Maviza
—Qoralama23 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
22:50
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmatir rohiym. Alhamdulillahi robbilan amin. Va ala aqibatu li mutaqiy. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqil va adil amin. Va alal alihi va as nabihiy ajma'in. Umuman, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Islomda farzand tarbiyasini namoyon qiladigan darsimizni bugun yigirma ikkinchi sinf. O'tgan darsimizda yosh bolalarni ana shu tabiatda uchraydigan qo'rqoqlik haqida suhbat qilgan edik. Astaydubillah, innalladina qoluv rabbunallohu thum mustaqomu tatana zalualihi mulmalaika alla tahofu va la tahzanu va obisheru bil jannatilla ti kundum tuadum. Alloh taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Albatta, parvardigorimiz Allohdir deb, so'ngra to'g'ri ustuvor bo'lgan zotlarning oldilariga o'lim paytida farishtalar tushib derlar. Qo'rqmanglar, lag'amgin bo'lmanglar, sizlarga va'da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar. Alloh taologa iymon keltirgan, solih amal qilgan va mana shu haq yo'lida ustuvor bo'lgan zotlarga farishtalar mana shu bir xotirjamlikni olib keladi. Musulmon odam, Allohga iymon keltiradigan odam qo'rqoq bo'lmaydi. Mana amira soliham min zakarin av unsa, vohivo mu'minun falanuhi yannahum hayatan toyiba, valanajzi yannahum ajrahun bi axsanima kam u ya'malun.

Erkakmi yo ayolmi, kimda kim mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, biz unga pokiza hayot ato eturmiz. Va ularni o'zlari qilib o'tgan amallaridan chiroyliroq ajr savoblar bilan mukofotlaymiz. Erkakmi, ayolmi, mo'min bo'gan holida savobli amal qiladigan bo'lsa, Alloh buni insonga pokiza hayotni beradi. Pokiza hayot qanaqa pokiza hayot? G'am tashvishsiz hayot.

To'kin sochin hayot. Va qo'rqmasdan yashashlik. Chunki kishini Allohga bo'lgan iymoni uni qalbidan qo'rquvni quvib chiqaradi. Musulmon odam robbisiga tavakkal qilgan kishi bo'ladi. Bu tavakkal, agar haqiqiy tavakkal bo'lsa, musulmonni qalbidagi qo'rquvlarni quvib chiqara deb joy qoldirmaydi. Uni qalbiga xotirjamligini olib keladi. Tavakkur nima? Sabablarni qilib turib, qolganini Allohga topshirib qo'yishlik. Tavakkur qalbni rozi bo'lishi, nafsni xotirjam bo'lishligi, Allohni faqat o'zidangina umid qilishlik. Tavakkon faqat Alloh xohlagan narsagina bo'ladi, Alloh xohlamagan narsa bo'lmaydi deb aniq ishonishlik. Shuning uchun, inna nasa xot jamoa alakum fahshavhum. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mishriylar, odamlar to'planib ustinglariga kelyapti. Qo'rqinglar desa, hasbuni allohi va niyat bilan vakil deb javob bergan edilar. Bizni hisobimiz Allohni qo'lida, naqadar zo'r vakil parvardigorimiz. Mo'min odam qo'rqmaydi. Mo'min odam qo'rqmas bo'ladi. Payg'ambaringiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalari yer yuzini obod qilish uchun kelishgan edi.

Vayron qilish uchunga emas. Yer yuzini isloh qilgani kelishgan edi, fasodga uchrashish uchun emas. Chunki bu ulug' zotlar insoniyat zotiga berilgan eng ulug' risolat egasiga aylanishdi. Muhammad alayhissalom olib kelgan islom degan risolat egalariga aylandi. Endi. Payg'ambardan ularga qolgan mana shu ulkan merosni boyligini insoniyatga ular yetkazishligi, ularni yelkasidagi omonat edi. Endi ular mana shu omonatni yetkazishligini eng zo'r yo'li, farzandlarning tarbiyasi ekanligini yaxshilab anglab yetishdi. Ular farzandlarni tarbiyasi bilan band bo'lishdi.

Ular farzandlari uchun, farzandlar mana shu omonatni ko'taradigan inson bo'lib yetishliklari uchun nima kerak bo'lsa hamma narsani baho yoq qilishdi. Solih otani, taqvodor onani, iymoniy muhitni, farzandlar uchun kerak bo'lgan axloqiy, ilmiy, jismoniy va u ruhiy tarbiyani. Farzandlari shu payg'ambarimizdan qolgan omonatni insonga yetkazadigan, omonatdor inson bo'lishi uchun nima shart sharoit kerak bo'lsa, sahobalar xoin qilishdi. Va mana shu narsa siz bilan biz erkamizda ham muvofiq. Dinni o'rgandik, Robbimizni tanidik. Endi buni o'rgatadigan, shu omonatni keyingi avlodga yetkazadigan farzandlarni tarbiya qilishligimiz kerak.

Ular farzandlarini tarbiyasini chiroyli qilishdi. Omonatni chiroyli suratda ado qilishdi. Natija qanday bo'ldi? Natija shunday bo'ldiki, Robbilarini roziligiga erishdi ular. Natija shunday bildiki, musulmonlar yer yuzidagi eng peshqadam ummatga aylanishdi. Natija, ular yer yuzidagi aziz, mukarram inson bo'ldi. Nima uchun? Farzandlarini Alloh va Payg'ambar aytgandek tarbiya qilganligi uchun. Siz bilan biz ham zamonimizda peshqadam bo'lishlikni xohlasak, yer yuzida aziz mukarram yashashni xohlasak. Robbimizni rizosiga yetishlikni xohlasa, bizga ham mana shu narsa vojib. Nima vojib? Farzandlarni tarbiyasi.

Mana o'tgan darsimizda aytdik, farzandlardagi qanaqa bir salbiy ko'rinish bo'lsa, tabiatida. Xarakterida. Bu faqatgina ota onani qilgan ishini samarasini. Qo'rqoqmi bolangiz? O'zingiz aybdorsiz. Injig'mi bolangiz? Faqat o'zingiz aybliorsiz. Jasoratlimi? Qo'rqmasmi? Sizning ishingiz. Saxovatli bir bag'rikengmi? Bu ham sizning ishingiz! Bu qanaqa yomon sifat bo'ladigan bo'lsa ham, ota onani qigan ishi, qanaqa yaxshi sifat bo'lsa bolani tabiatida, bu ham ota onani qigani ishi.

Shuning uchun tashqaridan birov bolangizni zo'r tarbiya berishini kutmang. Tashqaridagi odam sizni bolangizni axloqini tuzatib qo'yishini kutmeng. U faqat sizga bog'liq, sizga bog'li, sizga bog'i. Farzandlarning qo'rqoqligi xususida. Kam, unaqa yurakli bolalarchi, tabiatan Alloh Taolo yuragini quvvatli qilib yaratgan, xuddi haligi jismonan quvvatli yoki bo'yi uzun bo'lishlik Allohning in'omi bo'lganidek, yurak, kichkinaligidan yurakli bo'lganlar milliontadan bitta chiqib qoladi. Ursang ham turaveradi, tepsang ham turaverad, qorong'iga chiqarib yuborsang ham turaverar. Bunaqalar kam bo'ladi. Lekin odatda yosh bolalarning qalbi nozik bo'ladi, qo'rqoq bo'ladi. Agar ota onalari mana shunga o'rgatgan bo'lsa.

Avvalgi darslarimizda aytdik, farzandlarning qo'rqoq bo'lishiga birinchi bola xizmat qiladigan bu onalar. Jinlar haqida har xil bo'lmagan hikoyalarni gapirib, yo'q narsalarni bir xayoliy narsalarni to'qib, bolani uxlatish uchun har xil narsalarni gapiradi. Ana jin kelyapti deydi. Ana bobo kelyapti deydi.

O'tgan darsda aytdik, opalarimiz ham eshitadi bu ma'ruzalarni. Mana shu bolalarni qo'rqitishni teg'ishtirsin. Uxlamasang tashqariga chiqarib yuboraman deydi. Mana shu narsa bilan bolaning qalbiga qo'rquv keladi. Endi, bola qachon qo'rqmas bo'lishi mumkin? Qachonki uni qalbiga sog'lom aqidani joylasangiz. Ya'ni bolam qo'rqma. Mana as saub aka lam yakunli o'qdi yakka, mana shu hadis. Alloh xohlamagan narsa bo'lmaydi bolam. Alloh xohlagan narsa albatta bo'ladi bolam. Shuning uchun Allohda qo'rq, Allohda so'ra, bola ishonuvchan bo'ladi da, to'g'rimi? Ishonuvchan bo'ladi. Hamma narsa Allohning qo'lida. Alloh saqlaydi. Alloh xohlamasa hech narsa bo'lmaydi. Agar shu ma'nolarni kichkinaligidan singdirsangiz bolangizni qalbiga, o'sha bir ikki yashar, uch yashar bo'lib qoldimi, oladigan bo'lib, ahli. Tushuntiravering qo'rqmasdan, kichkina deb o'ylamang. Chunki besh yoshgacha har qanaqa noto'g'ri tushunchani bola olib bo'ladi. Qaytaraman. Besh yoshgacha a, nimadan qo'rqish kerak, nimadan qo'shmaslik kerak. Nima yaxshi, nima yomon. Oq, qorani besh yoshgacha tushunchalarni. Undan keyin qiyin bo'ladi tuzatish.

Innal insana xuliqul halu an. Idha massa xushsharru jazu an. Voyda massa xul hayru ma'noat, illal musalli. Alloh taolo aytadi, darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Inson besabr, betoqat. Ana shu ona ham besabrligidan, bolasini uxlamayotganligiga sabr qilmaganligidan qo'rqitadi bolani. Ozgina sabr qilsa charchab ham uxlab qolar edi. Yo'q, yuragini sindirishlaydi hisobiga. Qo'rqoq qilish hisobiga uxlatadi.

Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik yetib qolsa, o'ta besabrlik qilguvchidir. Qachon ungan yaxshilik yetsa, o'ta man qilguvchidur. Faqat namoz o'qituvchi zotlar, ya'ni musulmonlar bunday emas. Musulmon ota, musulmon ona farzandini qo'rqitish hisobiga uxlatmaydi. Sabr qiladi uxlagucha. Qorani o'qib beradi va bir qanday bir narsani gapirib beradi, sabr qiladi. Bu musulmonlarni sifati.

Qo'rquv har qanday insonni qalbida bor sifat. Ammo Allohga chin ma'noda bog'langan, Allohga haqiqiy bir ma'noda bog'llangan qalb egasi qalbida jasorat, jur'at bo'ladi. Chunki Robbisi tomonidan bu qalbga madad keladi, quvvat keladi. Sira darslaridan ma'lum. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vahiy kelgan yilida, mana bilasizlar, Makka Mukarramadagi Nur tog'idagi Xiro g'orida uzoq muddat qolib ketar edi.

Ba'zida ikki kun, ba'zida besh kun. Mana shu vahiy kelgan yo'li bir oy deyiladi. Rasululloh qolib ketdi g'orda. Oziq ovqatini olib chiqib ketar edi, haftalab turib, oziq ovqati tugaganda tushib, olib chiqib kelardi. Endi vahiy kelgan yilida esa bir oy o'tirdi. Ammo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nimaga qo'rqmay o'tirdi? Qalbi Alloh bilan bog'langan edi. Alloh bilan band bo'lganda qalbi. Qo'rquvga joy yo'q edi.

Demak, o'zimiz ham, farzandlarimiz ham, qalbimizda qo'rquvni yo'q bo'lishini xohlasak, Allohga yaxshilab bog'lanaylik. Allohni yaxshi tanaylik, unga iltijo qilaylik, o'ziga bog'lanaylik, Alloh qo'rquvlarni chiqarib tashlaydi qalbimizdan. Yosh bola biror bir xatoga yo'l qo'ysa, onasi, otasi darrov so'kadi yoki uradi.

Xato qildi, so'kish eshitadi, kaltak yeydi. Keyin shu kaltak yoki so'kishdan qochishlik uchun shu ishni qilmay qo'yaveradi. O'ziga ishonchi yo'qoladi. Qo'rqoq bo'lib qoladi. Shuning uchun bitta ish deb yursangiz, nechchiga kirgan bo'lsa ham bo'lasiz. Eplolmadimi? Darrov yerga urib tashlamang. Sen odam o'rnisan. Sen qo'lingdan bir ish kelmaydi. Bor ko'zimga ko'rinma.

Odam bolasi borki xato qiladi. Faqat xato qilganda, uni tushuntirishlikka bir sabr qilaylik. Aytdik, namozxonlar sabrli bo'ladi, davay deydi. Eshitib beraylik, qilsin, adashsin, tuzataylik, sabr qilaydi. Yosh bolalarga mana shu jur'atli bo'lish, qo'rqmas bo'lishlikka yana yordam beradigan omillardan bu Payg'ambar alayhissalomning sahobalarini hayotidan misol keltirishdi.

Mana Sodin Nabiy Yoqas Roziyallohu Anhoy aytadi, ulug' sahobalardan. Biz farzandlarimizga Payg'ambarimizning g'azovotlarini, janglarini, xuddi Qur'on surasini o'rgatgandek o'rgatar edik. Chunki jang maydonida shijoat bo'ladi odamda. Mana shu shijoatni o'rgatishlik uchun Payg'ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallamni janglarini sahobalar o'rgatishi shart, farzandlariga. Mana, ana shu sahobalarni hayotiga murojaat qiladigan bo'lsak, yosh bolalar.

Rasululloh Uhud g'azotiga chiqib ketayotganida, qo'shinni bir qator ko'zdan kechirdi. Shunda bir top yosh bolalar ham chiqishib olgan edi. Jang maydoniga billa chiqqani. Ularni ichida payg'ambarimiz Rofi ibn Xudaysh bilan Sumra ibn Jundublarni ko'rdi. Qaytarib yubordi bularni. Shunda sahobalar Rofi kamondan otishlikka usta, mergan deyishgan edi, payg'ambarim haligi bolaga qolishga ruxsat berdi. Shunda boyagi Sumra norozi bo'lib aytdiki, qanday qilib unga javob beradi yu, menga javob bermaydi payg'ambarimiz qolishga. Axir kurashni ham yengib qo'yaman u men uni dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haligi Sumrani so'zini eshitib, qani kurashinglarchi dedi. Kurashib, haqiqatdan Sumra Rofiyni yengib qo'shdi. Payg'ambarimimiz unga ham qolishga ruxsat berdi. Mana shunga o'xshagan bir ibratli voqeani aytsangiz, bola albatta ta'sirlanadi bunda. Jur'atli bo'lishni o'rganadi. Chiq, chiq, chiq, yomon bo'ladi. Bor, bor, bor, bor. Mehmon aka, chiqishmay tur. Qullab qo'y, chiq, ko'rishmay tur, yomon bo'ladimi? Uyat bo'ladi.

Iye, birov kelsa, keyin uyat bo'l. O'zini uyida ham gapira olmaydi da. O'zini uyni ham shunaqa bir qo'rqoq bo'lib qoladi. Yoki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hijratini eslaylik. Abubaka siddiq roziyallohu anhuni qizlari, o'g'illari Rasulullohning hijratida xizmat qildi. Rasululloh savr g'origa borib uch kun turdi. Uch kun turdi g'orda. Mana shu paytda Abu Bakr Siddiqning o'g'li Makkada bo'lgan xabarlarni kunduzi, Makkada yurib eshitib turib, kechqurun g'orga chiqib borib xabarni berardi da, kechasi bilan ulov bilan birga qolib, tong sahar tog'dan Makkaga tushib kelardi o'zi yakka.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, idama tal insano inqotan amaluhi illa min talat. Agar inson bolasi vafot etsa, uni hamma amallari to'xtaydi, faqat uchta amali davom etadi. Sadaqatun joriyatun. Odamlarga foydali sadaqai joriy qo'yib ketgan bo'lsa, avvalo ilmun yuntafa u bihi yoki foydalanib turilgan odamlarga foyda bo'lgan ilm qoldirib ketgan bo'lsak, avvalo dun solih yad ula. Uni haqqiga duo qilib turadigan solih farzand qo'ygan bo'lsa. Farzandlar siz bilan bizni kelajagimiz.

Farzandlar siz bilamizni davomimiz. Avvalgi darslarimizda aytdik. Qur'on yodlashning nasib qilmadi sizga yoshligingizda. Yoshingiz katta bo'lib qoldi, kalla olmay qo'ydi Qur'onni. O'tdi ketdi. Xato sodir bo'ldi. Tuzatish mumkin ekanmi? Mumkin ekan. O'tib ketgan, xatoni tuzatish mumkin ekan. Farzandingiz Qur'oni yodlasin. O'zingiz yoshligingizda qilolmagan ishda farzandingizni qilishga sharoit yaratib bering, Qur'onda ziyodlagan bo'la olasiz.

Birodarlar, farzand tarbiyasi bizni hayotimizdagi eng muhim ish. Robbimizni taniganimizdan keyin, halol halondan xabardor bo'lib amal qilganimizdan keyin birinchi ishimiz farzand tarbiasi bo'ladi. Mana endi, bolada qo'rquqlik belgilari ko'rilsa yoki bola qo'rqoq bo'lsa, nima qilish kerak, nima qilmaslik kerak.

Birinchidan, qo'rqayotgani uchun jazolamaslik kerak. So'kmaslik kerak. Chunki o'zi xohlayotgani yo'q bu narsani. Buni o'zingiz nima qilib qo'ydingiz? O'rgatib qo'yding siz. Jazolab bo'lmaydi bolani qo'rqaayotganligi uchun. Bu birinchidan. Ikkinchidan, ustidan kulmaslik kerak.

Uchinchidan, qo'rqayotgan narsasiga turtmaslik kerak. Ya'ni masalan, itdan qo'rqa ekan bo'lsa, yoniga itni olib kelib, silab qo'y boshini shuni. Bitta silab qo'ydi. Qara, yo'q, qo'rquyaptimi, turtib bo'lmaydi. Nimadan qo'rqar ekan bo'lmasa, tashlab yuboraman suvga deysiz, yo bo'lmasam suvdan qo'rqur ekan bo'lsan. Qorong'idan qo'rqarkan bo'lsa, qorong'iga tiqib qo'yaman deysiz. Nima bo'lsin? Chiniqsin deb qo'yasiz. O'rgansin. Buni zarari katta bo'ladi. Zarari katta bo'ldi.

To'rtinchisi, yosh bolangizni qalbiga yomon ta'sir qiladigan filmlarni ko'rsatmaslik kerak. Kinolarni chegaralash kerak. Xohlagan narsasini ko'ryapti bolalar hozir. I, masalan, o'sha bir dahshat filmlar deb qo'yadi a? Nima bo'ladi bizning dilda? Ha, o'shanaqa o'xshasizlar.

Shunaqa o'xshatib qilganki, katta odam ham ko'rsa ham qo'rqib ketasan ba'zida. Indamay, turib turib, va deydi. U katta odamni ham yuragi tushadi, yosh bolani o'ttizta yuragi tushadimi. Shuning uchun ko'rayotgan kinolarini bir qator elakdan o'tkazib qo'yishlik kerak. Xo'p, bu yosh bola qo'rqayotgan bo'lsa, unga nisbatan qilish kerak bo'lmagan ayrim ishlar. Endi bola qo'rqayotgan bo'lsa, nima ishlarni ota ona qilishligi kerak?

Birinchidan, uni so'zlariga diqqat bilan quloq tutishlik kerak. Aytmoqchi bo'lgan gapi bordir. Ehtimol, uni qo'rqitayotgan narsa haqida so'ramoqchi edirsizdan bir narsani. Yo'q, sizni vaqtingiz yo'q. Mana bu jur'atsizlik degan darsimizda aytdik a? O'tirib gaplashinglar bolalaringlar bilan. Xuddi katta odam bilan gaplashgandek. Vaqtinglarda hech bo'lmasa ikki marta ajratinglar haftasiga. Ehtimol so'rar sizdan bir narsani. Javobini olsa ehtimol qo'rqmay qolar.

Demak, birinchisi, uni so'zlariga diqqat bilan quloq solishlik kerak. Ikkinchidan, hozir aytib o'tdik, sog'lom aqidani uni qalbiga joylashlik kerak. Chunki. Koinotda hech bir narsa Allohnin izni ixtiyorisiz bo'lmasligini tushuntirish kerak. Taqdirda senga yetishi yozilgan narsa adashmaydi. Va taqdirda sanga yetishligi yozilmagan narsa ham adashmaydi. Allohni aytgani bo'ladi degan e'tiqodni bolani qalbiga joylashlik kerak.

Undan keyingisi, uni yolg'iz emasligini unga uqtirishlik kerak. Uni ota onasi yaxshi ko'rishligi, aka ukalar yaxshi ko'rinishligi, unga bir yordam kerak bo'lsa, yolg'iz emasligini unga uqtirishlik kerak. Hamda u qo'rqayotgan narsani haqiqatini bayon qilib berishi kerak. Ibratli hodisalarni, ibratli qissalarni gapirib berishlik kerak.

Mana, shu boya aytdik, chiniqtirishdi. Qo'shtirnoq ichida chiniqtirishni hojati yo'q. Qo'rqitayotgan narsasiga turtib bo'lmaydi bolani. Tog' nima ekanligini tushunib olmagunicha unga turtib bo'lmaydi. Nima qilishlik kerak? Qorong'idan qo'rqyaptimi? Mana o'tgan safar ham aytganman. O'sha qo'rqayotgan qorong'iga birga chiqing, uyni burchagimi yoki qaysi tomon, tomni ustimi, podvalmi, bir narsa qo'rqib qolyaptimi qorong'idan? Ota sifatida qo'lidan ushlab, olib tushing, o'tiring shu yerda. Jim o'tiringlar.

Ko'rsin hech narsa yo'qligini. U o'ylagan, vahima qilgan har xil ajinalar, jinlar yo'qligini ko'rsin. Xotirjamlikni shu yerda his qilsin. Inak qo'rqmaydigan bola. Tushuntira oladimi? Mana vazifa. Xususan qorong'idan qo'rqadi bolalar. Jiyanmidi, o'g'ilmidi, qizmidi, yetalab tushib bilib o'tiribdi.

Chunki qo'rqayotgan narsa uni qo'rqitayotgan sabablar yo'q bo'lsa, qo'rquv ham o'z o'zidan ko'tarilib chiqib ketadi. Birodarlar, siz bilan bizning eng katta g'amimiz farzandlarni tarbiyasi bo'lishligi kerak. Chunki aytdik, ko'zingiz yumilishi bilan siz uchun qadrli bo'lgan hamma narsa to'xtaydi. Pulingiz ham qoladi, mansabingiz ham, obro'yingiz ham, uyingiz ham, hamma yog'ingiz qoladi. Faqatgina siz bilan tushib ketadigan narsa solih amalingiz bo'ladi. Va shu solih amalni davom qilib turadigan farzandingizni sizga jo'natib yuboring, duosiz qoladi.

Farzandlarini Allohda qo'rqadigan, namozxon, ro'zador, ilm ma'rifatli ekanligini ko'rib, dunyodan ko'z yumayotgan ota xotirjam ketadi. Bu boylikni pul bilan o'lchab bo'lmaydi. Alloh Taolo aytadi, astayru billa, valladinga yoquli una robbana ha bilana min azvvajina va zurriyatina qur'ata a'yuning vo jaannalin muttaqina iman. Ular, Parvardigor, o'zing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod u xurramlikni hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga teshibo qilgin. Murodalar, zaryodlaringiz sizni ko'zingizni quvonchi bo'lishligi uchun mehnat qilishlik kerak. Beparvo tashlab qo'ysangiz, hech qachon ko'zingizni qivonchiga aylanmang. U bilan birga bo'lishimiz kerak. Gaplashaylik, kuzataylik, o'rgataylik, savol beraylik, savolga javob beraylik, bahs qilaylik, tushuntiraylik. Shunda siz bilan biz xohlagan solih, zaryod bo'lishidan umid qilsa bo'ladi. Aquli quvli hada, va astag'firulloh alaykum.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi