Maviza
—Qoralama24 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
24:26
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va na'udhubillahi men surur yanfusina va men sayy'ati amalina. Man yahdixillahi falamu billalala, momanyu g'ililhu falaha deyala. Va nashxadu alla iloh ilallohu vahda hula sharikala. Va nashqadu anna muhammadan abduhu rasuluh, amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barakatu.

Bismillahir rohmanir rohim. Robbimiz Subhanah va Taolo Qur'oni Karimda shunday deb marhamat qiladi. Astaydu billah. Ya ayyu halladina amanu la ta'qulu ammu alakum baynakum bil ba'til. Ey mo'minlar, mollaringizni o'rtalaringizda nohaq yo'llar bilan yemanglar. Qimor. Bir odamning molini nohaq yeyishlik bo'ladi. Shuning uchun harom. Astag'firulloh, ya yo'qalladina amanu innomal xomruval meyseruval ansobuval azlamu ridzusu min amal ish shayton, fajitani buhu la'allakum tuflihun.

Ey mo'minlar, aroq, qimor, butlar va cho'plar bilan folbinlik qilishlik, shayton amalidan bo'lgan harom ishdir. Bas, najot topishinglar uchun bularni har biridan uzoq bo'linglar. Qur'onda aytilgan oyatda aytilgan maysir mana shu qimor bo'ladi. Qimor.

Qimor nima? Qimor ikki taraf o'rtaga molni qo'yadi yo buyumni qo'yad, o'ynaydi o'sha qimorni. Natijada bittasi molga ega bo'ladi, ikkinchisi mahrum bo'ladi. Bir tarafning zarar ko'rish hisobiga ikkinchi taraf foyda ko'rdimi? Ati qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, harom bo'ladi, chunki bu qimor. Ikkita jamoa o'rtaga bir narsa qo'yadik yoki ikkita shaxs yoki uchta shaxs qo'yadida, bittasi yutib ketishlikka hammasi rozi bo'lib o'yin o'ynaydi. Bu harom bo'lardi. Qimor bilan mashg'ul bo'lgan qimorvozning guvohligi qabul qilinmaydi. Chunki qimorvoz adolati yo'q odam deb hukm qilingan to'rtala mazhabda ham. Qimorvozni guvohligi o'tmaydi. O'tgan safargi darsimizni oxirgi xulosasi mana shu edi.

Uchinchi qismimiz, davom etamiz. Qimorning yangi va zamonaviy turlari. Avvallari qimor o'ynash oson emas edi. Endi bizni zamonimizga kelib turib, bu zamonimizni o'zgachaligidan uyida o'tirib, o'tirgan joyda qimirlamasdan qimor o'ynashlik imkoniyatlari bo'lib qoldi. Avvalgi davrlarda qimorvoz qimor o'ynamayotgan uydan chiqishi kerak edi. O'ziga o'xshagan qimorvozlarda topish kerak edi, joy topish kerak edi, to'planib o'tirib o'ynash kerak edi. Sharoitlar talab qilinaydi. Ammo hozir bu narsalar kerak emas. Hozir qimor har bitta odamning qo'lida bo'lib qoldi. Telefonda oshsa, o'yin tayyor. Yigirma to'rt soat qimorxona tayyor turibdi. Uydan ham chiqish kerak emas, qimor rozi bo'lgan ulfatni ham topish kerak emas. Qo'lida algoritm turibdi. Ikki marta knopkani bosadi, tamom, o'yinda.

Avvallari qimor o'ynash ancha mehnat edi o'ziga yarasha. Odamlar ko'rib qolsa uyat edi. Nazorat bor edi. Osonmas edi. To'siqlar ko'p edi. Bugun bo'lsa hech kim bilmaydi. Yotgan joyida o'ynayapti. Aji birodarlar. Bizni zamonimizga kelib turib, qimor ham, zinoy ham, hatto o'g'irlik ham qo'limizdagi telefonni ichida bo'lib qoldi. Bundan yuz yil buni yashagan odamlarga shunaqa bo'lib qoladi desa, aqli olmasa kerak edi a?

Endi bizni zamonimizda mana shu texnologiyani taraqqiyoti natijasida qimordi turlari ko'payib ketdi. Lotereyalar, internetdagi totalizatorlar, internet kazino qimorxonalar, prilojeniyani ochasan, qimordi ichidasan. Ana shu sportga qo'yiladigan stavkalar.

Qimordi bunaqa turlarni hammasida bitta odam yutsa, boshqalari zarar ko'radi. Endi bu o'yinda qanaqa qilib atamang, o'yin deysizmi, sprint deysizmi, lotereya deysizmi, kupon deysizmi, savatcha deysizmi, bir tomon foyda ko'rib, ikkinchi tomon zarar ko'radimi, tamom, qimor bo'ladi. Qimor xirs va ochko'zli ustiga qurilgan. Qimorboz million dollar yutadi, lekin to'ymaydi. Endi ikki million qilaman deb kiradi da, olib olgisini ham beradi.

Qimorboz pul deb qimor o'ynamaydi. Qimorbooz kayf deb o'ynaydi. Agar pul uchun o'ynaganida, o'sha bir million dollar, ikki million dollar deb yutgandan keyin, sht etagini ko'tarib chiqib ketishi kerak edi. Yo'q, o'sha bir trillionni ko'tarib yana keladi kazinoga. O'sha dofamil uchun, kayf uchun keladi. Qimorboz odam bu kasal odam.

Kazino. Kazino hech qachon yutqizmaydi. Chunki kazinoni yurgizadiganlar o'zlarining ishiga qo'shtirnoq ichida ilmiy yondashadi. Yigirma to'rt ga yetti formatida ishlaydi. Ana shu kazinoga kirgan mijoz kazinodan chiqib ketmaslik uchun hamma sharoitlar muhayyo qilingan. Bir chekkada bekorga ovqat bor. Hojatxona ham shuni ishida. Tashqariga chiqishlikka hojat bo'lmaydi. Yana ularni mana shu ilmiy yondashganidan bitta misol, o'zlarini ishiga ilmiy yondoshganligini yana bitta misoli, kazinoda hech qachon devorga soat ilib qo'ymaydi. Qancha vaqt o'tirganligini bilmasligi uchun.

Va kazinoni derazalari qalin pardalar bilan to'sib tashlanadi. Kunmi, tunmi farqiga bormasligi uchun. Natijada, kazinoga kirgan qimorboz kunmi, tunmi bilmaydi, qancha vaqt o'tganligini bilmaydi, pulini hammasini yutkazguncha o'tiraveradi. Yana sportni bahona qilib turib, qilinadigan stavkalar bor. Har xil atlar bilan chiqadi. Odamlar mana shu reklama qilayotgan o'zini, kompaniyalar sportni reklama qilyapti deb o'ylaydi. Yo'q, ular sportni reklama demaydi, ular qimorni reklama qilmayapti.

Endi ana shu sportni tushunadigan ayrim odamlar, men sportni yaxshi tushunaman deydi da, ana shu bilimim evaziga pul topaman deb turib pul tikadi. Futbolmidi yoki boshqa bir sport turmidi. Xulosa birodarlar, qimorning turi ko'p. Va bu qimor haqida dars boshlashimizga sabab bo'lgan asosiy omil, asosiy tutki ayollar bo'ldi.

Ayollar uyda o'tirib, telefon orqali qarzga kirib, uylari buzilib ketyapti, uylari xonavayron bo'lib sotilib ketyapti. Takror takror aytyapmiz, ayollarni qarab qo'yinglar telefoniga, nimalarni kiryapti, ko'ryapti, nimalar bilan ovora bo'lyapti? Chunki bir nechta oilalarni mana shunday narsaga ilashib qolganligini eshitdik. Bir million so'm tushib qo'yibdi. Bir million. Tillasini sotgan, qarz kichkinaligini o'zi yopib yurgan kelin. Tillasini s otgan, uzugini sotgan, lekin katta yeb ketgandan keyin oilalar buzilib ketdi. Bu mana shu xotinni qimorbozligi fosh bo'lgandan keyin. Aytdik, ku narkotik deb.

Demak, qimorning turlari ko'p. Lekin umumiy qoidasi va asosiy belgisi, bir tarafni yutug'i, boshqa tarafni yutqazishi evaziga bo'ladimi, tamom, bu harom bo'laveradi. Qimordagi odam ikki xil holatdan bittasida bo'ladi. Yo g'olib bo'lib yutuqqa erishadi, g'animami, yoki mag'lub bo'lib zarar ko'radi, g'aromi.

Qimorning jamiyati uchun xavfi, yosh avlod uchun xavf, mana aytdik, qimor mana shu telefonda bo'lib qoldi. Yoshlar bilmay qolar, kirib qolar ekanligini. Ana shu pulni yutkazishdan ham yomonroq narsa, yoshlarni qimorga kirib qolganda. Bular vaqtini zoyi qilyapti, bilim olishini, imkoniyatini to'sib qo'yapti, hayotda yo'lini yo'qotyapti.

Oilalar uchun xavfi. Qimorboz odamni jazavasi tutib qolganda, qimorni xumori tutib qolganday, hech narsani o'yla olmay qoladi. Hatto oilasini ham o'ylamaydi, uyini ham o'yla olmaydi. Natijada oilada urush janjal chiqadi, ishonch yo'qoladi. Qarzga botadi, hamma yog'idan ajraydi. Qimor insonlarni mehnatsiz boy bo'lishlikka targ'ib qiladi. Odamlar tez va oson yo'l bilan boyib ketaman ekan degan xomxayolga berilib qoladi. Jamiyatda adolat qolmaydi, mehnat, halollik, qadr qiymati yo'q bo'lib ketadi.

Shariat nazdida qimorboz qanaqa odam? Aytdik, qimorbozni guvohligi qabul qilinmaydi. Qimorboz adolatsiz odam. Qimorboiz ishonchsiz odam deb aytdik. Omadga ishonadi da, bir so'mdan yuz so'm yasayman deydi. Umr g'animat, pul g'animat, vaqt g'animat. Qimor insonni dunyoda xor qiladi. Umrini zoyi qiladi. Oxiratda azobga etaylik edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: la tazu'lu qodama abdin yavmal qiyamati hatta yuz alam arbayhi hisoli.

Qiyomat kunida, deydi Payg'ambarim, menda to'rtta narsa haqida so'rolmagunicha qadamlari o'rnidan qimirlamaydi. Nimalar edi ular? Birinchisi, an umrihi fima afnahu. Umrini nimaga sarfladi? Ikkinchisi, vo an shababihi fima ablahu. Ikkinchisi, yoshligini nima bilan o'tkazdi?

Uchinchisi, vo an malihi min aynan ikkita sabah u va fima an faqah u. Uchinchisi, moli haqida so'raladi. Qayerdan topdi pulni? Va qayerga sarfladi? Va to'rtinchisi, vo an ilmixi ma'da amilafixi. Ilmi haqida so'raladi. Amal qildimi, yo'qmi? Qimor insonni qiyomatda qiyin ahvolga solib qo'yadi.

Qimorvoz tuzaladimi, yo'q mi? Juda ham qiyin. Ammo yo'li bor. Birinchidan, Allohning rahmatidan noumid bo'lish kerak emas. Allohning rahmatidan noumid bilish mumkin emas. Noumid shayton. Faqat shayton noumid. Bandalar umidini uzmasligi kerak. Astabi billa, quliya ibodiyalla dinah asrofu ala anfu sixim la taqunatu min rahmatilla. Innallohu yag'firu zunnuba jamiyani inna hu huval g'ofurur rohiym.

Ey Muhammad alayhissalom, mening o'z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting, ya'ni gunohkor bandalarimga, osiy bandalarimga ayteng. Allohning rahmat marhamatidan noumid bo'lmanglar. Albatta Alloh o'zi xohlagan bandalarining barcha gunohlarini mag'firat qilur, albatta uning o'zigina mag'firatli mehribondir.

Alloh Taolo manda qilgan gunohi qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, tavba qilib, to'g'ri yo'lga yurib, nasuh tavba qilgan bo'lsa va shu gunohga qaytmagan bo'lsa, ana shu yomonliklarni yaxshilikka aylantirib qo'yadi. Istadibillar? Illa man tavba va a mana va amila soliham, fa ulaika yubadilullohu sayyathim hasanat, va ka'nallohu g'ofurur rohiyman. Qarang. Agar kim tavba qilsa va iymon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas Alloh ana o'shalarning yomonlik gunohlarini yaxshilik savoblarga aylantirib qo'yaver. Ya'ni inson hayot davomida katta gunohlarni qildi, ko'p qildi. Endi Alloh meni kechiramikin deb noumid bo'lmasin, aniq umid qilsin, Alloh kechirib, kechirishliginglar emas, yana ana shu gunohlarni savobga aylantirilib qo'yar ekan.

Faqat kechirishmas, ham kechiradi va shu qilgan gunohlarini qiyomatda savobga aylantirib qo'yadi. Yana qanaqa marhamat kerak? Yana qanaqadir umid kerak yana band uchun? Hadis quddusida Alloh Taolo aytadi ana indavonni abdibi men bandamning men haqidagi gumonidaman. Nima degani bu? Bandam men haqimda qanday gumonda bo'lsa, men shunaqa bo'laman. Alloh meni kechiradi deb gumon qilib, umid qilsa, kechiraman deydi. Va in taqorrobo ilayhi bi shibrin, taqorrobdi ilayhi ziroan. Robbimiz aytyapti kim menga bir qarich yaqinlashsa, men unga bir arshin yaqinlashaman. Kim men tomon yurib kelsa, men unga qarab yuguraman. Buxoriy va Muslim. Ya'ni qimorvoz odam Alloh tomonga qarab birinchi qadamni qo'ysa, bir qadam qo'ysa Alloh ikki qadam qo'dadi. Tavba qilib, alloh tomongaqarab yursa, alloh taolo men yugurib boraman uni oldiga deyapti.

Shuning uchun qimorvoz odam qimorxonadan chiqsin, tavbani niyat qilsin, Alloh tomonga qadamni qo'ysin, qolgan qadamni qochishlikka Alloh Taolo kuch quvvat beradi. Ha, u tavba qiladi. Qachon katta pulni yutqizib chiqib, bolaga xumor tugab, nima qilib qo'yganligini tushunganidan keyin tavba qilishga o'tadi.

Darrov zikrga o'tirib oladi, kechasi namozga o'tirib oldi. Mana, mana shu holat uni ichida yaxshilik borligini belgisi. Nima qilib qoydim deganida bu. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, attay bu minaddan bi kamalladan bala. Gunohidan tavba qilgan kishini misoli gunohi yo'q kishining misoli kabidir.

Gunoh qilgan endi nasuh tavba qildi. Haqiqiy tavba qildi! Haqiqiy tavba qilgan bo'lsa, bu odam gunoh qilmaganday bo'ladi. Masalan, bir odam ichkilik bilan ovora bo'lgan. Bir paytlar sutxo'rlik qilgan. Tavba qildi, to'xtatdi, qaytib qilmadi. Qiyomatda shu gunohi bo'lmaydi uni yelkasida. Faqat nasuh tavba bo'lsin. Endi nasuh tavba qilgan bo'lsa dedik. Bandaning tavbasi nasuh tavba bo'lmagani qayerdan bilamiz?

Ana shu qilayotgan gunohini, qimormidi, aroqmidi, boshqamidi, birinchisi to'xtatadi. Ikkinchisi, mana shu gunohni qilganiga qattiq afsus nadomat chekadi. Uchinchisi, qaytib qilmayman deb Allohga ahd beradi. Bu uchta shart, to'xtash, pishoy moyish, qaytib qilmaslikka ahd berishlik. Allohni haqidagi gunohlarda ish tug'iladi. Agar bandalarni haqqi ham ilashib qolsa, o'sha yegan narsasini qaytarib berishligi kerak. Ma'qulmi?

Nafsni jilovlash haqida mutasavvif ulamolarning aytgan so'zlari. Fuzayliddin Niyoz aytadi. Agar Alloh bandasining tavbasini qabul qilsa, u zot bandaning qalbidan gunohning lazzatini chiqarib tashlaydi va uning o'rniga toatning halovatini soladi.

Agar bandani tavbasi haqiqiy bo'lgan bo'lsa, ana shu qilayotgan gunohidan topayotgan lazzatni Alloh qalbidan chiqarib qo'yar ekan. Ichib, qimor o'ynab topayotgan huzur halovat yo'g'i bo'lib qolar ekan. Agar tavbasi haqiqiy bo'lgan bo'lsa. Mavlono Jaloliddin Rumiy aytadi yuz marta tavbeini buzgan bo'lsang ham, yana qayt.

Bizning dargohimiz umidsizlik dargohi emas. Mana ichmayman dedi, ichib qo'ydi. O'ynamayman qimorda va'da berdi, yana o'ynab qo'ydi. Yuz marta qoqilgan bo'lsang ham, yuz marta tarbiyani buzgan bo'lsang am, umidini uzma. Yana qayt Allohga. Chunki Alloh Taoloning dargohi umid uziladigan joy emas. Bu degani qilaver degani emas. Qilmay yurdingiz, harakat qildingiz, shu nafs g'olib bo'ldi, shayton yengdi, qilib qo'ydi shu gunohni. Shunda ham umidingizni uzmang.

Imom G'azzoli, Ihiyo ul umid dinda shunday deydi. Tavbaning haqiqati qilgan ishidan qattiq achinish va gunoh joyidan uzoqlashishdir. Kimki gunoh qilib yurgan joylarini tark etmasa, uning tavbasi til uchida qolgan bo'ladi. Tavbaning haqiqati, qilgan ishida qattiq achinishi va gunoh joyidan uzog'lashishdir. Kimki gunoh qilib yurgan joylarini tark etmasa, uning tavbasi til uchida qolgan bo'ladi. Ya'ni qimor o'ynaydigan joydan, qimor o'ynamaydigan ulfatlardan uzilmabdimi, bu odamni tavba qilgani faqat tilini uchida.

Uzilish kerak dedi ku, uzilish kerak. Qimordan qutilishni yo'li bor. Birinchisi, kasalman deb tan olish kerak qimorboz o'zini. Ikkinchisi, ulfatlardan voz kechish kerak. Ikkita o'g'ri bilan yursang, uchinchisi sensan. Ikkita aroxo'r bilan yursang. Uchinchisi sensansan. Arab hukumatida shunaqa deyiladi.

Endi ikkita qimorboz bilan yursang uchinchisi senssan. Shuning uchun, akalar, ukalar, ulfatlarimiz bor, jo'ralarimiz bor, biz aralashib yuradigan jamoa bor. Agar ana shular qimorvozlar bo'ladigan bo'lsa, siz garchi qimor o'ynamasiz ham, qimorvozsiz. Imom G'azzoli yana aytadi. Tavbaning shartlari haqida. Tavba uch narsadan iborat. Birinchisi ilm, ikkinchisi hol, ya'ni pushaymonlik, uchinchisi amal.

Agar inson gunohni tark etsa yu, lekin o'sha muhitdan va o'sha gunohga sabab bo'luvchi do'stlardan uzoqlashmasa, uning tavbasi xavf ostidadir. Yuqoridagi hikmatni davomi bo'lyapti a? Siz o'sha qimor o'ynaydigan u paytlardan ajrab chiqib ketmasdan shular bilan birga yurgan bo'lsangiz, sizni tavbingiz xavf ostida.

Bu nafaqat qimor, boshqa gunohlarga ham ishlatsak bo'ladi. Arog'i tushadigan ulfatlarni ichida yuribsiz, ichmay qo'ydingiz. Lekin ajrab ketmadingizmi? Xavfda tavbingiz, ya'ni qaytib ichib qo'yishligingiz mumkin. Fuzaylov Niyoz aytadi, soxta va chin tavba haqida. Gunohni qilgan holida istig'for aytish, tavba qilish, yolg'onchilarning tavbasidir. Chin tavba, qalbda o'sha gunohga nisbatan nafrat paydo bo'lishidir.

Takrorlaymiz. Gunohni qilib turgan holatda istiqbol etayotgan bo'lsa, bu odamni tavbasi yolg'onchini tavbasi ekan. Bugun ichadi, Alloh kechirib qo'y, ertasi kuni ham ichadi, Alloh kechirib qo'y. Bu gunohni to'xtatmasdan tavba qilayotgan odam yolg'onchining tavbasi. Endi sizni qilgan tavbengizni qabul bo'lganligini va uni to'g'ri bo'lganligining bitta belgisi, shu gunohga nisbatan qalbingizda nafrat paydo bo'ladi.

Istab ko'ring chi. Shunaqa ishingiz bormi dediki, gunoh edi. Avval uni qilib mazza qilar edingiz, keyin o'sha narsani ko'rsangiz, nafratlanadigan bo'lib qoldingiz. Amaliy tavsiyalar. Birinchi qadam. Birinchidan, qimorvoz odam muammoni tan olish kerak. Menda shu illat bor. Menda shu qimorvozlik kasali bor. Shu narkotikka muhtojlik bor. Eng qiyin, ammo eng muhim qadam mana shu. Menda muammo bor, men o'zimni nazorat qila olmayapman deb tan olishingiz.

Qimorvozga gapirsa, nima men qimorvoz bo'lib qolibmanmi? Nima menga unaqa deyapsan deydi. Orqasidan o'ynasam o'zim pulimga o'ynayapman deydi. Oldida qilayotgan da'vosi men qimorvozi emasman deyapti. Keyingi gapi qimorvozman deyapti, tushunmayapti o'zi. O'ynasam nima qilyapman men? O'zi mana shu kibr. Kishi o'zida mana shunday illatni, gunohni, kasalni borligini tan olmayotganligi kibr.

Eng birinchi qilingan uchta gunohni eslaylik. Alloh taologa qilingan eng birinchi uchta gunoh. Birinchisi kibr edi. Shayton qildi. Osiylik qildi. Men undan yaxshiman dedi. Ikkinchisi Odam alayhissalomni xatosi bo'ldi, unutib qo'yib. Uchinchisi Qobilni qilgan gunohi bo'ldi, hasad bo'ldi. Kibr unutishlik hasad.

Kibr qilmaslik kerak. Qimorvoz odam menda shu kasal bor deb tan olish kerak. Birinchi va eng qiyin qadami. Chunki kibr, payg'ambarimiz aytganlaridek, botar o'li haqqi yuva g'om tunnas. Kibr haqqa ko'nmaslik va odamlarni mensimaslik. Sen qimorvozsan desang unamayapti da. Prosta tan olsin. O'zini nazorat qila olmayotganligini tan olsin.

Imom G'azzoli aytadi. Agar Alloh Taolo bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, uning ko'ziga o'z ayblarini ko'rsatib qo'yadi. O'z aybilarini ko'ra olgan insongina tuzalish yo'liga kiradi. Qimorboz tan olsin shu kasalini, keyin tuzalishga harakat qiladi. Shunday emasmi? Ha, nima bo'pti ulfatlarimga? Normalniy odamlar deydi. Ha, seni normalniy ulfatlaring hammasi qimorboz.

Demak, o'z aybini tan olishlik tuzalishlikka qo'yilgan birinchi qadam bo'ladi. Banda o'zini holatini o'zi o'zgartirmagunicha, Alloh ham uni holatini o'zgartirmasligi haqida siz bilan bizga xabar bergan. As daydu billah, innalloh hali yog'oyiru ma bi qovmin, xatta yog'oyiru me bi anfu sehin. Alloh taolo aytyapti. Albatta, to biron qavm o'zlarini o'zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o'zgartirmas.

Qimorboz odam tuzalmoqchimi? Birinchi qiladigan ishi tan olishi. Menda shu kasal bor, o'zimni nazorat qilolmayapman, shundan qutulolmayapman. Va Alloh tomonga qarab birinchi qadamni bossin. Alloh Taolo aytyapti, bandalar o'zlari tuzatmaguncha o'zlaridagi narsani, Alloh ularni haligisi tuzatmas.

Aqul u qovli ha da va astag'firullohi li va lakum. Inna Alloh va malayka tahu yu salluni ala nabi ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)