Maviza
—Qoralama23 daq

Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
22:54
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anastayinuhu anastag'firuh. Va na'udh billahi min shu'rur yanfusina va min sayyi'ati amalina. May yahdihillahi falah muqillala. Omon yu'dulilgu falah hadiyalar. Va nashxadu alla iloh ilalloh va hidahular sharikala. Va nashxadi anna muhammadan abduhu va rasuluh, ommabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Ey yoshlar, shoshilmanglar. Boyigani. Shoshilmangilar, mashhur bo'lgani. Shoshilmenglar, mansabga. Shoshilmanglar, shuhratga. Shoshilmanglar. Ey yoshlar? Shoshilmang lar. Qorin qissasi. Qur'oni Karimda Alloh Taolo mana Qasos surasida Qorin haqida siz bilan bizga hikoya qiladi. Astaydubulla, faxoraja ala qommixiy fiy ziynati. Qorin o'zini zamonidagi eng katta boy edi.

Bas, Qorin qavmi oldiga yasan tusan qilib chiqqan edi. Chixti boyligi bilan, hashamati bilan, zebi ziynatlari bilan. Avom xalq ana shu narsaga qarab turib, astaydubulla. Qolilladina yuriy dunal hayata dunya, ya laytalana mithlama u tiya qorun, innahul lazzuh haddina adim deyishdi. Avom xalq, uni hashamatini ko'rib turib boyligini, hayotda dunyoni istaydigan kimsalar, e, qaniydi bizlar uchun ham qorunga ato qilingan moli davlat bo'lsa edi, darhaqiqat u ulug' nasiba egasidir deyishdi. Avom xalqni holati shunaqa, boylikni, boyni boyligini ko'radi, mashinasini ko'radi. Uni orqasidagi narsaga qara olmaydi. Endi xuddi qorinni shu manzarasini ko'rib turgan ilm berilgan kishilar nima deyishdi? Istadibillar, voy lakum. Sababullohi hayrunliman amana va amila soliham va la yo'loqqa ha illa sobirun. Ilm, ma'rifat ato etilgan kishilar esa o'lim bo'lsin sizlarga. Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun allohning beradigan ajr savobi yaxshiroq u. Mana bir xil ko'rinish, ikki xil nazar, ikki xil qarash.

Keyin nima bo'ldi? Alloh taolo qorinni yerga yuttirib yubordi. Qasri bilan, boyligi bilan, hamma yog'i bilan. Shundan keyin onovi avom xalq, e, yaxshi ham qo'limizda yo'q bo'lgani deyishdi. Hikmatini ko'rganidan keyin. Qaniydi menga ham shunaqa narsa bo'lsa deganlar endi boshqa gapni aytishdi. Shuning uchun xulosa, bir insonning hayotidan bitta loyihasini ko'rib turib, uni butun taqdirini orzu qilma. Qaranglarda, bir garillab ko'tarilib turib, hamma havas qilgan odam birdaniga yo'q bo'lib qoldi.

Yo'q bo'ib qolgandan keyin esimizdan chiqib ketdi. Bir paytlar havas qilyotgandik shuni. O'o' qora hamma yo'q bordi qo'lida bunichi. Birdaniga yo'q bo'lib qoldi. Qaytarib aytamiz, bir odamning hayotini bitta lahzasini ko'rib turib, uni butun taqdirini orzu qilma. Senga internet orqali o'zini hayotini ko'z ko'z qilayotganlar. Sen uni mashinasini ko'ryapsan. Qarzini bilmaysan. Uyini hashamatini ko'ryapsen. Uydagi tinchligini bilmaysan, biznesini ko'ryapsan katta, lekin halol haromini bilmaysan. Videosida kulib turganini ko'ryapsen, lekin kechqurun qanday yig'layotganligini bilmaysanda. Shuning uchun birovni qo'lida turgan katta dunyoni hozir seni qo'lingda yo'q bo'lishligi, seni yomon yashayotganligingga dalil emas.

Bu yoshlarga tegishli da. Senda yo'qmi? Sen yomon yashayapsan degani emas bu. Senda hozir yo'q. Senda hozirda yo'q. Sen ko'chatsan. Ekilganingga bir yil bo'ldi. Sendan meva bo'lmaydi. Sen o'zi qurmay turganing uje yutuq. Chunki tomir otyapsan. Yo'q, ko'chatni ekib turlar, keyingi yil meva so'raymizmi? Ey, sizlar ko'chatsizlar, ukalar, manaqa ingichka ko'chatsizlarni. Shoshmanglar. Qaytarib beringmi qoidani?

Birovning qo'lida turgan katta dunyoni hozir seni qo'lingda yo'qligi, seni yomon yashayotganingga dalil emas. Mana o'lchov. Meni davrim endi keladi. Men hali yoshman, men o'shanga qarab ketyapman. Mazza. Qorinni qavmi uning hashamatini ko'rish uchun uydan chiqishi kerak edi. Lekin bizni zamonimizda ko'chaga chiqishimiz shartmas, birovni hashamatini ko'rish uchun. Uyimizda o'tirib telefon bilan hammani hashamatini ko'taribmiz. Biz o'sha o'zini hayotini ko'z ko'z qilayotgan ijtimoiy tarmoqlarda, odamlarni nazarda tutyapmiz. Bu degani ularni biz qorin demoqchi emasmiz, gap ular haqida emas, gap biz haqimizda. Ana shularni soxta baxti, soxta boyligini ko'rib turib, qalbimiz shunga bog'lanib qolayotganligidan.

Boy degani albatta yomon odam emas, u yaxshi odam bo'lishi ham mumkin. U halol pul topgan bo'lishi mumkin. Muammo uni boyligida emas, muammo siz bilan meni qalbim uni boyligini qanday qabul qilayotganida. Kunimizdan norozi bo'layotganimizda. Aql aytadi. Aql u harakat qilib erishgan ekan, men ham harakat qilaman deydi. Xirs aytadi, unda hozir bor ekanmi, menda ham bo'lishi shart deydi. Kim senga yigirma besh yoshingda boy bo'lishing shart degan? Nima ekan? Yigirma ga kirganda pul top. Yigirma ga kirlganda birinchi mashinangni ol. Yigirma besga kirganda uy sol. O'ttiz ga kirganda katta bir boy bo'l. Bu jadvalni kim tuzdi? Bunaqa shoshqaloqlik qayerdan keldi bizga? Musulmon o'zini hayotini shariatni ko'rsatmalari bilan o'tkazish kerak emasmidi? Uni o'lchov tushunchasi dini emasmidi? Qaysi oyatda yigirma besh ga kirguncha mashina olmagan bo'lsang kech qolding deyapti? Yoki qaysi hadisda o'ttiz ga kirib millioner bo'lmagan bo'lsang, kech qolding, muvaffaqiyatsan deyapti? Noto'g'ri o'lchov bu. Noto'g'ri o'lchov. Bu shoshqaloqlik o'lchovlarini johillar o'ylab topishdi va chiroyli qilib reklama qilish berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar bizni hayotimizga olib kirdi va nafslar ishonib qoldi. Agar ularni mana shu o'lchov tushunchasi bilan yashaydigan bo'lsang, birodar, hech qachon saodat topmaysan. Chunki mabodo bir uch to'rt chaqa topib, bir narsaga erishsang ham, doim sendan ko'ra boyroq, sendan ko'ra muvaffaqiyatliroq odamlar bo'laveradi. Agar ular aytayotgan, dinsizlar aytayotganday tushuncha bilan yashayman degan bo'lsang, sen doim baxtsiz bo'lasan.

Bizga mana shu rizq masalasida, dunyoviy hayot masalasidagi to'g'ri o'lchov tushunchani Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zi berganlar. Dunyo ishlarida, dunyo ishlaridan matoh dunyo boyligida o'zimizdan pastroq bo'lgan odamlarga qarab yashashimiz kerak. Oxiratga tegishli ishlarda bizdan ko'ra balandroq bo'lgan odamlarga qarab yashasak, biz baxtli bo'lamiz. Endi bizda nabarotda teskarisi.

Dunyo ishlarida o'zimizdan baland bo'lganlarga qaraymiz, doim norozimiz hayotimizdan. Oxirat ishlariga qaraganda, zato men ichsam uyimni topib kelyapman u, yumaloq qolmayapman u deb turib, hamma muammo mana shu ikkita narsada. Nimada? O'lchov va tushunchada. O'shalarni shabloniga tushdingizmi? O'shalardaqa fikr qiladigan bo'ldingizmi? Tugadingiz.

Mana to'g'ri o'lchov qanaqa bo'lishligini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizga aytyaptilar. Imom Muslimdan keltirilgan hadisda unduru ilaman asfala ming kun, va la tanduru ilaman hua favququn. Dunyo ishlarida o'zingizdan pastroq holatdagi kishilarga qaranglar. O'zingizdan yuqori bo'lgan kishilarga qaramanglar. Nima uchun? Sohibi ajdaru allat asdaru ni'matullohi alaykum. Mana shunday qilishinglar, Allohni sizlarga bergan ne'matini arzimas sanamasligingizga munosib biroqdir.

Agar dunyo ishida o'zingizdan pastga qarasangiz, qancha ne'mat qo'lingizda borligini ko'rasiz. Agar dunyo ichida o'zingizda balandlarga qarasangiz hayotingizdan norozi bo'laverasiz. Tushunarlimi? Ana shu internetdagi boylarni hayotini ko'rib, noshukur bo'lamiz, ana shu shoshqaloqlikni zararlaridan bittasi mana shu. Umarun Xattob roziyallohu anhu. Bir kuni kelsa Payg'ambar alayhissalomning huzuriga, ana shu yotgan buyralari, Payg'ambarimizni yuzlariga, biqinlariga botib qolganligini izini ko'rdi. Ko'rib yig'iladi.

Payg'ambar biz aytdilarki, amal tordo antakunalahumud dunya vala nal axiru axir ularga bu dunyo biz uchun oxirat bo'lishligiga rozi emasmisan dedi. Agar boylik bir bandani Allohni huzuridagi qadr qiymatini asosiy o'lchovi bo'lganida, bu manzara boshqacha bo'lishi kerakmidi?

Agar Alloh Taolo yaxshi ko'rgan bandasini albatta boy qilib qo'yadi degan tushuncha to'g'ri bo'lganida Payg'ambarimiz bunaqa bir buyra deyotmas edilar. Shuning uchun qo'lidagi dunyo matohini oz ko'pligiga qarab, birovni ustidan hukm chiqarishga shoshilma. Qaytarib aytamiz.

Qo'lidagi kuniyo matohini ozligi yoki ko'pligigaqarab, birovning ustidan hukm chqarishga shoshi. Bu qanaqa odam deb qo'yadi? Nimasini katta olgan? Bu bolasi degan. Ha bu deydi alloh zubolasini katta olgan odamda degan. Shu bilan u azizmi allohni huzurida? Yo'q akalar. Boylik azizlikni belgisi emas, kambag'allik xorlikni belgisi mas. Chunki payg'ambarlarni qarasanglar ichida, o boylari bo'lgan, podshohlari bo'lagan, ularning orasida kambag'allari ham bo'lgan. Kofirlarni qarasangiz, ularni ichidan boyi bor, kambag'ali bor. Demak, boylik va kambag'allik bir bandani Allohga aziz yoki xor ekanligini ko'rsatadigan belgi emas.

Birodalar, bu degani boy bo'lma, boy bo'lishiga harakat qilma degani emas. Islom boylikdan to'smaydi. Islom qalbni mana shu dunyoga qul bo'lishdan to'sadi. Mana tasavvufning peshvolaridan Ibn Ato Alloh Sakandariy. U kishi Attanaviy fi Ishotib Tadbir kitobida narsalar natijasiga qarab maqtalishi yoki qoralanishini aytadi. Aytadiki, seni mavloingdan mashg'ul qilib, oxiratga tayyorgarlikdan to'sgan narsa qoralangan dunyodir.

Ya'ni qo'lingdagi pul, mansab Allohda uzoqlashtirib, oxiratni esdan chiqargizib qo'yyaptimi, demak bu qoralangan dunyo, bu yomon narsa deb aytadi. Muammo birodarlar chiroyli mashinada emas. Muammo shu mashina sizni qalbingizni egallab qo'yganligida. Muammo pulda emas. Muammon pul qalbingizni, nimaga yoki kimga bog'lab qo'yganida. Muammo katta biznesda emas. Muammoshu biznesida turib ibodatdan uzoqlashib ketayotganingizda. Muammo boylikda emas. Muammo boy bo'lishda emas, muammo boy bo'laman deb Allohni unutib qo'yganingizda. Tushunarlimi? Qur'on umuman tirikchilikni tashlagan odamlarni maqtamagan. Aksincha, tijoratni qilganlarni maqtagan.

Astadbirillah, rejalun la tul hiyhim tijoratun va la bayun an zikrilla va iqomiy sola va etay zaka. Alloh Taolo tirikchilik qilmaydiganlarni maqtamaydi. Aytadiki, shunday kishilar borki, ularni na tijorat va na oldi sotdi Allohning zikridan, namozni qoyim qilishdan va zakot berishdan chalg'itadi.

U pul topadi u, katta pul topadi. Lekin uning tijorati, boyligi Allohda to'smaydi. Namozdan to'smaydi, ro'zadan, zakotdan to'smaydi. Tushunarlimi? Boyligi, tijorati qo'lida. Lekin qalbi Alloh bilan. Demak, tijoratda emas muammo. Muammo tijorat seni Alloh'dan chalg'itayotganida.

Himmat va xirs. Himmat nima? Xirs nima? Himmat yaxshi narsa. Musulmon yigit oliy himmat bo'ladi. Baland cho'qqilarni maqsad qiladi. Oliy maqomlarga intiladi. Bu maqtalgan va zarur narsa. Madori shu soliginda shunday deyiladi. Insonning qadri uning himmatiga qarab baholanadi. Kimning himmati faqat yeyish, ichish va dunyo matohlarini yig'ish bo'lsa, uning qadri o'zi intilayotgan narsalar kabi pastdir. Davom etadi. Kimning himmati, Allohning roziligi, islomga xizmat qilish va oxirat diyori bo'lsa, u dunyo va oxiratning eng aziz va qadrli insonidir. Ma'qulmi? Himmat nima ekan? Baland narsalarni maqsad qilishlik, oliy narsalarni maksad qilishilik. Yuqoriga intilishi bu himmat.

Abu Hamud G'azzoli Xiyoyi ulumiddin kitobida aytadi. Bu gap o'zi Ali ibn Abit olibga nisbat qilinadi. Man ka'nat himmatuhu ma ya'duhul u batnahuhu, fa qimmatuhu ma yaxrujiminuhu. Kimning himmati qorniga kiradigan narsa bo'lsa, faqat nafsi, ovqati, uning qadri undan chiqadigan narsaga tengdir.

Oliy himmat inson qanaqa bo'ladi? Vaqtini bekorga sarflamaydi. Doim ilm hunar olib o'sishga intilib turadi. Qur'on yodlaydi, jamiyatga foyda keltirishga harakat qiladi. Katta muvaffaqiyatlarga intiladigan inson. Bunaqa insonlar, oliy himmat insonlar qiyinchilikdan qo'rqmaydi. Ozgina mashaqqat kelsa qo'lini tushirib olmaydi, kurashadi oxirigacha. Bu oliy himmat insong. Himmatsiz inson qanaqa bo'ladi? Dangasa bo'ladi, jonini qiynashni xohlamaydi. Faqat bugungi lazzatini o'ylaydi. Ijtimoiy tarmoqda kunini o'tkazadi. Ozgina qiyinchilik bo'lsa, shart qo'lini tushirib oladi.

Himmat, foydali narsalarga qattiq harakat qilish, Alloh'dan yordam so'rash va ishni yarim yo'lda tashlab ketmaslik. Hirs nima? Hirs bu ochko'zlik. Hirs bir narsani o'ta qattiq xohlashlik va bunga to'ymaslik. Abu Hamod G'azzoliy aytadi, hirs va ta'ma bandani har qanday gunohga yetaklab boradi va uni har qanday pastkashlik qilishiga majbur qiladi. O'zi hamma gunohlarning asli uchta gunoh. Hamma gunohlar mana shu uchta gunohdan suv ichadi, quvvat oladi. Bu kibr, hirs, hasad. Qur'onda xabar berilgan, qilingan birinchi uchta gunoh kibr. Hirs, hasad. Kibr shaytondan bo'ldi.

Layin bo'lib ketdi. Hirs odam alayhissalomdan bo'ldi. Mana shu daraxtning mevasini yema desa, hirsni qo'zib yedi. Hasad qobildan bo'ldi, qurbonligi qabul bo'lmadi, ukasini o'ldirdi. Ana shu halokatga olib boradigan uchta eng birinchi katta gunohni ikkinchisi hirs bo'ladi. Hirs bu shunchaki xohish emas.

Hirs insonni dunyoga, mol mulkka yoki shahvatga bo'lgan to'ymas, chegarasiz va aqlni ko'r qilib qo'yadigan darajadagi kuchlis degan. Hirs qanoatning ashaddiy dushmani hisoblanadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mana shu insondagi hirsni siz bilan bizga bayon qilib, nafs yana, yana, yana devoradi yu, payg'ambarimiz aytadilar, la anna li bina adama vodiyam mirzahabin, ahabban yakun ala huvadiyan. Anasimni molikdan. Agar odam bolasining bir vodiy oltini bo'lsa, albatta uni ikkita bo'lishini xohlaydi. Yana bir vodiy bo'lsin deydi. Buni Payg'ambarimiz aytdilar. Qancha bo'lsa to'yasan desa, bilmaydi nafs. Bu xirs to'ydirmaydi. Qancha bo'lsa yetadi desa, bir raqamda ayta olmaydi.

Agar xirs nafsning dunyo matohiga bo'lgan ochko'zligi bo'lsa, himmat qalbning ulug'likka, go'zallikka va Allohni roziligiga bo'lgan oshko'zligidir, ya'ni yaxshilikka to'ymasligidir. Shuning uchun Ali ibn Abit olib aytadi, ikkita odam, ikki toifa odam hech qachon to'ymaydi. Ilm tolibi to'ymaydi va pul tolibi to'ymaydi.

Ilm tolibini to'ymasligi oliy himmat deyiladi. Dunyo tolibining to'ymasligisi xirs deyiladi. Himmat aytadi. Men yaxshi kasb o'rganaman. Hirs aytadi, menga tezroq pul kerak. Himmat aytadi, besh yil ishlayman, o'sib, unib boraman. Hirs aytadi, besh yil shuncha kutib bo'lar ekanmi deydi. Himmat aytadi, halol yo'li bilan bo'lsin. Hirs aytadi, yo'lini keyin o'ylab ko'ramiz, avval pulni qilaylik deydi.

Ey yoshlar, menda hali ham yo'q, men boshqalardan kech qolib ketyapman. Menda qachon bo'ladi? Deydi. Ehtimol ukam o'zingga berayotgan mana shu savoling eng katta xatoyingdir. Menda qachon bo'ladi? Mana shu ehtimol seni eng katta xatoung o'zingga beraykan mana shu savolin. Ehtimol sen kech qolmagandirsan. Ehtimol seni ishingni avvalida turgandirsan.

Ko'chat bugun yerga ekilsa, ertasiga nimaga meva bermadi deb uni tepmaymiz u. Chunki ko'chatni hozirgi ishi meva berishmas. Ko'chatning hozirgi ishsi ildiz otish, tomir otish, tanasini kengaytirishlik. Ko'chatni tomir otayotgani ko'rinmaydi. Ammo mana shu ko'rinmayotgan ishi uni yutug'i. Ko'chatni ko'chirdingiz, bir qish o'tdi. Qarab turasiz. Bitta ko'tak chiqsa, alhamdulillah deysiz. Hech narsa bermadi. Qurib qolmagani uje rezultat.

Shuning uchun ukalar, tijoratga kirdinglar, bir yil, ikki yil, besh yil ishladinglar. Ja bo'p ketmayapti a? Lekin qurib ham ketmadingizmi? Mana shuni o'zi yutuq deb qabul qiling. Besh yilda siz odam bilan ishlashni o'rgandingiz. Savdoni o'rgandingsiz, oldi berdini o'rgandingz, muomalani o'rgandingis. Orqaga ketib qolmasdan turibsiz o'rningizda, mana shuni o'zini yutuq.

Ko'chatni tomir otayotgani ko'rinmaydi. Ammo aynan mana shu ko'rinmayotgan joyi uni yutug'i deyiladi. Ishingda, kasb hunaringda, tijoratingda, shu tomirni otayotganing seni eng katta yutug'ing. Hunar, vaqt, intizom, tartib, davomiylik, xato, xatodan saboq, tajriba, nafsingni boshqarishni o'rganyapsan, halol haromni taniyapsan, ozi ko'piga qanot qilishni o'rganding, asta sekinlik. Mana shular seni tomir otishing bo'ladi. Sen to'g'ri ketyapsan, sen kech qolganing yo'q.

Alloh taolo aytadi, astadibillah, kazar in axoroja shat ahu fa a'zar ahu fas ta'g'ulada fas ta'va ala su'hiy, yo'q jibu zo'rroq. Qarang, Alloh nima deyapti. Xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo'g'onlashib, o'z novdasida tik turgan dehqonlarni lol qoldiradigan o'simlikka o'xshaydi. Qarang, avval novda chiqadi, keyin kuchayadi, keyin yo'g'onlashadi, keyin tik turadi, keyin meva beradi. Birdaniga meva bo'lmayapti. Kuchli bo'lishing birdaniga bo'lmaydi.

Inson ilmida, kasbida, tijoratida va shaxs sifatida yetilishida vaqt kerak, davomiylik kerak, qanoat kerak. Sen birovlarni bugungi mevasini ko'ryapsan. Shoshilma. Falonchi boy, kuchli biznesmen, o'nta zavodi bor. Muvaffaqiyatli insonlarga qaraysan. Ularni yigirma, o'ttiz, qirq yilda erishgan muvaffaqqiyatini o'zingni bir yillik, ikki yillik ishingga taqqoslaysan. Bu adolatsizlik.

Ayni o'zingga nisbatan adolatsizlik, insof qil. U shu boy bo'lish darajasiga necha yil yetdi? Qancha mashaqqatdan o'tdi. Sabr qildi, chidadi, qo'lini tushirib olmadi, kurashdi, mehnat qildi, kutdi. O'zini mana shunday boy bo'lishlikka loyiha ekanligini isbotladi. Kimga isbotladi? O'ziga isbotladi.

Tushunarlimi ukalar? Shoshilmanglar. Sizlar to'g'ri yo'ldasizlar. Namozingizni o'qiyapsiz, ro'zingizni tutyapsiz, halol kasb hunarni qilyapsiz. Orqaga ketib qolmayapsizmi? Bankrot olib qurib qamalib ketmayapsizmi? Turibsiz a? Demak, to'g'ri turibsiz. Ota onalar, biz ham shoshtirmaylik bolalarni. Yuraverasanmi? Oshnangni qara, falonchini. Bosh narsaga erishdi, yuraverasanmi demanglar. Bolanglar halolmi? Halol. Birovni haqqini yemayaptimi, qarg'ish olmayaptimi, namozini o'qiyaptimi? Nima bor? Hamma narsani vaqti bor.

Aquli qovli ha da. Va astag'firullohu alayhi va alakum. Innallohi va malaykiyatuhi yu sollu ala nabi. Ya yuhrillatina. A'manu sollu alayhi vasalli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashEy yoshlar shoshilmanglar (2026)