bunday bo'lardi demagin. Balki, bo'lib bo'lgandan keyin shu ish. Bu Allohni taqdiri, Alloh o'zini xohlagani qildi deb qo'ygin. Bo'ldi, qalbing xotirjam. Bo'ldi qalbimga xotirjam.

Zo'r da buchi. Yutqizdingiz, besh yo to'rtga yutqizib qo'ydingiz. O'n sekund qolganda gol qo'yib yubordingiz. Bo'lmasam joningizni jabborga olib yugurdiz, yeldiz, himoyaga o'tdingiz, hujumga o'tdingiz, hamma sababni qildingiz, yutkazib qo'ydingiz. Bitta gol yetmay qoldi. Endi chiqib olib turib bir birimiz bilan nima qilmasligimiz kerak? Endi o'sha qazo qadarga iymon keltirgan odam bilan futbol olmasang ham mazza qilasan. Demak nima bo'lmagan ekan?

Raketkam qo'limdan tushib ketdi da, oyog'im tiyilib kelib, o'sha oyog'ingni siyg'alantirib yuborgan kim oxirgi udarni qilayotganingda? Alloh. Qo'lingdan nimaga tushib ketdi? Bugun yutqizishing kerak edi. Bo'ldi, rozi bo'l. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Alloh bandasiga taqdir qilgan narsa, banda uchun yaxshilikdir. U taqdir, sizni nazaringizda yaxshi ga o'xshayaptimi, yomonga o'xshayapdimi, farqi yo'q. Sizga shu narsa taqdir qilindimi, shu narsa sizga yaxshi. Misol. Muso va Hizr alayhissalom, ularning qissasiga murojaat qilsak, o'n ikki o'n besh ga kirgan yosh bola o'ynayotuvdi, Hizr alayhi assalom shunday bordi da, shunday so'yib o'ldirib qo'ydi.

Ota onasi musibat deb bildi. Musibat. Yomon bo'ldi deb o'ylayapti. Yo'q. Bu qiz tani nihoyasida Xizr alayhissalom nimaga o'ldirganligini aytdi. Bu Allohning buyrug'i edi. Nima uchun qatl qilindi? Bu bola katta bo'lganida, shirkka, kufrga, ma'siyatga kirib ketib, ota onasini ham kofir bo'lishiga sabab bo'lib qolar edi. Shuning uchun Alloh Taolo olib qo'ydi, o'rniga sog'liq farzandini berdi.

Tushunyapsizmi? Sizni ustingizda qanaqa taqdir bo'lgan bo'lsa, bu yaxshilik siz uchun. O'shaning uchun Alhamdulillah, ilohi robbilar, alamin deng. Demasangiz ham shu holat. Desangiz ham shu holda. Alloh senga taqdir qilgan narsa birodar, albatta yaxshilik bo'ladi. Shunday bo'ldimi, demak shunda bitta yaxshilik bor. Yillar o'tgandan keyin ko'rasan. O'shanga uylanmaganing to'g'ri bo'lgan ekan. Yo'q, shu ham o'sha reskiy ulgurmaganim. Samolyot qo'nmabdi deysiz.

Ungacha siqilib, probkada bo'g'ilib, qizilga yurib, shu xullas baqir chaqir qilib keluvdingiz, ulgurma deysiz. Uchib ketdi samolyot. Muncha puldan qoldim devdingiz, keyin bilsangiz samolyot qo'llmabdi. Taqiq alloh azza va jall bir mo'min bandaga musibatni taqdir qiladi, mo'min xafa bo'ladi. Lekin mana shu musibatni orqasida qancha bir yaxshiliklar borligini va qancha yomonliklardan to'silishligini bilmaydi da. Xizr alayhissalom kemani teshib qo'ydi.

Qaytamiz shu qissagani. Kemani teshib qochdi. Kemani egasi sohil, narigi sohilga borguncha bir balo qilib cho'kib ketgandek bo'lib yetib bordi. Kema teshilganida, kemachi nima dedi? Yomon bo'ldi. Kemam talofat ko'rdi. Endi chiqim bo'ldi. Mana shu safargi topgan pulimni nima qilaman? Kemaga sarflayman deb yomon bo'ldida deb turuvdi, asli yaxshi bo'lib chiqdi. Narigi tomondagi, dengizni narigi sohilidagi podshoh kelgan hamma butun kemalarni shart tortib qo'yayotuvdi.

Demak, mo'minsan. Senga Alloh nimani taqdir qilgan bo'lsa, bilgin ki, bu sen uchun yaxshi. Ko'nglingga yoqadigan ish bo'lsa ham, ko'nglingga yog'maydigan ish bo'lsay ham. Allohning senga qilgan taqdiri sen uchun yaxi. Muhammad Ali. Kim u? Yigirmanchi asrning eng ulug' sportchisi deyiladi. Shaxsiyati bir kuchli bo'lgan odam. O'zini davrida kuch quvvatiga to'lgan paytida, o'zini karyerasini cho'qqisiga yetgan paytda nima degan? Men eng buyugiman degan.

Men eng buyugiman dedi. Keyin Alloh Taolo bir dard berdi unga. Bilasizlar. Shu odam, shu odam harakatlanishi qiyin bo'lib qoldi. Qaltirab qoldi qo'llari. Keyinchalik o'n bir ni oxiriga borganda gapirishi ham qiyin bo'lib qoldi. O'sha vaqtga kelib turib aytadiki, qarang, yigirmanchi asrda eng zo'r sportchisi, juda ham aqlli, xushli, ongli odam bo'lgan. Intervyularni qaranglar da. Ajoyib bir aql egasi bo'lgan. Islomda qabul qilib musulmon bo'lgan.ismini o'zgartirgan, o'zi kasyus kley bo'lgan o'zi ismi. Lekin islomda qilib qilgandan keyin Muhammad Ali deb o'zgartirilgan ismini. Shu Muhammad Ali aytadi. Meni hayotimda sodir bo'lgan hodisalarning eng yaxshisi mana shu kasallik. U chempion bo'lganim, eng zo'r sportchi bo'lganim emas. Shu kasal bo'lgani men uchun eng katta yaxshilik bo'ldi. Agar u kasallik bo'lmaganida, men o'zimni men eng buyukman deb o'tib ketar edim. Bu esa shirk edi ekan.

Bu esa shirk ekan. Alloh meni o'tkazib qo'ydi. Men buyuk emas ekanman. Demak birodar, o'sha kasal bo'lgan paytda shu musulmon bandasi uchun foydasiga bo'ptimi oqibati? Shuning uchun siz ustingizga kelgan qazo qadarning makruhi, qalbingizga yoqmaydigan narsa ish bo'lgan payti, shunday holat kelgan paytda rozi bo'lib qo'ying. Endi qayoqqa ham borasiz rozi bo'lmay?

Rozi bo'lsangiz ajra olasiz, savob olasiz. O'sha kun. Norozi bo'lsangz gunohkor bo'lasiz, yana o'sha kun. Vo asa antakroq xushay'an va vohayrun lakum deydi Alloh Taolo. Zotan sizlar o'zinglar uchun yaxshi bo'lgan narsani yomon ko'rayotgan bo'lishinglar mumkin. O'zinglarga yomon bo'lgan narsa yaxshi ko'rayotgan bo'lishinglar mumkin. Sizlar bilmaysizlar, Alloh biladi deyapti.

Tushunyapsizlarmi mavzuni birodarlar? Nima haqida gap ketyapti? Qazoyi qadarga rozi bo'lishi kerak. Rasululloh aytadilar, man yuridil la hubehi xayron yusuf minhu. Alloh kimga yaxshilikni ravo ko'rsa, uni musibatlarga duchor qilib qo'yadi. Chunki ana shu musibatlar uni agar rozi bo'lib, sabr qilib shukur keltirsa, gunohlarini o'chiradi, yoki bo'lmasam darajasi ko'tariladi. Bankrot bo'lding, uyingga o't tushdi, molingni tortib ketishdi, shunga o'xshagan yoqmaydigan ish keldimi? Demak, yozib qo'yilgan edi ekan. O'zi pulni unga bermasam bo'lardi ekan. O'zi nadyojniy emas edi. Yo'q, nariginga berganda ham ketar edi. O'zi o'sha kuni so'm qilib qo'yavermagan ekanman.

Yuz yetti ga chiqdimi? Ayrim odamlar uxlamadi. Tappada yana yetmish to'qqiz so'm ellik tinga tushdi a, endi pastga tushgani. Voy birodar, xotirjam bo'l, xotirjambo'l. Shu yozilgan ekanda endi, nima qilasan endi? Demak Allohnin ixtiyori shunday bo'ldi, rozi bo'lsin. Ajr bor, gunohlarga kafforat bo'ladi. Shuning uchun beruvchi va oluvchi bo'lgan Alloh Taoloni o'zi, ana shu Alloh Taolodan rozi bo'lgan, taqdiridan rozi bo'lagan musibat egalariga qilgan aj sabrlari uchun Allohnin rahmati bo'lsin. Qoida. Qadarga rozi bo'lgan odam hargiz xarob bo'lmaydi.

Shuni ham yozib olinglar. Qalbingizni bir chekkasiga. Allohning taqdiriga, qazosiga rozi bo'lgan odam hech qachon xarob bo'lmaydi. Chunki shu pul yo'q edi. O'sha pulingizning yarmi ketdi. O'n yil burun, yigirma yil burun yo'q edi shu pul. Yarmini oldi Alloh, yarmini qo'yib qo'ydi yu. Alloh beruvdi, Alloh oldi deydi da. Endi o'shanaqa katta pulni yo'qotganlarga haqiqatdan Allohning rahmati bo'lsin. Agar sabr qilsa, rozi qilsa. Chunki peshonangga yozganda shuni bo'ladi. Nima qilasan endi? Qayoqqa borasan endi?

Chunki Alloh qilgan ish haqida hech kimga hisobot bermaydi, balki bandalari hisobot beradi. Bilib ol birodar. Aniq bilgin ki, birodar, qazoyi qadarga iymon keltirmas ekansan, hech qachon qalbing xotirjam bo'lmaydi. Qazoyi qadarga iymon keltirmas ekansan, hech qachon qalbing xotirjam bo'lmaydi. Nafsing orom olmaydi, asablaring tinchimaydi, shaytoniy vasvasalar tugamaydi.

Kim aytgani bo'ladi? Kim aytgani boldi? Allohni aytgani bo'mdi. Chunki qalam ko'tarildi, sahifalar quradi. Shuning uchun yiqilib ketishi aniq bo'lib turgan devolda ushlab qolaman deb o'ylama. Sen suvni oqishidan, shamolni esishidan, shishani sinishdan saqlab qolish imkoniyatim bor edi deb o'zingni g'amga tiqma. Chunki sindimi, demak sinish kerak edi. Burning yerga ishg'alansin, dod desang ham shunday bo'lishi kerak edi, bo'ldi. Qazo, albatta, amalga oshadi. Foman sha afal yomin, foman sha afal yaqqifur. Kim xohlasa iymon keltirsin deyapti Alloh, kim xohlasa bunga kofir bo'lsin.

Allohni yeri keng. Ammo qazoyi qadar kelib qolsa, osmonlar ham torlik qilib qoladi. Allohni yer i keng. Bu yerda musibat bo'layotgan bo'lsa, boshqa joyga borsangiz qutilishingiz mumkin. Bu sabab xolos. Lekin musibatni kelishi, taqdiringizga yozgan bo'lsa. Osmonlar ham torli qilib qoladi, Xudo xohlasa. Kimda kim Allohga tavakkal qilsa, Allohning qadariga rozi bo'lsa, taqiq iymonini qoyim qilibdi va ikkala qo'li bilan ikkala oyog'ini yaxshi amallarga bo'shatib qo'yibdi.

G'azab, oh vohlar, shikoyatlar, to'lqiniga duchor bo'lmasingdan avval, taqdirga rozi bo'l, birodar. Alloh yozgandan oshchasi bo'lmaydi deb ishongin. Afsus nadomatga botib qolmasdan avval, qazoni tan ol. Savol. Kim xotirjam yashaydi bu dunyoda? Qazoyi qadarga taslim bo'lgan va undan rozi bo'lgan odamlar. Bu ham qoida. Kim xotirjami yashar ekan? Taqdirga rozi bo'lkan, qazoyi qadorga taslim bo'gan odam. Sen ustingga senga yoqmaydigan ish kelmasligi uchun nima sabablarni qilish kerak bo'lsa, qilding. Hamma hiyla choralarni amalga oshirding. Lekin shunday ham keldimi, demak taqdir ekanda.

Hikmat qachoniki Alloh o'zining amrini, qadarini yuziga chiqarishni istasa, o'sha vaqtda, o'sha lahzada aql egalarining aqlini olib qo'yadi. Nima degani bu? O'ttiz yildan beri mashina purishlik qiladi birov. Shu ishni piri bo'lib ketgan. Endi bizni tilda yeb qoladigan kuni keldi.

Zararga keladigan kuni keldi. Qarab turib, kuppa tuzib, baxrayib, ko'zi puvonga mashina olib turibdi da. Bo'lmasam qancha odamlarda shunaqa bir, e, kuyib qolmasligiga sabab bo'lgan, ko'rsatgan, bir qarab ajratadigan odam, lekin o'ziga kelganda kuydi da. Endi nima deyish kerak? Demak, Alloh Taolo bugun kuyishimizni yozgan ekan.

Tushunyapsizmi? Bir kun keladi da, o'zi shunaqa pachon mashinaga to'g'ri kelib qoladi. Demak, Alloh o'zining qadrini amalga oshirishlikni xohlagan payt kelganda, aqlli odamlarda aqllarini o'chirib qo'yadi aqlini. Yana, qadr kelib qolganda, qazo kelib qolganday, hikmat ko'zini to'sib qo'yad. Hozirgi gapda aytadi shogirdiga. Do'konda do'kondor shogird oldi, aytadi. Yigirma yillik do'kon ishlash tajribasi bor. Shogirdga aytadiki, ko'chadan biror bir narsa ko'tarib kelsa, olma deydi.

Chunki o'g'irlangan bo'lishim mumkin deydi. Biror bir tuzoq qo'ygan bo'lishim mumkan deydi. Deydi da, bir kun keladi da, o'zi shunaqaga tushib qoladi. Chunki Alloh Taolo bugun shu ishni amalga oshirishligini, shu ishni ro'yobga chiqishligini xohlagan ekan, tamom. Ko'rib turib, bahrayib turib, qoqilib turaverasiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar va in asobiki shayun falataqullav anniy faol tu ka'na, ka'da va ka'da. Agar senga biror narsa yetsa, ya'ni bir musibatga o'xshagan narsa yetsa. Agar men undoq qilganimda, undoq bo'lar edi, bundoq qilganimdo, undoq bo'lardi demagin. Buni o'rniga bu bo'lgan ish Allohni qadari, Alloh o'zi xohlagan ishni qildi, degin. Albatta, agar so'zi shaytoni amalini ochib yuboradi. Shuning uchun bo'p oldimi? Tamom, yop bu papkani. Xulosasini ol, tajribasini ol, bundan keyin senga dars bo'lsin shu ish, lekin andoq bundoq, agar agar degan gapni gapirma.

Endi qora kallaringga quloq solsang, o'tirib yuborish kerakmi, peshona yozgan bo'ladi deb deyishadi. Birodar, sen bizni tushunmabsan. Qadarga bo'lgan iymon seni taqdirda kutib uxla demaydi. Qazoyi qadarga bo'gan iymon seni hech narsa qilmasdan o'tirib ol demaydi. Balki o'rningdan turginda taqdiring qanaqa ekanligini kashf qil deydi.

Nima degani? Sen xohlayotgan natijaga sabab bo'ladigan ishni qil degani. Modomiki nima kelishini bilmaysanmi? Zo'r bo'lishigacha o'sha keladigan narsani. Hamma sababni qilasan, shundan keyin nima deysan, nima bo'lsa ham taslim bo'lasan. Demak Alloh shuni xohlagan ekan. Yana bir ajib narsa, futbol o'ynab yutib oldingiz. Bu yoqqa chiqib olib turib, keyin o'zingizni zaslugalaringizni aytishni boshlaysiz. O'sha yerda vaqtida past berdim da, o'shaning uchun gol urding. Ko'rdingmi finti? Bitta zamak bilan ikkitasini uxlatib, senga berdim, pustoy bir taga gol urding. Inson yutuqqa erishganda, men undoq qiluvdim, mundoq qiluvdim deydi. Ammo mag'lubiyatga uchrab qolganda esa, taqdir ekan deb sukut qilib turadi.

Rosa tushdimi? Yaxshilik bo'lsa, men qildim deydi. Agar yomonlik bo'lib qolsa, taqdirga to'ngaydi. Shuning uchun birodar, insof qil. Yaxshilik bo'shaganda ham nima deb qo'yaver, taqdir deb qo'yaover. Hali endi bu darslar siz bilan bizni chemo ikkita narsamizni tuzatadi. Nimani tuzatadi? O'lchov tushunchani, tasavvurni, bizni tilda ponyatiyalarni o'zgartiradi. Bizga g'arbdan, sharqdan har xil ponyatiyalar kelib, unday qilsang zo'r bo'ladi, bunday qilsang zo'm bo'ladi deb hamma o'zini nimasini o'rgatyapti bizga, ta'limotini. Bizga dinimiz ta'lim bersin. Agar shu tasavvur bilan yashasak, voy ishonuvrilar, psix bo'lmaymiz. Nervenniy bo'lmaymiz, saxr bo'lmaymimiz, davleniya bo'lmaymuz. Shuni o'tkazib yuboramiz da, bo'ldi ketdi, nima qilamiz endi, bo'ldi tugadi. Ol, ol ketmon, hayday endi yana bir marta.

Odamlar psixologlarga borishadi. Nima uchun? Maslahat olish uchun. Hayotga qanday qarash kerak, ustingizga musibat kelsa, qanday unutish kerak, ularni ta'siridan qutilish uchun nima qilish kerak? O'tmishdagi muammolarni tushish uchun, kelajadan qo'rqmaslik uchun, nima qilish kerak? Endi u psixologlar maslahat beradi. Musulmonlar nima qiladi?

Bir musulmon tabibni oldiga bir odam kelib shunga o'xshagan narsani so'radi. Boyagi tabib musulmon edi da. Aytdiki, hayotda sodir bo'ladigan hamma hamma narsaning taqdiri hali ularni Alloh yaratmay turib, ellik ming yil avval yozib qo'yilgan. Tamom. Mana psixolog. Ha, birodar. Taqdiring hali osmoni yer yara olmay turib, ellik million yil avval bitib qo'ygan, tamom.

Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh shunday deydi. Odamlar bilan to'ldir avtobus yo'lda ketyapti. Shahardan chiqqan. Avtobus haydovchisi u yoqqa bu yoqqa qaradi da, yo'lda hech kim yo'q. Ozgina yurib turib to'xtadi. Hech kim ko'rinmayapti. Odamlar nimaga to'xtadingiz degandi. Ona oqsoqolda olib olaylik dedi. Qarashuvdi, hech kim yo'q. Qaysi oqsoqoldi? Hech kim yo'qu desa, hozir qo'lini ko'tarib to'xtanglar, meni olib ketinglar dedi yu, ana kelyapti dedi. Odamlar ko'rmadimikin deb turib shunday qaruvdi, hech kimi yo'q. Haydovchiga qarashsa, omonatni topshirib qo'yibdi.

Demak, shu haydovchini ajali yetib kelgan, ammo avtobusdagilarda ajali yetgani yo'q hali. Alloh taoloni hikmatini ko'ringki, chiroyli qilib to'xtatib, avtobusni ruchnoyini torttirib, xotirjam qilib qo'yib turib, jonini oldi. Haydovchini rajali yetgan edi, ammo pasajirlarniki emas. Chekkaga to'xtadi. Alloh Taolo aytadi: likulli ummating ajal. Har bir millat avlod uchun belgilangan ajal bor. Qachon ajallari yetsa, uni biror soat ketga ham so'ra olmaydilar, ilgari ham qila olmaydilar. Xotirjam bo'l, birodar. Rizqing bormi? Yashaysan. Faqatgina taqdirdagi narsa bo'ladi. Ko'pi ham emas, ozi ham emas.

Xulosa. Seni boshingga tushgan narsa tushib bo'ldimi, tamom. Demak, tushishi kerak edi ekan. Seni qo'lingga bir narsa kelmasdan chiqib ketdi. Chiqib ketdimi, tamom. Demak, qo'lingga kelishi yo'q edi ekan. Agar mana shunday aqida ishonch, e'tiqod seni qalbingda mustahkam o'rnashsa, seni tub tubingda mana shu tasavvur, mana shunday tushuncha mahkam o'rin olgan bo'lsa, hayotda bo'lar ekan hamma musibatlar sen uchun hadya bo'lib qoladi. Mehnatlar rohatga aylanadi, hodisalar esa mukofot bo'lib qolardi. Agar siz bilan biz jiddiy fikr qiladigan bo'lsak, rostmana o'ylanib ko'radigan bo'lsak. Kalladagi mayda chuyda g'am tashvishlarni, o'y fikrlarni chekkaga surib turib, rostmana fikr qilib ko'radigan bo'sak, shukur qilishlikdan boshqa choramiz yo'qligini ko'ramiz ekan.

Fikr qil, so'ngra shukur qil. Fikr qilsang, shukur qiling shu yoq ochiladi. Agar shukur qilsang, senga berilgan ne'matlar ziyoda bo'ladi. Bugun ikkinchi darsimiz. Saodatning ikkinchi sababi, o'tgan narsa o'tdi, ketdi. O'tgan narsa, o'tdi, ketdi. Insonni bugungi kunini ikkita narsa jahimga aylantiradi. Qaytaraman. Bugungi kuningizni ikkita narsa fasodga uchratadi. Birinchisi, o'tmishni eslab, o'tmishga pushaymon yeyish, ikkinchisi, kelajak haqida qo'rqib, kelajak ha haqida xavotir qilishlik. Inson o'tmishini eslab siqilishi, uni yodga solib g'am qilishi, bu g'irt ahmoqlik va tentelikdir. Bunday qilish, irodani o'ldirish degani, naqd bugungi kunni zoyi qilish degani. Aqlli insonlar o'tmish papkasini yopadi, qayta ochmaydi. Uni unutishlik zindoniga berkitib tashlaydi. O'tmish ishlarni unutishadi. Uni arqonlar bilan mahkam bog'lab, beparvolik zindoniga uloqtirishadi. Uni ustiga tuproq tortiladi, unga hech qachon nur, yorug'lik yetmaydi.

U u yerdan hech qachon chiqmaydi, chunki o'tgan narsa o'tdi ketdi. O'tgan ishlar uchun xafa bo'lish, o'sha ishlarni orqaga qaytarib bermaydi, birodarlar. Siqilishlik u ishlar uchunga, uni tuzatib qo'ymaydi. G'am qilish uni isloh qilib bermaydi. Eslab qayg'urish bo'lsa, ularni tiriltirib bermaydi. Chunki endi u yo'q. Chunki o'tgan narsa o'tdi, ketdi. O'sha paytda gugurt olib qo'yganimda deydi. Qara deydi. O'sha payti paytda deydi, mancha zayimim bor edi deydi.

O'sh paytda gugult olib qo'yganimda, mana munchaga ko'payardi ekan pulim. Endi o'tdi, ketdidi, tamom. Musulmon odam uni ustiga, unga yoqmaydigan biror bir hodisa, kor hol kelsa, musibat ustiga tushsa, bo'lib bo'ldi endi, ish bitta. Nima deydi? Qodir alloh ma'dasha, tum ma fa'li. Alloh o'zi xohlagan narsani taqdir qildi va shuni amalga oshirdi. Demak, shunday bo'lishi kerak ekan, shunday bo'mdi. Endi qabul qilamiz, rozi bo'lamiz, ajralamiz. Chunki o'tgan yil o'tdi, ketdi. Birodar, sen ustingda o'tayotgan, sen kechirayotgan har bir kuning allohni senga bergan hadiyasi in'omi. Bu naqd kuningni o'tmish haqidagi pushaymon va kelajak haqidagi xavotirlar bilan zoye qilmagin.

O'tmishni yomon xotiralar ostida yashashlik bu aqldan emas. Yo'qlik soyabonida tagida qolishlik aqldan emask. O'tmish sharpalaridan o'zimizni qutqarishimiz kerak. O'tdi, ketdi. Nima? Sen birodar daryoni orqasiga qarab oqishini xohlaysanmi? Yoki quyoshni mana shunaqa qaytib botishligini xohlaysan? Yoki yomg'ir tomchisini osmonga qaytib chiqib ketishini xohlaysinmi? Yoki ko'z yoshini qaytib ko'zga kirishini yu, sutni ana shu sigirni yelnikiga qaytishni xohlaysanmi.

Sen o'tmishni eslab o'zingni g'amga, qayg'uga solayotganliging o'ta achinarli va qo'rqinchli holat. Chunki o'tmish bilan ovora bo'lsang, bugungi naqd kuningni zoyi qilib qo'yasan. O'tmish daftarini ochib, o'tirib olib o'qish, bugungi kunni zoyi qilish. Kuch quvvatni yo'q qilish u omonatga berilgan soatlarni behuda o'tkazishlik.

Alloh azza va jalla o'tgan ummatlar haqida nima dedi? Astaydibillah, tilka ummatun qodi holat. La ha ma kasabat, valakum maktasabtum, vala tus aluna amma kanu ya'malun. Alloh azza va jalla Qur'onda avval o'tgan ummatlarni zikr qilib aytdiki, ular o'tib ketgan kishilardir, o'tib ketgan ummatlardir. Ularning qilgan amallari o'zlari uchun. Sizlarni amalinglar o'zinglar uchun. Va sizlar ular qilgan ishlardan mas'ul bo'lmaysizlar. Birodarlar, o'tgan kun o'tdi, ketdi.

Tarixni g'ildiragini orqaga qaytarishlikni, orqaga aylantirishlikni keragi yo'q, iloji ham yo'q. Zamonning o'lib bo'lgan jussasini qabrini ochib, tiriltirishga urinma. O'tmishini eslab, uni takror g'am qilayotgan kishi xuddi unni yana qaytadan tegirmonga solayotgan odamga o'xshaydi. O'tmishni eslab, uni g'am qiladigan odam xuddi toponni to'ponni yana aralamoqchi bo'layotgan odamga o'xshaydi.

Eshakka aytilar ekan. Nimaga kavshanmaysan? Yolg'onni yomon ko'raman der ekan. Ya'ni chaynalib, yutib bo'ladigan narsani qaytadan olib kelib yana chaynashni nima keragi bor? Musibatimiz nimada, birodarlar? Bugungi kunimizni isloh qilishlikni uddalay olmaganligimiz uchun o'tmishimiz bilan ovora bo'lib, o'tmishni gapirib o'tiramiz. O'n soat gapiring. Yigirma soat gapiring, o'tmishda gapirganligingiz sizga hech qanday foyda bermaydi. Ha, birodarlar, o'tmishini undan ibrat olishlik uchun, undan o'zimizga va'z, nasihat olishlik uchunga eslab qo'yishligimiz joiz. Ammo o'tmish bilan yashab bo'lmaydi da.

Bugungi kunimizdagi kamchiliklarni chiroyli suratda bir chekkaga surib qo'yib turib, o'tmishimizning vayronalari bilan olib yuboramiz. O'tmish kimning ovozini bo'g'ib turgan bo'lsa, bas, bu inson kelajakka xitob qila olmaydi. Chiroyli gap ekanmi? O'tmish kimni ovozini bo'mg'ib turgani bo'lsa, bu inson kelamga xitob qila ololmaydi. Faqat o'tmishini g'ami bilan, o'tmishini eslab siqilib o'tirgan odam kelajakka bir qadam qo'ya olmaydi degani. Ma'qulmi? Shunaqa odamlar bor albatta oramizda.

Shikoyat qilaveradi, shikoyat qilolaveradi, menga anaqa qilib bermagansizlar o'shanda, menga manaqa qilib bermagan sizlar o'sha paytda. Ha bo'ldi endi o'tib ketdi gapiraverasan bu narsani. Yana o'tmish haqida yana bir ajib gap. Kim o'tmishga qaytaveradi? Kim o'tmishni eslayveradi? Bugungi kunida quvonchni topmagan inson o'tmishiga takror takror qaytaveradi.

Bugungi kunida yaxshilikni topa olmayaptimi? Bugungi yashayotgan kunda xayriyatni ko'ra olmayaptimi? Xayriyati yo'qmi? Shu odam o'tmishni eslayveradi. Ma'qulmi? Ha, ovorlari yaxshi edi. Shakar yetmish sakkiz tiyin edi. Gugurt bir tiyin edi da. Hech kim bekar emas edi. Hammani oyligi bor edi. Hozirchi? Hozir nima, hamma bekarchimi? Birodar, bugungi kuningni qarada. Sen mana shu sovet davrini eslay ekan bo'lsang, u paytda masjidlar bunaqa emas edi. Hajga umraganda, xohlagan paytda borgandaqa bora olmas edi. Nikoh o'qigani, jazo o'qigani Qur'on o'qib, pato o'qigani odam topilmas edi. Bugungi kuningdagi yaxshiliklarni qaraginda, avvalgi davrdagi yaxshilikdan ko'ra ko'proq narsa bor. Demak, bugungi kunida xursandchilikni, quvonchni topa olmagan inson o'tmishiga qaytaverar ekan.

Siz o'zingizdan so'ra endi. Siz qaysi toifadansiz? Insofjin. Avvalgi oxiri hammasi yig'ilib jamlansa ham o'tmishni ortga qaytara olmaydi. Bu amri maholish. Bu ayni haqiqat. Chunki odamlar, birodarlar orqaga yurmaydi, oldiga yuradi. Shamol oldiga yasadi. Suv orqaga qarab oqmaydi. Karvon oldinga qarab yuradi. Bu Alloh Taoloning bu borliqqa qo'ygan sunnati. Hayotni sunnatiga birodar teskari yurma, oldinga qarab ur.

Mashinada ketayotganda ham odam lavvoyga qarab ketadi a? Yo orqani ikkiga qarab yuradimi? Ha deb orqaga o'girilgan odam yurib ketarkan, qoqilib yiqilib ketishiga xavfi bor. Agar o'tmishing seni hali ham qo'yib yubormayotgan bo'lsa, demak u hali sen uchun o'tib tugamabdi. Agar o'tish seni hali ham qovib yubormayayotgan bo'lsak, demak o'tmish sen uchun tugamabdi.

O'tmishni doim eslab o'zing bilan birga olib yurishlik sen uchun og'ir yuk hisoblanadi. Yana ikkala qo'ling ham o'sha bilan band. Endi bugungi kun uchun o'tmishni tashlasang, yuking yengil bo'ladi va ikkala qo'lling kelajak uchun, bugungi kun uchin bo'shaydi. Ha, birodarlar, bir yo'li unutib olishlik, esdan chiqarib olishlik degani emas bu. Chunki o'tmishini unutganlar yana o'sha o'tmishga takror kirib qolishlari ehtimoli bor. Hayotida qilib o'tgan xatolarni bir eslab tursa, kelajakda shu xatolarni qilmaslikka imkon bo'ladi. Ammo umuman eslamay qo'ysa, o'sha takrorlab qolishi mumkin xatolarini, eski xatolarini. Faqat o'tgan ishlardan ibrat olinadi, xulosalar olinadi, tajriba ortiladi, tamom. O'tmish bilan yashalmaydi. Chunki o'tmish o'tdi, ketdi. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)