Maviza
—Qoralama20 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
19:45
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdullahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafuru va na'ug'ullohi min shu'rur ya'nfusinah va min sayy'at ya'malina. Man yahdihillahi falamu dillalahi vomon yudhililgu falaha deyala. Mana shuhratulloh ila ilohi vahdahlal shariikala. Mana shuqatulloh anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma baxti, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi. Astaydu billah. Ya ayyuha alladina amanu la ta'qulu ammu alakum baynakum bil ba'qul. Ey mo'minlar, mollaringizni o'rtalaringizda nohaq yo'llar bilan yemangiz. Qaroqchilik, o'g'irlik, poraxo'rlik, sutxo'rlik, qimor odamlarni mollarini nohaq yeyishlik bo'ladi. Biz qimor haqida dars boshlagan edik, davom etamiz.

Shayx Abdulqodir Jiloney aytadi: nafsingni yengsang, podshohsan. Nafsingga qullik qilsang, gadossan. Tuzalish zanjirlarni parchalashdan boshlanadi. Qimorvoz odam tuzalishi uchun avvalambor o'zini mana shu kasalga chalinganligini tan olish kerak. Menda shu kasal, menda shu muammo bor deyishligi kerak.

Imom G'azzoli xiyomiy ulumiddinni aytadi: e'lam, anna man la yarif ayba nafsixi la yumkinuhu mualajata hu. Bilgin ki, kimki o'z nafsining aybini bilmas ekan, uni davolashi mumkin emas. Agar aybini tanisa, unga dorining achchiqligiga sabr qilishlik vojib bo'ladi. O'zini kasalda bilyaptimi? Bilyapti. Tabib dori yozib berdimi? Yozib berdi. Endi kasalligini tan olsa, dorini achchiqligiga parvo qilmasligi kerak. Modomik tuzalishni xohlasa.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, alkayisumandana nafsahu va amilalima ba'dal mav't. Rasul aytadilar, oqil, hushyor kishi, nafsini ter yegan va o'limdan keyingi holat uchun amal qilgan kishidir. Ojiz kishi esa nafsini havoyi xohishiga ergashtirib qo'yib, Allohdan avv qilishini umid qilib yurgan kishidir.

Nafs insonni oldi edi. Nafs egasini oldi edi. Aytadiki, hamma narsa o'zingni qo'lingda. Hamma narsani o'zing nazorat qilyapsan, xohlagan paytingda bu ishni tashlashing mumkin. Prosta ermak qilib yuribsan deydi. Ya'ni qimorboz odam, qimordan qutulmoqchi bo'lsa, birinchi qilish kerak bo'lgan ishi, menda shu kasal bor, shu qimorbozlikdan qutulolmayapman degan gapni o'ziga aytish kerak, tan olish kerak.

Talbiysi iblis kitobida shunday deyiladi: va innama taqdaun nafsu sohibaha bi annaha qodiratun ala tarki mata aro dat. Nafs o'z egasini aldaydi. Nima deb? Qachon xohlasang, tashlashing mumkin, kuching yetadi. Qaytaramiz. Nafs o'zi egasini qachon xohlamasang, tashlasang mumkin, kuchin yetadi deb aldaydi. Toki u shahvatga butunlay g'arq bo'lgulicha shunday deydi. Qachonki u botqoqdan chiqishni xohlab qolganda kuchi yetmay qoladi.

Bu yo'lda tashlanadigan eng birinchi qadam va eng birinchi nuqta inson o'zini ojizligini tan olishi. Shu qimordan qutila olmayapman deb tan olishligi kerak. Endi tan oldimi shu kasali borligini? Qutila olmayotganligini ham tan oldimi? Alloh Taolo aytadi, istaydi billa, qod afla ha man zakka ha va qod xo ba man dassa ha. Tan olgandan keyin, endi qaror qabul qilish kerak. Najot topish uchun. Alloh Taolo aytadi, darhaqiqat, uni nafsini poklagan kishi najot topdi va uni nafsini gunohlar bilan ko'mib yuborgan kimsa, noumid bo'ldi. Demak, birinchi qadam nima ekan? Muammoni tan olishlik kerak va qutilishlikka qaror qabul qilish kerak.

Ikkinchi qadam. Alloh Taologa sidqidildan duo qilish kerak. Mana shu ma'siyatdan chiqishga chin dildan azma qaror qilib, Allohga yolvorib duo qilish kerak. Chunki la havla va la quvvata illa billa. Hamma kuch quvvat hamma kuch qudrat Alloh Taoloning qo'lida.

Abdulloh ibn Ma'sud roziyallohu anhu, mana ulug' sahobalardan. La havla va la quvvata illa billa kalimasini shunday sharhlaydi. La havla am ma'siyatillahi illa bi ashmatilla va la quvvati ala to'atillahi illa by avniilla. Allohning ma'siyatidan qaytishga kuch faqat Allohning saqlashi bilan bo'ladi. Uning toatiga quvvat esa faqat uning yordami bilan bo'lardi.

Tushunarlimi? Toatni bajargani ham Allohni quvvati kerak, tavfiqi kerak. Ma'siyatni tark qilgani ham Allohniy yordami kerak, tavfiq kerak. Siz turib bir piyola choyni quya olmaysiz piyolaga, Alloh tavfiq bermasa. Biz Alloh Taoloning tavfiqiga qanchalar muhtoj ekanligimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Men qildim, men yetkazib beraman. Ey, inshaalloh degin. Alloh tavfiq bersa degin, o'zingga ishonma.

Tavfiq nima edi? Tavfiq Alloh Taoloning rahmati, marhamati edi, xohlagan bandasiga berar edi. Tavfiq. Yaxshilikka bo'lgan ilhom. Qo'llab quvvatlashlik, tavfiq yomonlik yo'lini to'sish, yaxshilik yo'lini osonlashtirish. Mana qimordan qutilishlik yaxshi ishmi? Qimor o'ynash yomon ishmi? Ana shu qimorni tark qilishlik ham Alloh Taoloning tavfiqi bilan bo'ladi. Ma'qulmi?

Muhammad jamol vosit kitobida shunday deyiladi. At tavfiqu minalloh ilay la abdi soddu soriqa shar va tashihili toriqal xoyr. Tavfiq nima? Alloh tarafidan bandaga bo'lgan tavfiq yomonlik yo'lini to'sib, yaxshilik yo'lini oson qilish. Mana shu Oy alayhissalomni tilidan. Astayr billa, va ma tavfiqiy illa billa alayhi tavakkaltu va ilayhi uniybu. Shu Oy alayhi salom aytadi, mening bu ishimdagi muvaffaqiyatim, tavfiqim faqat Allohning yordami bilandir, uning o'ziga tavakkal qildim va uning o'zga qayturman. Demak, qimorboz odam, Parvardigor o'zing tavfiq bergin, o'zingga suyanaman, o'zing oson qilgin deb turib, sidqidildan duo qilishlik kerak bo'ladi. Birinchi qadam nima bo'ldi?

Tan oldi. Qutila olmayotganligini, shu kasallikka chalinganligini tan oldi. Ikkinchi qadam sidqidildan Alloh Taolodan nima qilsin? Duo qilib so'rasin. Oriflar ittifoq qiladilarki, tavfiq Alloh seni nafsingga topshirib qo'ymasligi. Alloh seni nafsinga topshirib qolmadimi, demak tavfiq beribdi. Endi tavfiqni bermaganligining belgisi nima? Xorlikning belgisi nima. Xorlik esa, Alloh seni nafsing bilan xoli qoldirishi. Barcha yaxshilikning asli tavfiqdir, u bandaning emas, balki Allohning qo'lidadir, uning kaliti duodir.

Tavfiq bo'lsa, yomonlikdan qutula olamiz ekan, tavfiq bo'lsin, yaxshilikni qila olamiz ekan. Tavfiq faqat Allohning qo'lida ekan, uning kaliti nima ekan? Duo ekan. Demak, qimordan qutulmoqchi bo'lgan odam duoni ko'p qilsin, Parvardigor o'zing qo'llagin deb. Duo qilganda ham qat'iyat bilan, azmi qaror bilan duo qilish kerak. Payg'ambarimiz aytadilar, ida daa ahadukum faliya azimil mas alata. Agar sizlardan bittalar duo qilsa, so'rashda qat'iy bo'lsin.

Vala yoqulan na allohumma inshi eta fatiyniy. Fa innahula mustakriha lahu. Endi Allohni agar xohlasang ber demasin. Chunki Allohni biror ishga majburlovchi yo'qdir. Tushunarlimi? Parvardigor, xohlasang ber tavfiqiydi, bo'lmasam qo'yaver.

Xohlasang shifo ber. Unaqa bo'lmaydi. So'rayotganda sidqidildan berishiga aniq e'tiqod qilib, ilhaqlik bilan yolvorib so'rash kerak. Mana nafsni mana shu ma'siyatlardan saqlash uchun Allohga qilinadigan duo. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday duo qilardilar. Bu nafsni taqvosi va nafsni poklanishi haqida so'raladigan duo.

Allohumma ati inavsi taqvohi. Vo zakke ha, anta xoy rumann zakkaha, anta valiyu ha va mavla ha. Parvardigorim, nafsimga taqvosini ber va uni pokla. Sen uni poklovchilarning eng yaxshisisisan. Sen uning xojasi va mavlosisan. Demak, birinchi qadam tan olishligini kasalini, ikkinchi qadam duo qilishlik kerak. Uchinchi qadam.

Qimorga turtuvchi omillarni aniqlab, ularni yo'q qilishlik kerak. Nima uchun qimor o'ynayapti xumor hozir? Bekorchilikdanmi? Zerikkanidanmi? Demak, bo'sh vaqtini xayrli ishlar bilan mashg'ul qilsin. Ulamolar aytadi, vaqt uka, huva umr uka. Vaqting bu seni umring. Agar uni g'aflat, va o'yin kulgi bilan o'tkazsang, umringni zoyi qilibsan. Diqqat. Yana aytishadi, nafsingni agar haq bilan mashg'ul qilmasang, u seni botil bilan mashg'u qilib qo'yadi.

Inson sog'ligini, bo'sh vaqtini, umrini qadriga yetmaydi. Ko'pchiligi. Payg'ambarimiz aytadilar, ne'matani mag'bunun fihima kafiru minannas. Ikkita ne'mat bor. Juda ulug' ne'mat. Lekin ko'pchilik insonlar unga beparvo. As sixatu al faro. Sog'lik va bo'sh vaqt. Bo'sh vaq't. Xo'p, bir odamni qimor o'ynashligini sabablarni qidiryapmiz. Bekorchilikmidi? Uni yaxshilik bilan to'ldiring, bu bekor vaqtingizni. Yolg'izlikmidi? Yolg'iz qolib qimor o'ynamayaptimi? Yaqin odamlari va o'zini qarindosh urug'lari bilan, solih insonlar bilan birga bo'lsin. Chunki yolg'iz qolgan odamni birodarlar shayton adashtirib ketishi oson bo'ladi. Payg'ambarimiz aytadilar, alaykum bil jamoa va ya kun bil furqa. Fa innash shaytona ma al vahidi vohva mungina l isnay ne abadu.

Jamoani lozim tutinglar, deydi payg'ambarimni sallallohu alayhi vasallam. Va bo'linishdan saqlaninglar. Albatta shayton bir kishi bilan birga bo'ladi, lekin ikki kishidan uzoqroq bo'ladi. Yaxshi odam bilan birga bo'ling, qimor o'ynashlikka sabab bo'layotgan ishlardan uzoqroq bilasiz. Hasan Basriy, inson nafs haqida gapirib shunday deydi. Innaha dihir nufu sa tolda'athun. Albatta bu nafslar yomonlikka juda ham intiluvchi bo'ladi. Agar siz ularni foydali ishlar bilan jilovlab turmasangiz, ular sizni eng yomon oqibatlarga olib borib qo'yadi.

Birinchi qadam, muammoni tan olish kerak, ikkinchisi, duo qilish kerak, uchinchisi, qimorga sabab bo'ladigan omillarni yo'qotish kerak. To'rtinchisi. To'rtinchisi, moliyaviy to'siqlarni o'rnatish. Qimorvozni qo'lidagi pul mashinaga quyilgan benzin kabidir.

Benzin bo'lmasa mashina yurmay to'xtab turadi, qimorvozni qo'lida pul bo'lmasa, qimor o'ynamaydi. Agar bir akangiz, ukangiz, xudo saqlasin, bir yaqiningiz qimorvoz bo'lib, qarzga kirib qolgan bo'lsa, qarzini to'lamang. Chunki to'laganingiz yana qimor o'ynashlikka bergan yordamingiz. Qimor o'ynab qarz bo'lib qolgan odamni qarziga yordam berilmaydi, eshitib qo'yinglar shuni.

Qimor o'zi odam agar qimordan qutilmoqchi bo'lsa, kamida uch oy, olti oy, bir yil hamma pul, naqd pullarini yoki qo'lidagi kartalari bo'lsa, bank kartalari ishonchli odamiga topshirib qo'yishligi kerak. Ota onasigami, aka ukasigami, pul ushamasligi kerak. Moli dunyoda nazoratini uni qo'lidan olib qo'yishlik kerak.

Agar pulni egasini esi past bo'ladigan bo'lsa, unga bermasligi aytilgan. Istaydi beringlar? Vala tuutus sufaha ammu alakumullatiy, ja ala allahul akum qiyama. Alloh sizlar uchun turmush vositasi qilib berib qo'ygan mollaringizni aqlsiz kimsalarga bermanglar. Ya'ni bir odam esi past, otasidan katta pul qoldi. Uni qo'liga bersangiz xonavayron qiladi, yo'q qilib tashlaydi. Demak shu pul berilmaydi unga, ushlab turiladi.

Endi, qimorvoz odam, qimorni ximori tutib qolganda, qimorni azarti tutib qolgunda, uni holatini, mana shu holatini, esi past odamga o'xshatsa bo'laveradi. Ha, mana shu qimorvozni mana shu jazavasi tutib qolgan payti ayni esi past odamni holatiga o'xshasa bo'ladi. Dalil, o'sha jazavasi tutilib qolgandan keyin, hamma narsasini yutkazib, nol bo'lgandan keyin, uyiga qaytib keladi da, namoz o'qishni boshlaydi.

Tasbehni olib, zikr aytishni boshlay edi. Besh mahal masjidga qatnab qoladi. Demak, mana shu keyingi qilayotgan ishi qimor o'ynayotgan paytda esi chiqib ketganligini dalili bo'ladi. Esi past ekanligini o'zi tan olgan bo'ladi. Demak, qo'liga pul bermaslik kerak qimor ovozida. Xo'p, yana to'siq qo'yish. Mana shu qimorga sabab bo'ladigan vositalarni yo'qotish kerak deganda, telefonidagi o'sha bukmekerlar, onlayn kazinolar, mana shu narsalarni hammasini o'chirib tashlash kerak. Hamma narsasini.

Endi faqatgina qimor bo'lgan prilojenani o'chirishmas, umuman kerak bo'lmagan o'yinlardan o'chirib tashlash kerak. Ko'pchiligimizni mutlaqo bo'lganmiz bunga. Qimor emas, prosta o'yin, vaqt o'tkazishlik o'yin. Lekin o'n soat, yigirma soat, o'ttiz soat o'tib ketib qoladi vaqt. Akalar, bu umr haqida ham hisob kitob qilinamiz. Ma'qulmi? Faqat qimor o'ynaydigan onlayn prilojenani emas, oddiy o'yinlardan birorta ko'p o'ynamaylik. Umrimizga javob beramiz hali.

Imom G'azoli Xiyoyi ulumiddin kitobida nafsni davolash uchun uni gunoh vositalaridan, gunoh sabablaridan mahrum qilish haqida shunday deydi. Fainna nafsa ida g'ujiat, la nuqatu anha ma tahvahu zallat vostakanat. Albatta nafs agar och qoldirilsa, va u ishda haq qilayotgan, xohlayotgan narsalardan uzib qo'yilsa, u xor bo'ladi, bo'yin egadi va sokinlashadi.

Nafsingiz xohlab turgan narsani man qiling, birinchi safar qiyin bo'ladi. Ikkinchi safar man qiling, qiyin bo'ldi. Uchinchi safarga borganda oson bo'lib qoladi. Bir yil o'sha so'ragan narsasini bermang da. Qutilish oson. Ammo so'ragan narsasini vaqtida berib tursangiz, nafs faqat ishadi, quvvatlanadi. Misol. Ana shu ikki yoshgacha bola emiziladi. Emizayotgan onasi ikki yoshga kirgandan keyin bolasi sutdan chiqaradi. Qanaqa qilib chiqaradi? Shart bermay qo'yadi.

Bir kun yig'laydi bola, ikki kun yig'layda bola, onasi ozgina isitmalaydi, shu bilan to'rtinchi, beshinchi kun hech narsa bo'lmaganda ko'nikib ketaveradi. Endi u chaqalog'ida ixtiyor yo'qda. U majbur ko'nikishga, o'shaning uchun ko'nikib ketadi. Lekin siz bilan biz nafsimizni bir gunohdan tiyib, savobli ishga majbur qilayotganda ixtiyor borda. Yana qaytib boshlab olishimiz mumkin shu gunoh ishni.

Ramazon ro'zasini eslang. Birinchi kun qiyin bo'ladi. Majbur qilasiz. Ikkinchi kun qiyin bo'ladi. Uchinchi kun oddiy bo'lib qoladi a? Demak, Imom G'azzoliyning gapi bo'yicha, nafsni jilovlab sindirishlik uchun, sokinlashtirishlik uchunga, u xohlayotgan narsani bermaslik kerak. Bir kun, ikki kun, uch kun qiynalasiz, keyin nima qilasiz? Ko'nikib qolasiz.

Zamonaviy ulamolar nafsni istaklari kelganda, uni qanday davolash haqida shunday deyishadi. Albatta, harom shahvat istak. Nafsda qo'zg'alganida, u xuddi alangalanayotgan olov kabidir. Agar sen uni o'sha zahoti istagiga javob berish bilan oziqlantirmasang, u biroz vaqt o'tib, o'chadi va yo'q bo'ladi.

Gulxan yonyapti, alanga yonyapti, o'tin tashlab tursangiz yonaveradi. Ulamolar mana shu nafsning xohishlarini o'tga o'xshatyapti, olovga o'xshatayapti. Bir gurullab yonganda o'tini tashlamay turing, o'tishib qoladimi? Xuddi shunga o'xshagandek nafs bir narsani qattiq xohlab turgan paytda, ozgina sabr qilib, so'raganini bermang, nafs ko'nikib qoladi.

Demak, amaliy tavsiyalar. Birinchisi, tan olishlik kerak, shu kasal bor menda, qutula olmayapman deyish kerak. Ikkinchisi, sidqidildan duo qilish kerak. Uchinchisi, bekarchi bo'lib qolmaslik kerak. O'zini vaqtini foydali ishlar bilan mashg'ul qilishlik kerak. To'rtinchisi, moliyaviy to'siqlarni qo'yishlik kerak.

Alloh azza va jallani tavfiqi bo'lsin hammamizga. Mana shu qimordan qutila olmayotgan odamlar bo'lsa, oramizda haqqiga duo qilaylik. Alloh taolo tavfiq bersin, shu balodan qutilishgan bo'lsin. Aquli qovli ha da va astag'firullohi li valakum. Innallohi va malakati huysalluni ala nabi. Ya yuhrillat dina amanu. Sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)