Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmana rohim. Alhamdulillahi robbila amin. Vala aqibatu li mutaqin. Vassalotu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiq al va'dil amin. Va ala alixiy va as habihiy ajma'in. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh azza va jol uchun bu sayyidul ayyom hajilmasan ki, uni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Islomda farzand tarbiyasini yodlab oladigan darsimizni bugun yigirma birinchi s. O'tgan darsimizda farzandlarda ko'rinadigan bir qancha bir zohiralar, ko'rinishlar haqida suhbat qilgan bo'ldik. O'tgan suhbatimiz yosh bolalarda uchraydigan uyatchanlik, tortinchoqlik mavzusi bo'lgan edi.
Yosh bolalarni tortinchoq bo'lishi, uyatchan bo'lishi, jur'atsiz bo'lishligi faqatgina ota onani qilgan noto'g'ri siyosati, noto'g'li qilgan muomalasi sabab bo'ladi deb aytgan edik. Bu farzandlarni mana shu bir psixologik tarbiyasi, nafsiy, ruhoniy tarbiyasida qanaqa bir kamchilik, qanaqa bir nuqson bo'lsa, faqat ota ona aybdor bo'ladi.
Shuning uchun aytamiz, bolangiz uyatchanmi, jur'atsizmi, qo'rqovi mi, injirmi, qaysarimi, bu faqat sizni qilgan mehnatingizni samarasi. Bugun inshaalloh ikkinchi ko'rinish haqida. Qo'rqovli haqida, qo'rquv haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Bu holatda ham otalar, onalar juda ko'p xatolarga yo'l qo'yadi. Alloh qodir qilganicha, ana shu bir xatolarni ko'rib chiqishlikka, ularni muolaja qiladigan sabablarni o'rganishlikka bir harakat qilamiz. Qo'rquv nima?
Hammamizga ma'lum bu shu. Hammamiz ham bu shu'rni yaxshi bilamiz. Qalbni tez urishi, oyoq qo'lni qoldirishi, qorinda bir og'riqni paydo bo'lishi, tez nafas olish, og'izni qurishi, terlashlik, nafasni bir tezlashib ketishligi, diqqat e'tibor yo'qolishi, bosqichlarni bilmay qolishlik, behuzur bo'lishlik, ishtahani yo'q bo'lishi, ojizligini his qilishlik. Bu shu'r bilan hammamiz tanishmiz. Albatta bir qo'rquv o'tgan, bu narsalarni hammasini boshimizdan o'tkazganmiz. Qo'rquq bu Alloh Taolo insonni tabiatiga joylagan bu sifat. Qo'rqishlik har bitta insonda bor. Eng jasur odamda ham mana shu qo'rquvdan bir qaysidir miqdorda bor. Va bu qo'rqun, masalan, inson baland bir tog'dan pastga qaraganda bir qo'rqadi. Ro'parasida bir yirtqich, vahshiy havoni ko'rganda qo'rqadilar. Bu uni tabiatidan. Bu narsa uchun gunohkor bo'lmaydi inson. Ammo qo'rquveni ikkinchi bir turi bor, inson o'zi kasb qilib oladi. Asli qo'rqushi kerak bo'lmagan, qo'rqmasa ham bo'laveradigan narsalardan inson o'zi qo'rqib oladi. Unga mana shu qo'rquvni singdirishadi.
Farzand ota yoki ona deganda xotirjamlikni his qiladi. Ota ona degani xotirjamlik, omonlik degan so'zni sinonimi. Ota ona deganda bola xotirjamlikda his qiladi. Ana dadang keldi desa, qalbi bir yayraydi. Ana onang keldi desam, bir ko'ngli yumshaydi. Endi, ayni mana shu xotirjamlik, omonlik manbai bo'lishi kerak bo'lgan ota ona o'zini tutmishi bilan farzandini qo'rqoq bo'lishiga sabab bo'lib qoladi. Vaholanki, ota ona bor paytida bolada qo'rquv degan narsa bo'lmasligi kerak edi aslida.
Oila a'zolarini bir biriga qilayotgan noma'qul muomalasi bolani ruhiyatiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir qiladi. Bollarni oldida, xususan yosh bollarni oldidan eri xotin bir biri bilan urishishi, baqir chaqir qilishi, ya'ni hamma so'z boyligini ishga solishligi. Baqir chaqur, shovqin, kichkina go'dak bola, albatta bu narsadan xalqiga qo'rquv keladi. Bizni tilda yuragi yuragi tushadi. Yo bo'lmasam, bolaga kichkinaligidan shu bir qo'pol muomala qilinadi da. Sen menga kerakmassan. Tug'ilmasang bo'lardi ekan. Ko'zimga ko'rinma. Sen odam bo'lmaysan. Shunga o'xshagan gaplar bilan ota ona bolani qalbini sindiradi, qo'rqoq bo'lib qolishiga sabab bor. Yoki falonchiga berib yuboradi seni. Yoki ana ajina kelyapti. Ana bobo kelyapti.
Qo'lingdan hech narsa kelmaydi seni. Qo'ling qayatingdan o'sgan. Ota onalar o'zlarini ruhiy holatini bolasiga albatta yuqtiradi. Keyin o'zi qo'rqoq qilib qo'yib turib, bolasini, nimaga qo'rqivorasansan sen? Nimaga falonchilarda qilmasan deydi da. Bolasini qo'rqov bo'lganligini, aybini boshqalardan qidiradi, lekin o'zidan istamaydi. Aytyapmiz, bolangiz injiqmi, qo'rqog'mi, hasadgo'ymi, qanaqa yomon sifat bo'lsa, psixikasidan. Unga faqat siz aybdorsiz.
Ota ona o'zi chi, bolalarni qo'rqoqligini gaplashlikdan olib, ota enani o'zini qo'rqog'ligini hal qilib olishimiz kerak. Ota onalar ham qo'rqadi nimalardandir. Ota onadagi qo'rquvni tuzatib olsak, ota onada shu qo'rquv bo'lmasa, keyin mana shu qo'rsizlik, jasorat degan narsa farzandlarga ahamiyat o'tadi. Kim qo'rqoq bo'ladi? Kim qo'rquq bo'ladi. Bu o'rinda avval kattalarni o'zidagi qo'rquvu masalasini hal qilishiga kerakga o'xshaydi.
Qo'rquvyu. Inson o'zini moli davlatini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi. Farzandidan qo'rqadi, ayolidan qo'r qadi, ko'chada bir hurmatini yo'qotib qo'yishdan qo'rqad. Inson tabiiy sur'atda bu narsalardan qo'rqar. Endi qo'rqishlik o'zi zaiflik. Qo'rqiklik, qo'rqoqlik bu zaiflik.
Mushkula shundaki, bolaga yoshligida qalbiga kelib qolgan qo'rquv, uni qalbidan bir mustahkam joy oladi da, o'lgunicha shu qo'rqun bilan yashab bor. Yoshligida bir narsadan qattiq qo'rqib qolgan, umrini oxirigacha shu narsadan qo'rqilib yashaydi. Tarbiya olimlari, psixolog olimlarni bir ittifoq aytgan so'zi borki, har qanday bolani noto'g'ri tushunchasi, xato fikrlari besh yasharigacha kallasiga yozilib qoladi.
Qaytarib aytamiz. Nimadan qo'rqurish kerak, nimadan qo'rsatmaslik kerak? Nima yaxshi, nima yomon? Mana shu tushunchalar besh yoshlargacha yozib bo'linadi. Lekin afsus, birodarlar mana shu eng besh yoshashiga, besh yoshgacha bo'lgan umrida ota onalar farzandlarini beparvo tashlab qo'yadi. Yaxshilari nima qiladi? Bolalar bog'chasiga olib borib beradi. Bo'ldi. Tarbiyasi shu bilan nima bo'ldi? Yuz foiz bo'ladi endi. Zo'r tarbiyasini qo'lga olib borib berdik, endi tarbiyasi besh bo'ladi. Sut kamaringdan bo'lgan farzandingni injiqligiga toqating yo'q. Unga tarbiya bergani sabring yo'q. Sen o'zingni bolangga shunaqa ish qila olmayotgan paytda bog'cha opa shu tarbiyani bera oladimi?
Bera olmaydi. Berolmaydi. Albatta o'nta, yigirmata bolaga qarayotgan bog'cha opa, bolalarni shovqin saloni tinchlashligi uchun baqirib gapiradi, so'kadi, kerak bo'lsa qo'rqitadi hamma. To'g'rimi? Uni ham fe'li bor, uni ham asabi bor. Innal insana xoliqo halua, ida massaxul sharru jazua va ida massaxul xayru manua, illal musalli. Avval kattalardagi qo'rquvni hal qilib olaylik. Kattalarni qalbidan qo'rquvlarni chiqarib olaylik. Farzandlar o'z o'zidan jasoratli, qo'rqmas bo'lib katta bo'ladi.
Alloh taolo Maorid surasida shunday marhamat qiladi. Darhaqiqat inson, betoqat qilib yaratilgandir. Betoqat, besabr inson. Qachon unga yomonlik, kambag'allik, kulfat yetib qolsa, u o'ta besabrlik qilguvchidir. Qachon unga yaxshilik, boylik, salomatlik yetsa, o'ta man qilguvchi baxildir. Faqat namoz o'qiguncha zotlar, ya'ni musulmonlargina undoq emaslar. Biz zaif ekanmiz. Biz besabr, betoqat ekanmiz. Mana shu zaif bo'lib yaratganimiz, birodarlar, bizni foydamiz ekan. O'zingizni zaifligingizni his qilsangiz, enay qo'lingizni ko'tarib Allohga duo qilasiz. Ojizligingizni his qilsangiz, jannat namoziga turib, peshonangizni sajdaga qo'yib, Allohda so'raysiz. Va mana shu so'rashlik bilan saodatli bo'lasiz. Chunki bu zaifligi sizni Allohga bog'layapti. Agar insonni Alloh Taolo zaif emas, quvvatli, kuchli, sabr toqatli qilib qo'yganida, tabiatan, Allohga duo qilishlikka hojatni his qilmas edi, Alloh deb yig'ilmas edi, shu behojatligi bilan baxtsiz bo'lardikki dunyoda.
Shuning uchun farzandlarga ota onalar Allohga duo qilishni o'rgatsa, agar sen bolam Allohga duo qilsang, hamma g'amiyni Alloh hal qiladi deb o'rgatsang va faqat mo'min bandagigina beriladigan Alloh o'zini fazlini senga beradi deb singdira olsa, bolasini Allohga bog'lasa shu banda, shu farzand qo'rqmas bo'lib katta oladi.
Istaydu billa, alladina a man u, valam yalbi su'i ma'nahum g'ul, ula ikalahum ul am, va hun muhtadun. Diqqat qilinglar doim. Kimga xotirjamlik bo'ladi? Kim uchun hayotda qo'rqmasdan yashashlik bor? Kim xotirjam yashaydi? Iymon keltirgan, o'z iymonlarini zulm, shirk bilan aralashtirmagan zotlar ana o'shalargina xotirjam bo'lgushidirlar. Va o'shalar hidoyat topuvchidirlar. Allohga iymon keltirgan, shirk keltirmagan haqiqiy mo'minlargina dunyoda xotirjam yashaydi. Qo'rqavermaydi hamma narsadan.
Keyingi oyatga quloq solamiz. Hozir e'tibor beringlar da. Yosh bolalardagi qo'rquvni chekkaga surib qo'yib turib, kattalarning qalbidagi qo'rquvni davolashga kirishyapmiz. E'tibor berasizlarmi? Qaytamiz yosh bolalarga hali. Astaodu billa samulqi fi qulu billa dina kafaru roba bima ashraku billa. Endi iymon keltirib, iymonini zulm bilan aralashtirmaganlargina xotirjam qo'rqmay yashaydi deb turib Alloh, boshqa oyatda aytyapti, jonsiz butlarni Allohga sherik qilganlari sababli, kofirlarning dillarga qo'rquv so'rajiyat emas. Ular Allohga iymon keltirmagani uchun, Allohga shirk keltirgani uchun, Alloh qo'rquvni qalbiga men o'zim joylab qo'yaman deyapti. Kim qo'rqoq bo'lar ekan? Mushrik qo'rqoq bo'lar ekan. Kim qo'rsiz bo'lar ekan, mo'min qo'rsizbo'lar ekan.
Shirkdamisan? Iymonda emasmisan? Qo'rqaverasan. Nahnavoda tushib chiqishidan ham qo'rqaverasan. O'zingni ko'lang kengdan ham. Qo'rqiverasan. Mo'min odam xotirjam bo'ladi. U mo'min odamni chi, oddiy odam deb qabul qilmaslik kerak. Chunki uchta haqiqatni bildi u. Birinchisi, ilmni bildi. Haqiqiy ilmni bildi! Alloh Taoloni yakkaligini bildi. Allohni razzoq ekanligini, allohni saqlovchi ekanligini,allohni qo'llovchi ekanligini bildi.
Ikkinchidan, axloqli bo'ldi. Ana shu iymoni hayotda qanday yashashni ko'rsatdi, xulqlarini o'rgatdi. Uchinchisi, jamoli bo'ldi. Ya'ni uni ham yog'i chiroyli bo'ldi. Allohni tanigandan keyin, hayotda qanday yashash kerakligini ko'rganidan keyin, uni so'zi ham chiroyli bo'libdi. Sabri ham chiroyli bo'mdi. Bo'layotgan har xil ko'ngil yoqmaydigan hodisalarni qabul qilishi ham, sabr toqat qilishi ham chiroyli bo'lli.
Ula akalahumul amin. O'shalargina xotirjam bo'luvchi. Inson uchun ikkita ulug' ne'mat. To'g'lik va tinchlik. Faliya abu du robbaha zal bayt allaviy at'amohim minju va amanahum minhavf. Qurish qabilasiga Alloh Taolo bergan ikkita ne'matini minnat qildi. U zot ularni ochlikdan qutqarib, taomlantirdi va xavfi xatardan tinch qildi. Bir insonni Alloh Taolo qalbini xotirjam qilib qo'ygan bo'lsa, katta ne'matni beribdi.
Bozor o'ldi, ish avvalgidek bo'lmay qo'ydi, deydi ayrim savdogar birodarlarimiz. Ya'ni ish avvalgidaqa bo'lmayapti degani, nima bo'lmayaptimi avvalgidaq? Kirim bo'lmayaptir. O'zi bor, o'n besh yillik to'plab qo'ygani bor. G'amga kiryapti. Endi xuddi ancha bor. Xuddi shu vaqtni o'zida qo'lida atyorkasi, ombori bilan, motorist, elektrik bolalar bor, kunlik kirishigini topib yeydi.
Ularda ham kun o'tyapti. Masalan, ustalar. Orttirib qo'ygan pul yo'q, asbobi bor qo'lida, suvoqchimidi yoki devolkashmidi, instrumenti bor. U nima qilsin unda? Siz o'n besh yil topib olgan pulingiz bilan nima bo'larkan deb xavotirga kirsangiz, bu nima bo'lishi kerak unda? Buni nima quvvat beryapti qalbiga? Alloh Taolo bir qavmni, shaharni yoki mamlakatni bal olmoqchi bo'lsa nima qiladi?
Astaydu billa, doroballohu, masalan, qoryatan ka'nat, aminatan, mutuma innata, ya'tiha, rizqu ha, rog'adan ming kun lima kam. Alloh bir shaharni misol keltirib, u tinch, sokin shahar edi. Har tomondan rizq ro'zi bekamni ko'z kelib turar edi. Fakaforat bi an umin la, fa ada qo hollohu ili basal jo'iy vali xavfi bi man kamu yasnaun. Bas qachonki u, ya'ni ana shu shahar ahlisi, Allohning ne'matiga noshukurlik qilgach, Alloh u shahar aholisiga, bu hunarlari uchun mana shu kufroni isyonlari sababli ocharchilik va notinchlik balosini toptirib qo'ydi. Ochlik bilan qo'rquvni toptirib qo'ydi. Alloh burxonni bal olmoqchi bo'lsa, uni qalbiga qo'rquvlisini solib qo'yadi. Endi qarang. Demak, Allohga haqiqiy iymon keltirib, o'ziga suyangan, iymonli, baquvvat bo'lgan musulmon bo'lsang, xotirjam bo'l bolam, seni Alloh qo'rqadigan ahvolga solmaydi deb bolangizga o'rgata olasiz. Agar o'zingiz qo'rquvsiz shahri nasadan.
Alloh Taoloni tanimagan, shirk keltirgan, kofir bo'lgan kishiga keladigan birinchi musibat, u hamma narsadan qo'rqadigan bo'lib qoladi. Hattoki o'zini ko'lankasidan. Endi bolangizga singdirsangiz, o'zingiz shunaqa e'tiqodli bo'lib turib, bolam qo'rqma. Qo'rqmang, peshonangga yozgan bo'lsa, o'sha uy ham bo'ladi, tijorat ham bo'ladi. Mashina ham bo'ladi da, Alloh yozgan kunida xotin ham bo'ladi va to'y ham bo'ladi deb. G'am qilma deb o'zingiz ishonib ayta olasiz, i ne bolangiz oladi sizdan. Axir mu'min odam.
Allohni ushbu oyatini eshitmaganman. Innalladina qoluv rabbun allohu suhmas taqomu tatana zano alayhimul malayka, alla tahofu va la tahzani. Siz bilan bizga bu. Albatta, parvardigorimiz alloh deb, so'ngra yolg'iz allohga ibodat qilishda to'g'ri ustuvor bo'lgan zotlarning oldilariga o'lim paytida farishtalar tushib beriladi. Iymon keltirgan. Iymon keltirgan, shu iymonida mustaqil, mustahkam turgan. Bular dunyodan chiqib ketayotgan paytda, o'limni vahimasi bo'lsa ekan paytda, farishtalar kelib aytadiki, qo'rqmanglar va g'amgin bo'lmanglar. Sizlarga va'da qilingan jannat xushxobari bilan shodlaninglar. Qarang, alloh taolo bizga qo'rqma va mahzun bo'lma deyapti. Kelajakda bo'ladigan narsadan qo'rq ma, o'tib ketgan narsaga xafa bo'lma. Oxirgi qoidani. Kelajakdan qo'rqma, menga suyan, men aytganqa mustaqil bo'l, kelajakda keladigan narsadan qo'rqmang. Va o'tib ketgan narsa eslab turib, shu yomon yemagin. Ko'p ishlarimiz bor ku, o'sha paytda manaqa qilib qo'yganman, manaqa bo'lib ketardim men. Chunki qarang, bizlar hayotda dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do'stlaringizdirmiz.
Sizlar uchun u joyda sizlar uchun jannatda ko'ngillaringiz tilagan narsalaringiz bordir va u yerda sizlar istagan narsa bor. Bolam, robbiy aytyapti senga, kelajakdan qo'rqma deyapti. O'tgan narsaga pishirma yema deyapti. Kelajagini ham, o'tmishingni ham Alloh Taolo o'zi qoplab qo'ydi. Allohni o'ziga tavakkal. Axir bolam eshitmaganmisan, Alloh Taolo qullang yusiy mana, illama, katab Alloh ulana. Quva ma'ulana avval Allohi falyatavakkalil minun degan Tavba surasida. Bolam, bilasanmi nima deganini? Bu degani, ayting, bizga faqat Alloh biz uchun yozib qo'ygan narsagina yetur. U bizning Hojamizdir. Bas iymonli kishilar faqat Allohga suyasin degan. Ish yo'q. O'qisang, diplom olib bir sohani egallasang, ish yo'q, kurs kundan kunga tushib boryapti. Savdo yo'q, bozorlar to'xtagan, nima qilamiz ekan, deb qo'rqma bo'ladi.
Qo'rq ma bo'ladi. Endi uncha o'zingiz ham qo'rqmayotgan bo'lsangiz kerak da. O'zingizni qalbingizda qaltirab turgan bo'lsanglar bo'lar ekan ishlardan. Ha, biz rejasini qilamiz. Reja qilamiz, lekin g'am qilmaymiz. Kallada turadi. Zehnida turadi bu hisob-kitoblar, lekin qalbda tushmaydi. Chunki birodarlar bu hisob kitob, kalladan qalbga tushib qolsa, g'amga aylanib qoladi.
Balo. Ollohdan so'rab duo qilsang, unga bog'lansang, qalbingga xotirjamlikni beradi. Ishon Ollohga. Hech kimdan, hech narsadan qo'rqma. Hamma narsa kimning qo'lida? Ollohning qo'lida. Agar otangiz sizni besh yosh, olti yoshingizda shunaqa bir fikr bilan, shunaqa tushuncha bilan tarbiya qilsa, birodar, qo'rqasizmi? Biror narsadan qo'rqasizmi? Yana o'zini hayotida aytib beradi. Manaqa manaqa bo'lganda manaqa bo'gan. Allohni aytgani bo'ldi deydi.
Inson tabiati ajib. U nimalardan qo'rqadi? Yomon xabarni eshitganda qo'rqib ketadi. Biror bir qo'rqoqsa qilsa qo'rqilib ketadi. Mehmonxonadan qo'rqadimi, unga o'xshab qo'rqa oladigan narsasi ko'p. Mana mana shu qo'rqolikni asosiy sababi kishini Allohdan uzoqlagan. Hayotda bo'layotgan har bitta shabadan ham, qo'rqayotganligi kishini Allohdan uzoqlagan. Agar bolam, Allohga bir savobli amal qiladigan bo'lsang, Alloh saqlaydi deb ishontiring bolangizni. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kunlarni birida maozimni jabal roziyallohu anhu uning o'zini ulovga uchrashtirib olib, ketayotib, e maoz dedi Payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallam.
Na haqqullohi alal aybala dedi. Allohni bandalarini ustida haqqi nima? Bilasanmi dedi. Alloh va rasuluhi alam. Alloh va rasuli bo'luvchiroq dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, Allohning bandalari ustidagi haqqi, ularni unga ibodat qilishlari va unga hech narsani sherik qilmasliklari. Bizni ustimizdagi Allohni haqqi yomon o'z o'ziga ibodat qilishiimiz. Allohni haqqi bizni ustimizda.
So'ngra emas, agar bandalar shu ishni qilishsa, Allohni ustida, bandalarda qanday haqqi bo'ladi dedi. Allohu va Rasulullohu alam deb javob berdi. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, agar bandalar Allohni o'ziga ibodat qilishsa, unga shirk keltirishmasa, Alloh ularni azoblamasligi haqqi.
Agar biz Allohni o'ziga ibodat qilib, shirk keltirmasak, bizni azoblamasligi bizni haqqimiz Allohni ustidagi. Bu dunyoda azobni turi ko'p. Kasallik azob, kambag'allik azob, yetishmovchilik azob, qo'rqoqlik ham azob. Agar shirk keltirmay Allohni o'zigacha xolis ibodat qilsak, shu azoblardan Alloh omon saqlashligi bizni Allohni ustidagiga haqqimiz bo'ladi. Qo'rqmaysiz. Qo'rqmysiz bo'ladi.
Afamankana mu'minan kamankana fasi qoli ayastavul. Alloh Taolo aytadi. Axir mo'min bo'lgan kishi bilan fosiq itoatsiz kimsa teng bo'lurmi? Nima, ikkalasini ham hayoti bir xil bo'ladimi? Yo'q, bir xil bo'lmaydi. Afanaji alul muslimiyni kal mujrimiyn, ma'nakum kayfa tahkumun. Alloh Taolo so'rayapti. Axir biz musulmonlarni kofir kimsalari bilan barobar qilavermizmi? Nima u ham qo'rqib, bu ham qo'rqub yashaydimi? Yo'q. Biri mo'min, biri kofir. Yoki ikkalasi bir xotirjam yashaydimi?yo'q. Allohga bo'lgan iymonidan kelib chiqib turgan inson qo'rqmay yashaydi, Allohdan uzoqligi bilan har narsadan qo'rqilib yashaydigan bola.
Am hasiba la dinah jutara hus sayyi'ati an najalahun kalla dinah a manuh. Va amal solihati sava'an maxyaxu va mamatuhum saama yaqumon. Oyatni qarang. Ya'ni iymonli odam bilan iymonzodamni hayoti bir xil bo'lmasligi aytilinyapti oyatlarda. Balki yomonlik gunohlar kasb etgan kimsalar biz ularni ham iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar kabi qilishimizni hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo'lishini o'ylaydilarmi? Naqadar yomon hukm qilurlar a? Allohdan qo'rqib, o'ziga suyanib, Allohdan aytganidan chiqmagan odamni hayoti bilan nomoti. Allohni esdan chiqarib, xohlagandecha yashagan odam bilan bir xil bo'ladimi? Allohni esdan chiqqargan odamni dunyosi, ham yog'i taq bo'lsin, hech qachon xotirjam yashamaydi. Chunki Alloh Taolo va'da beryapti. Kofir bo'lganlarda qalbiga qo'rquvni men o'zim joylab qo'yaman. Ammo iymonlar, iymonlilarni iymon keltirganlarni qalbiga xotirjamlikda joylaydi. Bilasizmi? O'sha ma'nolar, shu oyatlar ozgina yoddan ko'tarilib, ozgina g'aflatga kirib qolsa, shayton kelib vasvasa qilib qo'rqitishni boshlaydi.
Qo'rqishni boshlagan paytingizda Allohni eslatsa biroq, shu oyatlarni ma'nolini aytib bersa, qalbingiz bir taskin, toppa xotirjam bo'lib qolasiz. Shu mo'minligingizni belgilisiz. Mana shu oyatlar qalbga xotirjam deb olib kelmaydi, murodarlar. Alloh saqlaydi seni bolam, yordam beradi, qo'llaydi.
Allohni qo'llashligini Allohni itoatiga bog'lab qo'ying. Qaytaraman. Alloh seni saqlaydi, Alloh seni qo'llaydi, Alloh senga bir quvvat beradi, agar Allohni qo'lchiligida qoyim bo'lsang. Qiyinmi shu gapni gapirib qo'yish? Keyingi oyatda o'qiymiz.
Hamma shu hayotda pokiza, xotirjam, osoyishta hayot kechirishni xohlaydi. Hamma musulmon ham kofir ham. Musulmon ham kofir ham. Erkak ham, ayol ham. Millati nima bo'lishidan qat'iy nazar, hamma osoyishta, xotirjam tinch yashashni xohlaydi? Shunday emasmi?
Endi mana shu maqsading yetishligi uchun insonlar faqat dunyo uchun ishlaydi. Pulim ko'p bo'lsa, hayotim zo'r bo'ladi deydi. Hozirgi odamlarda ko'proq qismini tushunchasi shunaqa. Pokiza hayot nimaga bog'liq? Xotirjam, halovon, to'kin sochin, beg'am hayot nimaga bog'? Astag'ayte billa. Mana amila soli ham minza kabi av unta. Vohivo mo'minun, falano'xi yana hu hayatan toyiba, volanadze yana hum ajrahum beaxsanima kal u ya'malun. Oyatda shunday. Erkakmi yo ayolmi? Kimda kim? Mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amalni qilsa, bas biz unga hokiza hayot ato eturmiz.
Erkakmi yo oyolmi? Kimdakim? Mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, biron yaxshi ham amal qilsa. Bas, biz unga hokiza hayot ato etyurmiz. Hokiza hayot nimaga bog'liq ekan? Mo'min bo'lishlikka va solih amal qilishlikka. Shuni ishontiring bolangizga. Ovoz o'zingizga ishoning, amal qiling, ko'ring hayotingizda. O'zingiz ishonib turib gapirgan gapingiz albatta bolangizni qalbiga keladi.
Farovon, xotirjam, pokiza hayot Allohga quvchilik qilishda ekanligini tushuntiring bolangizga. Endi qo'rqmasdan yashash ham chi, pokiza hayot mashalloh. Pokiza hayotda bir ko'rinishi, qo'rqmazdan yashash ham hayotda. Agar ota onalarni o'zlari mana shu e'tiqodda bo'lsa, mana shu oyatlardan xabardor bo'lib, amal qilib, o'zini qalbi xotirjam bo'lgan bo'lsa, o'zidagi qo'rqolaydigan sifatni yo'qotadigan bo'lsa, bu sifat albatta bolalarga ham o'tadi. Chunki amaliy suratda berilgan dars yuzta mavzudan ta'sirchanroq bo'ladi. O'zingiz qo'rqmang. O'zingiz Allohga suyanib qo'rqmasdan yashayotganingizni bolangiz ko'rsin. Albatta bu narsa nima qiladi? O'ziga yuqtiradi.
Mana endi bolani o'zini qo'rquqligi o'tamiz. Ota ona bolani qo'rquv qiladi. Mana shu xizmatdagi to'qson to'qqiz foiz xizmat kimniki bo'ladi? Onalarniki bo'ladi. Esini endi tanib ona degani xotirjamlik, omonlik degan tushuncha edi o'zi. Ana bu bu kelyapti deydi. Uxla bo'lmasam eshikni yig'itib yuboraman deydi. Ana ajina kelyapti deydi. Yop boshingni deydi.
Kim edi bu o'zi? Kim bo'lishi kerak edi? O'sha xotirjamlik, qo'rqmaslikda, suvni ichiladigan ena bo'lishlik kerak edi. Lekin birinchi qo'rqitadigan odam kim? Ona bo'ladi. Shuning uchun bu ma'ruzalarimizni opalarimiz ham eshitadi. Bilib qo'yinglar, opalar, bu sizlarga tegishli. Bolalarni qo'rqoq qiladigan sizlar siz.
Yana insonni qo'rqoq bo'lib qolishiga sabablardan bittasi, otani farzandi haqida oshiqcha bir qayg'urish degani. To'polon olishi. Hamma yo'lda muhayyo qilib beradi. Biror narsani qilishlikka bolani o'ziga bir imkoniyat, ertaga bermaydi. Nima bo'lsa muhayyo qilib qo'yaveradi. Natijada bolami? Hech narsaga toqati yo'q.
Biror narsasini qilishlikka cho'chiydigan qo'rqov qilib katta qilib qo'yadi. Shuning uchun bolaga ancha muncha erkinlikni berish kerak. Mayli, penaltini sindirib olsin, choy olib kelyapti. Mayli, nonni qattig'ini olib kelsin. Mayli, xato qilsin. Xato qilishlik ayb emas. Doimiy xatokor bo'lib qolishlik ayb. Sen odam bo'lmaysan, bo'pti, sen, sen atgan nonni. Yoki bir xato qilsa qattiq uradi da, shu xatoni qilsam yana kaltak yeyman deb turib, boyagi jur'at bilan yana bir xayrlashib qo'yaveradi. Qo'rquq bo'lib qoladi bola.
Qo'rquvga sabablarda yana bittasi, bolani yolg'iz xonaga qamab qo'yishlik. Qorong'u xonaga qamab qo'yishligi. O'zi qo'rqib turibdi. Uni yana nima qilasiz? Jinlar, shunga o'xshagan har xil bo'lmag'ur hikoyalar bolani qalbiga qo'rquv joylanib qolishiga sabab bo'ladi. Ota nima qilish kerak edi? Qo'rqyaptimi bola qorong'idan? Yetalab olib chiqib, o'sha xonagida birga o'tirib, o'tirmadi. Yonida o'tiribdi. Mana qara, nima bor? Hech narsa yo'q. Sen o'ylayotgan narsa bu xayoliy narsa, ish ham bor unaqa narsalarga. Ko'rsatib berishlik kerak edi. Bugun ota onalarni qo'rqoqligi haqida gaplashdik. Aquli qovli hayda va astag'firullohi alayhi valakum. Assalomu alaykum.