Maviza
—Qoralama36 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
35:46
O'zgarishlar tarixi

Assalomu alaykum, kanalimiz aziz obunachilari. Bugungi videorolikimizda tushgan odam o'zi uchun juda ham kerakli motivatsiyani inshaalloh oladi. Videolarimiz kengroq tarqalishi uchun bir dona laykingizni unutmang. Har bitta layk ma'ruzani kengroq tar qalishiga katta sabab bo'ladi. Siz ham kimningdir hayotini o'zgarishiga sababchi bo'ling. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin. Kavsar teviy.

Assalomu alaykum, Moskva hamda Moskva oblastaklari diqqatiga. Sizlarga ishonchli xizmatlarimizni taklif qilamiz. Turdovoy dogovor, bazasi ishonchli, original registratsiya va uni parallelniya qilish, snils, nnn, pasport perevod hamda deportni tekshirish. Shu va boshqa xizmatlar uchun bizga whatsappdan aloqaga chiqishingiz mumkin. Unutmang, biz sizga eng ishonchlisini tavsiya etamiz. Bu tobein ustida bir ulug'lik jamlandi. Otasi Muhammad ibn Abibakr. Ya'ni bu kishi abubakr siddiqning nabirasi. Onasi Forsning oxirgi podshohi, Kisroy Yazdajurdning qizi. Ya'ni Sosoniylar imperiyasining oxirgi imperatori, oxirgi, Kisrosi oxirgi podshoh Yazdajurdning qizi. Hammasi oysha bint abubakr sidddiq. Qosim Muhammad taqvoliy olim kishilardan edi. Birodarlar, ilmni cho'qqisi tahdid. Amalni cho'qqusi taqvo. Ilm o'rganinglar, agar qavmning saidi bo'lsangiz, u tufayli faqih bo'lasiz. Agar oddiy kishi bo'lsangiz ilm tufayli sayidga aylanasiz. Avvalgi darslarimizda aytib o'tdik, Banu Umayyoning ulug' kishilaridan bo'lgan xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik Ato ibn Abirobog'ga o'xshagan qora qo'ldan chiqqan odamni oldida Ato namozini tugatib olishligini kutib, odob bilan o'tirdi.

O'zini hokisor tutdi. Savollarni so'radi va turib ketdi. Nima sabablik bu ulug' inson mana bu qora qo'lni oldida o'tirdi? Chunki bu qora qo'lli ilm bor edi birodarlar. Ilm tufayli mana shunday bir oliy martabaga yetgan edi. Bu ta'liqni nimaga keltirdik darsimiz avvalida. Hech kim tanimagan, jamiyatda bir mavqega ega bo'lmagan, bir faqir kishi bo'lsa, aytamizki, birodar, ilm eshiklari sen uchun ochiq. Agar ilm eshigiga o'zingni ursang, albatta senga bir manzilat ham, martaba ham, hurmat ham, e'tibor ham keladi. Kimidir Alloh Taolo nasl nasab bilan erkalatib qo'ygan bo'ladi. Ota bobosi falonchilar bo'ladi. Kimdadir Alloh Taolo moli davlat beradi, shu bilan boshqalardan ajralib turadi. Kimdadir bu narsalar bo'lmaydi. Ammo mana shu narsalarga ega bo'lmagan. Bu narsalar bilan agar Alloh erkalatmagan bo'lsa, oddiy odam bo'lsak, ilm o'rgansak, farzandlarimizga ilm o'rga olsak, ularni mavqeini ko'tarilishiga biz yordam bergan bo'lamiz. Hamma zamonda, hamma makonda, dunyoni hamma burchagida katta katta qarorlar, katta katta yechimlar ulamolarni maslahatsiz bo'lmaydi, birodarlar.

Agar inson ilmga bo'lgan intilishini, ilmga bo'gan rag'batini tark qilsa, o'zini insoniylik martabasidan pasayib qoladi. Chunki boshqa maxluqotlarga berilmagan bitta meza deyiladi arab tilida, ajratib turadigan narsa ham ilmga bo'yi intilish. Ukalar, tushuninglar, ilm o'qisak, oliy bo'lamiz. Dunyo oxiratda. Agar tirishchilik bilan ovorib qolsak, bu ham yaxshi. Lekin boyagi aytayotgan, martaba manziladi degan sizga aytmaymiz. Bu ummat qachon tushib ketdi pastga? Ilm ma'rifatga e'tibor bermay qo'ygandan keyin. Uyi bor, mashinasi bor, tirishga ketyapti, nima keragi bor? Qoy. Tirishchiligini qilib yuraver, deb turib ilmdan qaytargandan keyin shu holatga tushib qoldik.

Qosim ibn Muhammad ibn Abibakr. Madinaning yetti faqihidan biri edi. O'z zamonasini o'tkir zehnli, taqvoliy olim edi. Birodar o'tkir zehn. Bu Alloh azza va jalla bandasiga beradigan ulug' ne'mat. Mana hozir bir juda bir muhim narsani aytaman, diqqat qilib turinglar. Biz avval yashab o'tgan, bu ummatning ulug' kishilarini hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, ularni erishgan natijalarini ko'rib turib, aqllarimiz lol qoladi. E qanday qilib shu narsaga ulgurgan ekan? Masalan Imom ibodatul bori hayotini o'rgansak, bu kishi o'qib, o'rganib, bizga qoldirib ketgan ilmni va u kishi yashagan umrni bir biriga olib kelinadigan bo'lsa, to'g'ri kelmas ekan. Ya'ni oltmish uch yil umr ko'rgan bo'lsa, bu kishi qoldirib ketkan narsani oltmish u ch yilda eplab uddalashni iloji yo'q ekan. Qanday qilib ulgurdik ku bu narsaga degan savol hammamizni boshimizga qotiradi. A biz kerak bo'lsa to'rtta surani yodlolmayapmiz. A kerak bo'lmasa bir oddiy ishlarga ulgurmayapmiz.

Diqqat. Agar bir kishining maqsadi intilishlari oliy bo'lsa, mana shu oliy maqsadlarga yetishi uchun qanaqa imkoniyat kerak bo'lsan, Alloh Taolo shu bandasiga ato qiladi shuni. Yana qaytarib aytaman. Agar bir kishining maqsadlari, intilishlari oliy bo'lsa, oliy maqsadda yashasa, uning shu oliy maqsaddiga yetishi uchun oliy imkoniyat va oliy qudratlarni Robbisi ato qiladi. Endi tushunarli bo'ldimi Buxoriy nimaga ulgurganiga?

Har bir kishiga uni talablariga yarasha imkoniyatlar ochib qo'yiladi. Masalan bir odamni bor yo'g'i orzusi nima hozir? Sredniy odamni olinglar, o'rtacha odamni olinglarda, nima orzusi? Pul, xotin, mashina, uy, i vsyo. Shu narsaga yetadigan imkoniyatlar beriladi sizga. Sakkiz silindrli motoringiz bor edi, to'rt silindrlikda ishlaydi. Chunki orzu, umid, intilish, maqsad past edi da. Shuning uchun to'rt singilardan o'tib ketasiz. Meyordan to'rt singilida turuvdi.

Siz mana shu narsani ham, dinga, ummatga xizmat qilishni ham, xalqqa foydasi tegishini ham, ilm ma'rifatda bir cho'qqiga yetishlikni ham niyat qilsangiz, qolgan to'rttasi ham qo'shilar edi ekan demak. Tushunyapsizlarmi ukalar? Menga bo'ladi shu, qo'y. Tilchigim o'tib turibdi. Xulosa, balandroq narsani oldingizda bo'linglar, ukalar.

Odamlarni hidoyatini xohlagan kishilarga Alloh azza va jalla aqliy, fikriy va bayoniy imkoniyatlarni beradiki, odamlar ko'rib hayron qoladi. To'rt oyda Qur'onni yodlabdi deydi. Bor shu o'z zamonimizda shunaqa odamlar bor. Yetti oyda Qur'oni yodlabdi deydi desa, e seni bolang ham shunaqa bola. Sen ham shu havoni olib yuribsan. Maqsadni kattaroq qo'ydi birodar. Yetasan. Yetasan.

Shuning uchun ayrim olimlarni qilgan ishlari, qoldirib ketgan ilmiy meroslarni o'qib o'rganib, e bular qanday qilib to'plab, ulgurib, yozib ketgan ekan bu qisqa hayotida, deb Imominafayeva qirq besh ga kirib o'lgan. Qirq beshga. Lekin qaranglar, qancha narsani qoldirib ketgandi. Demak, maqsadni baland qilishlik kerak. Ular nima sababdan mana shunday bir martabaga erishdi, mana shunday natijalarga erishdi? Maqsadlari oliy bo'lgan, oldilariga yuksak maqsadlarni, insonlarni haqqa yetaklash g'amini qo'ygani uchun. Bizni ham orzu umidlarimiz bor. Nimani orzu qilsak, Alloh Taolo shunga yetadigan imkoniyatni albatta bizga ham beradi.

Xulon g'azotida musulmonlarni qo'liga juda katta g'animatlar, o'ljalalar tushdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu g'animatlarni tarqatar ekan, hammaga g'animatlardan tarqatdi. Juda katta g'animatlar. Faqat ansorlarga hech narsani bermadi. Bitta Abu So'fiyonga o'ziga yuz o'quya oltin, yuz o'quva kumush, yuzta tuyani Payg'ambarimizga bo'lsa. Yuzta tuya degani, yuzta mashina degani. Yuzta mashina degani. Men hisoblab chiqqanman buni. Payg'ambarimiz unga yuz o'quya oltin, yuz o'quva ko'mish, yuzta tuyani berganda, Abu So'fiyon islomga yangi kirgan, hali qalbi unaqa bir mustahkam bo'lmagan. Qayirib turib, o'g'lim momoyaga ham dedi.

Hammaga berdi. Yangi kirgan kishilarga, arab qabilalariga, hatto Safoni Momoyaga ham berdi. Musulmon Momoya holda chiqqan edi musulmonlar qatorida. Payg'ambarimiz bunga to'rt oy muhlat bergan edi. Lekin ansollarga hech narsa bermadi. Shunda ansonlar xafa bo'lishdi. Rasululloh o'zini Shahri Makkani oldi, o'zini qomini oldiga keldi. Endi bizni unutib qo'ydi, deb o'pkalashdi. Mana akalar, siyosiy krizis.

Payg'ambar alayhissalomga sakkiz yillik ansonlik qilgan sahobalar, ansonlar Rasulullohdan o'pkalab, xafa bo'lib qolishdi. Sa'dun Ubodir roziyallohu anhu kelib Payg'ambarimizga, yo Rasululloh, ansonlar sizdan xafa bo'lishyapti dedi. Nimaga xafa bo'lishadi? Hammaga berdingiz bu o'ljalardan, ularga bermadingiz dedi. Sizchi, siz, o'zingiz nima deysiz? Men nima derdim? Men ham xonimni bitta odami menda dedi. Biz ham umidimiz bor edi, shu g'animalardan olishlikka. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansonlarni biriga to'play dedi. Faqat ansonlar bo'lsin. Yig'ilishdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, mana endi qarang, bu, bu muammoni yechishligidagi hikmatda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam allohning omonatini, risolatini yetkazadi. Bu kishi muammolarni yechishlikka ham hikmat kerak. Maqsadi allohni roziligiga yetarlashlikmi? Maqsad oliymi? Shu oliy maqsadga olib boradigan yo'lni ham, muammolarni yetishadigan hikmatni ham Alloh Taolo beradi.

Ansorlar yig'ilishdi. Payg'ambarimiz ularga xutba qilib, Allohga hamd, o'ziga salovat aytib, aytdiki, ey Ansorlar, men kelganimda Madinaga, zaloatdami deydilar? Alloh men tufayli hidoyat qildimi? Men kelganimda faqir edinglar. Men tufayli Alloh sizlarni boy qildimi? Men kirganimda tarqog'i edinglar. Men tufayli Alloh sizlarni boshinglarni bir qildimi? Men kelganimda mag'lub edinglar. Men tufayli Alloh sizlarni g'olib qildimi dedi. Payg'ambarimiz ularga o'zini fazlini eslatdi. Shunday bo'lganmi dedi? Bizni tilda minnat qildi.

Ansonlar payg'ambarlarimizni har so'ziga minnat va fazl Alloh va Rasulullohning haqqi, minnat qilish va fazl Allohni haqqi, payg'ambarni haqqi deb turishdi. Payg'ambarmiz keyin aytdi. Aytinglar. Agar xohlasanglar aytishinglar mumkin va shunday desanglar rost otgan bo'lasizlar. Yo Rasululloh, siz yurtingizdan quvluvdingiz, biz sizni qabul qildik. Faqir edingiz, molimiz bilan yordam berdik. Quvilgan edingiz, biz yordam ko'rsatdik. Desanglar haq bo'lasizlar dedi. Payg'ambarimiz o'zini ham fazlini eslatdi ularga va ularning ham fazlini eslattdi. Ular esa minnat va fazl Alloh va Rasululloh haqida turishdi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ikkala tarafni ham fazilatini eslatganidan keyin, ularga qarab, odamlarni qalblarini islomga ulfat qilishlik uchun, dunyoni matohini ularga berib yuborsam, mendan xafa bo'ldinglarmi? Sizlarni o'zlaringizni iymoningizga topshirgan edim. Axir sizlar, odamlar qo'y qo'zilarni uylariga haydab ketib, sizlar rasulullohni o'zinglar bilan olib ketishlikka rozi bo'lmaysizlarmi? Dedi. Men bularga berdim. Qoladi dunyo bularga. Men sizlar bilan ketaman. Shuni o'zi yetmaydimi? Dedi. Sahobalar dod deb yig'lashdi, birodarlar. Rozimiz yo rasululloh, rozimiz deyishdi. Mana hikmat. Mana hikmat. Rasulullohni qiladigan ishi katta. Maqsadi oliy, Allohni roziligi. Endi shu muammolarni hal qilishlikka ham zo'r hikmatli yechimni Alloh Taolo berib qo'ydi. Tushunarlimi? Melichniy bo'lmaylik.

Bir balandroq narsani ko'zlayveraylik. Faqat dunyoda lotalyutasi bo'lmasin, buchi, yo'lda bo'ladigan narsa. Agar Allohni roziligini birinchi o'ringa qo'ysangiz, ko'rasiz, Robbi sizga qanday fazlni in'om ko'rsatadi. Bu melich bo'lib qoladi bu narsalar. A kepti, a kepti, alhamdulillah. Ketibdi, a ketibdi, alhamdulillah, maqsad bu emas. Yugurganda terlashingiz tabiiy narsa, to'g'rimi? Xuddi shunaqa narsa. Siz yuguring, terlash o'z o'zidan bo'lgandek, Allohni roziligi birinchi o'rinda, dinni ummatda xizmatini birinchi o'tkazib qo'ying, bu yoqdagi narsalar o'z o'zi bilan bo'ladi. Biz vositani maqsad qilib olganmiz. Biz instrument bo'lishi kerak bo'lgan narsani maqsadimiz qilib olganmimiz. Shuning uchun o'ralashib turibmiz o'rnimizda.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida arablar dindan qaytib ketishdi. Shunda nima qilamiz? Ularga qo'shin tortib, jang qilamiz ustiga borib, yoki qo'yib turamizmi? Sahobalarni aksariyati ular musulmon, ularga qarshi qo'shin tortmaylik deyishdi. Mana qarang. Hozir to'g'ri siyosiy yechim qabul qilinmasa, ummat yo'q bo'lib ketadi. Hamma sahobalar urushmaylik deb turibdi. Bitta Abu Bakrga Alloh Taolo urushlik, ularga qarashib qarshi qo'shin tortishlik ilhomini berdi. Chunki maqsadi oliy edi, problemani, muammoni yechimini ham hikmatli yo'lini Alloh Taolo qalbiga soldi. Va alal oqibat, Abu Bakrni chiqargan hukmi to'g'ri bo'lganligini vaqt ko'rsatdi.

Bu tobin Usmonunnaffon roziyallohu anhuning xalifaligini oxirgi davrida dunyoga keldi. Otasi Muhammad ibn Abibakr Misrga voriy qilib tayinlandi va mana shu joyda qatl qilindi. Uni farzandlarini Madinaga qaytarib olib kelishligi uchun Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun yana bir o'g'li Abdurahmon ibn Abibakr Misrga keldi. O'zi hikoya qilib aytadi amakim Misrga keldim, ikkalamizni ko'tardi men bilan singlimni va bizni Madinaga olib keldi.

Birodarlar Madinaga kelganida bularni ammasi. Oyesha bint Abubakr o'zini inisi Abdurahmon ibn Abubakrdan bularni olib ketib qoldi uyga. Olib ketdi. Hayotda murodalar qanaqa natijaga erishgan kishi bo'lsa, qarasangiz, tarbiyani samarasi bo'ladi bu. Zo'r tarbiya berilgani uchun mana shu narsaga erishgan bo'ladi. Tarbiya kishini kelajagi uchun juda ham muhim. Farzandi bor odam, boy odam. Farzandi bor odam, boy odam. Ammo farzandini tarbiyasiga zo'r ehtimol e'tibor qilgan ota, baxtli ota.

Farzandi bor ota, boy ota. Endi tarbiyasini zo'r qilib qo'ygan ota, bahtli ota. Diqqat qilaylik birodarlar, dunyodagi eng katta boy bo'lishingiz mumkin, trillionlagan pulingiz bo'lishi mumkin, dunyodagieng kuchli inson bo'lishingiz mumkun, eng katta diniy martabaga yetishgan bo'lishingiz mumkan. Yetishgan bo'ishingiz mumkin. Ammo, farzandingiz, siz xohlagandek bo'lib inson bo'lib yetishmagan bo'lsa, siz baxtsiz insonsiz. Farzandlarini baxtsizligi tufayli otalar baxtsiz bo'ladi, farzandlarini saodati tufayli qosim ibn muhammad ibn abibakr siddiq. Bu ulug' tobeinni dunyoga kelishligi Usmonov Nafon roziyallohu anhuning xalifaligini oxirgi davrlariga to'g'ri keldi.

Qosim ibn Muhabbatni Oyishonimiz roziyallohuhu anho o'zini uyiga olib ketdi. Bu ulug' ayol, ummahotul mo'mininglarni afzallaridan bo'lgan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yaxshi ko'rgan ayoli, Oysha onamiz, nima ish tutdi? Qosim hikoya qiladi. Bizni amakimizning uyidan o'zini uyiga olib ketib, o'zini qo'ynida tarbiya qildi. Undan ko'ra mehribonroq, shafqatliroq ota onani ko'rmadim. O'zini qo'li bilan bizni ovqatlantirar edi, lekin biz bilan o'tirib ovqatlanmas edi. Agar oshib qolsa bizdan, ana shu oshib qolgan ovqatni yeb qo'yar edi. Bizni yuvintirar, sochlarimizni tarab qo'yar, kiyimlarning oppog'ini kiydirar edi. Bizga yaxshilikni o'rgatib, uni qilishlikka undar edi. Yomonligini bizga tanitib, undan qaytarar edi. Toq otimiz ko'targanicha Allohninng kitobidan bizga talqin qilar edi. Va aqlimiz yetganicha payg'ambarimizning hadislaridan bizga rivoyat qilib berar edi. Agar ikki hayit bo'ladigan bo'lsa, yaxshiligini yana ham ziyoda qilar edi. Arafa kunining kechida meni sochimni qisqartirib, meni va singlimni yuvintirar edi. Tong otganda esa, yangi kiyimlarni kiydirib, ilk namozini o'qib kelishimiz uchun Masjidun Nabaviyga yuborar edi.

Bu oshi onamizning qilgan ishi. Ya'ni, bu ulug' ayolni Qosimovni Muhammadni tarbiyasiga bo'lgan e'tiborni ko'ring. Robbisini tanigan ayol, hayotda o'zini vazifasini nima ekanligini tushungan ayol. Bunday ayolga ega bo'lgan erkak haqiqiy baxtli erkak. Chunki qarang, Robbisini taniydi, o'zini haqqini biladi, o'zini mas'uliyatini ham biladi elini oldida. Va qilish kerak bo'lgan ishini ham aniq biladi. Va mana shu narsani orqasidan yuradi.

Zamonimizni ayollarini qarasangiz, unisini ham bilmaydi ko'pchilikka, bunisini ham bilmaydi. Allohni tanimaydi. Faqat haqqini biladi. O'lchovlar ko'chadagilarniki. Falonchi bunday qildi, poka jimunday qildi, shunaqa qilib berasan. Shuning uchun birodarlar, mana uylanish arafasida turgan ukalar dindor bo'lsin. Allohni tanigan bo'lsin. E judayam ilmli bo'lmasa ham mayli.

Ko'p ham ko'chaga yugurmagan, besh mahal namozini o'qigan, avratini yopgan, iffatini saqlagan bo'lsa bo'ladi. Agar ayol mana shunday bo'ladigan bo'lsa, uni qadrini bu dunyoda bir boyligi bilan, puli bilan o'lchab bo'lmaydi. Shuning uchun ukalar, birodarlar, uylanish arafasida turganlar, farzandlaringlarga ona bo'ladigan ayolni tollashlikda qattiq e'tibor qilishinglar kerak bo'ladi. Chunki mana shu ayol bolani tarbiya qiladi.

Uni axloqi, iffati, omonatdorligi, rostgo'yligi, ilmiy ijtimoiy tarbiyasiga e'tibor berishlik kerak. Bu o'ta muhim va xatarli mavzu. Kunlarni birida, deydi Qosimovning Muhammad, bizga oppoq kiyimlarni kiydirdi, so'ngra meni bir tizzasiga, singnimni esa ikkinchi tizzasiga o'tkazdi. Amakim Abdurahmonni chaqirgan ekan. U kirgach, unga salom berdi da, so'ngra aytdi. Endi ukasiga gapiryapti. Allohga hamda aytdi, o'sha onamiz, payg'ambarimizga salovat aytdi.

Avval ham, keyin ham undan ko'ra bayoni shirinroq, so'zi go'zalroq na bir erkak va na bir ayolni ko'rmaganman. O'sha onamiz aytdi. Ey uka, bu ikki go'dakni sizdan uyimga olib ketganimdan beri, mendan xafaligingizni ko'ryapman. Chunki Abdurahmon, Abu Bakrning o'g'li Abdurahmon bu ikkala jiyanini uyga olib kelib tarbiya qilmoqchi bo'lganida, o'sha onamiz olib ketib qoldi. Men endi bir muddat boqib, bir necha yil o'tdi. Endi chaqirdi Abdurahmonni. Vallohi men haddimdan oshganim uchun, yo bularda haqqini ado qila olmaysiz deb yomon gumon qilgani uchun olib ketmagandim. Siz erkak kishisiz, ayollaringiz ko'p. Bu ikkala yosh bola yosh bo'lganligi uchun o'zini xizmatini ado qila olmaydi. Ayollaringiz bulardan sodir bo'ladigan ishlarni ko'rib, tabiatlari ko'tara olmasligi mumkin edi. Shundan qo'rqdim. Bunday vaqtda ulardan ko'ra men haqliroqman, jiyanlarimga qarashlikka deb o'yladim. Mana endi ular ulg'ayib qolishdi. O'zlarini xizmatlarini o'zlari eplay olishadi. Endi olib ketavering dedi.

Ammani qarang. Hozir odamlar o'zinikiga ham toqat qila olmayapti. Amakim abdurahmon bizni uylarga olib ketdi. Shunday qilib, Bakriy yigitni qalbi umul mo'minin, Oysh onamiz roziyalloh anhonning uyiga qattiq bog'lanib qoldi. Birodarlar, bola mehr ko'rishligi kerak.

Onani mehrini uni suti bilan badaniga singdirishligi kerak, mehr ko'rgan bolagina mehr ko'rsata oladi. Hozirda birodarlar, g'arb olamini qarasangiz, mana shu odamlarni o'rtasida o'zaro muomalalarda shafqat yo'q. Mehr yo'q. Bir biriga bir bemehr shafqatsiz bo'lib ketgan. Sababi nima? Bilasizlarmi?

G'arbda tug'ilayotgan bolalarni oltmish foizi benikoh tug'ilyapti ekan hozir. O'n tadan oltitasi otasi kimligi noaniq. Endi bunaqa yo'l bilan dunyoga kelgan bolalarni nima bo'lishini kutasiz? Eshitib, yoqayliklar, o'sha esingizlar a? Nima deydi? Odam go'shtini yeydigan bo'lib ketibdi. Erkakga erkak, ayolga ayol yaqinlik qiladigan bo'lib ketishibdi. E, qayerdan kelyapti bular, bilasizlarmi? Mana shunday bir noshar'iy yo'l bilan, xorom yo'l bilan dunyoga kelgan bolalar.

Mana men atay istab, mana shu ma'lumotni topib keldim. Hozir shuni o'qib beraman. Kecha bu darsni tugatib qo'ysam bo'lar edi. Ammo bunga ulgurmas edim. Bir ming to'qqiz yuz oltmishinchi yildan boshlab, ikki ming o'n uchinchi yilgacha bo'lgan statistika, yuzta tug'ilgan boladan oltmishinqi yillarda nechta valadazano tug'ilgan, benikoh? Ikki ming o'n uchinchi yilda kelganda nechtaga o'tarilgan? Men bir beshtasini, oltitasini o'qib beraman. I nega ko'rasizlar? Nimaga bular erkak erkak yotsa, hammasi normalniy bu deyapti? Nimaga bular bunaqa iflos narsani qabul qila olyapti? Nimaga bir aqlga sig'maydigan narsani bular tabiiy narsa deb qabul qilyapti? Degan savolinglarga shoyad javob toparsizlar.

Bolgariya. Bir ming to'qqiz yuz oltmishinchi yilda sakkiz dona bola to'g'ri kelgandi. Yuzta tug'ilgan chag'lodan sakkiztasi valada zino bo'lgan. Ikki ming o'n uchinchi yili kelganda ellik to'qqiz butun bir foiz. Tug'ilayotgan bolalarni yarmidan ko'prog'i valada zino degani. Endi bulardan nimani kutasiz?

Ikkinchi o'rinda. Sloveniya. Oltmishinchinchi yilda to'qqizta edi ekan, yuz taga, oramdan tug'ilgan bola, hozir ellik sakkizta ekan. E qayoqqa kerak, qarab ketyapti bu g'arb. Uchinchi o'rinda Shvetsiya o'n bir u uchta edi ekan. Hozir ellik to'rt u to'rt taga to'g'ri kelar ekan.

Bu chi, raddomda tug'ib, otasi kim desa, otasini bilmayman deganlar. Bu rasmiy statistika, bir yigirma ga yaqin manbadan olingan ma'lumotlar. O'shaning uchun biz qabul qila olmaymiz bularni hozirgi qadriyatlarini, peshqadamlik, taraqqiyotda ekan, tushunchalarni biz qabul qila ololmaymiz, chunki biz unaqa xonamdan tug'ilmaganmiz biz. Bizni tabiatimiz ko'tarmaydi biz, biz pokiza tug'ilganmiz. Ammo bular qabul qilaveradi. Qirq yalang'och olib yurib miting anaqa o'tkazyapti da mana shu narsani. Nu deysizlar. Yalang'och tug'ilganmiz, yalang'och yurishimiz kerak. Erkak, ayol, yosh bola yalang'och urishibdi ko'chada, demonstratsiya qilib. Geoparatni qo'ying hali.

Bu o'zlarini bergan statistikasi. To'rtinchi o'rinda, daniya. Yuz taga yetti yuz sakkizta to'g'ri kelar edi. Hozir ellik bir butun besh. Modomiki, yaxshilab bilib olinglar. Dinimizda turarkanmiz, biz turamiz o'rnimizda. Agar dinimizdan chiqib ketib qoladigan bo'lsak, biz bilan shularni kepatsiyasiga kirib ketamiz. Alloh saqlasin.

Mana bu qosimim no'muhammadimni abibakir. Otasi onasidan ajralib qoluvdi, qariyadigan ammasi bor ekan, o'zini bolasidek tarbiya qilyapti. Haqni ko'rsatyapti, oq qorani tanityapti. Qosimul Muhammad hikoya qiladi. Bir kun ammam Oysha roziyallohu anhoga, ey ammam, pardani ko'taring, menga Nabiy sollallohu alayhi vasallamni va ikki sohibini qabrini ko'rsating dedim. Oyshanimiz roziyalloh anhonning hujralarida Payg'ambarimiz vafot etganlar va mana shu vafot etgan joyga ko'milganlar va mana shunday joyga Abu Bakr Siddiq va Umariddin Xattob roziyalloh anhumolar ham dafn qilingan. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidiga borib, ziyoratga kirarkanmiz, salom berib o'tamiz mana hoji akalar. Borgansizlar, ko'rgansizlar. U paytda Oyshonamizni hujrasida parda bilan to'sib qo'ygan edi.

Qosim Mu'min Muhammad Oyshonamizdan so'radi. Ko'zdan berkitish uchun to'sib qo'shgan edi, men uchun ularni osishdi. Uchta qabr. Kimlarni qabri? Hidoyat nurini bizga olib kelgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni, Abu Bakrni va Umar xattobni qabrlari. Chiroyli ketishdi. Payg'ambar rozi bo'ldi ulardan. O'zlari rozi bo'ldiroq bizlarni hayotidan. Alloh ham ulardan rozi bo'lda. Ular qiyomat kuni oladigan mukofotini kutib yotishibdi. A biz nimani kutib yotamiz, birodarlar?

Men Rasulullohni qabri qaysi deb so'radim. Oyshonamiz qo'li bilan ishora qilib, o ana unisi dedi da, ko'ziga yosh keldi. Va men ko'rib qolmasligim uchun tezda aytib yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabri qolgan ikki qabrdan muqaddam turar edi. Meni bobom Abu Bakrning qabri qaysi? Deb so'radim. Ona deb ko'rsatdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bosh tarafida oldiga ko'milgan edi. Bu umrning qabrimi? Deb so'radimi? U ha dedi. Umarun Xattobning boshi bobomning biqin yonida, Rasulullohni oyoq tomoniga yaqin edi, dedi.

Ilmiy manziladi. Bu Bakri yigit ulug'i edi. Qur'onni yod oldi. Alloh qodir qilganicha Payg'ambarimizning hadislarini oshi onamizdan o'rgandi. Shunga mazzuda Nabaviyni o'ziga lozim tutdi. Har bir masjidni, har bir ustuni oldida bittadan ilm halqasi bor edi. Abu hurayra, abdulloh ibn umar, abdulloh ibni abbos, abdulloh ipni zuvayr, abdullohibni habob, rofi ibni hudayj, umar ibn xattobning mavlosi aslam. Roziyallohu anhum ajma'in. Ulardan mana shu ulug' olim sahobalardan ilm oldi. Mushtohid olimlar martabasiga yetdi. O'zining zamonasini eng yirik olimlaridan bo'ldi. Qarang, tobeinlarni hammasini gapirganimizda nimani gapiramiz bitta? Hammasida bor shu narsa. Ilmli bo'lgan. Ey ukalar, ilmli bo'linglar. Ilm o'qinglar.

Ilmi komil bo'lgach, muallimlik qildi. U va uning xolasini o'g'li solim ikkalasi Madinaning ikkita ishonchli imomiga aylandi. Odamlar bu ikkisidagi taqvo va xudojo'ylikni ko'rib, ularni so'zlariga quloq tutishdi. Insonlarni qalbidan ular joy olishdi. Banu Umayyanning xalifalari ham, valilari ham Madinaning ishlarida ularni maslahatiga quloq tutishar edi. Ana shu davrda xalifa bo'lib turgan Validimni Abdulmalik Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidini kengaytirmoqchi bo'ldi.

Ana shu paytda Madinaning valisi Umar ibn Abdulaziz edi. Xalifa mana shu maqsadini bayon qilib, xat yozib, valiga jo'natdi. Bu maqsadini amalga oshirishligi uchun masjidni to'la devorini buzishligi kerak. Payg'ambarimizning ayollarini, hujralari ham masjid ichiga o'tib ketishligi kerak'. Endi masjidni buzaman desa, ayrim odamlarga, Madina ahliga yoqmasligi mumkin. Shuning uchun voli umar umdali abdulaziz azizga maktub yozib, shunday dedi. Masjidun Nabavini ikki yuz ga ikki yuz ziro qilib kengaytirmoqchiman. Ikki yuz ga, ikki yuz. Uning to'rt devorini buzib, ummonxotil mo'mininglarning hujralarini uni ichiga ol. Atrofdagi uylarni sotib ol. Agar qodir bo'lsang, qiblani ham oldinga sur. Qibla tomondan ham oldiga jildir.

Tog'alaring xatto urug'i oldidagi manzilating sababli shu ishda uddal olasan. Agar Madina ahli senga qarshilik qilishsa, rozi bo'lishmasa, Qosimovni Muhammad va Solim imna Abdulloh imna Umrarlarni yordamiga murojaat qildi. Ularni mana shu ishda sherik qildi. Chunki xalq bularni gapiga ergashadi. Odamlarni uylarini, narxini to'lashda saxovat ko'rsatdi. Yaxshi pul to'la. Masjid uchun. Chunki sendan avvalgi salafi sodiqlar, umarimni xattob ham, usmonimni afg'on ham mana shu ishni qilishgan. Masjidni ular ham kengaytirishgan. Voley. Qosimiddin muhammad va solim imno abdullohni va madinani ko'zga ko'ringan kibor kishilarni chaqirib, ularga maktubni o'qib berdi. Ular xursand bo'lishdi. Ular xursand bo'lib, mana shu buyruqni amalga oshirishga o'zlari ham kirishdi. Mana bu ikki muborak olim tobein ham masjidni devorlarini buzishlikda shaxsan o'zlarini ishtirok etishdi. Endi ularni ko'rganidan keyin Madinaliklar ham iqbol qilishdi bu ishga.

Diqqat. Rum podshohsi Amirul mu'minini masjidga qilayotgan harakatini, masjidni yangilamoqchi bo'layotganligini eshitib turib, ikki yuz ming misqol oltin yubordi. Yana Rum yeridagi eng mohir quruvchilardan yuz kishini ham bunga qo'shimcha qildi. Bu bilan xalifani qalbini kasb qilmoqchi bo'ldi. Musulmonlarning qalbini kasb qilishlik uchun sarflagan ekan pulidan. Hozir nima bo'lyapti olamda?

Bilamiz nima bo'lyapdi. Hozir musulmonlar ana shu kafillarning qalbini kasb qilishligi uchun nima ishlar qilishmayapti? Bir davrlar bo'lgan ekan. Musulmonlarning kalbini kasb qilib, ular xaris bo'lgan ekin. Bularni hammasini Xalifa Madinaga Umar ibn Abdulazizning oldiga yubordi. Shunday qilib Vali Umar ibn Abdulaziz buyruqni amalga oshirdi. Uni mavqiflaridan.

Bir kuni Minoda turar ekan, odamlar uni atrofida savol berishdi. Ayrim savollariga bilmayman deb javob berishdi. Odamlar hayron bo'lishdi. E, Hosinuni Muhammad bilmaydimi shu narsani? Shunda bu ulug' tobe nima dedi? Va Allohi sizlar so'rayotgan hamma narsani bilolmaymiz. Agar bilsak, yashirmaymiz.

Bilsak, yoshirsak, bu bizga halol bo'lmaydi. Allohni haqlarini bilgandan keyin, bilmagan narsasini ham bilaman deyishdan ko'ra, kishini johil bo'lib yashagani yaxshiroqdir. Qaytaraman. Biz fatvo berishga usta bo'lib ketamiz u. Bilmayman deb qo'yish yarim ilm. E men bilmayman ekan bu narsani deb qo'yishi yarim ilm. Gapni qarang. Allohni haqlarini tanigandan keyin, bilmagan narsasini ham bilaman deyishdan ko'ra, hech narsani bilmasdan johili bo'lib yashagan yaxshiroq dedi. Fatvo bergan shoshilmaydi. Bilmaymizmi? Bilmayman deb qo'shavering. Avtoritetingiz tushib qolmaydi bu bilan. Aksincha, bilmagan narsaini, bilmayman degani kibr qilmayapti deydi, hurmatingiz oshadi. To'g'rimi?

Mashhur qizsam, ikki oylik masofani bosib, bir jamoa odam Imom Moliqni oldiga kelishdi. Ular bu imomga yetmish uchta savol tayyorlab kelishgan edi. Ayrimlariga javob berdi, ayrimlariga bilmayman dedi. Hayron bo'lishib, ey, Imom Moliq bo'lib turib bilmaysizmi? Deyishdi. Imom baland ovozi bilan, ey, o'zing tomondagilarga borib hammasiga e'lon qil. Imom Moliq falon falon masalani bilmaydi ekan. Aytaver qo'lni dedi. Ya'ni bilmayman deyishlik nima emas ekan? Ayb emas ekan. Bilmayman degan so'zni faqatgina taqvoling ilmli odam ayta oladi. Bilmayman deyishi bu katta narsa. Agar bir odam har oyda bilaman desa, bu odam hech narsani bilmaydi eka. Men bilaman. Men uje olimman dedingizmi? Bo'ldi siz johilsiz.

Qosimiddin Muhammad ibn Abibakrni ajali erta keldi. Hajni qasd qilib ketarkan, dunyodan chiqib ketadigan vaqt yaqin bo'ldi. O'limi yaqinligini sezgach, o'g'liga qarab aytdiki, agar men o'lsam dedi, o'zim namoz o'qigan kiyimlarimda meni kafanlagin. Chunki mana shu narsa bobang Siddiqni kafani bo'lganida. So'ngra lahadimni tekis qilgin da, ahlinga bog'liq, ketaver. Meni qabrim ustida turib, bu odam falonchi, falondaqa edi, demanglar. Men hech kim emas edim, deydi.

Kamoli bu ulug'tobenni kamtarligidan bu. Meni maqtamanglar, men hech kim emass edim, deydi xotima. Kimgadir mansab eshigi yopiq bo'ladi. Kimgadir moli davlat eshigi yopiq bo'ladi. Kimgadir nasl nasab eshigi yopig'i bo'ladi. Ammo har bir odam uchun ilm eshigi ochiq bo'lardi. Moling bo'lmasa, ilm o'qi. Nasl nasabli bo'lmasang, ilm o'qa. Mansabsiz bo'lsang, ilm oqa.

Hukumatda aytilinadi, agar dunyo istasang, ilm o'tgin. Agar oxiratni istasang, ilml o'tgin. Ikkalasini teng istasang, illm o'tgin. Alloh subhanah va taolo barchalarimizga foydali ilm atayotgan bo'lsin. Va mana shu ulug' tobiynlarni hayotini eshitib, o'zimizga ibrat olishlikni nasib etgan bo'lsin'. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi va rakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)