Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Assalomu alayhi vas salamu ala sayyidina muhammadi va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bugungi mavzuyimiz vaqt haqida. Vaqt nima? Vaqt bu hayot. Vaqt nma? Bu umr. Vaqt nema? Bu omonat. Vaqt nama? Siz bilan bizdan so'ramasdan kelib ketadigan narsa. Vaqt nima? Kun bilan tunda almashishlik. Vaqt nima? Alloh taoloni siz bilan bizga qo'ygan eng katta omonati va qiyomat kunidan so'raladigan ulug' bir imtihonlardan. Alloh subhanah va taolo vaqt haqida, kun bilan tunda almashtirish haqida nima degan? Alloh taolo Qur'onda juda ko'p narsalarga qasam ichgan. Mana shu qasam ichgan narsalari buyukligiga, Alloh taolo shuni ustiga qasam ichdimi, demak shu narsani buyukligiga dalil bo'ladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi. Astaydu billah. Va layli ida yig'usha, va nahari ida tajallar. Borliqni o'z zulmati bilan o'rab kelayotgan kechaga qasam. Yorishi ko'ringan kunduzga qasam.
Ya'ni kunga va tunga, vaqtga Alloh Taolo qasam ichadi. Vahuala di ja ala layla va nahara xilfatan liman aroda an yazdakka rau aroda shaquru. U eslatma, ibrat olmoqchi bo'lgan yoki shukur qilmoqchi bo'gan kishilar uchun kecha va kunduzni bir birini o'rnini bosuvchi qilib qo'ygan zotdir. Val asr inn al insana lafiy husr illalladina amanu va amilus solihati va tava sobil haqqi va tava sobil sobir. Alloh Taolo shunday deydi asri vaqtiga qasamki, barcha inson ziyon baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan, yaxshi amal qilgan va bir birlarini haqqa vasiyat qilgan kishilargina hamda sabr qilganlargina bu ziyondan omonda.
Vaqt Alloh Taoloning juda bir ulug' ne'matlaridanki, buni ne'matligini esdan chiqarib qo'yamiz. Bugun inshaalloh mana shu vaqtning qadri haqida, vaqtning omonatligi haqida suhbat qilamiz. Aqlli odam, hushyor odam zamonini, vaqtini, umrini qadrini biladi. Nimaga kelganligini biladi, qayoqqa ketayotganligini biladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagi sahih hadisda shunday marhamat qiladilar. La tazul u qodama abdini ya umal qiyamati xatta yuz aloni arba. Qiyomat kuni inson bolasi hisob kitobga turar ekan, to'rtta narsa haqida so'raladi. Umri haqida. Nimaga sarf qildi? Jismi haqida. Nima bilan bal oladi? Yoshligini nimaga sarf qiladi? Hamda pulni qayerdan topdi? Qayerga sarf qildi. Birinchi so'raladigan narsa umri. Umr omonat. Umr omonat. Alloh Taoloni mulki siz bilan bizga ixtiyorimizdan tashqari berildi, ixtiyorimizdan tashqari qaytarib olinadi. Qiyomat kunida birinchi so'raladigan narsa, bu umr bo'ldi. Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadiki, men eng qattiq hushaymon qiladigan narsa shunday bir kunki, u kun tong otib kuni botdi, shu kunimda amalim ziyoda bo'lmadi.
Eng qattiq afsus chekadigan kunim, amallarim ziyoda bo'masdan o'tib ketgan kunim. Agar siz bilan biz ham o'zimizni kunimizni bir muhokama qilib, kechki paytda bir o'zimizga qaraydigan bo'lsak, mana Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu namozini o'qib yotar ekan, o'zini hisob kitob qilar ekan. Falon ishni qildim, falon ishni qildin, falon ish qilmadim, o'zimni muhokama qilar ekan. Agar siz bilan biz muhokama qilsak, haftadagi yetti kunimizni necha kuni bu foydalarga o'tdi yu, necha kuniga befoyda o'tdi?
O'ylab ko'rishligimiz kerak mana shunday narsani. Qiyomat kunida Alloh Subhanahu va Taolo kofirlardan dunyoda qancha turdinglar deb so'raydi. Mana o'zimizdan so'raylik. Alhamdulillah mo'minmiz, alhamdulillah dunyodamiz, hali ibodat imkoniyati bor. Mana shu yerda o'tirganimizda kattamiz, say sanga to'qsanga kirdi deb, yoshimiz bir o'nga kirdi deb turib qarasak, say sanga kirgan odamdan qancha umr ko'rdingiz oqsoqoldasiz?
Ha, bir kun, ikki kunga o'xshaydi deydi. Va haq bu. Bu ellik ga kirgan ham shunaqa deydi, o'ttiz ga kirgan ham shuqqa deydi. Alloh Taolo qiyomat kunida kofirlardan dunyoda qancha turdinglar deydi. Qancha turdik? Aytaylarchi? Hech qancha yashamaganga o'xshab turaveraman. Bahonaki kimdir ellik yil, kimdir yetmish yil yashab qo'ydi.
Kofirlar bir kun yoki ikki kun deydi. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi bu haqida. Astayduvilla qola illa biftum illa qolinglar lav annakum kun tum ta'alamun. Afahasibutum annama xolakum abaddan va annakum ilaynala turjaun. Fata'alallohu al malikul haq la ilaha illa hu va robbulah shu'il karim.
Ular aytdilar, bir kun yo yarim kun. Sanab turguchi farishtalardan so'ragan. Alloh dedi. Agar sizlar biladigan bo'lsangizlar, dunyoda juda oz turdinglar. Ya'ni sizlar abadiy deb o'ylagan, tugamaydi deb o'ylagan hayotinglar o'zi aslida juda qisqa edi. Haqiqatdan umr shunaqa. Odamlarni jahannamga ko'prog'i ertaga qilaman. Indinga qilaman. Keyingi oyda qilaman. Yilni oxirida qilaman. Qirq ga kirganda qolaman deb turib, ertaga, ertaga deb jahannamga tushib ketadi.
Ramazon boshlanganda xatmani boshlayman, shuniga bir poradan xatimni qilaman, mana shu o'ttiz kunda xatimni qolaman deydi. Birinchi kun bir pora o'qiydi. Ikkinchi kun ikki pora o'qib, uchinchi kun nima bo'ladi, iftor chiqib qoladi. Ertaga qo'shib qo'yaman deydi. Qarabsizki, o'ttiz kun chiqib ketadi, aytadi, ramazondan keyin bir o'qib qo'yaman deng, shu bilan nima bo'lardi? Hayot nima? Hayot hozirgi vaqt. Kechagi kun ketdi yo'q. Ertangi kun hali kelgani yo'q, u ham yo'q. Hayot mana shu kunimiz. Mana shu kunda qilgan ishimiz bizniki. Mana shunda qilgan savobimiz, gunohimizni olib ketamiz. Ertangi kun Alloh biladi, bormi yo'qmi hali.
Yoki sizlarning gumoningizcha dedi Alloh, biz sizlarni behuda, ya'ni dunyoda sizlarga biron vazifa bermaydigan, oxiratda hisob kitob qilmaydigan holda yaratdik u, sizlar bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi? Shunaqa deb o'yladinglarmi sizlar? Nimaga kelganlarni bilmadinglarmi? Suhbatni boshida aytdik, eng qadrli narsa ham vaqt, eng qadrsiz narsa ham vaqtim. Ha desa, yur deb aylanib kelamiz deydi.
Maqsad yo'q, bir yurib keladi. Gaplashib o'tiramiz, kel deydi. Hasanov asriy shunday deydi. Har kunni tong otar ekan, shu kun o'zining holi bilan inson bolasiga aytadi yu odam bolasi. Men yangi maxluqman. Seni amalingga guvohman. Meni g'animat bilgin. Chunki men qiyomat kunigacha qaytib kelmayman. Hayotimizda har bir kun o'tar ekan, bizni hayotimizni bir kuni bizni qiyomatga yaqinlashtiryapti, dunyodan uzoqlashtiryapti.
Inson mana shunday bir qadrli bo'lgan vaqtidan foydalana olmasligiga nima sabablar bor? Boshqacha qila olsak, qaysi sabablar inson o'zini vaqtidan, foydalanishlikdan to'sib turadi? Birinchisi, havoiy nafsga ergashishlik. Sanab turamiz. Birinchisi, havoi nafsga ergashlik. Boyagi aytayotgandek Qur'on tilovat qilishga kelganda, havosicha dam olib oldik. Ertaga deydi. Xo'p, ertaga deydi, indinga deydi.
Talaba ilmni nima to'sadi ilmdan? O'zi hozir keldingmi deydi, o'qishdan deydi. Ozgina nima qilib ol? Dam olib oldik deydi. Kechki payt bo'lganda charchading, kallang kylanib qoldi. Aytaman, namozdan keyin qilasan deydi. Qima demaydi da, monisi chatoq. Agar qima deganda havosi, yo'q men qilaman dedi, u qilasan deydi. Ishontiradi. Alloh Taolo Qur'onda qayerda havoiy nafsni zikr qilgan bo'lsa, uni yomonligini aytgan.
Havoiy nafs insonga dushman bo'ladi. Astayu billah, afaroyi ta'manidta hoday ila hahvahu va avval la huvillohu ala ilm. Ey Muhammad alayhissalom. Havoyi nafsini o'ziga iloh qilib olgan va Alloh uni bilgan holatda yo'ldan ozdirib, quloq va ko'nglini muhrlab, ko'z oldiga parda totib qo'ygan kimsani ko'rganmisiz? Alloh Taolo aytyaptiki, inson havoyi nafsini Xudo qilib oladi o'ziga deyapti. Inson, inson. Hur bo'lmaydi, ozod bo'lmaydi. Albatta qul bo'ladi. Albatta qul bo'ladi. Agar Robbisiga tezroq qul bo'lmasa, havoyi nafsiga qul bo'lardi. Alloh Taolo o'zini ulug' payg'ambarlaridan Dovud alayhissalomga shunday aytadi. Ya davud, inna ja'annaka xolifatan fil or, fahkum baynan nasibil haq, vala tattabel hava, fayuzillaka an sabiylin la. Inna la dinu yadiluni an sabiylin la hilahum adabun shadidun bi ma'nosu yomon hisob. Allohni payg'ambari Dovud alayhissalom Alloh tanlov olgan bandar. U havosiga ergashib ketadigan odam emas. Allohni vahisi bilan yurgan kishi. Shu kishiga Alloh aytadi: ey Davud, darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik.
Va sen nafs xohishiga ergashib ketmagin. Aks holda u seni Allohni yo'lidan ozdirur. Alloh yo'lidan ozod degan kimsalar uchun hisob kitob kuni unutib qo'yganlarga sababli azob bordur. Inson havoyi nafsiga ergasa, demak, yo'ldan adashadi. Vaqtimizdan unumli, foydalanishingizdan to'siq qo'yadigan to'siqlarni gapiryapmiz. Birinchi to'siq nima bo'ldi? Havoyi nafs.
Vala toti amman ag'fanla qolbah va an zikrina vattaba havah u akana amruhu furutah. Alloh Taolo aytadi: siz, ey Muhammad alayhissalom, o'zingizni va Biz qalbini Bizni zikr qilishdan g'ofur qilib qo'ygan, havo inavsiga ergashgan va qilar ishi, qilar ishi isrofgarchilik bo'lgan kimsaga e'tibor etmang. Biz qalbini g'ofur qilib qo'yganligimiz uchun havo inavsga ergashgan kishilar ergashmaydi. Inson qachon havo inavsaga ergashar ekan demak? Alloh qalbini muhrlab qo'ygandi.
Odamlar bor, kunda bir marta Alloh demaydi. Kunda ovqat ekanda Bismillah demaydi. Alloh degan so'zni esdan chiqarib qo'ygan. Alloh Taolo qalbini muhrlab qo'yganmiz, shuning uchun havoyi nafs yerga shab bo'ladi deydi. Nabiy Sulton Alayhissalom keyingi hadisda shunday marhamat qiladilar. Uchta halokatga olib boruvchi, uchta najotga olib boruvchiy narsa bor. Halokatga olilib boruvchi narsalar, bu insonni havosi, baxilligi, va o'zi bilan o'zi g'ururlanishlikka. O'ziga o'zi baho berib qolish.
Najotga olib chiqadigan narsa ham uchta. Suvruq e'londa maxfiy oshkari ishlarda Alloh'dan qo'rqish, faqirlik va boylikda iqtisodda bo'lish, hamda g'azab va xursandchilikda adolatli bo'lishlik. Endi xohlaymizmi, xohlamaymizmi, mana shu narsa. Najotga olib boradigan shu uchta, halokatga olib boradigan shu uchta narsa.
Birodarlar, vaqt bu hayot. Vaqt bu umr. Bu hayotimizni, umrimizni bekorchilikdan o'tkazishlikdan ehtiyot bo'laylik. Insonni vaqtidan foydalanishlikdan to'sqinlikni birinchi sababi nima bo'ldi? Havo inapsiz. Ikkinchi sabab, ikkinchi to'siq. Bu orzu havaslari. Orzu havaslar. Inson men undoq qilaman, bunday qilaman deb turib haligi rejalarni bir o'n yil, o'n yilga burundan tuzib qo'yadi. Albatta bir inson, bir Alloh bersa, haloldan pul topib, uyimni to'g'ri qilaman. Farzandlarimni tarbiyalayman, masjid quraman, bir yaxshi ishlarni qilaman deb orzu havas qilishiga yaxshi narsa. Lekin bu yaxshi narsa, agar sizni ibodatdan, bugungi ibodatdan to'siq qo'yayotgan bo'lsa, bu yaxshi narsamas.
Siz bugungi ibodati qilib qo'yib tur orzu havasni qilgan. Chunki juda ko'p odamlar aytyapmiz, o'ttiz ga kirganda o'qiyman, qirq ga kirganda oqiyman deb turib ketib qolyapti. Hech kim kafillik bera olmaydi, bir insonni o'ttiz yoki qirq ga kirishligini. Inson orzu havaslarni rasa tuzar ekan rejalarni to'satdan o'lim kelib qoladi da, o'zini o'liklar orasida ko'rib qolgandan keyin dunyoga qaytishlikni xohlab qoladi. Har bitta kofir o'lar ekan, jon taslim qilgandan keyin, qolaru berjoun la alli amal u solihan fiy ma taroqt. Parvardigor meni qaytaringlar orqaga! Tiriligimda qilmagan ishlardan birontasini qilib qolarman. Deb allohga xitob qiladi. Hozir qaniydi yoshligim qaytib qolsa, bir o'qir edim. A? Qaniyam bir qaytib, o'n yilga qaytib qo'yganimda zehnim ham boshqacha bo'lar edi. Vaqtim ham bemalol bo'lar edi, hamma aytadi bu narsani. Shunisi zo'r da, vaqt orqaga qaytmaslikka. Agar orqaga qayta oladigan bo'lsa, hamma biladi nima qilishdi endi.
Lekin musibat nimada? Musibat shu vaqtda qaytmasligi esimizdan chiqib qoladi. Kalla innaha kalimatun huva qo ilaha. Shoyad men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam deb qolaver. Yo'q. U aslo hayotga qaytarilmas. Darhaqiqat bu har bir jon berayotgan kofir aytadigan so'zdir.
Ibn Umar roziyalloh anhuqiga Payg'ambarimiz aytadilarki, kun fid dunyo ka annaka g'orib, ava beru sabiy. Dunyoda bir g'arib bo'lib yashang. Yoki yo'lovchidek bo'lib yashay. Yo'lovchi, musofir odam, safarida ketyapti, charchaydi, bir davlatdagi to'xtaydi. To'xtashdan maqsad nima? Yana davom etkazish safarini. To'xtaydi, dam oladi, yeydi, ozgina uxlaydi, quvvatga to'lgandan keyin yana davom etadi. To'xtashdan maqsad ketish. Bizni dunyoga kirishdan maqsad yashab qolishmas bu yerda, akalar.
Kirishlikdan maqsad safarimizga kerak bo'ladigan ozuqani to'plab ketishlik. Ali roziyallohu alayhi vasallamning so'zlari bor. Dunyoda xuddi o'lmaydigandaka amal qil. Lekin ertaga o'lib qoladigandaqa ibodat qil. Mana shu shior bo'lgan ularda. Mana shu shiyor bilan yashaganman. Odamlarda shundaylari borki, shu orzu havas bilan shunday ovora bo'lib qolgan, ibodatdan uzoq gapirsang, xo'p deb qo'yadi, qilmaydi. Eshitib qo'yadi u, tushunmaydi. Yoki umuman parvo qilmaydi. Ulgiyman deydi. Qilaman deydi. Alloh taolo nima deydi bunaqalar haqida?
Masjid qo'shnisi bo'ladi. Ajablanadigan joyi masjid qo'shni so'radi. Ozonda eshitadi besh mahal, lekin kirmaydi. Aytganmiz a, siz bilan bizdan bitta savobli ish sodir bo'lgan bo'lsa, Allohning tavfiqi bilan bo'ladi. Alloh sizni yetalab masjidga olib chiqadi, shunga loyiq edingiz, namoz o'qidingiz. Endi masjidni ro'parasida turib, masjidni qo'shnisi bo'lib turib, ozonda eshitib, mashga chiqa olmayapsizmi? Nomazo qo'ymayapsizmi? Demak loyiq emassiz sal unga. Siz chiqmayotganingiz yo'q. Alloh sizni hidoyat qilmayapti. Siz yetaklamayapti bu yoqqa, chunki siz loyiq emassisiz bu narsaga. Endi agar qilayotgan bo'lsak, Alloh Taolo odam ta'fov. Allohga hamda aytamiz. Hech qachon kerilib, kekkaymaysiz.
Lakhum qulu bul la yafqaxunabihah, valakhum ayunun la yubusirunabihah, va lahum adanun la yasunarunabihah. Ular aka kalani an, balxum adallu, ular aka xum g'ofilun. Ularning dillari bor u, anglay olmaydilar. Ko'zlari bor u, ko'ra olmaydilar. Quloqlari bor u, eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidir. Yo'q, ular beaql, befahmlikda chorvalardan ham battardirlar. Ana o'shalar g'aflatda qolgan kimsalardan. Qarang. Mana shu ishni qilib, bitta qo'shnisi xor bo'lganligini ko'rdi.
Narigi shariat qaytargan ishni qilib yana bitta qo'shni vayron bo'lganliginini ko'rdi, ko'rib turib, ko'rmagandek, eshitib turib, eshitmagandek, bilib turib, bilmagandek o'sha ishni qilaveradi da. Alloh nima deyapti? Bular hayvonga o'xshaydi, balki hayvondan ham battarroq deydi. Odam hayron qolasan da, ko'rdi bo'lmasam, falonchi qiluvdi, shu ishda vayron bo'ldi.
Qilaveradi yana. Bu nimani belgisi? Alloh qalbini muhrlab qo'yganligini belgisi. Nechta bo'ldi? Vaqtimizdan unumli foydalanishlikda to'sadigan to'siqlar, birinchisi, havo inans, ikkinchisi, orzu havas. Uchinchisi bekorchilik. Bo'sh vaqtni ko'pligi. Hozir qarab turibsangiz o'zi aytadigan bir ish ham yo'q soatlik, hamma shoshilayotgan. Qarasangiz ulgurmayotgan, kech qolayotgan yoki boshqa boshqa bo'layotgan.
O'zi bo'sh vaq. Forig'lik. Bu ham ne'mat o'zi. Ba'zida bo'ladi yu. Besh olti besh bir vaqtga bo'lib qoladi, tiqilib ketadi vaqtingiz. Shu eplay olmay qolasiz, qasningizga borishni bilmay qolasiz, ulgurmay qolasiz. Payg'ambarimiz salomat edilar. Ne'matani mag'lubuna fihima kafiru minan nas, as sexaval faro. Ikkita ne'mat bor, odamlarda juda ko'pi bu ne'matdan beparvo. G'ofil. Bilmaydi bu ne'matni borligini. Yo'qotganda biladi. Bu sog'lik bilan bo'sh vaqt. Bo'sh vaqti. Ibn Hajar shu hadis haqida shunday aytadi kim o'zini bo'sh vaqtini hamda sog'ligini Allohnin taotiga sarf qilgan bo'lsa, bu haqiqiy baxtli inson. Kim o'zini o'zini bo'sh vaqtini ham da sog'ligini Allohni taotiga sarf qurgan bo'lsa bu haqiqiy vaqtli inson. Bekor qoldi, tasvirni olib, tasvir aytib o'tiradi. Bekor qolda, bir kitob o'qiydi. Bo'sh vaqtinni Allohni ibodatiga sarflaydi. Endi haqiqiy baxtsiz inson kim? Bo'sh vaqtini hamda sog'ligini mas'uliyatga sarflaydigan inson.
O'zi bu ikkita ne'mat haqiqatdan ko'zga ko'rinmaydi da. Sog'lik bilan bo'sh vaqti. Endi bo'shlik, forig'lik yana uchga bo'linadi. Vaqtimizdan unumli foydalanishingdan to'sadigan birinchi narsa, havo. Nafs ikkinchisi. Orzu havas, uchinchisi bekorchilik, bo'shlik, forig'lik. Endi forig'likka qaytamiz. Bu forig'lik qalbda bo'ladi, nafsda bo'ladi, aqlda bo'ladi.
Insonni qalbini forig' bo'lishligi nima bu? Insonni qalbi da iymon bo'lmasa, bu qalb bo'sh, forig' qalb deyiladi. Esimizdan chiqmasin. Qalb yo iymonni idishi bo'ladi, to'ldir, yoki fitnalar to'planadigan bir xolta bo'ladi. Qalb yo iymonni idishi yoki fitnalarga to'planadigan bu idish bo'ladi. Ikkalasidan bittasi yo iymon bo'ladi, yo fitna bo'ladi. Uchinchisi bo'lmaydi.
Payg'ambarimiz vassalom aytadilar, mashhur hadis. Alava innafil jasadiy mudg'a, idha salohat salohat jasadi kulluhu. Insonni jasadi bir parcha go'sht bor, agar u tuzalsa, butun jasad tuzaladi. Agar u buzilsa, butun jasadi buziladi. Bu nima? Xalq. Xalq insonni jasadini bir mamlakat, davlatga o'xshatsak, xalq podshoh. Xalq tuzalsa, oyoq qo'l tuzaladi. Bir odam gunoh ma'suliyatini tinglay olmayaptimi oyoq qo'llari? Bilingki, qalbi tuzalgan yo'l bu odamni.
Ibn Ta'miya shunday deydi. Bechora dunyoni qullari, bechora dunyo ahllari, dunyoga kirishdi yu, chiqib ketishdi, dunyodagi eng shirin narsani topmasdan chiqib ketishdir. Dunyodagi eng yirik narsa nima edi? Shayx deb so'rasa, ular javob beryaptiki, u kishi javob beryotdiki, bu Alloh Taoloning zikri va yolg'iz qolib Allohga iltijo qilib munojot qilishlik. Inson dunyoga kelib Allohning zikrida bo'lmabdimi? Allohga iltijo qilib munojot qilmabdimi? Dunyodagi eng shirin, eng lazzatli narsadan mahrum bo'libdi. Alloh taoloning zikri va yolg'iz qolib Allohga iltijo qilib munojotni qilishlik.
Qalb, qalb. Mana aytdik, iymonni idishi bo'ladi dedik. Endi iymon ko'payib turadi hammamiz bilamiz, ozayib turadi. Toat ibodatda doim bo'lishi bilan iymon kuchayib ziyoda bo'ladi. Gunoh maqsadni ko'p qilishlik bilan iymon susayib ozayadi. Ibn Ma'sud roziyallohu anhun shunday deydi o'zingni qalbingni uchta joydan qidir. Qur'on tilovatidan, ilm, zikr majlisidan hamda Alloh va o'zing o'rtasidagi munojot vaqtida sidan. Boshqacharoq qilib aytsak, seni qalbing yo Allohni zikrida, ilmda, yoki Qur'on tilovatida, yoki Allohga duo iltijo qiladigan munojotda emas ekanmi, seni qalbing o'lay deydi.
Tushunarli bo'ldimi? Insonni qalbini tirikligi mana shu uchta narsa bilan bo'ladi. Qur'on tilavoti, zikr, ilm majlisi hamda Allohga duo qilib, iltijo murojaat qilishlik. Mana shu narsasi bo'lmagan odamni qalbi o'lik deb aytilinyapti. Endi odamlar mana shu narsani qilmasdan, tirik yuribdimi? A bularda oyoq qo'li ishlab, tiriklarni ichida yurib, yeb ichib gapirgani bilan bular o'lik deyiladi. Payg'ambarimiz salomat ekanlar. Robbisini zikr qiladigan kishi bilan, robbisini zikir qilmaydigan kishini misoli tirik bilan o'likka o'xshaydi. Qalb, qalb kasal bo'ladi. Lekin egasi bilmaydi buni. Qalb o'ladi, lekin egasi bilmaydimi uni. Albatta bu jismoniy kasalliklar qalbga yo'liqsa, u biladi, yuragi sal chiqib qoladi, yuragi nima deymiz, o'ynab beradi. Xullas, bunaqani sezadi, jismoniy kasal. Yugurib boradi da, tabibga borib, shifo so'raydi, dorini beradi, yaxshi bo'lib qoladi. Lekin qalbda bu kasallarni chi, sezadimi, sezmaydimi?
Qalbimizni tuzatish uchun nima qilishimiz kerak? Sofiyoni salridan bir odam kelib, meni qalbim kasal bo'lib qoldi, menga bir dori tayin qilib bersangiz, degan edi, quyidagi so'zni aytadi. Diqqat qilinglar, ikki marta qaytarib o'qib beraman. Sofiyoni salri bu qalbim kasaldirib kelgan odamga shunday dedi. Ixlos tomirini oling, ustiga sabr baklaridan tashlang, unga tavoze sharbatini quying, bularda hammasini taqvo idishiga joylab, qilingan gunohlardan bo'lgan mahzulik o'tini yig'ing. Uni rozgo'ylik qo'li bilan olib, istig'for idishiga quying da, xudojo'ylik bilan iste'mol qiling.
Qaytarish kerak ekanmi bir marta? Ixlos tomirini oling. Ustiga sabr baklardan tashlang. Tovoz u sharbatidan quying. Bularda hammasini taqvo idishiga joylab, qilingan gunohlardan bo'lgan mahzulik o'tini yoqing. So'ngra uni rostgo'ylik qo'li bilan olib, istig'for ishiga qo'yib, Xudo joyligi bilan iste'mol qiling. Aptekada bormi bular?
Attolarda bormi bu dorilar? Qayerda bor bu dorilar? Bu haligi shu aytilgan narsalar bormi? Qayerda bor u narsalar? Qayerda bor? Ilm majlisida bor. Masjidda bor, madrasada bor. Allohni zikri bo'ladigan majlisda bor.
Bu inson qalbini kasal bo'lganligini bilib kelib gapiryapti. Ha, bunaqa kasal emas, qalbi o'lgan qancha odamlar bor yuribdi. Otasini so'kishni ham ta'sir qilmaydi, odamlarni la'nat aytishligi ham shunaqa xijolat qilmaydi, xolamda qo'rqmay yuradi qalb o'lib bo'lgan. Payg'ambarimiz aytib turibdi. Robbisini eslaydigan, eslamaydigan odam misoli tirik bilan, u o'lik, bilmaydi o'likligini faqat.
Yana sizga qara, rahmi keladi haligini bechoralar deydi. O'zlarini qiynab ro'za tutyapti deydi. O'izlarini qiynaydi deydi, namozga boryapti deydi. U o'lik bular. Garchi tirik yurgan bo'lsa ham. Siz bilan bizni ishimizda bo'lgan bo'shliq, bo'sh vaqtdan bu nafsni bo'shligi. Nafsni forig'ligi. Nafs shunday narsaki, birodarlar, agar biz uni jilovlab, tezda bo'yi sindirib olmasak, albatta bizni ustimizga chiqib, bizni bo'yi sindirvoradi. Innna nafs ala ma'rotun bi su ila ma rohimah robbiy. Nafs agar parvardigorimning o'zini rahm qilmasa, albatta barcha yomonliklarga buyurgushidir. Darhaqiqat parvardigorim mag'firatli va mehribondir. Nafs faqat yomonlikka buyurib turadi. Nafs faqa gunohga buyuradi. Bu nafsning tabiati.
Yoshlar qachon ayniydi? Yoshlar bekor qolsa ayniydi. Agar ilm bilan ovora bo'lsa, bir yo'l. Agar ilm o'qimayotgan bo'lsa, mehnat bilan ovora bo'sa. Bekor qolgandan chiqadi aynishlik. O'g'irlik, giyohvandlik, boshqa mayda shunday gunohlarni hammasi nimadan? Bekorchilikdan kelib chiqadi. Bekorlikdan kelib chiqadigan gunohlar. Inson yo ilm bilan, ibodat bilan, yo bir mehnat bilan ovorab o'tirishligi kerak.
Va nafsiy vaman savvaha, fa alhamaha fujuraha va taquaha, qod afla hamman zakkaha va qod xobaman dastaha. Alloh taolo bizni nafsimizni nimaligini biz o'rgatyapti, diqqat qilaylik. Jonga va uni rasvo qilib yaratgan, unga fiz qilib fujurni ham, taqvosini ham ilhom qilib o'rgatib qo'ygan zotga qasamki, darhaqiqat uni nafsini poklagan kishi najot topdi. Va uni jonini fisq fujuri bilan ko'mib tashlagan kimsa nomurod bo'ldi, baxtsiz bo'ldi. Nafs shunaqa narsaki, savob qilish ham qo'lidan keladi, Alloh ilhom bergan. Gunoh qilish ham qolidan keladi, ilhom berganlar. Endi nafsni qaysi tomonga burishlik? Siz bilan bizni ixtiyorimizda. Nafsni ulamolar emizi iliboraga o'xshatadi. Ikki yil enasini emgan bolani sutdan chiqarganda ikki kun, uch kun yig'laydi. Isitma keladi va hokazo.
Bolamni joni qiynayapti deb onasi emiz da, maktabga borgacha yemadi. Endi shu ikki kun, uch kun qiynalganiga sabr qilinsa, hali bola ko'nikib ketadi. Sigaretni tashlay olmay ekan akalar, sizlarni qo'pol qilib aytganda haligi zaifliginglar xullas. Haligi ruhiylarni zaifligi, yumshoqroq qilib aytsam. O'zinglarni yangi ishlaydi xohlamayotganliginglar, slabiyliginglar deb aytishayotganman. Onanglarda tug'iliblar, ema tustidan ajrab o'lmadinglar u. Unga nimaga sabr qildinglar, aytaymi? Chunki sizlarni ixtiyoringlar yo'q edi u yerda. Ajratib qo'yishdi, sizni qo'lingizdan hech narsa kelmas edi. Yig'lashlar kelar edi. Endi bu safar ixtiyorni berib qo'ysa, qani nafsingni tarbiyalay olasanmi desa, unga nimamiz yetmayapti?
Quvvatimiz yetmayapti. Sigaretni haromligiga ulamolar ijmo qilib bo'lgan birodarlar. Sigaret harom narsa. Tog'orat sindiradimi, sindirmaydi deb so'ramanglar. Sigaret haram narsa. Aroqdan bitta farqi, aroq Qur'onda kelgan, harom deb. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam hadislarda kelgan, haromdir. Shu sigaret bu keyingi davrda chiqqanligi uchun yo'q. Agar bo'lganda uni ham harom deyilsa keragidir. Fam mamam tog'a va asror al hayyata dunyo fa imnal jahimah i al ma'avva. Bas, ana o'shanda kim hayotda dunyoda kufr islom bilan tug'yonga tushgan va hayotda dunyoni oxiratdan ustun qo'ygan bo'lsa, u holda faqat jahannamgina uning uchun joy bo'ladi. Ya'ni, tug'yonga ketsa, hayotda dunyodan oxiratdan ustunsya.
Endi, davomida. Va amma man xofa maqomi robbihi va nahannafsan ilhava, fa innal jannati hiyal ma'avva. Endi kim hayotda dunyodalik paytida, qiyomat kuni maqshargohda, parvardigorning huzurida turishi, hisob kitobdan qo'rqqan bo'lsa, o'zini nafsini havodan qaytargan bo'lsa, albatta jannat uning joyi bo'ladi.
Insonda aqli bo'shligi, aqlini yo'qligi o'zini vaqtidan unumli ifodalanishidan to'sadi. Vo qoluvla kunna nasma va avna aqli ma kunna fi as habis sa'ir. Ular kofirlar yana aytishdiki, agar bizlar ogohlantiruvchi payg'ambarni so'zlarini tinglab, aql yurgizguvchi bo'lganimizda, do'zax egalari qatorida bo'lmas edik. Aqli bo'lmagan ekan. Agar biz aqlimizni ishlatganimizda jahannam ahllaridan bo'lmasdik, aqlimizni ushlab turib payg'ambarni gapiga kirganimizda mana shu hasrat nadomatdan qolmasdik deyapti. Insonlar shunchalik ahmoq bo'ladimi deysiz. Alloh taolo javobini aytib turibdi bu yerda.
Odamlar o'zini vaqtini to'g'ri sarflab, vaqtidan unumli foydalanishligi uchun to'siq degan ishlardan bittasi aqlni kamligi. Endi bolangizni aqli kamlik qilib, o'sha o'ziga foydali bo'lgan ishni qilmayaptimi? Indamay ekan otani aqli kaltak. Urmaydimi, so'kmaydimi, yalinmaydimi, hadya olib bermaydimi, xullas, bolasiga foydali narsaga sal qoldirmaydimi vaqtini?
Bugun sizlar bilan vaqtdan unumli foydalanishlik degan mavzuda dars qilgan bo'ldik. Agar shu yerda o'tirgan odamlardan shu o'tgan umringdan nimadan pushaymondasan desa, yemaganimga pushaymondaman, kiy olmaganimga alamdaman demaydi. Chunki aqli kelib qoldi, shaxs chiqmadi yeganlarni ham chi boshidan. Yemaganlar bir etikam yeb qolmadi.
O'tib ketgan umrida ibodat qilolmaganiga pushaymon yeyapti. O'tib ketkan umrida ilm o'qib olmaganligiga, Qur'on yodlamaganiga pushaymon yapti. Lekin dunyo matosiga hech kim pushaymon yeyotgani yo'q. Hali tirik turibmiz. Keyingi haftaga kim boradi ichimizda, kim bormaydi. Bugungi kunimizdan foydalanaylik. Alloh subhanah, voh, taolo, hidoat va adashish nimasin. O'zi tavfiq bersin. Vaqtidan unumli foydalanadigan ishlardan qilgan bo'lsin. Aqli qobiliy haqida. Va astag'firullohu alayhi va alamu alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.