Maviza
—Qoralama48 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
47:35
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmatuhu onas ta'inuhu onas taofuru. Va na'ruzu billahi min sururiyan fusinga, amin sayyi'ati amalina, man yahdihillahi falamu illalllah, omon yug'ililhu falah hadiyaluh. Va nashxadval la ilaha illalloh va hidahular sharikala. Va nashxada anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Aqida darslarimizdan Sirojiddin O'shining Badul Amoli asarini o'qiyotgan edik. O'ttiz uchinchi bayt, buni boshladik, tugata olmaganmiz, davom etkazamiz. O'ttizuchinchi bayt valiylar va ularning karomatlari bayoni. Bobomiz Sirojiddin O'sha aytadi karomatul valiyi bidari dunya lahakavnun fahm ahlun navali.

Dunyo diyorida valiylarning karomatlari, ularda mavjudlik bordir, chunki ular valiylar in'om ahlidir. Nazmiy bayoni. Dunyoda valiylar karomatlari bo'lishi shubhasiz, ular in'om ahllidir. Mana endi karomat. Payg'ambarlar o'zlarining Payg'ambar ekanligini isbotlashligi uchun Alloh tomonidan ularga berilgan g'ayrioddiy ishlar mo'jiza deyiladi.

Payg'ambarlar o'zlarining Payg'ambar ekanligini isbotlashliklari uchun Alloh tomonidan ularga berilgan g'ayri tabiiy ishlar mo'jiza deyiladi. Bu ana shu toshni yorib ichidan tuyani chiqarib berganligi, Muso alayhissalomni Misrda ko'rsatgan mo'jizalari, boshqa Payg'ambarlarda mo'jizalarini aytish mumkin. Endi, Payg'ambar bo'lmagan, ammo Alloh Taoloning valiylariga berilgan g'ayrioddiy ishlar mo'jiza deyilmaydi. Bu karomat deyiladi. Karomatda ham shirk, shirk, shirk deydiganlar bor. Ko'p bunaqalar. Nimani o'zi shirkda, nimasi kukurda boradi. Xullas, hamma yoq qora, unaqa odamlar uchun. Mana endi siz bilan biz dinni unaqa odamlardan emas, haqiqiy Ahli Sunna bo'lgan imomlardan o'rganamiz, karomat haqida suhbat qilamiz. Karomat tushunarli bo'ldi, qisqachasi. Alloh Taologa yaqin bo'lgan, Alloh Taoloni aziz qilgan bandalari, Alloh ularga karomat beradi. Ki bu ishlar odatda bo'lmaydigan ishlar. Odatga to'g'ri kelmaydigan ishlar. Tabiat qonunlariga tushmaydigan ishlar.

Karomat ikki xil bo'ladi. Tug'ma karomat va mehnat bilan kasb qilingan, erishilgan karomat. Birinchi karomat, bu butun inson zotiga berilgan karomat. Inson bo'lib dunyoga keldingmi, demak Alloh senga izzat ikrom ko'rsatibdi. Inson bo'lib keldingmi, Alloh seni ikrom qilib qo'yibdi.

Chunki mo'min bo'lsin, kofir bo'lsin, inson bo'lib yaraldimi, demak, boshqa jonzotlardan seni aziz qilib bo'lganligining belgisi. Alloh Taolo seni bironta bir boshqa bir hayvon suratida dunyoga keltirib qo'yishi ham mumkin edi. Lekin seni meni Alloh Taolo odam qilib yaratibdimi, demak ikrom ko'rsatib bo'libdi. Bizni aziz mukarram qilib bo'libdi. Endi bu azizlik bu karomat insoniyatni tug'ma karomati dedik. Astaydu billa, valahum fil bar rival bahr. Va razoqunaxum minat toyibati va faddullohum ala katili minman xoloqina tafdili. Mana inson zotini aziz mukarram qilganligini dalil. Alloh Taolo aytadi, darhaqiqat biz odam farzandlarini aziz va mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda ot ulov kemalarga mindirib qo'ydik. Hamda ularga pok narsalardan rizq berdik. Va ularni o'zimiz yaratgan ko'p jonzotlardan afzal qilib qo'ydik. Demak, mana shu oyat bilan inson zoti dunyoga inson bo'lib keldimi, demak, u aziz mukarram bo'ldi.

Alloh unga ikrom ko'rsatdi. Nutq berdi, aql berdi, bayonni berdi. Mana shu bilan boshqa maxluqotlardan inson aziz bo'ldi. Muqotir vahimaqulloh aytadi, bu oyati karima biz odam bolalariga saryoq, asal, qaymoq, xurmo kabi pokiza narsalarni rizq qilib berdik. Boshqa hayvonlarga esa somon, suyak kabi narsalarni risq qilib berdiku ma'nosini anglatadi dedi. Demak, inson zotini karomatini birinchi turi tug'ma karomat. U tug'ilishligida shunday aziz mukarram bo'ldi. Ikkinchisi, endi ikkinchisi, inson o'zi mehnat qilib, kuch sarflab kasb qiladigan ikkinchi turi. Bu mehnat bilan bo'ladi, taqvo bilan bo'lardi. Faqatgina mo'minlarga bo'ladi. Chunki bunday karomat mo'minlarga xos e'tiqod va harakatlar bilan sodir bo'ladi. Alloh taolo Qur'onda aytadi inna akromahkum ayni allohi at qokum. Sizlarni ichingizda Alloh taoloni nazdida hurmati balandrog'inglar, taqvodorrog'inglar.

Hujrat surasi taolo aytadi, aytadi, sizlar deb bilar? Ya yuhannas, innaholoqh nakuming zakarin va unta. Ey insonlar, biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Vo ja'annakom shouban va qobayla. Sizlarni xilma xil millat elat qabilalarga bo'lib qo'ydik. Nima uchun? Lita arofu. Bir birlar bilan tanishish niyat uchun innna akromahkum aynan lahyat hokim. Endi sizlarni oranglarda eng hurmatliginglar alloh uchun bu taqvodoranglar. Bu yerda siz bilan biz hammamizni aslimiz bitta odam va bitta havo onadan ekanligi. Odam ota momo havodan ekanligi ma'lum bo'lyapti. Shuning uchun nasl nasab borasida hammamiz aslimiz bir.

Odam alayhissalom tuproqdan yaralgan. Endi turli xil millat elat qilib bo'lib qo'yishligini hikmati nima desa, men sendan balandman, men sendan afzalman degan faxrlanish uchun emas, bir biringlarda nasl nasabinglarda tanib olishinglar uchun. O'zinglarda otanglardan boshqalarga o'zinglarni nisbat qilmasliginglar uchun. Ha, shariatimizda nasab birodarlar nasr nasabni balandligi e'tiborga olinadi. Lekin Allohni huzurida qadri baland past bo'lishida nasr nasab hech narsani hal qilmaydi.

Chunki amali ilgari qilmaganning nasabi ilgari qila olmaydi. Kimni bo'lasiz, qaysi eshonni bo'lasiz? Qaysi mullani bo'lasiz? Haysi qaysini bo'lasiz? Muhim emas. Allohni huzuriga borganda qilgan amalingiz. Imoningiz va solih amalingiz bilan ajralasiz. U falonchilardan men deyishligingiz hech narsa hech qanaqa narsadan behojat qilmaydi. Insonlar nasr nasabi bilan aziz bo'lmaydi, taqvosi bilan.

So'fovoyor bobomiz aytganidek, ishonma otaga, qolma talabdan, so'ralmasdur qiyomatda nasabdan. Amaling so'raladi. Amaling so'roladi, seni nasr nasabing so'ralmaydi. Demak birodarlar urfda ham, shariatda ham nasl nasab e'tiborga olinadi, lekin Alloh huzuridagi qadr qiymat belgilanayotgan paytda amalga qaraladi, iymonga qaraladi.

Endi bir odamni ham nasl nasabi zo'r bo'lsa, ham iymoni, taqvosi, solih amali yaxshi bo'ladigan bo'lsa, bu nur ustiga nur bo'ladi. Lekin men falonchi urug'danman, falonchi avloddanman deb oldinib qolmasligi kerak. Chunki qiyomat kunida bu narsalarda birontasiga qaralmaydi. Dunyoga kelganligi, aziz mukarram bo'lganligini belgisi bo'lsa, bu birinchi tug'ma karomat edi, ikkinchisiga harakat qilishligi kerak. Iymon bilan, taqvo bilan, solih amallari bilan Alloh Taoloni ikromiga sazovor bo'lishligi kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mo'min kishilarga beriladigan karomatlardan birini shunday bayon qiladilar. Abu said al hudri roziyallohu anhudan.

Ittaqu farosat al mo'min, fa innahu yandur u binurillah. Mo'minning farosatidan taqvo qilinglar. Mo'minning sarosatidan qo'rqinglar, zero u Allohninng nuri bilan qaraydi. Farosat degani. Odatda odamlar qarab ko'rib, eshitib, bilmaydigan, anglolmaydigan narsani anglashlik. Shu farosat egasi bo'lishlikka harakat qilishlik kerak.

Innafi dhala kalaa ayyatil lil mutavassimin. Alloh Taolo mana Qur'onda, albatta bu hodisada farosatli kishilar uchun oyat ibratlar bordir, deydi. Bir voqea sodir bo'ldi. Shundan inson xulosa chiqarib ololaydi. Va nimaga bo'lganligini tushuna olaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam komil muxlis mo'min bandani alloh tomonidan izzat ikrom qilinishi, unga haq bilan botinni orasini ajratish farosatini berishini xabar beryapti. Bir odam protsentga pul oldi. Yo bir harom tijoratga kirishdi.

Bir yil, ikki yil, uch yil, besh yil bo'yinga qo'yingki, bir muddat zo'r yashaganga o'xshadi, keyin kiradigan joyga kirib ketdi. U vaqt masalasi edi da endi kirib ketishi. U aniq edi. Yonboshidagi do'kondor o'sha protsentga pul oldi, gullab yashnadi besh olti yil, keyin pachog'i chiqib ketdi. Ko'rdi bu yoqdagi sherigiga. Ko'rdi, o'sha ishni qilaveradi. Mana shu befarosatli deyiladi.

Bo'lmasam juda chuqur farosating bo'lmasa ham ko'zing ko'rib aqling yetib turibdi. Domlaver aytgan, ribonga pul olgan, bergan, manaqa manaqa bo'ladi, oxiri manaqa bo'ladida. Ko'rib turib qilyapti da shu ishni. Jinni-mi deysiz? Yo'q, jinni emas, kalkulyatorga urishni biladi. Nalog to'laydi, tamojniy rastamoshka qiladi, qancha foyda qo'yishni biladi, hisob hamma yog'i zo'r, lekin nimaga qilaveradi? Mana shu farosat yo'q.

Ana shu bugungi yilgi ramazon darslarimizni o'tganmiz. Tazkiyatun nafs darslarida Alloh Taolo aytadi, istadibillar. Ya yu halladina a manu intattaqulloha yaji allakum furqonun. Ey iymon keltirganlar, agar Alloh'dan qo'rqsanglar, shart. Agar Alloh'dan qurqsanglar yaji allakum surqonun. Sizlarga furqonni beradi deydi. Nima u furqon?

Furqon nur. Qop qorong'u xonada turibsiz, nima bor, nima yo'q bilmaysiz, stolda ustida. Lop patir svet yongandan keyin hamma yoqda ko'rasiz. Demak, svet yongandan, yorug'lik bo'lgandan keyin hamma narsani ko'rib olishingiz oson bo'ladi. Svet yo'q bo'lsa hech narsani ko'rmaysiz. Furqon demak nur ekan. Odamlar ko'rmayotgan ishlarni Alloh Taolo sizga Furqonni bersa, ko'zingizni ochib qo'yadi. Boshqalar ko'rmagan narsani ko'radigan bo'lib qolasiz. Mana shu farosat. Furqon nima? Furqon hikmat. Ishlarni orqasida yashirilgan sirlarni bilishlik.

Kimga berilyapti bu narsalar? Kimga? Iymon keltirgan, taqib oqigan bandaga. Furqon nma? Furqon ilhom. Ilhomki, sizga shu yechimni beradi. Men vergulni men qilmadim de, olib qo'ysangiz formula chiqaradi natijasi. Hech ham keltira olmayapsiz liniyasini. Mendan tag'in bitta urib qo'ysang, shunda to'g'irlanib qolar edi. Ana shu kerak bo'lgan momentda, kerak bo'lkan lahzada, kerak bo'gan so'zni, kerak bo'kan harakatni ilhomini beradi Alloh.

Furqon demak, nur ekan. Furqon hikmat ekan. Furqon basirot ekan. Furqon ilm ekan. Furqonga ma'rifat ekan. Men o'zimdan qo'shib qo'yaymi bitta? Furqon elak. Siz taqvo qilsangiz, Alloh sizga karomatni bersa, Alloh sizga farosatni bersa, qo'lingizda elak bo'ladi.

Nima degani bu? Odamlar g'am qilib, paqirga solib, ko'tarib, og'ri yurgan narsalarni elagingiz bo'ladi. Shunday solasizmi, nimadir qilsangiz keragi qoladi, kerakmasi tushib ketaveradi. Alloh Taolo aytyapti, agar Allohda taqvo qilsanglar, sizlarga furqonni beradi. Nima kerak, nima kerak emas, farqlaysan. Nima oq, nima qora, farqlayssan. Nima to'g'ri, nima noto'g'ri, farqlaystan. Kim oldi, kim rost gapiryapti, farqlaysasan. Agar taqvo qilseng.

Lekin ozgina farosatni Alloh Taolo bergan bo'lsa, taqvo qilgan bo'lsang, ajratasan. Eng kamida natijasiga qarab ajratasan bo'layotgan ishlarni. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam mo'minning farosatidan ehtiyot bo'linglar, degan so'zidan nima maqsad? Bundan nimani xulosa olamiz? Mo'minning farrosatidan hushyor bo'linglar, zero mo'min Allohni nuri bilan qaraydi deyapti. Bu degani, ma'siyatlarni ko'rinadigan odam, ko'rinmaydigandan ham etyat bo'linglar. Ehtimol, boyagi farosati bor mo'min odam, boshqalar ko'rmayotgan sizni bir kamchiligingizni ko'rishi mumkin. Boshqalar bilmayotgan narsani bilib turishi mumkin.

Bu farosat egalarida bo'ladi, birodar. Sharmanda bo'lib qolmanglar deydi. Chunki komil mo'min kishi siz yashirayotgan narsaga allohni nuri bilan qaraydi da, boshqalar his qilmagan narsani his qilib tushunishi mumkin. Chunki muomalar Alloh Taoloning yerdagi guvohlari bo'ladi. Farosat yarim karomat. Mo'jiza, nima bo'ldi mo'jiza? Payg'ambarlar o'zining Payg'ambar ekanligini isbotlashligi uchun Alloh tomonidan berilgan g'ayrioddiy ishlar. Karomat, Alloh Taolo o'zining do'stlarga beradigan g'ayrioddey ishlar. Endi farosat shu karomatning yarmi bo'ladi.

Farosat degani lug'atda fahmlash, o'tkir zehn, aql kabi ma'nolarni bildiradi. Mana Tufatul A'oliy kitobida farosatni uchga bo'ladi. Men hozir shu farosatni nima ekanligiga Sahobalarni hayotilar misollarida aytib beraman, oson tushunamiz. Farosatning turlari. Iymoniy farosat, riyoziy farosat va xolqiy farosat. Iymoniy farosat nima?

Banda qalbiga solgan Alloh Taoloning nuri bo'lib, qalbni chulg'ab oladigan, idrokdan bo'ladigan narsa. Kishi mana shu farosatga ega bo'lishligi uchun kuchli iymon egasi bo'lishligi kerak. Ya'ni iymoningizni quvvati qancha bo'lsa, farosat ham shuncha o'tkir bo'ladi. Iymoniy farosat nima? Iymoniy farosatni kelishiga sabab Alloh Taoloning shu bandani qalbiga yuborgan nuridir.

Alloh Taolo qalbingizga bir nurni yuborsa, shu farosatga sabab bo'ladi. Ana shu nur bilan banda haq bilan botin ajratib oladi, yolg'onchi bilan rozgovnashjatov oladi. Bu farosat iymonni quvvatiga qarab bo'ladi, ummatning eng farosatli kishisi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bo'lgan. Chunki Payg'ambarlardan keyingi eng yaxshi odam Abu Bakr Siddiq deyildimi, binobarin karomat ham eng ulug'i mana shu kishida bo'ladi. Bu iymoniy farosat. Endi riyoziy farosat nima desa, inson o'zini jonini mashaqqatga, mehnatga, riyoziyotga qo'yib turib, hosil bo'ladigan farosat bo'ladi. Mana shu ishlarni qilishlik natijasida kishida farosat, atrofdagi narsalarga bir boshqacha ko'zi bilan qarash paydo bo'ladi. Endi, bunaqa farosat turi albatta mo'minga emas, kofirga ham berilaveradi.

O'zini nafsini ustida ishlashlik, nafsini mashaqqatga solishlik orqasidan keladigan farosat bu riyoziy farosat deyiladi. Bu mo'minga ham berilishi mumkin, mo'min bo'lmagan odamga berilishi mumkin. Endi biz aytayotgan iymoniy farosat faqatgina mo'minlarda bo'ladi. Uchinchisi, xalqiy farosat. Alloh taoloning hikmati taqozo qilgan bog'liqliklardan xulosa chiqarib olishni istaydi odam. Mazkur bog'liqliklarni to'g'ri ilg'a olgan kishilarda hosili bo'ladi.

Karomatni g'ayrioddiy ishlarga nisbatan qo'llanishi majoziydir. Zero Alloh taolo ana shunday g'ayrioddiy ishlarni taqvodor mo'min uchun izzat ikrom sifatida zohir qiladi. A. Shu ta'riflardan ko'rinib turibdiki, valiylar Alloh taoloning do'stlari bo'ladi. Ular tarafidan sodir bo'ladigan g'ayrioddey ishlar Alloh Taoloning ularga bergan ikromi bo'ladi. Valiylar Allohni do'stlari, ularda hayotda bo'layotgan g'ayrioddo ishlar Allohni bergan in'omi bo'ladi. Masalan Imom Shofiy bir marta eshitgan narsasini, bir marta ko'rgan, bir marta o'qigan narsani esdan chiqarmagan.

Karomat u. To'la mazza qilib sohiblarni qaraydigan bo'lsangiz, albatta ularda hayotlarida karomatlar bo'lgan. Ular mana shu mukofotlarga shariat hukmlarini yaxshi biladigan va ularga qat'iy amal qiladigan olim bo'lganlari sababli erishgan. Tushunyapsizlarmi? Karomatga ega bo'lish uchun shariatni bilish kerak. Ilmiga amal qilish kerak, taqvo bo'lishi kerak. Shu odamga o'ziga yarasha karomat beriladi.

Agar inson karomatga intilsa yu, ilm ma'rifatdan bexabar bo'lsa, ilmga beparvo bo'ladigan bo'lsa, bu odam adashib ketishligi ko'proq bo'ladi. Endi shariat ko'rsatmasiga teskari yurib, inson riyozat qiladigan bo'lsa umuman, u odam karomat emas, umuman to'g'ri yo'llanib adashib ketishlikka bor narsa. Sofolov bobomiz aytadi, shariat hukmidan tashqari yozat emas toat. Qabohatdir, qabohat. Siz riyozat qilyapman, men jonimni qiynayapman, shu karomat kelishligini tushunib turib, shariatni doirasidan chiqib ketadigan bo'lsangiz, bu ishingiz qabohat bo'ladi.

Mana endi bu o'rinda Alloh Taoloning dushmanlari bo'lgan Fir'avn, Iblis, Dajjolga o'xshaganlarga ham berilgan narsa. Bu ham karomat deyiladimi, yo'qmi? Shuni ko'rib chiqishimiz kerak. Alloh Taoloning dushmanlari bo'lgan, mana shulardan sodir bo'layotgan bu g'oyri oddiy ishlar ehtiyojniy qondoshlik deyiladi. Imom A'zam nima deydi? Masalan, Dajjol yer yuzida aylanib yurib, insonlarni fitnaga uchratadi. Bir joyga borib buyuradi, hayvonlarni semiradi. Buyuradi, daraxtlar meva chevaralar pishib yetiladi. Bir joyga borib buyuradi, buni teskarisi bo'ladi. Bitta odamni o'ldirib tiriltiradi. Bu ham karomatmi? Yoki iblis, bir lahzada mag'lubdan mana shiliqqa borib vasvasa qilib kelishi, insonda qon tomirlarda yurishi, g'ayrioddiy ishlar bular. Bular ham karomatmi?

Imom a'zam aytadi rahmatullohu alayhi fiqh u akbarada. Ammo Alloh Taoloning dushmanlari tomonidan bo'ladigan, masalan iblis, fir'avn va dajjal kabilardan sodir bo'lganligi va bundan keyin bo'lishi, xabarlarda rivoyat qilingan narsalarni mo'jiza ham, karomat ham demaymiz. Lekin o'sha narsalarni ular uchun ehtiyojni qondirish deymiz. Chunki Alloh Taolo dushmanlarning ham hojatlarini istilroj va jazolash ma'nosida ro'yobga chiqaradi. Alloh Taoloning dushmanlari tarafidan sodir bo'lgan g'ayrioddiy ishlarni, masalan, iblisni bir lahzada mashg'ul ma'qul bo'lib kelishini, vasvasa solishini istidroj deymiz. Ya'ni, istidroj degani ko'tarib chopish degani. Shu gunoh ma'siyatni qilganda ham Alloh Taolo unga shu imkoniyatlarni berib qo'ydimi, bu shu ishidan ham chuqurroq ketsin, do'zaxga chuqurrog'iga tushsin bo'lishligi uchun. Shuning uchun birodarlar, so'folar bobomiz aytadi, shariat hukmin etmay istiqomat, taajjub ishlar bo'lmas karomat. Bu mo'jiza ham deyilmaydi, karomat ham deyilmaydi.

Alloh Taolo aytadi, valladina kazza bu bi aya'tina sa nastadri juhim min hayth u la aya alamun. Oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan jihatdan darajali qilib turamiz. Gunoh mas'uliyatni qilsa ham Alloh Taolo rizqini beraverayapti. Haromdan chiqmasa ham ishlab yurishaverayapti. Shu bilan oldinib, shu gunohda davom etaveradi, etaveradi. Alloh Taolo aytgan kuni kelganda bularni ko'tarib yerga chopadi.

Payg'ambarimiz aytadilar, qachon Alloh bir bandaga ma'siyatlariga qaramasdan dunyoda yaxshi ko'rganini ato qilayotganini ko'rsang, albatta o'sha istidrojdir. Hozir aytgan gapimizni dalili. Allohni tanimaydi, haromiyat hammasini qiladi, haloyiqni zulmni qiladi, hamma yo'g'ini qilay desa ham, dunyodan nimani xohlagan bo'lsa, Alloh unga berayotgan bo'lsa, bu istidroj deyiladi. Bundan ehtiyot bo'lishlik kerak.

Falamma nasuma rukki rubixi, fatahna alihim abvav bakunli shay, xattaida farixu bima utu, ahodinahum bag'utatan faidahum mubilisun. Ular eslatilgan narsani unutganlarida, ularga har narsaning eshiklarini ochib qo'ydi. Toki ularga berilgan narsalar bilan shod u xurram bo'lib turganlarida, ularni birdan zabit etdi. Bas endi ular noumid bo'ldilar. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, valiylarning karomatlari, ya'ni Alloh Taolo o'zining do'stlariga ko'rsatgan izzat ikromi haq bo'lgani kabi, dushmanlarga qilgan istiroji ham haqdir.

Karomatga misollar. Kasturasidagi, mana yigitlarni qissasi, uch yuz to'qqiz yil g'orni uxlashdagi, bu mo'jiza deyilmaydi, bu karomat deyiladi. Chunki mo'jiza Payg'ambarlarga beriladi. Umarun xattob roziyallohu anhu. Ana shu xutbaga chiqib, xutba qilib turganlarida, Forsda jang olib borayotgan musulmon qo'shini. Shu yerda shunday turadida, ya sariyat al jabal, ya sariyati al jabal deydi. O'zidan o'zi. Ya'ni qo'shin toqqa chekininglar degani.

Shu ovozni Amir eshitadi. Qo'shin orqaga chekinadida, orqa tomondan kelayotgan dushman qo'shinini tuzog'idan omonda qoladi. Kelib Umar ul Xattobni ovozini eshitganini aytib beradi. Usmon roziyallohu anhu bir majlisda o'tirganida, bitta odam keldi, ikkita odam, xullas, besh o'nta odam kirgandan keyin aytdiki, hozir oralaringlarga bir kishi kelib o'tirdi, ko'zida zino asorati bor dedi. Ey Abu Abdulloh, Payg'ambardan keyin vahiy kelyaptimi degan edi. Yo'q, bu mo'minning farosati dedi.

Nimaga qarab turib, shu bola yoqmayapti, bolam deydi, shu bilan ishlamagin da deydi otangiz. U farosat egasida. Haqiqatan to'g'ri bo'lgan ekan, rasvo edi ekan deydi. Ko'nglim chopayapti, bolam, qo'y, shuni qilmagin da deydi. Bo'ladimi shu narsa? Bu iymoningiz, amalingiz, taqvoingizga qarab bo'ladi bu farosat. Ali roziyalloh anhu majlisda o'tirar ekan, bir odam juda maqtab ketdi. Undoqsiz, bundoqsiz qarab turib. Tili bilan qalbidagi bir xilmasligini bildi da Ali ibn Abitur. Valiyda bu kishi.

Ey, sen dedi. Men sen aytgandan ko'ra pastroqdaman, lekin sen o'ylagandan balandroqdaman dedi. Tushunarlimi? Bu Allohni valiylari bular. Ul Baram Xattob roziyallohu anhu davrida, xalifalik davrida, Abu Muso roziyalloh anhu sohibimni aqroni qo'shinga boshliq qilib jo'natadi. Fors bilan bo'layotgan jang. Yengishni qasrga kirishadi, g'anim olgani. Kirganida devorga kiyikni surati tortilgan. Qarab tursa kiyik oyog'i bilan bir joyga ishora qilib turibdi suratda.

Boyagi amir qarab turib, bu bekarga ko'rsatmayapti, o'sha yerda kavlagilar a deydi. Kavlaganda katta xazina topishadi. Alloh Taolo qalbga solgan ilhom. Imom Shofiyning qissasi. U kishi mana besh yil mobaynida yamanga borib mana shu farosat ilmini o'rgangan, o'zi taqvodor bo'lgan, ilm amalda bo'lgan u kishi, riyozatda bo'lgan.

Farosat ilminini o'rganib, odamni yuzidan o'qiydigan bir narsa endi, yuziga alomatga qarab turib, sherigi bilan qaytib kelayotganida, sahroda bir kapaga duch keladi. Farosat ilmini o'rgandi, riyozatni qilgan, taqvoni qilgan farosat egasi. Chodirdan shunday chiqib kelganda haligi o'rgangan ilmini shunday ishga solib qarasa, juda ham baxil, qurumsoq, bir razil odam ekan deb baho beradi haligi farosatini ishga solib. Taassuf odam unaqa bo'lmaydi da.

Tanimagan ikkita musofirni uyga olib kelib, qo'y so'yib, mehmon qilib, bir kun olib qoladi. Imom Ushofiy besh yil o'qigan ilm foyda qilmab shekilli deb o'kinadi. Kitob yozgan, o'qigan, o'rgangan. Ertasi kuni ketay desa, yana olib qolgani bitta qo'y so'yib, yana ziyofat qilib, ziyofat qib beradi. Imom Ushofiy tamom bo'ldi. Men bu farosat ilmi menga yoqmab shekilli, deb uchinchi kun ketayotganda, lekin ketmasak bo'lmaydi deb kuzatib chiqadi. Xullas, ketayotganda haligi mezbon aytadiki, meni tanimadinglar? Yo'q, tanimas edik. Otamni tanimidinglar? Tanimas edik. To'langlar ziyofatni deydi.

Shunda Imom Shofiy xursand bo'lib to'laydi, chunki birinchi ko'rganda nima degan edi? Baxil, qurumsog' bir vazilarim ekan deganmidi? Ya'ni Alloh Taolo bergan mana shu taqvosi, iymoni, amali, riyozati u kishilarni mana shunday bir farosat ilmiy ega bo'lish ega bo'lishiga sabab bo'lgan. Abu Dardor roziyallohanhu aytadi, ittaqu firosat al ulama. Fa innahum yonzuruni bi nurillah. Innahum shayun. Yuqdi fuhulloh fihul behin va ala al sinatihin.

Abu Dardor rojiyallohni aytadiki, ulamolarning farosatidan taqvo qilinglar. Albatta ular Allohning nuri bilan qaraydilar. Albatta u farosat. Alloh ularning qalblari va tillariga tashlaydigan bir narsadir. Shuning uchun domla bitta savol bor edi, bitta oshnam so'rayapti deb boshlaganingizda domla bilib turibdi o'zingizni savolingizligini.

Tushundingizmi? U o'sha o'sha maqom martabaga yetdimi? Demak kim Alloh Taolo bir narsa berdi da unga, qalbiga, tiliga. Shuning uchunga unaqa eslaylik qilib bo'lmaydi. Eslaylik qilib bormaydi. Mo'min odam Allohdan taqvo qilishligi kerak, riyozatda bo'lishi kerak, luqmasini halol qilishligi keling, shunda inshaalloh nima bo'ladi? Unga mana shu farosat ilmidan taqvosi yarasha beriladi.

Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohu va malaka taqvishsalun ala nabiy, ya yuha la dini aminu sollallohu alayhi vasallamu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi rahmat huw onista'i huw onista'firuh va na'udubillahi min ash surur ya'nfusina. Omin sayyati amalina man yahdihillahi falamu billaluh, g'oman yurdullahi falaha deyala.

Mana shuhratulloh ilohi illallohu vahdahlohu sharikala. Mana shuhadu anna Muhammadan abduhu rasuluh. Ammabahd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va murakatu. Siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin Ali ibn Usmon Ali o'shining Badul Amoli asarini o'ttiz to'rtinchi baytiga keldik, shunda davom etkazamiz. Valiylar haqida dars boshlagan edik. O'ttiz to'. Dars. Valiylar Payg'ambarlarning ummatlaridir. Valiy bu Allohning do'sti, Allohga yaqin bo'lgan inson. Payg'ambarlardan keyingi toifa. Valiy ko'pligi avliyo bo'ladi. Avliyo inson har qanchalik Allohga yaqin bo'lmasin, Payg'ambarlardan keyingi o'rinda turadi. Demak, valiylar, avliyolar Payg'ambarlarning ummatlaridir. Bobomiz Sirojiddinov shu aytadi: valam yafdul valiyyun qotdu dahron nabiyyan av rasulun fintihaliy.

Qilingan da'volarda biror vali hech bir zamonda nabiydan yo rasuldan aslo afzal bo'lmagan. Nazmiy bayoni. Valiy biror daroda hech bir zamon nabiy yo rasulidan afzal bo'lmagan. Yana qaytarib aytamiz, valiy, avliyo, eng katta avliyo bo'lsin, baribir nabiydan, rasuldan, payg'andardan ustun bo'lmaydi.

Abu Dardor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ko'rib qoldilar, Abu Bakr Siddiqning oldida yurganimni. Abu Dardor roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiqning oldiga tushib yuribdi. Shunda Payg'ambarimiz bundan norozi bo'ldi deb aytdilarki, ta'mshi bayna yaday rojulin ma tolati shamsu ala xoyri minhu. Ya'ni Abu Dardorga qarab turib, e Abu Dardor dunyoda ham oxiratda ham o'zingizdan afzal bo'lgan kishini oldida yurasizmi? Nabiylar va rasullardan keyin Abu Bakrdan afzalroq biron kishining tepasiga quyosh chiqmagan ham, botmagan ham dedilar. Mana shu hadisdan ma'lum bo'ladiki, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Payg'ambarlardan keyingi eng afzal odam ekanligi. Birinchi xulosamiz shu. Ikkinchi xulosamiz Abu Dardor roziyallohu anhu ham juda ham ibodatgo'y, qiyomulla oilada qoyim bo'lgan, bir dunyodan taqvo qilgan, juda ham bir ruhoniyati baland bo'lgan sahoba.

Mana shunday holatdagi sahoba Abu Bakr Siddiqning oldida yurganligini ko'rib, Payg'ambarimiz norozi bo'lyaptilar. Ya'ni odob bo'lsin deganida bu. Tushunarlimi? Sizdan yosh katta, hurmat qilishingiz kerak, mana shu hadisga asoslanib, ilmlimizdan hurmat qilishingiz kerak. Orqasini kavlash kerak emas ilmlilarni.

Mana shu tasavvuf degan narsani ko'p gapiryapman, bir darslarni boshlaymiz. Tasavvuf, so'fiy degan gaplarni gapirgani qo'rqamiz deylar. Nimaga desa, men yosh ukalarimiz darrov shir kufr deb yuborishidan qo'rqib. O'shaning uchun ruhiy tarbiya deb gapirsak osonroq qabul qilasizlar. Abu Dordo sahoda. Lekin Abu Bakr Siddiq u kishidan maqomi balandroq bo'lgani uchun oldiga tushib yurma deyapti. Shuning uchun eskilarning gapi bor. Eskilarimiz zo'r bo'lgan.

Kattalarni oldiga tushib turma, katta odam kelayotgan bo'lsa chekkaga chiqib tur. Nimadan qolma? Nimadan? Nazardan qolma degan gap bizni o'rta osiyodagilar bor. Ey Abu Dordo, dunyoda ham, oxiratda ham o'zingdan afzal bo'lgan kishini oldida yurasanmi? Nabiylar va rasullardan keyin. Quyosh Abu Bakrdaqa odamda boshqalarda odam ustiga tushgan emas.

Ya'ni hamma sahobalarning ulug'i, valiylarni sultoni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu, nabiylar va rusulardan keyin turadigan bo'lsa, endi boshqalar bu payg'ambarlardan past darajada ekanligi hammamizga ma'lum. Har qancha umr bo'lmasin, har qancha martabasi baland bo'lmasin valiy nabiy va rasuldan bo'lmaydi, afzal bo'lmaydi. Chunki nabiy va rasullar ma'sum. Ularning xotimasi saqlangan. Alloh azza va jala ularning xotimasini go'zal bo'lishingni aytgan. Payg'ambar va rasullarning xotimsi yaxshi bo'lgan. Lekin valiylarning xotimasiga hech kim kafolat bermaydi. Shuning uchun ham valiylar nabiylardan doim orqada bo'ladi. Qolaversa payg'ambarlar ma'sum va yomon xotinlardan omonda bo'lgan zotlar, valiylar va ularning karomatlari haqida Aqidatu Nasafiya asarida shunday ma'lumotlar keltiriladi. Aqidatu nasafiya ahli sunnaval jamoaning moturidiya aqida maktabining mo'tabar kitoblaridan yana bittasi.

Demak, Aqidatu Nasafiya da shunday deyiladi valiylar karomati haqdir. Uzoq masofani qisqa muddatda bosib o'tish, muhtoj paytda oziq ovqat, ichimlik va kiyimlarning paydo bo'lishi, suv ustida yurish, havoda uchish, jonsiz va tilsiz narsalarning gapirishi va bulardan boshqa narsalarni Alloh Taolo valiga g'ayrioddiy yo'lga ko'ra paydo qiladi. Immatlaridan biriga karomat sifatida paydo bo'lgan ushbu narsalar Payg'ambarga mo'jiza bo'ladi. Chunki o'sha karomat sababli uning valiy ekani zohir bo'ladi. Valiy faqat va faqat o'z diyonatida haqiqiy bo'lishi bilan valiy bo'la oladi. Uning diyonati esa payg'ambarining payg'ambar ekaniga iqror bo'lishidir.

Aqidati nasafiyaning, mana matni tugadi. Karomat nima? Aqlga sig'maydigan, tabiat qonunlariga tushmaydigan, g'ayrioddiy ishlar, agar payg'ambarlarga berilsa, mo'jiza deyiladi. Masalan, solih alayhissalom mashina yorib turib, tuyani chiqarishligi, muso alayhissalomning asosiy ilonga aylanishligi, bular payg'ambarilarga bo'lsa, bu mo'jiza deiladi. Agar payg'ambor bo'lmagan mo'min olay odamlarga berilsa bu karomat deyiladi. Karomat g'ayrioddiy ishlar.

Mana aytildi, kerak bo'lganda oziq ovqatni paydo bo'lishligi, ichimlikni kiyimda paydo bo'lishlik, birovni suvni ustida ketayotganligi, jonsiz narsani unga gapirishligi, bu karomat deyiladi va karomat qachon haq bo'ladi? Shu karomat egasi payg'ambarga iymon keltirgan bo'lsa va diniyada sobit turgan bo'lsagina karomat deyilad. Shuning uchun birovdan suvni ustida yurib ketayotgan bo'lsa, suvni ustida qadam bilan yurib ketayotgan bo'lsa, yu taqvoddan, iymondan uzoq bo'ladigan bo'lsa, bu shayton deyiladi. Tushunarlimi? Karomat bor narsa, birodarlar. Shirk, kufr, shirk, kufur degani shoshilmanglar.

Usmon roziyallohu anhun majlisida o'tiribdilar. Mana ulug' sahobalardan. Beshonta odam kirib o'tirdi majlisga. Birin ketin, birin ketin. Hammasi kirib bo'lganidan keyin, hozir oralaringlarga ko'zida zino asorati bor odam kirib o'tirdi dedi. Ey Abdulloh, Payg'ambardan keyin vahiy kelyaptimi dedi. Yo'q, bu mo'minning farosati dedi. Ya'ni karomati. Boshqalarga bermagan narsani beradi Alloh Taolo. Agar vali bo'ladigan bo'lsa. Ma'qulmi? Karomat bor narsa.

Demak, karomat bor narsa, bu ahli sunnaval jamoaning e'tiqodi. Aquli qovli ha da. Va astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohu va malakati yu salun ala nabiy, ya yuhalladinah, a'monuhu sollu alayhi va salli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Innallohu alayhi la'hamdulillahin ahmaduhu onas ta'inuhu onas tophiruh. Va na'rufullohi min ash'ruriyofusina va min sayyihati amalina.

Men yahdihillah hufala muxillala, va men yu'g'ilil hufala hadiyalala. Mana shuhratullo iloh ilallohu vahidahul la sharikala. Mana shuqrata anna muhammadan abduhu rasuluh, amma va atassalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Aqida darslarimizdan siz bilan bizning hamshahrimiz sirojiddin ali ibn usmon al o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan edik.

Abu bakr siddiq roziyallohu alayhi va alam haqida dars o'qidik. Valiylar haqida gap ketyapti. Valiylar Alloh Taoloning do'stlari. Mo'min, ibodatli, halol, taqvoli inson bo'lar ekan. Taqvosi, amali, iymoni qanchalik kuchli bo'lsa, Alloh Taologa bo'lgan valoyati, do'stligi ham shunga yarasha bo'ladi. Bugun o'ttiz oltinchi baytni o'qiymiz. Tili va qalbiga haq joriy bo'lgan inson. Umariddin Xattob roziyallohu anhu haqida bo'ladi. Valiylarning sultoni abubakr siddiq roziyallohuhu anhu bo'ladi. Undan keyin umariddin xatti roziyallohukhbu bo'ladi. Bundan keyin Usmonovni Affon bo'ladi. Undan keyin Ali ibn Abitolib bo'ladi va boshqa sahobalar.

Sirojiddin roshi o'zining kitobida shunday deydi. Valil foruqi rujahanun vafotlun alal usmana din nurayni aliy. Foruq roziyallohu anhu oliy usmon zinurayn roziyallohun anhudan ortiq va afzal bo'lgan. Nazmiy bayoni foruqning ustunlik ortiqligi bor bo'lsa ham, zinurayn oliy fidokor. Demak, valilar haqida gap ketyapti. Valilarning sultoni Abu Bakr Siddiq, so'nggi Umar ibn Xattob. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu. U kishining nasablari quyidagicha bo'lgan.

Umar ibn al Xattob, ibn Nufayl, ibn Abduluzzo, ibn Riyo, ibn Abdulloh, ibn Qurt, ibn Rizo, ibn Adiy, ibn Ka'b, ibn Luay. Ka'b ibn Luayga borganda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nasabini tutashadi. Kuniyasi Abu Xavfs bo'lgan. Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning islomi Alloh Taoloning musulmonlarga bergan in'omi edi. Umar ibn Xattobning islomi musulmonlarga quvvat edi, musulmonlarga nusrat edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar. Parvardigor, mana bu ikkita odamdan qaysinisi senga mag'bubroq bo'lsa, iymon bergin va islomga quvvat bo'lsin u. Amr ibn Hasham, Umar ibn Xattob. Umariddin xattobning tog'asi bo'lgan abu jahl. Amr ibn Hashamni o'zini ati. Alloh taolo umariddin xattodga iymonni berdi va islomni uni iymoni bilan quvvatli qildi. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga o'ttiz to'qqizta erkak va bitta ayol kishi islomga kirgan edi. So'ngra Umar roziyallohu anhu islomga kirdi va ular qirqta bo'ldilar. Shunda Jabror alayhissalom ushbu oyatni olib tushdi. Astadibilla, ya ayyuhannabiyyu hasbukallohu va man itta baakamin al mu'miniy.

Ey payg'ambar, sizga va sizga ergashgan mo'minlarga Alloh kifoyadir. Umariddin xatto poziyalloh xalqul islomi bilan islom da'vati oshkor bo'ldi. Ungacha da'vat maxfiy ketgan edi. Umariddin xattob islomni qabul qildi va darrov e'lon qildi va rasulullohdan, yo rasululloh nimaga da'vatni olib oshkor qilmaymiz deb tashabbus ko'rsatdi va alloh taolo fazda bema'ti umar oyatini tushirdi. Da'vatni oshkor qiling dedi. Aytib o'tilgandek, umariddin xattubning islomi musulmonlarga va islomga quvvat bo'lgan edi.

Payg'ambarimiz aytadilar, imnalloha ja'al al haqqa alal isani umara va qolbih. Albatta Alloh Umarning tiliga va qalbiga haqni o'rnatib qo'ydi. Sahobalar aytishar edi. Go'yo Umarni peshonasidan bitta farishta ushlab, ushlab, u yoqqa yur, bu yoqqa yurdik, turganday bo'lar edi. Nima ish qilmasin, to'g'ri bo'lib qolar edi. Nima gapni gapirmasin, to'g'ri bo'lib qolar edi.

Abul Umar Zakovondan rivoyat qilinadi, Oyshaga Umarni kim forig' deb nomlagan dedim. U Nabiy sollallohu alayhi vasallam nomlaganlar dedi. Umar ham xatto roziyallohu anhun haqiqatdan islomga quvvat bo'lgan kishi edi. Endi o'ylab ko'ring da. Yigirma yetti ga kirgan yigit Qurish qabilasining tashqi ishlar vazirlik maqomida turgan.

Bizda yigirma yetti da kirgan yigitga mahallaga dam ko'n bo'lasanmi desang, aqli ham yetmaydi, yuragini quvvati ham yetmaydi, duxi ham yetmaydi. To'g'rimi? Yigirma yettiga kirgan yigit. A bu kishi adib bo'lgan, labib bo'lgan shoir bo'lgan, pavlon bo'lgan. Yuragi ham bo'lgan, til ham bo'lgan bilagi ham bo'lga. Tikib erkak bo'lgan. Da kirganda ministrlik nastolarni aniq del o'ylang.

Dorin nadavada qorashning yig'inida adiy urug'ini vakili bo'lib turgan, yigirma yetti ga kirgan bolaya. Umarun qattob roziyallohu anhu juda ko'p xayriyatli ishlarga asos solgan. Birinchi bo'lib, mana shu hijdiy yilni joriy qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijrat qilgan yildan boshlab, yil boshlagan. Ana shu boshlangan yilga hozir bir ming to'rt yuz qirq uchinchi yil tugayapti. Bir ming to'rt yuz qirq to'rtinchi yilni arafasidamiz. Birinchi bo'lib Qur'oni Karimni kitob shakliga keltirishlik tashabbusini ko'rsatgan. Abu Bakr Siddiq davrida. Birinchi bo'tib, taroveh namozini jamoat bo'lib o'qilishini yo'lga qo'ygan.

Birinchi bo'dib, Kufa, Basra, Shom, Misr va Musul o'lkalarini barpo etishiga asos solgan. Birinchi bo'lib shaharlarda odamlarni ishlarini ajrim qilishlik uchun qozilarni tayyorlagan. Birinchi bo'lib devonni joriy qilgan. Birinchi bo'dib misrdan kemalarda oziq ovqat mahsulotlarini keltirishni yo'lga qo'ygan. Umariddin xattob roziyalloh haqida birodarlar mana alohida darslar qilganmiz. Topib eshitsanglar, juda ham bir maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki biz kimlarni o'zimizga ibrat deb bilishimizni bilib olaylik. Biz kimlarni kumir ekanligini biz nima qilib olaylik? Tanib olaylik. Umariddin xattob roziyallohu anhuning fazilati.

Badr kunida qurash mushriklaridan yetmish kishi asrga tushdi. Shunda Rasululloh sahobalar bilan maslahat qildilar. Nima qilamiz ularni? Abu Bakir Siddiq roziyalloh anhularni fidosini, fidyasini olib qo'yib yuboraylik dedi. Umarim xattob yesa, bittama bitta chopaylik dedi. Bizni qalbimizda mushriklarga nisbatan hech qanaqa shafqat yo'qligini ko'rishim dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam abu bakr siddiqni maslahatini oldilar, lekin ertasi kuni umarim xattob kelsa, rasululloh va abu bakr sidduq yig'lab o'tirishibdi. Nimaga yig'layapsizlar? Deb so'raganida asrlarini fidosini olishlik haqida qilgan qarorimiz, hukmimiz noto'g'ri ekan.

Alloh Taoloning taqdiri azalida bilmasdan qilingan ishga jazo berilmasligi yozilmaganida, siz bilan bizni qilgan mana shu xatoyimiz uchun berilishi mumkin bo'lgan azob anavi daraxtdek menga yaqin ko'rsatildilar, Rasululloh. Alloh taolo umariddin xattobning fikri to'g'ri ekanligini dalillab, quvvatlab, oyatni hosil qildi. Laula kitobun minallohi sabaha la massakun fiy man xalq tun adabun adlim oyati. Agar Allohning taqdirida xatoni kechirishi to'g'risidagi bitigi bo'lmaganida, albatta sizlarga olgan tovonlaringiz uchun ulkan azob yetgan bo'lar edi. Mana bitta gapini Qur'oni isbotlab keldi to'g'ri ekanligini. Rasulullohning ayollarini hijobga kirishlikka, yopiq jiqqa kirishligini buyurganida, Rasulullohning hayollaridan, omma xotin, mo'mininglardan, Zaynab roziyallohu anha, ey Xattobdi o'g'li, bizni uyimizga vahiy tushib turgan bo'lsa yu, sen bizga buyruq qilasanmi? Deb norozi bo'ldi. Shunda oyat tushdi. Astabi'lloh. Vo idasa altumuhunna vatan, fas aluhunna minvaroy hijab. Qachonki sizlar ulardan, ya'ni Payg'ambarning ayollaridan biror narsa so'rasangiz, parda hijob ortidan so'rasin.

Mana umuman bu xatobni gapi yana bitta Qur'onni tasdiqlashligi tushdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilgan edilar Umarim Xatob haqida. Ey Allohim, Islomni Umar bilan quvvatlagin. U kishini fazilatlaridan juda ko'p fazilati. Ba'zilarini aytyapmiz. Rasululloh vafot etganlarida abubakr siddiqqa birinchi bo'lib bay'at bergan kishi edi. Va mana shu ishi bilan katta fitnani oldini oldi.

Umarim Xatobi roziyallohu anhuning xalifa bo'lishligi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ko'rsatmasi tavsiyasi bilan bo'ldi. Tarixda umar odil degan nom qoldirgan bu zot olti yuz qirq to'rtinchi hijriy yilda majusiy abu lu ulaning suiqasdi tufayli qattiq yaralanadi va ana shu jarohati bilan shahid bo'ladi. Yoshi oltmish uchta bo'lgan vasiyatiga binoan u kishini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq dafn qilingan Oyshonamiz hujrasiga dafn qilinadi. Demak, o'ttiz oltinchi baytimiz nihoyasiga yetdi. Valil foruqi rujahonun va fadlun alal usmana din nurayni aliy. Foruq roziyallohu anhu oliy usmon zin nurayndan ortiq va afzal bo'lgan. Foruqning ustunlik, ortiqligi bor bo'lsa ham, zinnaurayn oliy fidokor.

Aquli qovli hada, va astag'firullohu alayhi valakum, innallohu va malakati hushsalun ala nabiy, ya yu halladina amanu sollallohu alayhi vasalli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)