Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robilalamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalim va ala alixiy va ashabi h. Majbur. Ammaboy, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lu barakatuh. Bugungi mavzuyimiz iste'fo masalasi haqida. Mana shu musulmonlar o'rtasida ixtilofga, tushunmovchilikka, ba'zi bir o'rinlarda fitnaga sabab bo'layotgan ayrim masalalarda muolaja qilganday bo'ldik. Maqsadimiz xalqimizni mana shu sof ilmdan bahramand qilish, johillikni ketkazish, o'rtadagi ixtilohlarni ko'tarish va ota bobomiz ushlab kelgan aqida va mazhab yo'liga odamlarni qaytarishlik. Bugungi mavzuyimiz ar rohman alal arsh istova, rahmon bo'lgan zot arshga iste'fo qildi.
Qur'oni karimda alloh taoloni arshga iste'fo qilgani haqida mana oyatlar bor. Ana shu iste'foni ma'nosi haqida ko'p bahs munozaralar bor. Mana shu oyatlarni birida alloh taolo aytadi, astaydubillah. Innna rabbakumullohulladiy xoloqasi samavati va l ardofiy siddati ayyamin tinmasda va alal arsh.
Albatta, parvardigoringiz Alloh. Shunday Zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so'ngra O'zi Arshga iste'fo qildi. Arshga iste'vo qildi. Shunday deymiz. Mana Arsh. Arsh birodarlar maxluq. Arsh avval bo'lmagan, Alloh Taolo uni yaratgan. Arsh maxluq. Endi biz Arsh deganda bizda Arsh deganda o'tiriladigan narsa tushuniladi. Odamlarni kallasida birinchi Arsh degan so'z kelganda shu narsa keladi. Odamlani qo'lidagi, odamlarni orasidagi ma'no o'tiriladigon kursi tushuniladi da.
Endi Qur'oni Karimda Arsh ikki xil vasf bilan kelgan. Birinchisi, ko'tarib turilishi bilan qaydlanib zikr qilingan. Istedbillah. Alladiyin ayaq milun al alshi va man haliluhu. Arshni ko'tarib turganlar va uning atrofidagilar. Ya'ni, va yaxmiylar arsharobbika favqohim ya'v ma'idin, fama'iya. U kunda parvardigoringni arshini sakkiztasi ko'tarib turadi, ya'ni sakkizta farishta ko'tarib turadida deydi. Demak, birinchi ma'nosi, u ko'tarilib turiladigan narsa, farishtalar tomonidan. Ikkinchi ma'nosi arsh mutloq zikr qilingan. Vohu aroq bularshil adin. U ulug' arshning robbisidir. Mana shu o'rinda ulamolar ko'tarish bilan qayd qilib, zikr qilingan arsh haqida aytishadiki, u farishtalar ko'tarib turadigan, farishtalar ko'tarib, o'rab turadigan taqdir deyishgan. Ko'tarilib turadiganini tavsiya qilishgandi. Endi mutloq zikr qilingan Arsh haqida esa, undan mulk iroda qilingan bo'lishi ham mumkin deyishgan. Mana endi Arsh haqida aqida ulamolari aytishadiki, Arsh barcha jismlarni ihota qilib turadigan, nurdan bo'lgan ulkan jismdir.
Mana ko'tarib turadigan narsa dedik. Farishtalar ko'tarib turadi birinchi ma'nosi. Endi nurdan bo'lsa qanaqa qilib ko'tarib turardi degan savol tug'iladi. Nurni ko'tarib bo'ladimi? U g'ayb olamidagi narsani idrok qilaman deb harakat qilmaydi. Xuddi qabrda mayyit o'tkazib qo'yiladi, keyin kelib gulzu bilan uradi desa, qanaqa qilib o'tkazib ko'radi? Uyiga o'tirishni iloji bormi deb turib, bu g'ayb olamiga mana kallamiz bilan kirmaylik, xo'p. Bul olayotganimiz o'tmaydi u yerga. G'ayb xabarlari haqida Payg'ambarimizdan qanday naql kelgan bo'lsa, qanday oyat kelsa, shunday naqliy dalilni olib ishonaveramiz.
Motimiddin maslav ulamolari Qur'on va Sunnatda kelgan. Lekin amaliyotga taalluqli joyi bo'lmagan narsalarni ta'vil qilishga urinish shartmas degan. Ya'ni bir masalaki, uni o'qib o'rgansangiz, orqasida shu ishni ustida amal turmaydi. Masalan, tahoratga ertak ishli masalani bahs qilayotgan bo'lsak, savol berdik, javobini oldik, shu javobni ustida bitta amal turadi. Masalan, o'sha biz kiyayotgan paypoqqa mast torsa bo'ladimi, yo'qmi?
Endi masalan, siz bilan bizdan bir savol so'raldiki, uni javobini bersak, uni javobining ustida amal yo'q. Masalan, Odam alayhissalom dafn qilishganida farishtalar kelib, yuvib, kapandlab, ko'mib, ey Odam, bolalari, mana shu sizlarni sunnatilar deyildi. Xo'p. Savol domla. O'sha farishtalar yerga kavlayotgandagi lopotkani hisobi qaysi daraxtdan edi?
Bu ham savol. Ya'ni uni javobini bildingiz. O'sha javobni ustida bir narsa bormi? Yo'q a? Shuning uchun ustiga amal qo'yilmaydigan masalalardagi savolni javobida unaqa bir bahsga kirishlikda hojati yo'q. Balki uni sobitligiga va undan iroda qilingan narsaning haqiqati nima bo'lsa, o'shanga iymon keltirdim degan e'tiqodda bo'lishlik lozim deyishgan.
Endi arshda nimaligini tushundik. Arshga iste'fo qildi. Buni qanday tushunamiz? Iste'fo so'zi arab tilida bir qancha ma'nolarda kelgan. Mana ularni ba'zilarini aytib o'tamiz. Demak, iste'fo qildi degan so'zni ham bir qancha ma'molari bor. Birinchidan, istiqror, o'rnashish ma'nosi bor. Iste'fo lafzini eshitganimizda, aytilganida zehnga birinchi bo'lib keladigan haqiqiy ma'no mana shu o'rnashdi degani. Endi mana shu iste'foni o'rnashdi deyilyapti. Bundan boshqa hamma ma'nolar bu majoziy ma'nolar, ko'chma ma'nolar. Shoshilmaymiz xulosaga. Ha ana iste'fo qildi deb, znachit o'rnashibdi degani shoshilmaymimiz. Sababi yana bir qancha ma'nolari bor buni.
Iste'foning istiqror, o'rnashish ma'nosida kelishiga Qur'ondan misol. Holat ala astadibilla, vosta vat alal judiy va u kema judiy tog'iga o'rnashdim. Bilasizlar, nu alayhissalomni kemasi judi tog'iga borib o'rnashgan. Shu yerda istovat o'rnashdi deyapti Alloh Taolo. Demak, istovaning bitta ma'nosi o'rnashish, joylashish ekan. Yana bitta oyat. Istedvillar. Valladiy xolaqal azvvajya kunlaha, voja alalakum minal fulki valan ami ma tarkabun, li tastovu ala dug'uriy. O'sha zot barcha juftlarni, ya'ni bor maxluqotni yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan sizlar minadigan narsalarni paydo qildi, toki sizlar ularning ustiga o'rnashgaysizlar. Litastavu o'rnashasizlar. Istovoni bitta ma'nosi nima bo'ldi? O'rnashish joylashishi bo'ldi. Ikkinchi ma'nosi. Julus va hovud. O'tirishlik ma'nosi bor. Ista'vo degan so'zdan o'tirdi degan ma'no ham chiqadi. Imom taqiyuddin subiki o'zining as sayfu sa'xl kitobida shunday deydi lug'atda istivoning ikkinchi ma'nosi julus va qurut, o'tirish ma'nosidir.
Bu ma'no esa jismlarni sifatlaridan ekanligi hammaga ma'lum. Julus deganda faqatgina jismlarga tegishli bo'lgan ma'no tushiriladi. Masalan, jalsa desa o'tirdi bo'ladi. It o'tirdi, o'zichasiga o'tiradi, odam o'tirdi. Demak, jismlarga tegishli bo'lgan ma'no bo'lganligi uchun, Alloh Taolo jism emas, shuning uchun Alloh Taolo o'tirdi deb bu so'zni ishlatib bo'lmaydi. O'tirishlik degan sifatni Allohga nisbat qilmaymiz. Chunki o'tirish jismlarda bo'ladi. Alloh jism bo'lmagandan keyin bu sifatni ishlatib bermaydi. Endi kim istavoga o'tirish ma'nosini berib, biz bu bilan jismdagi sifatni aytmayapmiz desa, Alloh Taolo iste'fo qildi, o'tirdi Alloh Taolo, lekin jism o'tirgandaqa o'tirdi demayapmiz desa. Arab lug'atiga zid bo'lgan gapni aytgan bo'ladi va bu gapi ham bordir bo'ladi. Chunki bitta gapi bilan Allohga jismni isbot ham qilyapti, orqasidan inkor ham qilyapti.
O'tirishlik jismlarda bo'ladi. Alloh jism emas, Allohni o'tirdi deb bo'lmaydi. Shunda uning isboti olinadi, inkor hech narsani ifoda qilmaydi. Oqibatda u Allohga jism isbot qilgan mujassima bo'lib qolade. Alloh taoloning so'ng arshga iste'fo qildi deb aytgan so'zi arshni paydo bo'lganligi haqidadir. Ya'ni arshga iste'vo qildi degani Alloh arshni yaratdi degani. To est arsh yo'q edi, Alloh nima qildi? Uni yaratdi. Iste'foni paydo bo'lganligi haqida emas bu oyat. Alloh arshga iste'fo qildi degani, arshni yaratdi degan ma'no.
Tushundinglarmi? Arshga o'rnashdi degan ma'noda emas bu. Bu as sahifus saql kitobidan keltirilgan dalil. Mana endi Abdulloh ibn Abbos Alloh taoloni arshga o'rtashdi degan tafsir bergan shu oyatda degan gap bor. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Allohni arshga o'rnashdi degan tavsiya deb bergan degan so'z bor. Shuni ko'ramiz.
Qur'onda iste'fo so'zini tavsiyalarida Ibn Abbosdan o'rnashish va o'tirish ma'nosi keltirilgan. Lekin bu xabar Ibn Abbosga to'qib chiqarilgan mavzu xabardir. Bu noto'g'ri xabar. Imomo Bayhaqiy o'zining Al Asmo va Sifat kitobida bu xabarni Muhammad ibn Marvondan, u Kalbiydan, u Abu Solihdan, u Ibn Abbosdan rivoyat qiladi. Lekin yuqoridagi ikkita roviy, ikkita rov ibrodalar, bular yolg'onchi odam deb e'tibor qilingan.
Qaytaraman. Muhammad ibn Ma'ruondan, u Kalbiydan, u Abu Soliqdan, bu ikkalasi yolg'onchilar silsilasidan bo'ladi. U Ibn Abbosdan rivoyat qiladi. So'ng Arshga iste'fo qildi oyatini Ibn Abbos. Arshga o'rnashdi, Arshga to'ldi, Arshga qoyim bo'ldi. U Arsh esa taxti deb aytgan. Bu mavzu xabar to'qima. Imom Abdulla haqiqiy bu xabarni botir ekanligini ta'kidlayapti.
Nechta ma'nosini aytdik? Ikkita ma'nosini aitdik. O'rnashish, o'tirish. Uchinchi ma'nosi qasd qilish ma'nosida. Bunga misol, qola ta'g'al aslida deb bila, summa stava ila sama. Qarang, so'ngra samoye iste'vo qildi. Birinchi oyatda arshga iste'vo qildida deyildi. Agar uni o'rnashlik deydigan bo'lsak, samoyga iste'vo qilida degandir mana, tushunamiz. Samoga o'rnashdimi?
Samoga o'rnakdimi, arshga o'rnakdmi? Navziminglar biz Allohnı o'rnashdi, joylashdi, makon topdi, qaror topdi demaymiz. Alloh Taolo zamon va makondan behojat bo'lgan son. Bitta oyatda arshga iste'fo qildi, bitta oyatda samoga iste'fo qild. Abunasr Abdurahmon Kushayriy rohimahulloh aytadi, Alloh Taoloning so'ng arshga iste'vo qildi oyatidan tushuniladigan ma'no, arshni qasd qildi. Imom Zarkash aytadi, bundagi eng to'g'ri so'z Farruh rohimahulloh, ash'ariy va balog'at ulamolarining aytgan so'zidir. Ular nima deyishgan? Ular oyatdagi iste'fo so'zini ma'nosini, oyatdagi iste'dfo so'zini la'nosi arshni yaratishga qasd qildi, iqbol qildi degani bo'ladi. To'rtinchisi. Birinchi ma'nosi o'rnashish, ikkinchisi o'tirish, uchinchisi. Qasd qilish, maqsad qilish. To'rtinchisi, tamomiga yetish. Bunga misol, istadvalar. Valamma balog'a ashudh duh vastava. Misol yesalom. Qachonki voyaga yetib, aqli tamomiga yetgach, yetib to'lgach, biz unga ilm va hikmatni ato qildik.
Demak, istavani bitta ma'nosi nima ekan? Tamomiga yetish, shunga ko'ra, arishga iste'fo qildi oyatini ma'nosi qanday bo'ladi? Allohning yaratishi arsh bilan tamomiga yetdi va arshning tashqarisida boshqa biror narsa yaratmadi bo'ladi. Alloh Taolo yaratmoqchi bo'lgan narsalar arshni yaratish bilan tamomiga etdi, arshdan keyin boshqa narsa yaratmada.
Chunki Alloh Taoloning barcha yaratgan va yaratgan yaratadigan narsalari arsh doirasidan chiqmaydi. Chunki vosiya kursi i hus samavati val ort. Chunki arsh barcha mahluqotlarni o'rab turadi. Birinchi ma'nosi o'rnashish, ikkinchi ma'nosi, o'tirish, uchinchi ma'nosi. To'rtinchi ma'nosida tamomiga yetish. Beshinchi ma'nosi iste'lo egallash ma'nosi.
Bunga ana shu shoirning qadimdagi arab shoirlardan bo'lgan Axtorning she'ri misol bo'la oladi. Qodista va bishirun alal iroqiy, men g'oyri sayfiyin vadamin, muhroqiyin. Darhaqiqat Bishir ismli odam Iroqni qilichsiz va to'kilgan qonsiz egalladi. Egallash ma'nosi ham bor. Egallash ma'mosi ham bor. Mana shu yerda egallash degani borib o'tirib olishni tushunmaslik kerak. Prezident saylovi bugun e'lon qilindi, qirq olti foiz ga o'n uch foiz muvaffaqiyatli prezident yutdi, demak prezidentlik kursini egalladi. Hali u oqiga bormadi. Egallash deganda borib o'tirvolishni tushunmasligi kerak bir odamlar.
Shunga ko'ra, Qur'oni Karimdagi iste'fo so'zi egalladi, hukm qildi, g'olib bo'ldi ma'nolarida bo'ladi. Demak, iste'foni birinchi ma'nosi. O'rnashdi. Ikkinchi ma'nosi, uchinchi ma'nosi? To'rtinchisi. Beshinchisi, egallash ma'nosida ekan.
Iste'vo kalimasini shunaqa ma'nolari bor ekan. Ali roziyallohu anhu aytgan, mana kechagi darsimizda aytdik. Innallohu ta'ala xoloqal arshi idhoran li qudratixi la makana lidatixi. Alloh taolo arshni yaratdi o'zining qudratini izhor qilishlik uchun, o'ziga makon qilish uchun emas. Aytdik ku, biz kurs qo'yamiz o'zimizga o'tirish uchun, uy solamiz, yashash uchun. Bizga makon kerak. Lekin Alloh taolo arshini yaratganda, o'zini qudratini, xaloyiqa ko'rsatish uchun yaratdi, o'ziga joy, makon qilib o'tirish uchu emas, egallash uchu emas.
Mana oyatni o'qidik boshida, istedaviylar. Albatta parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so'ngra o'z arshiga iste'fo qildi. Muhammad Ali Sobuniy sofvatu tafosil kitobida shunday deydi, mana shu oyat haqida. So'ng arshga iste'fo qilgan, ya'ni o'zining ulug'ligiga munosib biror o'xshashsiz, biror timsosiz iste'fo qilgandi. Aytdik ku, masalan, samolyotni zotini haqiqatini bilamiz nimaligini, shuning uchun u keldi desa tasavvur qila olamiz. U g'ildiragi bilan yurib kelishi mumkin, trapga. Yoki bo'lmasam uchib kelishi mumkina. Samolyot keldi deganda ikki xil kelishi bor.
Odam keldi deganda yurib kelish bor. Biz Alloh Taoloni arshiga iste'fo qilganligini, haqiqati qanaqa bo'lganligini bila olmaymiz. Chunki Allohni zoti qanaqaligini bilmaymiz da. Zotining haqiqatini bilmaganimizdan keyin qanaqa qilib iste'fo qilganini ham bilmaymiz. O'shaning uchun Sobuni aytyapti, o'zining ulug'ligiga munosib biror o'xshashsiz, biror timsosiz iste'fo qilgandi.
Mana shunday tushunishli birodarlar, oldingi ulamolarning tutgani yo'qlar. Bir yigirma yillar burun bu masalalarni birov so'ramas edi ham, birovni ishi ham yo'q edi. A? Bu masalalarni biz ko'tarmadik. Ma'zur tutasizlar. Bu bu savollarni biz ko'targanimizda, lekin shu savollarga javob berib qo'yamiz. Toki muammo bo'lib ketmasin keyin.
Imom Ahmad nima degan? Sifatlarning xabarlari qanday kelgan bo'lsa, shundayligicha biror narsaga o'xshatmasdan va inkor qilmasdan gapiriladi. Qanday, nima uchun deyilmaydi. Biror vasf qiluvchi, vasf qilolmaydigan va biror ifodalovchi ifoda qilib bera olmaydigan darajada uning o'zi qanday xohlagan bo'lsa, o'sha xohlagandek Arshga iste'fo qilganiga iymon keltiramiz. Oyat va xabarni o'qiymiz, hamda ulardagi narsalarga aniq ishonamiz. Sifatlarining qanday ekanini Alloh Taoloning ilmiga topshiramiz.
Sifatini qanday ekanligini Alloh Taoloni o'ziga nima qilamiz? Havola qilamiz. Ha xo'p, ertaga Qiyomat bo'lsa, Alloh mendan, meni qayerda deb e'tiqod qilgansan deb so'rasa, men seni Parvardigor Kitob Sunnatga muvofiq osmonda deb e'tiqodi qilganman desam, menga buni nima zarari bor deyapti ukamiz. Siz qayerdan oldingiz Qiyomatda sizdan Alloh meni qayerda e'tiqod qurgansan deb so'shini? Xuddi shunga o'xshagandek, arishga iste'fo qildi. Qanaqa qilib iste'fo qild? Nima deb e'tibor qilgansizlar deb sizlardan so'ramaydi.
Kalimani so'raydi. Farzni so'raydi, xoronni so'raydi. Qonni so'rayda. Musulmonlarni go'shtini yeganimizni g'iybatni so'rayda! Mana shularni so'raydi! Shuni ham mana qilaylik. Bu chi bu masalalar? O'sha iste'fo, yodulloh, aynalloh, bu o'sha ulamolarni etajida turadigan bahs mavzusi edi. Avom xalqqa keragi yo'q edi buni. O'sha ulamolarni o'n , yigirmanchi etajida bahs bo'lar edi. U pastga olib tushmas edi. Endi mana shu savollarda pastga olib tashganlar yaxshi ish qilmadi. Aqli yetmaydigan, ko'tara olmaydigan narsasi olib tushdi, muammo yaylib yotibdi. Sizlardan so'ramaydi, Alloh qayerda deb e'tiqod qilgansan deb. Xotirjam bo'linglar. Iste'fo haqida ham so'ramaydi sizlardan.
Bizga Alloh Taoloni tanish uchun Qul huvalloh va ahad surasi yetar edi. To'g'rimi? Ayting u Alloh yagonadir, Alloh benuqsondir, tug'magan tug'ilmagan, Allohga hech kim tegmas. Bo'ldi, shu yetar edi. Mana tafsilotlar ulamolarni o'rtasidagi tegmaydi. Imom azam rahmatulloh alayh o'zining al vosiyya kitobida arshkin iste'fo haqida shunday degan. Ya'ni vasiyatda shunday deyilgan. Alloh taolo arshga muhtoj bo'lmasdan va o'rnashmasdan iste'fo qilganini tasdiqlaymiz. Alloh yaratdi, muhtojmas edi. O'rnashmadi unga ham. Iste'fo qilganni tasdiqlaymimiz. U zot arshni ham, undan boshqa narsalarni ham tutib turuvchidir. Agar Alloh taolo muhtoj bo'ganida, olamni vujudga keltirishga va tadbirini qilib turishga qodir bo'lmas edi. Diqqat. Agar o'tirish va joy olishga ehtiyoj ehtiyojmand bo'lganida, Arshni yaratishdan oldin qayerda bo'lardi?
Ushbu yerda ma'lumki, Alloh Taolo bunday nuqsonli sifatlardan oliy va buyukdir. Imom Azamni gapi. Ha, xo'p, Alloh Taoloni osmonda desak, osmonda yaratmay turib qayerda edi? Agar Alloh Taoloni Arshda o'rnashgan desak, Arshga o'rnashgandirsak, Arshda yaratmay turib, qayerda edi. Oddiy mantiq, oddiy filosofiya, oddiy logika. Bitta savol bilan bo'ldi. Osmon yaratmay turib qayer edi Alloh? Arsh yaratmay turib, qayer edi Allohni? Javob bormi?
Javob yo'q, bo'ldi, tugadi shu bilan. Moturidiy aqidasining eng mo'tabar aqidaviy matnlaridan bittasi bo'lgan, siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin O'shining Badul Amoli asarida mana shu Arshga iste'fo qilishlik haqida aytiladi. Varob bul arshi fauqal arshi, va lekin bila vosfit tamakkuni vat tey saolay.
Arsh roppisi Arshdan yuqori biroq, joy olish o'rnashish vasfidan yiroq. Bizlar hamshahrimiz. Arsh roppiisi Arshdan yyuqori biroq. Joy olish o'rtashish vasfidan ye. Arshni robbisi bo'lgan Alloh Taolo Arshdan oliy, lekin makon olish va birlashish vasfsiz.
Xulosa, darsimizning nihoyasi. Sohibuni aytganidek, so'ngra Arshga iste'fo qilgan, ya'ni o'zining ulug'ligiga munosib biror o'xshashsiz, biror timsosi iste'fo qilganda. Abu Hanifa aytganidek, Alloh Taolo Arshga muhtoj bo'lmasdan va o'rnashmasdan iste'fo qilganini tasdiqlaymiz.
Biz Moturid haqidasida Alloh Taoloni Arshga o'rnashdi demaymiz. Chunki Arsh maxluq, maxluqni ustiga o'rnashadigan narsa ham maxluq bo'lib qoladi. Arsh Alloh Taoloning yaratgan maxluqotlaridan, unga zamon bilan makon bor, zamon va makonga Alloh muhtoj emas, oltita taraf Allohning xato qila olmaydi, shuning uchun Arshga o'rnashgan demaymiz, birodarlar. Arshga iste'fo qildi deymiz, haqiqatdan Alloh Taolod o'ziga havola qilamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limon barakatuh.