Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdaliillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh va na'ug'ullohi min sururiy anfusina va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah muvillala va man yug'dililgu falah hadiyala. Va nashxad valloh ilohillallohu vahda hula sharikala va nashxad anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Alloh aziz va jalla ushbu saidul ayyom haj yulmasa, keyingi kunni barchamizga barakotli qilsin. Duolarimizni ijobat qilib, gunohlarimizni manfaat qilgan bo'lsin. Muftiyotni bugungi bergan mavzusi vatanga bo'lgan muhabbat, vatanni sevishlik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam birinchi marta jabrali alayhi vasallom bilan uchrashib, xiro g'orida alaq surasining avvalgi beshta oyatini qabul qilib bo'lganidan keyin, qo'rquvga kirdilar, xavotirga kirdilar, ya'ni titrab o'ziga kelganidan keyin mana uyida hadaycha onamizga bo'lgan voqeani aytib berdilar. Va hadaycha onamimiz payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni amakivachchasi, amakisining o'g'li varaqa ibn navfalni oldiga olib bordi. Varaqa ibn naffal qari chol edi, ikkala ko'zi ko'rmay qo'ygan edi va nasroniy dinida edi.
Payg'ambarimizdan ana shu xiro g'orida bo'lgan holatni, voqeani eshitib bo'lib, aytdiki, bu nomusul akbar farishtasi sizni oldingizga kelibdi. Siz Allohni payg'ambari bo'psiz dedi. So'ngra aytdiki, qaniydi yosh yigit bo'lganimda, qavmingiz sizni yolg'onga chiqarishganida, sizga aziyat berishganida va sizni yurtingizdan haydab chiqarishganida qaniydi yosh yigit bo'lsam, yoningizda turib sizga yordam berar edim, dedi. Payg'ambarimiz hayron bo'lib, ava muxriji yahum, iye, ular meni hali haydab chiqishadimi? Dedilar. Aziyat beradi, yolg'onchiga chiqaradi deganda Rasululloh parvo qilmadilar. Iye, yolg'onchi qilishadimi? Aziyat berishadimi deb bunga hayron bo'lmadilar. Ammo yurtingizdan haydab chiqarishadi degan so'zni eshitganida Rasululloh hayron bo'lib, nimaga haydab chiqishadi? Bundan ma'lum bo'ladiki, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu yolg'onga chiqarishlik yoki aziyat berishlikdan ko'ra vatanidan chiqarib yuborishigina eshitganda bezovta bo'ldilar. Bu nima degani? Payg'ambariz o'zi yashab, tug'ilib, yashab o'sgan joyi Makkani yaxshi ko'rar edi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni mana qurish mushliklari Makkadan quvib chiqarganlarida chiqib ketyapti, shunday xitob qilganlar. Ey Makka, naqadar xushbo'ysan, naqadar yaxshi shaharsan, qanday ham menga suyuklisan. Agar seni qavming meni sendan haydab chiqarmaganida, sendan boshqa shaharda yashamas edim, deganlar.
Ya'ni u kishiga aziyat berib turgan Makka, qutulib chiqib ketishi kerak bo'lgan Makkadan Rasululloh chiqib ketyapti, chiqib ketganligidan alamlanyaptilar, aziyat chekyaptilar. Insoniy fitrati, sog'lom tabiati, aynimagan odam o'zi tug'ilib, o'sgan, yashayotgan vatanini yaxshi ko'radi.
O'zi yashayotgan yurtni tinmasdan g'iybatini qilib, kamchiligini gapirib, o'zini yurtini qadr qiymatini boshqalarni oldida to'kayotgan odamlar, bizni tanlayotganda nenormalniy odamlar. O'zing tug'ilib o'sgan va yashayotgan vataningni yaxshi ko'rmayotganliging seni insoniy tabiating, fitrating buzilganligini belgisi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh Taolo shunday dedi. Astaydu billah innalladiy farado alaykal qur'ana la rodduka ila ma'ad. Ey Muhammad alayhissalom. Albatta sizga mana shu Qur'oni farz qilgan zot, ya'ni sizga Qur'oni bergan zot, Alloh, shak shubhasiz sizni qaytish joyiga qaytarur. Ya'ni Makkaga qaytarur. Qur'onda nozir bo'lishi Makkada boshlandimi? Payg'ambarimiz payg'ambar bo'lishiga Makkada boshladimi? Shu yerga qaytib kelasiz, yana dedi. Hijrat qilib ketdilar. Sakkiz yildan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarramani fath qildilar. Takrorlaymiz. Insoniy tabiati buzilmagan, aql xush, shu joyda esli odam o'zi tug'ilib o'sgan joyni yaxshi ko'rishi kerak.
Yaxshi ko'rmayaptimi? Ey, vatangado kimsaga beminnat makon qayda deydi shoir. O'sha falon yurtni sen zo'r deyapsanmi, borib yashab ko'r, ko'rasan qanaqaligini. O'ttiz yilda ham qarli bo'lasan, o'shli bo'lasan. O'ttizyilda ham u migrant deydi. Tushunarlimi? Ey, ukalar, ko'zinglarni katta ochinglar. Vatanni yaxshi ko'rishlik, vatanga bo'lgan muhabbat, vatanparvarlik bu haligi shoirlarni faqat she'rini mazmuni yu, hofizlarda ashula mavzusi emas. Sog'lom inson, ayniqsa musulmon inson o'zi tug'ilib o'sgan vatanni yaxshiroq ko'rish kerak. Ma'qulmi? Uzoqni bu dagidan seni yettiga kirgan, sakkizga kirgan o'g'ling, qizing chiqib bemalol ostanovkada turibdi. Hech narsadan qo'rqmasdan. Maktabga ketyapti.
Xotirjam turibdi va xotirjam sen qaytib kelishidan ham. Boshqa oyatda Alloh Taolo kishi o'limni qanchalar yomon ko'rsa, o'zini yurtidan quvilishligini, o'zini yurtdan chiqib ketishligini ham shunaqa yomon ko'rishligini bayon qilyapti. Aytdik ku, miyasi normalniy odam vatanini yaxshi ko'radi. Alloh Taolo aytadi. Astabi billah, va la anna katabina alayhim aniqutul an husakum, avix ruju min diyari kun ma fa'aluhu illa qolihu minhum. Agar biz deydi, bir qavmni, agar biz ularga o'zinglarni o'ldiringlar, yoki yurtinglardan chiqib ketinglar desak, shunday deb yursak, ularning oz qismidan boshqasi qilmagan bo'lar edi. O'zini o'ldirish qanaqa og'ir insonga? Shundan keyin keltirilayotgan yomonlik vatanidan chiqib ketishlik deyilyapti. Demak, eng katta jazo qatl qilish bo'lsa, undan keyingi jazo yurtidan quvg'in qilish bo'lyapti.
Demak. Alloh taolo aytyapti, sog'lom tabiatli insonlar yurtidan chiqib ketishligini, yurtidan quvg'in bo'lishligini o'limga barobar ko'rishligini aytyapti. Ma'qulmi? Agar kimidir shu fikrida shunga o'xshagan gangishlik bo'layotgan bo'lsa, yaxshilab bilib olsin. Vatanani yaxshi ko'rishlik bu sof tabiatli mo'minni fe'li.
Ibrohim alayhissalom mana makka ahliga, makka shahriga duo qilgan. O'zi tinchlik omonli shahar edi makka. Lekin yana qo'shimcha duo qildiki, va if diqola ibrohimu robbij al hadal balada amina. Parvardigor, mana shu shaharni, mana shu o'lkani, Makkani omonlik shahari qilgin. O'zi shunday ham omonlik shahri. Lekin yana nima qilyapti ustida? Duo qilyapti. Shuning uchun duolarimizni orqasida har doim yurtimizni, elimizni, vatanimizni tinch qilgin. Unda yashayotgan xalqlarni bir biriga ulfat, ittifoq qilgin, barakot bergin, yomonlikdan saqlagin deb duo qilishimiz kerak. Mashina ber, pul ber, qarzimiz, uy sovug'lik qizimiz chiqaveringlar faqat moddiy narsanglar so'rab yubormasdan.
Vataningiz bo'lmasa, vataningizda tinchligingiz bo'lmas a, milliardingiz ham tatimaydi. Nima demadingiz? Imom G'azzoli aytadi, inson o'z yerini, undagi narsalari bilan, garchi u joy odam yashamaydigan sahro bo'lsa ham sevadi. Qarang, vatani ichidagi hamma yog'ini, plyusi, minusi, yaxshi, yomoni, hammasi bilan qo'shib yaxshi ko'radi, chunki meni vatanim bu deydi. U tap taqir sahro bo'lmasa ham, imom davom etadi. Vatanni sevmoqlik qalbdagi asl tug'ma tabiatdir.
Tug'ma tabiat insonni vatanida yashab turganda xotirjam, undan uzoq bo'lganda sog'inadigan, unga hujum qilinganida, uni himoya qiladigan, unga hurmatsizlik qilinganida g'azablanadigan qilib qo'yadi. Mana shu nafs ilmini, ruhoniyat ilmini, psixologiya ilmini bizni tilda, eng bilimdoni bo'lgan Imom G'azzoli aytyapti, normalniy odam o'zini vatanini o'sha chuqur chuqur asbali bilan, chang ko'chasi bilan, yaxshi yomon iqtisodi bilan, har qanday bor burdi bilan yaxshi ko'rishniki uni tabiati deb aytyapti. Endi yaxshi ko'rinmaydimi? Demak bu odam nenormalniy odam, bunga gapirish hojati yo'q.
Demak, inson o'zi tug'ilib o'sgan vatanni yaxshi ko'rishligi, uning sog'lom tabiatiga dalolat qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkani tashlab chiqib ketayotganlarida qalblari ozg'in yetish ekan. Sahobalar ham mana shunday bir aziyatni his qilganlar va endi Makkaga qarab kelayotganlarida shavqlari nihoyatda ziyoda bo'lgan. Tushunarlimi? Ukalar?
Ma'qulmi? Demak, nima qilamiz ekanmiz, birodarlar, vatanimizni? Sevamiz ekan, bu bizni dinimizni buyrug'i ekan. Tem bolee bizni yurtimiz alhamdulillah, robbil alamin, masjidlarimiz obod. Musulmon sifatida qiladigan ibodatlarimizga bironta to'sqinlik yo'q. Ollohga hamdlar bo'lsin. Bizda hech qanaqa bir mashaqqat, qiyinchilik, to'sqinlik yu va bu narsani qadriga yetishligimiz kerak bo'ladi.