Bismillahir rohmanir rohimir rohimdu li'lloh robbilen aylan min vala aqibatu li mutaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammadin va ala alixiy va ashabihiy ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bu ikkisi teng bo'lurmi deb nomlaydigan darsimizning bugun to'rtinchisi. Bugungi darsimiz taqvo va hujum. Alloh subhanahu va taolo odam bolasini yaratdi va unga qalbni berdi.
Qalb insonning jasadida podshoh o'rnida turadi. Ana shu har bir qalbni ichiga alloh taolo ikkitadan narsani joylashtirdi. Taqvo va fuju. Fa alhamaha fujuraha va taqvaha. Manavsing va man savvaha, fa alhamaha fuzuraha va taqviaha. Jonga va uni raso qilib, yaratib, unga fizqi fujurni ham, taqvosini ham ilhom qilib, o'rgatgan qo'ygan zotga qasam.
Odamlar bor. Gunohni qilib turib, uyalmaydi. Uyalmasligi ham bir chekkada tursin, moqtanadi. Ha, yomon kidob qilib qo'ydim deydi. Shunday deb uxlatib qo'ydim da, shunday xitoynikini deydi, koreyskiy deb o'tkazib yubordim deydi. Moqtanadi, faxrlanib. O'tirib yomon ichibmiz, mana shu deydi. Devor bo'lib qolibmiz deydi. Nimaga shunaqa deydi?
Mana hozir ko'rib chiqamiz. Nima uchun gunohni qilib qo'yib turib, uyalmaydi? Nimaga faxrlanadi? Odamlar ikki sinfga to'linishda. Taqvodorlar, fojirlar. Kishini qalbida taqvo yengsa, u taqvo egalardan bo'ladi. Kishini qolbida fujur agar g'olib bo'lsa, fojirlardan bo'ladi qodir afla hamman zakka ha, va qodir xo'paman dassa ha. Darhaqiqat uni o'z nafsini poklagan kishi najot topdi. Va uni fisqu fujuri bilan ko'mib tashlagan kimsa, nomurod noumid bo'ldi. Demak, Alloh Taoloning qalbiga taqvoni ham, fujurni ham ilhomlantirib qo'ygan. Dunyoga kelganda ikkala tomonga og'ishlikka teng imkoniyati bor. Endi kim nafsini sindirib, taqvo yo'lga bursa, yutdi, nafsini o'z holiga tashlab qo'ysa, yutqazdi. Alloh Taolo so'rayapti. Astayidubillah. Am najalulladina amanu va amilus solihatikal mufsidina fil art. Am najalul muttaqina kal futjar. Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni yerda buzg'unchilik qilib yurgan kimsalar kabi qilib qo'yavermizmi? Yoki biz taqvodorlarni fojilar kabi qilib qoyavermizmi? Yo'q, birodarlar, hech qachon taqvodor bilan fojir teng bo'lmaydi.
Allohdan qo'rqib, uni hududlarda to'xtagan, yolg'iz qolganda hech kim uni ko'rmayotgandan ham bu Allohdan qo'rqgan kishi bilan, gunohni qo'rqmasdan, qilib, odamlardan hayo qilmasdan, qilgan gunohini oshkora maqtanib yurgan odam barobar bo'lavermaydi. Taqvadolarning fe'lini ko'ring. Umariddin Xattob roziyallohu anhu o'zini hamrohi bilan odatga ko'ra Madina ko'chanalarida, ko'chalarida tunda yurar ekan, bir kishiga duch keldi. Sovuq edi tun. U kishini yonida ayoli, qizlari boradi. Sovuqdan qiynalishgan edi. Umariddin Xattobdan yordam so'radi. Ey xayriyat Umari, jannat bilan mukofotlandingiz. Qizlaring va ularni onasining kiyintirgani bizga yordam bering. Muhtojimiz, Allohga qasam, albatta yordam berasiz bizga dedi. Umariddinxattob, agar yordam bermasam chi, unda nima bo'ladi? Va Allohiy qiyomat kunida menim xolim haqida, meni xolim haqidagi savolga tutilasiz. Oqibati esa yo jannat bo'ladi, yo do'zax bo'ladi. Umrimni xattobga Allohni eslatildi. Umrimni xattiobga Alloh eslatildi. Qiyomat eslatildi, qalbida taqvosi bor odam nima qildi? Qasibiringlar, yulgi!
Men bitta sizlar nechta demadi. Shart ustiga to'nini yechib, haligi kishiga uzatdi. So'ngra yonidagi hamrohiga qarab yur dedi. Ularni Baytulmolga olib bor. Ularni hojatlarini ravo qilaylik dedi. Taqvodorlar shunaqa bo'ladi. Ollohdan qo'rqing birodar, bu qilayotgan ishingiz yaxshi emas desa, darrov to'xtaydi. Ey, astag'firulloh deng. Yaxshi ish qilmayapsiz, Ollohdan qo'shig'ing desa, qalbida taqvosi bor odam to'xtaydi, agar taqvosi quvvati bo'lmaydigan bo'lsa, zaif bo'lsa, balki taqvosi yo'q bo'lsa, Boboybek, bobollar baqir chaqirini qilaveradi.
Abuxanifa rahmatullohu alayhi. Taqvodor zotlardan. Ko'chada bir kun ketayotganida bir odam, ey Abuxanifa, Ollohdan taqvo qiling dedi. Abuxanifani rangi o'zgarib ketdi. Nimaga o'zgardi? Ollohdan taqvo qilishlik, Olloh eslatildi. Taqvo so'zi ularni qalblariga shunday ta'sir qilar edi. Ammo fojirlarchi? Fisqu fujurni o'ziga kasb qilib olganlarchi? Unga Qur'onni hammasini o'qib bersang ham, hadis aytib bersang ham, parvoz qalayk. Bunday fojir odamlar janozada ham bemalol laqillab kulishib turaveradi telefonida. Qabristonga borganda ham bemalol tijoratdan gaplashib turaveradi. O'liklarni ko'rib, va'z nasihat olishlikni o'rniga, bemalol kulishib, chaqchaqlashib o'tiraveradi. Xuddi somovarda o'tirgandek.
Vo ida, qiyla la xudta qiyla. Agar ularga Alloh'dan taqvo qiling deyilsa, nima deydi ular? Odamlarni oldida aroqni ichaveradi. Kuppa kunduzida, ramazon ro'zasida, oshxonada ovqatlanib, o'tiravoradi. Ayollari, qizlari yarim yarim aroqchi ko'chada yurgan bo'lsa, parvo qilmaydi. Nima uchun parvo qilmaydimi? Alloh taolo uni qalbida bo'lishi kerak bo'lgan taqvoni yo'q qilib qo'ygan. Ha, uni qalbida fujur ham, taqvo ham bor edi boshida. Ammo fujur yenganligi uchun Alloh taqvoni olib qo'ydi uni qalbidan. Alloh taolo aytadi. Voida qiyla lahut taqilla ahadath hula azizatu bil ism. Fahas buhu jahannam valabi isal mehar. Qachon unga Allohdan qo'rqin deyilsa, uni kibr havosi gunohga tortadi yetakli edi. Unga jahannam bas kelar. Naqadar yomon joy u. Umariddin Abdulaziz, taqvodor zotlardan. Xulofa u roshlarning beshinchisi deyilgan. Janoza namozini odamlar bilan o'qidi. Qabristonga keldi, o'tirdi. Va qabrlardan birining oldida o'tirarkan, qabrdan so'radi.
Ey qabr, habiblarimizni nima qilding? Aziz va xorlarni nima qilding. Dunyoda inson aziz bo'lgandir, xori bo'lgandur, odamlar oldida. Ammo qabrga kirgandagi azizligi azizlik, xorligi xorlik bo'ladi. Qaranglarda, qabrni osti bir xil. Yo boy odamni ipakka o'rab, lahadini ham kafil qilib ko'mganini ko'rganmisizlar?
Kambag'al ham o'sha surib ko'ra oladi. Boy ham o'sha surab ko'ra oladi, ustiga bir xil tuproq tortiladi, qabrini razmeri ham bir xil bo'ladi. Yerning ustidagi hashamat tiriklar uchun. Ha, mana shu qabristonga kiradi da, hozir aytib o'tganimizdek, bemalol kulishib, gaplashib o'tiraveradi. Birodarlar, qabristonga borganda qalbida taqvosi bor odam mahzun bo'lib qolishi kerak. Qarang, o'n yetti ga kiraveribdi bittasi, bittasi yetmish bir ga kiraveribdor, bittasi o'n sakkiz ga kiraveribdir, bittasi sakson bir ga kiraverilibdor, lekin hammasi nima bo'libdi? Kelibdi shu yerga.
Juda ham yuragimiz siqilib ketsa, hayotdan siqilib ketsak qabristonga boraylik. Juda ham quvnab, terimizga sig'may, hamma yog'imiz gullab qutirib ketayotgan bo'lsak ham, qabristonga bir borib qo'yaylik. Fa innaha tuzakkiriku mul aakhiru deganlar rasululloh. Qabristonlarni ziyorat qilinglar. Zero, u sizlarga oxiratni eslatadi. Inn al muttaqqino fii jannati va nahar. Albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar ustida bo'lurlar. Ammo ana bu fojirlarchi?
Yuzlari qoraygan bo'ladi, ustlariga g'ubor bosgan bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, kullu ummati muaffa, illal mujahirun. Kullu ummati muafaa, illal mujahhirun. Meni ummatimni hammasi avf qilingan. Faqat mujohirlari. Mujohir kim? Qo'rqmasdan gunohni qo'yvoradigan, qilib turib uyalmaydigan, gunohni qilib turib mo'xtanadigan.
Ana sunna molik roziyallohu anhu. U kishi Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ulug' sahobalaridan, ulug' muhaddislardan, ayrim tobinlar bilan o'tirib, ularga qarab shunday dedi. Sizlar shunaqa amallarda qilasizlar, sizlarda nazaringlarda u amal nihoyatda bir yengil. Sochni tolasidan ham yengil deb hisoblaysizlar. Sizlar uchun hech narsa emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida ana shu amallarni gunohi kabira deb bilar edik.
Tavbiylar davri qanaqa davr u? Bizni davr qanaqa davir? Tavbiylar kim? Rasululloh sollollohu alayhi vassallamning sahobalarini qo'lida tarbiya topgan insonlar. Shular qilgan ishlarni yengil deb sanaganlarini anasimni moli gunoh kabira der edi rasululloh davrida deydi. Agar anasimni molik bizni zamonimizni ko'rganda nima derdi ekan?
Ko'ring, bu taqvodor zotni. Odamlarni ko'zida kichkina bo'lgan gunohni gunoh kabira deb bilyapti. Fojir odam taqvodor odam. Bu ikkalasi teng bo'ladimi? Fojir odam gunoh kabi ra qilsa ham, odamlar buni xoromligini aytsa ham, nima bo'pti deydi. Nima bo'ptiy deydi. Ishsam o'zim ish pulimga ichyapman deydi. Qimoron yesam o'zimni pulimni to'layapman deydi. Bunaqa odamlarga svetoforda qizlarga shov o'tib ketgan paytda xoram ish qildingiz birodar, birodar joniga tajovuz qildingiz, birodar haqqini yedingiz desa nima deydi? Nima deydi?
Ha tursang turaverasan da deydi. Hamma o'tyapti yu deydi. Voy birodar, qizilga yurib, birovni urib, o'ldirib qo'ysangiz, qasddan odam o'ldirgan bo'lasiz. Ko'p aytaman buni. Ovo, qizilga yo'q, aniq to'xtaymiz. Hozir zangoriga kel ekan deyatib olish kerak hozir. Fojir odam, qalbi fizk fujurga to'lgan odamga gunohni eslatsang, parvo qilmaydi. Nima bo'libdi deydi. Aytaveradi qora akalar deydi. Bo'laveradi deydi. Men bilan nima ishing bor deydi. Baribir ishingni qil deydi. Nimaga bunday deydi? Qalbida fujur yenggan buni. Qalbida taqvo qolmagan.
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu bir gunohni qilib qo'ygan kishi haqida shunday deydi. Mo'min banda qilib qo'yg'an gunohini xuddi uni ustiga tushib ketishi mumkin bo'lgan ulkan tog'dek biladi. Yana bir gunohni qilib qo'ydi, bugun ertaga jazosi kelib qolishi mumkin. Bugun erta boshingga uchra kasab ataveradi degan xavotirda turadi. Odam bolasi borki, xato qiladi. Mo'min ham, kofir ham. Ammo mo'min gunoh qilib qo'ysa, mana shunday xavotir bilan turadi.
Mo'min bilan fojiani farqi. Mo'min gunoh qilib qo'yadi da, bugunmi ertami jazosi keladi deydi. Shu gunohini o'chirilishiga uchun ko'p boshqa savobli amallarni qiladi. Ehtimol mana shu qilib qo'yganda bitta gunohini, bitta gunohni qilgan, umrini oxirigacha esdan chiqarmaydi. Bormi shunaqa gunohlarimiz, birodarlar? Hech ham unuta olmaymiz. Bu shunday gunohki, siz bilasiz, robbingiz biladi. Bormi shunday gunohingiz?
Fojirchi? Fojir qilgan gunohini burniga qo'ngan pashshaga o'xshatadi. Burniga pashshaxon nimadir qilsa, uchib ketadi. Keyin bu odam pashshani eslaydimi? Eslamaydi. Xuddi shunga o'xshagandek fojir gunohni qiladi, lekin eslamaydi. Odam o'ldirgandir, qotillik qilgandir, ota onasiga oq bo'lgandir, birovni haqqini yegandir. Taqvo ahli bilan fujur ahlining farqi shunday bo'ladi.
Ato ibn Yasor. Solih, taqvodor insonlardan edi. U Makai Mokarramaga umra qilishlikka yo'lga tushdi, Madinai Munavvaradan. Yo'lda hamrohlari bilan dam olgani to'xtashdi. Quyoshdan saqlanishligi uchun Ato bir g'orga kirib, shu yerga o'tirib dam olmoqchi bo'ldi. Ozgina yotganidan keyin bir yosh ayol qo'ylarni haydab o'tib qoldi da, salom berib g'orga kirdi. Ato ibn Yasor halig'i oldi, ayol Atoga o'zini taklif qildi.
Hech kim yo'q, g'orda ichida yosh yigit, go'zal ayol, o'zini taklif qilib turibdi, hech kim yo'qu. Faqat Alloh ko'rib turibdi. Ato ibn Yasor yig'lab yubordi. Ayol unga: senga nima bo'ldi? Yig'isi yana kuchaydi. Senga nima bo'ldi? Yana yig'laverdi. So'ng Ato aytdi: ey Allohni cho'risi, Alloh aziz va jalloh sen bilan menga qarab turganligini bilaman. Allohni huzurida, qiyomat kunida sen bilan meni holim nima bo'lishligini o'ylab turib yig'ladim. Qanday qilib shu ishga jur'at qilding? Qanday qilib o'zingni taklif qilding? Allohni huzurida nima deysan? Ato yig'lashda davom etdi. Ayol yupatishga turdi. Keyin o'zi ham atoga qo'shilib yig'lay boshladi. Atoyimni yasoruviga qiyomatni eslatdi, o'zi yig'ladi. Keyin ayol meni haqimga duo qil dedi.
Atoyning holidan ibratlandi. Keyin qo'ylarni haydab chiqib ketdi. Fitnadan omonda qoldi. Fitnadan omonida qoldi. Alloh saqladi. Uyidan besh kun bo'ldi chiqqaniga, olti kun bo'ldi tiqqaniga, ayolidan uzoq. Nafs xohlab turibdi, ayol yosh, chiroyli, o'zi xohlab taklif qilib turibdi. Shu holat zinodan imtihon deyiladi.
Sizdan faqat rozilik talab qilinyapti, xo'p desangiz, hamma yoq muhayyo turibdi. Shunda zinodan imtiho deyiladi. Ato g'ordan chiqdi, hech kim indamadi bo'lgan ishni. Makkaga qarab ravona bo'ldi. Makka mukarramaga yetib kelib, umrasini ado qildi. Tavof qilar ekan, charchab ka'bani oldida yotib uxlab qoldi. Tush ko'rdi.
Tushida yusuf alayhissalomni ko'rdi. Ato tushida Yusuf alayhissalomga aytyapti: ey Allohning nabiysi, Qur'ondagi sizni qissangiz naqadar ajib. Azizning ayoli bilan bo'lgan qissangiz na qadar ulug' dedi. Yusuf alayhi salom javob berib, bundan ham ajibroq narsani bilishni istaysanmi? Ato: bundan ham ajibroq nima bor? Yusuf alayhissalom aytdi. G'orda seni ayol bilan tutgan ishing dedi. Ato cho'chib uyg'onib ketdi. Bu tushni hech kimga aytmadi. Faqat o'limi arafasida, o'limiga yaqin tushini aytib berdi.
Alloh Taolo saqladi bu bandani, birodarlar. Nima uchun? Qalbida taqqib olib boradi. Hasan Basriy rahmatullohu alayhi dan so'radilar. Nima uchun fojirlar o'zlarining gunohlarini odamlar oldida gapirib, undan faxrlanib yuradilar? Mana boyagi darsimizni avvalida bergan savolimiz. Nima uchuna fojirlar gunohni qilib qo'yib, keyin buni gapirib, maqtanib yurishadi? Ehtimol qarang, o'sha fojir gunoh qiluvdi, Alloh bekitib qo'ydi, hech kim bilmadi.
Shunga ham qanoatlanmasdan nima qiladi bu? Yana shunday bir odamlar bor, haromga kirib qolmay, gunohga kirib qolmang deb turib, bir qancha halol narsalardan ettaroq tiyilaveradi. Nimaga fojilar unday? Nimaga taqvodorlar bunday? Hasan ibaslikni javobini ko'ring. Chunki anavilar, fojilar, gunoh tiqib qo'yib, maqtanadiganlar.
Alloh taologa xor bo'lgan bandalardir. Shuning uchun ular osiylik qilishadi. Agar ular Alloh aziz va jallaga aziz bo'lganlarida, ularni mana shu gunohni qilishlikdan Allohni o'zi saqlagan bo'lar edi. Ato ibn Yasorni zino qilishlikdan kim saqlabdi? Nima uchun saqlabdi? Allohdan taqvo qilganligi uchun. Ular Alloh Taoloning nazdida qadri yo'q bo'lgan kishilar. Shuning uchun Alloh Taolo ularni o'zini holiga o'ziga tashlab qo'ygan. Mana, Yusuf alayhissalom xuddi shu holat. Vazirni ayoli eshiklarni berkitib, bir xonaga qamab, haytalak, men bilan zino qil, beri keldi dedi. Alloh Taolo saqladi Yusuf alayhissa lomba. Qur'onda nima dedi bu haqida? Astaydu billah kada alikal inasriy fa anhu su'avval fahshaa innahumina aybah dinan al muxlosing. Undan, Yusufdan, yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun mana shunday qildik. Ya'ni o'zimiz uni saqladik. Yusuf alayhissalomni Alloh saqlamaganida, Alloh biladi nima bo'lar edi. Zero u pokiza muxlis bandalarimizdan. Bizda taqvo bo'lsa, xolis bo'lsak, Allohga duo qilsa shu gunohlardan o'zi nima qiladi? Saqlaydi.
Demak, kim? Qilib qo'ygan gunohini. Alloh yashirib turgan bo'lsa, odamlar ko'rmagan bo'lsa, yana maqtanib faxrlanib odamlarni ichida gapirib yurar ekan, demak Alloh uchun bu xor bo'lgan, haqir bo'lgan odam. Gunohi bilan maqtanyaptimi? Haqir odam ekan deb qo'yavering. U uchun jon kuydirmang. Fuzaylov Niyoz, ulug' tobeinlardan, ulug' olimlardan, faqihlardan, qarib qolgan paytida, xalifa har bitta faqihga o'n ming dirhamdan, o'n mingdirhamdan pul tarqatdi. Ko'pchilik olimlar, faqihlar xalifaning hadyasini qabul qildi. Fuzaylas omadi. Qarang, muboh. Xalifa hadya beryapti. O'zini ummatni ishiga sarf qilgan, umrini ummatni ishiiga sarf qilagan olimlar, faqiqlarga xalifaning hadyasi. Olishlik muboh. Ammo omadi. Halol. Ammo olmadi. O'g'illari kelib, ey ota, nimaga olmadingiz? Boshqalar oldi yu, falonchi falonchilar oldi. Siz ulardan ko'ra muhtojroqdingiz shu pulga.
Fuzayl o'g'illariga nima deb javob berdi? Ey bolalarim, men bilan sizlarning misolingiz bir qavning misoliga o'xshaydi. Ularning bir sigiri bor edi. U ularga yerlarini haydab berar edi. Sigir qarib qolganida esa, uni so'yib go'shtini yeyishdi. Ya'ni, yoshligimda sizlarga sarf harajat qildim, o'sha yer haydagandaqa. Endi qarib qolganimda, xalifani pulini oldib, so'yib go'shtini yeyishingizni xohlaysizlarmi? Dedi. Tushunarli bo'ldimi? Shu kungacha olmaganman, shu kungacha ta'ma, ta'ma ham qilmayapti. Xalifa shunday beryapti, evaziga bir narsa talab qilmayapti ham. Shu kungacha shunday bir taqvo bilan yashaganman, qo'lim pok, buni buyog'iga meni majbur qilmanglar. O'ylayotganimda foydalanib qolmaylar meni o'limimdan dedi.
Taqvootar xalb egalari, birodarlar, ularni qilgan ishlarini hamma ham tushunavermaydi. Oson bo'lavermasmidi? Bo'laverardi. Lekin taqvo qildi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun. Kunlarni birida bir bog'da o'tirarkan, daraxtdagi bir qushga ko'zi tushib qoldi. Haligi qush bir shoxdan ikkinchi shoxga qo'nadi, mevadan cho'qiydi, yana shoxga qo'shadi, mevani cho'qiydi. Haligi qushni ko'rib Abu Bakr Siddiq yig'lab yubordi.
Nimaga yig'layapsiz? Mana bu qush. Xohlagan shoxiga o'tiradi. Xohlagan mevasidan yeydi, keyin o'ladi. Ammo unga na hisob kitob yo'q, va na jazo ham yo'q. Qaniydi shu qushchaga o'xshaysan? Qaniydi shu shu qushchagaga o'xshasan? Kim edi bu kishi? Asharayi mubashsharamidi? Immatni eng afzal kishisimidi? Jannatiy ekanligini Payg'ambarimizdan eshitgan kishimidi? Shu kishi qaniydi shu qushga o'xshasam?
Taqvo ahillari, taqvo ahllari, taqvodor insonlar gunohlardan tiyilib, savobni amalda qilib turib, hech qachon g'ururlanmaydi. Gunohlardan tiylib, savoblarni qilib turib, qo'rqib yashaydi. Xuddi shu vaqtni o'zida fojilar buni teskarisi. Gunoh ma'siyatda hammasini qo'rqmasdan qiladi, yana qo'rqmazdan jannatdan umidi bo'ladi ularni. Astayribillah. Valladinayu utunama ato vo qulu buhim vajilatum annahum ila robbihim rojiun. Darsimizning nihoyasi. Kambag'al bechoralarga bergan sadaqalarini qiyomat kunida hisob kitob uchun parvardigorga qaytguvchi ekanlaridan dillari qo'rqib turgan holda beradigan kishilar. Ular savobli amalni qilishadi, qabul bo'lmay qolishidan xavotir bilan yashashadi. Shuning uchun, birodarlar, biz o'zimizni tutayotgan ro'zamiz, o'qiyotgan namozimiz, tilovat qilayotgan Qur'onlarimiz bilan g'ururlanmaylik. Gunoh qilmayotganligimiz bilan kelmaylik. Chunki bu omillarni hali Allohni huzurida qabul bo'lyaptimi, bo'lmayaptimi, aniqlashlik kerak.
Alloh subhanahu va taolo o'zi yaxshi ko'rgan, taqvo egalari bo'lgan bandalardan qilishligini so'raymiz. Fojir va fosiqlardan bo'lishidan fanat tilaymiz. Aquli qovli hayr avaz ta'firullohu alayhi va lakum.