Maviza
—Qoralama28 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
27:56
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir rohbil alamin. Assolatu vassalamu ala ashrofil mursalim va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma alimdan ma'yam farg'ona, vam far nabimah allam tani vasidna ilma. Va arina al haqqa haqqon orzuqna tiba, va arina al ba'tila ba'tilan orzuqna jidinaba, vajallam min min yastam yunur qovla, hayatda biyonat husana. Vodixin nabirahmat aka fiya ibodika solixin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakaluh. Payg'ambarimiz aytganlar, tarak tukum ala mahajjating baydo. Layluha kana harixa. Men sizlarni o'zimdan keyin shunday bir yo'lga qo'yib ketyapman. Keng tekis yorug'. Layluha kana haricha. U yo'lning tuni xuddi kunga o'xshaydi. Ya'ni Rasulullohdan qolgan yo'lda qorong'i joyi yo'q.

Yorug' tushmay qolgan qorong'i jiyo yo'q. Keyin silliq, tekkis, to'g'ri yoriq. Bu yo'ldan adashish mumkin emas. Burilishi yo'q, boshqasi yo'q. Rasululloh aytyaptilar, mana shu yo'ldan faqat halokatga uchraydiganlargina adashadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga qoldirib ketgan manhach mana shunday manhach. Ummat bir ming to'rt yuz yil bo'lgan bo'lsa, ana shu manhacha yurib kelar ekan, bu ummatun muhammadiyani dinini, aqidasini, amallarini, iymonini buzishlik uchun har tomondan hujumlar qo'ygan bo'lsa ham, mana shu manhachda to'g'ri turgan ulamolar bu xalqni, ummatni yo'lini belgilab kelgan. Lekin taassur siz bilan biz mana shu diniy bilimlarni asli buloqlaridan uzoq bo'lib qolganligimiz uchun, ana shu bizga aytilayotgan gaplarni tekshirishlikka yarasha ilmimiz bo'lmaganligi uchun, kim qovullo alloh, qovullo rasululloh desa, o'shani gapini haqiqatga olyapmiz va o'zimiz guvoh bo'lib turgan ayrim muammolarda mana birodarlar hammamiz ko'rib turibmiz. Lekin alhamdulillah, domla aytib o'tgandek, bu yurt ulamolarning yurti.

Islom ummatiga movarounnahr yerida yashagan odamlar, movarounnahr ahli bu ummatni ustozlarini yetishtirib chiqargan. Mana o'tgan suhbatimizda alloh osmondami degan mavzuni bahs qilgan bo'ldik. O'zi bu bir necha qismga bo'lib o'tilishi kerak bo'lgan mavzu edi. Kechagizda faqat sizlarga ana shu zohiridan Alloh Taoloni osmonda ekanligini hayolimizga, vahmimizga olib keladigan oyatlarni aytdik. Uni orqasidan boshqa oyatlarni aitdikki, u oyatlarni eshitganingizda uni zohiridan, tashqi ma'nosidan Alloh Taolo nafaqat osmonda, boshqa yerda ham ekanligini vahmimizga opkeladi. Amin tum man fis sama oyatida Alloh Taoloni osmonda ekanligi dalil deyildi. Lekin muqobiloda boshqa oyatni qo'ydik. U Alloh osmonda ham iloh, yerda ham iloh. Biz unga yaqinmiz, lekin sizlar buni ko'rmaysizlar.

Vohi va ma'qum aynama kun tur. U Alloh sizlar qayerda bo'lsanglar ham o'shada. Biz qayerdamiz? Yerda. Birodarlar, Burji Xalifani balandligi necha edi imoratda? Sakkiz yuz yigirma sakkiz metr. Xo'p, yaxshi. Yuz yigirman to'rtinchi etajida smotrovoy ploshchadkasi bor. To'rt yuz ellik metrniki, shunaqa. Endi to'rt yuz ming ellik metrda o'sha restorani bor. Atmosfera degan adashmaydigan bo'lsam. Shu yerda bitta odam aroq ichib, mast bo'lib o'tiribdi.

Endi shu imoratni podvali yigirma etaj pastga deylik. Eng pastida bir odam namoz o'qiyapti. Qaysinisi Allohga yaqinroq shu ikkalasidan? Voy. Namoz o'qayotgani yaqinmi? Demak, Alloh Taologa yaqin bo'lishlik masofa jihatidan emas, iymon, amal, taqvo jihatidan ekan. Agar biz Alloh Taoloni osmonda deb turib, Alloh Taologa jihani tarafini isbot qilsak, Allohni zoti bilan osmonda desak, boyagi arag' ichib o'tirgan mushrik Allohga yaqinroq bo'lib qolyapti.

Demak, Alloh Taologaga yaqinlik deyilganda, bu iymon, amal, taqvo jihatidan yaqinlik deymiz, masofa jihatidan emas. Maryanskiy vpadeni necha kilometr? Nima u? Tinch okeanini eng tubi, eng chuqur joyi. O'n bir yo o'n ikki km deyiladi. Xo'p, o'sha yerda bitta odam qasbiga qaytib o'tiribdi.

Yoki o'sha biz aytayotgandek, sakkiz yuz yigirma sakkizinchi metrni ustiga chiqib turib, arag' ichyapti. Qaysinisi yaqin bo'ladi Allohga? Shuning uchun Alloh Taologa yaqinlik, masofa jihatidan emas, Alloh Taoloni masofaga, makonga, zamonga, joyga nima qilib bo'lmaydi, qo'yib bo'lmaydi. Alloh Taoloni osmonda deydigan taraf joriya hadisini hujjat qilib keltiradi. Joriyaning hadisi Alloh Taoloning osmonda ekanligiga dalil deydi. O'zi o'tgan darsimizda oyatlarni keltirdik, shu bilan o'zi to'xtashi kerak bu mavzu. Lekin bu mavzu to'laligicha yoritilishi uchun hadisni ham aytib o'tishimiz kerak. Hech qachon hadis oyatga zid bo'lmaydi. Qarama qarshi bo'lmaydi. Hadis oyatni sharhlaydi.

Avvalambor bu hadisni matniga murojaat qilamiz. Bu katta hadis, uzun hadis. Shuning uchun bizga tegishli qisminigina o'qiymiz. Bismillahir rohmanir rohim. An muoviyatun nol hakam as sulaymiy qoli va kanatli jariatun tar'a g'onaman li qibala uhudin val javoniya.

Maviyot undan hakam usulani aytadi, Uhud va uni atrofida qo'ylarimga qarab yuradigan bir joriya bor edi. Fattolang'utu zata yomin izzat ziybu zahababi shatin ming'onam iha. Bir kuni uni yoniga bordim. Ne ko'z bilan ko'rayki, bo'ri qo'ylardan birini yeb ketdi. Demak, joriya bor edida qo'ylarni boqib yurardi shu odamni. Haydab chiqib ketganidan keyin bu qo'yni egasi orqasidan borib kuzatsa, bo'r, olib ketib qoldi. Vo ana rojulun minbaniy adam, a sefu kamayi asafun. Lakimniy, sakak tuha, sakkatan. Endi u kishi aytadi, men ham odam bolasiman da. Odamlarda bolalari, ya'ni ular achinganidek achinaman, kuyunaman. Natijada unga bir tashaki tushirdim. Joriyani bir tashaki tashirdim, joriyani urdi.

Fa ataytu rasulullohi sollallohu alayhi vasallam va addamma dalika alay. Men Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, bo'lgan voqeani aytib berganimda, meni koyidilar. Shunda qultu ya Rasululloh, afara olti quha, ozod qilib yuboraymi endi buni? Ya'ni urganim Rasululloh qattiq oldida yomon olganida ozod qilaymi? Dedim. Qola, aytayin ibn ha. Uni meni oldimga olib kel dedilar Rasululloh. Faqat aytib ibn ha, ana shu joriyani Rasulullohni oldiga olib keldim. Faqolalar ha, aynan lo. Rasululloh unga, Alloh qayerda? Dedilar. Qolat fissama. U osmonda, dedi. Qola, men ana. Men kimman? Dedilar rasulullohni. Qolat anta rasululloh. Siz Allohning elchisisiz, dedi. Qola a'tiqha fainna ham mo'mina. Uni ozod qilgin, bas u mo'mina ekan, dedi. Imom U Muslim rivoyati. Mana shu hadis, birodarlar, Allohni osmonda deydigan tarafning dalillaridan bittasi. Mana endi shu hadisni batafsil ko'rib chiqamiz.

Mana aytdik, hadisni tarjimasini eshitib turib, hukm chiqarishniki hech kimni haqqi yo'q ekan. Oyatni zohiridagi ma'nosiga qarab turib, xulosaga kelib olishlikka bizni haqqimiz yo'q ekanman. Bu masalalardagi ishtixod eshigi yopilgan deb aytdi domla. Bu hadislar, bu oyatlar hammasi o'rni o'rniga nima qilingan, tafsir qilib, sharhlab qo'yib qo'yilgan.

Bizga uni ustida ishtixod qilish qaysinisi qanaqa ekan deb turib, g'am qilishlikka hojat qolmagan. Ummat buni ming yil avval hammasini o'n o'nlik qo'yib qo'ygan shaxslar tushuntirib. Keling endi bu hadisni batafsil ko'rib chiqamiz. Birinchidan. Imomo Bayhaqiy o'zining al asmo va sifat kitobida bu hadis Imomo Muslimning sahihlaridan emasligini zikr qilgan. So'ng bu hadisning rivoyatchilari hadisning lafzlarida ixtilof qilganlarni ham zikr qilgan. Ikkinchidan, Imom Buxoriy ham bu hadisni bandalarning fe'llari maxluqdir degan kitobda rivoyat qilganlar. Ammo u kishi joriya qissasini zikr qilmasdan, hadisning yuqoridagi namozga taalluqli bo'lgan qismini zikr qlishga cheklangan. Bu hadis o'sha namozga tegishli masala bilan boshlanadi. Boyagi ism zikr qilingan sahoba yangi islomga kirgan namozda turganida bir odam aksaveradi. Bu yalhamukulloh deydi. Yangi kirgan tushunmaydi namozni. Sahobalar haliginga norozi bo'lib qarasa, ha, nimaga o'ylayapsizlar deydi.

Soniga urib qolishadi sahobalar. Bu namozga tegishli qismini Imom Buxoriy o'zining kitobida keltirgan. Buyog'ini keltirmagan. Imom Buxoriy hadisni joriyaga aloqador qismini sahihda bilmagan, yo'qsa joriyaga tegishli joyini ham albatta zikr qilgan bo'lar edi. Katta hadisni oxiri. Imom Buxoriy bu hadisni namozga tegishli bo'lgan joyini keltirgan, buyog'ini keltirmagan. Agar buyog'i ham sahih bo'lganda Buxoriy keltirar edi.

Imom Muslim o'zi ham bu hadisni Imom bobida keltirmagan, namoz bobida keltirgan. Agar Alloh osmonda demoqchi bo'lganida, uni iymon bobida keltirar edi. Aytdik a, hadis namoz haqida boshlanadi, oxirida bu bor. Imom Muslim ham namoz bobi degan kitobga, namoz bobi degin joyga keltirgan, bu hadisni iymon bobida keiltirmagan.

To'rtinchisi. Ana endi hadisni lafzlari ham turli bo'lgan. Biz endigina zikr qilganimiz Imom Muslimning hadisida Alloh qayerda degan lafz bilan zikr qilingan bo'lsa, Imom Zahabiyning ulug' kitobida boshqacharoq lafz bilan kelgan. Imom Zahabiya aytadi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qo'lini joriyga uzatib, samoga ishora qilib, samoda kim bor deb so'radilar. Joriya esa Alloh dedi. Bu hadisga hasan hukmi berilgan. Mana ko'rib turibmiz, birodarlar, Imom Muslim rivoyat qilgan hadis bilan, Imom Zahabiy rivoyat qilkan hadis orasida lafslarida qarama qarshilik bor.

Imom Muslimda Alloh qayerda deb aytilgan bo'lsa, Imom Zahabi rivoyat qilagan hadisda samoda kim bor deb so'z bilan emas, ishora bilan so'ralganligi sobit bo'lib turibdi. Qarama qarshilik. Bundan Alloh qayerda yoki samoda kim bor degan so'zlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so'zi emas, rivoyatchilarning so'zi ekanligiga kelib chiqadi. Agar Rasululloh sollollohu alayhi va sallamning so'z bo'lganida, hamma hadisni rivoyat qilgan sohibalar so'zma so'z keltirar edi. Endi Alloh qayerda deyapti bitta hadisda? Ikkinchi hadisda samoda kim bor deyapti? Demak, bu so'zlar Rasulullohni so'zi emas. Roviylarni so'zligi ma'lum bo'ladi.

Lavzlari bir biriga qarama qarshi bo'lgan hadislar, birodarlar hadis ilmida muttarib, tebranuvchi deb nomlanadi. Mustarif hadis. Mustarif, demak, lafzlari bir birigacha qarama qarshib bo'lgan hadislarda. Buni hukmi qanaqa bo'ladi? Va bu hadislarni mustarif deb kim aytgan? Mana shunga ham e'tibor berishimiz kerak. Mana biz darsimizni avvalida o'qigan maviyahakimning rivoyatidan boshqa rivoyatlarda guvohlik berasanmi degan lafz bilan kelganligi to'g'risida suhbat qilamiz. Bittasida Alloh qayerda dedi. Ikkinchisida samoda kim bor dedi. Yana bitta rivoyatda birodarlar guvohlik berisanmi deganlar Rasululloh.

Birinchisi, Abdurazzoqning musannifida keladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam joriyaga aytdilar. Allohdan o'ziga iloh yo'q ekanligiga guvohlik berasanmi? Mana endi shu hadisning uchinchi lahzasi, uchinchi rivoyati. Bittasida osmonda kim bor? Bittasida Alloh qayerdan? Uchinchi rivoyatda Allohdan o'zga iloh yo'q ekani guvohlik berisanmi deyapti. Joriya ha dedi. Shunda Rasululloh unga men uni elchisi ekanligimga guvohlik berhasanmi deganida joriya ha dedi da. Bu hadisga san'ati oliy deb hukm berilgan.

Demak, bitta hadis uch xil rivoyat bilan keldi, uch xil termin bo'ldi. Alloh qayerda? Osmonda kim bor? Allohni yakkaligiga guvohlik berasanmi? Tushunarli bo'ldi a? Uch xil keldi. Bu hadislarda, birodarlar, Alloh qayerda deb so'ramagani ma'lum bo'ladi. Agar Rasululloh Alloh qayerda deb o'zini og'zidan chiqib aytganida, rivoyatlar uch xil bo'lmas edi.

Imomul nolikning muattosida ham aynan shunday keladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam joriyaga Allohdan o'ziga iloh yo'q ekanligiga guvohlik berasanmi deganida joriya ha dedi. Rasululloh men Allohning elchisi ekanimga guvohlik berhasanmi deganida joriy ha dedi. Bu hadisga judayam oliy san'atlik deb hukm berilgan.

Birodarlar, siz bilan biz o'rganib turgan hadisimiz joriya hadisi turli lafzlar bilan kelgan. Bir joyda Alloh qayerda deyildi. Bir joyda osmonda kim bor deyildi. Yana bir joyda guvohlik berasanmi deyildi. Yo'qorida aytib o'tganimizdek, bunaqa lafzlari bir biriga qarama qarshi kelgan hadislar qanaqa hadis deyilar ekan? Mustarif hadis deyilar ekan.

Endi mustarif hadisni hukmi qanaqa? Masalan, mutavotir hadisda ome ilojimiz yo'q. Qur'on oyatidan keyingi o'rinda turadigan hujjat bu mutavotir hadislik. Endi hadisni zaifi bor, sahihiy bor. Mana endi mustarifhadis, bunga qanaqa bo'ladi muomalamiz biz? Joriya hadisi qaysi ulamolar tarafidan mustarif deyilganligi to'g'risida mana endi gaplashamiz.

Imom ibn daqiq al a'id o'zining ixtiro kitobida aytadi. Mustarif bir necha ko'rinishlarda rivoyat qilingan hadisdir. Hadisning mustarif ekanligi hadisshunoslar nazdida ta'lilning sabablaridan biri bo'lib, biri bo'lib hadisni zaifga chiqaruvchi omildir. Demak, zaif hadis deyiladi.

Joriy hadisini mustarif deb atagan olimlar. Birinchisi, imomu bayhaqiy o'zining al asmo va sifat kitobida joriyaning hadisini mustarif degan. Imomu bayhaqi mustarif deyapti, zaif deyapti. Imomi ibn hajar as qaloni ham o'zining talhi sur xabir kitobida joriya hadisini mustarib ekanligini ochiq aytgan. Demak, zaif ekan. Kelinglar, o'sha rivoyatda to'g'ri ham, sahih ham deb tasavvur qilaylik da, shu hadisni ko'rib chiqaylik. Qayerda lafzi arab tilida ham, o'zimizni tilimizda ham birodarlar ikki xil ma'noda ishlatilinadi. Birinchisi, so'ralayotgan narsani joyini, o'rnini, makonini bildirish uchun. Masalan, uyingiz qayerda desa, uyim qayerda dedi, onamlarda dedi. Qayerda degan savolga javob berilayotganda, so'ralayotgan narsani joyini bildirishlik uchun shu savol beriladi va javob beriladi. Uyim beshinchi etajda, uyim shaytda edi da yoki bo'lmasam uyim do'stlikda. Demak, qayerda degan savolga javob berayotganda, birinchi ma'nosi joyini o'rnini bildirishlik bo'ladi. Ikkinchi ma'nosi, so'ralayayotgan narsaning makonati, darajasi, martabasini bildirish uchun ham mana shu savol berilar. Masalan birodar, onang sen uchun qaysi o'rinda?

Qayerda desa, onam meni qalbimda deydi. Ustozimiz deydi, bosh ustiga deydi, ustozimiz boshimizda deydi. Ko'zimiz ustida deydigan bo'lsa, bu joy emas, balki maqomi, martabasi, darajasi ma'nosida javob beriladi. Shundan kelib chiqib aytamizki, agar mana shu joriyaning hadisi, Alloh qayerda deb so'ralgani sahih bo'lib, bu ayol osmonda degani ham sahih bo'ladigan bo'lsa, Allohni zoti, makoni, o'rni qayerda deb so'ralgan ma'no chiqmaydi. Balki Allohning makonati, martabasi sen uchun qanday, qayerda deb soragani ma'lum bo'ladi.

Endi Alloh Taolo jism emas, javhar emas, araz emas. Qayerda degan so'zni Alloh Taologa ishlatib bo'lmaydi. Jism, javhar, araz. Jism ko'zimiz ko'rib, qo'limizni ushlab turgan narsa. Rangi bor, shakli bor, vazni bor, hidi bor, tamo bor, bu jism. Javhar mana siz bilan bizni tirik qilib turgan narsa. Araz mana shu javhar bilan jismni o'rtasida bir paydo bo'lib, bir yo'q bo'lib ketadigan narsa. Masalan, nastroyeniya. Xursandchilik. Rangi qanaqa uni? Tamo qanaqa u? Hidi qanaqa? Bormi? Yo'q. Yo'q.

Alloh Taolo jism ham emas, javhar ham emas, araz ham emas. Modomiki shunaqa bo'lgandan keyin Alloh Taologa mana shu jism, javhar, arazlarga beriladigan savollar berilmaydi. Allohni qayerda deb bo'lmaydi. Buni ta'kidlab aytdik. Allohni nechtada bo'lmaydi? Chunki nechta bu jism bo'lgan. Mana shu oltita tarafni ichida joylashgan, zamon va makonni ichida joylanishgan narsalarga nisbatan ishlatilinadi. Qayerda nechta degan so'z. Endi Alloh Taolo zamondan ham, makondan ham behojjat bo'lganidan keyin, jism ham araz ham, javhar ham bo'lmaganidan keyin, nechta ham deb bo'lmaydi Allohni, qayerda ham deb bo'lmadi Allohni. Chunki qayer baribir yerda. Qayer, qaysidir joyda Alloh Taolo bu yerlar, joylar yaralmasdan turib ham bor edi. Alloh Taolo mana shu jism, javhar, araz degan narsalar sifatlangan sifatlar bilan sifatlanmaydi.

Joriya ham savolga javob ham samoda deganda jism bo'lgan tepamizdagi osmonni emas, balki oliy martabani, oliylikni nazarda tutgani kelib chiqadi. Demak, samo'da deganda, martabasi shu bir oliy degan ma'noda tushunsa bo'ladi buni. Chunki arablar samo'da deganda osmonni ham tushunishadi, to'g'ri, birinchi ma'nosi. Ikkinchisi, oliy maqomni ham tushunishiadi, martabani ham tushunadi. Xuddi bizni tilimizda bir odamga, e, o'zingizdan ketib qolibsizmi? Ko'tarilib ketibsizmi? Desa, qanaqa tushunamiz buni? Moddiy tomonini tushunamizmi, tepaga ko'tarilish deydi? Yoki ma'naviy tomonimi? Kibrga berilib ketdingmi deb.

Demak, osmonda degan so'z, qayerda degan so'z. Sahih deb tasavvur qilganimizda ham, bu osmonda degan ma'lumotga chiqmaydi Alloh Taolo. Mana endi masalani mag'ziga keldik. Savol. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning iymonini tekshirganida, Alloh qayerda degan savol bilan tekshirganlarmi?

Bitta shu joriyaning mustarif hadisidan boshqa joyda Alloh qayerda degin so'z kelgan emas. Bir odamni iymonini tekshirish kerak bo'lganda Payg'ambarimiz mo'min, mo'min emasligini aniqlamoqchi bo'lganlarida, Alloh qayerda deb so'raganlarmi? Yo'q. Boshqacharoq aytsak, insonlar Alloh osmonda deb iqror qilsagina musulmon deb hisoblanadimi?

Xuddi hozirgi kunda ayrim toifalar Allohni osmonda deb aytmagan kishini bid'atda, zalolatda, hatto kufrda ayblaganidek. Men o'zi bir yigit so'radi o'zimdan. Kelib, meni bir birodarim bor deyapti. Shu tarovidan keyin qaytayotganimizda, shu ko'chada uchrashib gaplashdik. O'sha bir ukamiz kelib, aytyaptiki, meni bir birodarim bor deydi. O'shani deydi, bir gapini aytay sizga.

U o'rtog'im aytyaptiki, ertaga qiyomat bo'lsa, Alloh Taolo mendan so'rasa, ey bandam, sen meni qayerda deb e'tiqod qilgansan? Shunaqa deb so'rasa, men Parvardigor, Kitobu Sunnatga muvofiq men seni osmonda deb e'tiqod qilganman, desam, buni menga nima zarari bor deyapti, dedi. Tushundinglar a? Demak, bu yigitga Allohni osmonda deb e'lit qilib qilmasang, iymonli bo'lmaysan deb kimdir ishontirgan. Hali yigit shu narsani haqiqatga olgan. Puli shanali amin tum man fissama oyatini keltirgan. Bir eshitganingizda ma'nosidan Allohni osmonda ekanligini, kallangizga olib kelayotgan oyatlarni aytgan. Shu bilan haligi bola Allohni osmondada deb e'tiqod qilmasam, mo'min bo'mayman ekan degan e'tiqodga kelgan.

Biz so'raymiz. Bironta joyda, bironta bir kitobda Alloh Taoloni osmonda demasang, mo'min bo'lmaysan degan qator bormi? Rasululloh bir odamni iymonini sinamoqchi bo'lsa, Alloh qayerda deb so'ragani bormi? Usomatun Nizayev roziyallohu anhuni qissasiga murojaat qilamiz. Sahobalar bir mushrik qavm bilan urushib qaytishib kelayotganida, ana shu mushrik qavmdan bittasi musulmonlarni qo'shinini orqasidan elchi edi, sirat darslarida bor. Kelib Payg'ambarimizni masxara qildi, musulmonlarnini masxara qildik. Usoma roziyallohuhu anhu quvib ketdi. Qochib ketdi, yeta olmadi. Yonida ansoriy sherigi bor. Birga yurish kerak ikkalasi. Ikkinchi marta keldi, quvolab bordi. Qochib ketdi, eta olmadi. Ansoriy aytdi: ey Usoma, uni tinch qo'y. Usoma roziyallohu anhuhu: qanday tinch qo'yyapman, Rasulullohda masxara qilyapti, dedi. Haligi qaysar odam ekan. Uchinchi marta kelganda endi ansoriy ham qo'shib quvolab bordi da. Quvalab bir daraxtni tagiga aytganda yiqilib tushdi, ikkalasi ham ustidan qilichini ko'tarish, shunga chiqarib.

Shunda haligi mushrik nima dedi? La ilaha illalloh deb yubordi. Ansoriy qilichini tushirib oldi, chunki karima keltirdi. Nimadan qo'rqib? Hozir nima qilib turuvdi? Usomurod yong'in chopib yubordi. Ansoriy aytdi: e Usoma, karimani aytgan odamni chopib yubordingmi, dedi. Usoma roziyallohu anhu ko'rdingmi qilichindan qo'rqib aytdi dedi. Haqiqatdan uch marta keldi vasxara qilib. Rasulullohni oldiga kelishganida, ey Usoma, kalimani keltirsa ham choporverdingmi? Rasululloh qilichindan qurqib aytti deganida, ashaqoqta an qolbiyhi nima, qalbini yorib ko'rdingmi, ichidagi niyatini bildingmi? Ehtimol shu paytda haqiqatdan iymon kelgandir. Muhimi nima qildi?

Endi kalimani nima qilasan qiyomat kunida? Endi kalimani nima qulasan qiyomat kunida. Endi kalimani nimani qilasan qiyomat kunida? Rasululloh qaytaraverdilar, qaytaraverardilar. Usoma roziyallohu anhu, e qaniydi shu kungacha musulmon bo'lmaganimda deb yubordi. Ya'ni kalima keltirgan odamni chopgan, chopmagan bo'lardim degan ma'noda. Sen so'radingmi Alloh haqida ekanligini aytdimi? Dedimi Payg'ambarimiz? So'rashi qayerda deb e'tiqod qilarkin Allohni? Osmondadamikin, dedimi? Mujarrat Karimani talaffuz qilib qo'ydi. Yana qanaqa holatda? Shuni ham Payg'ambarimiz so'zini iymon deyapti.

Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir odamni musulmon yoki musulmon emasligini Alloh osmondami deb so'rab tekshirmaganligi hammamizga ma'lum. Endi siz Allohni osmonda demagan odamni sen kofirsan degan paytingizda, o'zingiz kofir bo'lib qolishingizni bilasizmi? O'zingiz iymondan chiqib ketishga sabab ish tiqib qo'yganingizni bilasiz, o'shanda ham biz sen kofir bo'lding demaymiz, chunki bu hukm bu. Sen kofir bo'lladigan ishni qilding, sen kofir bo'dadigan gapni aytding deymiz, lekin kofirsan sen demaymiz biz.

Payg'ambarimiz bir odamni iymonini tekshirishligi uchun Allohda o'ziga iloh yo'q. Va Muhammad uning payg'ambari deb guvohlik berasanmi degan so'zdan boshqa narsa bilan tekshirmaganlar. Ma'qulmi? Ana shu payg'ambarimiz iymonini tekshirganligi haqida hadislar ko'p. Shulardan bittasini aytamiz. Payg'ambarim bir odamni iymonini bor yo'qligini tekshirishlik uchun savollar deb berganlar. Lekin hech qaysida Alloh qayerda deb so'ramaganlar. Mana shu bittasini o'qib beraman. An ibn umar roziyallohu anhuma, qoli, qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam va umirtu anu qotilannas sahata yashshadu alla ila hilalloh va anna muhammad rasululloh. Muttafakkuna alik bo'lgan hadis. Abdulloh ibn umar, Umar al odilning o'g'li Abdulloh, rovyesini ko'rib qo'ying kimligini. Ummatni mushtahid sahobalaridan. Muttafakkuno alik bo'lkan hadisda, payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallam aytyaptilar. Insonlar Allohda o'ziga iloh yo'q ekanligiga va Muhammad alayhissalom uning elchisi hamda bandasi ekanligiga guvohlik bermagunlaricha ular bilan jang qilishlikka buyurildim. Odamlar Allohni osmonda deb e'tiqod qilmagunicha deyildimi?

Hatta yashadu alla ilah illalloh va anna muhammada rasululloh demagunicha shu gapni aytsa bo'ldi, mollarini, jonlarini mendan omonda saqlaydi deganlar. E ayyuhannas qulu la ilah ila alloh tuflixu deganlar da'vatini avvalida Makkada. Ey odamlar la ilah ilaalloh deb qo'yilar, najotga yetasizlar. Makki davrida shu kalimani o'zini aytsa yetgan jannatiy bo'lishi uchun, Rasulullohni so'zi bilan.

Imom Suyuti bu hadisni o'zining Al Jamil Sog'ir kitobida zikr qilar ekan. Mutavotli ekanligiga alohida ta'kidlab o'tgan. Demak, hozir biz aytayotgan karimani aytsa, shahodatni aytsa musulmon ekanligi muttaffaqun alayh bo'lgan hadisda xabari berilyapti. Agar odamlarning iymoni Alloh osmonda deb aytishi bilan sobit bo'lganida, mutavotir bo'lgan hadisa Rasululloh yakka Allohga guvohlik berib, Muhammad uning elchisi ekanligini tasdiqlamagunicha, men ular bilan jang qilishga buyurildim deb aytmagan bo'lar edi.

Qolaversa, Allohni osmonda deb e'tiqod qilishlik, birodarlar, boshqa bir qancha din vakillarida bor narsa. Xususan nasroniylar ham Alloh Taoloni osmonda deydi. Yahudiylar ham Alloh teolog'ini osmonda deydi. Agar Allohni osmondada deb e'tiqodi qilishlik kishini iymoniga dalolat qilsa, Allohni kosmonda deyotgan yahudlar ham, nasroniylar ham musulmon deyishimizga to'g'ri kelib qoladi, birodarlar.

Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)