Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari silsilasidan birodarlar, Robbimizning Assalom ismini dars qilib boshlagan edik, davom ettiramiz. Bugun ikkinchi dars. Robbimiz subhanahu va taolo Assalom bo'lgan zon. Assalom degani salomatlik degani. Omonlik degani, xotirjamlik degani, osoyishtalik degani.
Alloh azza va jala Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astayidubillah innalladina qoluu robbunallohu fin mas taqomuu tatanas zalo alihimul malaa ikan. Albatta, Parvardigorimiz Allohdur deb, so'ngra to'g'ri ustuvor bo'lgan zotlarning oldilariga o'lim paytida farishtalar tushib aytishadi. Qo'rqmanglar. G'amgin bo'lmanglar, sizlarga va'da qilingan Jannat xushxabari bilan shodlaninglar. Bizlar hayotda dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do'stlaringizmiz. Ya'ni bu Robbim Allohdurda mustaqil bo'lgan bandalarni Alloh taolo salomat qiladi, ikki dunyoda.
Alloh bilan muomalangda salomat bo'lasan. Bundan ortiq qanaqa marta bo'lib bo'lishi mumkin? Bundan ortiq qanday bir maqom bor? His qilasan, Robbin seni yaxshi ko'radi. Himoya qiladi, yordam beradi, saqlaydi seni do'sting. Mana shularni bari seni ustingda haq bo'ladi. Agar Allohning dinini man hajin mahkam ushlaydigan bo'lsang, uyingda salomatsan, oila a'zolaring bilan bo'lgan muomalada salomatsan, ishingda salomatsan. Safaringda, hazaringda, yurish turishingda salomatsan. Aziyat yetkazmaysan, ato qilasan. Shuning uchun odamlar seni yaxshi ko'radi. Salomatsan, xotirjam uxlaysan, xotirjand uyg'onasan. Xotirjand ko'chada yurasan. Xavotiring yo'q. Bularni bariga sabab nima edi? Ollohdan taqvo qilish. Ollohni manhijida turish. Chunki o'tgan darsimizda aytdik, inson Ollohning manhijida turarkan, albatta salomat bo'ladi. Chunki Ollohni manhijida turish insonning tabiatida bor narsa. Agar o'zining tabiatiga teskari yuradigan bo'lsa, tabiatiga zid bo'lgan yo'lga qadam qo'yadigan bo'lisa, ya'ni Ollohni manhajdandan chiqib kelsa, bu odam albatta shaqovat egasi bo'ladi.
Kim Ollohni manhaji bilan yashasa, nafsi bilan oromda, Robbisi bilan bo'lgan muomalada omonda, atrofidagilar bilan bo'lagan muomalada ham omonda bo'ladi. Nimaga omonda bu mo'min? Chunki u biladi. Nimani biladi? Nima o'ziniki va nima o'zinikimas? Nima o'ziniki, nima birovniki? Shuning uchun o'zinikini olib, o'ziniki emasda tark qiladimi? Odamlarning haqlarini rioya qiladimi? Shuning uchun uni hamma bilan bo'lgan muomalasi muvaffaqiyatli. Jamiyatda hurmat e'tiborli.
Musulmon odam mana shu uchala taraf bilan salomatda bo'ladi. Robbisi bilan bo'lganda muomalada, nafsi bilan bo'lga muomalada va odamlar bilan bo'lganga muomala. Mana shu uchta doira. Mana shu uchtata taraf bilan muomala qilamiz. Nafsimiz bilan, Robbimiz bilan va odamlar bilani. Robbimiz Subhanallohu ato Alloh bizga tavsiyali dasturni berdi. Shariatni berdi. Shariat islomiya siz bilan bizni hayotimizda uchrashi mumkin bo'lgan har qanaqa savolni javobini beradi. Paydo bo'lishi mumkin bo'lganda har qanday muammoni yechimini beradi. Bu yechim shunaqa yechimki, uni qabul qilganingizdan keyin bu muammo qaytib paydo bo'lmaydi.
Odamlar o'zlari ham hayotda chiqayotgan muammolarga yechimni qo'yishyapti, aqllardan kelib chiqib. Haligi muammo da, bu odamlar qo'ygan yechim, yechganga o'xshab ko'rinyapti bir muddat, ozgina vaqt o'tgandan keyin muammo yana turibdi. Ammo shariat bergan yechim esa, agar unga amal qilinsa, shu muammoni taklif bilan yo'q qiladi.
Shuning uchun aytamiz, shariat islomiyadan biz oladigan eng ulug' foyda salomatlik. Shu so'zimizga e'tibor berib qo'yinglar. Darsimizni asosiy nuqtalardan bittasi. Shariat islomiyidan biz oladigan eng katta ulug' foydo salomatlik. Qalbimiz ham salomat, nafsimiz ham salomat, jasadimiz ham salomat, jinoyatimiz ham salomat.
Mana qarang da. Biz ham shu xotirjamlikni, salomatlikni deb yuribmiz ko'chada. Salomat bo'lishimiz, xotirjam bo'lishimiz uchun pul kerak deb tirikchilik, bola chaqa deb yuribmimiz. Mana shu ko'chada harakat qilib yurishimizdan ko'zlagan ayni maqsadimiz ham xotirjamlik va salomatlik. Shundaymi? Ha, shunday. Endi ana shu narsaga yetish uchun faqatgina pul topish kerak deb o'ylayapmiz.
Boy bo'lsam, katta daromadim bo'lsa, xotirjam bo'laman, salomat bo'laman deb o'ylayapsiz. Mana shu fikr juda ko'pchilik musulmonlarni kallasiga kirib qolgan. Faqat puling ko'p bo'lsa, hozir xotirjam, salomat yashaysan degan tushuncha, bu dinsizlarni tushunchasi. Allohni tanimaganlarni tushunchasi. Xo'p, mana shu tasavvur bilan yashayotgan odam, albatta dunyoda salomat bo'lmaydi. Xotirjam bo'lmaydi, chunki salomatligi bilan xotirjamlik Allohni dinini ushlashlikda, taqvoda edi.
Xo'p, faqat pul topsam zo'r bo'ladi hayotim, salomat bo'laman, omon, xotirjam bo'man degan g'arb odami. Qarang da. O'sha pulni topgani ham baxtsiz, topmagani ham baxtsiz. Ammo biz aytayotgan shariatni mahkam ushlab, shariat manhaji bilan yashayotgan taqvodor mo'minlarni qarang da. Agar biz aytayotganga shartlar unda topilsa, taqvo, manhajda turish, boyi ham, kambag'ali ham saodatlik, salomat va xotirjam.
Pul bo'lsa, changalda sho'rva. Musulmonlarni tasavvur ekanmi bu? Musulmonlarni falsafasi ekanmi? Muammo mana shu ikkita narsadan. O'lchov va tushunchadan. Shunday muammolar bor, dunyoni hamma pulini sarflashni siz ham hal qila olmaysiz.
Pul hal qila olmagan muammoni katta pul hal qiladi. Bor a? O'shaning uchun hayotdagi bitta maqsadi katta pul topish. Topa olmaydi. Topa olmaydi. O'sha katta pul topganga qarang da, yana ham kattaroq pul topay deydi. Ana Steve Jobsda yuz marta qaytardik. Yetti yarim milliard dollarni topib qo'yib, yetti yarim milliard dollarni topib qurib, oshqozon osti, bezini, saratoni, raki bilan o'lib ketaverdi.
Ancha muncha davlatni sotib olishga puli yetadigan, butun yer yuzidagi tabobatni sotib olingga qodir bo'lgan odam, ketaverdi indamasdan. Xulosa, dunyoda xotirjam, salomat bo'lishni xohlasangiz, omon bo'lishni xohlaysangiz, saodat topishni xohlaysangz, Allohni manhachidan chiqding, taqvoni mahkam tuting.
Mana endi birodarlar tushunyapsizlarmi muammo nimada? Muammo iqtisodimizni orqada qolib ketayotgani, muammo ko'chalarimizni changligi, muammo ishni yo'qligi, muammoni maoshlarni ozligida emas, muammo o'lchov tushunchadan. Muammo shariatdan uzoqligimizdan.
Man hajga qaytamiz. Taqvoni ushlaymiz, bu muammolar inshaalloh hal bo'ladi. Kim Allohda taqvo qilsa, Alloh uni u uchun tayyorlab qo'ygan jannatga kiritadi. Alloh siz bilan bizni subulusalamga salomatlik yo'liga chaqiradi, siz bilan bizni dorussalom, salomatlik, omonlik hovlisiga, jannatga da'vat qiladi.
Uylanayotgan paytda inson juft tanlashda Allohda taqvo qilsa, taqvo bilan tanlasa, shu ayoli bilan bo'lgan muomalasida salomat bo'ladi. Inson kasb tanlashda, hunar tanlashda, Allohda taqvo qilib, Allohni manhaji bilan tanlaydigan bo'lsa, mana shu qilayotgan kasb ikorida salomatda bo'ladi.
Inon qilayotgan tijoratida Allohni manhaj bilan bo'ladigan bo'lsa. Tijoratida baraka topadi. Bankrot bo'lmaydi. Va nihoyat Alloh Taolo siz bilan bizni. Dorussalomga, jannatga da'vat qiladi. Siz bilan bizni oldimizda uchta doira bor, uchta maydon bor. Ko'riladigan narsalar maydoni, doirasi, eshitiladigan narsalarning doirasi maydoni va aql bilan idrok qilinadigan narsalar doirasi maydoniy bor.
Qarang, ko'riladigan nasalarning doirasidan ko'ra, eshitiladigan narsalarning doirasi kengroq. Nima degani? Siz o'nta shaharni ko'rgansiz hayotingizda, ko'zingiz bilan. Lekin yuzta shahar haqida eshitgansiz. Demak, ko'rgan narsangizni doirasidan ko'ra, eshitgan narsangizning doirasi nima ekan? Kengroq ekan.
Biz uchun Alloh Taolo tayyorlab qo'ygan jannat abadul abad, mangu. Oltmish yil, sakson yil, ha ana boring yuz yil deb, mana shu dunyodagi hayotni halovatini deb, abadiy hayotdan voz kechgan odamni ishi, albatta aqlli odamni ishi emas. Ha mayli, boring bir inson yuz yil yashasin.
Shu yuz yili huzur halovatda bo'ladi degani emas da bu. Puli yo'q bo'lishi mumkin. Sog'ligi yo'q bo'lishi mumkin, muammolar bo'lishi mumkin. Yuz yil yashaganda ham hayoti hammasi komfortniy bo'lmaydi. Albatta muammo chiqadi. Ha, boring o'sha komfortniy ham bo'lsin. Puli ham bor, tinchligi ham, ham yog'i bor. Yoshingiz hayzondan o'tgandan keyin, uni jasadi, organizmi eskiradimi? Ko'zi xiralashadimi? Tishni to'kiladimi? Pul o'shancha lekin baribir muammo bo'lyaptimi?
Endi Alloh Taolo siz bilan bizni fikr qilishga chaqiryapti. Yetmish yil, sakson yil boring, ming yil yashang, baribir bu kunni urasiz. Alloh bizni nimaga da'vat qilyapti? Daru salam, salomatlik hovlisiga, jannatga. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, robbisidan hadis hududini rivoyat qilib, a adad turi ibadiya solihina ma la aynun rod, vala udunun samiyat, vala xotara ala qol bebashar. Oldimizda turgan narsa, ko'riladigan narsa, eshitiladigan narsa va fikr qilinadigan narsa deyildi. Endi jannatni Alloh ham aytyapti. Solih bandalarimga shunday bir jannatni tayinlab qo'ydim. Solih bandalaramga shunday narsalarni tayinlab qo'dimki, uni ko'z ko'rgan emas, quloq eshitgan emas va insonni aqli bovar qilmaydi.
Ha domla eshityapmiz ku, anhor, mevalar, xurlar, ko'rmasa ham eshityapmiz ku. Birodar, u jannatdagi narsani Alloh Taolo aql bovar qilmaydimi deyapti. Senga bu so'zlar bilan jannatni xabarini berdi, sen tasavvur qiladigan so'zlar bil an. Eshitish deganda quloqni tasavvur qilyapsan. Meva desa bir dunyodagi narsaga o'xshatyapsan. Lekin haqiqati qanaqa ekanligini borganda ko'ramiz.
Buni misolimni avvalambor aytganman. Ikki yashar bolangiz o'malab ketyapti. Qaynoq chaynakka qarab. Nima deysiz? Kuyasan, joning qiynlanadi bolam, qo'y unaqa qilma deysizmi? Demaysiz. Nima deysiz? Papa deysiz. Chunki u bola shu papa deganinglar idrok qiladi da. Endi o'ttiz ga kirgan odamga papa da endi, kuladi.
Lillahi ila salul a'la jannatdagi narsani Alloh Taolo bizga tushuntirish uchun, biz idrok qila oladigan so'zlar bilan aytyapti, lekin haqiqatni qanaqaligini borganda ko'ramiz. Inshaalloh ko'ramiz bir alashib bir odamni, umidimiz bor. Shuning uchun ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan insonni aqli, bovar qilmaydigan narsalar bor. Bo'ldi, ishonamiz. Demak, aqlimiz har qancha harakat qilmaylik, bovar qilmas ekan. Birodarlar, o'sha yoqqa harakat qilishlik aqlli odamni ishi emasmi?
Keyingi mavzuyimiz. Assalom bo'lgan robbimiz subhanahu va taoloning hamma ishlarida faqat yaxshilik bor. Allohning ishlarini birontasida yomonlik yo'q. Hatto odamlarni ko'ziga yomon bo'lib ko'rinayotgan ishlar bor. Alloh taoloning ishlari. Odamlarga yomon bo'lib, ko'rinayotganda shu ishlarda ham faqat yaxshilik bor. Insonlarni aqli ojizlik uchun, uni hikmatini tushunmaganligi uchun yomonlik deb o'ylaydi.
Assalom ismi birodar bizni salomat bo'lishlikka chorlaydi. Assalom ismi bizni suv ulus salom salomatlik yo'liga chorlaydi. Assalom ismi siz bilan bizni dorus salomga, jannatga chorlaydi. Yer yuzini qarasangiz, zulm ko'payganligini ko'rasiz.
Qatl, qahr, faqirlik, kasallik, qo'rquv, xorlikda yashayapti inson zoti. Ana shu musibatlardan qutilishlikni eng ishonchli yo'li assalom bo'lgan Alloh Subhanahu va Taoloning diniga qaytish bilan bo'ladi. Bu balolardan salomat bo'lish, assalom bo'lkan Allohning manhajiga qaytishlik bilan bo'lardi. Mana aytdik, Alloh Taolo assalom, salomatlik Allohdan bo'ladi. Omonlik Allohdan bo'lladi. Osoyishtalik, xotirjamlik Alloh tomonidan bo'ladi.
Va aytdik, Alloh Taoloning bironta ishida yomonlik yo'q. Albatta, sizni ko'zingiz yonbop bo'lib ko'rilgan ishni ham orqasida yaxshilik turadi. Mutloq yomonlik, nisbiy yomonlik. Yomonlik ikki xil bo'ladi. Mutloq yo'q yomonlik, nisbiy yomonlik.
Mutloq yomoni nima? U shunaqa yomonlikki, hech qanaqa yaxshi tomoni yo'q. Nisbiy yomonlik, bir tomoni yomonlik bo'lsa, qolgan beshta tomoni yaxshilik bo'ladi. Mutloq yomonlik bo'lishi mumkin emas. Chunki mutloq yomonligining bor bo'lishi Alloh Taoloning borligiga zid.
Yomonlik mutloq bo'lmaydi, u nisbiy bo'ladi. Endi mana shu nisbiy bo'lgan yomonlik mutloq yaxshilikni xizmatida turadi. Mana aytdik, mutloq yomonlik bo'lmaydi. Mumkin emas bunaqa bo'lishi. Har qanaqa yomonlikni orqasida yaxshi tomoni bor. Bir biriga teskari aks narsalar bor va bir biriga qarama qarshi, zid narsalar bor.
Bir biriga tezkor narsalar bor, va bir biriga zid narsalar bor. Masalan, bir biriga teskari aks narsalar. Oq bilan qora. Bir vaqtni o'zida oq ham, qora ham bor bo'lishi mumkin. Masalan, devorni yarmi oq, yarmi qora. Yarmi qora. Demak, bir biriga teskarisi narsalar bir vaqtni uzida bir joyda bo'lishi mumkun.
Biri ikkinchisini yo'q bo'lishini taqozo qilmaydi, talab qilmaydi. Tushundingiz a? Doskani yarmi oq va yarmi qora. Bir vaqtni o'zida ikkalasi bor, bir joyda. Biri ikkinchisini yo'q bo'lishini taqozo qilmaydi. Bu bir biriga teskari narsalar. Endi bir biriga zid, qarama qarshi narsalar bor. Ular bir vaqtda birga bo'la olmaydi. Bir joyda birla bo'la olmaydi! Masalan, yorug'lik bilan zulmat.
Tiriklik bilan o'lim. Bir odam ham tirik, ham o'lik bo'la olmaydi da. Ili ili bo'ladi. Bular bir biriga zid narsalar. Bir biri bilan bir vaqtda jamlana olmaydi. Ularni bittasini borligi, ikkinchisini yo'qligini taqozo qiladi. Ana shu bir biriga zid bo'lgan narsalardan bittasi Alloh Taoloning borligi bilan mutloq yomonligini bor bo'lishi.
Demak, Allohni borligi bilan mutloq yomonlik jam bo'lishi mumkin emas. Alloh bormi? Demak, mutloq yomonligi bo'lmaydi. Dalil? Astaydubillah. Quli'lla humma malikal mulkiy tu'til mulka man tasha'u va tanzil mulka min man tasha'a va to'yiz zuman tasha'u a tuziluman tasha'a u biyadikal xoin.
Olimron surasi yigirma oltinchi oyat. Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilaversan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olaversan. Istagan kishingni aziz qilaversan va istogan kishingni xor qilaversan, biyadikal xoyr. Bor yaxshilik, yolg'iz seni qo'lingda.
Qarang, mulkni berasan, olasan. Aziz qilasan, xor qilasan. Endi shu siyohda ketsa, yaxshilik ham, yomonlik ham seni qo'lingda deyilishi kerak edi. Yaxshilik seni qo'lingida deyilyapti. Yaxshilik ham, yomonlik hammi deyilmayapti. Birodarlar, mulkni berilishi, boy bo'lishingiz albatta yaxshilik. Ammo gohida olib qo'ygani yaxshi bo'ladi.
Qanaqa qilib? Olib qo'yganni qanday qilib yaxshilik bo'lishi mumkin? Ollohga seni yaqin qilyapti nima? Berishimi, olib qo'ya ishimi? Agar berishi seni Ollohga yaqin qilayotgan bo'lsa, berishi yaxshi. Olib qo'yi ishi seni qo'lingdan, seni Ollohga yaxshi qilayotgan qilsa, olib qo'shishi yaxshi. Mana misol. Borib urdingiz, olib qo'ydi. Nima yaxshilik bor bunda deysiz? Alloh deyishni boshlaysiz.
Allohni unutib qo'ydingiz, olib qo'ydi. Olib qo'ydi, Alloh deyishdi, boshladingiz. Demak mana yaxshi tomoni. Azizlik ham yaxshi, ammo gohida xor qilib qo'ygani ham yaxshi. Shu ikkala holat, azizlik, xorlik. Qaysinisi seni Allohga yaqin qilyapti? O'shanisi yaxshi so'rov, yaxshi bo'laveradi. Aziz qilganda Allohga yaqin bo'lyapsanmi? Azizlik yaxshi. Endi xor qilib qo'yganda Allohga qaytyapsanmi? Demak, xor qilib qolgani ham yaxshi.
Kambag'allik yomon, xorlik yomon, ammo buni orqasida sizni Allohga qaytishingiz turibdi. Demak, bu ham qanaqa yomonlik ekan? Nisbiy yomonlik ekan. Shuning uchun bizni ustimizga qanaqa kun kelmasin, albatta bu yaxshilik. Ayniqsa mo'min bandani ustiga kelgan ish.
Ma'qulmi? Hadis hududsi bor. Ajoyib. Agar bandalarim deydi Alloh Taolo, men aytganday bo'lishganida, ularga kechqurun yomg'irni yog'dirar edim, kunduzni quyoshini chiqarib qo'yar edim va ularni qalblarini momog'i guldireyni ovozi bilan qo'rqitmas edim.
Alloh shu darajada bizni yaxshi ko'radi, agar senlar, bandalar, men aytganday bo'lishganingda, yomg'ir bilan bezovta qilmasdan, uxlayotganingda yomg'ir yog'dirib qo'yar edim. Yomg'ir yoqqandan keyin havo toza bo'ladi, tabiat bir gullab yashnaydi. Ertalab turganda quyoshni chiqarib qo'yardim. Yomg'irni xavotirini ham solmas edim, momoguldirni ham xavotirini solmas edim.
Alloh shunday muomala qilishni xohlaydi biz bilan. Biz gunoh ma'siyatga botib ketganmiz, shuning uchun ustimizga musibatlar keladi. Va men asobaku min musib oyati. Sho'ro so'rasin. Ustinglarga nima musibat kelmasin, o'zinglar qilgan ish tufayli keladi deyapti Alloh. Endi shu musibatni berdimi? Bu ham yaxshi biz uchun. Nima uchun?
Allohga qaytamiz. Tovba qilamiz, gunohlarimizga kafforat bo'ladi. Demak, mutloq yomonlik bo'lmaydi. Bu yomonlik nisbiy bo'ladi. Mutloq yomonligi bor bo'lishi bilan Allohnin borligi bir biriga zid narsa. Modomiga Alloh bormi? Demak, mutloq yomonlik bo'lishi mumkin emas.
Asarlarda keltiriladi. Imom Daylamiy rivoyat qilgan Ibn Umardan Alloh Taolo aytadi. Albatta bu dunyo tekkislik emas, egrilik dunyosi. Dunyo bilgan kimsa uchun qayg'u hovlisi, xursandchilik hovlisi emas. Kim buni anglagan bo'lsa, kengchilik uchun xursand bo'lmaydi, shiddati uchun mahzun bo'lmaydi. Ogoh bo'linglar. Albatta Alloh dunyoni imtihon hovlisi qilib yaratgan. Oxiratni esa mukofot hovlisi qilib yaratgan. Dunyo balolarini oxiratning atolariga sabab qildi. Oxirat atolarini dunyo balolariga evaz qildi.
Bas, ato qilish uchun avval olib qo'yadi, mukofotlash uchun avval balolab qo'yadi. Agar siz bilan biz jiddiy fikr qiladigan bo'lsak, rostmana o'ylanib ko'radigan bo'lsak.
Kalladagi mayda chuyda g'am tashvishlarni, o'y fikrlarni chekkaga surib turib, rostmana fikr qilib ko'radigan bo'lsak, shukur qilishlikdan boshqa choramiz yo'qligini ko'ramiz ekan. Fikr qil, so'ngra shukur qil. Fikr qilsang, shukur qiling shu yoq ochiladi. Agar shukur qilsang, senga berilgan ne'matlar ziyoda bo'ladi. Bugun ikkinchi darsimiz. Saodatning ikkinchi sababi, o'tgan narsa o'tdi, ketdi.
O'tgan narsa, o'tdi, ketdi. Insonni bugungi kunini ikkita narsa jahimga aylantiradi. Qaytaraman. Bugungi kuningizni ikkita narsa fasodga uchratadi. Birinchisi, o'tmishni eslab, o'tmishga pushaymon yeyish, ikkinchisi, kelajak haqida qo'rqib, kelajak ha haqida xavotir qilishlik. Inson o'tmishini eslab siqilishi, uni yodga solib g'am qilishi, bu g'irt ahmoqlik va tentelikdir. Bunday qilish, irodani o'ldirish degani, naqd bugungi kunni zoyi qilish degani. Aqlli insonlar o'tmish papkasini yopadi, qayta ochmaydi. Uni unutishlik zindoniga berkitib tashlaydi. O'tmish ishlarni unutishadi. Uni arqonlar bilan mahkam bog'lab, beparvolik zindoniga uloqtirishadi. Uni ustiga tuproq tortiladi, unga hech qachon nur, yorug'lik yetmaydi. U u yerdan hech qachon chiqmaydi, chunki o'tgan narsa o'tdi ketdi.
O'tgan ishlar uchun xafa bo'lish, o'sha ishlarni orqaga qaytarib bermaydi, birodarlar. Siqilishlik u ishlar uchunga, uni tuzatib qo'ymaydi. G'am qilish uni isloh qilib bermaydi. Eslab qayg'urish bo'lsa, ularni tiriltirib bermaydi. Chunki endi u yo'q. Chunki o'tgan narsa o'tdi, ketdi. O'sha paytda gugurt olib qo'yganimda deydi. Qara deydi. O'sha payti paytda deydi, mancha zayimim bor edi deydi.
O'sh paytda gugult olib qo'yganimda, mana bunchaga ko'payardi ekan pulim. Endi o'tdi, ketdi, tamom. Musulmon odam uni ustiga, unga yoqmaydigan biror bir hodisa, kor hol kelsa, musibat ustiga tushsa, bo'lib bo'ldi endi, ish bitta. Nima deydi? Qodir allohu ma'dasha, tum ma fa'li. Alloh o'zi xohlagan narsani taqdir qildi va shuni amalga oshirdi. Demak, shunday bo'lishi kerak ekan, shunday bo'mdi. Endi qabul qilamiz, rozi bo'lamiz, ajra olamiz. Chunki o'tgan yil o'tdi, ketdi. Birodar, sen ustingda o'tayotgan, sen kechirayotgan har bir kuning allohni senga bergan hadiyasi in'omi. Bu naqd kuningni o'tmish haqidagi pushaymon va kelajak haqidagi xavotirlar bilan zoye qilmagin.
O'tmishni yomon xotiralar ostida yashashlik bu aqldan emas. Yo'qlik soyabonida tagida qolishlik aqldan emask. O'tmish sharpalaridan o'zimizni qutqarishimiz kerak. O'tdi, ketdi. Nima? Sen birodar daryoni orqasiga qarab oqishini xohlaysanmi? Yoki quyoshni mana shunaqa qaytib botishligini xohlaysan? Yoki yomg'ir tomchisini osmonga qaytib chiqib ketishini xohlaysinmi? Yoki ko'z yoshini qaytib ko'zga kirishini yu, sutni ana shu sigirni yelnikiga qaytishni xohlaysanmi.
Sen o'tmishni eslab o'zingni g'amga, qayg'uga solayotganliging o'ta achinarli va qo'rqinchli holat. Chunki o'tmish bilan ovora bo'lsang, bugungi naqd kuningni zoyi qilib qo'yasan. O'tmish daftarini ochib, o'tirib olib o'qish, bugungi kunni zoyi qilish. Kuch quvvatni yo'q qilish u omonatga berilgan soatlarni behuda o'tkazishlik.
Alloh azza va jalla o'tgan ummatlar haqida nima dedi? Astaydibillah, tilka ummatun qodi holat. La ha ma kasabat, valakum maktasabtum, vala tus aluna amma kanu ya'malun. Alloh azza va jalla Qur'onda avval o'tgan ummatlarni zikr qilib aytdiki, ular o'tib ketgan kishilardir, o'tib ketgan ummatlardir. Ularning qilgan amallari o'zlari uchun. Sizlarni amalinglar o'zinglar uchun. Va sizlar ular qilgan ishlardan mas'ul bo'lmaysizlar. Birodarlar, o'tgan kun o'tdi, ketdi.
Tarixni g'ildiragini orqaga qaytarishlikni, orqaga aylantirishlikni keragi yo'q, iloji ham yo'q. Zamonning o'lib bo'lgan jussasini qabrini ochib, tiriltirishga urinma. O'tmishini eslab, uni takror g'am qilayotgan kishi xuddi unni yana qaytadan tegirmonga solayotgan odamga o'xshaydi. O'tmishni eslab, uni g'am qiladigan odam xuddi toponni to'ponni yana aralamoqchi bo'layotgan odamga o'xshaydi.
Eshakka aytilar ekan. Nimaga kavshanmaysan? Yolg'onni yomon ko'raman der ekan. Ya'ni chaynalib, yutib bo'ladigan narsani qaytadan olib kelib yana chaynashni nima keragi bor? Musibatimiz nimada, birodarlar? Bugungi kunimizni isloh qilishlikni uddalay olmaganligimiz uchun o'tmishimiz bilan ovora bo'lib, o'tmishni gapirib o'tiramiz. O'n soat gapiring. Yigirma soat gapiring, o'tmishda gapirganligingiz sizga hech qanday foyda bermaydi. Ha, birodarlar, o'tmishini undan ibrat olishlik uchun, undan o'zimizga va'z, nasihat olishlik uchunga eslab qo'yishligimiz joiz. Ammo o'tmish bilan yashab bo'lmaydi da.
Bugungi kunimizdagi kamchiliklarni chiroyli suratda bir chekkaga surib qo'yib turib, o'tmishimizning vayronalari bilan olib yuboramiz. O'tmish kimning ovozini bo'g'ib turgan bo'lsa, bas, bu inson kelajakka xitob qila olmaydi. Chiroyli gap ekanmi? O'tmish kimni ovozini bo'mg'ib turgani bo'lsa, bu inson kelamga xitob qila olmaydi. Faqat o'tmishini g'ami bilan, o'tmishini eslab siqilib o'tirgan odam kelajakka bir qadam qo'ya olmaydi degani. Ma'qulmi? Shunaqa odamlar bor albatta oramizda.
Shikoyat qilaveradi, shikoyat qilolaveradi, menga anaqa qilib bermagansizlar o'shanda, menga manaqa qilib bermagan sizlar o'sha paytda. Ha bo'ldi endi o'tib ketdi gapiraverasan bu narsani. Yana o'tmish haqida yana bir ajib gap. Kim o'tmishga qaytaveradi? Kim o'tmishni eslayveradi? Bugungi kunida quvonchni topmagan inson o'tmishiga takror takror qaytaveradi.
Bugungi kunida yaxshilikni topa olmayaptimi? Bugungi yashayotgan kunda xayriyatni ko'ra olmayaptimi? Xayriyati yo'qmi? Shu odam o'tmishni eslayveradi. Ma'qulmi? Ha, ovorlari yaxshi edi. Shakar yetmish sakkiz tiyin edi. Gugurt bir tiyin edi da. Hech kim bekar emas edi. Hammani oyligi bor edi. Hozirchi? Hozir nima, hamma bekarchimi? Birodar, bugungi kuningni qara da. Sen mana shu sovet davrini eslay ekan bo'lsang, u paytda masjidlar bunaqa emas edi. Hajga umraganda, xohlagan paytda borgandaqa bora olmas edi. Nikoh o'qigani, jazo o'qigani Qur'on o'qib, pato o'qigani odam topilmas edi. Bugungi kuningdagi yaxshiliklarni qaraginda, avvalgi davrdagi yaxshilikdan ko'ra ko'proq narsa bor. Demak, bugungi kunida xursandchilikni, quvonchni topa olmagan inson o'tmishiga qaytaverar ekan.
Siz o'zingizdan so'ra endi. Siz qaysi toifadansiz? Insofjin. Avvalgi oxiri hammasi yig'ilib jamlansa ham o'tmishni ortga qaytara olmaydi. Bu amri maholish. Bu ayni haqiqat. Chunki odamlar, birodarlar orqaga yurmaydi, oldiga yuradi. Shamol oldiga yasadi. Suv orqaga qarab oqmaydi. Karvon oldinga qarab yuradi. Bu Alloh Taoloning bu borliqqa qo'ygan sunnati. Hayotni sunnatiga birodar teskari yurma, oldinga qarab ur.
Mashinada ketayotganda ham odam lavvoyga qarab ketadi a? Yo orqangni ikkiga qarab yuradimi? Ha deb orqaga o'girilgan odam yurib ketarkan, qoqilib yiqilib ketishga xavfi bor. Agar o'tmishing seni hali ham qo'yib yubormayotgan bo'lsa, demak u hali sen uchun o'tib tugamabdi. Agar o'tish seni hali ham qovib yubormayayotgan bo'lsak, demak o'tmish sen uchun tugamabdi.
O'tmishni doim eslab o'zing bilan birga olib yurishlik sen uchun og'ir yuk hisoblanadi. Yana ikkala qo'ling ham o'sha bilan band. Endi bugungi kun uchun o'tmishni tashlasang, yuking yengil bo'ladi va ikkala qo'lling kelajak uchun, bugungi kun uchin bo'shaydi. Ha, birodarlar, bir yo'li unutib yuborishlik, esdan chiqarib yuborishilik degani emas bu. Chunki o'tmishini unutganlar yana o'sha o'tmishga takror kirib qolishlari ehtimoli bor. Hayotida qilib o'tgan xatolarni bir eslab tursa, kelajakda shu xatolarni qilmaslikka imkon bo'ladi. Ammo umuman eslamay qo'ysa, o'sha takrorlab qolishi mumkin xatolarini, eski xatolarini. Faqat o'tgan ishlardan ibrat olinadi, xulosalar olinadi, tajriba ortiladi, tamom. O'tmish bilan yashalmaydi. Chunki o'tmish o'tdi, ketdi. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.