Maviza
—Qoralama37 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
36:35
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmadhu huvonas ta'inuhu onas ta'furu. Va na'udhu billahi min ash surur ya'nfusina va min sayy'ati amalina, man yahdihillahi falamu billaluh va man yu'g'li ilhuf falah hadiyaluh. Va nash hado alloh ila ila huvoh dahulah sharik ala. Va nash hadoh anna muhammadana abduhu va rasuluh, amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

Tasavvuf haqida. Ba'zi ukalarimiz tasavvuf, sofi, tariqa desa seskanib ketadi. Kufr, shirk, kufr, shirk. Ya'ni tasavvuf deganda faqatgina shu narsani tushunadi. Shoshilmay turaveraylik, birodarlar. Tasavvufni asli nima, qayerdan kelgan, dinda bu narsaning asli asosi bormi? Tasavvuf qaysi asrlarin beri davom etib kelyapti? Tasavvufni vakillari bo'lgan ulug' ulamolardan kimlar bor? Tasavvuf siz bilan bizga nimani ta'lim beradi? Xabardor bo'lsak, tasavvuf degandaylar seskanib keta olmaymiz. Bu gapni bekorga aytmayapman. Bir shogirdimizga aytamiz bir uka, men sizni domlangizni eshitmayman ma'ruzalarini.

Qulluq bo'lsin, tabriklayman deyish kerak. Nimaga desa, sizni domlangiz so'fiylarni kofir demaydi, o'shaning uchun eshitmayman deyish. O'sha tasavvufda shirkufu deyotgan yoki zalolat deyotgan birodarlarimizdan so'rasangiz, tasavvuf haqida nima bilasiz? Tasavvuf haqiida bironta kitob o'qiganmisiz? Haqiqiy tasavvuf yo'lini ushlagan haqiqiy bir so'fiy odamni ko'rganmisiz? Muomala qilganmisiz? Yo'q. Unda qayerdan kofir deyapsiz buni? Menga shunaqa deyishgan deydi.

Shuning uchun birodarlar, tillarimizni kofir, fosih, munofiq, yegani xoram, ichgani xoram yotgani zino, dinishlikka choqqon bo'lib ketganligi, ayni mana shu tasavvuf degan ilmdan uzoqligimizni belgisi. Mana ko'ramiz, oyatlar, hadislar. Ulamolarni so'zlarini va tarixga murojaat qilamiz. Bugun faqat tasavvuf haqida gaplashamiz.

Toki tasavvuf haqiqida ozgina bizda tasavvur bo'lsin. O'zbek tiliga tarjima qilingan kitoblarimiz mana asta sekin ko'payib boryapti, tasavvuf ilmiga tegishli. Shulardan birinchilaridan marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub tasavvuf haquida tasavvur degan kichkinagina kitobcha bor. Olib o'qib ko'ringlarda. O'sha tasavvufda shirk zal oladigan birodarlar kitob o'qimaysizlar o'zingizlar. O'qib ko'tringlarda. Ozgina.

Tasavvuf bu tazkiyatun nafsdir. Tazkiyatunafs nafsni poklashlik. Audhu billahi mina shaytoni rojiym bismillahir rohmanir rohim. Huvalladiy ba'ata fil ummi yina rasulun minhum. Yatlu alayhim a'yatihi va yuzaki him va yualli muhimul ketabi val hikmata va imkonu min qoblu la fidole alayhim mubin.

Alloh taolo Juma surasida marhamat qiladi. U Alloh ummiylar orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga Qur'on oyatlarini tilovat qiladigan, ularning nafslarini poklaydigan, hamda ularga kitob, Qur'on va hikmat, hadisni o'rgatadigan bir payg'ambarni yuborgan zotdir. Shak shubhasiz ular o'zlariga payg'ambar kelishdan ilgari ochiq zalolatda edilar.

Mana yuzakiym, ularni pokleydi, dedi Alloh taolo. Tazkiya degani poklanish degani. Tasavvuf degani birodarlar, tazkiyatu nafs, insonni nafsini poklashlik haqidagi ilm. Mana shu ilmdan xabarimiz bormi? Nafsni kasalliklari, illatlari nima edi bu? Kibr edi, riyo edi, ujub edi, hasad edi, g'urur edi. Mana shu kasallarni muolaja qiladigan ilm, nafsni tarbiya qiladigan ilim, tasavvuf deyiladi. Mashhur hadis. Umariddin xattob roziyallohu anhu rivoyat qilgan bu hadisni, u kishi aytadi, rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurida o'tirgan edik. To'satdan, to'satdan, kiyimlari oppoq, soch soqoli tim qora, ustida safar alomatlari ko'rinmaydigan, oramizda hech kim uni tanimaydigan bir kishi chiqdi va payg'ambar alayhissalotu vassallamni oldiga borib o'tirdi. Tizzasini u kishining tizzalariga taqab, ikki qo'lini o'zining soniga qo'yib, bir qancha savollarni so'radi.

Kelib, ey muhammad, menga islom haqida xabar bering, dedi boyagi notanish kishi. Umariddin xattop aytadi, musofirdaylik desak, kiyimlari oppoq. Soch soqoli qopqora. Xuddi uyidan hozir yuvinib chiqqandek, xuddi madina ahlidek yangi kiyim bilan turibdi. Endi Madina ahlimikin desak, birortamiz tanimayapmiz deydi. Bu Jabr alayhissalom edi. Musulmonlarga dinida bilish kerak bo'lgan narsalarni savol berib Payg'ambarimizga o'rgatib ketgan edi. Islom nima? Rasul aytib berdilar, Islom kalima keltirishing, namoz o'qishing, shu beshta narsa. To'g'ri aytdingiz dedi. Sahobalar yana hayron bo'lishdi. Kim ekan bu Rasulullohdan savol so'rab, yana tasdiqlab qo'yapti? Xuddi tekshirayotgandek, to'g'ri aytdingiz.

Menga iymon haqida xabar bering. Rasul aytdilar, Allohga iymon keltirishing, qiyomatga, kitoblarga, xullas iymonning yettitarukini. So'ngra Payg'ambarimiz javob bergandan keyin u kishi aytdiki, fahbirniy an il ixsan. Ehson haqida menga xabar bering! Rasul aytdilarku, al ixsan an ta'budallohaka annaka tarohu. Fa innam takun tarohu, fa innah yaroka.

Ehson haqida xabar bering. Payg'ambarimiz aytdilar, Allohga uni ko'rib turgandek ibodat qilishing. Ehson, Allohni ko'rib tursangiz qanaqa ibodat qilar edingiz? Mana shu maqom, mana shu martaba ehson. Garchi sen uni ko'rmayotgan bo'lsang ham, Alloh seni ko'rib turibdi. Mana shu ehson martabasi birodalar, tasavvuf bo'ladi.

Keyin qiyomatning alomatlari haqida so'radilar. So'radi Jabrali alayhissalom, keyin chiqib ketdi. Boyagi notanish kishi chiqib ketganidan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, yo Omar, at tadriy mani sayl, ey Umar, savol so'ragan kimligini bilasizmi? Allohu arosu bo'luvchiroq deb javob berdi bu sahoba. Bu gibrid edi. Sizlarga diniylarda ta'lim bergani kirdi. Hadis tugadi. Shu hadis, birodarlar, Jabr alayhissalomning mana shu hadisi dinimizni uchta ustunini ko'rsatib berdi. Uchga bo'lib berdi. Din nima? Din islom, iymon, ehson. Mana shu uchta ruknning birin bittasi, uchinchisi ehson bo'ladi. Inson islomni, iymonni tuzatib bo'lganidan keyin e'tibor berish kerak bo'lgan birinchi narsa ehson bo'ladi.

Islom, iymon, ehson. Islom. Islomni nima ekanligini bizga ta'lim beradigan ilmni nomi fiqh deyiladi. Iymonni nima ekan ligini bizga ta'lam beradigan ilmning nomi aqida deyiladi. Ehson martabasini ta'lim beradigan ilmni nomi tasavvuf deyiladi. Tushunarlimi, o' ukalar, tasavvuf shirk, sofiy mushrik degani shoshilmanglar.

Mana shu tasavvufdan, nafs tarbiyasidan, tajribatun nafsdan uzoq bo'lgan odam axloqi chatoq bo'ladi. Mana shu dinimizni asosiy uchta rukini sanalganda uchinchisi, tasavvufdan bexabar bo'lgan odam kofir, fosiq, munofiq deyveradi. Mana shu odamlarni axloqi yaxshi bo'lmaydi. Mana shu odammlar kibrli bo'ladi. O'zinglar ham bilasizlar a buni?

Demak, ehson martabasi mana shu tasavvuf ilmi o'rgatar ekan bu narsani. Allohni ko'rib tursangiz, Allohni ko'rsangiz, ibodatingiz qanaqa bo'lar edi? Endi Allohni ko'ra olmaysiz. Alloh meni ko'rib turibdi deb his qilib turib, Allohni murokabasini, kuzatuvini his qilib turib namoz o'qisangiz, ibodat qilsangiz qanaqa bilar edi?

Shuning uchun biz namozni esnaymiz da. Shuning uchun namozni nechanchi rakatda turganimizni topa olmay qolamiz. Shuning uchun zikr aytsak ham, hayolimiz haliy qa ketaveradi. Chunki bizni qilayotgan ibodatlarimizda Alloh meni ko'rib turibdi degan his nochor. Mana endi Shayx hazratlarining tasavvuf haqidagi tasavvur degan kitobidan bir qancha iqtiboslarni keltiramiz. Tasavvuf haquida berilgan ta'riflar. Tasavvuf nima?

Shariy odoblaringlar zohirda turib, uning hukmini botinda ko'rish. Shuningdek, shariy odoblarni botinda turib, uni hukmini zohirda ko'rsatish. Shariy hukmlarni insonni zohirida qanday ko'rinsa, botinida ham shunday bo'lishligi kerak. Yana bir ta'rifi, u bir mazhab bo'lib, maqsadi qalbni Allohda boshqadan xoli qilish, xoliqqa ixlos ila ibodat qilish hamda undan boshqasidan ajralish ila ruhini quddusiyat olamiga olib chiqishlikdir. Qalbni faqat Allohga bog'lashlik.

Tasavvufning yana bitta ta'rifi. Tasavvuf bir ilm bo'lib, u ila nafsning ahvoli yaxshi va yomoni, uning yomonini poklash yo'li, yaxshisini ziynatlash yo'li, Alloh Taolo tomonga yurish kayfiyati va unga tomon qochish uslubi o'rganiladi. Ya'ni Allohda boshqadan panoh so'ramaslik.

Tasavvufni yana bir ta'rifi. Tasavvuf har bir yomondan xoli bo'lish, har bir yaxshidan ibrat olish ila qurbatga va visolga erishishdir. U insonni qayta bino qilish va uni har bir fikr, so'z, ish, niyatda Robbisiga bog'lashdir. Tasavvur shunaqa narsa ekan. Nimasi kufr ekan buni? Nimasi shirk ekan?

Biz yoshlar shunaqa zamonda yashayapmizki, kitob o'qigani toqatimiz yo'q. O'sha bir minutlik, ikki minutlik internetdagi rolikni ko'rib qo'yamiz da, bir narsa haqida tasavvurni shakllantirib olamiz. Endi o'sha rolingni qo'yganlar kimlar, bilasizlarmi? Yo'q. Nima maqsadda qo'ygan, bilasizlar mi? Yo'q.

Ba'zida umuman gapirayotgan gapiga aloqasi bo'lmagan videoni qo'yib turib, o'zi xohlagan ta'rifni berib qo'yadi da, haligi videoni yomon ko'rib turaverasiz. Vaholanki, bu gapirilayotgan gapga u videoda aloqasi yo'q. Tasavvur haqida tasavvur degan kitobni o'qigan odam qo'l ko'tarib qo'ysin. Bo'ladi ming taga bir to'rtta. Ming tadan to'rtta odam qo'l ko'taryapti. Mana o'qiganlardan so'ranglar da, nimaligini. Shirk bor ekan bu yerda? Kufr bor ekan bu yerga? Uyda aytilgan narsani bizda o'ndan biri ham yo'q, birodarlar.

Alloh Taolo Qur'ondan marhamat qiladi, istaydu billah. Kamay arsalna fiykum rasulul minhum, yetlu alaykum a'yatina. Shuningdek deydi Alloh Taolo, sizlarga o'zlaringizdan bo'lgan, sizlarga bizning oyatlarimizni talovat qilib beradigan, sizlarni poklaydigan, mana shu nafslarni poklayadigan, sizlarga kitob va hikmatni o'rgatadigan va bilmagan narsalaringizni bildirgan bir payg'ambar yubordik. Mana payg'ambarni yubordik deyapti Alloh Taolo. Payg'ambarning ishi nima ekan? Birinchisi, taholab olingan payg'ambar ekan, o'zingizlardan bo'lgan. Oyatlarni tilovat qilib berar ekan, sizlarni poklar ekan, kitobni o'rgatar ekan, hikmatni o'rgatar ekan, bilmaydigan narsalarni o'rgatar ekkan.

Muhammad alayhissalomning vazifasi qatorida nafsni poklashligini aytyapti. Birodarlar, tasavvufni zalovat deyishga shoshilmaylik, tasavvufda ushlagan mutasavvif soflarni kofi deyishga shoshingizni aytaylik. Sofi deganda u yoqdan bu yoqdan yuluq ma'lumotlar, uzuq yuluq ma'luvotni videolarni ko'rib olib turib, sofilarni kofir deyishga shoshilmanglar, birodarlar. Chunki bir musulmonda siz u musulmon bo'lib turgan holatida kofir bu desangiz, yoki sen kofirsan desangiz, unda shu kufr sifati bo'lsa, sizni kofirdingga gapingiz unga borib yopishadi. Agar siz kofir deyotgan odamda shu kufr sifati bo'lmasa, mo'minni kofir degani uchun o'zingiz kofir bo'lasiz.

Sizga kerakmi shu narsa? Men bu domlangizni ma'ruzasini eshitmayman. Nimaga? Chunki sofiylarni kofir demaydi. Kim aytdi senga sofiylarni kofir deb? Yana qaytarib aytyapman. Youtubeda bitta ikkita rolikni ko'rib, ba'zi bir odamlarda qilayotgan xatti harakatlari, nojo'ya shariatga to'g'ri kelmaydigan ishlarni ko'rsatib turib, mana shu hammasi so'fiy desa, insofdan bo'ladimi?

Ammo qishloqda bitta bir axloqi buzuq yoki bir to'polonchi odam bo'lsa, shu qishloq ahli hammasi shunaqa desa, insobdan bo'ladimi? Ibn hajar as qaloni birodarlar. Sofiylarni, valiylarni karomatlari haqida alohida bob ochgan kitobida. Ibn Qoyyim Javzi ham sofiylikni tan olgan.

Kitob o'qinglar o'shaning uchun ukalar. Tasavvuf, birodarlar, qanaqa ilm, nimani ta'lim beradi? Ali ibn Abit olib roziyallohu anhuni taqvoga bergan ta'rifi bor. Taqvo nima desa, Ali roziyallohu anhu bir ta'rifni bergan, tasavvuf egalari shu mana shu ta'rifni mahkam ushlashadi. At taqvo al xavfu minal jalil, val amal u bittanzil, va ridobil qolil, vostiy dadun liya umir rohil deydi Ali roziyallohi anhu. Taqvo nima? Taqvo deydi Ali roziya allohu anhu. Jalildan qo'rqish, Allohdan qo'rqishi. Tanzil bilan amal qilish, Qur'on bilan amal qilib, Qur'onga amal qilish. Va ridobil qoliyn, og'ziga rozi bo'lishlik. Vosleyda adul yavmiy rohil ketadigan kunga tayyorgarlik ko'rish. Uchinchisi nima edi? Og'ziga mana shu tasavvuf bo'ladi. Og'ziga roza bo'lish, dunyo matohini og'ziga rozy bo'lish.

Tasavvufda birodarlar ikkita bir unsur bor, asosiy. Ustoz bo'ladi, pir va zikr bo'ladi. Boshqa hech narsa yo'q. Ustoz bo'ladi sizni fe'l atvoringizni, xatti harakatingizni, ahvolingizni ko'rib turib, sizga vazifa beradi. Kibringiz ko'tarilib ketyaptimi? Boring, tohir ota onaga kirib, kessak maydalay.

Haddingizdan oshib ketyapsizmi? Boring, jigar ko'tarib sotib yuring, qozi bo'lsangiz ham bozorda. Kibringizni sindiradigan narsani beradi. Chunki doktorga borsangiz, sizni kasalingizni ko'rib kirib, vazifa beryaptimi? Xuddi shunga o'xshagandek pir ustoz. Sizni holatingizni, ruhiy holatingizni tuzalishiga sabab bo'lgan dorini beradi va zikrni beradi. Nimasi yomon buni?

Ana shu o'ziga rozi bo'lishlik, birodarlar. Tasavvufni ustunlardan bittasi. Nimasiga rozi bo'lish? Boriga rozi bo'ldimi? Yo'q, o'ziga roz bo'lish. Qozi shayxul islom zakaryan so'ray aytadi, tasavvuf bir ilmdir. U ilm orqali nafslarni poklash, axloqni yuzaltirish, insonning qalbini va jasadini obod qilishlik yo'li o'rganiladi. Shu ilm sababli abadiy saodatga yetiladi. Tasavvur shunaqa ilm ekan.

Biz mana mustaqil bo'lganimizga o'ttiz yil bo'lgan bo'lsa, Alhamdulillah, robbilarimiz diniy bilimlarni o'rganishlikka yo'l ko'p, ma'ruzalar, kitoblar, masjidlarimiz, madrasalarimiz to'la. Mana bu Jabr alayhissalom hadisdagi ikkita narsani ancha o'rgandik. Islomni, iymonni. Jasadimiz bilan qiladigan ibodatlarda Islom o'rgatdi. Qanday qilib tahorat qilamiz, qanday qilib g'usl qilamiz, qanday namoz o'qiymiz, qanday haj qilamiz.

Aqiyda ilmi bizga imonni nima ekanligini o'rgatdi. Nimaga e'tiqod qilamiz? Rizq Alloh'dan, o'lgandan keyin hayot bor, jannat do'zax bor. Bu birinchi ikkita ustunni ancha o'rgandik, ancha yutuqqa erishdik. Endi birodarlar navbat mana tasavvufga keldi. Qalbni mustafoligiga. Nafs tarbiyasi. Ulamolar aytishadi, fiqhdan amallarni isloh qilish, nizomni tartibni muhofaza qilish, hukmlardagi hikmatlarni ko'rsatish qasd qilingan. Fiqh ilmidan shu narsa maqsad qilingan.

Xuddi tabobatda jasadni himoya qilish qasd qilinigani kabi. Xuddi nahv ilmidan arab tilini isloh qilishlik qasd qilingani kabi. Tasavvuf ilmidan qalblarni isloh qilishi va Allohnı yakkalashi qasd qilinganing. Mana, ulamolarimizning tasavvufga bergan ta'rifi.

Yana aytadi ulamolar. Tasavvufning turgan bitgani hammasi axloqdir. Tasavvufining hammasi axloqidir. Kimning axloqi sening axloqingdan yuqori bo'lsa, uning tasavvufi ham seni tasavvufingdan yuqori debdi. Ma din yo Rasululloh deb so'rashdi. Yo Rasululloh, din nima? Rasul aytdilar, husnul xulq, go'zal xulq dedilar. Ro'parangizda turgan musulmon birodaringizni axloqi siznikidan balandmi? Demak, uni iymoni ham, taqvosi ham, tasavvufi ham sizdan baland bo'ladi.

Ta'riflar juda ko'p ekan birodarlar. Yana aytiladi. Tasavvuf Allohninng huzuriga olib boradigan yo'lni ko'rsatuvchi, botinni razliklardan poklovchi, uni turli fazilat bilan bezovchi bir ilmdir. Uning avvali ilm, o'rtasi amal, oxiri esa iste'dod, tug'ma qobiliyat, mavhiba deydi. Birodarlar, tasavvufning asosi qalbni mana shu dunyoni moddasini kirligilardan tozalash, Xoliqila azim bilan bo'ladigan aloqani tuzatishlik. Demak, sofi kim ekan? Mana shu narsani g'amida yurgan odam. Ichini qalbini nafsini, nafsiy marazlardan, kasalliklardan poklashga harakat qilayotgan, Allohninng bilan bo'ladigan muomalasini, aloqasini tuzatishga harakat qiladigan inson ekan. Kofir ekanmi? So'fiy odam?

Inson ikkita narsadan iborat a? Nima? Jasad va ruh. Nafs unda nima? Biz ikkita narsamizmi, uchta narsamizmi? Tanlanglar. Jasad va ruh yoki jasad, ruh va nafs. Tasavvufda o'qimasangiz qayerdan bilasiz siz u inson nimadan tashkil topganini?

Alloh Taolo Qur'onda ruhga xitob qilganmi biror marta? Yo nafsga xitob qilib qilganmi? Nafsga? Nafs desa chi, bizni xalq nima tushunadi? Xohish istaklarni nafslar tushunadi. Unaqa emas. Nafs bu siz. Bu men. Jasad kiyim. Nafs bu siz bilan men. Ruh mana shu jasadni harakatga keltiradigan quvvat.

Biz nima ekanmiz? Ruh ekanmizmi, nafs ekanmizmi? Tushundinglarmi? Nafs degani sizlarda havoyi xohishinglar, istaginglar emas. Havoyi nafs deydi. Nafsning xohishi degani. Glavniy narsa nima ekan? Biz uchta narsamiz. Jasad, nafs, ruh.

Ruh Alloh tomonidan berilgan energiya, quvvat. Fa idha nafaqtu fiyihimiy ruhiy, faqavulah u sajidiyn. Qarang, Odam alayhissalom Alloh Taolo haykal qilib yaratib qo'ydi jannatga. Nafsni ichida, endi u nafsni va jasadni harakatga keltiradigan energiya, quvvat kerak edi. Allohni ruhidan kirdi. Qachonki men unga o'zimni ruhundan kiritganimda, unga sajda qilinglar dedi. Ruh bosh tomondan kirib keldi. Miya ishladi, ko'z ishladi, jannatni ko'rdi, ne'matligini bildi, og'ziga keldi jon, tan bilish kerak. Endi oshqozoniga kelib turib ishtaha qo'ziganidan keyin, hali oyog'iga jon bormasdan intirib yubordi.

Endi xuddi shu ruhni Allohdan obratno olib qo'yadi. Oyoq tomondan chiqishni boshlaydi. Ruh chiqib ketadi, energiya o'sdi. Mana endi jasad, nafs bilan harakatlana olmaydi. Lekin nafs turibdi yana. Demak, biz birodarlar jasadmiz, nafsmiz, ruhmiz, uchta narsa bizmiz. Asosiy narsa nafs. Nafs bu jon. Jon. Jon nafsni bitta deb tushuning.

Va nafsin vama savvaha, fa alhamaha, fujuraha va taquaha. Qod afla hamman, zakkaaha, va qod xobaman. Mana nafs tarbiyasi. Jonga va uni rasvo qilib berayotgan, unga fiz qilib hujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib, o'rgatib qo'ygan zotga qasamki, darhaqiqat uni pokalagan kishi najot topdi va uni ko'mib xohlagan kimsa nomurod bo'ldi.

Birodarlar, biz nafsimizni tarbiya qilgani, nafsimizni jilovlagani, nafsimizni isloh qilgani kelganmiz. Jasad u xizmatdagi narsa. Shuning uchun masjidga kirganda chiroyli namozxon bo'lib, chiroyli taqvador bo'lib, ko'chaga chiqqanda, musulmonligingiz esdan chiqib qolayotgan bo'lsa, hali nafs tarbiyasiga yaqin kelmabsiz siz. O'zingizni dindor sunnatga amal qilaman deysiz, musulmonlarni kofirga chiqarasiz, ulamolarni go'shtini yeysiz. Demak, nafsingiz tarbiyasi umuman yo'q sizni.

Tasavvuf deganda birodarlar, biz nimani nazarda tutyapmiz? Tushundinglarmi? Tasavvuf deganda nimani biz qasd qilyapmiz? Tushinglarmi? Demak, nafsni poklash, qalbni isloh qilish, axloqni tuzatish. Va mana shu narsani uddasidan chiqsak, hadisda aytilgan ehson martabasiga chiqamiz. Allohni ko'rib turgandek ibodat qilishing, garchi Allohni ko'ra olmayotgan bo'lsang ham, Alloh seni ko'rib turibdi. Shuni his qilib, ibodat qilsang, ehson martabasiga chiqibsan. Ehson martabasigacha chiqqan odamga kamerani keragi yo'q uni kuzatib turgani. Ehson martabasi yetgan odamga komissiyani revizani keragi yo'g'. Ehson martabasida chiqib, birovni uyida xizmat qilayotgan ustaga, uydagisini qarab turishini keragi yo'q. Chunki kim ko'rib turibdi uni?

Shuni biz tasavvufda bilamiz, birodarlar. Tasavvuf deganda shu narsani tushunamiz biz. Endi birodarim, siz buni tasavvuf deysizmi, ruhiy tarbiya deysizmi, ixtiyoringiz. Ehson martabasi deysizmi, imtiyoringiz. Axloqiy tarbiya deyesizmi, ixtioringiz. Biz buni tasavvuf deymiz. Dinimizni asosiy uchta rukni aytilganda, islom aytildi, iymon aytildi, ehson aytildi. Islomni bizga fiqh ilm o'rgatadi. Iymonni bizga aqidiy ilm o'rgatadi, ehsonni tasavvuf ilm o'rgartadi.

Ha, birodarlar. Har bitta qishloqda, har bitta millatda o'zini oqi qorasi bo'ladi degandek, tasavvuf ahlidanman deyotganlarni ichida ham adashganlari xato ketganlari bo'lishi mumkin. Lekin o'shani ko'rsatib turib, yoppasiga tasavvuf turib kutishimiz aqldan bo'ladimi? Nimaga aytyapman buni? Inson o'zi tanimagan, bilmagan narsasiga dushmanlik qilish bor da tabiatida. O'qib o'rganib ko'r, birodar. O'qib u o'rganib kor. Yo'q, o'qigan toqat yo'q. Undan ko'ra onadan bor kufr dedi, bo'lishi bilan ketaveradi.

Mana men sizlarga endi islom tarixida ko'zga ko'ringan ulug'larimizdan ba'zilarni ismlarini aytib beraman. Tasavvuf egalari, sofiylar bo'lgan. Mutasavvif odamlar bo'lgan, juda ko'p. Men musulmonlarning ommasiga tanish bo'lganlarini ismlarini aytaman faqat. Hasanov asriy tasavvuf egasi bo'lgan. Abu Homid G'azzoli hujjati il islom mutasavvif bo'lgan. Quddusni musulmonlarga fath qilib bergan kim edi ulug'imiz? Salohiddin Ayyubiy tasavvuf egazi bo'lgan.

Istanbulni fath qilib, Payg'ambarimizning hadisi, uni ustida bashorati haq bo'lgan kishi, Sulton Muhammad Fotih. Mutasavvif bo'lgan, so'fiy bo'lgan. Mo'g'ullarni ayni jolud marakasida mag'lub qilgan sultonlar. Ismlarini aytib yuboringlar. Sayfuddin Qutuz, Sulton Bebars. Ularning ustozi izmli Abdusalom. Bular hammasi mutasavvif bo'lgan, tasavvufda ishlaganlar.

Mana shu tasavvufda kufrda ekan toifalarni qaranglarda, ummatga hech qanday foyda keltirgani yo'q. Mana shu tasavvufni inkor qilgan, shirk kufri deyishgan degan toifalar masxabni inkor qilgandan bironta bir qoida, bironta fotixod qilishgan emas. Faqat ummatni bo'lishlikka, ummatni o'rtasiga rahna solishga sabab bo'ldi.

Tarixni qaranglar, ko'zga ko'ringanki, fotixodlar bo'lgan. Katta g'alabalar, natijalar bo'lgan, orqasida shu g'alabani orqasida mutasavvif olimlar bo'lgan, mutasavvif olihlarning shogirdlari bo'lgan. Jaloliddin Rumiy mutasaddiv bo'lgan. Ibrohim Adham, Farididdin Attor, Ahmad Yassaviy, Boburahim Mashrab. Bu yurtdagi odamlarni hammasi mutasaddiv bo'lgan. O'rta Osiyoda yashab o'tgan musulmonlarning hammasi tasavvuf ilmini ushlagan.

Tasavvuf ilmining maqsadi qalbning musaffoligi. Jabr alayhissalom Muhammad alayhissalomdan savollarni so'radi. Bizniki qilgan hadisda. Ana shu hadisda uchta asos aytildi. Islom, iymon, ehson. Demak, ehson dinimizni shak shubhasiz muhim asoslardan bittasi ekan.

Bu mavzu shunchalar muhim ediki, Jabr alayhissalom odam suratida kirib, bittama bitta so'rab o'rgatyapti. O'zi bilgan narsani so'rab, javobini eshityapti, eshitib olinglar. Sizlar bilishinglar kerak bo'lgan narsa deyapti Jabr alayhissa. Islom birodarlar, toat va ibodat, iymon, nur va aqida, ehson, muroqoqda va mushohada.

Ya'ni Alloh Taoloni ko'rib turgandek ibodat qilishing, garchi ibodat qila olmasang ham Allohni ko'rib turgandan, Alloh meni ko'rib turib ibodat qilishsin. Ehson qanday martaba? Ehson har bir ishni vijdonan, xolis niyat bilan bajarish degani. Ehson har bir ishning o'z o'rniga, o'z joyiga qo'yish, maromiga yetkazish degani.ehson degani, ishni sifatiga mas'ul bo'lish degani. Ehsan degani, har bir amalni, har bir harakatni, hatto har bitta niyatni Alloh meni ko'rib turibdi degan komil ishonch bilan qilish. Ehson degani, inson hech kim yo'q joyda, yolg'iz qolganda ham Allohdaan qo'rqadigan darajaga yetish degani. Agar inson Alloh meni ko'rib turibdi degan qat'iy ishonchda oladigan bo'lsa, bu odamni ham yog'i zo'r bo'ladi. Yolg'on ham gapirmaydi, tarozidan ham urmaydi, g'ilofachilik ham qilmaydi. Chunki kim ko'rib turibdida? Alloh ko'rib turibda.

Muhammad siddiq al g'immoriy aytadi, kim mana shu ehson maqomidan xoli bo'lsa, dinning asosiy ruknidan birini tark qilgan bo'ladi. Shuning uchun shubhasiz uning dini nuqsonli bo'ladi. Tasavvufni, ehsonni inkor qilgan, rad qilgan birodarlarimizni axloqiga e'tibor berib qo'yinglar da.

Tasavvuf ni ehson martabasini tan olmagan, inkor qilgan odamlarni ajrata olgan bitta belgisi, axloq, xunuk bo'ladi bularda. To'g'otmaydi birovni. Kibrli bo'ladi. Hammaga tepadan qaraydi. Banda islom va iymonni tuzatib olgandan keyin, deydi bu olim, diqqat qilishi zarur bo'lgan birinchi narsa, ehson maqomi martabasi. Tasavvur, tariqat ayni shunga da'vat qiladi.

Musulmon bandani zimmasiga yuklatilgan ishlar ikki qismga bo'linadi. Birinchisi, zohirga tegishli ishlar, ikkinchisi botiniga tegishli islar. Zohirga tegi ishli ishlar bu nima bu? Namoz, ro'za, zakot, haj, jasadimiz bilan qiladigan ish. Endi botiniga tegishi ishlar qaysilar? Shirk, rio, xo'jako'rsin, kibr, sum'a, hasad, mana shu narsalar.

Buyruqlar bor, qaytarg'ilar bor. Buyurilgan ishlar farz ishlar, qaytarilgan ishlar harom ishlar. Demak, insonni qalbiga tegishli bo'lgan ishlar ham ikkiga bo'linadi. Buyruq va qaytarg'lar. Buyruq nima? Inson qalbi bilan Allohga ishonish kerak. Qiyomatga ishonish keraks. Farishtalarga ishonish kerak. Qiyomatga hisob kitobga. Ixloslik bo'lishi kerak, tavakkal yig'ilishi kerak, rostgo'y bo'lishi keraks. Endi qalbi bilan qilishi mumkin bo'lmagan ishlar qaysilar? Kufr, nifoq, kibr, riyo, hasad, ujib.

Birodarlar, jasadning amallari ham muhim, qalbning amallari ham muhim. Ikkalasi ham muhim, lekin qaysinisi muhimroq? Qalbniki. Chunki siz jasadingiz bilan qilgan ibodatlar judayam chiroyli bo'lsa, sunnatga muvofiq bo'layotgan bo'lsa yu, ammo qalbda riyo yoki xo'jako'rsin bo'lsa, bu amalingiz qabul bo'lmasligi ma'lum.

Ixlos bo'lmaydigan bo'lsa qalbingizda, qilayotgan amalingiz riyo bo'ladimi? Qiyomatda nima qiladi? Alloh taolo jahannamga birinchi bo'lib tashlaydigan uchta odam kim ekanligini Rasululloh aytganlar hadislarida. Jahannamning tutantirig'i bo'lar. Bittasi olim edi. Bittasi saxovatli, xayriy ehsonli boy edi. Bittisi jihodda shahid bo'lgan shahid edi. Uchalasini olib keldi. Uchalasi eng zohiriy amallari zo'r. Jasadi bilan qilgan amallari zo'rt. Bittasi ilm bergan, bittasi ehson qilgan, bittasi jihod qilgan. Lekin qalbidagi holati chatoq edi bo'lardi.

Bularni bu qilgan ishidan maqsadi Allohnı rozi emasligi emas edi. Qalbi chatog'ida, nafsi chatog'ida, shuning uchun uchalasini jahannamga tashlab olardim dedi. Qaytarib aytamiz, jasadimiz bilan qiladigan ishlar bor, dinimiz buyurgan. Qalbimiz bilan qilishimiz kerak bo'lgan ishlar bor. Ikkalasi ham muhim, lekin eng muhimi qalbniki. Agar bandani qalbi tuzolmaydigan bo'lsa, riyo, summa, xo'jako'rsinga o'xshagan ayblar bor bo'ladigan bo'lsa, zohiriy amallarni unga foydasi tegmaydi. Bas kim Parvardigoriga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsan unga sherik qilmasin. Ya'ni qalbi ixlos bilan bo'lsin.

Shuning uchun Muhammad alayhissalom mana shu nafsni, qalbni tarbiyasiga qattiq e'tibor berishlarni xohlagan sahobalardan. Aytganlar, ala innafil jasadiy mudg'otam ida salohat, salohali jasadu kunluh. Ogoh bo'linglar. Insonni jasadi bir parcha go'sht bor. Agar u tuzalsa, jasad tuzaladi. Agar u bir parcha go'sh buzilsa, jasad buziladi. Ogoh bo'ringlar, u parcha go'sht qalb.

Nafs tarbiyasi, qalb tarbiyasi, akalar tasavvuf ilmini ishi. Shuning uchun insonning salohiyati, birodarlar, nimaga bog'liq ekan? Botining salohiyatiga bog'liq, zohiriy salohiyati. Innallohu alay yandur ila ajsa adikum va la ila suva ikkum. Rasululloh aytadilar, sizlarda jasadinglarga ham, suratinglarga ham qaramaydi Alloh. Va lekin yanduringlar qulubi kun. Qalbdoringlarga qaraydi. Shuning uchungi birodarlar, insonni isloh bo'lishining asosi qalbni isloh bo'lishligi. Jasadini har qancha isloh qilsin. Agar qalbi isloh bo'lmagan bo'lsa, bu inson tuzalgan inson deyilmaydi. Tasavvuf aynan mana shu jabhani qalb tarbiyasini rioya qiladi. Tasavvuf ilmi qalbni pokiza bo'lishga yetaylik deydi. Endi qalb pokiza bo'lsa, yutdingiz birodar.

Istadibillar, yav malayam fa u ma'lum vala banun, illa man atalloha biqol bin salim. U kunda deydi Alloh Taolo, mol u davlat bola chaqa foyda bermas. Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilarga yana foyda berur. Imom Jaloliddin Svyati aytadi, qalb haqidagi ilm uning kibr, hasad, ujub, riyoga o'xshagan kasalliklari haqidagi ma'rifatni, ilmni Imom G'azzoli farzi ayn degan deydi. Imomimizni yutuqchisi aytyaptiki, mana shu ilmni Imomim G'azzoli farzaiyn degan deb aytadi. Banda zohirni tuzatsa yu, qalbini tuzatmasa, qalbi bilan ishi bo'lmaydigan bo'lsa, bu insonga bu qilgan amallari foyda qilmay qolishi mumkin. Shuning uchun, birodarlar, qalbini tuzatmasdan turib, jasadini tuzatayotgan odam kimga o'xshaydi? Badani kir, mag'ar, badbo'y hid bo'lib achib bijib ketgan, oppoq kiyimlarni, yangi kiyimlarni kiyib olsa, nima bo'ladi bu odam ahvoli? Bir pastda hidi chiqib ketadi da. Matizga yugursangiz u, tashperga yugursangz u, g'iybatda badbo'yi chiqib turgan bo'lsa, kibrni sassig'i chiqib turgan bo'lsa, demak, ichkarida kasallik yetarli ekan bu odamlar.

Ana ular undek, mana ular bunday deb, fosir, kofir deyishga tilak chaqqon bo'layotgan bo'lsa. Musulmonlarga nisbatan qalbida adovat turgan bo'lmasa, bilingki, mana shu odam Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam talab qilgan holatda bo'lmagan. Ehson martabasidan tasavvuf ilmidan, ehson maqom martabasidan bebahra inson ekan. Alloh azza va jalla mana shu dinimizni asosiy uchta rukini sanalganda bittasi hisoblangan ehson martabasiga yetishlikka o'zi tavfiq bersin. Tasavvuf ilmini o'qib o'rganishlikka Alloh Taolo muvaffaqiyat.