Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu va nastainuhu va nastag'firuh. Va navuhibillahi min ash g'ururiyam husina va min sayy'ati amalina. Man yahdihillah hufala mubillala va man yudil ilhufala hadiyalala. Mana shuhratulloh ilohi illallohu vahda hula shar'i ikkala. Mana shuhadonanna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba'da assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim.
Qimor. Qur'onda qayd etilgan oyatda aytilgan maysir so'zi, maysir so'si qimor degan ma'noni bildiradi. Bu haqida tafsir ahli ittifoq qilgan, sahobalardan ham mana shu narsa naql qilingan. Imomutabariy ibn kasir rivoyat qilishadi, abdullohi nurimardan. Bu sahoba aytadiki, maysir qimordir. Ibn Abbos aytadi, maysir qimordir. Demak, Qur'ondagi oyatda kelgan maysir so'zining ma'nosi qimor bo'ladi.
Qimorning haromligiga o'tgan darsda Qur'on oyatlaridan dalillarni keltirdik. Mana endi qimorning haromligiga sunnatdan dalil. Buraydebni husayb roziyallohu anhudan bu hadis imom muslimning sahihlarida keltiriladi. Payg'ambarimiz aytadilar: Men la ayba ber nardashir bin nardashir faka annama sabag'a yadahuf ilahmilxinzirin va damihi. Kim nard o'ynasa, nard o'ynasa, go'yo cho'chqaning go'shti va qoniga qo'lini botirgan kabidir.
Nard harom. Puldan o'ynaysizmi, vaqt o'tkazgani o'ynaysizmi, nard harom. Abu muso shayriy yozgan lohan hudan min la'iba bin nardiy faqat asallohu va rasuluhu. Kim nard o'ynasa, tahqiq Alloh va uning rasuliga osiy bo'libdi. Mana shu tuppa tuzuk namoz o'qiydigan yoshi katta odamlarni qarasangiz, namozdan bo'shagan vaqtda chiqib olib, ana shu daraxt tagida kechgacha narda tashlab o'tiradi. Harom.
Masalullo dey ala abubin nardi summa yoqumuy fayusonli. Masalullo di yatovorda ob il qoyhi va dam il xinziyri summa yoqumuf fayusonli endi o'shanaqalar qanaqa bo'ladi? Nardi o'ynaydigan namozxonlar. Rasululloh aytadilar, nardani o'ynab keyin turib namoz o'qigan kimsaning misoli yiring va to'ng'izni qoni bilan tahorat olib, keyin namoz o'qgan kimsaning misoli kabidir.
Imom ahmaddan bu hadis. Qimor o'ynab turib, keyin namoyon o'qigan odamni misoli ham shunaqa bo'ladi. Abuxir ayra roziyallohu anhudan. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, man xalafa faqola fi xalifi billate val uzza fal yaqul la ilaha illalloh. Qimor o'ynashmas.
Qimor o'shani taklif qilish ham gunoh. Rasululloh aytadilar, kim qasam ichsa, qasamida lot bilan uzzo qasam desa, darhol la ilaha illallohni desin. Chunki islomdan avval arablar lot va uzzoni nomiga deb qasam ichishar edi. Lot bilan uzzo o'zlarini sig'inadigan butlari edi. Hadisni davom etamiz. Va man qol alay sohibi hi ta'ala u qom yuk, falyot asaddoq. Endi kim o'zini do'stiga kel bir qimor o'ynaymiz deb taklif qilsa, mana shu so'zi uchun sadaqa qilsin. Tavba qilsin va sadaqa qilsin.
Qimor o'ynashni taklif qilishlikni o'zi gunoh. Tushunarlimi? Shu darajada og'irki, o'ynayman deyishlik, mana shu so'zini o'ziga kafforatni taqozo qiladi. Qimordan topilgan pul harom. Qimordan yutib olingan pul harom. Uni bola chaqaga yegizish keyinchalik qanaqa achinarli natijalarga olib kelishigini tushunish qiyinmas.
Qimordan yutilgan pul harom. Harom pulni sadaqa qilib bo'lmaydi. Nima qilish kerak uni? Kimdan yutib olgan bo'lsa shu qimorboz, egasiga qaytarib berish kerak. Agar o'lib ketgan bo'lsa, topa olmasa, merosxo'rlarga berish kerak. If merosxo'rlarni ham topa olmasa, kambag'al bechoralarga sadaqa qib olishlik kerak, ana shu pulni egasini nomidan o'tadi.
Abdullohi abbos roziyallohu anhudan. Innallohu harromu alaykumul xamra val maysira val kubada. Payg'ambarimiz aytyaptilar, alloh sizlarga xamr, aroqni, qimorni va nardani harom qildi. Mana payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamning bir qancha hadislaridan ma'lum bo'ldiki, qimor, narda harom ekan. Endi ijmodan dalil.
Biz qimor degan mavzuni ochishligimizga sabab, mana bu qo'limizdagi telefon orqali ayollar qimorga chalinib qolyapti. Ming so'm, ikki ming so'm yutkazganda bilinmas ekan tillasini sotib, cho'ntagida puli bilan hisob kitob qilaverar ekan. Endi yuz minglab, millionlab qarzga kirib ketgandan keyin, fosh bo'lib qolyapti, oilalar buzilyapti. Uyida o'tirgan ayollar telefon orqali qimor o'ynayapti.
Bu darslarimiz orqali shu narsani aytmoqchimiz odamlarga. Ayollar uyida o'tirib qimor o'ynab qo'yapti. Qimorning haromligiga ijmodan dalil. Ijmo nima? Muhammad alayhissalomning ummatidan bo'lgan, mushtahid olimlarning bir masaladagi yaktil fikri ijmo deyiladi. Ijmo hujjat bo'ladi. Chunki Qur'onda yo'q, hadisda aytilmagan yangi mavzular chiqqan bo'lsa, ijmo, mushtohid ulamolar yig'ilib turib, Qur'on va hadisga asoslangan ilmga tayanib, ana shu narsani halol yoki harom deb beradi. Ijmo, ulamolarning, mushtohidlarning fatvosi uchinchi manba hisoblanadi dalilda.
Naqal al ijma al adalik, al jassasu va bunubattolin va ibn abdulbar va ibn al arabiy va al qurtubiy va ibn hajar va la ayniy. Mana shu ulamolar hammasi qimorni harom ekanligiga ijmo qilishgan. Sahobalar davrida qimor bo'lganmi? Bo'lgan. Hozirgi davrni o'ziga mos qimori bo'lgandek, u davrda ham o'ziga mos qumori bo'lgan. Ular tuya qurasi, xo'roz urishtirish, kaptar uchirish, shunga o'xshagan narsalarga pul tikishardi da, shundan qimor qilishardi.
Shuning uchun to'rttala mazhabda qimor maqsadida hayvonlardan foydalanishlik mutlaqo harom bo'ladi. Birodarlar, cho'ntagimizdagi telefon yo biz uchun tinimsiz yaxshilik keltira oladigan xayriyat manbasi bo'lishi mumkin, yoki buni ziddi bo'lishi mumkan. Ayollarimiz, bolalarimiz nima o'ynayotganiga bir qarab qo'yish kerak. Ayollar qaysi guruhlarga qo'shilib qolgan ijtimoiy tarmoqda bunga qarab qo'shish kerak, befarq bo'lmasligi kerak.
Qimor. Qimorning zararlari. Qimorning diniy, ijtimoiy va tibbiy zararlari bor. Diniy zararlari. Birinchidan, qimor gunoh kabira. Qur'onda ochiq bayon qilindi. Hadislarda ochiq bu narsa aytildi. Ikkinchisi, qimor shirk va aroq bilan birga zikr qilindi. Bu ham bugungi loyihani qanchalar og'ir ekanligini bildiradi. Uchinchidan, rizq, nopoklik, najosat insonning ichiga ham, botiniga ham, zohiriga ham, tashiga ham ta'sir yiqiladi, zarar yetkazadi. To'rtinchidan, shaytonni ishi. Modomiki shayton deyishimi, bu ish hech qachon odam bolasiga foyda bo'lishi mumkin emas. Beshinchidan, qimor zikr va namozdan to'sadi. Oltinchidan, qimor harom molga yo'l ochadi. Yettinchidan, qimorning adolati yo'qoladi.
Ijtimoiy zarralari. Qimor adovat va nafrat keltiradi. Odamlar orasida dushmanchilik, bo'linishlik paydo bo'ladi. Ikkinchidan, jinoyatlarga yo'l ochiladi. Mana shu qimordan qarz bo'lib qolgan odam qarzini uzish uchun o'g'irlik qiladi, firibgarlik qiladi, hatto qotillikkacha borishi mumkin. Uchinchidan, oilalar vayron bo'ladi. Qimor o'ynagan odamni, mana shu o'ynagan qimorni ko'plab jinoyatlarni qilishga undaydi. Ayniqsa yutqazgan bo'lsa, ana shu yutqizig'ini uzishlik uchun, boyagi biz aytayotgandek, firibgarliklarga yo'l qo'yadi.
Iqtisodiy zararlari. Qimor halol mehnatdan to'sadi. Insonni, ikkinchidan, omadga, tasodifga bog'laydi qalbini. Iqtishodchilarni nazarida qimor iqtisodiya inqiroz bo'ladi. Tibbiy zararlari, tabiblarni aytishicha, qimor o'ynaydigan odamda, qimorboz odamda og'ir turdagi, quyidagi kasalliklar ko'p uchraydi.
Doimiy asabiylik, shizofreniya, umidsizlik, vahima, aql ketishi. Psixologik kasallarda bu. Bundan tashqari, ana shu qimor insonni ba'zan o'zini joniga qasd qilishigacha olib boradi. Qimor.
Kitobdan, sunnatdan, ijmodan qimorning harom ekanligiga dalillar keltirdik. Endi, qimorni mana shu to'rala mazhabdagi hukmi. To'rala mazzhabda nima deyilgan? Qanafiy mazhabi. Qimor katta gunoh. Uning egasi fosiq bo'ladi. Fosiqning guvohligi esa qabul qilinmaydi. Badoiy sanoyi raddul muxtorda. Moliki mazhabi. Qimorvozning shahodati rad etiladi, chunki u fosiq va ishonchsiz g'ayri mo'tabar hisoblanadi. Mavohiy bu jalil, muxtasarul halil kitoblaridan. Shofiy mazhabidan. Qimor, fosiqlik sababi, guvohligi esa faqat adolatli kishidan qabul qilinadi. Qimorbozning guvohligi rad etiladi. Majmu nihoyatul muhtoj kitoblaridan. Hambalik mazxabi. Qimorboz fosu bo'lgani uchun uning guvohligi qabul qilinmaydi. Almug'niydan. To'rtala mazhabda qimor haromligi va qimor bilan mashg'ul bo'lgan qimorbozning gunohligi qabulqilinmasligi aytildi.
Qimorvozning guvohligi rad etiladi. Nima degani bu? Unday odam odob axloq me'yorlarga amal qilmaydi. Chunki uni nazdida ma'naviy boylik hisoblangan axloqni zig'irchali ahamiyati bo'lmaydi. O'sha qimor do'stligi kelganda aqlini yo'qotib qo'yadiki, tikish mumkin bo'lmagan narsalardan tikib yuboradi.
Qimorvozning gunohligi rad etilar. Endi, bir odam qimorvoz bo'lsa, demak adolati yo'q odam deyilar ekan, uni guvohligi qabul qilinmas ekan. Qayerda? Qozini oldida, guvohlik bersa o'tmaydi. Hukm chiqarishda, biror bir hujjatni tasdiqlashda, yoki boshqa shariat talab qiladigan guvohlik holatlarida qimorvozning guvohligi ham qabul qilinmaydi. Yana uni aytgan gapi, ko'rgan voqeasini tasdiqlashi, hujjatga imzo chekishi yoki sudni guvohli berishi hisobga olinmaydi, rad etiladi shariatimizda. Islom fiqhida guvohlik shahodat uchun, guvohligi uchun adolat shart bo'ladi.
Mushtohidlarning ijmosiga ko'ra, fosiq odamning guvohligi qabul qilinmaydi. Xo'p. Qimor bilan shug'ullanib yurgan odam shariy mahkamada, nikohda, taloqda, mol mulk nizolarida guvoh sifatida ishonchli hisoblanmaydi. Ammo, bu degani uni iymoni ketdi degani emas. U kofir bo'ldi degani emas, hech qachon ishonchli bo'la olmaydi degani emass. Agar qimorboz tavba qilsa, adolat holatiga qaytadigan bo'lsa, ba'zi ulamolarni so'ziga ko'ra, guvohligi qabul qilinishi mumkin. Lekin umumiy hukm qimorvozni guvohligi ham qabul qilinmaydi.
Qimorvoz pul uchun qimor o'ynaydimi? Qimor pul uchun o'ynaladimi? Qimorvoz uchun eng qadrli narsa bu qimorni o'zi. Qimor jarayoni. Pulni o'zi maqsad emas, qimor ovozi uchun. Chunki, mana hozir aytib o'tdik, chunki millioner bo'lgan, milliarder bo'lgan odamlar mana shu ko'rasizlar katta katta mamlakatlardagi kazinolga borib o'ynab kelishadi.
Millionerlar, milliarderlar nima uchun qimor o'ynaydi? Axir ularda pul yetarli ku. Qimor o'ynaishga undaydigan asosiy omil bu adrenalin va dopamin. Moddalari, mana shu gormonlarni ta'siri. Qimorvozlar pul yutishdan ko'ra o'yin jarayonidagi xavf, hayajon va ana shu yutib olsa, g'alabadan keladigan kuchli eyforiya hissini qaytadan his qilish uchun boradi.
Agar qimorvozda asosiy maqsadda pul bo'lganda, ana shu katta pulni yutganidan keyin qaytib o'ynamay qo'yish kerak. Ashsho katta mamlakatlardagi kazinolarda jackpot deydi. To'plani to'planib turadi da, bittasiga chiqib boradi. Yuz million dollar yutdi deydi. Shu bilan ketdimi u pulni olib? Yo'q, yana qaytib keladi. Yana qaytarib aytamiz, agar qimorvoz qimor o'ynashdan maqsadi pul bo'lganida, o'sha boyagi katta miqdordagi pulni yutgandan keyin, qaytib qimor o'ynamay qo'yish kerak edi. Lekin qaytib kelardi o'sha pulni olib, yana qaytatdan yutkazadi. Demak, sabab nima ekan? Adrenalin va dopamin kabi moddalarni, gormonlarni kayfi. Demak narkotik.
Narkoman odam narkotikni xumora tutib qolgan paytda, uni biror narsa to'xtatib qola oladimi? Xuddi shunga o'xshagandek qimorvozni ham jazavasi tutib qolganda, ko'ziga hech narsa ko'rinmay qoladi. Shaytonni vasvasasiga tushganda, nima qilayotganini bilmay qoladi. Aqli o'sishib qoladi. Natijada or nomusdan bir chekkaga suriladi, uy ham ko'rinmaydi, oila ham ko'rinmaydi, farzandlar ham ko'rinmayadi.
Natijada hayot zulmatga aylanadi. Obro'sini yo'qotadi, o'zini xor qiladi. Darsimizni qur'onni ko'chiradigan xattotlardan bittasini so'zi bilan tugatamiz. Qur'oni Karimni tafsirlarini birida mana shunday holat haqida so'z ketadi. Xattotlardan biri aytadi. Men Qur'oni Karimdan oltmish marta nusxa ko'chirdim. Oltmish martta nusxa ko'cherdim. Musxafni ko'chirarkanman, bir ajib holatga guvoh bo'ldim.
Yozayotgan oyatlarimga pashshalar qo'nib, uning siyohidan ichishar edi. Bu deyarli musxafning butun sahifalarida kuzatilgan. Lekin Qur'ondagi bitta oyatga hatto pashshalar ham yaqinlashmas edi. Tafsir yozyapti. Oyatlar yozib bo'lsa pashshalar qo'nib siyosidan ichyapti. Lekin bitta oyatni yozayotganimda, ana shu oyatni siyohiga pashshalar ham yaqin kelmas edi.
U ushbu oyat edi. Astag'firulloh. Ya ayyuha alladina amanu la ta'qulu amu alakum baynakum bil baqin. Ey mo'minlar, mollaringizni o'zaro o'rtalaringizda nohaq yo'l bilan yemanglar. Qimor odamlarni mollarini nohaq yo'l bilan yeyishlik deyiladi. Shuning uchun haromu.
Qarang, mana shu ibratli voqeani eshitgandan keyin, mana shu nopok yo'l bilan pul topaykanlar, qimordan pul topaykanlar o'ylanishligi kerak. Aqulu qovli hada va astag'firullohu alayhi barakum. Innallohu va malakatu hushsonluna alannabi. Ya yuhrillat dina amanu. Sollallohu alayhi vasallimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.