Maviza
—Qoralama1 soat 1 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
61:28
O'zgarishlar tarixi

Biz inson saodatga yetishligi uchun qaysi sabablarni qoyim qilishligi kerak? Biz Alloh bizga bildirganicha buni bahs qilyapmiz. Bugungi mavzuyimiz asalni ol, idishini sindirma. Bugungi darsimiz muloyimlik haqida. Bugungi darshimiz muloyimlik hakidaki, bu sifat bora bora odamlarda ko'tarilib ketyapti.

O'n yettinchi sabab, asalni ol, idishni sindirma. Muloyim bo'l. Yumshoq, muomalali bo'l. Qo'pol dag'al bo'lma. Hadisda aytilinadi, mo'min kishi pokiza narsani yeb, pokiza narsa qo'yadigan va biron shoxga qo'nsa, uni sindirmaydigan asalariga o'xshaydi deyilgan. Asarlarni ko'rgansizlar. Gulga shunday uchib keladi da, shu bir nozik xilqatli bo'lgan, baklari nafis bo'lgan, gulga qo'nadi, shirasini oladi, uchib ketadi, gulga aziyat bermaydi, ozor bermaydi. Mo'min odamning muomalasi shunaqa bo'ladi. Odamlar bilan muomala qiladi, odamlarga aziyat germaydi.

Qaysi bir ishda muloyimlik bor bo'lsa, shu ish chiroyli bo'ladi. Qaysi ishda muloymlik yo'q bo'lsa, bu ish xunuk bo'ladi. So'zingiz muloyim. Yuzingizda doim tabassum. Chehrangiz ochiq. Bu baxtli insonlar kiyadigan libos. Muloyimlik birodarlar, mo'minning sifati. Mo'min asal ariga o'xshaydi. Gulga qo'nadi, ichidagi shirasini oladi, ammo gulni sindirib qo'ymaydi. Chunki Alloh Taolo qo'pollikka bermagan narsani muloyimlikka beradi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, innallohi rafiqun yuhib bir rivqofil amri kullihiy. Alloh muloyim, yumshoq, muloyimzod. Har bitta ishni muloyimligini yaxshi ko'radi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhu vasallam robbisini mana shunday sifatladi. Urvot ibn zubeyru aytadi, rivq muloyimlik, hikmatning boshidir. Hamma yaxshiliklar muloyimlikda bo'ladi. Muloyim inson maqsadiga albatta yetadi. Bugunmi, ertagami, muloyimmi, maqsadi yetadi.

Hayotni qaramaysizmi? Qilayotgan hamma ishimiz muloyim bo'lsa baraka topamiz. Muloyimlik bilan yondoshsak ishlarimizni oxiriga yetadi. Bir ko'chatni yerga ko'chiring. Gul bo'lsin, daraxt bo'lsin. Suvni keragicha muloyimlik bilan, bo'lib bo'lib, ozgina ozgina quying, unib o'sadi, baraka topasiz. Endi quyib tashlang boshidan, paqillab paqillab suvni. Nima oladi?

O'smaydi yoki qurib qoladi. Kiyim. Kiyimingizni muloyimlik bilan yessangiz yirtilmaydi, uzoqqa boradi. Agar qo'pollik bilan charchat yessangiz nima oladi? Tezda tugaydi. Shuning uchun hayotimizda birodarlar, har lahzasida muloyimlikka muhtojmiz. Bu darsga nima aloqasi bor, demak ismi? Muloyim inson saodatli bo'ladi. Ana. Muloyim inson baxtli, saodatli bo'ldi. Tabiblar ham muloyimlik bilan yondashishi kerak, o'zini ishiga. Jarroh. O'zbekchasi qanaqa?

Xirurg. Xirurg. Agar jarroh qo'pollik qilsa, bemorni biror a'zosiga zarar yetkazib qo'yadi. Bir tomirini kesib qo'yadida shol bo'lib qoladi. Bitta tomirini kesib bo'ladida qo'polli qilib, miyasida bo'ldi, gapirmay qo'yadi, ayrim shaharlarni gul bog'lariga kirib ketay desangiz yozib qo'yar ekan, sekinroq yur, muloyim bo'l. Chunki potir putur qilib qo'pollilik bilan kirsa ancha muncha gulni tepada pachaqlab qo'yar ekanda, o'zi sezmas ekan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zi muloyimzod bo'lganlar. Mana biz kimga taqlif qilishimiz kerak? Mashhur qissa. Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalari bilan masjidda o'tirarkanlar, bir a'robiy kirdi da, masjidni devoriga qarab bavul qilib qoldi.

Sahobalar yoqasidan o'sha bo'g'ib tushir. Siydigini to'xtatmoqchi bo'lishni to'xtatib, Payg'ambarimiz teg'qo'yinglar. Teg'qo'shilar bo'shanvasin dedi. Sahobalar qo'pollik qilishdi. Rasululloh muloyimlik qildilar. Haligi a'robiy ishini bitirib bo'lganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir paqirda suv quyib yuboringlar. Shunday qilishdi. Keyin a'robiyni Payg'ambarimiz chaqirib turib, ey falonchi, bu Allohni uyi, bu masjid, bu yerda bunday ish qilishing mumkin emas deb tushuntirdilar. Mana shunday bir muloyim muomalani natijasi qanaqa bo'ldi? Ta'siri qanaqa bo'mildi bu a'robiyga?

U dedi: Ey Alloh, dedi. Meni Jannatga kirib, Muhammadni Jannatga kiradi, boshqa hech kimni Jannatga kiritmadi. Muloyimlik. Muloyimlik! Birodarlar, muloyim kishini hamma yaxshi ko'radi. Qalblar muloyim insonlarga bog'lanadi. Alloh azza va jalla Rasulullohni maqtab nima dedi?

Rasulullohning atrofida sahobalar nima uchun jamlanganligini tushuntirdi bizga. Aslida aytib bila, fabima rahmati minallohi lintalag'um. Alloh tomonidan bir marhamat sababli o'zingizni sahobalaringizga muloyim bo'ldingiz. Demak, Rasulullohning muloyim bo'lishligi Allohning sahobalarga bergan rahmati edi. Valav kun tafaddon g'oliy dal qalb lamfat du minhovlik. Ey Muhammad alayhissalom, agar siz qo'pol qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketishgan bo'lar edi.

Demak, atrofimizda odamlar jamlanishligini, odamlar bizga ulfat bo'lishini xohlasak, buni siri bitta ekan. Nima ekan? Muloyim bo'lishi kerak. Hammanglar ham amakilaringlar, tog'alaringlar bo'lgan a, ukalar? Qaysi tog'anglarni yaxshi ko'rardinglar, qaysi amakilarni yaxshi korardinglar? I savol. Shu ko'chadan siz o'tdingiz. Shu loyni tepaladingiz. Endi siz o'zingiz amaki o'zingiz tog'a bo'ldingiz. O'zingiz qanaqasiz endi?

Shunday bir odamlar bor, agar ular bir majlisga kirib kelishsa, hamma xursand bo'lib ketadi. Hamma ularga tikiladi. Qalblar ularni kelishi bilan tiriladi, ko'ngillar yoziladi. Chunki bu odamlar o'zlarining so'zida odamlarga mahvob bo'lishgan. Oldi berdi, keldi ketdilarida hammaga manzur yoqimli, chunki ular muloyim insonlar.

Birodar, saodat istayapsanmi? Muloyim bo'l. Do'stlarni kasb qilish, qalblarini o'ziga rom qilish, bu bir shunday bir fan ilmki, bu ilmga ulug', oliyjanob, kamtar insonlargina ega bo'ladilar. Muloyim insonlarni ega bo'ladi. Agar bunday odamlar hozir bo'lishsa, ularni kelishdagi odamlarga xursandchilik. Agar yo'q bo'lishsa, ular haqida odamlar so'rab surishtiradi. Falonchi bormi? To'kinchi bormi? Haqqiga duolar qilinadi.

Ular mana shunday bir maqom martabaga qanday yetgan? Bilasanmi, birodar? Ularni, bu insonlarni, bu baxtli insonlarni. Bu muloyim insonlarni axloqiy dasturi bor. Mana shu axloqiy darsurni mahkam tutgan. U qaysi dasturda emasmi? Idif abin la tixiy axsam, fai dal la di bayinaka va bayna hu adavatu unka annah u vali iyun hamim. Mana shu oyatni o'zlariga nima qilgan? Dastur qilib olishgan ular.

Oyatda shunday deyiladi. Siz har qanday yomonlikni eng go'zal so'zlar bilan daf qiling. Shunda man ogoh, siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa, qaynoq do'st, sodiq do'st bo'lib qolaver. Ya'ni bunday odamlar odamlardan keladigan aziyatlarga muloyimlik bilan javob beradi. Odamlardan kelayotgan noo'rin so'zlar, noo'rin muomalalarni yutadi, o'tkazib yuboradi. Chiroyli muomala qilib qo'yadi, natijada boyagi unga yomonlik qilay ekan, qo'pol gapiray ekan, dushmanlik qilay ekinlar ularning do'stiga aylanadi. Yomonliklarni unutishadi, yaxshilikni eslab qolishadi. Ularga nisbatan noo'rin qabih so'zlar aytiladi. Ularni yonidan o'tib ketadi, ammo qulog'iga kirmaydi. Borsa kelmas tarafga qarab ketaveradi.

Mana shu dasturni ushlagan muloyim odamlar doim qalbi rohatda bo'ladi. Odamlar ulardan omonda bo'ladi. Musulmonlar ulardan salomat bo'ladi. Arabiy maqol: man la'nat kalimatuhu vajabat muhabbatuhu. Kimning so'zi muloyim bo'lsa, uning muhabbati odamlarga vojib bo'ladi. Bu degani muloyim gapirgan odamni hamma yaxshi ko'radi degani.

Siz xoling xolimang yaxshi ko'rib qolasiz bu odamni, muloyim gapirgannligi uchun. Mana sahobalar nima qilishdi, Rasululloh nima qildilar? Kimni yaxshi ko'ray qoldi arobeyi? Abu Hamad G'azzoli aytadi, muloyim so'zlar toshdek qattiq qalblarni yumshatadi. Qo'pol dag'al so'zlar esa, ipekdek muloyim qalblarni qotirib tashlaydi.

Ali ibn Abit Olib aytadi, senga qo'pollik qilganga muloyimlik qilgin, shunda u ham senga nisbatan yumshaydi, muloyimlashadi. U ham xo'mrayib turadi, sen ham xo'mrayab turasan. O'sha birinchisi bilasizmi, assalomu alaykum deb qo'l uzatsa, uyatganingdan ham assalomu alaykom deysan da. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, al muslimu man salimal muslimun na milliy sanix va yadixiy. Haqiqiy musulmon kim? Musulmonlar uning tilidan va qo'lidan salomat bo'lgan kishilar. Mashinasidan salomat bo'lgan kishilar, bizning zamonimizda. Signalidan salomat bo'lgan kishilar. Gazni qattiq bosishidan salomat kishilar. Chiyda tormoz bosishidan salomat bo'lgan kishilar.

Siz mashina minayotganda ozor bermayapsizmi? Siz haqiqiy musulmonsiz. Endi mashina minayotib turib odamlarga ozor, aziyat beryapsizmi? Demak, siz haqiqiy chinakam komil musulmon massiz hali. Va l mominu man aminan nasu aladimay hima al muallihim. Endi mo'min kim? Haqiqiy mo'min kim? Ma'min haqiqiy mo'min odamlarning qonlari va mollari undan omolda bo'lgan kishi.

Birovni qoniga ham, moliga ham ko'z olaytirmaydi. U odamlar musulmonmi, musulmonmanmi, farqi yo'q. Musulmon odamni oldida boshqalar, mo'min odamni oldida bo'shqalar, kim bo'lishidan qat'iy nazar ular. Xotirjam turadi. Bu musulmon deydi. Hamma ishlar muloyimlik ustiga qurilgan. Hadisda aytildi. Qaysi ishda, qaysi narsada muloyimlik bo'lsa, shu ish chiroyli bo'ladi. Qaysi ishda muloyimlik yo'q bo'lsa, shu ish xunuk bo'ladi.

Hatto birodar shariatni hukmlarini bajarishda ham sen o'zing nafsing bilan muloyim bo'lishinging kerak. Chunki agar sen nafsingga muloyimlik bilan muomala qilmasdan, qattiq shiddatni o'zingga odat qiladigan bo'lsang, sen shariat amallarini qilishlikdan to'xtab qolasan. Ibn Hajar rohimahulloh aytadiki, kimda kim diniy amallarni bajarishda g'uluv ketsa, chuqur ketsa, muloyimlikni, riftini tark qilsa, shubhasiz o'zi ojiz qoladi va amallardan mag'lub bo'lib to'xtab qoladi. Uzoqqa bormaydi.

Hamma muloyimni yaxshi ko'radi. Alloh azza va jalla hamma ishni muloyimni ya xshi ko'radi, kim muloyimlikni yaxshi tark qilgan bo'lsa, hamma yaxshiliklardan mag'rur bo'libdi. Muloyim kishi. Muloyim insonga do'zax o'ti harom. Birodar, agar sen Alloh tabiatini muloyim qilib qo'ygan bo'lsa, muloyimlik tabiatingga joylangan bo'lsa, sen katta bir xayriyatga ega bo'lsan. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, Abdulloyim nima suddan? Innama tahrumun na ro ala kulli hayyining layining qoriybin sahling.

Albatta, dedilar Rasululloh, jahannam haromdir. Kim uchun? Jahannam kimga harom? Har bir muloyim muomalasi yengil va odamlarga yaqin bo'lgan kishiga. Mana shu kishiga jahannam harom. Muloyim, muomalasi yengil, odamlarga yaqin kishi. Prostoy odam deysiz. Falonchi bo'lsa ham muomalasi, nima deysiz, shuncha puli bo'lib turib, shuncha obro'y, matabasi bo'lib turibmi, oddiy muomala qiladi deysiz. Yaxshi ko'rasizmi?

Mana shunday odamga do'zax o'tiq harom bo'lyapti, birodar. Muloyimlikni o'zingga libosini kiy, muloyim bo'l, do'zax senga harom bo'lyapti. Undan avval dunyoda o'zida saodat topyapsan. Ayrim salafi solihiylar aytishadiki, bir inson uyiga kirishida, chiqishida, kiyimni kiyganda, yechganda, uloviga minayotganda yoki undan tushayotganida, mana shu ishlarni ohistalik bilan bajarish kerakligini bilishligi uning faqihligidandir.

Mashina minishga ketyapti a? Sekin o'tiradi, sekin zavod qiladi, sekin yuradi, changitmaydi, changitib qo'yib turib yana nima qilib qo'yadi, avvalikani yoqib qo'yadi o'tib ketib turib. Ishlardagi shoshqaloqlik, qo'pollik foydani yo'qqa chiqaradi. Bunaqa yo'l ko'proq insonga zarar olib keladi. Agar sen nima ish qilishingda muloyim bo'lsang, o'zing ham rohat topasan, atrofingdagi qalblar ham xotirjam bo'ladi.

Qoida. Muloyimlik qalblarning kalitidir. Har qanday insonni qalbini muloyimlik bilan ochsa bo'ladi. Rasululloh boyagi a'robiyning qalbini ochganlaridek. Muloyimlik uni orqasida katta foydalar bor. Ba'zilarni aytib o'tamiz. Birinchidan, muloyimlik jannatga olib boruvchi amal. Ikkinchidan, kishining iymonini komilligi islomining go'zalligiga dalil. Uchinchidan, muloyumlik Allohning va bandalarning muhabbatiga erishishiga sabab bo'ladi. To'rtinchidan, odamlar orasida mehr muhabbatni paydo bo'lishiga sabab bo'iladi. Beshinchidan, bandaning solihligi va axloqning go'zalligini dalilligi bo'ladi. Oltinchidan, gina kudurat va adovatni ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Yettinchidan, bandaning ikki dunyoda baxtli bo'lishiga sabab bo'lad. Ikki dunyoda. Sakkizinchidan, go'zal axloqli bo'lishga olib boruvchi sabab muloyimlik. To'qqizinchidan, inson yaxshiliklarga erishishining eng ishonchli yo'li.

Ulamolar aytadi, kim Allohni bandalariga yumshoqlik qilsa, Alloh ham bu bandasi yumshoqlik qiladi. Kim Allohning bandalariga rahm qilsa, Alloh ham bu bandaga rahm qiladi. Kim Allohning bandalariga ehson qilsa, Allohni bu bandaga ehson qiladi. Kim, Allohning bandalarga saxovat ko'rsatsa, Alloh ham unga saxovat ko'taradi. Kim Allohning bandalariga foyda keltirsa, Alloh unga ham foyda keltirdi. Kim odamlarning ayblarini satr qilsa, Alloh ham bu bandaning ayblarini bekitadi. Xullas, qoida.

Allohni bandalariga qanaqa muomala qilayotgan bo'lsang, birodar, Alloh Taolo ham senga, dunyoda ham, oxiratda ham xuddi shunaqa muomala xiladi. Dunyo oxiratda Alloh senga muloyim muomala qilishni xohlaysanmi? Birodar muloyim bo'l. Banda odamlarga qanday muomala qilsa, Alloh'dan ham xuddi shu muomala keladi ikki dunyoda. Muloyim tabiatli, yumshoq so'zli insonlarga shu dunyoni o'zidayoq ato qilinadigan xotirjamlik, sakinat va osudalik bashorati bor. Oxiratda esa robbilari huzuridagi ulkan ajr bashorati bor. Innal muttaqina fii jannati va nahar, fii maqo adai sidqi in inda Maliki muqtadir. Albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar ustida qodir podshoh huzuridagi rozi bo'lingan o'rinda maqomda bo'lur.

Qoidalarimiz. Muloyimlik qalblarning kaliti. Muloyimlik Allohni va bandalarining muhabbatiga sabab. Muloyimlik siz bilan bizni maqsadimizga olib boruvchi eng ulug' sifatlardan. Ala biydikirillahi tatma in nol qulub. Bugungi mavzuyimiz, ogoh bo'linglar, qalblar Allohni zikr qilishlik bilan orom olar. Bu Alloh Subhanaho Taoloning oyati, Allohning so'zi.

Insonni yaratgan, uni tabiatini bilgan, Alloh Taolo aytyaptiki, sizlarni qalbinglar faqatgina Allohni zikri bilan orom oladi. Demak, kim insonni qalbi orom olgandan keyin, sakinat taskin topgandan keyin u saodatli bo'ladi, baxtli bo'ladi. Hamma inson saodat istaydi. Baxt istaydi, osoyishtalik istaydi, sakinat istaydi. Va mana shu maqsadiga yetishlikda kimdir boylikni maqsad qilib qo'yadi. Boylikka aytsam baxtli bo'laman deydi. Kimdir mansabga aytsam deydi. Xullas, har kim o'zicha bir andozalarni, miqyoslarni, o'lchovlarni qo'yib olgan oldiga. Lekin siz bilan biz yaratgan Parvardigorimiz Subhanah va Taol aytyapti, ogoh bo'linglar, ko'zinglarni ochinglar. Inson faqatgina qalbi Allohni zikr qilgandagina orom oladi. Bugun zikr haqida suhbat qilamiz.

Alloh Taoloni zikr qilishdan ko'ra qalbni ochadigan boshqa amal yo'q. Alloh Taoloning zikr qilishinglardan ko'ra savobi ulug'roq bo'lgan amal yo'q, demak, insonni qalbini ochilishligi, yuksalishligi Allohning zikriga bog'liq bo'ladi. Alloh Taolo Qur'onni marhamat qiladi. Fadlukoruning azikorukun. Ey bandalar, meni eslanglar, meni zikr qilinglar, men sizlarni eslayman. Bilasizlarmi? Yer yuzida bir jannat bor. Allohni zikri degan jannat. Allohni zikkari bu yerdagi jannat. Kim mana shu yerda yashab turib, shu jannatga kirmagan bo'lsa, oxiratdagi jannatga kirmiydi. Ilm majlisi, Qur'on tilovati, Allohni zikri bo'lgan xalqalar, mana shu zikrda o'tirgan odam jannatga kirgan hisoblanadi, yer yuzidagi. Endi yer yuzidagi jannatga kirdimi? Inshaalloh oxiratdagi jinni ham kiradi.

Allohni zikiri, birodarlar qalbni toyilishdan, mashaqqatlardan, istoroblardan qutqarish degani. Allohni zikr qil birodar. Zikring uni orqasidan keladigan foydalar uchun bo'lib qolmasin. Juda ham nozik nuqta shu. Boshida aytib qo'yay. Allohni zikr qursang, Allohga yaqin bo'lasan. Maqsad shu bo'lsin. Allohni zikr qilsang, Alloh seni yaxshi ko'radi. Allohni zikr qilsang, Uni muhabbatiga erishasan. Mana shu maqsadda zikr qil, undan keyin keladigan narsalar Allohni hadyasi deb qara.

Ha, mana bu zikrda menimcha aytsam, manaqa bo'lar ekan, modvoda menimcha o'qisam, manaqa bor ekan, degan niyatni aytib qo'ysang, bunda adashasan. Allohni roziligi uchun, Allohni muhabbati uchun, Allohga yaqin bo'lish uchun degan niyatda zikr ayt, shu zikring to'g'ri bo'ladi, shundan keyin u zikrni foydalarini ko'rasan. Kim Alloh uchun qirq kun taqvo qilsa, Uni tilidan hikmat chashmalari otilib chiqadi degan hikmatni eshitdi bir odam.

Qirq kun Alloh uchun taqvo qildi, nazarida. Lekin qirq kun o'tgandan keyin tilidan hikmat chashmalari otilib chiqmadi. Otilib chiqmading ku dedi, sendan otilib chiqmaydi deyildi. Chunki u taqvoni Allohni rozi qilish uchun emas, shu hikmat chashmasiga ega bo'lish uchun qilgan edi. Tushunarlimi birodarlar?

O'zi zikrlarda hozir foydalanib aytib beraman. Ayrim zikrlarda xos foydalarni yozib keldim. Ungacha bilib olinglar nima uchun zikr aytish kerakligini. Xulosa, zikrni Allohni rozi qilish uchun aytamiz, undan keyin nima bo'lsa, Alloh Taoloning fazli. Zikrning asosiy maqsading shu bo'lsin. Shundan keyin zikrni orqasidan keladigan foydalar, endi u yog'i Alloh Taoloni marhamat deb qabul qilasan. Allohni zikr qilish. Bu yaxshiliklarga, yutuqlarga erishishning eng oson va eng yaqin yo'li. Zikrni nima foydalari, qanday ulkan foydalari borligini bilmoqchi bo'lsang, Kitobu Sunnatga nazar sol, shuni o'zi kifoya qiladi. Sen birodar har kuni zikr malhamini olib, sinab ko'rib, shifoga erishgin. Allohni zikr qilish bilan qo'rquv, xavotir, g'am qayg'u bulutlari tarqaydi. Ollohni zikri bilan mashaqqat, kulfat, afsus tog'lari surilib ketadi. Zokirlarning qalblari osoyishda, osuda va xotirjam. Bundan ajablanma.

Allohni ko'p zikr qiladiganlarning hayoti osuda ekanligidan ajablanma. Buni o'rniga sen Allohni zikr qilmay yurgan g'ofillar qanaqa qilib yashayapti keyin deb hayron bo'l. Bir kunda bir marta Alloh demaydiganlar bor. Yeganda bismillah demaydi, o'tirganda bismillah demydi, Allohni eslamaydi. Allohni zikridan g'ofil bo'lgan insonlar qanaqa qilib hayot kechiryapti ekan? Shundan hayron bo'l birodar.

Alloh Taolo aytadi, ammuaton g'oy rohiya, voma yashuruvni ayyani yubafun. Ular jonsiz o'lik. Ya'ni nafas olyapti, yuribdi, lekin o'lik. Va qachon qayta tirilishlarni ham sezmaslar. Shuning uchun birodar, qiynalgan bo'lsang hayotda, charchagan bo'lsang, mashaqqatlardan shikoyat qilib yig'layotgan bo'lsang, Uni ismini zikr qil. Uni muqaddas ismi bilan duo qil, iltijo qil. Hal ta'ala mulohu samiya. Unga teng biror zotni bilurmisiz?

Birodar, seni qalbingni xotirjamligi Allohnı zikr qilib ishlashingga bog'liq bo'ladi. Qancha ko'p zikr qilasan, qancha ixlos bilan, qancha bir e'tiqod bilan zikr qilsan, qalbing shuncha xotirjam bo'ladi. Bu meni gapim emas. Bu Alloh Subhanah va Taoloning so'zi. Ogoh bo'linglar, qalblar faqat Allohnı zikri bilan orom bo'ladi.

Hammamiz xohlaymiz bir narsani bilishni. Nima u deng? Allohni huzurida meni qadrim qanaqa ekan? Xohlaymizda. Alloh meni qadrlarmikin? Allohni huzurida meni qadrim qanaqa ekan? Bilishni xohlaysan, birodar. Ha, albatta xohlaysan. Buni yo'li bor. O'zingga qarab ko'r. Sen uchun Allohni zikri qaysi o'rinda?

Allohni zikr qilishligini qadri senga qanchalar baland? Shunga qarab seni ham qadring belgilanadi Allohni huzuriga. Zikr siz uchun qanchalar qadrli? Shunga qarang da, buyog'ini bilib yuboring. Endi tushunyapsanmi birodar? Nima uchun qalbingda doim siqilish, tashvish, qo'rquv bor? Endi tushunayapsizlarmi nimaga odamlar shunaqa bir siqilib bo'g'ilib yashaydi? Nima sababdan mana shu narsalar qalblarimizni egallagan? Endi anglayapsizlarmi?

Agar bizni ham qalbimiz mana shunaqa siqilishda, iztirobda bo'g'ilishda bo'lsa, demak, buni sababi nima ekan? Allohni zikridan uzoq ekanmiz. Shu shu muammolarga kirib qolamiz. Endi qutulishni yo'li Allohni zikriga qaytaylik. Voy birodar zikr shunaqa zo'r ibodatki, uni vaqti yo'q. Albatta tahorat bo'lishi shart emas, masjidga borish shart emas. Yurib ketayotib aytsangiz bo'ladi, o'tirib aytsangiz boradi, yonboshlab olib aytsangiz boraveradi, aytsangiz bo'mdi. Shunaqa yengilki, shuni ham aytmaymiz da. Nimaga aytmaymiz? Tillarimizga og'ir.

Kishi Allohni zikrini tiliga kelishligi og'ir bo'layotganligi uning qalbidagi nifoq sababidan deyiladi. Tilingizga zikr kelishi qiyin bo'lyaptimi? Majbur majbur qilib bo'g'ib qilib aytyapsizmi? Zikr qilishlik oson emasmi, qiyin bo'layaptimi? Qalbingizdagi nifoqni belgisi bor deydi ulamolar. Allohni zikri degani Allohga suyanish degani. Unga suyanish deani ishonish degani, tavakkal qilish, qaytish degani. Ollohni zikri degani Alloh haqida yaxshi gumon qilish degani, undan yengillikni kutish degani.

Agar duo qilsang Alloh senga yaqin. Nido qilsang eshitadi. So'rasang, ato qiladi. Shuning uchun Allohga zorlan. Duo qil, undan qo'rqin. Sanoat, hamd ayt, duo qil, istig'for ayt, Uni pokiza ismini doim tinimsiz takrorla. Inshaalloh Uni madadi bilan saodatni topasan, omonlikni, xursandchilikni, nurni, osonchilikni inshaalloh qo'lga kiritasan.

Ogoh bo'linglar, qalblar faqat allohni zikri bilangina orom oladi. Bo'ldi, ertadan shu zikrlarni aytaman degan xulosa bilan chiqib ketish kerak. Tepada o'n sakkizta mavzu o'tdikmi? U bir tomon bo'lsa, bu o'zi bitta bitta alohida tomon. Tushunyapsizlarmi? O'n sakkizta darsimiz bitta pallada, mana shu zikr bitta pallada.

O'sha o'n sakkizinchi da o'tgan narsamizni doimo hayotimizda turishi, o'shanga amal qilishligimiz zikrga bog'liq. Istadvillar fa atahumullohu sabab dunya va husna sabab il axiru va allohu yo haybul muhsinoin. Bas, mana shunday zokirlarga Alloh dunyoda ham savob, g'alaba, moli davlatni berdi va oxiratda ham go'zal ajrni, jannatni ato qiladi. Kimga? Zokirlarga. Allohni ko'p zikr qiluvchi bandalariga.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mana Abu Dardor roziyalloh anhu hudan rivoyat qilingan hadisga qaraymiz. Rasululloh aytadilar, sizlarga amallaringlarni eng yaxshisini o'rgataymi? Podashohlaringiz huzuridagi eng pokazasini o'rgataymi? Darajanglarni ko'taruvchi oltin kumushni sarflashingizdan ko'ra yaxshiroq, dushmanga ro'baro' bo'lib, sizlar uni bo'yniga qilich urishinglar va ular ham sizlarni bo'yninglarga qilich urishidan ko'ra yaxshiroq bo'lgan amalni xabarini beraymi?

Ha deyishdi sahobalar. Zikrulloh dedilar, Rasululloh. Allohni zikri. Allohni ziki. Alloh taolo xonada aytadi valadikrullohi akbar. Allohni zikr qilishlik eng ulug' amal. Allohni ziki qilish eng ulug' amol. O'lik inson, o'lik uy.

O'lik insoni. Nafas olib turib harakatlanayotgan bo'lsa ham o'lik. Qalbingda qo'rquv, xavotir, vahima, siqilish bormi? Bu nima sababdan shular bor? Bilasanmi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, masalullo deyadquru rabbahu va la deyla yadquru rabbahum. Kamatali hayyi val mayyi tiy. Buxoriyda. Robbisini zikr qiladigan odam bilan, robbisini zikir qilmaydigan odamning misoli tirik bilan o'lik odamni misoliga o'xshaydi. Nafas olib yurgan bo'lsa yo allohni zikr qilmaydigan bo'lsa, bu odam o'lik deyapti Payg'ambarimiz. Endi bu o'lik qayerda, qayerdan xursandchilik bo'lsin? Bunaqa o'lik qalbda qadam bir oz toshdalik sakinat bo'lsin. Bunaqa o'lik xalbda saodat qayerdan bo'lsin? O'lib bo'lgan u bu qalb.

O'lik uy. Uy ham o'lik ko'radi. Garchi ichida odamlar yashayotgan bo'lsa ham. Imom Muslim keltirgan hadisda Payg'ambarimiz aytadilar, masalul baytilla di yuzkorulloh vihi, va al baytilla di la yuzkorulloh vihi, masalul hayyi val may yeti. Ichida Alloh zikr qilinadigan uyning misoli va ichida Alloh zikri qilinmaydigan uyning misoli tirik bilan o'likning misoliga o'xshaydi.

Qarang, tirik uy bor ekan, o'lik uy bor ekan. Tirik odam bor ekan, o'tik odam bor e kan. Allohni zikr qilgan odam tirik, Alloh zikr qilingan uy tirik. Endi Allohni zikr qilmagan odam o'lik, Alloh zikr qilinmagan uy ham o'lik, o'likni ichidagi o'liklar. Uyingda birodar baraka yo'qmi?

Osoyishtalik, sekinot yo'qmi? Qarab ko'r chi, uyingda allohni zikri bormikin? Yo'q. Ko'pchilik uylarda Allohni zikri yo'q. Unda nima bor uyinglarda? Sanaymiz. Konsertlar, futbollar, masxarabozlarning tomoshalari, seriallar, oldi qoshdi, shoular. Agar seni biror uyingda faqat shular bo'layotgan bo'lsa, sen qaysi saodatni uyingdan istayapsan, birodar? Bunaqa Allohni zikri bo'lmaydigan uyda qanaqa sakinad bo'lishi mumkin?

Axir bu uyga shaytonlar to'lib bo'lgan u. O'lik, uni ichidagi o'lik odamlar. Bir odam Alloh Taolodan duo qilib, bir hojatlarni so'raydi. Yana boshqa bir banda Allohni shunaqa ko'p zikr qiladiki, doim tili zikrda, doim tilizikrda, zikr shunaqa band qilib qo'yganki, nimani so'rashligi esdan chiqib qoldi.

G'ami, kamchiligi esdan chiqib quoldi. Endi buni holati nima bo'ladi? Rasululloh aytadilar, kimni meni zikr qilish o'zining hojatini so'rashdan to'sib qo'ygan bo'lsa, zikrni ko'p aytganligi bilan ovora bo'lib, ko'p zikr aytib, hojatini so'raish esdan chiqib qolsa, bas men unga so'rovchilar so'raydigan narsalardan ko'ra afzalroq narsani ato qilaman. Siz zikrni qilavering da, indamay qo'yavering nima kerakligini. Chunki robbingiz o'zi biladi sizga nima kerakligini.

So'rash ibodat. Zikr ham ibodat. Lekin zikrni qarang da. Ham zikr bo'lyapti, ham so'rash bo'lyapti bir vaqtni o'zida. Shuning uchun aytildi da, vala zikrullohi akbar. Allohni zikri eng buyuk amal. Alloh taolo aytadi men bandamning men haqidagi gumonidaman. Agar u bandam meni zikr qilsa, men u bilan birgaman. Agar u meni o'zining nafsida zikr qils a, men ham uni o'z nafsimda zikr qilaman. Alloh sizni zikr qilishi nima? Bilasizmi siz? Aqlingiz bog'var qiladigan narsa emas. Sizni aqlingiz yetmaydi. O'ylang, bir mahallangizda bir odam bor edi yoki bir katta o'rtog'ingiz bor edi. Bila yashadingiz, bir kun kelib prezident bo'ldi. Mamlakatingizni prezidenti bo'ldi. Keyin rosa mansabda cho'qqisida turgan payti bir intervyusida sizni esladi.

Men maktabda o'qigan paytimda falonchi o'rtog'im bo'lardi. Shu mana fandan menga yordam berardi desa, bilasizmi qanday baxtli his qilasiz o'zingizni? Chunki sizni kim zikr qildi? Kim esladi sizni? Prezident. Endi Alloh sizni zikr qilsa, bilasizlarmi nima bu siz uchun? Bu sakinat. Osudalik, barakot, saodat. Agar banda meni o'zini nafsida zikr qilsa, men o'zimni nafsimda zikr qilaman. Agar meni o'sha bandam bir majlisda maloda, bir jamoatni ichida zikr qilsa, men u bandamni ularning majlisidan ko'ra yaxshiroq bo'lgan majlisda zikr qilarman. Maloyil a'lo, malolikalarni majlisida zikr qilaraman deyapti Alloh Taolo.

Alloh sizni zikr qilsin birodar, bilasizmi sizga nima bor? Rahmat. Qo'llashi inoyati panohi degani. Banda Allohni zikr qilsa, Alloh shu banda bilan birga bo'ladi. Alloh siz bilan birga bo'shishini xohlasangiz, Allohni zikir qiling. Qo'llab quvvatlaydi. Yana nima kerak sizga boshqa? A? Nima kerak yana sizga boshqa?

Allohga sen banda zikrni ko'p aytib, unga yaqin bo'lganing sari, Alloh ham senga yaqin bo'lib boraveradi. Payg'ambarimiz aytadilar, saboqal mufarridun. Mufarridlar o'zib ketdi hammadan. Aytishdiki, yo Rasululloh, mufarridlar kim? Rasululloh aytdilar, zakirunalloha kathiro va zakarot, imom Muslimdan. Allohni ko'p eslaydigan erkaklar, Allohni ko'p eslaydigan ayollar. Mana shular o'zib ketishdi. Hamma narsada o'zib ketibdi.

Mana endi zikrda qanchalar muhim narsa ekanligi va qanchalar oson, qulay narsa ekanligini, maqsadimizga yetkazadigan eng oson va qulay yo'l ekanligini tushundik. Mana endi ayrim zikrlarning fazilatini aytib beraman. Nimaga aytmayapman shu zikrni men deysiz? Abu Muammo bahli roziyallohu anhuning xalisi. Abu Dovudan keltiriladi. Kunlari birida Abu Muammo bahili roziyallohuhu anhu masjidda namozdan bir tashqari vaqtda ko'p o'tiradigan bo'lib qoladi. Rasululloh buni kuzatib turib, ey Abu Muammo, nimaga bu ko'p o'tibsiz? Namozdan tashqari vaxtlarda, deganida hali sahoba boshini egib o'tiribdi da. Yo Rasululloh, g'amlarim ko'p, qarzlarim ko'p. Deydi.

Kimni g'ami yo'q? Kimni g'ami? G'ami yo'g'i. Boyni ham, kambag'alni ham g'ami bor. Kambag'al qarzni to'lolmay g'amda bo'lsa, boy haqini undira olmay g'amda. To'g'rimi? Rasululloh aytdilar, men sizga shunday bir kalimalarni o'rgataymi? Agar ularda aytsangiz, Alloh g'amlaringizni ko'taradi, qarzlaringizni uzadi.

Endi qanday? Shu gapni gapirib qo'ysanglar, g'am hal bo'lib, qarz uzilib qoladimi? O'shaning uchun biz odamlarga bu zikrlarda foydasi yo'q da. Ularning iymoni zaif, ularning iymonisi sust. Undan ko'ra ming dollar berganingiz yaxshi uni qo'liga. Narxini olishni xohlaydi. Mana shu yerda mo'minni, mo'min emas odamdan farq ajraydi da. O'rgating yo rasululloh dedi.

Rasululloh aytdilar, shunday deng. Allohimma inniy auzu bika minal hammiy val hasan va auzu bika minali ajziy val kasal va auzu bika menal jubniy val buxl va auzu bika ming g'olabati dayniy va qohiriy rejal. Haligi sahoba eshitdi, yodladi va aytib yurdi. Hech qancha vaqt o'tmadi, Alloh g'amlarimni ham ko'tardi, qarzlarimni ham uzdi deydi. Endi aytamiz, chunki g'am hal bo'lar ekan, qarz uzurar ekan. Lekin boshida aytdik darsimizda. Bu zikrlarda aytishdan maqsad Allohni roziligi, Allohni muhabbati Allohni uyiga yaqin bo'lishlik bo'lsin, u bu masalalar keng bevodigan narsalar.

Bir qori ukam shunaqa muammoga kirib qolganda men ham xuddi shu nasihatni qilgan edim. Bir oy o'tmadi domla, hamma yoq hal bo'ldi deb keldi. Chunki biz o'zimiz ham ko'rganmiz da, bu zikrni aytib turib, hayotimizda ta'sirini, hayotimizda samarasini ko'rganmimiz. O'shaning uchun ishonib aytgan edik, ishonib olib, ishonib aytgandan keyin Alloh hal qilibdi. Bir oyda problemalari hal bo'ldi domla deyapti.

Birodarlar, uyga kirib olib yig'laysiz. Yig'laysiz. O'sha qilgan duolaringizni, zikrlaringizni foydasini ko'rganingizda, kirib shukronasiga yig'lays siz. I lekin zikrni umuman qo'ymay qo'yasiz. Zikrni umuman tilingizdan qo'ymay qo'yasiz. Biz mana shu hadisni voqeligini hayotimizni o'zimiz ham ko'rdik, shogirdlarimizni ham ko'rdik. Sizlarni ham inshaalloh ko'ramiz. Faqat ixlos bilan aytilsin, doimiy bo'lsin.

Yuzta ja bul yahadiku ma'lamiyasda ajilalar rasululloh. Shoshilmasanglar da, duoylar ijobat bo'ladi. Qanday qilib shoshilamiz, yo rasululloh? Rasululloh aytdilar, sizlardan bittanglar allohga duo qiladi, duo qiladi, keyin aytadi, duo qildim, duo qildim. Alloh ijobat qilmadi deydi. Mana shu odam shoshiltirdi, endi buni duosi ijobat bo'lmaydi.

Istig'forning ayrim foydalari. Nuh alayhissalom o'zini qavmini to'qqiz yuz ellik yil da'vat qildi. Va ularga robbilarga istig'for aytishlikni buyuridi. Avvalambor gunohlarga mag'firat. Men dedimki, parvardigoringizdan mag'firat so'ranglar, albatta u o'ta mag'firatli bo'lgan zotdir. Ikkinchisi, yomg'ir yog'ishiga sabab. Yursinglar samal alaykum midroro, u zot ustinglarga osmondan yomg'ir yoqtiradi. Rizqmi, barakami? Uchinchi foydasi, moli dunyo farzandlar bilan quvvatlaydi. Va yum didkum biya mualin va banin. Va sizlarga mol u dunyo bola chaqa bilan madad beradi. To'rtinchi foydasi, bog' u bo'stonlarga sabab bo'ladi. Voyaj allakom jannatin. U Alloh sizlarga bog' u bo'slonlarni beradi. Beshinchi foydasi, daryolarda suvni serob bo'lishiga sabab. Voyaj allakum anharo. Sizlarga oqar daryolarni ato qiladi. Bitta istig'forga.

Oltinchi foydasi. Jismoniy quvvotingga quvvat bo'ladi, istiqforni ko'paytishing. Va yazidukum quvvatan ila quvvatiqum. Va kuch quvvatlaringizga yana kuch quvvat beradi. Yettinchi foydasi, istig'for chiroyli rizqni kelishiga sabab bo'ladi. Yumatday akum matan hasanan ila ajali musamma. U Alloh sizlarni ma'lum muddatgacha chiroyli rizq bilan bahramand qilur. Sakkizinchi foydasi, har bir fazl egasining fazliga erishishiga sabab bo'ladi. Va yutu tikulladiy fotlin fotlahu va har bir yaxshilik sohibiga yaxshilik mukofotini beraver.

To'qqizinchisi, balolarni daf bo'lishiga sabab bo'ladida istig'for. Va man ka'na allohu muaddibahum va hunday astag'firun. Modomiki ular istig'for aytib turarkan, Alloh ularni hargiz azoblamaydi. Sanab chiqamiz kelinglar. Istiqfodni birinchi foydasi, gunohlarga mag'firat, yomg'ir yog'ilishiga sabab, moli dunyo bola chaqa, bog' u bo'ston, daryolar, quvvat, chiroyli rizq, har bitta fazil egasi fazilni oladi, balolarni daf bo'lishi.

Bitta istiqfor uchun. Yana nima kerak sizga? Yana nima kerik? Nimada yuribmiz ko'chada? Bola, chaqa, tirikchilik, hammasi istiqborda ichida turibdi. Quvvatda yurmayapmiz ko'chada. Quvvat ichida ekan. Daryo, yomg'ir, bog'roq. Nimani evaziga berilyapti? Voy men nima qilib yuribman istiqbol aytmasdan degan xayol keldimi kallanglarga? Astag'firullohu aladin va atubelay. Astag'firullohni otu bilay. Astag'firulloh. Qaysinisi tilingizga qulay? Ketguncha aytib keting shuni mashinada, uyingizga. Ishga ketguncha aytib keling. O'tirib ayting, turib ayting, ishga ketayotib ayting, yurib ketayotib, kiyinayotib ayting. Zikr ayting birodar. Bilasizmi zikr nimaga o'xshaydi? Tuyaydagi gul qurishni boshlaganda suv quyasiz, u gul yashnaydi. Ana shu gul siz bilan bizni qalbimiz. Ana shu quyilayotgan suv Allohni zikri. Shuning uchun aytdik, Allohni zikr qilayotgan odamni qalbi xotirjam, osoyishta bo'lganiga hayron bo'lma. Allohni zikr qilmayotganlar qanaqa yashayotganiga hayron bo'l.

Salovatning foydalari. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishning foydalari, rizqni keng bo'lishi, hojatlarni ravo bo'lishida, Rasulullohga salovat aylashlikning fazilati. Odamlarni ko'pi mana shu haqiqatdan bexabar. Salovat aytsa, hamma muammolar hal bo'lishligidan bexabarligi uchun solovatga beparvo.

Qaytarib aytaman. Payg'ambarimizga solovat aytishlik, hamma muammolarni hal bo'lishligini sababi, insonlarda aqli yetmaydigan, insonlarda qo'lidan kelmaydigan masalalarni hal bo'lishing ham solovatga bog'liq. Ishonasizmi, birodar? Ishoning. Qanday endi men Allohimni sonli ala saydina Muhammad deb yursam, problema seniki hal bo'lmaydi.

Seniki hal bo'lydi million marta aytsang ham, chunki iymon yo'q. Endi u problema hal bo'lish uchun aytyapsan ku, o'shaning uchun ham hal bo'lmaydigan seniki. Avvalambor, Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishlik, Allohnin buyrug'i. Sizlar debinglar. Innallohu va malayka tohu yusalluna ala nabiy ya ayyuha alladina amanu sollu alayhi vasallimu taslima. Albatta alloh ham salovat aytadi payg'ambarga. Malakalar ham aytadi salovat Payg'ambariga. Va ey mo'minlar, sizlar ham Payg'ambargan salovat aytinglar.

Qarang, Alloh Taolo o'zi aytyapti salovatni. Tushunyapsizlarmi qanaqa ulug' ibodat bu? Ubaybni Ka'bni hadisiga murojaat qilamiz. Ubaybni Kap, Mushtahid sahobalardan bo'lgan. Eng peshvo ilmdagi sahobalardan bo'sgan. O'zini qiladigan duolari bo'ladi, kunda. Yo Rasululloh, shu duolarim ichidan qanchasini sizga solovat qilay dedi. Duo qiladi, qanchasi sizga solovat bo'lsin dedi. Rasululloh aytdilar, qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Yarmini qilaymi, uchdan birini qilaymi, Payg'ambarimiz qancha ko'p bo'lsa, shuncha o'zingga yaxshi, devurdilar.

Shunda ubaybimniki abdiki, unday bo'ladigan bo'lsa, hamma duoyimni sizga salovat qilib olaman dedi. Faqat salovat aytaman dedi. Mukofotni qarang. Rasululloh aytdilar, idan tukfa hammaka va yo'g'i farzand bu ka. Unday bo'lsa, bu ishingiz g'amlaringizga kifoya qiladi. Gunohlaringizni mag'firat bo'lishiga sabab bo'ladi dedilar.

Salovatni qancha ko'p aytsang, muammoing qolmaydi deyapti. Imom Bayhaqiy Shuobul imonda Anasim nimalikdan keltirilgan hadisda aytadi. Kim Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuzta salovat aytsa, Alloh Taolo mana shu bandani yuzta hojatini ravo qiladi. Yetmish tasi oxirat hojatlaridan bo'ladi, o'ttiz tasi dunyo hojatlaridan bo'lladi.

Kim Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuzta salovat aytsa, Alloh Taolo mana shu bandani yuzta hojatini ravo qiladi. Yetmish tasi oxiriat hojatlaridan biladi, o'ttizinchi tasi dunyo hojatlaridan bo'lardi. Kunda bitta hojatingiz ravo bo'lsa o'zi qanaqa xursand bo'lib ketasiz a? Ertaman chiqib kechgacha yurasiz, bitta problemangizni hal qilib kelsangiz, bugungi kunim yaxshi bo'ldi. Bitta problemamni nima qilib oldim? Robbing o'ttizta muammoyingni hal qilib beradi. Agar salovat aytsang yuz marta.

Muhammad alayhissalomga salovat aytishning samaralari. Salovatni ko'paytirgan odamga savoblari o'n barobar ko'paytiriladi. Darajasi o'n barobari ko'tariladi. O'nta gunohi uchiriladi. Qiyomatda shafoatga ega bo'ladi. Alloh taolo uning g'amlariga o'zi kifoya qiladi. Maloyikalar unga salovat aytadi. Allohning amrini bajo keltirgan bo'ladi. Duolarning ijobati bo'lishiga sabab bo'ladi. Mo'min kishi salovatni ko'paytarkan, baxilligidan omon bo'ladi. Baraka kelishiga sabab bo'ladi. Qiyomat kuni bandani qadami sobit bo'ladi. Ollohga yaqin bo'ladi. Dunyo oxiratda maqsadiga erishadi. Rahmat eshiklari ochiladi. Payg'ambarga salovat ko'paytgan kishiga, payg'ambarimizga bo'lgan muhabbati isboti topiladi. Faqirligini yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Musulmonni qalbi tirilishiga sabab bo'ladi. Rasulullohga manzillar jihatdan yaqinlashadi va yana bundan boshqa yuzdan ortiq fazilatlarga, xayriyatlarga ega bo'ladi. Kim? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat yotgan kishi.

Ana istiqborda foydasi. Ana salovatni foydasi. Yana aytilinadi, kim kalimai tavhidni la ilaha illallohu vahdahulasharik ala la hul mulku va la hul hamdu vahuhu va ala kullushayn qodirna bir kunda yuz marta aytsa, yuzta gunohi o'chiriladi, yuzta savob yoziladi, yuzta darajasi ko'tariladi va Alloh uni yuzta balodan saqlaydi. Yana nima kerak bizga? A? Yana nima keraki bizga?

Afzalu zikri la ilaha illalloh. Zikrlarning eng afzali la ilaha illallolloh. Alloh azza va jalla siz bilan bizga xitob qilib aytyapti. Ala bi zikrillahi tatma inul qulub. Ogoh bo'linglar. Qalblar faqatgina Allohni zikri bilan orom bo'ladi.

Iymon birodarlar, bu baxt degani. Haqiqiy baxtsiz insonlar kimlar? Haqiqiy baxtsiz insonlar iymon xazinalaridan, ishonch zaxiralaridan mahrum bo'lgan muflislar. Muflis degani nima degani edi? Muflis deyani bankrot degani. Hech narsasi yo'q odam degani. Bundaylar dunyoda yasharkan, doimiy suratda hayotdan norozi bo'ladi. Doim g'azablangan bo'ladi, baxtsiz bo'ladi, doim xorlikda bo'ladi. Hayotidan doim shikoyat qiladi. Chunki ular iymondan yuz o'girishgan. Iymoni bor odam hayotidan shikoyat qilmaydi. Chunki unga shu kunni bergan Alloh Subhanahu va Taolo taqdirga yozgan ish bo'lyapti. Mo'min odam qazoyi qadarga rozi bo'ladi. Alloh berdimi shu kunni? Alhamdulillah deydi. Mana shu iymoni kuniga rozi bo'lishlikka sabab bo'ladi, roziligi esa uni baxtli bo'lishiga sabab bo'lardi. Murodalar, baxt bu insonning o'zini hayotidan roziligi. Baxt kuningizdan rozi bo'lishligingiz. Alloh Azza va Jalla mana shu iymondan yuz o'girganlar haqida nima deydi? Istaydu billa, va men a rodan an zikri, fa innalahuu ma'i shatam donka.

Mana shu qonun, mana shu qonunning hayotida ishlaydigan. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsak, albatta u uchun tang, baxtsiz hayot bo'lur. Bu qonun. Eslatmamdan yuz ogirsa, donka degani torlik degani, tanglik degani. Juda ham bir qattiqlik, qiyinchilik degani. Iymondan yuz egirgan insonni hayoti shunaqa bo'ladi, garchi dunyosi juda ham katta bo'lsa ham. Garchi qo'lida shuncha katta mol davlat bo'lsa ham, iymon bo'lmaydigan bo'lsa, bu insonni hayoti tang bo'lishigini Alloh Taolo aytyapti.

Birodalar, eslatmadan yuz o'girgan odam albatta tang hayot bilan kun kechiradi. Baxtsiz bo'ladi. Buni Alloh Subhanahu va Taoloning o'zi aytyapti. Eslatma bu din. Eslatma bu iymon. Eslatma bu hidoyat. Bu qonun. Va men a'rodan zikri, fain nalahumi a'isha tan donka. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, uning uchun tang hayot bo'lur. Ko'p qaytaramiz bu oyatni. Yodlab olinglar. Odam alayhissalom jannatdan yerga tushdi, qilgan xatosi tufayli. Shunga Alloh Taolo nima dedi? Fa man tabia xudaya falaya di luvala yaxshho. Yerga tushdi Odam alayhissalom, o'zining ayoli Havona bilan, Iblis ham tushdi. Mana bir biriga dushman bo'lib tushdi. Endi Alloh hukmini aytdi. Bas, mening hidoyatimga kim ergashsa, mana shu odam yo'ldan ozmaydi, baxtsiz bo'lmaydi.

Qaranglarda, kimning baxtli bo'lishligi Odam alayhissalom yerga tushgan paytda aytib qo'yilgan, formulasi. Kim meni hidoyatimga ergashsa, adashmaydi va baxtsiz bo'lmaydi. Baxt bu hidoyat. Haqiqiy hayot bu iymon birodarlar. Kishi mana shu Alloh Taoloning dinidan, hidoyatidan qanchalar uzoqlashsa, qancha uzoq bo'lib ketsa, uni baxtsizligi ham shuncha kuchayib boraveradi. Xuddi yonib turgan bir o't oldiga kelgan saringiz issig'i tegadi, uzoqlashganingiz sari. U issiq yoriq sizdan uzoq bo'lib, qorong'uda sovuqda qolib ketganingizdek, hidoyatdan qancha uzoq bo'lsangiz, baxtsizligingiz shuncha kattayib boradi.

Endi umuman Allohni tan olmaydiganlarda ahvolini tasavvur qilib ko'ringlar. Allohni zikridan yuz o'girish, Allohni eslatmasidan, dinidan yuz o'grishlik. Birodarlar buni ham bir ko'rinishlari bo'ladi. Kimdir umuman dinni esdan chiqargan bo'ladi. Umuman. Hidoyat bilan ishi kori yo'q, mutlaqo unutgan. Endi buning baxtsizligi, shaqovati shunga yarasha bo'ladi. Yana kimdir dindan unchalik uzoqlashmagan. Aqidasini biladi, Allohni yakkaligini biladi. Qiyomatda hisob kitob borligini biladi, ammo shariatning hukmlariga beparvo. Namoz o'qimaydi, ro'za tutmaydi, yolg'onda ko'p gapiradi. Endi buning shaqovati shunga yarashadi.

Qonun. Kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta u uchun tang baxtsiz ayol bo'lur. Atrofimizdagi odamlarga bir qaraylik da, o'zini musulmonman dey ekan, kalimagoyman dey ekan. Ahli qiblaman dey ekan odamlar. Ularni kuzatsak nimaga guvoh bo'lamiz? Ana shu birodarlarimiz ham baxtli bo'laman deb yurishibdi. Nimalardir qilyapti. To'g'rimi? Dunyo matog'im ko'p bo'lsa, pulim ko'p bo'lsa, baxtli bo'laman deb o'ylayapti. Aksar odamlarni kallasidagi tushuncha shunaqa.

Uni baxtli bo'lishligi nimaga bog'liq faqat? Pulga bog'liq. Shu tasavvur to'g'rimi? Shu tushuncha qayerdan kelib qoldi bizga? Ha, robbimiz Alloh azza va jalla, Odam alayhissalom yerga tushirib, meni hidoyatim keladi, kim ushlasa adashmaydi, baxtsiz baxtli bo'ladi, baxtsiz bo'lmaydi deb turgan bo'lsa. Qarangda, Alloh Taolo meni meni eslatmamdan yuz o'girganni hayoti tang bo'ladi deyapti. Bu deganichi, albatta kasal bo'ladi, albatta kambag'al bo'ladi. Dunyosi qo'lida bo'lmaydi degani emas. Inson sog' bo'lib turib, qo'lida millionlari bo'lib turib ham tang hayot kechirishi mumkin. Ma'qulmi?

Ha, buni muqobilida ikkinchi oyat bor. Mana amira soliha min zakarin av unta. Erkakmi, ayolmi, mo'min bo'lgan holida solih amal qilsa, falanuq yeyandan hu hay'atan toyiba deydi Alloh. Biz unga pokiza hayotni beramiz deydi. Endi pokiza hayot degani albatta boy bo'ladi, sog'lom bo'ladi, serfarzand bo'ladi emas. Kambag'al bo'lib turib ham pokiza hayot kechirishi mumkin inson. Farzandi yo'q bo'lib ham pokiza hayotkechirishi mumkin. Mana shu dunyo matohi qo'lida bo'lmay turib ham inson saodatda yashashi mumkin. Qachon? Allohni eslatmasdan yuz o'girmagan bo'lsa. Shuning uchun bugungi darsimizni mavzusi hayot nima ekan? Iymon ekan. Iymon bu hayot degani.

Mo'min kishi bunaqa torlikda yashamaydi. Chunki robbizga iymon keltirgan bo'ladi, qalbi doim keng bo'ladi. Mana, mana bu isroil. Payg'ambarlar tarixiga murojaat qilamiz. Ana shu olti yuz ming yoki undan ko'proq bo'lgan yahudilarni bir necha asrlik qullikdan Muso alayhissalom yetalab olib chiqib ketdi. Dengizni oldiga borishganida, orqa tomondan Fir'avnning qo'shini keldi. Shunda qalbi Allohdan uzoq bo'lgan, iymoniy zaif kishilar nima deyishdi? Innala mudrakun, bo'ldi, yetib kelishdi, tamom bo'ldik, tugadik deyishdi.

Lekin Muso alayhissa nima dedi? Kalla innama ayy robbi sayahdin. Yo'q. Robbi men bilan albatta yo'l ko'rsatadi. Mana shunday tang nochor holatda ham qalbi Allohga suyangan, iymoni komil bo'lgan odam nima deyapti? Robbi men bilan yo'l ko'rsatadi. Shu yerda siqilib saxr bo'lib qolishi mumkin inson. Lekin mo'min nima deydi? Alloh aytgani bo'ladi deydi.

Mashhur psixolog olimlardan hisoblangan, zamonamizdagi doktor Karl o'zini ruh borasida izlanishdagi zamonaviy inson kitobida shunday deydi. Diqqat qilinglar da, hozir men faqatgina oyatdan yoki shar'iy ma'nolarda aytgan bo'lsam, mana dunyo odamlari, ana shu musulmon bo'lmagan psixologlarni gapirgan gapini mana o'qib beraman, eshitinglar. Mavzumiz nima edi bugungi?

Iymon hayot demakdir. Hayot bu iymon. Iymoni bor odamni hayoti hayot. Iymoni yo'qda hayot hayot emas. Va alladina kafaruv yetamatta unavaya akuluna kamata akulul an'am va naru masvan lahum. Alloh taolo hayot demayaptilar da hayotini. Va alladina ka'faruv. Kofir bo'lgan insonlar, yetamat taunavaya akuluna kamat akulul an'an. Xuddi chorva hayvonlari singari yeydi, chorva hayvonlarni singari ne'matlanadi, boradigan joy jahannam deyapti. Birodarlar, ularni mashinalarini, dunyoviy maishati, hayotini zo'rligini ko'rib turib, mana shularni hayoti zo'r da, qara ey. Oh. Mana qara, bitta mashinasi chizilib qolsa srazu yangi olar ekan. O'ttiz ming yurgan mashinani eskidir ekan. Mana hayot deyekkanlar, iymoniy hayot nima ekanligini bilmaydi da.

Ana shu psixolog aytadi. O'ttiz yil davomida qabulimga dunyoni turli taraflaridan odamlar kelishdi. Kuchli psixolog. Yuzlagan bemorlarni davoladim. Ularning ko'pchiligi o'rta yosh, ya'ni o'ttiz besh dan yuqori edi. Ularning orasida o'z muammosini diniy asosda hal qiladigan bironta ham odam yo'q edi.

Hayotida bo'layotgan muammolarni din bilan, iymon bilan hal qiladigan bittasi ham yo'q. Nimaga muammoga keldi bular? Nimaga psixologga kelyapti? Chunki iymoni bo'lganida psixologga bormas edi. Nimaga psixologqa borasan, achchi? Domlaga kel, domla manaqa problema bo'lyapti, nima tavsiya qiladi shariatimiz? Shariatimi, dema, dema deyilgan. Alloh taoloni taqdiri, rozi bo'lishing kerak. Shukur keltir, Alloh taolo senga musibatni bir narsani olib qo'ygan bo'lsa, Alloh undan katta kechagi evaz Allohda a, mana psixologa.

Mana endi dunyoda ko'zga ko'ringan psixolog aytyaptiki, ana shu yuzlagan odamlarni aksariyati o'ttiz besh tani tegadi, o'rta yoshdagi rosa kuch quvvatga to'lgan payti, ularning ichida birontasi ham yo'q, iymon bilan muammosini hal qila oladigan. Yana bu psixolog aytadi, shuni aytishim mumkinki, bularning barchasi kasal. Chunki ular din, iymonli insonlarga ato qilgan narsani yo'qotishgan. Haqiqiy iymonni tiklab olmagan kishi aslo shifo topa olmaydi.

Haqiqiy iymonini topmagan, tiklamagan odam shifo topa olmaydi deyapti. Bizda bormi haqiqiy iymo? Bizda suyib turadi. Domlalar gapirganda zo'r bo'lib qolamiz. Uch to'rt kun o'tgandan keyin suyib ketadi. Bu normalniy odamlar shunaqa bo'ladi o'zi. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldiga Hanzala roziyallohu anhub bilan Abu Bakr Siddiq kelishgan. Sizni oldingizda boshqacha olamiz, uyimizga borganda boshqacha bo'lib qolamiz deganda Payg'ambarimiz aytganlar. Va lekin sa'atan fasaatan. Agar meni oldimdagi holat bilan ko'chada yura olaganinglarda, iymoni shunday bir cho'qqisiga chiqqan holatda, farishtalar ko'zinglarga ko'rinar edi va qo'linglarga qo'llarni berib ko'rishar edi. Lekin gohida unday, gohida ham bunday bo'ladi dedi.

Demak, psixologini gapini qarang. Inson haqiqiy iymon degan narsaga ega bo'lmasdan turib, shifo topa olmaydi deydi. Oyatni qaytaramiz. Astaydubillah. Va man a'roda an g'ikri, fa innalahuu ma'i sha'tan donka. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta uning uchun tang baxtsiz hayot bo'lur dunyoda. Va naxshuru hu yavmal qiyamati ahma. Oxiratda uni ikkala ko'zini ko'r qilib tiriltiramiz deydi. Oyatni o'qiymiz.

Sanul qiyfiy qulu billa dina kafaru roh bima ash rohku billa. Allohga sherik qilganlari sababli, kofirlarning dillariga qo'rquv solajakmiz. Qarang, Allohga shir keltirgan, Allohga iymon keltirmagan kofirlarning qalbiga Alloh qo'rquvni olib qo'yadi. Doim qo'rquvida. Globalniy potupleniya, qo'rquv. O'n ikki, o'n ikki , o'n ikki qo'rquvu. Yana nima qo'rquvar bor? Dollarni kursi, koronavirus. Yana nimalar bor? Bular doim qo'rqib yashaydi. Mo'min nima deydi? Hasbuni Alloh va ne'mat vakil deydi. Peshonamizga yozganidan oshchasi bo'lmaydi deydi. Ishonib aytyapsanmi faqat shu narsani?

Yuragingni tag tagidan aytyapsanmi shu narsani. Yozilgan bo'lsa, qayoqqa qochay. Yozilmagan bo'lsa, nimadan qo'rqay. Agar mana shu iymon sizni qalbingizda bo'lsa, siz baxtli insonsiz. Pulingizni qanchaligi muhim emas bu yerda. Oyatni o'qiymiz. Kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, bas uning uchun tanglik hayoti bo'lur va biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltirurmiz.

Mana endi dunyoda tang hayot kechirib, ezilib, bo'g'ilib, pachag'i chiqib yashagan odam, qiyomat kunida ko'r bo'lib, tirilib turib aytadiki, qola robbiy li ma hasharotaning a'ma, vo qod kun tubosiro. Farg'oniyor, nimaga meni ko'r qilib, tiriltirding? Men ko'rardimmi dunyoda? Alloh javob beradi. Qola kadalika atatka ayatuna fanasitaha va kadalika al yavma tunsa. Alloh aytdi, shunday, biz senga bizning oyat mo'jizalarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday unutilursan. Allohni unutuvdi, alloh ham qiyomat unutib qo'ydi. Alloh aytyapti davomida, haddan oshgan va parvardigorining oyatlariga iymon keltirmagan kimsalarni mana shunday jazolaymiz, dunyoda tang hayotni beramiz, oxirat azobi esa shak shubhasiz qattiqroq va uzunroqdir.

Xulosalaylik. Demak, iymon bu hayot. Iymon bu hayot, hayot bu iymon. Iymoni yo'q odamni hayoti hayot emas. Iymonsiz odamlarni hayotini Alloh Taolo hayvonlarni hayotiga o'xshatyapti. Kim Allohni eslatmasidan, dinidan, shariatidan yuzaga kirsa, uni bu dunyodagi hayoti tang bo'ladi. Muhim emas puli qanchaligi.

Qalbdagi g'amni, qayg'uni, iztirobni, xavotirni faqat va faqat iymon ketkaza oladi. Murodalar, nafsni faqat iymon poklaydi. Iymon xursand qiladi. Iymonsiz hayotda ta'mi yo'q. Faqat inson hayotda iymoni bilan savdo topadi. Xulosa, haqiqiy savdoni topish uchun insonga iymon kerak. Agar inson Allohni tanimasa, iymon keltirmasa, Rob deb bilmasa, dunyoni mashaqqatlari, kishanlari, zulmat falokatlaridan qutilishni yagona uyg'ondiradilar, o'zini qatl qilish deb tushunadi.

Shayton keladi da, qarz bo'lib qoldi, o'zingni o'ldirsang qutulasan deydi. Bir tuxumatga qoldi, bo'xtonga qoldi, musibatga qoldi. Xullas, boshiga bir sinov kelganda, shart o'ldirib olsang qutulasan, deydi. Inson robbisini tanimasa, iymon keltirmagan bo'lsa, uni hayotida ustiga kelayotgan mashaqqatlar, zulmatlar, falokatlardan qutilishni bitta yo'li bor, o'zingni o'zingni qatl qilish deb biladi. Shuning uchun qaranglarda, mana shu suitsid deyiladi, inson o'zini o'zi qatl qilishi. Mana shu statistikani qaraydigan bo'lsangiz, birinchi o'rinlarda ana shu G'arb mamlakatlari turadi. Musulmon mamlakatlarni qarasangiz, oxirida turadi. Endi ana shu birinchi o'rinda turgan G'arb mamlakatlarini ichida ham Skandinaviya o'lkalari turadi. Yevropani turmush tarzi balandmi? Ana shu Yevropani o'zini hisob kitobi bo'yicha ham, o'lchovi bo'yicha ham

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)