Maviza
—Qoralama20 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
20:06
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilen a'lamin vala aqibatu lil mutaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabab, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Mana birodarlar, bugun ramazonning qoq o'rtasiga keldik. O'n beshinchi kecha kirdi. Bugun o'n beshincha taroveh, o'n beshinch kechaga o'tdik. Men mana shu masjidimizdagi qavmlarda ozaymaganligini ko'rib, haqiqatdan quvonyapman. Sababi, bu paytga kelib turib, o'sha ikkinchi ustunda qolib qolardi odam. Alhamdulillah. Alhamdulillah, alloh taoloning fazli. Garchi sakkizdan kattadan keyin ozayib ketsak ham, no zato ungacha yaxshi o'tiribmiz. O'sha sakkizdan kattiakan chiqib ketayotgan birodarlar. Ha, charchagan bo'lsa, holat yangilash kerak bo'lsa, bir boshqa bir sharoit taqoz olsa, mayli, lekin bid'at buni buyog'i degan gapni gapirmaylik. Chunki mana Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sakkiz rakat o'qirdilar. Bu odamlar uylariga ketib, qolganini o'qishar edi, deyildi, Imom Bahodirdan keltirilgan hadisda. Umariddin Xattob roziyallohu anhun yigirma rakat qilib, joriy qilib qo'ydilarki, u zot siz bilan bizdan ko'ra sunnatni yaxshiroq bilgan, sunnatga yaxshiroq amal qilgan kishi bo'lgan. U kishidan keyingi xulofoyi roshidlar ham birortasi bunga qarshi turmagan.

Ibn Abbos, Ibn Abbos, Abdullohiddin Unar, Ibn Mas'udbek, ulug' sahobalar ham mana shu yigirma rakatni qabul qilib o'qishdi. Demak, ular kim o'qiganidan keyin bid'at demasdan, siz bilan biz bid'at demasligimiz kerak. Balki o'zimizni shu bir yalqoligimizni qo'ysak, chiroyli bo'ladi, chiqib ketaveraylik. Hech kim oyog'imizdan ushonmaydi, lekin bid'at demaydi. Kelishdik a?

Bismillahir rohmanir rohim. Halyasstaviyam. Ikkisining misoli teng bo'lurmi deb nomlanadigan darsimizni bugun o'n beshinchisi. Bugungi mavzuyimiz tahdid va shirk. Alloh subhanahu va taolo siz bilan bizdan talab qilgan bitta yu bitta eng asosiy narsa bu tavhid. Alloh taolo siz bilan sizni bitta gunohdan tiyilishligimizni qattiq talab qilgan. Qolgan gunohlarni inson sodir qilar ekan, ularni Alloh xohlasa kechiradi. Ammo shirk degan gunoh gunoh bor tavhidning muqobilida. Bu gunohni qilgan bandani Alloh taolo haligisi kechirmaydi. Nista adu billah, innallohu alayhi firo yushur aka bihi va yog'ufir u ma'dunad alikaliman yashab. Albatta Alloh taolo o'ziga shirk keltirishini hech kimga kechirmaydi. Undan boshqa gunohlarni xohlagan bandasi uchun kechiradi. Ey odam bolasi, hadis qudusida Alloh taolo aytdi, yer qobig'i to'ldir gunohi bilan kel meni oldimga. Yerni gunohga to'ldirib tashlagan bo'lgin, kelguningcha. Lekin menga shirk keltirmasdan ro'baro' bo'lsang, yer qobig'i to'ldir, rahmatim bilan seni kutib olaman deydi.

Demak, boshqa kuni oladi, hammasi bitta pallada, shirk bitta pallada turadi. Tahdid va shirk. Alloh subhanahu va taolo Qur'oni Karimda bir misolni keltirdi, bir zarur masalani keltirdi, aql egasi bundan o'ziga yetarli xulosani oladi. Ikkita qul. Bitta qulni, birinchi qulni ko'p xo'jayinlari bor. Ikkinchi qulni bitta xo'jayini bor. Birinchi qulni ko'p xo'jayinlari bir biri bilan kelisha olmaydi. Bitta xo'jaying tur desa, ikkinchisi o'tir deydi. Biri yot desa, biri ikkinchisi yugur deydi. Biri ovqatlan desa, biri ovqatlanmaydi. Biri uxlat desa, biri uxlamaydi. Bu qul mana shu xo'jalarni rozi qila oladimi? Endi ikkinchi qul. Bitta xojasi bor. Bitta saidi bor. Ish buyuradigani bitta. O'tirdasa o'tiradi, turdasa turadi. Qaysi birisanda ishi oson bo'ladi? Bu ikkisini holati barobar bo'ladimi birodar? Hargiz barobar bo'lmaydi. Alloh subhanah va taolo aytadi zoraballohu matalar rojulan fi hishuraka mutashakisuna va rojulan salamanli rojulin hal yastav ya'ni masala alhamdulillah hibalakta ruhim la ya'lamun. Alloh shunday bir misolni keltirdi. Bir kishi qul borki, uning ustida talashguvchi sheriklari, ya'ni xojalari bor.

Yana bir kishi qul balki, u bus butun holida bir kishi xojanikidir. Ikkisining misoli barobar bo'luvmi? Xo'jayini bitta qulni ishi oson bo'ladi. Ammo xo'jayini ko'p bo'lgan qulni ishi qiyin bo'ladi. Alloh taolo bu masaladan siz bilan bizga nima demoqchi? Muvohid bilan mushrik hech qachon bir xil bo'lmaydi. Allohni yakkadagi muvohid, tavhidni o'ziga isbotlagan, tavhidni tan olgan kishi bilan allohga shirk keltirgan mushrik hargiz teng bo'lmaydi. Mushrik kim? Mushrik allohga ham sig'inib qo'yaveradi, toshlarga ham, g'ishtlarga ham sig'inilib qo'yaverad. Muvohid esa faqat alloh taoloni o'ziga yana sig'inadi, ibodat qiladi.

Tavhid va shirk bu koinotdagi eng katta qarama qarshilik. Kishi dunyoga kelib yo muvohid bo'ladi, yoki mushrik bo'ladi. Oqibati ham mana shunga yarasha bo'ladi. Hali yastaviya, ya'ni masala, alhamdulillah hibalakta ruhimla ya alamun. Bu ikkisini misoli barobar bo'lurmi? Alhamdulillah, yo'q. Ular buni bilmaydilar. Kunlarni birida payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir mushrik bilan muloqot qilib qoldilar da, haligindan so'radilar. Nechta ilohga ibodat qilasan? Nechta xudoying bor? Yettita deb faxrlandi. Yettita deb. Rasululloh aytdilar, boshingga musibat kelganda, qaysinasiga iltijo qilasan degandi, osmondagi sigadi.

Unda nima qilasan qolganlariniga iltijo qilib? Bittasiga iltijo ximaysanmi dedi. Aqlga to'g'ri keladigan gap. Haligi mushrik o'ylandi da, Rasulullohni so'zidan qanoatlandi, karima keltirib musulmon bo'ldi. Tavhid va shirkni orasida farq katta. Bu kishi haligisi teng bo'lmaydi. Alloh taolo mana shu ikkala narsani, tavhid va shirkni ikki daraxtga o'xshatadi. Astayidubillah. Alam taro kayfa doroballohu masalang kalimatang toyyi batang kashajarating toyyi batin asluha tabid va farruha fissama. Pokiza kalima, tavhid kalimasi la ilaha illalloh. Ey inson, Alloh yaxshi so'zga qanday misol keltirganini ko'rgin. Yaxshi so'iz bu la ilaha illalluh.

U so'z xuddi bir asl daraxtga o'xshaydiki, uning ildizi yer ostiga mahkam o'rnashgan shohlari esa osmonda. Mustahkam turadi. Shohlari shunday balandki osmonga yetadi. Naqadar go'zal daraxt. Bu daraxtni mevasi ham bor. Mevasi dunyo daraxtlariga o'xshab mavsumdagilar meva beradimi, sezondagilar? Tu'tiy ukulaha kunlahi nin bi itni robbiha va yadribullohu l amthal alin nasila ala hum yata takkarun. Parvardigorining izni irodasi bilan u mudom meva berur. Doim meva beradi. Alloh odamlar eslatma, ibrat olishlari uchun mana shunday misol keltiraver. Karima toyiba la ilaha illalloh insonga doim meva beradi. Qalbi xotirjam bo'ladi. Umrida rizqida barakot bo'ladi. Dunyoda nimaga yashayotganligini biladi. Dunyoda mushkulalari, mashaqqatlari kelganda sabrli bo'lishligini mevasini beradi. Va oqibatda jannatga olib kiradi. Endi Alloh Taolo habis kalima, shirk kalimasini misoli nimaga o'xshatdi? Va masal u kalimatin toyibatin, kashshajoratin xobitatin najutut sadmin favqul arkh, ma alahamin qoror. Yomon so'zni, ya'ni kufr so'zini, shirk so'zini, misoli esa, yerdan ildizi uzilib qolgan, bir joyda o'rnashib, qo'nib topmaydigan nopok daraxtga o'xshatur.

Mushrik bo'lgan odam, xuddi daraxtlarni tomiri yerdan uzilib tashlab qo'yilgan odamga o'xshaydi. Uni qarori yo'q. Ma'noni qilsa ishlari yaxshi bo'lib ketadi degan bo'lsa, o'shani qiladi. Ma'no biznes yaxshi o'ylab tasa, buni qiladi. Odamlar nima tasa, o'shani xip qilib ketaveradi. Ammo muvohid odam dini bor uni, e'tiqodi bor, aqidasi bor, mustahkam turadi. Hech qanaqa shamol egib yubora olmaydi.

Alhamdulillah, bal aktar ruhm la ya'lamun. Allohga hamdlar bo'lsin, odamlarda ko'pi bu narsani bilmaydi. Nuh alayhissalom o'limi oldidan o'zini o'g'illardan biriga nasihat qilib shunday dedi ey o'g'lim, agar yetti osmon va yetti yer torozini bitta pallasiga qo'yilib turib, la ilaha illalloh ikkinchi pallasiga qo'shilsa, la ilaha illolloh kalimasi og'ir keladi. Yetti qavat yer, yetti qavat osmondan mana shu siz bilan biz aytayotgan pokiza kalima og'ir keladi, shirk kalimasi. Va man yuzhlik bil la hifaka annama xorra minas sama, fa taxtof u xud toy rov, taxvi bi xir rix, fimaka ya'ni sahih. Mushrik kim? Mushrikni ahvoli qanaqa? Kim allohga shirk keltirsa, bas, u osmondan qulagan u, uni bir vahshiy qush o'lja qilib olib ketgan, yoki qattiq shamol, yiroq joylarga uchilib ketgan kabidir. Kishi, agar shirkda bo'ladigan bo'lsa, hozir aytganimizdek, shamol qayoqqa quyidasa, o'sh tomonga qarab ketib yuboradi. Kishi o'zini pokiza fitratini, islomiy fitratini shirk keltirib, o'zi bulg'aib oladi. Har bir kishini mana qarang, endi mana bu har bitta mushrikni misoli mana shunga o'xshaydi.

Endi musulmon odamchi, muvohid odamchi? Bu ikkisi barobar bo'ladimi? Qiyomat kunida bir kishi oldiga sigillasi qo'yiladi, sahifalari. Bitta sigillasi varag'i insonni ko'zi yetadiganchalik masofa uzoq. Gorizontgacha, bitta varag'i. Shunaqa sigillarni hammasiga gunohlar yozilgan. Va mana shunaqa sigillardan to'qson to'qqizta. To'qson to'tqizta sigillasi faqat gunoh bilan yozilgan. Alloh taolo aytadi, ey banda, senga zulm qildikmi biz? Banda yo'q deydi. Sen qilmagan birorta ishni yozib qo'yibmizmi? Banda yo'q, deydi. Hammasi meni amallarim, hasanotim yo'q. Alloh Taolo aytsadi, ha, seni bitta hasanoting bor. Menda aytadi, Parvardigor bitta hasanot nima qila oladi buncha sijillar, ma'siyatlarning oldida?

Bilasanmi bu hasanot nima edi deydi Alloh Taolo. La ilaha illalloh. Ana shu sijillarlar tarozini bitta pallasiga qo'yiladi, la ilaha illallohni kalimasi bitta pallaga qo'yilad, la ilaha illollohig'i keladi. Dunyodagi eng katta ne'mat, eng katta boylik bu la ilaha illallohlohni kalimasini aytishlik. Alloh Taolo hammamizni ketar soatimizni shu kalima bilan sobit qilsin.

Alloh Taolo aytadi, ya ibna adam, innakalav atay taniy bi qorobiyl ardi xotaya, summala qiy tanila turshik bi shay'an, la atay tuka bi qorobiy hamma ofirol. Ey odam bolasi, yer qobig'i to'ldir, xato gunohlar bilan kel. Faqat shir keltirmay yo'liqsang, yer qobig'i to'ldir rahmatim bilan kutib olaman manfiyatim bilan deyapti. Birodarlar, bormi kalimamizda? Tavhid bormi qalbimizda? Inshaalloh qolgan xatolarimizni Alloh Taolo avf qilishigini umid qilamiz.

Odam alayhissalom. Birinchi inson. Odam alayhi assalomni Alloh Taolo yaratib, ruhidan kirgizdi, Odam alayhi salom harakatga keldi. So'ngra Odam alayhissalomni ko'rigini, umurtqasini silab, Alloh Taolo qiyomatgacha yashaydigan Odam bolalarini hammasini ruhlarini chiqardi. Zurriyotlarini. Hammamiz bor edik o'sha yerda, faqat eslolmaymiz uni. Otangiz ham, opa dadangiz ham, yettinchi nevarangiz ham o'sha yerda bor edi, chunki ruhlar bir vaqtda chiqarilgan, yaratilgan edi. Va mana shu joyda Alloh Taolo siz bilan bizdan va'da oldi. Musulmonmisan? Alhamdulillah, musulmonman. Qachondan beri musulmonsan? Al misoqdan beri. Al misoqni ma'nosi nima? Ana shu ruhlar, ha, sen bizni yaratgan parvardigorimizsan deb va'da bergan kun al misoq deyiladi. Qachondan beri musulmon ekanmiz? Al misoqdan beri. Va idha ahoda robbuka min baniya adama min zuhur ihim zurriyatahum va shadahum ala anfuzehim alastu bi robbukun qoluv bala shahidna. Parvardigoringiz odam bolalarining bellaridan ziriyotlarini olib, men parvardigoringiz emasmanmi deb o'zlariga qarshi guvoh qilganlarida, ular haqiqatan sen parvardigormizsan, bizlar bunga shohidmiz deganini eslang.

Ana shu kungi va'damiz birodarlar mezoh deyiladi. Ana shu va'damizga muvofiq biz dunyoga islom fitrati bilan kelamiz. Kunlu mavludin yuviladi olam fitrating degani rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Har bitta odam bolasi chaqaloq, dunyoga islom fitrati bilan keladi. Keyin ota onasi uni yahudiy qiladi, nasroniy qiladi, majusiy qiladi. Rasululloh shunday deganlar, musulmon qiladi demaganlar. Chunki o'zi musulmonida dunyo kelishida.

Demak, inson bolasi dunyoga kelib, tashqaridan unga ta'sir ko'rsatilmasa, u buzilmasa dunyoqarashi, tabiati aynitilmasa, islomda yashar ekan. Payg'ambarimiz shuning uchun aytyaptilar da. Keyin ota onasi uni yahudiy qiladi, nasroniy qiladi, majusiy qiladi. Nima qilsa tashqaridaylar qiladi. Insonni o'ziga qolsa, Allohnı o'ziga sig'inadi yolg'iz. Ana mushukni misolida aytdik ku, qiynalganingda musibat kelganda kimga sig'inasan desa, osmondagisiga deyapti. Keyin osmondagisiga sig'inaverdi, dedi, qabul qildi.

Bizni ham agarchi tinimsiz televizordan, internetdan boshqa narsa bilan miyalarimiz buzib turilmasa, mana ko'chada qirqirishib yurgan birodarlarimiz bunaqa yurishmagan bo'lar edi. To'g'rimi? Ha, qarang, boya gapimizga ulaymiz endi. Aqidasida, tavqidida Makkam turganda bular ta'sir qila olmas edi. O'sha aqidasida tura olmaganligi uchun, e'tiqodini bilmaganligi uchunga qaqqa shamol kuyda olsa, shunga qarab ketib qolyapti. Shunday emasmi?

Tovhidni mahkam ushlagan inson yaxshi kunida ham, yomon kunida ham kimga duo qilishni yaxshi biladi. Boshiga musibat kelganda kimdan yordam umid qilishini ham yaxshi biladi, ikkilanmaydi. Qalbi xotirjam. Kimga duo qilsamikin deb o'tirmaydi. Qul. Ana ad umin dunyillahi ma la yonfauna, ma la yonfauni va la yaduruni va nuraddu ala aqobina ba'da idh hadana alloh kalladingiz tahvat xushhayati inufil avdiy hayron.

Ayting. Allohdan o'ziga bizga foyda ham, ziyon ham keltirmaydigan narsaga iltijo qilamizmi? Va Alloh bizni hidoyat qilgandan so'ng yana ortimizga qaytarilamizmi? Xuddi jinlar chalib, lolah hayron holda, noma'lum yerga olib ketgan kishi kabi. Bizni jinni chopib ketgani yo'q. Biz lola hayron bo'lmayapmiz. Dunyoga nimaga kelganimizni bilmasdan gangarib yurganimiz yo'q, gang qo'yga o'xshab. Biz nimaga kelganimiz bilamiz, qayerdan kelganimizni bilamiz, nimaga yashayotganini bilamiz, oqibatimiz nima bo'lishini ham bilamiz.

Aytdi yu, hatto mushriylar ham boshiga musibat kelganda Alloh deb qolishadi. Lekin Alloh Taolo ularni najotga chiqargandan keyin, yana shirkiga qaytib ketadi ular. Qiyomat kunida Alloh Taolo bir bandani hisob qiladi. Peshonasiga jahannam ekanligi yozilgan. Mushrik bo'lgan, kofir bo'lgan. Agar dunyoda solih amal qilgan bo'lsa ham, uni foydasi tegmaydi unga. Chunki savob amallar faqat mu'minlardan qabul qilinadi.

Alloh Taolo aytadi, qiyomat kunida, ey banda, agar butun dunyo seni mulking bo'lsa, seniki bo'lsa, mana shu kungi azobdan o'zingni qutqarib chiqib ketishlik uchun hammasini fido qilamiding? Borib burdingni beramiding? Berardim Parvardigor deydi. Alloh Taolo aytadi, yolg'on gapirding. Men sendan bundan ozroq bo'lgan, bundan oz bo'lgan narsani so'raganman. Menga shirk keltirma, lekin sen itoat qilmagansan, bosh tortgansan. Shuning uchun birodarlar, bu kofirlarni dunyoni yer yuzini to'lg'izib yurgani, dunyoni hamma boyligi ularda qo'lda bo'lganligi, musulmonlarni ustida shunday tajovuz qilayotganligi, siz bilan bizni oldab qo'ymasin.

Va men u aksar ruhim billahi illa vahum mushrikum. Ularning ko'plari Allohga faqat mushrik bo'lgan hollardagina iymon keltiradilar. Ya'ni Allohga iymon keltirdim deydi, lekin qilayotgan ishlari nima? Shirkiyat bo'ladi. Qaranglar. Odam alayhissalom bilan Nuh alayhissalomni o'rtasida o'n asr o'tgan deyiladi. Vallohu a'lam. Ming yil. Mana shu o'n asrni ichida odamlarni hammasi muvohid bo'lgan. Shirk bo'lmagan. Ha, qotillik bo'lgan, ha boshqa gunohlar bo'lgan, ammo shirk bo'lmagan. Ming yilgacha shayton odamlarni shirkka boshlay olmagan. Nuh alayhissalomning davridan boshlab odamlar shirkka ketishdi va shayton shu kundan beri odamlarni, shirkka boshlab keladi.

Birodarlar, yuz millionlagan kishilar sigirlarga sig'ina yuribdi. Xiram kriz deb qo'yibdi. Likopga sut quyib qo'yibdi, katta likopga. Qotib olib turib ichishyapti kalamushlar, bittasi qo'lini tiqib turib tovariya qilyapti. Opyali o'sha pista batonini tashlab beryapti, kalamushlar yeyapti. Bu qanaqa aql, birodar? Birodar, yakka yagona bo'lgan, o'xshashi bo'lmagan, Al Xayyul Qoyim bo'lgan, Allohga sajda qilayotganingizdan faxrlaning. Chunki bu shunday bir ne'matki, Alloh faqat yaxshi ko'rgan bandalarga beradi bu narsani. Ahmoq emas ular. Borib ehtimol zo'r zamonaviy bir kompyuter jihozini yasar, elektron jihozini. Ehtimol dunyoga tarqatib sotayotgandir, hammani havas qildi, havasini keltirayotgandir. Lekin ishini tugatgandan keyin uyga boradi da, o'sha moliga yoki boya aytayotgan kalamushiga sig'inadi. Bu qanaqa aql? Bu qanaqa ahil? Afaman yamshi imuki ban ala vachihi ahda, amman yamshi saviyana ala siyroati mustaqim. Alloh taolo so'rayapti. Axir yuz tuban yuradigan kimsa haq yo'lni topguvchiroqmi yoki qaddiroz holda to'g'ri yuradigan kimsami? Ibrohim alayhissalom o'zini qomini da'vat qilayotganda shunaqa derdi da.

Bu toshlar, g'ishtlar sizlarga nima foyda beradi? Bolta bilan hammasini chop chop qo'yib turib, bittasini bo'yniga yelib qo'y da. Sen qildingmi ibrohim, butlarimizni sen chopdingmi degan ma'noni siqildi. So'ranglarchi dedi. Ahmoqmas edi ular, lekin qalb ko'zlari ko'rdi ularni. Fahasibutum anna mahaloxnakum abadana va annakum ilayna la turjaun. Yulduzga sig'ingan, molga sig'ingan. Toshga sig'ingan sanamga sig'ingan bu mushriklar. Alloh ularni bekorga yaratdi deb o'ylashadimi? Alloh taolo so'rayapti. Yoki sizlarning gumoningizcha, biz sizlarni behuda yaratdik u, sizlar bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?

Bu agar shunday bo'lsa, bu bekorchilik bo'lib qoladi yu. Abbos bo'lib qoladiyu, Alloh taolo bunday abbosdan, bekorchilikdan pok bo'lgan zot. Fata'al allohu alam malakul haq la ilaha illallohu ala huvara bilal shuni karim. Zotan haq podshoh Alloh bironta ishni behuda qilishlikdan yuksakdir. Hech qanday iloh yo'q, magar u ulug' arsh sohibi bordir.

Siz ham yashayapsiz, mushrik ham yashayapti. Muvohid ham yashayaptimi, mushrik ham yoshayapti. Hammani oqibati bir xil bo'ladimi? Siz bilan bizdan Alloh taolo talab qilgan eng asosiy narsa tahdid. Siz bilan biz ehtiyot bo'lishimiz kerak bo'lgan eng asosiy nasa shirk. Allohni yakka deb bilgan muvohid bilan allohga shirk keltirgan mushrik. Bu ikkisi barobar bo'ladimi? Aquli qovli ha da va astag'firullohu alaykum.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)