Maviza
—Qoralama7 daq

Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
7:13
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anastayinuhu anastag'firuh. Va na'udh billahi min shu'rur yanf husina va min sayyi'ati amalina. May yahdihillahi falah mu'dillala. Omon yu'dulilgu falah hadiyalar. Va nashxadu alla iloh ilalloh va hidahular sharikala. Va nashxadi anna muhammadan abduhu va rasuluh, ommabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Saodat bilan boylik bitta narsa emas. Lekin taassuf hozirgi odamlarni kallasida inson boymi, demak baxtli. Ya'ni baxtli bo'lishi uchun albatta boy bo'lishi kerak degan noto'g'ri fikr kirib qolgan. Saodat bilon boylik bitta narsamas. Insonni qalbi muhabbatni xohlaydi, oilani xohlaydi, tinchlikni xohlaydi. Xotirjamlikni xohlaydi va Allohga yaqin bo'lishni xohlaydi da.

Bir inson bor, uyi oddiy, hashamatli emas, lekin uyi sig'diradi uni. Doim uyiga qaytib kirgisi keladi. Uyida o'tirishni xohlaydi? Chunki mana shu oddiygina uyda oila bilan mehr bor. Birodan qarzi yo'q. Tinch uxlaydi, ertalab eshikni ochib bemalol ko'chaga chiqib keta oladi, halol ishlaydi. Kim aytdi bu odamni kambag'al deb? Endi boshqa bitta odam bor. Uni hisobida puli katta bo'lishi mumkin. Lekin mana shu biz aytayotgan hashamatli hovlisida biz aytayotkan boyagi kambag'al odamni uyidagi xotirjamligi yo'q. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqiqiy boylikni qanday bo'lishini aytganlar. Aytganlarki, lay sal g'ina an katratel arot, va laykinnal g'ina g'inani nafs. Boylik haqiqiy boylik. Mol u dunyoni ko'pligi bilanmas, haqiqiy boyilik nafsning to'qligidadir. Imom Buxoriydir. Demak, hisob raqamida juda katta puli bor bo'lgan boy odamni qalbi och bo'ladigan bo'lsa, qalbi och bo'lsa, hisobida shuncha puli bo'lsa ham bu kambag'al bo'laveradi. Endi qo'lida dunyosi kamroq, puli yo'qroq odam, agar qalbi xotirjam to'q bo'lsa, bu odam boy hisoblanaveradi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar men asbaho ming kun aminan fi sir bihi, muaffa fi jasadihi va indahon quv tayyomihi ka annamah i zadlahut dunya. Mana Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning haqiqiy boy odamga bergan ta'riflari. Rasululloh aytadilar, sizlardan qaysi biringiz tong ottirganida, o'zini ahli oilasida xotirjam bo'lsa, badani sog'lom bo'lsa, bir kunlik taomi bo'lsa, go'yo unga butun dunyo jamlab berilgandekdir.

Boshida tomi bor, tani sog', bir kunlik ovqati bor, tinch. Mana shu odam eng baxtli, eng saodatli odam deb Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar. Yoshlar. Mashina olsam, keyin hayotim zo'r bo'lib ketadi. Ishni yurgizib olsam, hayotim zo'ri bo'ladi. Odam umr bo'yi keng yashayman deb yurishi mumkin, yo'q. Hayot bugun. Ota onang bilan o'tirib choy ichayapsanmi? Mana shu ham hayot. Ular bilan suhbatlashib o'tiribsanmi? Bu ham hayot. Birinchi olgan oyliging ko'pmi, ozmi, bu ham hayot. Ilm o'rganishlik, yordam yuribsan talabalik yillaring, bu ham bir hayot. Ya'ni ertaga yashayman, ishim yurishib ketgandan keyin hayotim bo'ladi deb turib, bugungi kunda boy bermaslik kerak. Inson bugungi kuniga rozi bo'lishligi kerak.

Birodarlar, Islom boy bo'lishdan qaytarmaydi. Aksincha, boy bo'ldi, buyuradi. Pul top deydi, lekin bu qo'lingda tursin deydi. O'zingga savol ber. Men o'zi boylikni nimaga istayapman? Falon yoshgacha falon narsalarni qo'lga kiritishim degan shart, qayerdan kelib qoldi bosim? Bir odamni o'ttiz sekundlik videosini ko'rib turib, o'zingni hayotingga hukm chiqargani shoshilma.

Alloh Taolo senga bermagan narsalarni sanab yuribsanmi hayotingda? Ha, berib qo'ygan narsalarga qaragin da. Seni qo'lingda yo'q bo'lgan narsalardan ko'ra, sen yo'q deyotgan narsalardan qo'ra, Alloh Taolo senga berib qo'ygan narsalar ko'proq. Insof qilmaymizmi? Mana shu qo'limizdagi telefon, ijtimoiy tarmoqlar bizni qalbimizdagi shukurni ziyoda qilyaptimi kunimizdan yoki norozilikdimi?

Qaytarib aytaman. Siz ko'rayotgan videoroliklar sizni kuningizdan rozi bo'lishligingizni kuchaytiryaptimi yoki norozi bo'lishingiznimi? Atrofingizni o'rab turgan ulfatlar, jo'ralar, o'sha do'stlarning suhbati, ularning majlisi kuningdan norozi bo'lishiga sabab bo'lyaptimi? Bulardan sekin uzoqroq bo'laver. Bu suhbatdan keyin qilish kerak bo'lgan beshta ish. Birinchidan, seni kuningdan norochi bo'lishingga sabab bo'ladigan har qanday video rolikda, kontentda kamaytir yoki tark qil. Ikkinchidan, kechqurun uxlagan yotayotganingda ustingda turgan Alloh Taoloning ne'matlardan uchtasini sanab qo'y. Uchinchidan, o'zingni boshqalar bilan taqqoslama. O'zingni kechagi o'zing bilan taqqosa. Ya'ni yaxshi tomonga o'stinmi? To'rtinchidan, xayolingda o'zingga belgilab olgan muddatingni bekor qil. Bir yilda mashina olaman, ikki yilda uy quraman, to'rt yilda boy bo'laman. Maqsad qolsin, lekin sroklarni olib tasha. Beshinchidan, o'zingga ayt. Men kech qolgan emasman. Men o'zimni yo'limdaman. Bugungi vazifani bajaryapman. Men tomir otyapman, ildizimni kuchaytiryapman.

Harakat qilaylik, o'qiylik, o'rganaylik, tijorat qilaylik, pul topaylik, kuchli bo'laylik, lekin boylikka kech qolishdan qo'rqib, Allohda kech qolmaylik. E ukalar, boylikka kech qolishdan qo'rqib, Allohda kech qolmanglar. Mashinaga shoshib, namoz yo'qotmanglar. Uy quraman deb, halolni yo'qotmenglar. Pulga shoshilib, or nomusni yo'qotmaylar. Menda qachon bo'lar ekan deb, yelib yugurib, o'zimiz yo'qotmaylik.

Boshqa bir odamning zebi ziynati seni hayotingni qiymatini belgilamaydi. Boshqa odamni vaqti sena vaqting emas. Yashashga shoshilma, lekin Allohnı tanishga, tavbaga, ilmga, halol mehnat va o'zingni tarbiya qilishlikka shoshil. Boshqalarni hayotiga qarab, o'zingni kech qolgan hisoblama. O'z ildizingni mustahkamla, halol mehnats qil va Allohnı bergan bugungi hayotingni qadrla. Aquli qovli hali va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malaykiyatuhu yu sollu an'anabiy. Ya yuhrillatina. Amanu sollu alayhi vasalli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashEy yoshlar shoshilmanglar (2026)