Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahamaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Ona'ru' billahi min ash'ruriyam husina. Omin sayyi' atiya ammalina. Man yahdihillah hu falah muvillala va man yug'ilihuhu falah hadiyala. Va ashxadval la ilaha illalloh va hiday hu va shar'iy kal'a va nashhad anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.
Alloh azza va jalloh ushbu saidur ayyom haj yurmasa, keyingi kuni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Muftiyatni bugungi bergan mavzusi narkomaniyani xatar ekanligi haqida. Ya'ni giyohvand moddalarni iste'mol qilishlik, shariatimizda harom ekanligi haqida.
Narkomania birodarlar zamonimizni eng katta muammosiga aylandi. Ba'zi mutaxassislarni aytishlariga qaraganda, hozirgi kunda insoniyatni halokatga uchratishiga sabab bo'lgan katta narsa, asosiy narsa, bu atomniy bomba, yaderniy raketa emas, geroin bombasi bo'lib qoldi deyishadi.
Va mana shu so'zlarida ular haq. Chunki bu shunday bir balo ekanki, xalqlarni, butun butun millatlarni boshiga tushib, tomirini quritar ekan. Naslini quritar e kan. Inson zotini yerdan ko'tarilib ketishiga sabab bo'ladigan amal ekan. Avvalambor biz musulmon sifatida maqosidush shariyani bilishligimiz lozim bo'ladi. Maqosidush shariat. Shariat islomiyaning maqsadi.
Shariat islomiadagi maqosidush sharya beshta. Birinchisi, dinni saqlash. Ikkinchisi, jonni saqlash, nafsni saqlash. Uchinchisi, aqlni saqlash . To'rtinchisi, naslni saql ash, beshinchisi, molni saql ash. Bizdan sodir bo'layotgan qaysi amal, mana shu aytilingan beshala maqsadga muvofiq bo'lsa, shu maqsadlarni yuzaga chiqarishlikka xizmat qilsa, shu qilayotgan ishimiz shariy bo'ladi.
Qaysi qilayotgan ichlarimiz mana shu beshta maqsadga zid bo'lsa, teskari bo'lsa, bu harom bo'ladi. Narkotik moddalarni iste'mol qilishlik birodarlar jonni saqlash, aqlni saqlash, naslni saqlosh, molni saqlash. To'rala bandiga zid. Mana dinimizda mana shu giyohvand moddalar, umuman insonni mast qiluvchi, uni aqlini o'chiruvchi bo'lgan narsalarga nima deyilgan?
Bilamiz, insonni aqlini o',g'irlagan har qanday narsa harom bo'ladi. Ko'pi mast qilgan narsani oziq ham harom bo'lardi. Demak, hozirgi kunda yigirma birinchi asrga kelib, bu inson zotini boshiga tushgan sinov musibatlaridan eng xatarlisi narkotik moddalar.
Nima uchun hozir dolzarb bo'lib ketdi? Avvallari mana shu giyohvand moddani topish uchun xuddi shunga o'xshab u yoqqa bor, bu yoqqa bor undan so'ra, bundan so'ra bo'lsa, hozir telefonlarda turibdi. Avvalgi davrdagi giyohat moddalar o'sha deylik, nima deymiz, ko'hnoridan, o'sha tabiiy narsadan tayinlansa, hozir sintetik narkotiklar ko'payib ketdi. Bu degani arzon bo'lib ketdi, serob bo'lib ketdi degani.
Insoniyatni kelajagiga, millatni istiqboliga, kishilarni salomatligiga va umuman yer yuzida yaxshilik hukm sursin deyotgan kishilar bu masalada bir chekkada qolib ketishligi mumkin emas. Birodarlar, bu giyohvandmondaga qarshi kurashlik faqatgina davlat strukturalarini ishi emas. Har bittamizni ishimiz.
Chunki sizni bolangiz chekmayotgan bo'lsa, mahallada bitta odam chekyapti, shuni vaqtida to'xtatib qolmasak, bu balo yuqoridagi narsa. Xususan hozir yoshlarni oldashlik juda ham oson bo'lib ketgan. Mana shu narkotik moddalarga qarshi kurashish, giyohintlikka qarshi kurashdik, har bitta musulmonni zimmasidagi farz beparvo bo'lib bo'lmaydi bu narsaga. Va bu kurashda musulmonlar allohdan taqvo qilgan, allohni yuzini ko'rishingdan umidi bo'lgan musulmonlar mana shu kurashni birinchi saflarda bo'lishligi kerak.
Chunki bu ish din diyonatimizning amri, vijdonimizning amri, alloh va payg'ambarning talabi. Chunki payg'ambarimiz aytganlar, man ro omingku munkaron, fal yug'oy yeru biyadixi. Sizlardan qaysi biringlar munkar ishni, ya'ni gunoh ishni ko'rsa, bas uni qo'li bilan o'zgartirib qo'ysin. Bu buyruq.
Agar shunga imkoniyatingiz bo'lsa, qo'lingiz bilan tiyib qo'ying shuni. Fayllam yestate fabili sanixi. Agar qo'li bilan tiyib qolishlikka qodir bo'lmasa, tili bilan tiysin. Borib aytsin, qilma bu ishni desin. O'sha ishni qilayotgan yoshda otasi onasini tanisa borib aytsin ularga. Menga nima demasin. Chunki men asbaha falam yaxtamma biy amri il muslimiyni falay simiyni xum deganlar rasululloh. Kim tong otib tursa yu, musulmonlarning g'ami unda bor bo'lmasa, bu odam musulmonlardan emas deganlar. Menga nima deydigan zamonda yashaymiz? O'lib ketmaydimi deysiz. Lekin iymoningiz boshqa narsani sizdan talab qiladi.
Musulmonlar haqida g'aming bo'lmasa, sen musulmonmassan deyaptilar rasululloh. Bu og'ir narsa. Hadisni o'qiymiz. Fayn la myastati fabiqal bihi. Agar qo'li bilan ham tiya olmasa birovni, tili bilan ham tiya olsa birovni, eng kamida qalbi bilan tiysin. Ya'ni shu narsani yomon ko'rsin. Vozvalika atavful iyman. Endi bu qalbi bilan yomon ko'rib qo'yishlik, iymonning eng zaifiy deyaptilar.
Endi beparvo bo'lsangiz chi? Xo'p, qo'lingiz bilan tiyolmaysiz, tilingiz bilan tiylolmaysiz. Endi qalbingiz bilan ham yomon ko'rmasdan, menga nima deyotgan bo'lsangiz, bu Payg'ambarimizni yuqoridagi hadisiga ko'ra, sen musulmonlardan massan. Bu narkomaniya, birodarlar, qo'shnini tomiga ketayotgan o'tga o'xshaydi. Somonni hashaydi bosib qo'ygan, kuyyapti. Ko'rdingiz. Ketavordingiz mashinangizga o'tirib ishga.
Nima bo'ladi u tom kuygandan keyin? Kimni tomiga o'tadi u ot, u yoqda kuydirib bo'lib? Seni tomingga o'tadi. Yana nimasi qiziq? Avval sayingan yoki shu bir giyohvot moddani iste'mol qilgan odamni ko'rsangiz ajratardingiz. Xatti harakatidan, gap so'zidan, qo'ying kelib yurish turishidan, lekin hozirgi kundagi sintetik narkotinglar shunaqa ekanki, bolangiz o'sha narsani chekib olgan bo'lsa, iste'mol qilib olgan bo'lmasa, na xatti harakatidan, na yurish surishidan, na so'zidan ajrata olmas ekansiz.
Gayini trubkasiga pishirsa ham hech narsa chiqmas ekan. Savol javobingizni o'rnida qilar ekan. Lekin podkayf ham. Va hech kim o'zini bu muammoga aloqador deb bilmaydi, bu yerda o'tirganlar. Men bu narsadan balandman. Meni bolam, aka ukalarim, jiyanlarim bu narsadan omon deb, shunday xotirjamki, bu majlisda o'tirganilar deyarli yuz foiz o'zini bu muammoga aloqador emas deb biladi. Qayoqdan bilasiz? Aptekadan olyapti ekan o'sha dorini.
Demak, munkarni ko'rganda qo'li bilan tiyib qo'yishlik bu mansabdorlarning ishi. Hukumat vakillarini qo'lida quvvat, mansab bo'lgan, kuch bo'lgan idoralarning ishi. Qiyomatda mana shu kishilar Allohni huzurida javob beradi. Ko'zini yumib qo'ysa, bu narsani to'xtatishga harakat qilmasa, ko'rib turib indamaydigan bo'lsa, birinchi navbatda mana shular qiyomatda so'roqqa tutiladi.
Ikkinchi navbatda tili bilan qaytarishlik. Bu ulamolarni voizlarini, ilm ahllarini ishi, oqsoqollarni ishi, oila boshqalarni ishi, bu narsani qanaqa bir gunoh, munkat narsa ekanligini bayon qilib tushuntirish kerak. Demak, bu giyohvandlikka qarshi kurashlikning birinchi saflarida musulmonlar turishligi kerak. Chunki ularni yelkasidagi mas'uliyat hammanikidan ko'ra kattaroq, jiddiyroq. Chunki Alloh taoloning oldiga borganda javob beradi ular.
Endi bizni nazarimizda, musulmonlarni nazarida giyohvandlikka qarshi kurashlikni eng samarali yo'li bu islom. Bu din, bu ilm, bu taqvo. Nomi umid ashayy roziyallohu anhudan u kishi rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday hadisni keltiradilar. Allohning haddi chegarasida turganlar va undan chiqqanlarning misoli, deydilar rasululloh, xuddi bir kemada qur'a orqali joy olgan kishilarga o'xshaydi. Ya'ni bir top odamlar kemaga chiqishdi. Kemani ikkita etaji bor.
Qur'a tashlashdi, chek tashlashdi. Kimga pastki etajdan, kimga tevadagi etajdan tegdi. Rostlar aytadilar, ularning ba'zisi kemaning yuqorisidan, ba'zisi pastidan joy oldilar. Pastdagilar suvga hojatlari tushadigan bo'lsa, yuqoridagilarni oldidan o'tishar edi. Suv olib tushib ketishadi. Ular yuqoriddagilarga og'zir bermasligimiz uchun, o'zimizni qismimizdan, kemani pastki qismidan bir joyda teshib olsak qanaqa bo'larkin deyishdi.
Ya'ni hadep tevadagilardan bezovta qilaveramiz, kemani teshib olaylik, shu yerdan suv olamiz deyishdi. Rasululloh aytadilar, agar ularni o'zlarini xohishlariga tek qo'yib qo'yilsa, hammalari halok bo'ladi. Agar ularni qo'llaridan tushsa, ular ham, tevadagilar ham najot topishadi. Biz mana shu hayot degan kemani minibmiz. Kim tevarog'ida, kim pastrog'ida. Shu kema cho'kib ketsa, hammamiz cho'kamiz. Agar shu kema putin tursa, hammamiz omon bo'lamiz.
Bugungi kunda mana shu narkotik moddalarga berilgan, giyohvand moddalarga bergan odamlar siz bilan bizni kemamizni, hayot degan kemamizni teshmoqchi bo'layotgan odamlar. Teq qo'yib qo'ysak teshishadi, hammamiz halok bo'lamiz. Demak mana shu munkar bo'lgan, gunoh bo'lgan yo'lda xizmat qilayotganlar, ana shu moddani yetishtirayotganlar, ishlab chiqarayotganlar, tashlayotganlar, sotayotganlar, hamma hammasi bizni kemamizga teshmoqchi bo'layotgan odamlar.
O'zlarini besh olti so'm daromadini o'ylab turib. Agar ko'pchilik bo'lib mana shularni qo'lidan ushlab to'xtatilmasa, g'arq bo'lishimiz birodarlar turgan gap. Narkomaniya munkar, birodarlar. Zamonimizning eng katta muammosi. Munkar degani, yomon ish degani. Shariatda man qilingan ish degani . Endi mana shu zamonimizdagi munkarlar qaraladigan bo'lsa, eng kattalardan bittasi shu bo'lib turibdi. Narkomaniye.
Hadislarni o'qidik. Ana shu hadislarni hukmiga binoan, bu narsaga qarshi kurashlik hammamizni zimmamizdagi farz. Chunki aytdik, kemani teshaman deganlarni o'zini holiga qo'yib qo'yadigan bo'lsak, hammamiz halok bo'lamiz. Ibn Ma'ruf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: kull muskiring xomrun. Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir.
Ya'ni xamirni biz aroqni tushunamizmi? Bu yerdagi xamir degan so'zdan mast qiluvchi narsani tushuning. Va kunlu muskiring haromun, mast qiladigan har bitta narsa haromdir. Voman sharib al xomra, fid dunya, fanata, voh voh yud minuha, lam yutub, lam yashrobha fil ahiro. Har bir mast qiluvchi harom, kim bu dunyoda xamirni iste'mol qilib, uni tark qilmay o'lib ketsa, tavba qilmasa, oxiratda uni ichmas dedilar.
Ya'ni mana shu narkotikka berilib, peredazirovkadan o'lganlar akalar, ahvoli judayam nochor bo'ladi. Kimdir o'sha arog'ida ichgandir, kimdir narkotikda saygandir. To'xtatib tavba qilgan bo'lsa, tavba qilgan odam shu gunohni qilmaganday bo'ladi. Attay bu minaddam kamaladam bala deganlar rasululloh. Gunohdan tavba qilgan inson xuddi shu gunohni qilmagandek bo'ladi.
Inson aqlini o'chiradigan narsa, u qo'yg'mi, suyuqmi, gassimommi, modomiki aqlni o'chiradimi, bu narsa yuqoridagi hadisga solib ko'riladi da, shunga to'g'ri kelsa, insonni aqlini o'shisa, harom ekanligi ma'lum bo'ladi. Xo'p, zarurat bo'lsa chi, o'sha spiltli ichimlikda ichishlikka, masalan, mana xamir harom deyildi. Mast qiladigan narsa harom deyild.
Daylamiy al himariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kelib aytishdi. Yo Rasululloh, biz sovuq yerda yashaymiz, u yerda og'ir ishlarni bajaramiz. Mana bu bug'doydan ichimlik qilib olganmiz, u bilan ishlarimizga va yurtimizning sovug'iga quvvatlanamiz dedim.
Ya'ni bug'doydan tayyorlagan ichimlik bor, ichsa qonni to'yadi va sovuqda badanini qizdirib turadi. Zarurat. Rasululloh mast qiladimi? Dedilar. Ha, deyildi. Undan chetda bo'linglar dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Savol so'ragan odamlar uni tark qilishmaydi. Odamlar uni tark qurishmaydi, dedi. Rosti Alloh aytdilar, agar uni tark qilishmasa, ularga qarshi urishinglar. Abu Dovud rivoyati.
Ko'ryapsizmi? U bahona bo'lmas ekanda, Yakutiyada, Vladivostovoda, Chukotkada ishlayotganligi, uni qizdirish uchun ichimlik, spirtlik ichimlikda ishlikka sabab bo'lmas ekan. Keyingi hadis mana shu giyohvand moddalarga aloqasi bor bo'lganki odamni umurtqasini qaltiratib tashlash kerak.
Ibn Umar roziyallohu anhudan Payg'ambarimiz aytadilar: la'na lohil xom roh va sharibaha va saqiyaha, va bayaha, va mubtaaha, va asiraha, va mutasiraha, va hamilaha, va mahmulata ilay. Alloh la'natladi. Allohni la'nati bor. La'nati odam. Kim? Alloh nimani la'natladi? Xamirni. Mana shu mast qiladigan narsani. U aroqmi u? Gerainmi, kokainmi yo sinteticheskiy narkotikmi, mast qiladigan xamirni la'natladi. Uni ichuvchisini la'natladi, uni qo'yib beruvchisini la'natladi. Uni sotuvchisini la'natladi. Uni sotib oluvchisini la'natladi. Uni siquvchisini la'natladi. Uni siqtiruvchisini la'natladi. Ko'taruvchisini la'natladi va ko'tartiruvchisini la'natladi dedilar.
Insonni mast bo'lishligiga olib boradigan narsaga aloqadorki bo'lgan odam allohning la'natiga qolgan odam. Shuning uchun palonchi tualetda o'libdi, palonchi tualatga tushib keta o'libdi, degan narsani eshitsanglar, bunday predistoriyasini qarab qo'yinglar da. Ungacha hashamatli yuz olgan o'sha narsani savdosi bilan pul topib. Hashamatli mashina mingan. Hayotini qaranglar da nima bo'ldi?
La'natni ortidan topgan pulingiz nimaga nasib qilar edi? La'nat bilan topilgan pul qayerga sarflanadi? Bir o'ylab ko'rmaysizmi? Biz odatda ja taqvodor dindor bo'lsak, ana shu mast bo'lib qolgan odamni ko'rib turib, yomon ko'rib qo'yamiz xolos. O'sha mast bo'lganini ko'rib turib. Lekin aslida Alloh Taoloning la'natiga qoladigan mana shu qolgan yettita narsani ko'rganda ham qalbimizda nafrat bo'lishi kerak.
Ayrim magazinlarda Allohda taqvo qilib umuman sigaret ham aroq ham qo'ymaydi. Alloh baraka bersin tijoratiga. Alhamdulillah xalqimiz halol halomni parkiga borib qoldi. O'shanaqa aroq sigaret sotgan magazinga kirmanglar qo'yyapti. Yaqinda bir joyda katta magazin ochilgan ekan, aytib berishdi. O'sha magazinni marketologlari yaxshi ishlamagan da, qaysi rayonga ochayotganini o'rganmagan. Aroq bo'limini ochgan ekan, hech kim kirmay qo'yibdi.
Ko'ryapsizmi? Xalq agar munkardan qaytarsa, so'zi bilan, tili bilan yoki fe'li bilan, o'sha munkarni qilayotgan to'xtatadi. Eshitishimga qaraganda o'sha magazindan aroq otdelini olib tashlabdi. Hech narsa qilmasdan uni qaytardik munkardan. Urishmadik, to'lashimiz, prosta kirmay qo'ydik. Ha, ana. Eh, sigaretini yo'qot. Eh, mana aroqingni yo'qot, bo'lmasa kirmay qo'tamiz, besh olti marta aytib yuboring da. U olib yuboradi marag'ini, olib tashlaydi sigaretini. Muhim emas, muhimi siz aytdingiz uni.
Chunki Payg'ambarimiz aytganlar, hech bo'lmasa tili bilan qaytarsin. Endi tili bilan ham qaytara olmasa kirmasin ana. Mana shu qalbi bilan qaytarish bo'ladi. Xo'p, mana endi nima sababdan va xususan yoshlar nima sababdan mana shu narkotik moddalarga ruju qo'yyapti? Birinchi navbatda mana shu masalani, mana shu savolni javobini topsak, demak ellik foiz yechimni topgan bo'lamiz.
Birinchidan, ota onalarni o'zlarining farzandlariga beparvoligi. Ishi yo'q. Meni bolam yaxshi. Unaqa ishladi, qilmaydi. Mana har kuni trezviy kirib keladi uyimga. Aytdik a? Sintetikni markovtinglar shunaqa ekanki, uni chex oladigan bo'lsa, uni yeb oladigan bo'lsak, bilinmas ekan xatti harakatidan.
Birinchi muammo ota onalarning beparvoligi. Qayerda yuribsan, kim bilan yuribsan, nimaga aptekaga boraveryapsan ha deb. Ikkinchidan, nazoratsiz internet. Yoshlarni qo'lida chekich chegarasi yo'q tezligi, chekich chegarasi yoq gigabayt internet turibdimi? Ertalabdan kechgacha o'sha telefonga cho'qirib o'tiribdimi? Shu yerdagi falsafani yuqtiryapti o'ziga. Bu g'arbdan, sharqdan kelayotgan falsafa nima? Budet vesela. Vecherinka. Budet kruta. Kayf safo qilish kerak. Yoshligingda o'ynab qolishing kerak. Bir marta yashaymiz.
Shuda, to'g'rimi? Demak, birinchi sabab ota onalarni beparvoligi, ikkinchi sabab nazoratsiz internet, uchinchidan, ana shu internetdan olingan o'lchov tushunchalar. To'rtinchidan, o'zlari uchun bizni farzandlarimiz haqiqiy kumirlar kim ekanligini bilmasligi, o'zlariga ibrat namuna bo'ladigan odamlarni, haqiqiy namuna bo'ladigon odamlarni tanimasligi, inson xohlasin, xohlamasin o'zini davrida kimgadir taqlid qiladi, kimdir o'ziga kumir deb biladi. Endi hozirgi zamonda bu internetdan kimlarni bizga kumir qilib berayotganligini ko'rib turibsizlar.
Mana mandagi ilmli domlaning ma'ruzasi bir oyda o'ttiz ming prosmotr bo'lmaydi. Maktabda chol ochilib tugatgan masxarabozlarni qo'yib qo'ygan bitta konserti bir oyga yoqimli millionlagan prosmotr. Qayerdan olyapti buni? Keyingi sabablardan, ana shu yoshlarimizda, shu yoshlarimda maqsadni yo'qligi. Nima uchun yashayotganligini bilmaydi. Kimligini tanimaydi. Nimaga keldi dunyoga? Nima uchun ishlayapti? Ertaga qaqqa boradi? Maqsadni yog'ligi.
Keyingi sababi ulfatlar. Yomon ulfatlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlar, al mar'u ala diniy xoliy lihiy. Kishi do'stining dinida bo'ladi. Kishi kimni do'sti ekaniga qarasi. Agar mana shunaqa bir sintetik bo'lsin yoki oddiy bo'lsa narkotikni iste'mol qiladiganlar bo'lsa ulfatini ichida, haligilardan ajrab qolmaslik uchun, ularning ichida oq qarg'a bo'lib qolmasligi uchun, oq qarg'ay bo'lib qolmaligi uchun, bo'pti bu yerda to'xtab ketinglar. Erkakmisan?
Shunchalik qo'rqasanmi yo qiz bola emassanmi? Ha, totib ko'r bir marta, hamma chekyapti desa, nima qiladi? Totib ko'radi. Ulfatdan anchalagisi kelmaydi. Keyingi sababi, o'lchov tushunchani to'g'ri emasligi. Hayot haqidagi aytdik, tasavvurni noto'g'riligi. Va oxirgi asosiy sababi, Allohni tanimasligi.
Agar Allohni taniganda, bunaqa muammo umuman bo'lmas edi. Biz aytib o'tgan hamma muammolarning asl sababi Allohni tanimaslik. Allohni tanisin, bu muammo bo'lmaydi. Narkotik zahar. Insonni aqlini, jasadini sekin sekin bilan vayron qiladi. Mana ba'zi bir misollarda aytib beraman. Mana moment kleyni hiydashadi, yo benzin hiydashadi. Bu hunarda nima deydi? Taksikomania deydi. Benzin benzin hidagan, moment kiloyi hidaganlar uch to'rt oydan keyin shu ishga kirishib olganidan keyin, asta sekinlik bilan aqli pasayib boradi.
Nasha mana kanipliya. Kanipliya chekkan odam uch to'rt yilda esib pasayishni boshlaydi. Morfin iste'mol qiladiganlar rost mana shu narsaga o'tirganidan keyin, ikki, uch oydan keyin bironta faoliyatga yaramaydigan bo'lib qoladi. Hech narsaga yaramay qoladi. O'ziga qaramay qo'yadi. Tashqi ko'rishiga parvo qilmaydi, o'zini parvarish qilmay qo'yadi, kakain. Kakainni mijozlari, klientlari to'rt yildan uzoq yashamas ekan.
Rostmana kokainaga o'tirdimi, yuragini zaiflashib ketganidan o'lar ekan. Peredazirovka bo'ladi, yurak ko'tarmaydi, paqqat shu yerda o'ladi. Umuman olganda o'zi narkomallar uzoq yashamaydi. Qaysi narkotikni ishlatadi, bu bir farqi yo'q. Chunki bular mana shu narkotik moddaga berilishligi bilan, ruscha aytganda instinkt samosaxraneniya deydi a? O'zini saqlash ehtiyot qilish instinkti tamom bo'ladi.
Mana shu narkotikka odatlanganlar ikki yil shu narkoman bo'lib turadi da, uchinchi yilga o'tganda albatta bir marta o'zini joniga qasd qilar ekan. Qo'yib ketganidan o'zini o'zi o'ldirishiga qasd qilib harakat qilar ekan. Birodarlar, bugungi kunga kelib turib bu narkomaniya katta tahdid solib turibdi. Butun inson zotiga.
Butun butun avlodlarni o'zini domiga tortib turibdi. Mana shu paytda bu ofatga qarshi hammamiz kurashishimiz kerak bo'ladi. Jamiyatda erkakmi, ayolmi, boymi, kambag'almi, mansabdormi, oddiy insonmi, hamma hamma bu kurashda qatnashligi kerak. Chunki payg'ambarimiz man ro omingu munkaron dedilar. Kiminglar munkarni ko'rsanglar, qaytaringlar. Qo'li bilan, tili bilan yoki qalbi bilan.
Kim tong otilsa yu, qalbida musulmonlarning g'ami bo'lmaydigan bo'lsa, musulmon emas dedilar rasululloh. Alloh taolo qur'onda, bola to'lqu biyaydu ko'p ila tahluka. O'zinglarni qo'linglar bilan o'zinglarniy halokatga tashlamanglar degan. Rodalar, narkomaniya bu aniq halokat.
Bu narkomaniyada dunyoviy diniy zararlar bor. Inson tafakkurini o'tmaslashtiradi. Tanani turli kasalliklarga chidamliligini yo'qotadi. Xotirani susaytiradi. Bosh, yurak, sil kasallarni keltirib chiqaradi. Ibodatdan to'sadi. Sharmahayoni ketkazadi. Insoniy munosabatlarni yo'qqa chiqaradi. Narkotikka ko'nikkan odam tanasi bu narsaga ko'nikib qolgandan keyin qattiq ehtiyojni sezadi. O'sha ehtiyojni qondirish uchun halol haromga farqiga bormaydi. Ko'ziga hech narsa ko'rinmaydi o'sha bitta dozani sayib olgunicha. Tanani faoliyati susayadi. Qaramlik yuziga keladi.
Sharma hayolini ketkazadi, mehr muhabbatni yo'qotadi, oilasidan bora bora ajraladi. Molini ham, uyini ham, oilasini ham oxirida g'ururini ham sotadi. Giyohvand kishilar o'zini og'ridan, sha'nidan, hurmati kasbi hunaridan qutiladi. Farzandlari tirik yetim bo'lib qoladi. O'sha ikki daqiqalik rohat bo'lsa bo'ldi bo'lib qoladigan.
Qisqasi birodarlar, inson nafaqat o'ziga, balki yaqinlariga ham bir umr azob beradi, narkoman bo'ladigan bo'lsa. Narkoman odam qurib borayotgan daraxtga o'xshaydi. Giyohvand moddalarni savdosi bilan shug'ullangan, shuni orqasidan katta pul topgan odamlar bor. O'zini musulmon deb biladi. Ana shular bir o'ylab ko'rishsin chi, o'zlarini hayotiga nazar solib ko'rsin chi, shu harom yo'l bilan yosh avlodni hayotini qirqishlik evaziga topgan pullari qayoqqa ketyapti ekan?
Katta pul topishdan maqsad shu dunyoda tinch totuv, kengchilikda, xotirjam, baxtli yashashmidi? Ha, shuning uchun pul topiladi. Endi narkotik bilan boyigan odamni qarang chi. Shu narsa bormi? Oilasi tinchmi? Farzandlari uni bo'syaptimi? Qani joni salomatmi? Bir qarab qo'ysin da hayotini.
O'sha harom bilan gumbullatib ishladi dunyoda. Uyni soldi, pulni topdi, zo'r bo'ldi. Buyog'ini qarab turinglar da. Kinoni birinchi seriyasi emas, ikkinchi seriyasi qiziq. Avvaling xor bo'lsa bo'lsin, lekin oxirin xor bo'lmasin. Ikkinchi seriyasida nima bo'lyapti bular hayotida? Topgan bunaqa boyliklar ortida nimalar turibdi, bilasizmi? Odamlarni qarg'ishlari turibdi.
Onalarni, otalarni la'natlari turibdi, farzandlar, yetim bo'lgan farzandlarni ko'z yoshlari turibdi oilalarni buzilishi turibdi. Qo'yingki, narkotik moddalarini savdosi bilan shug'ullanib topgan pul orqasida faqat yomonlik bor. Bunaqa odamlar ibodat qilishadigan bo'lsa ham, amallari qabul bo'lmaydi. Chunki Alloh Taolo pokizazod faqat pokiza narsani qabul qiladi. Bunaqalarni esdan chiqarib qolganmi deyman da, ertaga qiyomat borligini. E qiyomat aniq bo'ladi.
Har bitta elat bittama bitta turib Alloh Taolo hisob kitob berasizlar. Ya umayoqumun nasuliy robbil alamin. Odamlar Robbil alaminni huzurida turadigan kun albatta keladi. Shuni o'ylasharmikin? O'zi aslida mana shu xoram bilan, shu narkotik bilan pul topganlar, nima uchun kirishgan bunga? Rizq topamanmi debmi? Axir, rizq Alloh tomonidan belgilab qo'yilganligiga, iymoni yo'qmi ularni?
Bizni halolmi, harommi qilayotgan tijoratimiz rizqimizga bor yo'g'i sabab. Siz harom ish qilgani uchun boymaysiz. Alloh sizni boy bo'ladi deb peshonangizga yozgani uchun, boy bo'lasiz. Chunki shu narkotik moddosini savdosiga kirib, qamalib ketganlar qancha? Men qoradori sotganim uchun, narkotik sotganim uchu boy bo'ldim dema. Sen yig'la. Qora dori sotib boy bo'lgan bo'lsang, chunki boy bo'lishliging peshonangga yozilgan ekan. Sen xorom tomondan obsan. Agar xol olishga kirganda ham boy bo'lar eding. Murod aka, ikki ming yigirma birinchi yilgi statistikaga qaraganda, ikki yuz qirq millionta yer yuzida narkoman qaytadan o'tgan bo'lsa, ikki ming ikki ming uchinchi yilga kelib turib, ikki yuz to'qson olti millionga yetibdi. Ya'ni yigirma besh foiz ga ko'paygan. Buni sababi narkotiklarni topishlik osonligi, arzonligi va ommaviy yashib ketganligi. O'sha aptekadagi dorilarni olib, shundan mast bo'lishlik oson bo'lib ketganligidan narkomanlar, birodarlar yigirma besh foiz ga o'sibdi.
Alloh azza va jalla o'zi tavfiq bersin, o'zi saqlasin, o'zi hidoyat bersin. Chunki bu narkomaniya, bu giyohvand moddalarga, mukkasidan ketib, bu narsaga mubtalo bo'lishlik, bu balo. Alloh taolo bu balodan saqlasin. Bu munkar. Musulmon sifatida biz bu munkargaga qarshi turishimiz, bu munkarga qarshi turishim lozim, lobit. Qo'limiz bilan, tilimiz bilan yoki qalbimiz bilan. Alloh azza va jalla o'zi tavfiq bersin. Hammalarimiz mana shu balodan salomat bo'lishimizga Alloh taolo ko'mak bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohi va malaka tahui yu sollu ala alannabi. Ya yuha'lladina amanu sollu alayhi risalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatu.